Zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Yüklə 0.82 Mb.
səhifə6/10
tarix22.02.2016
ölçüsü0.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

MENING KUNIM

06.30 –uyqudan turaman.

07.00 – nonushta qilaman.

07.20 – kiyinaman.

07.30 – universitetga ketaman.

08.30 – mashg’ulotlar boshlanadi.

12.50 – mashg’ulotlar tugaydi.

13.30 – uyda tushlik qilaman.

14.30 – dam olaman.

15.00 – sport to’garagiga boraman.

17.30 – uyga qaytaman.

18.00 – kechki ovqat tanavvul qilaman.

18.30 – dars tayyorlayman.

20.30 – televizorda teleko’rsatuvlar tomosha qilaman.

22.00 – uxlayman.

VAQT HISOBI
12.10 - o‘n ikkidan o‘n daqiqa o‘tdi.

12.30 - o‘n ikki yarim, yoki 12 dan 30 daqiqa o‘tdi.

11.50 - o‘n daqiqasi kam o‘n ikki, yoki 11 dan 50 daqiqa o‘tdi.

13.15- o’n uchdan o’n besh daqiqa o’tdi, o’n uchdan chorak o’tdi.

В пределах первой половины неполного часа называют после слова soat полный час в исходном падеже затем минуты прошедшего неполного часа в именительном падеже и употребляется слово o‘tdi (прошло);

В пределах второй половины неполного часа называют после слова soat количество недостающих до полного часа минут, затем слова daqiqasi kam и следующий полный час.

Если слово soat стоит после числительного, то указывается на продолжительность времени: Сравните: soat yetti (время семь часов), yetti soat (в течении 7 часов).


SON

(Числительное)

Слова, обозначающие количество или порядок предмета, называются именем числительным. Они отвечают на вопросы qancha? necha? nechta? - сколько? nechanchi? - который? Например: o’nta daftar, besh so’m, yigirma talaba, uchinchi dars, o’ninchi sinf.

В узбекском языке двадцать два корневых числительных, остальные числительные образуются их комбинациями. К ним относятся:
bir - один o’ttiz - тридцать

ikki - два qirq - сорок

uch - три ellik - пятьдесят

to‘rt - четыре yetmish - семьдесят

besh - пять sakson - восемьдесят

olti - шесть to’qson - девяносто

yetti - семь yuz - сто

sakkiz - восемь ming - тысяча

to‘qqiz - девять million - миллион

o‘n - десять milliard – миллиард


Имена числительные делятся на: 1) sanoq sonlar - количественные числительные 2) tartib sonlar - порядковые числительные.



Sonning semantik guruhlari

Semantik guruhlar

Vositalar

Misollar

Miqdor sonlar

Sanoq son

-ta, -tadan

Ikki, ikkita, ikkitadan

Chama son

1. morfoligik vositalar: -lab, -larcha;

2. kompozitsion vosita –reduplikatsiya

3. leksik vositalar: chamasi, kamida, yaqin, ortiq, chog‘li;

4. kompozitsion vosita



Yuzlab, yuzlarcha, yuztacha; beshlarda;

Bir-ikki kun, o‘n-o‘n besh minut;

o‘ndan ortiq kishi, kamida o‘n kishi;

ellik-oltmishtacha

Jamlovchi son

-ov, -ala, -ovlashib, -ovlon

Ikkovimiz, ikkalamiz, ikkovlashib, ikkovlon

Kasr son

Son+dan+son

Yarim, chorak, nimchorak

Uchdan bir, uchdan ikki;

Yarim kecha, chorak asr, nimchorak final

Tartib son




-nchi, -inchi

Birinchi, ikkinchi


Topshiriq. Запомните следующие узбекские слова и словосочетания.
Soat Час (время)

Soat necha? (hozirgi soat necha bo’ldi?) Сколько времени? Который час?

Soat bir. Час.

Soat bir yarim. Половина второго.

Yigirma daqiqasi kam ikki. Без двадцати два (часа).

Soat chorak kam ikki. Без четверти два.

Soat o‘n besh daqiqasi kam ikki Без пятнадцати два (часа)

Soat ikki. Два часа.

Soat ikkidan chorak (o‘n besh daqiqa) Четверть(пятнадцать минут)

o‘tdi. третьего.

Soat ikkidan yigirma daqiqa o’tdi. Двадцать минут третьего.

Soat o‘n daqiqasi kam uch Без десяти три (часа).

Soat huddi besh bo‘ldi. Ровно пять часов.

Soat sakkizga yaqin. Около восьми часов.

Soat to‘qqizga yaqin. Около девяти часов.

Mening soatimda ikkidan besh daqiqa На моих часах пять минут третьего

o‘tdi.

Sizning soatingiz to‘g‘rimi? Ваши часы правильны?



Ha to‘g‘ri. Да правильны.

Yo‘q, soatim orqada. Нет, мои часы отстают.

Yo‘q, soatim oldinda. Нет, мои часы спешат.
Meniki (mening soatim) ikki daqiqa Мои часы отстали (спешат) на

orqada (oldinda). две минуты.

Chorak soat. Четверть часа.

Yarim soat. Полчаса.

Bir soat. Один час.

Bir yarim soat. Полтора часа

Ikki soat. За два часа.

Soat ikkida. В два часа.

Soat ikkilarda. Часа в два.

SAN’AT VA UNING TURLARI. OZBEK SAHNA USTALARI

OLMOSH VA UNING TURLARI
SAN’ATNING SIRLI OLAMI
Biz rasmlar va haykallarni tomosha qilamiz, simfoniyalarni tinglaymiz, roman va she’rlarni o‘qiymiz, muhtasham binolarga zavq bilan tikilamiz, raqqoslar o‘yinini, spektakl va kinofilmlarni ko‘ramiz. Bu turli-tuman hodisalarning hammasi uchun to’liq baho bera olmaydi. Haykal va kuylar, rasm va dostonlar, raqs va kinofilmlar, spektakl va saroylarning xoshiyasi san’atning bir xil turlariga old asarlardir. Bu turlarning ko’plari qadim zamonlarda, insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida paydo bo’lgan. Agar biz “madaniy qoloq” xalqlar yashaydigan biror orol yoki o’rmonga borib qolsak, u yerlarda ham turli-tuman yog‘och va loydan yasalgan oddiy haykallarni, har xil raqslarni ko’ramiz, ko‘pgina qo’shiq va ertaklarni eshitamiz. Demak, san’atning qachon va kim tomonidan vujudga keltirilgani haqida aniq bir narsa deyish qiyin.

San’at turlari nihoyatda ko’p va xilma-xildir. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot uning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta’sirchan obrazlar yaratish ko’zda tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli-tuman yo’llar bilan erishadi. Masalan, raqs harakatlar, tana a’zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg‘unligiga tovushlarning hissiy ifodasiga bog‘liq. Tasviriy san’at uchun ranglarning o‘zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Fikr ifodalashda rassomga bo‘yoq va mo‘yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, yog’och, metall)ga ishlov berish orqali go’zallik yaratadi. Adabiyot esa bu san’atlardan so’zning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi.




ABROR HIDOYATOV
Taniqli xalq artisti Abror Hidoyatov 1900- yilda Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ildi.

1918- yilda Mannon Uyg’ur rahbarligida milliy teatr tashkil etildi. Bu teatr keyinchalik Hamza nomli o‘zbek davlat drama teatri deb ataldi. Abror Hidoyatov mana shu teatrda ishladi.

1924- yilgacha yosh teatr xalqqa bir qancha spektakllar ko’rsatdi. Abror Hidoyatov bu spektakllarda bosh rollarni o‘ynaydi.

1924 yili Moskvada o’zbek studiyasi tashkil qilindi. Studiyada o’qish uchun bir necha talantli artistlar yuborildi. Ular orasida A.Hidoyatov ham bor edi. Studiyada atoqli san’atkorlar ma’ruza va mashg‘ulotlar olib bordilar. Bu Abror Hidoyatovning bilimini va artistlik mahoratini oshirdi.

Talabalar 1920-yili o’qishni tugatib, O‘zbekistonga qaytib kelishdi. Bu iste’dodli yosh artistlar teatr mavqeining kundan-kunga o’sishida va uning rivojlanishida katta rol o’ynaydilar.

1935 yili Hamza nomli teatr jamoasi “Hamlet” spektaklini sahnaga qo’ydi. Abror Hidoyatov Hamlet obrazini yaratdi. Bu spektakl xalq orasida katta muvaffaqiyat qozondi.

O‘zbekistonda Hamza Hakimzoda Niyoziy vafotining 10 yilligi kunida teatr “Boy ila xizmatchi” dramasini qo’ydi. Abror Hidoyatov bu spektaklda G‘ofur rolini mahorat bilan o’ynadi.

1941 yilda iste’dodli aktyor Abror Hidoyatov “Otello” spektaklida Otello rolini o‘ynadi. Bu spektakl orqali Abror Hidoyatovning nomi butun dunyoga ma’lum bo‘ldi.

1946 yilda Abror Hidoyatovga xalq artisti unvoni berildi. Abror Hidoyatov 1948 yilda “Alisher Navoiy” spektaklida Navoiy rolini o‘ynadi.

Abror Hidoyatovning mehnati hukumatimiz tomonidan yuqori baholandi. U 1949 yilda Davlat mukofotini olishga sazovor bo’ldi.

Abror Hidoyatov bir qancha orden va medallar bilan mukofotlangan. Xalqimizning buyuk san’atkori Abror Hidoyatov 1957 yilda bevaqt vafot etdi.
Topshiriq. Matnni o’qing. Matn mazmunini so‘zlab bering va rus tiliga tarjima qiling.

OLMOSHLAR

(Местоимение)

O’zbek tilida olmosh boshqa so‘zlar (ot, sifat, son) o‘rnida qo‘llanuvchi so‘z turkumidir.

Olmosh qaysi so‘z turkumi o‘rnida kelsa, o‘sha so‘z turkumining so’rog’iga javob bo’ladi.

Слова употребляемые вместо существительных, прилагательных, числительных и иногда наречий называют местоимениями.

В узбекском языке 7 разрядов местоимений.



Ma’no turlari

Izohi

Olmoshlar

1

Kishilik olmoshlari

Shaxsga nisbatan ishlatiladi

Sof kishilik olmoshlari: men, sen, biz, siz

Kishilik ko’rsatish olmoshalari: u, ular



2

Ko’rsatish olmoshlari

Shaxs, predmet yoki belgini ko’rsatadi

U, bu, shu, o‘sha, mana shu, ushbu

3

So’roq olmoshlari

So‘zlovchiga ma’lum bo‘lmagan narsani so’rash

Kim, nima, qayer, qaysi, qanday, necha, qancha, qachon, nega, nimaga, qani


4

O‘zlik olmoshi

Har uchala shaxs birlik va ko’plikdagi kishilik olmoshlari o’rnida qo’llanib, ko’pincha shaxsni, ba’zan predmetni ko’rsatadi.

O‘z

5

Belgilash olmoshlari

Predmet va shaxslarning yig’indisini, to’dasini bildiradi yoki ularni ayirib, ta’kidlab ko‘rsatadi.

1) belgilash olmoshlari: har+so’roq olmoshi: har bir, har narsa

6

Bo‘lishsizlik olmoshlari

Barcha predmet yoki belgining inkorini – bo’lishsizligini bildiradi

Hech+so’roq olmoshi: hech bir, hech narsa

7

Gumon olmoshlari

Predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurga ishora qiladi.

  1. alla+so’roq olmoshi: allakim, allanarsa va b.;

  2. so’roq olmoshi+dir: kimdir, nimadir;

  3. so’roq olmoshi+ham:kimni ham esladi;

  4. birov: birov chaqiradi;

  5. falon: falon ishlar qilinadi.


1-topshiriq. O’zlik olmoshini kerakli shaklda qo‘llab, gaplarni ko‘chiring.

1. … er bilsang, o‘zgani sher bil(maqol). 2. …. uying – o‘lan to‘shaging (maqol). 3. … chiqqan baloga, qayga boray da’voga (maqol). 4. Salimaning … ham shu institutda o‘qiydi. 5. … qadrini bilmagan, o‘zganing ham qadrini bilmaydi.


2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli kishilik olmoshlarini qo‘yib, gaplarni ko’chiring.

1. … sport bilan shug‘ullanasanmi? 2. … qayerda o‘qiydi? 3. … kecha Moskvadan keldi. 4. … - faol yoshlarmiz. 5. Samarqandda qachon bo’lgansiz?

6. … bizning do‘stlarimiz.
3-topshiriq. O‘zbek tiliga tarjima qiling.

1. Вчера в театре я видела этого молодого человека. 2. Я хотел познакомиться с этим ударником труда. 3. У этого опытного механизатора трудная, но почетная работа. 4. Эта картина нарисована молодым художником. 5. За тем полем – сад нашего хозяйства. 6. Мне нужно сходить в тот сад. 7. В этом саду много яблонь.


4-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo‘yib o’qing.

1. Har kim … ixtiyori o‘zida. 2. Har biri … faol faoliyat talab qilinadi.

3. Har biri … oyda bir kundan hashar qilishdik. 4. Har biri … 3 tadan savol tushdi.

5. Hamma … bir yoqadan bosh chiqarib ishladik. 6. Mehnat qilish barcha … barobar. 7. Bayramga hamma … keldik.




OZBEK SHOIRALARI

OZBEK TILIDA FE’L. FE’L SHAKLLARI

NODIRA

O’zbek xalqining buyuk shoirasi Mohlaroyim Nodira 1791-1792 – yillarda Andijon hokimi Rahmonboy oilasida tug’ildi.

Nodira yoshligidanoq o‘zining oqilaligi va shoirona iste’dodi bilan Farg’ona vodiysida shuhrat qozongan edi. 180 – yilda Qo’qon xoni Umarxon unga uylandi.

Shoira klassik adabiyotning buyuk vakillari: Firdavsiy, Atoiy, Lutfiy, Navoiy, Boburlarning she’riyat sirlarini o’rgandi, fors- tojik tilida ham she’rlar yozib, katta ijodiy meros qoldirdi. Nodiraning o‘zbek tilidagi mukammal devoni ham fanga ma’lum.

Zamonasining ilg’or, mutafakkir shoirasi Nodira ilmni ulug’laydi, madrasa, maktab, kutubxona qurdirdi. Olimlar, hunarmandlarga homiylik qilib, ilm va madaniyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.

Nodira inson va muhabbat, vafo va sadoqatni ulug’laydi.

Shoiraning g’azallarini xalqimiz yuz yildan ortiqroq davrdan buyon sevib o’qib, kuylab kelmoqda.

UVAYSIY

Jahon otin Uvaysiy lirik she’rlaridan iborat devon va bir necha dostonlar sohibasi bo’lgan o‘zbek shoiralaridandir.

XIX asrdagi tazkira va tarixiy asarlarida shoiraning asli marg’ilonlik bo’lib, Qo’qonga keyinchalik kelib qolgani hamda shoh saroyida Nodira bilan yaqin tutinib, bir necha muddat shu yerda yashaganligi aytiladi.

Jahon otin 60 yildan ko’proq umr ko’rgan. Uning qo’lyozma devonlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondlarida va Andijon Davlat pedagogika instituti fondlarida saqlanadi.

Shoiraning Navoiy, Fuzuliy g’azallariga bog’langan muhammaslari, naziralari, Bedil she’rlariga tatabbu’lari Uvaysiy iste’dodi balog’atidan dalolat beradi. Uning ijodida insonni e’zozlash, tabiat noz-ne’matlaridan bahramand bo’lishga undash, do’stlik, vafo, sadoqatni ulug’lash kabi motivlar kuylanadi.

Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Uvaysiy uzoq vaqt muallimalik qilgan. Shoira talabalari uchun tez fikrlash, chiroyli so’zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan bog’liq bo’lgan chiston-topishmoqlar yaratgan. Uning anor haqidagi chistoni Uvaysiy ijodining yorqin bir sahifasi sifatida ko’zga tashlanadi.

Ul na gumbazdir eshigi, tuynigidin yo’q nishon?

Necha gulgun po’sh qizlar anda aylabdir makon?

Sindirib gumbazni, qizlar holidan olsam xabar.

Yuzlarida parda tortig’liq turarlar - bag‘ri qon.

Uvaysiy merosi o‘zining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan yillar, asrlar davomida yashab kelmoqda. Shoira she’rlari bugungi o’quvchilarimizga ham katta zavq bag’ishlaydi. Ular xalq orasida keng yoyilgan, Shashmaqom ohanglarida haligacha kuylanib keladi.
Topshiriq.

1. Nodiraning hayot va ijod yo‘li haqida gapiring.

2. Uvaysiy hayoti va ijodi haqida gapiring.

3. Matnlarni o’qib, rus tiliga tarjima qiling.

4. Matnlardan fe’llarni topib, ularga so’roq bering.

5. Notanish so’zlarni aniqlab lug’at tuzing.


FE’L

(Глагол)

Глагол - это знаменательная часть речи, которая объединяет слова, обознaчающие действие или состояние предмета как процесс и отвечающие на вопросы nima qildi? - что делал? nima qilyapti? что делает? nima qilmoqchi? что хочет делать?

Морфологическое значение процесса выражается в категориях лица, времени, наклонения и залога.

От глагола образуются глагольные формы причастия и деепричастия. Глагольные основы могут быть коренными: ol - бери, ber - дай; производными: ishla - работай, sana - считай.

Кроме того, в узбекском языке много составных глаголов, построенных по типу: а) глагол+глагол: borib kelmoq, kula-kula gapirmoq, б) имя+глагол: ta’zim qilmoq, mehnat qilmoq.

Для образования отрицательной формы (bo‘lishsiz shakl) к основе глагола присоединяется аффикс - ma: o‘qima - не читай, yozma - не пиши, qilma - не делай, ishlama - не работай.

Иногда отрицательная форма глагола образуется при помощи слов yo‘q, emas(нет). Например: ishlaganim yo‘q, ishlagan emasman – не работал(а).

Инфинитивная форма глагола (fe’lning noaniq shakli) образуется путем прибавления к положительной основе аффикса – moq. Например: kelmoq – приходить, ishlamoq – работать, qilmoq – делать, gapirmoq – говорить.


FE’LNING VAZIFA UCHUN XOSLANGAN SHAKLLARI

(Функциональные формы глагола)


В узбекском языке глагол имеет три функциональные формы: sifatdosh (причастие), ravishdosh (деепричастие), harakat nomi (имя действия).
SIFATDOSH

(Причастие)

Причастие – форма глагола, обозначающая признак предмета или лица, сочетающая в себе свойства глагола и прилагательного.



-gan (kan, -qani), - (a) yotgan, - adigan, - ydigan


Qoshimchasi

Ma’nosi

Misollar

-gan (kan, -qan)

Прошедщее время

Sozlamoq – sozlagan usta - настраивавший мастер; мастер, который настраивал

Musobaqada qatnashgan student - cтудент, участвовавший в соревновании



-ayotgan, - yotgan

Настоящее время

Kelayotgan avtobus – идущий автобус

Mudrayotgan o'quvchi – дремлящий ученик; ученик, который дремлет



-adigan, -ydigan

Настоящее будущее время

Ip yigiradigan dastgoh – прядильный станок

Purkaydigan asbob – опрыскивающий прибор; прибор, который опрыскивает




RAVISHDOSH

(Деeпричастие)

Деепричастие – форма глагола, указывающая на признак действия или состояния.



Shakli

Vazifasi

Misollar

-b, -ib,

-may, -masdan



1) обстоятельство образа действия
2) однородное сказуемое

Kulib gapiryapti

Oylab yozyapti

Bilmay gapiryapti

Kulmasdan turibdi

Bir ishni bilmasdan turib, ikkinchisini boshlama

Izgirin yuzni yalab, kozni ochirmaydi

-gani

Обстоятельство цели

men seni sog’inib, korgani keldim

-gach

1) обстоятельство времени

2) придаточное предложение времени



Chizmani kozdan kechirgach, bir narsani egovlay boshladi
Kecha siz ketgach, samarqandlik muallimlar kelishdi



HARAKAT NOMI

(Имя действия)

Имя действия – форма глагола, называющая действия или состояние, не указывая на время, лицо, число и другие является термином действия. По этому имя действия может иметь грамматические категории имен существительных.




Аffikslar

Rus tilida ifodalanishi

Misollar

-ish, -sh
-maslik (kerak)

mumkin


1) отглагольное имя существительное

2) неопределенная форма глагола



Kirish - вход

O'lchash - измерение

Bajarmaslik - невыполнение

Yig’ishtirish mumkin - можно убирать

Oqlash kerak - нужно белить

Tuzlamaslik mumkin - можно не солить



-uv, -v

1) имя существительное

2) имя прилагательное



Tanish+uv - знакомство

Sayla+v-saylov - выборы

O’qi+b-o’qib - чтение

Yoz+uv(stoli) - письменный стол

Yig‘+uv(sehi) - сборочный цех



1-topshiriq. Sifatdoshlarni aniqlanb, rus tiliga tarjima qiling.

1. Yo’l qurilishida haydalgan va tayyorlangan qatronlar ishlatiladi.

2. Katalizator sifatida tuproq, kislotalar bilan boyitilgan va to’yintirilgan ba’zi bir metallar, masalan: nikel, mis va hokazolarni ishlatish mumkin. 3. Maktab hovlisida bolalar yig’ayotgan metal parchalari uyulib yotibdi. 4. Quruvchilarga har oy beriladigan maosh o’z vaqtida yetkazib beriladi. 5. Fermer hasharchilar tomonidan chopilgan yerlarni ko’zdan chiqdi.
2-topshiriq. Sifatlarni aniqlang.

1. Kirib kelayotgan oqim. 2. Yo’lning pasaygan qismi. 3. Goh-goh to’xtab o’tiladigan bekat. 4. Kirib kelayotgan yangi yil. 5. Ekskavatorchi ishlayotgan ekskavator. 6. Bo’lajak muhandis. 7. Borar makon. 8. O’tkir jag’li ombur ushlagan ishchi. 9. Yo’lni mo’ljalga oladigan asbob. 10. Elektr nuri bilan ta’minlangan qishloq.


3-topshiriq. O’zbek tiliga tarjima qiling.

Взяв, войдя, начав, сказав, спросив, бросив, уходя, закончив, написав, встретившись, поступив, слушая, сидя, смеясь, смотря, глядя, спрашивая.


4-topshiriq. Ravishdoshlarni rus tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Kulib, ishlab, yurib, gapira-gapira, kula-kula, to’xtab, olib, berib, ochib, yashab, (shaharda) qolib, tashlab, eshitib, (konvertga) solib, (darsni) tayyorlab, (paxtani) terib, (qatnov oqimi) bo’lib, (yo’l mintaqasidan) yurib, (chegaralangan maydonga) yetib, (motorlashganlik darajasini) aniqlab.


5-topshiriq. -sh(-ish), -v(-uv)-moq qo’shimchalari bilan harakat nomi yasang.

Qurmoq-строить, toblamoq-закалять, quymoq-заливать,o‘lchamoq-мерить, ko‘chib kirmoq-заселять, silliqlamoq-затирать,charxlamoq-заточить, bug‘lamoq-испарять,tekshirib-исследовать,tebranmoq-колебаться,kovlamoq-копать.


6-topshiriq. O’zbek tiliga tarjima qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.

Продуктовый магазин, магазин промтоварный,хозяйственный магазин, магазин готового платья,обувной магазин.

Сколько стоит банка рыбных консервов? Есть ли у вас…? Я хочу купить.… В каком отделе продается…?

Абрикосы, айва, арбуз, варенье, виноград, груши, дыня, изюм, крупа, сливочное масло, хлопковое масло, мед, миндаль.



HOZIRGI O’ZBEK ADABIYOTINING YIRIK NAMOYANDALARI

FE’L ZAMONLARI

Topshiriq. “Erkin Vohidov” matnini o’qing va so’zlab bering.
ERKIN VOHIDOV
O‘zbekiston xalq shoiri va O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936 – yili Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan.

Taniqli shoir va jamoat arbobi ToshDuning filologiya fakultetini 1960 – yilda tugatgan.

U “Yosh gvardiya”, G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotlarida bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlagan.

Shoirning “Tong nafasi” (1961), “Yurak va aql” (1963), “Mening yulduzim” (1964), “Lirika” (1965), “Yoshlik zavoli” (1968) kabi o‘nlab kitoblari nashr qilingan. “Oltin devor” komediyasi hozirgacha teatr sahnasidan tushmay kelmoqda.

Hozirda sevimli shoirimiz O‘zbekiston Oliy Majlisida qo’mita raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
MUHAMMAD YUSUF
Shoir Muhammad Yusuf 1951 – yilda Andijon shahrida tug’ildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirda O’zbekiston Milliy universiteti)ni tamomlagan.

Muhammad Yusuf XX asr oxiri o’zbek she’riyatida o’z so’zini ayta olgan shoirlardan biri edi. Ayniqsa, uning qatag’on qurbonlari Cho’lpon, Qodiriy, Fayzulla Xo’jayevlarni yod olib yozgan she’rlari o’sha yillari xalq qalbidan chuqur joy egalladi.

Muhammad Yusufning odamiylik, sevgi va vafoni ulug’lovchi ko’plab she’rlari kuyga solinib, xalqimiz sevgan qo’shiqlarga aylandi.

Shoir she’rlari sodda va ravon til bilan yozilgan. Uning ijodida xalq qo’shiqlaridagi kabi ohangdorlik bor.

Istiqlol yillari Muhammad Yusuf Vatanni madh etuvchi bir qator she’rlar yozdiki, ularga kuy bastalanib, katta - katta bayramlarda ijro etib kelindi.

Shoir qalamiga mansub “O’zbekiston”qo’shig’i mamlakatimiz yoshlarining madhiyasiga aylandi:


Oq yo‘rgakka o’ragansan o’zing bizni,

Oq yuvib, oq taragansan o‘zing bizni,

Beshigimiz uzra bedor ona bo’lib,

Kunimizga yaragansan o’zing bizni.


Adoying bo’lgaymiz seni, O‘zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston,

Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston.


Tuzing totib, unutganlar xor bo‘ladi,

Ko‘zlariga ikki dunyo tor bo‘ladi,

Tinch kuningni ko’rolmagan yurtfurushlar,

Bir kun, bir kaft tuprog‘ingga zor bo‘ladi.


Boldan shirin taxir qora bug‘doying ham,

O‘zingdan bo’lsa gar shohi gadoying ham,

Bir jonu tan bir-biringdan rozi yursang,

Hudoying ham sendan rozi hudoying ham.

Shoir Muhammad Yusuf 2001- yili vafot etdi. Uning qo’shiqlari, she’rlari esa xalq xotirasida hali uzoq yashaydi.

OYBEK
Oybek 1905 - yilda Toshkentning eski shahar qismida tug’ildi. Asli ismi Muso Toshmuhammad og’li bo‘lib, Oybek uning taxallusidir.

Oybek “Fanga yurish”, “So’zim”, “Na’matak” kabi ajoyib she’rlar muallifi. Shuningdek, u bir qator dostonlar, jumladan “Navoiy” romanini yaratdi.

Oybek nafaqat shoir, balki, buyuk adib hamdir. Navoiy hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish natjasida 1944 - yilda “Navoiy” romanini bitiradi. Bu asar ulug‘ mutafakkirga qo’yilgan o‘ziga xos yodgorlikdir. Mazkur asar 1946 - yildayoq rus tiliga tarjima qilindi. Yozuvchi romanda shoir, davlat arbobi Alisher Navoiyning xalq uchun baxshida hayotini chiroyli tasvirlab berdi.

Oybek nafaqat shoir, yozuvchi, balki mohir tarjimon ham. U Pushkin, Lermontov, Tolstoy kabi rus klassiklari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Oybekning asarlari esa rus, ukrain, qozoq, tojik, fransuz, nemis, chex, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Atoqli shoir, adib, davlat va jamoat arbobi, akademik Muso Toshmuhammad og’li Oybek 1968 - yilda vafot etdi.

Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlar ham yaratilgan. Ular orasida L.Batning biografik asarini ta’kidlash mumkin.
1-topshiriq. Matn bo’yicha savol - javob qiling. Uning mazmunini aytib bering.
2-topshiriq. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.

ABDULLA QODIRIY
Abdulla Qodiriy 1894 - yilda Toshkent shahrida dehqon oilasida tug’ildi. U avval madrasada, keyin rus-tuzem maktabida o’qidi. U o’z ijodini 15 yoshlaridan boshladi.

Qodiriy “Mushtum” jurnalining asoschilaridan sanaladi, u mazkur jurnal nashriyotida ancha yil mehnat qildi.

1925 - yilda bosilib chiqqan Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani o’zbek adabiyotidagi dastlabki yirik nasriy asarlaridan biridir. Asarda XIX asrning 1-yarmidagi xalqimiz hayoti aks etadi.

1928 - yilda Qodiriyning yangi bir romani “Mehrobdan chayon” nashr etildi. Muallif unda Turkistonning eng so’nggi xonlaridan biri Xudoyorxon davri voqealarini aks ettirdi.

Qodiriyning mazkur asarlari xalqimiz tomonidan hamon sevib o’qib kelinadi. Ular asosida badiiy filmlar suratga olingan. Yoshlarimiz Qodiriyning Anvar, Ra’no, Otabek va Kumush kabi qahramonlariga o’xshashni orzu qilishadi.

Sevimli yozuvchimiz qatag’onga uchrab, 1939 - yilda vafot etgan.

Istiqlol yillarida adib xotirasi yanada e’zoz topdi. Endilikda Toshkent Davlat san’at instituti, metro bekati va boshqa ko’plab muassasalar Qodiriy nomi bilan atalgan.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.

FE’L ZAMONLARI

(Времена глагола)
Категория времени выражает отношение действия к моменту речи.

Глагол в узбекском языке имеет три времени: hozirgi zamon fe’li (настоящее время глагола), kelasi zamon fe’li (будущее время глагола), o’tgan zamon fe’li (прошедщее время глагола).







Fe’lning zamon shakllari

Qo’shimchalari

Ma’nosi

Misollar

1

O’TGAN ZAMON

1. - di

So’zlovchi ko’rgan-bilgan harakatning nutq so’zlanayotgan vaqtgacha bajarilganini aniq, qat’iy tarzda ifodalaydi

Oqidim oqidik

Oqiding oqidingiz

(o’qidilaring)

O’qidi o’qishdilar

o’qishdi

2. - gan

Harakatning nutq so’zlanayotgan vaqtgacha bajarilgan-bajatilmaganini ifodalaydi

O’qiganman o’qiganmiz

O’qigansan o’qigansiz

O’qigan o’qigan(lar)

o’qishgan

3. -ib+miz

-ib+man, -san, -siz

- di, -di (lar)

Harakatni bevosita kuzatmaganlik, undan keyin xabardor bo’lganlik ma’nosini ifodalaydi

O’qibman o’qibmiz

O’qibsan o’qibsiz

O’qibdi o’qibdi(lar)

o’qibdi


4. sifatdosh+edi

Ravishdosh+edi

-moqda edi ( -gan edi, -ib edi, -ar edim, -guvchi edi, - moqda edi)


edi to’liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi shakllar faqat harakatning o’tgan zamonda bajarilganligi ma’nosini ifodalaydi. Ular bildirgan harakatning bajarilish vaqti hech qachon “hozir” (hozirgi vaqt) doirasida bo’lmaydi. Harakatning bajarilish vaqtiga nisbatan qo’yiladigan so’roqqa ilgari, bir vaqtlar kabi so’zlar javob bo’ladi

O’qigan edim o’qigan edik

O’qib edim o’qib edik

O’qir eding o’qir edingiz

O’qimoqda edi o’qimoqda(lar)

edi (lar)

o’qiguvchi o’qituvchi

Solishtiring

-O’qidi - o’qigan edi

-Qachon? - Qachon?

-Hozir - Ilgari (bir vaqtlar)

2

HOZIRGI ZAMON

-yap

-yotib

-yotir

Harakatning nutq so’zlanayotgan vaqtidan oldin boshlanganligi va nutq so’zlanayotgan vaqtda ham davom etayotganligi

O’qiyapman o’qiyapmiz+miz

O’qiyotib+san o’qiyotib+siz(lar)

+di +di(lar)

O’qiyotir+man o’qiyotir+miz

+san +siz(lar)

-moqda

Yuqoridagi shakllar bilan bir xil ma’noni ifodalaydi. Ammo ulardan kitobiy uslubga xosligi bilan farq qiladi.

O’qimoqda+man o’qimoqda+miz

san siz(lar)

3

KELASI ZAMON

Kelasi zamon aniq shakli: -a+shaxs

qo’shimchasi



Biror vaqt bilan chegaralanmagan doimiy harakatni bildiradi

Bor+a+man bor+a+miz

san siz

di di(lar)

-y+shaxs qo’shimchasi

Nutq so’zlanayotgan vaqtdan keyin sodir bo’lish-bo’lmasligi kutilgan harakatni bildiradi

O’qi+y+man o’qi+y+miz

O’qi+y+san o’qi+y+siz(lar)

O’qi+y+di o’qi+y+di (lar)

Kelasi zamon gumbo shakli: -(a) p, (-mas)

Nutqdan keyin sodir bo’ladigan yoki bo’lmaydigаn harakatni gumon tarzda ifodalaydi

Kel+ar+man kel+ar+miz

Kel+ar+san kel+ar+siz(lar)

O’qi+r+man o’qi+r+miz

O’qi+r+san o’qi+r+siz(lar)

O’qi+r o’qi+r+(lar)


1-topshiriq. O’zbek tiliga tarjima qiling.

1. А ты, ты-то о чем думал? 2. Тут же приехала машина скорой помощи. 3. Ведь мы с тобой не встречались целый год! 4. Даже летом он не снимал с головы свою шапку. 5. Наконец-то я увидел тебя!


2-topshiriq Gaplarni rus tiliga tarjima qiling.

1. Shu ham ish bo’ldi-yu! 2. O’tgan kuni huddi shu yerda katta majlis qilindi. 3. Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi. 4. Sizni ranjitib qo’ymadimmi? 5. Seni bir dam tutmoqqa endi, na haqqim bor, na huquqim bor. 6. Men - ku bundan bexabar edim, senchi? 7. Ertagayoq Marg’ilonga jo’naymiz.




ONA SHAHRIM

FE’L MAYLLARI VA FE’L NISBATLARI
1-topshiriq. Matnni o’qing va mazmunini so’zlab bering.
TOSHKENT
Toshkent - juda qadimiy va navqiron shahar. Uning yoshi 2000 yildan oshib ketgan. U tarixda Choch, Shosh, Binket kabi nomlar bilan atalgan.

Toshkent - go’zal shahar. Ayniqsa, mustaqillik yillarida uning chiroyi yanada ortib bormoqda. Ko’plab yangi binolar, ko’chalar barpo etilmoqda.

1977 - yilda Toshkent metrosining birinchi yo’nalishi ish boshlagan. Hozirda uning Chilonzor, O’zbekiston va Yunusobod bo’ylab poyezdlar qatnovi yo’lga qo’yilgan. Uning Alisher Navoiy, Amir Temur xiyoboni, Chorsu, Chilonzor kabi go’zal va ozoda bekatlari kishi ko’zini quvontiradi.

Toshkentda ko’plab madaniy muassasalar mavjud. Bog’lar, teatrlar, konsert zallari xalqimiz xizmatida. Toshkentda bir qancha muzeylar faoliyat yuritmoqda. Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Olimpiya shuhrati muzeyi shular jumlasidandir. Ular xalqimizning boy tarixi va bugungi yutuqlari haqida hikoya qiladilar.

Toshketnga har kuni minglab sayyohlar, chet ellik ishbilarmonlar, xalqaro delegatsiyalar tashrif buyuradilar. Shahrimiz mehmonlarni iliq qarshi oladi. Ular uchun shinam mehmonxonalar qurilgan. Muhimi mehmondo’st O’zbekiston xalqi ularni ochiq chehra bilan kutib oladi.

Jahonga yuz tutgan O’zbekistonimizning qadimiy va hamisha navqiron poytaxti Sharq yulduzi deb bejiz tarannum etilmasligini mehmonlarimiz ham ta’kidlashmoqda.


2-topshiriq. O’z shahringiz (qishlog’ingiz) haqida kichik hikoya tuzing.
3-topshiriq. Savollarga javob bering.

1. Toshkent ilgari qanday nomlanganini bilasizmi? 2. Toshkentning diqqatga sazovor joylaridan qayerlarni ayta olasiz? 3. Toshkent metrosi qachon ish boshlagan? 4. Toshkentdagi qaysi tarixiy obidalarni ayta olasiz? 5. Toshkentdagi muzeylardan qaysilarida bo’lgansiz?




Lug’at ishi
Navqiron молодой

Chiroy красота

Kishi ko’zini quvontiradi радует глаза

Faoliyat yuritmoq функционировать

Shular jumlasidan в том числе

Ishbilarmon предприниматель

предприимчивый

Tashrif buyurmoq пребывать, наносить визит

Iliq qarshi olmoq тепло встречать

Shinam уютный

Ochiq chehra bilan с улыбкой, добродушно


SAMARQAND
Samarqand O’zbekistondagi eng ko’hna shaharlardan biridir. U 2500 yildan oshiq tarixga ega. Shahar 1925-1930 - yillarda O’zbekistonning poytaxti bo’lgan. Samarqand Zarafshon vodiysining janubi- g’arbida Toshkentdan 351 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 800 ming kishidan oshiq.

Samarqand Timur davlati poytaxti sifatida Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan qadimdan savdo - sotiq qilgan. XIV - asrgacha shahar turli mamlakat bosqinchilarining hujumiga duch keldi va qo’ldan-qo’lga o’tib turdi.

Samarqand XIV-asrning oxiri va XV asrda Temur davlatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo’ldi. Ulug’bek hukmdorligi davrida Samarqandda ilm - fan va madaniyat taraqqiy etdi. Temuriylar sulolasi bunyod etgan obidalar, maqbara va madrasalar sharqning durdonasi bo’lib qoldi va uni dunyoga tanitdi.

Hozirgi kunda Samarqand Markaziy Osiyoning sanoati rivojlangan, ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylangan.


Lug’at ishi

Ko'hna древний

vodiy долина

poytaxti sifatida в качестве столицы

oshiq более, превышает

hukmdorlik правление

taraqqiy etdi развивалось

sulola династия

sanoat промышленность


Topshiriq. Samarqand haqida bilganlaringizni so’zlab bering.
Suhbat


  • Shahringizda bog’lar bormi?

  • Ha, Toshkentda bog’lar ko’p. Bobur nomidagi, Bog’i Eram, O’zbekiston milliy bog’i, Ulug’bek nomidagi va yana bir qancha bog’lar bor.

  • Siz qaysi boqqa borishni maslahat berasiz?

  • Hamma bog’ ham o’zgacha. Biroq men Bobur bog’ida bo’lishni yoqtiraman. U yer juda salqin va ozoda, eng muhimi sokin.

  • U yerda attraksionlar ko’pmi?

  • Ha. U yerda turli ko’ngilochar o’yinlar o’ynashingiz, qayiqda sayr qilishingiz, bir so’z bilan aytganda mazza qilib hordiq chiqarishingiz mumkin.

  • Rahmat. Men albatta bu boqqa boraman.


FE’L MAYLLARI

(Категория наклонения)
Наклонение - грамматическая категория глагола, выражающая отношение действия или состояния к действительности.

В узбекском языке глагол имеет четыре формы наклонения:xabar mayli (изъявительное); buyruq - istak mayli (повелительно - желательное); shart mayli (условное); maqsad mayli (цели)




XABAR MAYLI

(Изъявительное наклонение)
Все формы времени, за исключением глаголов намерения прошедшего и будущего времени, относят к изъявительному наклонению, а последние две формы к наклонению цели.

Изъявительное наклонение показывает, что говорящий считает действие фактом, относя его к прощедшему, настоящему и будущему времени.

Наклонение цели (намерения) выражает цель совершения того или иного действия.
BUYRUQ - ISTAK MAYLI

(Повелительно - желательное наклонение)

Повелительно - желательное наклонение обозначает волеизъявление говорящего. Основа любого глагола равна форме повелительного наклонения II лица единственного числа. Глагол в повелительно - желательном наклонении спрягается следующим образом:


Birlik Ko’plik

I-shaxs ayt+ay ayt+aylik

II-shaxs ayt ayt+ing

III-shaxs ayt+sin ayt+sin(lar)


Отрицательная форма

Birlik Ko’plik

I-shaxs ayt+ma+y ayt+ma+ylik

II-shaxs ayt+ma ayt+ma+ng

III-shaxs ayt+ma+sin ayt+ma+sin(lar)

Для подчеркивания просьбы ко второму лицу иногда прибавляют аффикс - gin: aytgin, yozgin, bergin и.т.д.

Для различения форм уважения и множественного числа иногда во множественном числе прибавляют аффикс - lar: ayting (скажите уважительная форма), aytinglar (обращение к нескольким людям).


SHART MAYLI

(Условное наклонение)
Глагол в условном наклонении обозначает действие, от выполнения которого зависит совершение другого. Форма эта образуется прибавлением к основе глагола аффикса - sa и аффиксов личного спряжения.
Birlik Koplik

I-shaxs kel+sa+m (если приду) kel+sa+k (если придем)

II-shaxs kel+sa+ng (если придешь) kel+sa+ngiz (если приедете)

III-shaxs kel+sa (если придет) kel+sa(lar) (если придут)


Отрицательная форма таких глаголов образуется с помощью аффикса - ma, который прибавляется перед аффиксом наклонения: kel+ma+sa+-m, kel+ma+sa и т.д.

В сочетание со словом kerak глагол в условном наклонении обозначает предположение: borsak kerak - возможно, поедем yomg’ir yog‘sa kerak - возможно, будет дождь и.т.д.

В сочетания со словами mayli, в вопросительной форме, выражает желание, просьбу: kirsam maylimi - можно ли я войду, so’rasam maylimi - могу ли я спросить и т.д.
FE’L NISBATLARI

(Залоги глагола)
Категория залога выражает отношение к субъекту и объекту действия. Это отношение обозначают специальные формы глагола. С изменением залога происходит изменение в объекте и субъекте действия.

В узбекском языке пять залогов глагола:

Aniq nisbat (действительный залог) имеет нулевой показатель. Субъект действия, обозначенного в форме этого залога, выражается подлежащим, а объект дополнением в винительном падеже: O’qituvchi yangi mavzuni tushuntirdi. Учитель объяснил новую тему.

O’zlik nisbati (возвратный залог) выражает действие исходящее от субъекта и возвращающееся на него. Образуется прибавлением к основе глагола аффиксов: -(i)l; - (i)n; иногда (i)sh; yuvmoq - мыть, yuvinmoq - мыться, kiymoq - одевать, kiyinmoq - одеваться, kermoq - потянуть, kerishmoq - потягиваться.

Majhul nisbat (страдательный залог) указывает на действие, объектом которого является подлежащее, а субъектом - косвенное дополнение (в предложении он может быть пропущен). Xat yozildi - Письмо было написано. Образуется эта форма прибавлением к основе аффиксов: - (i)l; -(i)n; qurildi - построен, solindi - положен, ko’rildi -рассмотрен и т.д.

Birgalik nisbati (взаимно-совместимый залог) указывает на действие, выполненное двумя или более субъектами. Образуется с помощью аффикса -(i)sh; ko’rishmoq - видеться, yozishmoq - переписываться, yuvishmoq - помочь мыть и т.д. Эта форма может указывать на то, что действие совершено несколькими субъектами: Bolalar sayrga chiqishdi - Дети вышли на прогулку; на то, что субъект помог другому в выполнении действия: Hadicha onasiga kir yuvishdi - Хадича помогла матери стирать. Аффикс -(i)sh является синонимичным аффиксу -lar (множественного числа): o’qidilar - o’qishdi, yozdilar - yozishdi.

Orttirma nisbat (понудительный залог) выражает действие, производимое субъектом через другое лицо. Образуется прибавлением к основе глагола аффиксов: -t; -tir(dir); -gaz; -giz; -sat; -ar; -ir; -iz. Например: yoz-yozdir, ko’r-ko’rsat, sana-sanat, bit-bitir, chiq-chiqar, oq-oqiz и т.д. Salima yangi ko’ylak tiktirdi - Салиме сшили новое платье.

В одной словоформе может быть несколько аффиксов залогов, в том случае он определяется по последнему аффиксу, образующему залог: yuvintirishdi - глагол взаимно-совместного залога.


1-topshiriq. Buyruq - istak maylidagi fe’llarni ko’rsating.

NAVRO’Z
Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan!

Hamma bir-biriga jigar so’z ekan.

Olam ham barobar kech-kunduz ekan,

Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan!


Yangi yilingiz muborak bo’lsin, hoy bobo!

Yangi yilingiz muborak bo’lsin, hoy momo!

Yangi yilingiz muborak bo’lsin, hoy Ona!

Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan!


Hoy, bog’bon bobo, niholga bersin baraka!

Hoy, dehqon bobo, dalangga bersin baraka!

Hoy, cho’pon bobo, qo’rangga bersin baraka!

Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan!


2-topshiriq. Berilgan fe’llardan shart mayli yasang. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Bermoq-давать, so‘ramoq-спросить, bo‘lmoq-делить, termoq-собирать, ishlamoq-работать, topshirmoq-поручать, tushunmoq-понимать, kulmoq-смеяться, tashlab yubormoq-бросать.
3-topshiriq. Rus tiliga tarjima qiling.

1. Shoshilib ketayotsam, pochtalyon xat olib keldi. 2. Qarasam, u o’rtog‘i bilan kelyapti. 3. Sening bo’sh vaqting bo’lsa, boqqa borar edik. 4. Siz hozir pul olmasangiz, soat ikkida olasiz. 5. Bugun ko’pchilik bo’lib kinoga boraylik. 6. Bolaga sen qarab turgin, men magazinga chiqib kelay. 7. Tezroq ketaylik, bugun yomg’ir bo’ladi.


4-topshiriq. Fe’lning qaysi maylda berilganini aniqlang.

1. Iltimosim shuki, yerga ehtiyot bo’linglar. Oltin yerimizni ko’z qorachig’iday saqlanglar. Agrotexnikani mahkam ushlanglar. 2. Bir oz dam oling, charchaganga o’xshaysiz. 3. Xo’jalik bilan, odamlar bilan yaxshi tanishsin, keyin menga uchrasin. 4. Seni ko’rayin, diydoringga to’yayin deb keldim. 5. Bizlar o’tirmaylik, o’tirgandan keyin yana turadiganlardan emasmiz. 6. Podshohni taxtdan qulatsak, baxtli bo’lamiz deb o’ylagan edik. 7. Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko’payadi.



KONSTITUTSIYA HAYOTIMIZ QOMUSI

RAVISH VA UNING TURLARI
1-topshiriq. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.

BAXTIMIZ QOMUSI

Konstitutsiya har bir davlatning ramzlaridan biri. Konstitutsiya so’zi “tuzilish, qurilish” degan ma’nolarni bildiradi.

O’zbekiston ham o’z davlat mustaqilligiga erishgach asosiy qonun - Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy voqea 1992 - yilning 8 dekabrida sodir bo’ldi.

Yangi O’zbekistonning Konstutsiyasi jahonning ilg’or davlatlari tajribasini o’rganish asosida yaratildi. U muqaddima, 6 bob, 28 bo’lim, 128 moddadan iborat.

Asosiy qonunimizda fuqarolar huquq va erkinliklari, majburiyatlari belgilab berilgan.

Unda O’zbekiston xalqini millati, e’tiqodi, dini, jinsidan qat’i nazar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etishi mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani aytilgan.

O’zbekiston Konstitutsiyasi ozod va obod Vatan, farovon hayot qurishimizning huquqiy asosi va kafolati bo’lib xizmat qiladi.
2-topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzing.
3-topshiriq. Konstitutsiyamiz haqida nimalarni bilasiz? Shu haqida yozing.

Lugat ishi
qomus энциклопедия

ramz символ

bob глава

bo’lim раздел

modda статья

belgilab bermoq определить

mustahkamlamoq закрепить

erkinlik свобода

hudud право

majburiyat обязательство

manba источник

kafolat гарантия



RAVISH

(Наречие)
Наречие - часть речи, обозначающая признак действия, качества, реже предмета.

В узбекском языке наречия делятся:

1. Holat (tarz) ravishlari - наречия образа действия

2. Payt ravishlari - наречия времени

3. O’rin ravishlari - наречия места

4. Maqsad ravishlari - наречия цели

5. Daraja-miqdor ravishlari - наречия меры и степени

6. Sabab ravishlari - наречия причины


Наречия образа действия отвечают на вопросы qanday? - как? , qanday qilib?, qay tarzda? - каким образом? и указывают на способ совершения действия. К ним относятся: jim (спокойно), to’satdan (вдруг), tez (быстро), sekin (медленно), yayov (пешком), ketma-ket (вслед), astoydil (от души) и т.д.

Наречия времени отвечают на вопросы: qachon? - когда? , qachongacha? - до каких пор? , qachondan (beri)? - с каких пор? Обозначают время совершения действия: bugun (сегодня), indinga (послезавтра), o’tgan yili (в прошлом году), oyda-yilda (изредка), kechasi (ночью) и т.д.

Наречия места отвечают на вопросы: qayerda? - где? , qayerga? - куда? , qayerdan? - откуда? , qayergacha? - до куда?

Обозначают место совершения действия: oldinda (впереди), olisda (в дали), olisdan (издали), yuqoruga (вверх) и т.д.

Наречия цели ограничены в количестве: ataylab, jo’rttaga, atay, atayin (нарочно, специально).

Так же ограничены в количестве наречия причины: noiloj, ilojsizlikdan, chorasiz, chorasizlikdan (находясь в безвыходном положении).

Наречия меры могут указывать как на количество действия, так и на количество предмета: ko’p (много), kam (мало), ancha (много), jindak (мало) и т.д. Наречия степени указывают на степень как действия, так и признака: eng (самый), juda (очень), a’lo (отлично), zo’r (прекрасно) и т.д.

1-topshiriq. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling. Ravishlarning ma’no turini ayting.
1. Don daryosi jimgina oqardi. 2. Anvar ohista yiqildi. 3. Akam ozgina kech qoldilar. 4. Gapni oz so’zla ishni ko’p ko’zla. 5. U birpas jim qoldi. 6. Ilgari men o’zbek tilini bilmas edim. 7. Tonggi shabada dilga juda yoqadi.
2-topshiriq. Ravishlar ishtirokida gaplar tuzing.
Hozir, ertalab, tinmasdan, bexosdan, do’stona, ilojsiz
3-topshiriq. O’zbek tiliga tarjima qiling.
1. Айбек спокойно воспринял эту новость. 2. Озода очень хотела поступить в университет. 3. Беседа продолжилась до самого утра. 4. Послезавтра мы все едем в горы. 5. Иногда мы собираемся со своими бывшими одноклассниками.


OZBEK UDUMLARI

YORDAMCHI SO’ZLAR. SO’ZLARNING ALOHIDA GURUHLARI
O’ZBEK UDUMLARI
Har bir xalqning o’ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo’ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak, bir-biriga o’xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko’ramiz.

Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayot faoliyatidagi muhim o’zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqealar bilan bog’liq bo’lib, ular ibrat orqali tarbiyalash vazifasini bajaradi.

Marosimlarda milliy ruhdagi bo’lgani kabi diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o‘z ifodasini topadi.

Bularga:



  • To’y marosimlari – beshik to’y, sunnat to’yi, muchal to’yi, nikoh to’yi va hovli to’yi;

  • Sayillar – lola sayli, qovun sayli va mehrjon (xosil) bayrami;

  • Yig’inlar (tomosha, tug’ilgan kunni nishonlash) yigit bazmi, qiz bazmi (majlisi), kelin salom. Uloq, poyga, kurash, turli bellashuv – musobaqalar;

  • Ziyoratga borish, safarga chiqish;

  • Hayitlar – Ramazon hayiti va Qurbon hayiti (umra va Xajga borish, kutib olish tantanalari);

  • Hashar, obodonlashtirish tadbirlari;

  • Aza, ma’raka marosimlari kiradi.

Bunday davralar va yig’inlarning tarbiyaviy ahamiyati juda yuksak bo’lgani sababli asrlar osha o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Etnografiya (etno-ethno-elat va grafiya- yozaman) xalqlar, etnik birliklarning turlari hisoblanadi.

Ularning kelib chiqishi (etnogenez) turmushi, tarixiy – madaniy munosabatlarni o’rganadigan ijtimoiy fandir.

Xalq urf-odatlari haqida gap ketganda rusiyzabon insonlar, ayniqsa, talaba yoshlarning tasavvurida “kelin salom” namoyon bo’ladi. Chunki uzoq yillar davomida yaqin qo’shnichilik munosabatlarida yashagan xalqlarimiz to’y va to’ydan keyingi rasm-rusumlarning bevosita ishtirokchisiga aylanganlar.

O’zbek to’ylari tahlil qilinganda, beshik, sunnat va nikoh to’yi bilan bog’lanib ketgan marosimlar shunchalik ko’pki, sanab tugatib bo’lmaydi.

Shu sababli ham biz ularning ba’zilariga to’xtalamiz:



  • Eshik (hovli) tozaladi qarindosh- urug’lar to’y bo’lib o’tadigan hovli - joyni tozalab, to’y o’tadigan joy- sahn tayyorlaydilar.

  • Qozon qurdi- to’ydan bir kun oldin osh pishiriladigan qozon- o’choq tayyorlab qo’yiladi.

  • Tandir qurdi-bu ibora to’y boshlanishidan darak berib, ko’pchilik ishtirokida to’yga somsa va non pishirish uchun tandir quriladi.

  • Sabzi to’g’rar-to’yda katta dosh qozonlarda pishiriladigan palov oshning asosiy masalliqlaridan biri bo’lgan sabzini asosan erkaklar to’grab qo’yadilar. To’yga atab so’yilgan qo’yning kalla- pochasi pishirilib, o’tganlarning ruhiga duoi- fotiha qilinadi.

  • Uy ko’rdi-fotiha qilingandan so’ng, kelinning oilasidagilar kelib kuyovning uy- joyi va yashash sharoiti bilan tanishib ketadilar.

  • Mol yoyar- kelinning yangalari kelib kelin- kuyovga atalgan uy (yoki xesha) ni parda, mebel va boshqa jihozlar bilan yasatib ketadilar.

  • Sochqi sochish-yangi tug’ilgan go’dak, askarlikdan qaytgan o’gil hamda kelin- kuyovlar ustidan hayoti shirin bo’lishi uchun shirinlik, to’kin bo’lishi uchun tanga sochiladi, uni niyat qilib terib olinadi.

  • Poyondoz to’shash-kelin- kuyovlar hamda Xaj ziyoratidan qaytganlar oyoqlari ostiga gazmol solinadi.

Topshiriqlar.

  1. Urf-odatlar haqidagi tushunchangizni so’zlab bering.

  2. Qaysi urf-odatlarning bevosita guvohi bo’lgansiz?

  3. “Navro’z” qanday bayram?

  4. O’zingiz guvoh bo’lgan milliy bayramlar haqida so’zlab bering.

  5. Umumxalq sayillaridan qaysilarini bilasiz?

  6. O’zingizga yoqqan milliy qadriyatlardan biriga mustaqil matn tuzing.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə