Zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Yüklə 0.82 Mb.
səhifə3/10
tarix22.02.2016
ölçüsü0.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI




  1. Oripov so‘zi


M. Burxonov musiqasi

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot.

Sen o‘zing do`stlarga yo‘ldosh, mehribon.

Yashnagay to abad ilmu fan ijod.

Shuhrating porlasin toki bor jahon.

Naqorat:

Oitin bu vodiylar, jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor.

Ulug` xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor.


Naqorat:
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot.

Istiqlol mash’ali,tinchlik posboni,

Haqsevar ona yurt,mangu bo‘l obod .

Naqorat
Oltin bu vodiylar,jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor.

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor.




Topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini gapirib bering.
OZBEKISTON RESPUBLIKASI
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo iqtisodiy hududnining markaziy qismida, Amudaryo bilan Sirdaryo singari ulkan daryolar oralig‘ida joylashgan.Respublika hududining uzunligi g‘arbdan sharqqa qadar 1425 kilometr,shimoldan janubga qadar 930 kilometrdir.O’zbekiston o’z hududining kattaligi jihatidan Yevropadagi Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shvesariya, Avstriya davlatlarini birgalikda olganda ulardan kattalik qiladi.

Respublika shimoliy-sharqda Qozoziston, sharqda va janubiy-sharqda Qirgiziston, hamda Tojikiston, garbda Turkmaniston va janubda Afg‘oniston bilan chegaradosh.

O‘zbekiston Respublikasida tekislik va tog‘li relef o‘ziga xos ravishda qo‘shilib ketgan. Tekisliklar (asosan Qizilqum sahrosi) janubiy-g‘arbiy va shimoliy –g‘arbiy qismida joylashgan.Tog‘lar va tog‘ yonbag‘rlari respublika hududining taxminan uchdan bir qismini egallagan bo‘lib, sharq va janubiy-sharqda joylashgan.O‘zbekistonning tog‘li qismi G‘arbiy Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog‘ tizimlariga kiradi.O‘zbekiston tog‘larining eng baland cho‘qqisi-4643 metrdir.

O‘zbekiston – quyoshli respublika. Bu yerda bir yilda quyoshli kunlar hududning shimoliy qismida 2700-2980 soat, janubiy qismida 2800-3130 soatga yetadi.Qiyoslash uchun G‘arbiy Yevropa davlatlarida O‘rta Osiyodagi darajaning 70-80 foizini tashkil etishini eslatib o‘tish kifoya. Shu jihatdan olib qaraganda AQSH g‘arbiy tumanlarining janubiy qismida joylashgan Kaliforniya shtatigina O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston bilan raqobat qila olishi mumkin.



MEN NECHUN SEVAMAN OZBEKISTONNI?

A.Oripov

Men nechun sevaman O‘zbekistonni?

Tuprog‘in ko’zimga aylab to‘tiyo!

Nechun vatan deya yer-u osmonni,

Muqaddas atayman, atayman tanho?!
Aslida dunyoda tanho nima bor,

Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo?

Yoki quyoshimi sevgimga sabab,

Axir quyoshli-ku butun Osiyo.


Men nechun sevaman O‘zbekistonni?

Bog’larin jannat, deb ko‘z-ko‘z etaman.

Nechun ardoqlayman tuprog‘ini men,

O’paman tuprog’ing, bebaho Vatan.


Aslida tuproqni odil tabiat,

Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng.

Nechun u tuproq deb yig’ladi Furqat,

O, Qashqar tuprog‘i, qashshoqmiding sen?


Xo‘sh, nechun sevaman O‘zbekistonni?

Sababini aytgan desalar menga,

Shoirona go‘zal so‘zlardan oldin,

Men ta’zim qilaman ona Vatanga.


Xalqim, tarix hukmi seni agarda,

Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,

Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga?

Vatanlar, Vatanlar

Mayli gullasin,

Bog‘ unsin mangulik muzda ham, ammo,

Yurtim, seni faqat boyliklaring – chun

Sevgan farzand bo‘lsa kechirma also!



Lugat ishi
Aslida на самом деле

Tanho единственный

Sabab причина

Jannat рай

Bebaho бесценный, беречь, почитать

Odil справедливость

Taqsim aylamoq делить

Qashshoq бедный

Hukm приговор

Mangu вечный, вечно

Muzlik ледник

Kechirma не прощай




LEKSIKA
Лексика (лексикология) – раздел языкознания, изучающий словарный состав языка.

Словарный состав узбекского языка состоит из древнетюркских: yog’och (дерево), kun (солнце); узбекских: gulzor (цветник), odobli (воспитанный); и заимствованных слов. Большое количество слов заимствованы с арабского, персидского языков, также и с русского или через русский с европейских языков.

Слова по форме и значению делятся на синонимы, антонимы и омонимы .
Antonimlar. Антонимы – слова с противоположным значением:

Katta (большой) – kichik (маленький)

Dost (друг) – dushman (враг)

Qalin (толстый) – yupqa (тонкий)

Uzun (длинный) – qisqa (короткий)

Bir – biriga zid ma’no bildiruvchi so’zlar antonimlar deyiladi: yaxshi – yomon, och – to’q, issiq – sovuq, bor – yo’q, og’ir – yengil, oz – ko’p, mard – nomard, oq – qora.

Antonimlar badiiy adabiyotlarda obrazlar, predmet, voqea – hodisalarning belgisini, harakatini aniq, obrazli qilib ifodalashda, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ochishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tilshunoslar unga tez – tez murojaat etadilar. Yozma va og’zaki nutqda ulardan unumli foydalaniladi. Antonimlar, ayniqsa, xalq maqollarida ko’p uchraydi. Masalan, “Kattaga hurmatda bo’l, kichikka - izzatda”. “Yaxshi topib gapirar, yomon - qopib”. “Mard bir o’lar, nomard - ming”.

Антонимы – слова, противоположные по значению: хороший – плохой, светлый (бледный) – тёмный, горячий – холодный, есть – нет, тяжёлый – лёгкий, мало – много, смелый – трусливый, белый – чёрный. Антонимы служат для более наглядного сопоставления, сравнения контрастных понятий.



Sinonimlar. Umumiy ma’nosi bir xil, yozilishi va qo’shimcha ma’nolari har xil bo’lgan so’zlar sinonimlar deyiladi.: bet, yuz, chehra, bashara. Bu so’zlar aslida bir tushunchani ifoda etib, shu tushuncha doirasidagi qo’shimcha (emotsional) ma’nosi bilan o’zaro farq qiladi. Sinonimlar, odatda, bir so’z turkumiga mansub bo’ladi:do’st, o’rtoq, jo’ra, birodar, yo’ldosh, hamroh (ot turkumi) kabi.

Kishi o’z nutqida sinonimlardan qanchalik ko’p va o’rinli foydalansa, uning og’zaki va yozma nutqi ixcham, nafis bo’lib, ko’pchilikni o’ziga jalb qila oladi, demak, nutqning ta’sirchanligi ham oshadi.

Синонимами называются слова, различные по своему звучанию, но близкие по значению: лицо, физиономия, рожа, морда. Обычно каждый из синонимов имеет особый оттенок значения, отличающий его от других синонимов. Некоторые синонимы, называя то или иное понятие (предмет, признак, действие) имея сходное значение, отличаются друг от друга дополнительно.

Умелое использование синонимов делает нашу речь более разнообразной, точной и выразительной.



Omonimlar. Омонимы- слова одинаковые по форме и различные по значению.

O‘t-трава ot – имя

O‘t -огонь ot - конь

O‘t -переходи ot – брось. кинь

To‘p-пушка ol- возми. бери

To‘p-кучка оl- красный

To‘p-мяч

1-topshiriq. Berilgan so‘zlarning sinonimlarini toping.

Do‘st, ozod, ko‘rkam.


2-topshiriq. Antonimlarni topib ko‘chiring. Yod oling.

1.Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l. 2. U goh kulib, goh yig‘lab bo‘lgan voqeani aytib berdi. 3. Yaхshi topib gapiradi, yomon qopib. 4. Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar.


3-topshiriq. Berilgan so’zlardan omonimlarni ajrating va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Bosh, oyoq, qo‘l, tok, soch, kul.


4-topshiriq. Matndagi gaplardan sinonimlarni topib, ularning ma'nolarini tushuntiring.

1. Gulsumbibi uyda qitday o‘tin, qitday ko‘mir yo‘qligini so’zladi (O.).

2. Hoji xola dutor torini picha bo‘shatdi, uzilib ketishi mumkin edi. (M.Ism).

3. Matqovul aka sekin kelib, chekkadagi odamlar yonida to‘xtadi (M.Ism).

4. Shohista ohista qadam tashlab uyga kirar ekan, eshikni sekingina yopdi (M.Aliyev.). 5. Yo’lchi bu kishining yuzini ko‘rmasdanoq ovozidan tanidi (O.).

6. Otabek tovush egasini tanidi (A.Qod.).




MENING O’QUV YURTIM

FRAZEOLOGIZMLAR
Topshiriq. Matnni o‘qing. Uning mazmunini so‘zlab bering.
MENING OQUV YURTIM
Toshkent elektrotexnika aloqa instituti 1955 yilda sobiq ittifoq aloqa vazirligiga qarashli 7 institutning biri sifatida tashkil etilib, tarmoq oliy o‘quv yurti hisoblangan. Institut O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston uchun elektrotexnika va radioaloqa injenerlarini tayyorlay boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tasarrufidagi tarmoq oily o‘quv yurtiga aylantirildi.

1997 yil O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, 2002 yildan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi..

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan Toshkent aloqa elektrotexnika institutiga universitet maqomi berildi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlandi. Universitetga axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash vazifasi yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan universitetning mamlakatimiz fani rivoji, milliy ta’lim tizimi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, yoshlar tarbiyasidagi katta hissasini e’tiborga olib, 2004 yil 22 dekabrda “2005 yilda universitetning 50 yilligini nishonlash to’g’risida”gi 598- sonli qarorini qabul qildi. Uni o‘tkazish bo’yicha tayyorgarlik rejasiga asosan tashkiliy qo’mita tarkibi tasdiqlandi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə