Zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Yüklə 0.82 Mb.
səhifə4/10
tarix22.02.2016
ölçüsü0.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

SUHBAT


  • Siz qaysi institutda o‘qiysiz?

  • Men Toshkent axborot texnoligiyalari universitetida o‘qiyman.

  • Qaysi fakultetda?

  • Axborot texnologiyalari fakultetida.

  • Nechanchi kursda o‘qiysiz?

  • Ikkinchi kursda.

  • Shu mutaxassislikka maktabdan qiziqib kelasizmi?

  • Ha, men yoshlikdan maktabda texnikaga qiziqar edim.

  • Fakultetingizda qanday fanlar o‘qitiladi?

  • Fakultetimizda fizika, matematika, chizmachilik, o‘zbek tili kabi fanlar o‘qitiladi.

  • Universitet qayerda joylashgan?

  • Universitet Amir Temur ko‘chasida joylashgan.

  • U yerga qaysi transport bilan boriladi?

  • U yerga tramvay, avtobuslar bilan boriladi.

  • Siz bu universitetda qanday fakultetlar borligini ayta olmaysizmi?

  • Bu universitetda axborot texnologiyalari, radioaloqa,radioeshittirish va televideniya, iqtisodiyot va boshqaruv, telekommunikatsiya tizimlari fakultetlari bor.

ФРАЗЕОЛОГИЗМЛАР
Фразеологизм – устойчивое сочетание слов, употреблямое чаще в переносном значении. Фразеологизмы по смыслу равны одному слову: boshi osmonda (радостный), tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan (грустный).

Они не делятся на члены предложения, выполняют одну функцию, являясь одним членом предложения.

Фразеологизмы так же могут быть синонимами: Boshi ko‘kka yetmoq, do‘ppisini osmonga otmoq – (радоваться). Hafsalasi pir bo‘lmoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq – (обидеться, растроиться).

Антонимами: oq ko‘ngil – (добрый); bag‘ritosh – (злой); yerga ursa ko‘kka sakraydi – (озорной); suvga tushgan bo‘lka nonday – (тихий);

Омонимами: boshiga ko‘tarmoq – 1. уважать

2. шуметь



1 topshiriq. Lug‘atdan foydalanib, berilgan iboralarga sinonim so‘zlarni va agar bo‘lsa antonimlarini toping.

1. Yuragiga (qil) sig‘maydi. 2. Labi labiga tegmaydi. 3. Aytgani (yoki aytishga) og‘zi (yoki tili) bormaydi. 4. Aytgani aytgan, degani degan. 5. Ko‘zim uchib turuvdi. 6. Baxtga qarshi. 7. Baxtini sinab ko‘rmoq.



2 topshiriq. Iboralarning ruscha muqobilini toping. Ular ishtirokida gaplar tuzing.

1. Ipsiz bog‘lamoq. 2. Ishi yurishib ketdi. 3. Ishongan bog‘im, suyangan tog‘im.

4. Ko‘z olaytirmoq.

KUTUBXONA TARIXIDAN yoki VIRTUAL KUTUBXONA

SO’Z TURKUMLARI
KUTUBXONA TARIXI
Kutubxona yozma yodgorliklari saqlanadigan joy sifatida qadim zamonlarda paydo bo’lgan. Eramizdan avvalgi VII asr o‘rtalarida Sharqdagi ko’p mamlakatlar podshohlarning saroylarida sopol va pergamentdan iborat hujjatlar to‘plamlari saqlangan. Qadimgi Misr ibodatxonalrida kutubxonalar ruhoniylarga xizmat qilgan. Aristotel birinchi yirik kutubxonani Yunonistonda tashkil qilgan. Qadimgi davrdagi kutubxonalarning eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasi hisoblanadi.

Markaziy Osiyoning ko‘p davlatlari, masalan, So’g’diyona, Xorazmda III – asrdayoq boy kutubxonalar bo‘lgan. IX – XV asrlarda eng oldingi o‘rinlarda turuvchi kutubxonalar mavjud bo‘lgan. Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Abdurahmon Jomiy, Ulug‘bek, Alisher Navoiylar o’z zamonalarining kutubxonalaridan foydalanishgan. Ularning o‘zlari hatto kutubxonalarga homiylik qilishgan. Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlarda xon saroylari, madrasalarda ko‘plab nodir qo‘l yozmalar saqlangan.




Topshiriqlar

1. Berilgan so’zlarni eslab qoling.
Yozma yodgorlik – письменный, рукописный памятник

Ibodatxona – храм

Ruhoniy – духовное лицо

Xomiylik – покровительство

Nodir – редкий, ценный
2. Matnni rus tiliga tarjima qiling.

3. Matn mazmunini ochib beruvchi savollar tuzing va savollar asosida gapirib bering.
Virtual kutubxonaning o’zi nima?
Topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini gapirib bering.

Virtual so‘zining ma’nosi, bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona bu odatdagi kutubxonaning abstrakt ko‘rinishidir. Bu kutubxonada kitoblar, jurnallar va ro‘znomalar kitob javonlarida emas, balki kompyuter xotirasida joylashgan bo’ladi. Bu kompyuterlarda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan ma’lumotlarning to‘plamidir. Bu: bosma, audio, video va multimedia ma’lumotlaridir. Ma’lumotlar hajmiga qarab serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog‘langan bir necha kompyuterlardan iborat bo’ladi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo’lmaydi, shuning uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter xotirasidan siz o‘zingiz qidirasiz.




MORFOLOGIYA

SOZ TURKUMLARI

(Части речи)
Морфология изучает части речи и их грамматические категории.

В узбекском языке шесть самостоятельных частей речи: ot (существительное), sifat (прилагательное), son (числительное), olmosh (местоимение), fe’l (глагол), ravish (наречие); три служебных частей речи: ko‘makchi (послелог), bog‘lovchi (союз), yuklama (частица).



Кроме того в узбекском языке три особых групп слов: undovlar (междометия), modal so‘zlar (модальные слова), taqlidiy so‘zlar (подражательные слова).


Sozlarning eng umumiy xususiyatiga ko‘ra turi

Turi

So‘rog‘i


Grammatik belgisi

Ma’nosi

Sintaktik xoslanishi

Mustaqil so‘zlar (umumiy kategorial ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar)

Ot

Kim? Nima? Qayer?

Egalik, kelishik, ko‘pchilik shakllari bilan o‘zgaradi

Narsa-buyum (konkret va abstrakt) ni bildiradi

Ega, to‘ldiruvchi, qaratqich, aniqlovchi, o‘rin holi, ot kesim

Sifat

Qanday? Qanaqa? Qaysi?

Daraja va kuchaytirish shakllariga ega

Narsa-buyum belgisini bildiradi

Sifatlovchi aniqlovchi

Son

Qancha? Necha? Nechanchi?

O‘ziga xos Grammatik kategoriya (tartib, to‘da, taxmin, taqsim) larni ifodalovchi Grammatik shakllarga ega

Narsa-buyum belgisini (miqdori, sanog‘i, tartibi) ni bildiradi

Aniqlovchi, kesim, ega, to‘ldiruvchi

Olmosh

Kim? Nima? Qayer? Qanday? Qanaqa? Qaysi? Qancha? Necha?

Ot xarakteridagi olmoshlar otning, sifat xarakteridagi olmoshlar sifatning, ravish xarakteridagi olmoshlar ravishning, son xarakteridagi olmoshlar sonning grammatik belgilariga ega

Umumlashgan narsa-buyum, umumlashgan belgi, umumlashgan miqdor ma’nolarini ifodalaydi

Ot, sifat, son, ravish bajargan sintaktik vazifalar uchun xoslangan

Fe’l

Nima qilmoq? Nima bo‘lmoq?

Shaxs-son, zamon, mayl, nisbat, bo‘lishli, bo‘lishsizlik shakllariga ega

Harakat, holat ma’nolarini bildiradi

Kesim

Ravish

Qanday? Qanday qilib? Qay tarzda? Qay holda qachon? Qayerga? Qayerdan? Qayerda?

O‘zgarmaslik xususiyatiga ega. Daraja shakli mavjud (holat ravishlarida)

Harakat, holat belgisini bildiradi

Hol

Yordamchi so’zlar (umumiy kategorial ma’noga ega bo’lmagan so’zlar)

Ko‘makchi

-

O‘zgarmaydi, ayrim kelishik (bosh, chiqish, jo‘nalish) lardagi so‘zlarga xos qo‘llanadi

Qo‘shma gap qismlarini va sodda gap bo‘laklarining sintaktik munosabatlarini (vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi sintaktik munosabatlar) ifodalaydi

Bog‘lovchi

-

O‘zgarmaydi

Qo‘shma gap qismlari va sodda gap bo‘laklarining sinyakyik munosabatini (payt, sabab-natija, ayrim, zidlik va boshq.) ifodalaydi

Yuklama

-

O‘zgarmaydi

Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no (so‘roq, taajjub qistash, buyruq, inkor va boshq.)

Qo‘shma gap qismlari va sodda gap bo‘laklarining sintaktik munosabatlarini ifodalaydi

Alohida xussiyatga ega soz’lar.

Modal so‘zlar

-

O‘zgarmaydi

So‘zlovchining anglatayotgan fikriga munosabatini bildiradi

Kirish so‘z

Undov so‘zlar

-

Yasalishiga asos bo‘lishi mumkin, otlashib, otning Grammatik belgisini oladi

His-tuyg‘u, buyruq, xitob, chaqirish kabi ma’nolarni bildiradi

Otlashganda otning sintaktik vazifasini bajaradi. So‘z gap




Taqlid

Qanday? Qanaqa?

O‘zgarmaydi

Tovush, ko‘rinish va holatga taqlidni bildiradi

Hol, sifatlovchi-aniqlovchi

EL TANIGAN OLIMLAR

О ‘ZBEK TILIDA OT. EGALIK VA KELISHIKNING IFODALANISHI
AL – XORAZMIY
VIII asrning ikkinchi yarmida Xorazmda tug‘ilgan vatandoshimiz Abu Abdullo Abduja’far Muhammad ibn Muso – Al Xorazmiy o‘rta asrning ulug‘ olimi, astronomi, matematigi va jug‘rofidir. U “Zij” astronomiya jadvali, “Hind raqamlari hisob - kitobi”, “Al – muxtasar fil jabr val - muqobala”/ “Tenglama va qarshilantirish hisobi muxtasari”/, “Kitobu surat al – arz/” “yerning shakli haqida kitob” kabi mashhur asarlarini yaratdi. Yer kurrasini turli iqlim va mintaqalarga bo‘ldi. Jug‘rofiy kartalar tuzdi. Bir nech ekspeditsiyalarda ishtirok etdi.

Xorazmiyning “Hind raqamlari” kitobi XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Xorazmiyning riyoziyotga doir ikkinchi bir asari “Al – muxtasar fil – jabr val - muqobala” riyoziyotni yangi soha – tenglama bilan boyitdi. Keyinchalik shu asarning nomidan olingan so‘z bilan riyoziyotning maxsus bir sohasi “al - jabr” – “Algebra” deb nomlanib, bizning davrimizda ham yuritilmoqda.


Topshiriq.

  1. Berilgan matnga savol tuzing.

  2. Matndan ot turkumiga oid so‘zlarni aniqlang.

  3. Matndagi egalik qo‘shimchalarini aniqlab, shaxs – sonini ayting.



ABU ALI IBN SINO
Ibn Sino Afshona qishlog‘ida 980 – yilning avgust oyida amaldor oilasida tug‘ilgan. Ismi Husayn, otasining ismi Abdullo, onasining ismi Sitora bonu bo’lgan.

986 – yilda ularning oilasi Buxoroga ko‘chdi. Shu yillardan boshlab Ibn Sino boshlang‘ich ma’lumot olishga va ilm-fanni o‘rganishga erishadi. 10 yoshidayoq “Qur’on”ni to’liq yod o‘qir edi. 10 – 13 yoshlaridan boshlang‘ich riyoziyot, mantiq, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshladi. U qadimgi hind ilmiy asarlarini ham o‘rgandi, ularni har tomonlama o‘zlashtirishga harakat qildi. Falsafa, tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rgana boshladi. Asta – sekin tabiblik bilan shug’ullana bordi. O‘zidan avval o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rgandi. 16-17 yoshidayoq Ibn Sino mashhur tabib – hakim bo’lib tanildi. 1000 – yilda u Xorazmga bordi. Xorazm hokimi Ali ibn Ma’mun saroyidagi yirik olimlarni birlashtirgan o’z zamonasining akademiyasiga qabul qilindi. Keyinchalik Ibn Sino hokim Qobus ibn Vashmgir saroyiga mashhur tabib sifatida qabul qilinadi.

1019 – 1020 – yillarda Hamadonda vazir lavozimida xizmat qiladi. 1023 – yilda Isfaxonga ketadi. Butun umrini ilmiy asarlar yozishga bag’ishlaydi.

1037 – yil 18 – iyunda Isfaxon shahrida 57 yoshida vafot etadi. Ibn Sinoning barcha asarlari 280 dan oshadi. Shularning 40 dan ortig‘i tibbiyotga oid. 30 ga yaqini tabiiy fanlarga, 3 risolasi musiqaga, 185 risolasi esa falsafa, mantiq, ruhshunoslik, teologiya, ahloq–odob va ijtimoiy– siyosiy masalalarga bag‘ishlangan. Lekin, bizgacha faqat 160 ta asarigina yetib kelgan. Ibn Sinoning tibbiyotga oid asarlari eng buyuk ixtiro bo’lib qoldi. Bu asarlari bilan allomaning yillik tarixga yakun yasagan va uni yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘targan. XVII asrga qadar Ovropa mamlakatlarida tibbiyotning asosiy qo‘llanmasi bo’lib xizmat qilgan 5 kitobdan iborat “Qonun” asari turadi.

Ibn Sino kasalliklarning sabablarini aniqladi, xalq tabobatidan foydalanib, yangi- yangi dori - darmonlar kashf etdi.
Topshiriq.


  1. Matnda uchragan qiyin va notanish so‘zlar lug‘atini tuzing.

  2. Matnda uchragan kelishik qo‘shimchalar qo‘shilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing va tahlil qiling.

  3. Matnni lug‘at yordamida rus tiliga tarjima qiling.



OZBEK TILIDA OT

(Имена существительные)

Имена существительные называют лицо, предмет, место или время. Они отвечают на вопросы: kim (кто?), nima (что?), qayer (какое место?).

Atoqli otlar – имена собственные: Anvar, Zuhra, Mars.

Turdosh otlar – имена нарицательные: kitob, daftar, qalam

Mavhum otlar – (абстрактные имена существительные); do‘stlik (дружба), baxt (счастье), omad (удача) и т.д.



Jamlovchi otlar – (собирательные имена существительные): xalq (народ), qo’shin (войско), to’da (шайка, стадо) и т.д.

OTLARNING EGALIK AFFIKSLARI BILAN TURLANISHI

(Таблица склонения имен существительных с притяжательными аффиксами)


Shaxs (лицо)

Birlik son (Ед. число)

Ko‘plik son (Мн. число)

Unli bilan tugagan otlardan so‘ng

(Показатель после гласных)

Undosh bilan tugagan otlardan so‘ng

(Показатель после согласных)

Unli bilan tugagan otlardan so‘ng

(Показатель после гласных)

Undosh

bilan tugagan otlardan so‘ng

(Показатель после согласных)

1

Uka - m

Fikr – im

Uka – miz

Fikr - imiz

2

Uka – ng

Fikr – ing

Uka – ngiz

Fikr – ingiz

3

Uka – si

Fikr – i

Uka – lari

Fikr - lari


OZBEK TILIDA KELISHIKLAR

(В узбекском языке имеется шесть падежей)




Kelishiklar

(падежи)

Kelishik korsatkichi


Kelishik savollari

Misollar

1

Bosh kelishik

-

Kim? nima? qayer?

Dono, kitob, Toshkent

2

Qaratqich kelishigi

-ning

Kimning? nimaning? qayerning?

Dononing, kitobning, Toshkentning

3

Tushum kelishigi

-ni

Kimni? nimani? qayerni?

Dononi, kitobni, Toshkentni

4

Chiqish kelishigi

-dan

Kimdan? nimadan? qayerdan?

Donodan, kitobdan, Toshkentdan

5

Jo‘nalish kelishigi

-ga

Kimga? nimaga? qayerga?

Donoga, kitobga, Toshkentga

6

O’rin-payt kelishigi

-da

Kimda? nimada? qayerda?

Donoda, kitobda, Toshkentda



1 – topshiriq. Atoqli va turdosh otlarni ajrating.
1. Aziza hozir kelib to‘xtagan tramvayga chiqish uchun yugurib borardi.

2. Majlis raisi navbatdagi notiqqa so‘z berdi. 3. Metro kombinatga 10 minutda olib boradi. 4. Hamma sayyoralardan Yerga eng yaqini Marsdir. 5. Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyuk mutafakkiridir. 6. Xayrixon, yigirma besh yoshlardagi juvon, bizning brigadada brigadir bo’lib ishlaydi.


2 – topshiriq. Avval atoqli otlarni, so‘ngra turdosh otlarni ko‘chirib yozing.
1. Toshtemirning dadasi – fermer xo‘jaligimizning eng ilg‘or mexanizatorlaridan. 2. Sirdaryo bilan Amudaryo Orol dengiziga quyiladi.

3. Jug‘rofiya o‘qituvchisi Volga, Don, Dnepr kabi katta daryolar haqida qiziq hikoyalar aytib berdi. 4. Gerasim Mumuga uzoq vaqt qarab turdi. 5. Bahorning dastlabki kunlari kamdan – kam bunday issiq bo’ladi. 6. Husayn qo‘shinlari tunda Hirotni tashlab chiqa boshladi. 7. Ovchilarning chaqirig‘iga hech kim ovoz bermadi. 8. Buyuk olimimiz Beruniyning merosi boy, keng va rang- barangdir.


3 – topshiriq. Quyidagi so‘zlarga egalik affikslarini qo’yib gaplar tuzing.

Maktab, oila, bog’, Vatan, hovli.




4 – topshiriq. Quyidagi parchani o’qing va undagi egalik qo‘shimchalarini aniqlang.

U dori mening tarjimai holimga singib ketgan, axir! Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning ma’nosi. Vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham … o‘sha bilan bog‘liq. Usiz o‘tmishim yo’q… Shunaqa bo‘larkan-da hayot!.. Iltimos, to‘xtating… Anavinga qarang! Yo’l yoqasiga! Ajriqzorgayam sepishibdi-ku? Sap-sariq bo’lib yotibdi!


5 – topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo’yib gaplarni o’qing va ko‘chirib yozing.
1. Men u… kutubxonada ko‘rdim. 2. Nodiradan olgan “O‘zbek tili” kitobi … menga berib tur. 3. Akam do‘stlari … o’zining tug‘ilgan kuniga taklif qildi. 4. Ikkovi …. men o’quv zalida ko‘rdim. 5. O‘zbek tili … biz qunt bilan o‘rganmoqdamiz. 6. Bu yil yozgi ta’til … qishlog‘imda o‘tkazmoqchiman. 7. Institutga kelgan mehmonlar…. Yaxshi kutib oldik. 8. Chimyonga chiqish… dam olish kuniga qoldirdik.

INSON ODOBI BILAN

SIFAT VA UNING DARAJALARI. SIFATNING OTLASHISHI


1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə