Zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 0.82 Mb.
səhifə9/10
tarix22.02.2016
ölçüsü0.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

1-topshiriq. Rus tiliga tarjima qiling.

1. Havo bulut bo’ladi, lekin yog’ingarchilik bo’lmaydi. 2. O’qituvchi sinfga kirdi va bolalar bilan salomlashdi. 3. Go’zal goh kuladi, goh ko’z yoshi yuzini yuvadi. 4. Tadbir so’ngida konsert berildi va badiiy film namoyish qilindi.



2-topshiriq. Gaplarni o’qing. Sodda gaplarni alohida, qo’shma gaplarni alohida ko’chirib yozing. Sodda va qo’shma gaplarning o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
1. Yetti o’lchab, bir kes. (Maqol) 2. Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin. 3. Hamma biladiki, biz tinchlik uchun kurashyapmiz. 4. O’rtoq general, dushmanga orqa tomondan hujum qildik. 5. Kim halol mehnat qilsa, uni hamma hurmat qiladi. 6. Sen o’qigan kitobni men ham o’qidim.
3-topshiriq. Gaplarni o’qing, sodda va qoshma gaplarni aniqlang va rus tiliga tarjima qiling.
1. U yil davomida yaxshi o’qidi va imtihonda a’lo baho oldi. 2. Bahor keldi, gullar ochildi. 3. Men ham o’qidim, ham yozdim. 4. Bugun sen ham oqiysan, men ham o’qiyman. 5. Pedagogika universitetini tamomlaganimdan keyin, meni maktabga ishga yuborishdi. 6. Mustaqil mamlakatimizda hamma bolalar o’qiydi. 7.Bugungi ishni ertaga qo’yma. (maqol) 8. Havo bulut bo’lib, yomg’ir yog’a boshladi.

ME’MORIY YODGORLIKLAR

ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP
Topshiriq. Matnni oqing.
BUXORO
Buxoro Markaziy Osiyoning ko'hna shaharlaridan biridir. Bu shahar bundan 2300 yil muqaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko'targan. Dastavval daryoning Zarirud nomli quyi tarmog'ining ikki sohili paydo bo'lgan. Qishloqning tevarak-atrofi qadimda nihoyatda xushmanzara edi. Butun vodiy bo'ylab atrofni qoplab yotgan qalin daraxtzor va to'qayzorlarda turli-tuman yovvoyi hayvonlar, hamda ajoyib qushlar bo'lgan. Shuning uchun bu o'lkani «Bug'-oro», ya'ni «Tangri jamoli» deb aytiladi.

Buxoro tarixiy obidalarga boy. Ismoil Samoniy madrasasi (IX -X- asrlar), Chashmai Ayub maqbarasi (XII- asr), Namozgoh masjidi (XIV -, XVI - asrlar), Ulug’bek madrasasi (1417 - yil), Masjidi Kalon (1514 - yil), Mir Arab madrasasi (1530 - yil), Ko'kaldosh madrasasi (1578 - yil), Sitorai Mohi Xosa saroyi va boshqalar Buxoroning dovrug'ini jahonga taratgan.

Buxoro O'zbekistonning madaniy va obod shaharlaridan biri bo'lib qoldi.
1- topshiriq. Buxoro haqida bilganlaringizni aytib bering.

2- topshiriq. Matnni rus tiliga tarjima qiling.
ICHANQAL'A
Ichanqal'a Xiva shahrining ramzidir. Ichanqal'a «ichki qal'a» demakdir. Bu nom shaharning tashqi devori qurilgach qabul qilingan,

Ichanqal'a maydoni orta asrlardagi Xiva shahri maydoniga to'g'ri keladi. U mustahkam devor bilan o'ralgan. Devorning balandligi 7-8 metrga teng, qalinligi 3-6 metr. Shimoliy darvoza-Bog'cha darvoza deb ataladi va Urganch yo'liga olib chiqadi. Sharqiy darvoza «Polvon darvoza» deb atalib, Amudaryo va Xazoraspga olib chiqadi. Janubiy va G'arbiy «Ota darvozalar» 1920-yillarda nurab ketgani sababli buzib tashlangan.1975- yilda esa qayta o'z holiga keltirilgan.

Ichanqal'a ichkarisida noyob me'morchilik obidalari va hovli - joylar saqlanib qolgan.

Ichanqal'a devorlari asosan paxsadan qurilgan. Ba'zi orinlarda xom g'ishtlar ishlatilgan. Arxeologiya tekshiruvlari davomida qal'a devorlari yonida qadimiy Xorazm me'morchiligining qoldiqlari topilgan.

Bu noyob san'at durdonasi davlat himoyasiga olingan bo'lib, uni ta'mirlash ishlari olib borilyapti.


3- topshiriq. Matnni o'qing, mazmunini aytib bering.
REGISTON
Samarqand-ko'hna tarixiy obidalarga boy shaharlardan biri. Shunday obidalardan biri- Registon uchta salobatli binodan tashkil topgan. Bular: Ulug'bek, Sherdor, Tillaqori madrasalaridir,

Ulug'bek madrasasi 1471 - yilda barpo etilgan. Bu bino Ulug'bek qurdirgan madrasalarning eng kattasi va eng hashamatlisi edi. Uning monumental peshtoqlari yon gumbazlari va minoralari hozir ham kishini hayratga soladi. Bu madrasa o'z davrida ilm-fanning yirik markazi bo'lgan. Madrasada yirik olimlar, jumladan, Ulug'bekning o'zi ham dars bergan.

Sherdor madrasasi 1619 - 1636 - yillarda Samarqand hukmdori Yalanto'sh Bahodirning topshirig'i bilan qurilgan, Bahaybat peshtoq tepasida sher va ohular rasmi solingani uchun Sherdor madrasasi deb atalgan.

Tillaqori madrasasi 1647-1660 - yillarda qurilgan. U zarhal naqshlar bilan ishlangani uchun shunday nom olgan. Mazkur bino qurilishi bilan Registon maydonidagi ajoyib ansambl mukammal shakl olgan.

Hozirda bu yerga minglab sayyohlar tashrif buyurishadi. Istiqlol davrida madrasalar qayta ta'mirlandi. Endilikda u yerda ko'plab tadbirlar o'tkazilmoqda. "Sharq taronasi" xalqaro musiqa tanlovi fikrimizning dalilidir.


ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP

(Сложноподчиненное предложение)
Сложноподчиненное предложение состоит из двух или более простых предложений, которые не равноправны. В составе сложноподчиненного предложения имеются bosh gap (главное предложение) и ergash gap (придаточное предложение). Главное предложение несет в себе основную мысль, придаточное же поясняет главное предложение (или отдельный его член).K примеру в предложении Biz zalga kirganimizda, konsert hali boshlanmagan edi (Когда мы вошли в зал, концерт еще не начинался) главным является второй компонент, а первый компонент (придаточное предложение) указывает на время совершения действия, обозначенного главным. В предложении Kim halol mehnat qilsa, o'sha elda hurmat topadi (Кто трудится честно, тот заслуживает уважения) придаточное предложение (первый компонент) поясняет лишь подлежащее в составе главного предложения.

Эти предложения условно можно разделить на две группы. Первая из них - СПП с придаточным подлежащим, сказуемым, определительным, изъяснительно — объектным относятся к конкретному члену предложения (подлежащему, сказуемому, определению, дополнению), выраженному местоимением. Например: Shunisi ma'lumki, u kecha mashg'ulotlarga qatnashmagan (Известно то, что он отсутствовал вчера на занятиях). Подлежащее в главном предложении выражено указательным местоимением shunisi, а придаточное поясняет его значение. Bilginki, sening ulug' noming bor (Знай, что у тебя гордое имя) — придаточное предложение поясняет значение дополнения, пропущенного в составе главного и т.д.

Ко второй группе можно отнести все остальные виды сложноподчиненных предложений, которые поясняют главное предложение, указывая на способ совершения, место, время, цель, последствия, условие совершения, меру действия, обозначенного в главном предложении. Например: Shamol oldindan esar edi, shuning uchun yurish qiyin bo'ldi (Ветер бил в лицо, поэтому ходить было трудно) придаточное (первый компонент) указывает на причину действия, обозначенного главным предложением.

1. Еgа ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным подлежащим. В нем придаточное поясняет подлежащее, выраженное местоимением или пропущенное в составе главного: Shunisi hayajonliki, men uning ko'zlarida zarracha ham yosh ko'rmadim. (Волнует то, что в её глазах я не видел капли слез).



2. Kesim ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным сказуемым. В нем придаточное поясняет сказуемое, выраженное указательным местоимением в составе главного: Gapning rosti shuki, yig'loqi torlarni chertishga o'zimning ham toqatim yo'q. (Правда в том, что играть на печальных тонах я и сам не желаю).

3. Aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным определительным. В нем придаточное поясняет признак члена предложения в составе главного, выраженного существительным: Kimning bilimi kuchli bo'lsa, uning mulohazalari ham chuqur bo'ladi. (У кого глубокие знания, у того и широкие рассуждения).

4. To'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным изъяснительно - объектным. В нем придаточное поясняет дополнение, выраженное местоимением или пропущенное в составе главного: Bilasizmi, xo'jayinning Nuri degan qizlari bor (Oybek). (Знаете, у хозяина есть дочь Нури).
1-topshiriq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Istagim shu, hech so'nmasin yongan chirog'ing. 2. Biz istaymiz, barcha ellar, elatlar bir - birlari bilan bo'lsin yana yaqinroq. 3, Shuni unutmangki, biz ozod zamonda yashayapmiz... . 4. Kimki halol bo'lsa, u hurmatga loyiq. 5. Hech shubha yo'qki, biz g'olib bo'lamiz. 6. Yurak tandir emaski, o't yoqib qizdirsang.
2-topshiriq. O’qing. Ergashgan qo’shma gaplarni topib, bosh va ergash gaplarni ayting.
1. Yormat shahardan piyoda qaytib horigani uchun, hamma otlarga Yo’lchi qaradi. (O.) 2. Yo’lchi so’zini bitirgach, Abdushukur iljaydi. (O.) 3. Quyosh qizil baxmal singari tovlanib, o’zini azim chinorlar panasiga olganda, bu oqshomlar ko’hna tabiat ko’rki – tongdan ham musaffo bo’lib ketadi. (O’. Umarbekov.) 4.Eshik g’irch etib ochildi-da, ruxsat so’rab Alisherning ukasi Darveshali kirdi. (O.) 5. Agar bir doirada ikki markaziy burchak teng bo’lsa, unga mos yoylar ham tengdir. 6. Kim odobli bo’lsa, u hurmatga sazovor bo’ladi.
3-topshiriq. O’qing. Bosh va ergash gaplarni toping.
1. Sayramov to’g’on boshiga kelganda, bu yerda ish qaynamoqda edi. (O.) 2. Ular bu yerda so’roq berayotganda, Ojiza ovqat pishirib kutardi. (Sh.R.) 3. Qutidor do’koniga jo’naganidan keyin, Oftoboyim To’ybekani mehmonxonaga buyurdi. (A.Qod.) 4. Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li ham to’g’ri bo’ladi. 5. Mehmonlar yana shunga tan berdilarki, bu yil ko’rgazmada qatnashayotganlarning hammasi kelgusi yilda ham qatnashadi. (H.G’) 6. Gap eshitilmasa ham, ishchilar bir-birlarini anglar edi. (As.M)
4-topshiriq. Tushirilgan tinish belgilarini qo’yib ko’chiring, ergash gaplarning tagiga chizing.
1. Hali gul ochilmagan bo’lsa ham, stol ustiga katta guldasta qo’yilgan edi. 2. Otishma tugagach Bektemir ungurdan chiqdi. (O.) 3. Hammamiz dalaga yo’l olgan chog’da katta to’y tusini oladi qishloq. (H.G’) 4. Naqqosh ketgandan so’ng shoir eshikka chiqdi. (O.) 5. Hosil mo’l bo’lsin deb, tokning egatlarini yaxshilab chopdik.


MEN TANLAGAN KASB

ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP

(Davomi)


  1. Payt ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным времени. В нем придаточное указывает на время совершения действия, выраженного главным: Qachon uni ko'rmay, u yoshlar orasida bo'ladi (Когда его ни увижу, он среди молодежи).

  2. O'rin ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным места. В нем придаточное указывает на место совершения действия, выраженного главным: Ko'z qayerda bo'lsa, ko'ngil ham shu yerda bo'ladi (maqol). (Где глаза, там и душа).

  3. Sabab ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным причины. В нем придаточное указывает на причину возникновения действия, выраженного главным: Olim qiziqroq gap aytdi shekilli, Nodir qah-qah urib yubordi (Кажется, Олим сказал что-то интересное, Умиджан захохотал).

  4. Maqsad ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным цели. В нем придаточное указывает на цель, преследуюмую от совершения действия, выраженного главным: Hovuz atrofi soya-salqin bo'lsin deb, turli daraxtlar ekdik (Дабы возле пруда было прохладно, мы посадили разные деревья).

5.Natija ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным следствия. Придаточное в данном предложении указывает на последствия действия, выраженного главным:Bo'lim mudiri shunday kuldiki, ko'zoynagi siljib ketdi.

6.Shart ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным условным. Придаточное в данном предложении указывает на условие выполнения действия, выраженного главным: Qalb salomat bo'lsa, fikr ham salomat bo'ladi (Said Ahmad).

7.To'siqsiz ergash gapli qo'shma gap. СПП с придаточным уступительным. Придаточное в данном предложении указывает действие, вопреки которому совершается действие, выраженное главным: Havo bulut bo'lsa ham, yog'ingarchilik bo'lmaydi.


Ergash gapli

qo’shma gapning

turlari

So’roqlari

Birikish usuli

Misollar

O’rin ergash gapli qo’shma gap

q a y e r d a?

qayerda, shu yerda, -sa…

Ko’pchilik qayerda bo’lsa, sen shu yerda bo’l. (I.Rahimov)

Payt ergash gapli qo’shma gap

q a c h o n?

-gach

O’n minut qadar yo’l yurilgach, bir tomoni chuqur jarlik ko’chada Yormat birdan otni to’xtatdi. (Oybek)

Ravish ergash gapli qo’shma gap

q a n d a y

h o l d a?

q a n d a y

r a v i s h d a?



-b, (-ib)

Shu payt to’satdan ko’cha eshigi taraqlab ochilib, Zunnunxo’ja halloslaganicha kirib keldi. (A.Q.)

Maqsad ergash gapli qo’shma gap.

n i m a

m a qs a d d a?

q a n d a y

m a q s a d d a?



-sin, uchun

Mahsining choki pishiq bo’lsin uchun mumli yopishqoq ipni har qatimda barmoqlari bilan qirqib tortib qo’yadi. (Oybek)

Sabab ergash gapli qo’shma gap

n i m a u c h u n?

n i m a s a b a b l i?



chunki

Ona juda hursand edi, chunki o’g’lining moviy ko’zlari bu daf’a yumshoq va muloyim porlardi. (M.Gorkiy.)


Natija ergash gapli qo’shma gap

q a n d a y?

shunday, -ki

natijada

Uch-to’rt yil ichida shunday obod bo’ladiki, natijada tanimay qolasiz. (Oybek.)


Shart ergash gapli qo’shma gap

n i m a bo’lsa?

-sa

Elning, yurtning baxti barqaror bo’lsa, saltanat ham bexatar bo’lur. (Oybek.)

To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap

n i m a b o’ l s a

h a m?


-sa ham

Qo’rg’onimiz kichik bolsa ham, ichida bir tup o’rigi bor. (Oybek.)



1-topshiriq. Berilgan sodda gaplardan shuning uchun, chunki ergashtiruvchi bog’lovchilari yordami bilan ergashgan qo’shma gaplar tuzib yozing, zarur tinish belgilarini qo’ying. Ergash gaplarning tagiga chizing.
1. Biz o’z Vatanimizni sevamiz. Uning tarixini yaxshi bilmog’imiz lozim.

2. Karim chet tilidan “5” baho oldi. U darsga puxta tayyorlangan edi. 3. Biz o’tqazgan ko’chatlar juda tez o’sdi. Ularni yaxshi parvarish qilib turdik.


2-topshiriq. Nuqtalar o’rniga bosh gap mazmuniga mos ergash gapni qo’shib yozing. Ergash gapning turini belgilang.
1. Shunisi ajablanarliki,… . 2. Kim rostgo’y, mehnatsevar bo’lsa,… . 3. Har kimki vafo qilsa, … . 4. Kimdakim qanoatli va sabr-toqatli bo’lsa, … .
3-topshiriq. Nuqtalar o’rniga gaplarning mazmuniga mos ergash gap qo’shib yozing, zarur tinish belgilarini qo’ying, ergash gaplarning turini aniqlang.
1. Shuni unutmaslik kerakki… . 2. Maktab bog’iga o’tqazilgan ko’chatlarning bir tekis ko’karib turishidan sezdikki….
4-topshiriq. Unutmaylik, ayta olamiz, bilib qo’ying fe’llari bosh gapning kesimi bo’lib kelgan uchta to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap yozing.
XOTIRASIZ KELAJAK BO’LMAYDI

KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAP

Mardlik – mangulik
Hech narsa hech qachon unutilmaydi.

Hech kimga bermaymiz Vatanimizni.



Bolam, hech bo'lmasin urush.

Hech kimning hech qanday da'vosi yo'q.



Xotira va qadrlash kuni
Xotira tabiatning faqat insongagina in'om etgan noyob xislatidir. Inson ko'rgan, eshitgan yoki his qilgan narsasini hech qachon esidan chiqarmaydi. Insonning e'tiboriga tushgan hech bir narsa izsiz yo'qolmaydi, narsa-buyumlar, tasvir, yozma yodgorlik yoki og'zaki ijod orqali avloddan avlodga o'tadi, tarix sahifalarida xotira sifatida saqlanib qoladi. Xalqimiz, ayniqsa, insonlar uchun yashagan, ularning kelajagi uchun jonini fido qilganlarni hech qachon unutmaydi. Mustaqil davlatimizda Xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilingan 9-mayda ana shunday insonlar xotirlanadi.
Mardlik haqida
Mardlik eng yuksak fazilatdir. Dono xalqimiz bisotida mardlik va nomardlik haqida oltinga teng hikmatli so'zlar bor. Masalan: Mard bilan gurunglashgan mard bo 'lar, Nomard bilan hiringlashgan part bo 'lar.

Bu hikmatli so'zlardan shunday xulosa qilish kerakki, hech qachon nomard bilan hamsuhbat bo'lmaslik, nomardga hech nima bo'yicha murojaat etmaslik kerak.




  1. topshiriq. «Mardlik haqida» matni asosida savollarga javob toping.




  1. Mardlik va nomardlik haqida qanday hikmatli so'zlarni bilasiz?

  2. Bu hikmatli so'zdan qanday xulosa chiqarish kerak?

  3. Nomardlikning xususiyatlari qanday?

  4. Mard qanday fazilatlarga ega?

  1. Xuddi shunday do'st va dushman haqida qanday hikmatli so'zlarni
    bilasiz?


Topshiriq. Matnni oqing.
JALOLIDDIN MANGUBERDI- XALQ QAHRAMONI
Xalqimizning asl farzandi Jalo­liddin Manguberdining jasorati tariximizga zarhal harflar bilan bitilgan. Jaloliddin Manguberdi kelishmovchiliklar oqibatida Xorazm davlati darz ketganda ham, uning poytaxti Urganch Chingiz qo'shinlari tomonidan vayron etilganda ham Vatanini qutqarib qolishdek ezgu orzudan umidini uzmadi. Bu mardlik qarshisida lol qolgan Chingizxon hayrat ichida: "Mening to'rt o'g'lim bor. Qirqta o'g'lim bo'lganda ham birgina Jaloliddinga almashtirgan bo'lar edim", -degan edi. Jaloliddin qorachadan kelgan, o'rta bo'yli turk tilida so’zlashar edi. Otliq yigitlar ichida eng botiri bo'lib, adolatni sevar, yovuzlikni qoralardi. Jaloliddin nomi mustaqillik va ozodlik uchun kurashgan xalq qahramonlari qatorida turaveradi.

KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAP
O’zgalarning hech o’zgarishsiz aynan berilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Mаsalan: "Menga shafqat qiling, aziz birodarlar",- dedi Rahmat.

Ko’chirma gap muallif gapi bilan bog’lovchi vazifasidagi demoq fe’lining deb (deya), degan shakllari orqali va bog’lovchisiz munosabatga kirishadi. Маsalan: "Yozgan asaring shumi?",-dedi muharrir.

Kochirma gap yozuvda qo’shtirnoqqa olinib, birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. Quyidagi ko’chirma va muallif gapidagi tinish belgilariga e’tibor bering.


  1. "Aziza, sog’liq qalay?" — deb so’radi Turg’un. ("Ko’chirma gap", muallif gapi.)

  2. Jamoa xo’jaligi raisi dedi: "Biz bu yil paxtadan mo’l hosil yig’ishtiramiz" (muallif gapi: "Kochirma gap".)

  3. "Mehnatni sev, - takrorlaydi onam, - mehnat kishiga baxt keltiradi" muallif gapi: "Ko’chirma gap", - muallif gapining davomi)

(Чужая речь может передаваться как прямой, так и косвенной речью.)

Чужая речь, которая воспроизводится дословно, с сохранением содержания, всех особенностей формы высказывания, называется прямой речью. Например: "Men badiiy аsarni sevib o’qiyman", dedi Dildora. — «Я люблю читать художественное произведение», — сказала Дилдора.

Чужая речь, переданная от лица говорящего не дословно, а с сохранением лишь содержания высказывания, называется косвенной речью.

Сравните:

Прямая речь: "Mening bobom yer haydagan", — deb g’urur bilan javob berdi Bazarov. — "Мой дед землю пахал", — с гордостью отвечал Базаров.

Косвенная речь: Bazarov g’urur bilan bobosi yer haydaganligini aytdi. Базаров с гордостью отвечал, что его дед землю пахал. (И.Тургенев).

При замене прямой речи косвенной надо уметь правильно упот­реблять личные и указательные местоимения, а также лица глаголов с учетом того, что косвенная речь передает чужие слова от лица автора, а не от лица, которому принадлежит прямая речь. Вместо глаголов прямой речи (deb, dedi) в косвенной речи употребляются глаголы aytdi, gapirdi, so’radi и т.п.)
1-topshiriq. Quyidagi ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gapga aylantiring.
1. Alisher Navoiy: "Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz", degan edi. 2. "Inson. — bu mag’rur jaranglaydi", — deb yozgan edi М.Gorkiy. 3. "Mardona, gaplashaylik", — dedi Nosir. 4. "Yodgor tog’am hamma vaqt bayroqdor bo’lganlar", — dedi Po’latjon. 5. Qalandarov bosh silkib: "Zulfiqorov yaxshi brigadir", — dedi. 6. "Rus bilan o’zbek qo’lni qo’lga bersa, har mushkul oson", — dedi Sakson ota.

2-topshiriq. Quyidagi ko’chirma gaplarga muallif gapini qo’shib, ko’chirma gapli konstruksiyalar tuzing. Tinish belgilariga e’tibor bering.
1. "Bilim — oltindan qimmat, qilichdan keskir, zambarakdan kuchli" (gruzin maqoli). 2. "Ilm insoniyat gavharidir", (А. Bedil) 3. "Oila farzanddan boshlanadi" (А.I.Gersen). 4. "Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor." (V.G.) 5."Kitoblar qarshisida jamiki narsalar nursiz bo’lib qoladi" (А.Ch.)

O’ZBEK XALQINING ASL FARZANDLARI

NUTQ USLUBLARI
Topshiriq. Matnni oqing.
SHAHIDLAR XOTIRASI MUQADDAS
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan barhayot siymolarga ehtirom ramzi sifatida poytaxtimizda "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmui bunyod etildi.

Bu yerda xalqimizning asl farzandlari bo'lgan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon kabi yuzlab ulug' zotlarning ruhi poklari yod etiladigan bo'ldi. Qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elat vakillari bor edi.

Yurtboshimiz ta'kidlaganlariday: "Aslida biz qo'Iga kiritgan mustaqilligimiz mohiyati, o'zligimizni anglab, o'z taqdirimizni o'z qo limizga olib millatimizning qadr-qimmatini, uning sha'ni va g'ururini tiklab, asriy adolatni qaror toptirish va xalqimizning obro'-e'tiborini yanada yuksaltirish, demakdir.

Biz bugun shu tabarruk ziyoratgohda turib, ozod va erkin Vatan uchun jon bergan shahidlar ruhi oldida bosh egib, ularga o'z hurmat- ehtiromimizni bajo keltiramiz.

Vatanimiz o'g'il-qizlari bu tabarruk insonlar qoldirgan merosni o'rganadilar va ularning nomini qalblarida doimo saqlaydilar.
1-topshiriq. Matnni o'qing va ras tiliga tarjima qiling.
USMON NOSIR
Usmon Nosirning ijod davri sakkiz - to'qqiz yilgina davom etdi. Uning bizga ma'lum asarlari mana shu yillar ichida, ya'ni shoirning 16 yoshdan 25 yoshgacha davrida yaratildi. Shu yillar ichida u bir necha she'riy to'plam: "Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar", "Yurak", "Mehrim", "Atlas", "Zafar", "So'nggi kun", "Dushman" kabi dramalarini yozdi.

Usmon Nosir badiiy tarjima sohasida ham o'z mahorati va nozik poetic didini namoyish eta oldi. U N.D.Dobrolyubovning "Haqiqiy kun qachon keladi", Pushkinning "Boqchasaroy fontani", M.Yu. Lermontovning "Iblis" kabi asarlari va bir qancha she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qildi. Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko'pgina namunalarni o'zbek kitobxonlari Usmon Nosir tarjimasida o'qidilar. Bu tarjimalar o'zbek adabiyotining tarjima asarlari orasida shohona namunalar bo'lib qoldi.

Shoir Turob To'la: "Usmon she'riyatga shamolday kirib keldi. Balki bo'ronday! U shunday to'polon va to'lqin bilan keldiki, uncha-muncha she'riy uslub va ijodni to's-to's qilib yubordi. Uni o'zimizda o'zbek Lermontovi, Moskva gazetalarida "Sharqda Pushkin paydo bo'ldi", deb yozishdi", -degan edi.

Usmon Nosir ham ko'pchilik zamondoshlari kabi qatag'onga uchradi. U 1944- yil 24- martda Kemerovo oblastida vafot etadi va shu yerda Pervomaysk qishlog'ida dafn etiladi.

Bargdek uzulib ketsam,

Unutmas meni bog'im,

Ishimni hurmat qilar,

Gullardan haykal qo'yar,

She'rlarim yangrab qolar,

Ming yillardan keyin ham.

Unutmas, meni bog'im.

Ha, xalq o'zining sodiq o'g'lonlarini unutmaydi.



Yüklə 0.82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin