O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va tarix fakulteti




Yüklə 0.68 Mb.
səhifə5/6
tarix25.04.2016
ölçüsü0.68 Mb.
1   2   3   4   5   6

III.3.Rossiya - Eron o’rtasidagi madaniy va ilmiy hamkorlik tarixidan (1991-2010-y.y.)
Jahon xalqlari har bir mamlakatning madaniy, ma’naviy va diniy turmush voqeliklarini qanchalik yaxshi anglashsa, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar shu qadar samarador bo’ladi. XX asrning so’ngi o’n yilligida, ya’ni ikki qutbli dunyo tartiboti barham topgach, Eron va Rossiya o’rtasida nafaqat siyosiy, savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlanishini, balki madaniy va ilmiy aloqalarning mustahkamlanib borayotganligini ko’ramiz. Bu boradagi eng muhim qadam 1999-yili Moskvada Eron Islom Respublikasi elchixonasi xuzuridagi Madaniyat markazining tashkil etilishi bo’ldi. Markaz faoliyatining asosiy maqsadi-madaniy va ilmiy doiradagi yaqin do’stlik rishtalarini yo’lga qo’yish va rivojlantirish, oliy o’quv yurtlari, ijtimoiy tashkilotlar, musulmon markazlari bilan aloqalarni o’rnatish edi111. Shundan kelib chiqib, qisqa vaqt mobaynida Madaniyat markazi Rossiya jamoatchiligini Eronning hozirgi kundagi zamonaviy hayoti, boy tarixi va madaniyati bilan tanishtirishda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Markaz tashabbusi bilan 2000-yilda Moskvada M. I. Rudomino nomidagi chet el adabiyotlari kutubxonasida, Rossiya davlat kutubxonasida hamda Sharq muzeylarida dastlabki Eron san’at asarlari ko’rgazmalari bo’lib o’tdi. Bundan tashqari Madaniyat markazi shu yillarda Rossiyada o’tkazilgan xalqaro kitob ko’rgazmasida ikki marta ishtirok etdi va jahon hamjamiyatiga Eron adabiyotining so’ngi nashrlarini namoyish etdi. Markazda o’n mingdan ortiq kitobga ega bo’lgan boy kutubxona faoliyat yuritgan holda, bu yerda Lev Tolstoy, F. Dostoyevskiy, A. S. Pushkin va M. Sholoxov kabi atoqli rus adiblarining fors tiliga tarjima qilingan kitoblari ham o’rin olgan. Eron Islom Respublikasining Rossiyadagi sobiq elchisi M. Safariyning so'zlariga qaraganda, Madaniyat markazi bugungi kunga kelib ko’plab ilmiy – madaniy muassasalar, oliy o’quv yurtlari shningdek, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridagi musulmon davlatlari Madaniyat markazlari bilan keng aloqalarni yo’lga qo’ygan.

2002-yilda Maksim Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutida Jaloliddin Rumiy (1207-1273-yy.) xotirasiga bagíshlangan ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Yigínda Latviya, Afg’oniston, Tojikiston, Eron va Rossiyalik sharqshunos olimlar va madaniyat hodimlari ishtirok etdilar. Anjuman tashkilotchilari Eron Islom Respublikasi elchixonasining Madaniyat markazi, Sharqshunoslik, Jahon adabiyoti instituti va Yozuvchilar uyushmasi bo’ldi. Nafaqat Eron, balki jahon adabiyotining yorqin namoyondalaridan bo’lgan Rumiy ijodiga, uning asarlarini o’rganishga, inson kamoloti va ma’naviy dunyosini bilish borasidagi falsafiy qarashlarini tadqiq etishga bo’lgan qiziqish bugungi kunda tobora ortib bormoqda. Bu borada 2002-yilning boshlarida Londonda bo’lib o’tgan Mavlono Rumiy ijodiga bagíshlangan konferensiya ham fikrimizning yaqqol dalilidir112.

Madaniyat markazi har yili eronshunoslikka bagíshlangan turli ilmiy-nazariy anjumanlarga boshchilik qiladi. Shunday anjumanlardan biri 2000-yili 26-aprelda Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining eronshunoslik bo’limida “Eron – islom va hukumat” nomli Butunrossiya anánaviy ilmiy-nazariy anjumani bo’lib o’tdi. Bu anjuman hozirgi kundagi dolzarb mavzulardan biri – Erondagi islom dini bilan hukumatning o’zaro bog’liqligi va munosabatlariga qaratildi. Liberal qarashlarga ega bo’lgan Eron prezidenti Xotamiyning faol harakatlri va islohotlari natijasida mamlakatda ijtimoiy hayot ancha jinlanib qolgan edi. Aynan shu narsa ushbu anjuman ishtirokchilari tomonidan juda yuqori baholandi. Ushbu anjumandan bir qator taniqli rossiyalik eronshunoslardan N. M. Mamedova “Eron Islom Respublikasi: davlat va g’oyaning o’zaro munosabati” mavzusida, A. Z. Arabadjan “Imom Humayniyning 1979-yil 1-fevraldagi nutqi to’g’risida”, E. V. Xutorskiy “Siyosiy kurash va islom pragmatizmi”, E. V. Dunayev “Erondagi siyosiy jarayonlar garb nashrlarida”, S. B. Drujilovskiy “Amerika eronshunoslari 1979-yilgi inqilob to’g’risida”, I. E. Feodorova “EIR va AQSh aloqalarida yangi tendensiya”, O. I. Jigalin “Hozirgi Eronda kurdlar muammosi va uni hal etish istiqbollari”, J. B. Logashova “”XX asr birinchi choragida Eronda milliy-ozodlik harakati” kabi mavzularda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Shunday ilmiy-amaliy konferensiyalardan yana biri 2002-yil 22-mayda Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida “Eron va MDH davlatlari” nomli konferensiyadir. Eronning MDH davlatlari bilan munosabatlari ko’p qirrali bo’lib, unda geosiyosiy, iqtisodiy va madaniy sohaga oid masalalarga bag’ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Ma’lumki, 1989-yili Eronda fors tilini o’rganish xalqaro markazi tashkil etilgan edi. Bu yerda dunyoning 58 mamlaktidan 500 dan ortiq talaba ta’lim oladi. Markazning asosiy maqsadi rossiyalik iqtidorli talabarni shu markazga o’qish uchun yuborishdan iboratdir. 2000-yili yanvar oyida bir guruh fors tili va adabiyoti o’qituvchilarining Tehron universitetiga tashrif buyurishi bu borada tashlangan muhim qadamlardan biri bo’ldi. Ana shunday tashriflardan yana biri 2000-yilning oxirlarida rossiyalik bir guruh jurnalistlarning Eronga tashrifidir. Bu safar to’g’risida publitist Yu.Tissovskiy “Eron qo’rqinchlar oqimida” nomli maqolasini yozadi. Uning fikricha, bugungi Eronda ikki xil ko’rinish namoyon bo’lmoqda: bir tomondan, qadimiy madaniyat va musulmonchilik an’analari o'ziga xos ko'rinishi kasb etsa, ikkinchi tomondan boshqalarga o’xshamaydigan siyosiy xavflar ko’zga tashlanadi. Eron Islom inqilobidan so’ngi ikki o’n yillikda ayniqsa, Imom Humayniyning o’limigacha mamlakat qattiq diniy normalar asosida, g’oyaviy izolyatsiya natijasida dunyo sivilizatsiyasidan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sohada orqada qolib ketdi. Lekin bugungi kundagi jamiyatda ancha ijobiy o’zgarishlar ro’y berayotgani kuzatilmoqda. Aholining 60%dan ko’prog’ini tashkil etuvchi 25 yoshgacha bo’lgan yoshlarda diniy ierarxiyaning har kungi nazoratidan chiqib, erkin bir jamiyatda yashashni xohlashayotgani yaqqol ko’rinib turibdi. Rossiyalik jurnalistlar bugungi kunda Eronda yuz berayotgan katta ijtimoiy-madaniy o’zgarishlarni yuksak baholab, o’z yurtlariga qaytishdi.

Eron madaniyat ishalari vaziri o’rinbosari, madaniy aloqalar tashkilotining boshqaruvchisi Mahmud Muhammad Eroqiy Rossiyaga tashrif buyurib, Moskvadagi Eron Mdaniyati markazida bir guruh jurnalist va sharqshunoslar bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda “Aziya i Afrika segodnya”, “Persiya”, “Novosti” kabi axborot agentliklari, Rossiya radiosi va televideniyasidan muxbirlar, shuningdek Britaniya teleradiokorporatsiyasi BBC jurnalistlari ishtirok etdilar. Mahmud Muhammad Eroqiy Erondagi matbuot va ommaviy-axborot vositalarining ahvoli haqidagi savolga javob berarkan, u Eronda matbuot erkinligi haqida qonunning qabul qilinganligini, kundan-kun ommaviy nashrlarning soni o’sib borayotganlini, ularda turli ijtimoiy-siyosiy fikr va qarashlar aks etayotganligini ta’kidlagan holda, bugungi kunda Eronda 185 ta turli guruh va partiyalar o’z nshrlarini chop etayotganligini aytib o’tadi113.

Ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlarining tobora rivojlanib borishi, ilm-fan sohasidagi hamkorlikka ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Buning amaliy ahamiyati sifatida, 2001-yil Moskvada nashrdan chiqqan “Fors tili: tijorat yozishmalari va hujjatlari” kitobini aytishimiz mumkin. Chunki shu paytgacha savdo-iqtisodiy va tijorat ishlarida munosabatlarni o’rgatishga mo’ljallangan kitob yo’q edi. Lekin nshr etilayotgan kitoblar ichida shunday kitoblar borki, ularni alohida ta’kidlab o’tsa bo’ladi. Misol uchun, Muhammad Xotamiy qalamiga mansub ko’pgina ilmiy risolalar, monografiyalar shular jumlasidandir. Ulardan biri “Ana'na va tafakkur avtoritar boshqaruvda” deb nomlanadi va 2001-yili Moskva Davlat Universiteti tomonidan rus tilida nashr etilgan. Bu kitob BMT Bosh Assambeleyasi tomonidan prezident Xotamiy ilgari surgan 2001-yilni “Tamaddunlar muloqoti” deb e’lon qilinishi arafasida chop etilishi bejiz emas114. Mazkur kitob musulmon sivilizatsiyasining yuksaklikka chiqishi va inqirozga yuz tutishi – VII asrdan boshlab to XVI asrning ikkinchi yarmiga qadar bo’lgan davrda ushbu g’oyalarning vujudga kelishi va insoniyat tafakkuriga ta’siri xususida bahs yuritadi. Kitob keng jamoatchilikka qarat yozilgan, ammo eng avvalo sharqshunoslar, dinshunoslar, muarrixlar, iqtisodchi va jamiyatshunos–sotsiologlar diqqatinim o’ziga tortadi. Kitobga M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining o’sha paytdagi rektori V.A.Sadovnichi kirish so’zi yozgan.

Ikki mamlakat o’rtasidagi madaniy aloqalar 2002-yilda Moskvada dastlabki fors tilini o’rganish bo’yicha xalqaro kurslarni tashkil etilishi bilan yangi bosqichga ko’tarildi. Uning muassislari Eron Islom Respublikasi elchixonasi xuzuridagi Madaniyat markazi va M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti qoshida faoliyat olib boruvchi Osiyo va Afrika instituti bo’ldi. Ushbu kursdan ko’zlangan maqsad “Sharqning fransuz tili” hisoblangan fors tili tarixini, rivojlanish bosqichlarini va asosiy elementlarini chuqur tahlil qilishdan iborat ekanligi ta’kidlab o’tildi.

Ikki mamlakat o’rtasidagi madaniyat va ma’naviyat borasidagi hamkorlikning tobora rivojlanib borayotganligi ilm-fan sohasidagi aloqalarning ham rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. 1999-yilinoyabr oyida Eron Islom Respublikasi madaniyat va oliy ta’lim vazirligining raisi Moskvaga qilgan tashrifi chog’ida ilm-fan sohasidagi hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladi. Bu hujjat ikki mamlakat texnik ekspertlari va olimlarining o’zaro tashriflari, Eron va Rossiya universitetlaridagi o’qituvchi va talabalar almashinuvi, o’zaro texnologiyalar va qo’shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishni ko’zda tutadi. Bundan tashqari bu shartnoma asosida ikki mamlakat o’rtasidagi Kaspiy dengizi ustidan ilmiy tadqiqiot ishlarini olib borish, neftni qayta ishlash, og’ir sanoat – metallurgiya, energetika va boshqa ilmiy sohalardagi masalalarni ham ko’rib chiqadi.

2000-yil mart oyida Moskvada Eron Islom Respublikasining rasmiy vakillari, olimlari, dunyoning boshqa islom tashkilotlari va provaslav cherkovi namoyondalari, Rossiya va boshqa MDH davlatlarining bir guruh madaniyat va jamoat vakillari ishtirokida “Imom Humayniy va ma’naviy uyg’onish” nomi ostida katta kongress bo’lib o’tdi. Ushbu kongressda qatnashish uchun Humayniyning qizi, falsafa fanlari doktori, Eron ayollar tashkilotining raisasi Zahro Mustafaviy tashrif buyurdi. Islominqilobining buyuk rahbari Imom Humayniy 100 yilligini nishonlash kongressida Eron Islom Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi xuzuridagi Madaniyat markazi, Eron – Rossiya madaniy aloqalari tashkiloti, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va Rossiya yozuvchilar uyushmasi ishtirok etdi. Kongressda so’zga chiqqan Eron Islom Respublikasining o’sha paytda Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Mahdi Sanoiy va Rossiya Fanlar akademiyasi Afrika instituti direktori A.Vasilevlar Rossiya federatsiyasida yangi islom markazlarining ochilganligi, islomning turli sohalarga oid kitoblari nashr etilayotganligini ta’kidlab o’tdilar. Ayni shu yildan boshlab Madaniyat markazi tashabbuskorligida “Aziya i Afrika segodnya” jurnaliga ilova tarzda “Persiya” jurnalining doimiy ravishda chiqa boshlashi, rossiyaliklarning Eron hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lganliklarini aytib o’tildi. Chunki bu jurnalda Eronning ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’naviy merosiga, Rossiya bilan bo’lgan turli sohalardagi aloqalariga oid maqolalar o’rin olgan bo’lib, eronshunoslikka qiziquvchilar uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Bu jurnalning ahamiyati va unga bo’lgan qiziquvchilarning sonini ortib borishini uning soni va hajmining ortib borishi hamda 2003-yildan buyon “Iransegodnya” nomi ostida nashr etilayotganligidan ko’rish mumkin.

“Imom Humayniy va ma’naviy uyg’onish” xalqaro kongressi ishining yakunida rezolyutsiya qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiyada kongress Imom Humayniy asarlarining rus tilidagi tarjimalari taqchilligini ta’kidlab, Rossiyada uning ijodiy merosini tarjima qilib, nashr qilishni kengaytirish taklifi tasdiqlandi. Kongress ta’sischilari kelajakda ham shunday forumlar o’tkazish zarurligini ko’rsatib o’tdilar. Rossiyada imzolangan bu hujjatni Eron Islom Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining madaniy hamkorlik yo’lidagi aloqalari rivojlanib borayotganligiga yana bir dalil sifatida ko’rsatish mumkin.

Shu o’rinda ta’kidlash joizki, Eron nafaqat Rossiya bilan madaniy aloqalarni rivojlantirib bormoqda, balki O’zbekiston bilan ham madaniy jihatdan keng aloqalarni yo’lga qo’ygan. Buning amaliy ahamiyati sifatida O’zbekistonning Eron elchixonasi Madaniyat markazi tomonidan “Sino” nomli ilmiy-adabiy, falsafiy-irfoniy va ma’naviy-ma’rifiy jurnal har uch oyda chop etilayotganligini ta’kidlash lozim. Jurnal bosh muharriri Ibrohim Xudoyor shunday deydi:”Ikki mushtarak rishtalarni bog’lash, ikki madaniyat o’rtasidagi aloqalarni tiklash va ikki xalqning ma’naviy taraqqiyotiga baholi qudrat hissa qo’shish masadida ushbu jurnalni nashr etishga jazm etdik.” Chindan ham bu jurnal tarixan madaniyatlari bir bo’lgan ikki xalqning umumiy madaniy merosini o’rganish, yoritish va bayon etishda g’oyat muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, Eronning Rossiya bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalar qatori madaniy va ilm-fan sohalaridagi hamkorlik ham yuqori darajada rivojlanib kelmoqda. Ilm-fan sohasidagi hamkorlikni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:


  1. Turli ilmiy kitoblarni nashr etish.

  2. Turli ilmiy anjumanlarni o’tkazish.

  3. Ilmiy safarlarni amalga oshirish.

Madaniyat sohasidagi hamkorlik esa ko’rgazmalar tashkil etish, festivallar va boshqa madaniy tadbirlar o’tkazish bilan rivoj topib bormoqda. Bundan tashqari islom ta’siridagi Eron madaniyatining Rossiyani turli hududlarida, xususan Volgabo’yida yashovchi xalqlarga ko’rsatib kelgan ta’siri natijasida bu hudulardagi madniyat bilan Eron madaniyatining o’zaro aloqalari juda mustahkam ekanligini kuzatish mumkin va aynan shu narsa har ikki davlatni madaniy jihatdan bo’g’lab turuvchi omil hisoblanadi. Bu borada Eronning Rossiyaga nisbatan madaniy va ma’naviy sohadagi tashqi siyosatini olar ekanmiz, eronliklar Rossiyani juda faol o’rganmoqdalar. Madaniy aloqalar ham o’tgan asrning so’ngi o’n yilligiga qaraganda yuqori darajaga ko’tarilganligi, har qanday iqtisodiy-siyosiy munosabatlarga qaramay ilmiy-madaniy rivojlanish olg’a borayotganligini ko’rsatadi. Buni Eronda nashr etilayotgan gazeta va jurnallarda rossiyalik mutaxasislar fikrlari, ularning faoliyatlari keng yoritilayotganligi hamda ularning kitoblari ommayiy tarzda fors tiliga tarjima qilinayotgani fikrimizni yaqqol dalilidir. Kelgusida bu sohada ham istiqbolli yo’nalishlarni izlab topish, hamkorlikni yanada kuchaytirish mo’ljallangan.

XULOSA
Ushbu magistrlik dissertatsiyasida Eron va Rossiya aloqalari tarixini, tashqi siyosatdagi o’zaro munosabatlarini tadqiq etish, ularning Yaqin va O’rta Sharqdagi siyosatini tahlil etish, mintaqadagi nizolarni hal etishda Eron-Rossiya aloqalarining roli va ahamiyatini o‘rganish asnosida quyidagi xulosalarga kelindi: ikki davlat o'zaro munosabatlari qariyb besh yuz yillik tarixga ega ekanligidan kelib chiqilsa, ularning bu mintaqadagi manfaatlari deyarli besh yuz yildan beri to'qnash kelayotganligi va bu davr mobaynida ular o'rtasidagi munosabatlar turlicha ko'rinish va ahamiyat kasb etganligini ko'rish mumkin. Xalqaro maydondagi siyosiy vaziyatni o'zgarishi, har ikki davlatda ham boshqaruv tizimini isloh etilishi natijasida ularning ichki va tashqi siyosiy maqsadlari o'zgarishi, mintaqa doirasida yuz bergan turli nizo va tortishuvlarda manfaatlar to'qnash kelishi, har ikkisidan birining qo'shni davlatlar bilan yoki o'zaro olib borgan urushlari kabi juda ko'p tarixiy va siyosiy jarayonlar Eron-Rossiya munosabatlarini qattiq sinovdan o'tkazgan va har qanday sharoitda ham bu ikki davlat yaxshi qo'shnichilik aloqalarini saqlab kelganligini tarixiy faktlar asosida guvohi bo’ldik.

Ular o’rtasida XIX asrdan boshlangan Kavkaz muammosi, har ikki davlat manfaatlari to’qnashgan va mintaqadagi o’zaro munosabatlarda geopolitik va strategik jihatdan g’oyat muhim hudud bo’lib qolaverdi. Eron va Rossiyaning bu masalada doimiy to’qnash kelishi asosan ikki sababga ko’ra baholanadi, ya’ni birinchisi siyosiy jihatdan ustunlikka erishish, mintaqadagi geopolitik vaziyat taqozosi va strategik xavfsizlikni ta’minlashdan iborat bo’lsa, ikkinchisi, Kavkaz mintaqasi orqali Yaqin va O’rta Sharqda o’z ta’sir doirasini kuchaytirishga bo’lgan intilishlardir.



Mustamlakachilik ekspansiyalarining so’ngi davri Eronni ham chetlab o’tmadi. Uning yetakchi davlatlar tomonidan okkupatsiya qilishga urinishi, ingliz va nemis diplomatlarining “nag’malariga” ishonib eng yaqin hamkori bo’lgan Chor Rossiyasiga bir necha bor uyushtirgan hujumlari faqatgina uning zarariga ishladi. Asli maqsadi Kaspiy dengiziga egalik qilish bo’lgan Angliya hukumatining bu nayranglarini keyinroq tushunib yetgan Eron shohi XX asrning dastlabki yillarida Rossiya bilan faol munosabatlarni yo’lga qoyishga harakat qilgan edi. Lekin Ikkinchi jahon urushi boshlanishi arafasida fashistlar tomonidan olib borilgan ayyorona diplomatik munosabatlar Eron shohini gitlerchilarni qo’llab-quvvatlashga undaydi. Rossiya hukumati Eronni bu yo’lda ogohlantirib, fashistlarning asl maqsadlarini bayon etganidan so’ngina shohni qo’llash pozitsiyasiga o’tadi. Bu esa 1943-yil Tehron konferensiyasini hamda unda Antanta davlatlarining Eronni o’z hamkorlari sifatida tan olishi bilan yakun topadi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Eron-Rossiya munosabatlari yangitdan tus ola boshlaydi. Lekin urushda g’olib davlat sifatida Rossiyaning xalqaro maydonda obrosini oshishi va o’zini harbiy jihatdan yanada mustahkamlashga bo’lgan harakatlari uning sobiq ittifoqchisi AQSh va uning boshchiligidagi ayrim g’arb davlatlari bilan dushmanlik kayfiyatini keltirib chiqaradi. Bunday sharoitda AQSh Yaqin va O’rta Sharqdagi Rossiyaning asosiy hamkori bo’lgan Eronni unga qarshi plotsdarmga aylantirish uchun faol harakat qila boshlaydi. Bu borada Eronga juda ko’plab harbiy shartnomalarni imzolatishga ham muvaffaq bo’ladi. Dunyo amalda ikki qutbga bo’lingan sharoitda ham Rossiya Eron bilan munosabatlarni butunlay uzib qo’yganligini ko’rmaymiz. Aynan shu narsa bu ikki davlatni har qanday sharoitda ham mintaqaviy manfaatlarni hisobga olgan holda munosabatlarni saqlab kelganligiga dalil bo’ladi.

1979-yili Eronda islom inqilobi g’alabaga erishgach mamlakat yangi islomiy respublika ko’rinishiga o’tdi va Humayniy g’oyalari asosida olib borilayotgan siyosat natijasida AQSh boshchiligidagi barcha g’arb davlatlari bilan munosabatlar to’xtatib qo’yildi. Bu esa o’z navbatida muntaqadagi yetakchi davlat sifatida Rossiyaning Eron tashqi siyosatida o’rni va rolini yanada oshishini ta’minladi. SSSR parchalangach Eron hukumati Rossiyani o’zining asosiy strategik hamkori sifatida belgilash imkonini berdi. Bunday hamkorlik asosan Eronning uzoq yillardan beri amalga oshmay kelayotgan yadro dasturini ro’yobga chiqarish bilan bog’liq edi. Nafaqat yadro dasturini amalga opshirish, balki Eron Rossiya bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarishda o’zi uchun muhim bo’lgan juda ko’p maqsadlarni rejalashtirgan. Mintaqaviy xavfsizlik, Kaspiy dengizi borasidagi huquqlarni tartibga solish, Kavkaz va Markaziy Osiyo respublari bilan munasabatlar, Eronga nisbatan xalqaro xavf avj olib borayotgan bir sharoitda ishonchli harbiy hamkor va qurol-yarog’ ta’minotchisi kabi maqsadlari shular jumlasidandir. Eron Rossiya bilan quruqlikda umumiy chegaralarga ega emasligi ma’lum. Lekin ularning asosan uchta hudud – Kavkaz, O’rta Osiyo va Afg’oniston borasidagi manfatlarida umumiylik bor. Chunki bu mintaqalardagi vaziyat ularning har ikkisiga ham birday tushunarli, ya’ni ularning qiziqishlari va xavfsirashlari doirasida. Shuning uchun ham Rossiya Eron yadro dasturini amalga oshirish va harbiy hamkorlik qilish uchun uning tashqi siyosatida juda muhim o’rin tutadi. Eronning Rossiya bilan aloqalari rivojlanishi uning so’ngi davrdagi strategik qiziqishlari va tashqi siyosay yo’nalishining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Harbiy-texnik, iqtisodiy va savdo sohasidagi Rossiya-Eron hamkorligi ham ulkan imkoniyatlar va istiqbolga egadir. Buni Rossiya manfaatlari nuqtai-nazaridan ham kelib chiqib aytishimiz mumkin. Eron bilan iqtisodiy aloqalarning strategik ahamiyati Rossiya uchun g'oyat muhim bo'lib, bu davlat O'rta Sharqda Rossiyaning yirik savdo sherigi bo'lishi bilan birga Rossiya texnologiyalari, transport vositalari, metall va nometall mahsulotlarini qo'shni davlatlarga olib o'tish uchun muhim tranzit yo'li ham hisoblanadi. Bundan tashqari, Eron-Rossiya Kaspiy mintaqasi va bu yerdagi qazilma boyliklar, uglevodorod zahiralari hamda ularni transportirovka qilish, janubiy-sharq yo'nalishi bo'yicha milliy va xorijiy mahsulotlarni tashish “yo’lagini” tashkil etishda ham manfaatlar mushtarakligiga ega. Rossiyaning Eron bilan neft-gaz sohasida olib borayotgan hamkorligi, xususan Rossiya uchun iqtisodiy manfaatli bo’lgan uglevodorod xom-ashyosini tashish “yo’lagi”ni barpo etishdagi harakatlari Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin va O’rta Sharqda Rossiyaning tashqi siyosiy pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi va umuman olganda bu mintaqadagi energetik xavfsizlikni mustahkamlashga qodir bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishdan nafaqat Eron, balki Rossiya uchun ham undan kam bo’lmagan manfaatdorlikka ega ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Umuman olganda, bugungi xalqaro siyosiy vaziyatda Eronga nisbatan AQSh ittifoqchiligidagi G’arb davlatlarining tazyiqlari to’xtovsiz bo’lib turgan bir sharoitda, bundandan tashqari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, o’zaro iqtisodiy-siyosiy va harbiy yordam ko’rsatish borasida Eron doimo bu mintaqadagi yetakchi davlat sifatida Rossiyaning yordamiga, qo’llab-quvvatlashi va hamkorligiga muhtoj ekanligini namoyon b’lmoqda. Shundan kelib chiqib Eron tashqi siyosatida Rossiyaning roli kundan-kunga oshib borayotganligini o’tgan ikki o’n yillik davomida har ikki davlatning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnik, madaniy va eng asosiysi harbiy sohalardagi aloqalar rivojidan deb ayta olamiz. Rossiya uchun Eron nafaqat iqtisodiy-siyosiy hamkor, balki mintaqa nuqtai-nazarida, bu yerdagi xavfsizlik va uni ta’minlash borasida, shuningdek, xalqaro masalalarda umumiy pozitsiyaga ega bo’lgan qarashlar bilan ham muhim sherik hisoblanadi. Shuning uchun ham so’ngi ikki o’n yillikda Rossiyaning Eron bilan munosabatlari yuqori darajaga ko’tarilganini ko’rishimiz mumkin. Bu borada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Eronni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lish istagini bildirgani bilan tabriklagani muhim ahamiyatga egadir. Chunki xalqaro tashkilotlarda ham Rossiya-Eron manfaatlari doimo mushtarak bo’lib kelgan.

Eron-Rossiya aloqalari shakllanishining iqtisodiy va madaniy jihatlari boshqa aloqalarga nisbatan (harbiy, energetik) o‘zgacha tus oldi. XX- asrning 90-yillardan iqtisodiy va madaniy aloqalar tarixiy tajribadan kelib chiqqan holda imzolangan bitimlar asosida rivojlanib keldi. Bu sohalarning ba’zisida to‘xtalishlar yuz bergan bo‘lsada, lekin salbiy oqibatlarga olib kelmagan.

Eron sobiq prezidentlari H. Rafsanjoniy davrida Rossiya bilan asosan iqtisodiy sohada yutuqlarga erishilgan bo‘lsa, M. Hotamiy davriga kelib esa iqtisodiy va madaniy aloqalar omili juda ham sezilarli darajada ko‘zga tashlanadi. O’z navbatida Ahmadiy Najod prezidentligi davriga kelib bu munosabatlar asosan harbiy va yadro dasturini yanada rivojlantirishga qaratilayotganligini kuzatish mumkin. Aynan shu narsa bugungi kunga kelib ikki davlat aloqalarini qaytadan ko’rib chiqish, ularni yadro borasida olib borayotgan hamkorliklarini faqat tinchlik maqsadida ekanligini yana bir bor jamoatchilik oldida isbotlashni talab etmoqda. Chunki Ahmadiy Najod faoliyatiga e’tibor qaratsak, u yadro dasturi masalasida Eronning boshqa prezidentlariga qaraganda ko’proq harakat qilayotganligini ko’rish mumkin. Aynan shuning natihasi o’laroq 2010-yili 9-iyunda BMT Xavfsizlik Kengashining 12-majlisida Eronga nisbatan yangi sanksiya e’lon qilinganligi bejiz emas. Bundan tashqari AQSh boshchiligidagi G’arb davlatlarining talabi bilan ushbu sanksiyasini Rossiya tomonidan ma’qullanishi va prezident D.Medvedev ko’rsatmasi bilan 166 million dollorlik «S-300» rusumli antiraketa tizimini Eronga sotish haqidagi shartnomani to’xtatib qo’yilishi ikki tomonlama munosabatlarda biroz uzilishni yuzaga keltirdi. Albatta bu ish Rossiyaga nisbatan g’arb davlatlarini qattiq bosimi va bunday sharoitda Rossiya o’z manfaatlari doirasidan kelib chiqqan holda ushbu sanksiyani ma’qullagani uning yadro borasidagi Eron bilan faoliyatini ma’lum vaqt to’xtatish istagidan dalolat beradi. Chunki sanksiyani ma’qullash borasidagi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so’zlariga qarganda, Eron ega bo’lishga intilayotgan yadro quroli keyinchalik Rossiya uchun ham butun g’arb davlatlari tomonidan yangi xavfni yuzaga keltirishi mumkinligi va bu harakatlar faqatgina tinchlik maqsadida bo’lsagina davom ettirilishini ta’kidlamoqda. So’ngi yillarda Eronning yadro borasidagi intilishlarini kuchayganligi nafaqat Rossiya bilan, balki O’rta Osiya davlatlari, xususan O’zbekiston bilan ham “mintaqaviy qo’shni”chilik borasidagi munosabatlarda keskinlikni yuzaga keltirish ehtimollarini tug’dirmoqda. Bu borada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning “Eron bilan har qanday munosabatlar, jumladan yadro borasidagi hamkorlik ham faqat tinchlik maqsadidagina amalga oshiriladi” degan so’zlari diqqatga sazovordir.



Shu to‘xtamlardan kelib chiqib, Yaqin va O’rta Sharqda barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy xavfsizlik holatini mustahkamlash Eron va Rossiya hamkorligini asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Aynan mazkur omil kelgusida ikki davlatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy hamkorligini kengayishida va barqaror rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois, avvalo, ikki davlat ommaviy qirg‘in qurollarini terroristik guruhlar qo‘liga tushib qolmasliklarini oldini olish, Yaqin Sharq mamlakatlarida siyosiy barqarorlikni ta’minlashga ko‘maklashish, turli diniy va ayirmachilik guruhlarga qarshi birgalikda kurash siyosatini olib borishmoqda. Bu esa Eron-Rossiya hamkorligining istiqbollarini belgilab berishda muhim o‘rin tutadi.
1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə