O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va tarix fakulteti




Yüklə 0.68 Mb.
səhifə4/6
tarix25.04.2016
ölçüsü0.68 Mb.
1   2   3   4   5   6

III BOB. TAShQI IQTISODIY-SIYOSIY MUNOSABATLARDA MANFAATLAR MUShTARAKLIGI
III.1. Eron Islom Respublikasi tashqi siyosatida Rossiyaning o’rni va roli
So’ngi ikki o’n yillik davomida dunyo geosiyosiy hayotida bevosita Eron va Rossiya davlatlarining kelgusi rivojlanishiga muhim ta’sir etuvchi ulkan o’zgarishlar yuz berdi. Bu jarayonlar davomida ularning tashqi siyosatdagi maqsadlari, shu jumladan o’zaro munosabatlardagi xususiyatlar ham keskin o’zgarishga uchradi. Eronda monarxiyaning ag’darilishi va Islom Respublikasining barpo etilishi, SSSR qulagach Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan Afg’onistonda olib borilayotgan harbiy operatsiyalar, Iroqning okkupatsiya qilinishi va mintaqada yuz berayotgan boshqa voqealar har ikki davlat rahbarlarini o’z tashqi siyosatini qayta ko’rib chiqishni taqozo eta boshladi.

Aynan shu maqsadda 1989-yilning fevral oyida Tehronda SSSR Tashqi ishlar vaziri E.A.Shevarnadzening va iyul oyida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ali Akbar Rafsanjoniyning Moskvaga tashriflari bilan ikki davlat o'rtasidagi aloqalarning yangi davri boshlandi.88



Bu tashriflar chog'ida ikki mamlakat manfaatlarini o'zida mujassam etgan bir qator shartnomalar imzolandi. Hoshimiy Rafsanjoniy Moskvadagi kosmanavtlar markaziga tashrif buyuradi va bu yerda kelajakdagi kosmik sohada aloqalarni rivojlantirish istiqbollari to'g'risida suhbat o'tkazadi. Bu uchrashuvlarda XX asrning 90-yillaridan boshlab ikki mamlakat o'rtasidagi muzokaralar faolroq tus ola boshlaganligini kuzatish mumkin.89 1991-yil 25-dekabrda Eron Islom Respublikasi Rossiya Federatsiyasini rasman tan oladi va kelgusida har tomonlama munosabatlarni yo'lga qo'yishga tayyor ekanligini e'lon qiladi. Shunday qilib 90-yillardan boshlab ikki mamalakat o'rtasidagi aloqalar yaxshilana bordi, faqatgina Rossiya tomonidan Eronga C-300 raketa kompleksini qo'yish taklifini rad etilganligini hisobga olamasa90. Bu ikki davlat munosabatlarini chuqur tahlil etish natijasida mutaxasislar shunday xulosaga kelishmoqdaki, Eronda Rossiya bilan munosabatlarni yo'lga qo'yishga nisbatan asosan uch xil yondoshuv(qarashlar)mavjud:

Birinchi yondoshuv - butunlay pessimistik xarakterga ega. Uning tarafdorlari ikki davlat o'rtasidagi aloqalar tarixidan so'z boshlashadi, ya'ni XIX asrning birinchi yarmida tuzilgan Turkmanchoy va Guliston sulhlari, buning natijasida Kavkazning katta qismi Rossiya imperiyasi tarkibiga o'tib ketganligi, bugungi kunda esa Bushir atom elektr stantsiyasini barpo etishda Rossiya o'ziga olgan majburiyatlarni to'liq bajarmayotgani(2011-yil AES ishga tushirulgunga qadar bo'lgan holat) va C-300 raketa kompleksi borasidagi raddiyalarni sabab qilgan holda rasmiy Moskvani Eron uchun ishonchsiz hamkor deb hisoblashadi.

Ikkinchi yondoshuv – butunlay optimistik xarakterga ega. Bu yondoshuv maddohlari o’tmishdagi do’stona aloqalarga tayangan holda Rossiyani ishonchli hamkor deb hisoblashadi. Bunday nuqtai-nazar tarafdorlarining fikriga qaraganda, 1991-yilda Sovet Ittifoqining qulashi bilan ikki mamalakat munosabatlaridagi “muzlik” eriy boshladi va oxirgi 400 yil ichida kuztilmagan darajada yaxshilanishiga olib keldi. Bunday sharoitlarda Rossiya BMT da Eronni himoyachisi sifatida turdi va g’arb Eronga berishdan bosh tortgan ko’plab zamonaviy texnologiyalarni unga taqdim qildi. Bu pozitsiyaga muvofiq holda har ikki mamlakat bu mintaqada o’zlarining hozirgi holatlarini hisobga olgan holda bir-biriga qiziqish uyg’otmoqda. Agar ikki tomonlama muammolar yuzaga kelgan taqdirda bu ularning boshqaruv qobilyatlari bilan bog’liq bo’ladi va ularni ichki imkoniyatlarni tartibga solish orqali hal etish mumkin.

Uchinchi yondoshuv - kompromissli hisoblanib, Rossiyaning Eron bilan munosabatlarinining katta qismini siyosiy xarakterga ega deb baholaydi. Agar ikki davlat aloqalariga sinchkovlik bilan e'tibor beradigan bo'lsak, ularning har ikkisi ham o'zlarining milliy manfaatlaridan kelib chiqib munosabatga kirishayotganligini kuzatish mumkin. Shuningdek, Tehrondagi siyosiy doiralar Rossiyaning roli va ahamiyatini juda yaxshi anglab yetishgan. Shuning uchun umumiy tenglik sharoitlarida Eronning Rossiya bilan hamkorligi birmuncha qat'iy ekanligi oydinlashib bormoqda. Uchinchi yondoshuv tarafdorlarining fikriga ko'ra, agar Rossiya qudratli davlat va BMT Xavfsizlik Kengashining a'zosi bo'lmagan taqdirda ham, mintaqaviy yetakchi va favqulodda muhim geosiyosiy va geoiqtisodiy potentsialga egalik qiluvchi davlat sifatida bu mamalakat bilan hamkorlik qilishi tabiiy edi. Agar turli mamlakatlar bilan munisabatlarni qo’llab-quvvatlashni tabiiy ehtiyoj deb qaraydigan bo’lsak, Mosakva rasmiy Tehronni asosiy tashqi siyosiy hamkorlaridann biri hisoblanadi.91 Bundan tashqari, uchinchi yondoshuv tarafdorlari xalqaro, mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni Moskva va Tehron munosabatlarining bosh yo’nalishi sifatida e’tirof etishadi. Boshqacha aytganda, ikki tomonlama hamkorlik asosan mintaqaviy xavfsizlik masalalaridagi manfaatlar mushtarakligidan kelib chiqayotganligini kuzatish mumkin.

1979-yil islom inqilobi g’alaba qozongach, Eron Islom Respublikasi hukumati o’z tashqi siyosiy faoliyatida ma’lum vaqt “na sharq, na g’arb – faqat islom” konsepsiyasiga tayandi. Lekin islom inqilobi yetakchisi Imom Humayniyning shaxsan o’zi umrining so’ngi yillariga kelib sovet-eron munosabatlarini “mo’tadillshtirish” tashabbusi bilan chiqdi. Bu tashabbusning amaliy ahamiyati sifatida Humayniy 1989-yili SSSR prezidenti M.Gorbachovga shaxsiy maktubini yuboradi. Shu davrdan boshlab Eron muntazam ravishda Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga va SSSR qulagandan so’ng xalqaro maydonda o’z o’rnini mustahkamlash uchun uning qo’llab-quvvatlashiga erishishga harakat qilib kelgan. Bu boradagi amaliy xatti-harakatlar 1989-yil iyun oyida o’sh paytdagi EIR Majlisi(parlamenti) raisi bo’lgan A.A.Hoshimiy-Rafsanjoniyning SSSRga rasmiy tashrifi bilan boshandi. Ushbu tashrif chog’ida “2000-yilgacha bo’lgan davrda SSSR va EIR o’rtasida uzoq muddatga mo’ljallangan iqtisodiy, savdi va ilmiy-texnik hamkorlik” to’g’risida bitim imzolanadi. Ushbu bitimning asosiy qismi quyidagi yo’nalishlarga qaratilgan edi:



  1. Chegara hududdagi Araks daryosida hamkorlikda foydalaniladigan ikkita GES qurish.

  2. SSSR yordamida qurilgan Axvazdagi “Ramin” va Isfahondagi “Shahid Montazeriy” IESlarini ishlash quvvatini 1030 megavattgacha oshirish.

  3. Isfahondagi metallurgiya kombinati quvvatini yiliga 1.9 mln. tonna va kelgusida 4 mln. tonnagacha oshirish hamda bu yerda mashinaqurilish kompleksini barpo etish.

  4. Arakdagi mashinaqurilish zavodini modernizatsiya qilish.

  5. Alyumin ishlab chiqaruvchi zavod qurish.

  6. Mahsulotini SSSRga chiqaradigan neft-kimyo korxonalarini qurish.

  7. Eron hududa Mashxad-Saraks temir yo’lini qurish va qurib bitkazilgan Qum-Tehron, Bafk-Bander-Abbos, Tabriz-Tahron temir yo’llarini elektrlashtirish.92

Shuningdek Kaspiy dengizining Eron shelflarida qidiruv ishlarini olib borish hamda bu yerda aniqlangan neft va gaz zahiralarini qazib olishni boshlash to’g’risida ham o’zaro kelishuv imzolandi. Umuman olganda, bu tashrif davomida 20 dan ortiq qo’shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Bu loyihalarning umumiy qiymati Eron tomonidan hisoblab chiqilganda 7-8 mlrd. AQSh dollari va huddi shuncha miqdordagi riyolga teng kelishi e’tirof etildi. Qo’shma hamkorlikdagi iqtisodiy dasturni amalga oshirishni boshlash uchun SSSR Eronga 2 mlrd. dollor miqdorida kredit taqdim qiladi. 1991-yilga kelib esa ikki mamalakat o’rtasidagi savdo ayiraboshlash hajmi 1989-yilga qaraganda ikki karra oshganligi kuzatildi. 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida SSSR Eronga avtomobillar, burg’ulovchi dastgohlar, kimyoviy o’g’itlar, yog’och, mashina va ishlab chiqarish uskunalarini olib kira boshladi. Bu yerdan esa quruq meva, yong’oq, ikra, baliq, minerallar, gilam, jun mahsulotlari va zirovorlar olib ketar edi. 1989-yili Eron portlari Bander Enzeli va Noushehrdan Kaspiy dengizi orqali Bokuga o’tadigan hamkorlikdagi poroxod liniyasi ishga tushirilishi munosabati bilan SSSR Eronga o’zining ikkita savdo kemasini 10 mln. dollarga sotadi. 1990-yili oktabrda Eron o’z gazini Rossiyaga sotishni yangitdan yo’lga qo’yishga muvaffaq bo’ladi. Chunki shoh tuzumi ag’darilgach bu sohada ham to’xtalish yuzaga kelgan edi.

Rossiyalik mutaxasislar Isfaxondagi metallurgiya kombinatini rekonstruksiya qilayotgan bir paytda, ya'ni 1992-yili, Eron prinsipial tarzda shoh davrida qurilishi boshlangan Bushir AES ishlarini yakunlashda Rossiyadan yordam so'raydi.93 Garchi bu taklif 1989-yili tuzilgan ikki tomonlama hamkorlik to'g'risidagi bitim doirasidan tashqarida bo'lsa ham, Eron Rossiyaning do'stona qo'llab-quvvatlashiga ko'z tikadi. Bu borada Rossiyaning yordam qo'lini cho'zishi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlanishiga olib keldi. Bu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, SSSR parchalangandan so'ng Turkiya sobiq Itiifoq tarkibida bo'lgan turkiy xalqlar va millatlar yashaydigan hududlarda mustaqil turkiy davlatlarni barpo etish va ularni o'z qo'l ostida tutib turish uchun ochiq harakat qila boshladi. Turkiyadan farqli ravishda Eron Markaziy Osiyo va Kavkazorti hududlariga islom inqilobini eksport qilish borasidagi tashviqotdan voz kechdi. Shuningdek Eron hukumati Kavkazda boshlangan chechen separatistlarining qurolli harakatlari bilan bog'liq voqealarga aralashmasligini va ularni Rossiyaning ichki ishlaridan biri deb baholashini ta'kidladi. Bundan tashqari 90-yillarning ikkinchi yarmida Tojikistonda boshlangan ichki ziddiyatlar, islom oppozitsionerlari va uning liderlarini mamlakat boshqaruv tizimidan inkorporatsiya qilish ishlarida ham Rossiya bilan hamohang pozitsiyada ekanligini yana bir bor namoyon etdi. Shundan so'ng ikki mamalakat o'rtasidagi munosabatlar sobiq Ittifoq hududida yuzaga keladiga har qanday ijtimoiy-siyosiy konyunkturada ham beqiyos darajada mustahakam va do'stona ekanligi ma'lum bo'ldi.

Rus-eron munosabatlari rivojlanishining yangi nuqtasi 2001-yili mart oyida EIR prezidenti Muhammad Xotamiyning RFga rasmiy tashrifi bilan boshlandi. Tashrif chog'ida har ikki davlat rahbarlari ko'plab xalqaro va ikki tomonlama muammolarda yagona qarashlarni belgilovchi "Rossiya Federatsiyasi va Eron Islom Respublikasi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik asoslari va prinsiplari haqida"gi bitimni imzolashadi. Bu boradagi amaliy harakatlar va ularning istiqboli sifatida Eron Shanxay hamkorlik tashkiloti va Kollektiv Xavfsizlik bo'yicha kelishuv tashkilotlarining kuzatuvchisi maqomida (ehtimol kelajakda a'zosi), narkobiznes va terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik, Rossiyadan Eron hududi orqali va aksincha transport yo'llarini ochish hamda bugungi kunda ko'p e'tirof etilayotgan hamkorlikdagi neft-gaz, energetika va ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishda o'z faolligini namoyon etib kelmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida 2001-yil iyun oyida Moskvada imzolangan Eron neft-gaz komplekslarini Rossiya texnologiyasi asosida qayta jihozlash haqidagi ikki tomonlama kelishuvni keltirish mumkin94.

Yangi davrdagi o'zaro aloqalarning rivoj topishiga har XXI asrning dastlabki yillarida har ikki davaltni boshqargan davalat rahbarlarining o'rni va roli beqiyos ekanligini ta'kidlashmoqda mutaxasislar. Chunki 2008-yil may oyida Rossiya Federatsiyasi uchunchi prezidentining inoguratsiya marosimida ishtirok etgan Eron elchisining so'zlari buni yaqqol tasdiqlaydi. Jumladan u shunday deydi:"Shuni alohida ta'kidlamoqchimanki, janob Vladimir Putinning prezidentlik davri Rossiy-Eron aloqalari tarixiga "oltin davr" bo'lib kirdi. Har ikki mamlakat o'z manfaatlari va qiziqishlari doirasida o'zaro hamkorlikda keng-ko'lamli ishlarni amalga oshirdi. Ishonchim komilki, Eron va Rossiya o'rtasidagi bunday hamkorlik xoh umumiy bo'lsin, xoh xususiy albatta davom etadi". O'z navbatida Dmitriy Medvedev ham o'sha paytdagi Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi sekratari Valentin Sobolev orqali Eron prezidenti Mahmud Ahmadiy Najodga yo'llagan maktubida ham shu ma'nodagi so'zlarni ta'kidlaydi. Garchi Rossiya prezidenti o'zgargan bo'lishiga qaramay, Eron bilan do'stona munosabatlar shu tarzda davom etdi. "Katta sakkizlik" davlat rahbarlarining Akvilida bo'lib o'tgan yig'ilishida Italiya axborot agentligi hodimlarining bu boradagi savollariga Dmitriy Medvedev quyidagich javob beradi:"Eron bizni eng muhim hamkorimiz, u bilan hamkorlik qilishda umumiy qarashlarga egamiz va bu munosabatlarimizda o'z samarasini bermoqda. Men nafaqat iqtisodiy hamkorlikni nazarda tutyapman, balki biz narkotrafik va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda ham hamkorlikda harakat qilmoqdamiz. Biz Eron bilan tashqi siyosatdagi asosiy sherik sifatida qo'shnichilik aloqalarini davom ettiramiz".

2009-yildan Eron bilan aloqalarda va "oltilik" davlatlari o'rtasida yadro dasturi, uni amalga oshirish borasidagi tortishuvlarning yangi to'lqini avj ola boshladi. Rossiya o'z navbatida ikki o'rtada vositachi rolini o'ynadi va Eronni muzokaralarga chaqirishda davom etdi. 95

2010-yilga kelib, ko'plab mutaxasislar tomonidan Eron-Rossiya o'rtasidagi munosabatlarga "sovuqchilik tushishi" bilan xarakterlanadi. Buning asosiy sababi sifatida tomonlar iqtisodiy rejalar va siyosiy "noqulayliklar"ni keltirishadi. Shunga qaramasdan analitiklar bu boradagi ko'plab "sabab"larni keltirishmoqda, ya'ni Rossiyaning Eronga sotayotgan C-300 raketalarini to'xtatib qo'yilishi va bu o'z navbatida Bushir AESni barpo etishdagi to'xtalishlarni yuzaga keltirishi hamda AQSh boshchiligidagi g'arb davlatlarining Eronga nisbatan amalga oshirayotga sanksiyasiga Pitsburg va Singapurda bo'lgan muzokaralarda Rossiyaning qo'shilishi kabi. Shunga o'xshash ko'plab sabablarni vaj qilgan holda Rossiya Eronga qarshi sanksiyani qo'llab-quvvatlash borasidagi aybini o'ylamasdan va shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilishga yo'ygan.96 Bu boradagi bo'lib o'tgan ko'plab tortishuvlarga qaramasdan ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning iqtisodiy va siyosiy sohadagi muhim aspekti sifatida Bushir AESning ochilishi bo'ldi. "Biz bu voqeani o'ttiz besh yil kutdik, nihoyat Eron Islom Respublikasi rossiyalik mutaxasislar yordamida stantsiya qurish ishlarini yakuniga yetkazishga muvaffaq bo'ldi. Stantsiya qurish ishlarini yakunlashda biz yordam so'rab murojaat qilgan g'arb davlatlari buni inkor qilib turgan bir paytda, Rossiya yordamga keldi," deya ta'kidlaydi Eron Tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solehiy AESni ochilish marosimida. Bushir AES ishga tushirilgach, Eron prezidenti Mahmud Ahmadiy Najod shunday bayonot beradi:"Bizni loyihamizga muvofiq, atom energiyasi vositalarini ishlab chiqarish uchun 20 ming megavatt elektr energiyasi kerak bo'ladi. Rossiya bizga 1000 megavatt energiya olishga yordam berdi, ko'zlangan maqasadga erishish uchun esa biz yana 19 ming megavatt elektr energiyasiga muhtojmiz. Hozirda Rossiya bilan bu ehtiyojni ta'minlash borasida muzokaralar olib bormoqdamiz." Islom Respublikasining oliy darajadagi vakili bergan ushbu ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, Eron hukumati Rossiya bilan istiqbolli do'stlik aloqalarini olib borishga tayyor ekanligi va uni tashqi siyosatdagi ishonchli sherik sifatida ko'rayotganligini uning so'zlaridan bilish qiyin emas.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Eron tashqi siyosatida Rossiya doimo muhim o'rin egallab kelgan. Buni ularning tashqi siyosiy munosabatlari rivojlanishi uzoq tarixga egaligi va milliy davlatchilik shakllana boshlagan davrdan boshlab to bugungi kungacha ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tendensiyasi turli ko‘rinishga bo‘lganligidan ko'rish mumkin. Shu jihatdan ham ikki davlat aloqalarini tadqiq etishda davrlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy davrda Eron tashqi siyosatida Rossiyaning o'rni va roli nafaqat ikki davlat balki, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosiy faoliyatining shakllanishiga ham o'z ta’sirini o‘tkaza olgan. Bu ayniqsa mintaqaviy xavfsizlik, qurolsavdosi, narkotrafik, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi Eron-Rossiya hamkorligida ko'zga tashlanadi. Har qanday sharoitda ham ikki davlat aloqalari rivojlanish va mustahkamlanish yo'lida bo'lib kelgan. Ayniqsa o'tgan asrning so'ngi o'n yilligida va asrimizning dastlabki o'n yilligidagi o'zaro aloqalarning rivojlanib borish tendensiyasi har ikki davlat aloqalari tarixida shu paytgacha kuzatilmagan darajada shidddat bilan o'sib, mustahkamlanib borganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.

Eron tashqi siyosatida Rossiyaning o’rniga nazar tashlar ekanmiz, bu aloqalar tobora rivojlanib, mustahkamlanib borayotganligini ko’ramiz. Bu ikki davlat va xalqlar o’rtasidagi yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikning kuchayishi, yaxlit siyosiy va iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi, yagona zalqaro meýorlar va qoidalarga o’tishida yaqqol namoyon bo’layotganligini kuzatish mumkin. Umuman olganda, bugungi xalqaro siyosiy vaziyatda Eronga nisbatan AQSh ittifoqchiligidagi G’arb davlatlarining tazyiqlari to’xtovsiz bo’lib turgan bir sharoitda, bundandan tashqari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, o’zaro iqtisodiy-siyosiy va harbiy yordam ko’rsatish borasida Eron doimo bu mintaqadagi yetakchi davlat sifatida Rossiyaning yordamiga, qo’llab-quvvatlashi va hamkorligiga muhtoj ekanligini ko’rsa bo’ladi97. Shundan kelib chiqib Eron tashqi siyosatida Rossiyaning roli kundan-kunga oshib borayotganligini o’tgan ikki o’n yillik davomida har ikki davlatning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnik, madaniy va eng asosiysi harbiy sohalardagi aloqalar rivojidan deb ayta olamiz.


III.2. Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosatida Eronning o'rni va roli
Rossiya uchun Eron bilan doimiy “yaxshi qo’shnichilik” aloqalarini olib borishni qo’llab-quvvatlash uning strategik qiziqishlariga muvofiq holda tashqi siyosiy yo’nalishining asosiy maqsadlari qatoriga kiradi. Eron Rossiyaning savdo hajmi doimiy o’sib turuvchi va ulkan iqtisodiy-savdo hamkori bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.98 Rus-eron munosabatlari tarixi shuni ko'rsatadiki, mamlakatlarning ikki tomonlama munosabatlarida ijobiy jarayonlarni saqlab qolish va qo'llab-quvvatlash har ikki davlatning asosiy vazifasi hisoblanib kelingan. Shuningdek o'zaro hamkorlik asosidagi iqtisodiy-savdo va ko'p tomonlama diplomatik munosabatlardan orttirilgan qimmatbaho tajriba hisobiga yo'lga qo'yilayotgan aloqalar mustahkamligi bilan xarakterlanadi.

Eron o'zining geostrategik joylashuvi, iqtisodiy va harbiy potentsiali bilan to'laligicha Rossiyaning janubiy yo'nalishdagi ittifoqchisi hisoblanadi. Rossiya va Eronning mintaqa va dunyodagi iqtisodiy-siyosiy masalalar yuzasidan qarashlarida aniq o'xshashliklar mavjud. Bu borada professor V. I. Sajin shunday deydi:" Eron bilan aloqalarda pragmatik yondoshuvni ushlab turish lozim. Bu hududda AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan o'tkazilayotgan "bosim"ga qaramasdan iqtisodiy-savdo, ilmiy, madaniy va boshqa turli sohalarda o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega."99 L. E. Sklyarovning fikriga qaraganda, Rossiya uchun Eron bilan strategik hamkorlik qilish bir necha yo'nalishlarda namoyon bo'ladi, birinchidan, Eron integratsoin jarayonlarda "yo'l ochuvchi" vazifasini bajaradi, ikkinchidan, mintaqadagi kuchlarni yangitdan shakllantirishda faol rol o'ynaydi.100 Shuning uchun Rossiya Eron bilan nafaqat yaxshi qo'shnichilik aloqalarini davom ettiradi, balki bu munosabatlarni o'z chegarasidan janubga tomon muhim strategik yo'nalishning barqaror faktoriga aylantiradi.

Aynan shu maqsadda 1989-yilning fevral oyida Tehronda SSSR Tashqi ishlar vaziri E.A.Shevarnadzening va iyul oyida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ali Akbar Rafsanjoniyning Moskvaga tashriflari bilan ikki davlat o'rtasidagi aloqalarning yangi davri boshlandi.101

Rossiya AQSh boshchiligidagi butun g'arb davlatlari tomonidan bo'layotgan bosimga va bu paytga kelib xalqaro maydondagi "xavfli yov" sifatida baholanayotganligiga qaramasdan Eron Islom Respublikasi bilan yaqinlashish siyosatidan og'ishmay bordi102. AQSh tomonidan agressiv va terroristik davlat sifatida baholanayotgan Eron Islom Respublikasi Rossiya uchun uning janubiy chegaralarida joylashgan mustaqil Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari uchun barqarorlik faktori sifatidagi hamkor bo'lib chiqdi. Rossiya Eron Islom Respublikasiga nisbatan o'z pozitsiyasini boshqa xalaqaro muammolardan kelib chiqib belgilamaydi albatta. Bu o'rinda so'z NATOning Sharqda harakatlanishi, ya'ni Rossiya chegaralari, Markaziy Osiyo va Kavkazortidagi ichki mintaqaviy konfliktlarni tartibga solish aralashuvi, Afg'onistondagi ichki muammolarni tartibga solishdagi odillik, AQSh va uning g'arbiy ittifoqchilarini Markaziy Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida doimiy harbiy bazalarni barpo etishga urinishini oldini olish va umuman olganda xalqaro muammolarni hal etishda BMTning rolini oshirish haqida ketmoqda. Rossiyalik mutaxasislarning fikriga ko'ra, Eron bilan munosabatlarni bu hududda yuzaga kelayotgan AQSh bilan manfaatlarni qarama-qarshi kelib qolishi hisobiga bo'lsa ham mustahkamlash lozim. Chunki shusiz ham Rossiya allaqachon AQSh prezidenti davlat maslahatchilaridan biri Mitt Romni tomonidan tashqi siyosatdagi asosiy dushman sifatida e'lon qilib bo'lingan edi.103 Bunday to'siqlar bo'lishiga qaramasdan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi iqtisodiy, siyosiy va umummadaniy kelishuvlarni amalga oshirish shubhasiz har ikki davlat pozitsiyasidan kelib chiqib muhim hisoblanadi.

Bundan tashqari Rossiya tashqi iqtisodiy siyosatida Eronning muhim ahamiyat kasb etish sabablaridan yana biri shundaki, u Rossiyaning O'rta Sharqdagi eng yirik savdo hamkori hisoblanadi va o'z mahsulotlari, shuningdek, mashina, ishlab chiqarish texnologiyalari, transport vositalari, metal va nometal mahsulotlarni qo'shni davlatga olib o'tish uchun muhim savdo yo'lagi bo'lish bilan bir qatorda, keng iste'mol bozori ham hisoblanadi. Tashqi siyosatda Eron neft-gaz, shu jumladan Rossiya iqtisodiyoti uchun muhim bo'lgan uglevodorod xom-ashyosini tshish bo'yicha "yo'lak"ni shakllantirish uning Markaziy va Janubiy Osiyoda hamda Yaqin va O'rta Sharqdagi tashqi siyosiy pozitsiyasini mustahkamlash va bu mintaqadagi energetika xavfsizligi borasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga yordam beradi104.

Shundan kelib chiqib Rossiya tashqi siyosatida Eronning o'rni yuqori ekanligini ularning mintaqaviy va xalqaro jarayonlarga nisbatan qarashlarida yagona pozitsiyaga ega ekanliklari, shuningdek, AQShning bir tomonlama siyosat olib borishdagi maqsadlari, uning Isroil va Turkiya yordamida amalga oshirgan so'ngi yillarda Yaqin va O'rta Sharqda, xususan Suriyada voqealar, Ozorbayjondagi harlashtirish jarayonlari, Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizi mintaqasida xavfsizlik va ekotizimni saqlab qolish, ikki davlat o'rtasida transkaspiy quvurini G'arb yordamisiz tashkil etish, har ikki mamlakatning Armaniston bilan munosabatlarini yaxshilashda hamda Rossiyaning Janubiy Kavkaz mintaqasidagi rolini oshirishda Eron eng muhim strategik, iqtisodiy va siyosiy hamkor hisoblanadi. Aynan shu maqsadda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Eronga uyushtirga rasmiy tashrifi oxirgi 60 yil ichida Rossiya davlat rahbarining Eronga nisbatan dastlabki tashrifi sifatida baholanadi va ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu uchrashuvning bosh maqsadi "tinchlik dengizi" hisoblangan Kaspiy deklaratsiyasining imzolanishi bo'ldi. Bundan tashqari, Eron yadro dasturi har ikki tomon diqqat markazida bo'lishi bilan birga, uni rivojlantirish ishlarida Rossiya qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

2000-yildan keyin Eron yadro dasturi Rossiya tashqi siyosatida u bilan bog’liq asosiy muammoga aylandi. Ayni shu paytda Rossiya muammolarni tartibga solish uchun Eron masalasida 1995-yil tuzilgan ikki tomonlama rossiya-amerika kelishuvi(Gor-Chernomordin nomi bilan mashhur shartnoma)dan chiqadi. Bu shartnomaga muvofiq Rossiya Eron yadro dasturini amalga oshirishda unga texnik va harbiy yordam berishni cheklashi lozim edi. Shartnomadan chiqish harakati bilan Rossiya president Boris Yelsin davrida “muzlatib” qo’yilgan Eron yadro dasturini amalga oshirish va Bushirdagi qurilish ishlarini butunlay yakunlash hamda harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish sari dadil qadam tashlagan edi. Bu bilan Rossiya hukumati Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharqda XX asrning 90-yillarda yo’qotilgan siyosiy ta’sir va obrosini tiklab olishni mo’ljallagan edi. Bu mintaqada Rossiya ta’sir doirasining susayishi asosan ikkita Fors ko’rfazi urushlari (1990-1991, 2003) bilan bog’liqdir. Eronda mamlakat prezidentligiga Ahmadiy Najodning kelishi va Eronni AQSh bilan munosabatlarini yanada keskinlashuvi bilan Rossiya o’zining bu mintaqada va Eron uchun asosiy yetakchi davlat ekanligiga to’liq ishonch hosil qildi. 2006-yili Rossiya Eron bilan uning xususiy sun’iy yo’ldishini kosmosga chiqarishda yordam berish va zamonaviy havo hujumlari mudofaasi imkonini beruvchi «Tor M-1» i «Pechora-«2A» antiroketalarini sotish bo’yicha milliard dollarga teng bo’lgan shartnoma imzoladi.

2006-yil 31-avgustda BMT Xavfsizlik Kengashi Eron agar uranni to’yintirish ishlarini to’xtatmasa, unga qarshi yangi sanksiya e’lon qilishi haqida rezolyutsiya qabul qildi. Lekin Rossiya va Xitoy bu sanksiyani qo’yilishiga norozi ekanligini va Eron bilan munosabatlarni davom etirishlarini ma’lum qildi. 2007-yil 27-sentabrda esa, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan №1835 sonli sanksiya e’lon qilindi. Bu borada ham Rossiya o’z qarashlarida qoldi, ya’ni sanksiya shartlari Eron uchun munosib emas105.

Bu borada Vladimir Putinning 2007-yil Al-Jazira telekanali jurnalistlariga bergan intervyusi diqqatga sazovordir. Uning ta’kidlashicha:”Bizni Eron bilan olib borayotgan yadro borasidagi va harbiy-texnik hamkorligimiz xalqaro-huquqiy hujjatlarning hech biriga qarshi emas. Eron bilan aloqalarimizda xalqaro hujjatlarning buzulishigan zarracha yo’l qo’ymaymiz. Hamkorlikda amalga oshirayotgan Bushir AESni qurish borasidagi yadro dasturimiz tinchlik mqsadiga yo’naltirilgan bo’lib, MAGATE tomonidan to’laligicha nazoratga olingan. U yerda texnika bor, doimiy MAGATE kuzatuvchilari bor. Bizni atom elektr stansiyasini qurishimizga hech qanday norozilik yo’q. Biz kelajakda ham huddi shu tarzda harakat qilishni rejalashtiryapmiz. Olib borayotgan yadro borasidagi hamkorligimizdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, biz yadro quroli tarqalishiga to’laligicha qarshi bo’lgan davlatlarmiz.”

2008-yili Eron yadro dasturi va uni Rossiya qo’llab-quvvatlashiga doir yangi rezolyutsiya qabul qilindi. Unda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy olti nafar a’zosi manfaatlaridan kelib chiqqan holda rezolyutsani asosiy yo’nalishlari bayon etilgan edi. Bularning birinchisi Eronda MAGATE faoliyatini olib borilishi va uni qo’llab-quvvatlashni ko’zda tutardi, ikkinchisi, bu choralar real vaziyatdan kelib chiqib, unga mos bo’lishi, uchinchisi esa agar Eron MAGATE qo’yayotgan talablarga rozi bo’lsa, u bilan doimiy muzokaralar olib borishga har qaysi “oltilik” davlatlari tayyor ekanligi ma’lum qilindi106.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu rezolyutsiyaga o’z munosabatini bildirib, jumladan shunday deydi:”Biz g’arblik hamkorlarimizning oldingisidan farq qiluvchi yangi talablari bayon etilgan rezolyutsiya matnini oldik. Ularni talablari MAGATE aniqlay olmagan Eronning sobiq yadro dasturi faoliyati bo’yicha emas, balki Eronni jazolashga qaratilgan. Endi bu rezolyutsiya biz hamkorlik qilayotgan BMT Xavfsizlik Kengashining yadro qurolini tarqatmaslik borasidagi barcha kriteriyalariga mos keladi, boshqa hech qanday siyosiy maqsad yo’q.”

2008-yili Eron prezidenti BMT Xavfsizlik Kengashining olti a’zosi bilan har qanday munosabatlarga kirishishni to’xtashini e’lon qildi. O’z navbatida Rossiya “oltilik” davlatlari bilan yangitdan muzokaralarga kirishishni taklif etdi. Rossiya Xavfsizlik Kengashi sekratari Valentin Sobolev bu borada ITAR-TACC axborot agentligiga bergan ma’lumotida shunday deydi:”Biz Eronni “oltilik” davlatlari bilan muzokaralarda hamkorlikka chaqirdik. Eron bu muzokaralarda katta tashabbus bilan chiqishi kerak deb hisoblaymiz. Eron yadro qurolini tarqatmaslik bo’yich xalqaro kelishuvga amal qilgan holda yadro energiyasini rivojlantirish imkoniga ega.” Lekin Jenevda bo’lib o’tgan muzokaralar chog’ida Rossiya nisbatan “oltilik” davlatlari tomonida ekanligi namoyon bo’lib qoldi. 2009-yilga kelib Eron va “oltilik” davlatlari o’rtasida yangitdan munosabatlar keskinlashuvi boshlandi. Rossiya har doimgidek yana Eronni muzokaralarga chaqirish bilan cheklandi107.

2010-yining boshlariga kelib Rossiya tashqi siyosatida Eron bilan munosabatlarda bir qadar “sovuqchilik” kuzatiladi. Bu esa yuqorida aytib o’tilgan siyosiy hamkorlikda yuzaga kelgan muammolar bilan bog’liq edi. Bundan tashqari 2010-yili iyun oyida BMT Xavfsizlik Kengashining 12-majlisida Eronga nisbatan yangi sanksiya e’lon qilindi. Uning doimiyu a’zosi Rossiya Federatsiyasi Vitaliy Churkinni so’zlariga qaraganda, yangi sanksiya Eron tomonida kelishilgan shartlarni bajarmaganligi uchun qo’yilayotganini bayon qildi. Turli qarama-qarshiliklarga qaramasdan, Eron Rossiya uchun siyosiy va iqtisodiy hamkorlardan biri bo’lib qolmoqda108.

Bugungi kunda xalqaro siyosiy maydonda yuz berayotgan voqealar va Eron atrofida yig’ilib qolgan turli siyosiy “o’yinlar” kuchaygan bir paytda Rossiya tomonidan ikki tomonlama iqtisodiy aloqlar bilan bog’liq hukumatlararo muloqotlarni yanada rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda faol qadam tashlash zarur ekanligini Rossiya tashqi savdo aylanmasida Eronning roli yuqori emasligini har ikki davlat savdo rivojlanishi potentsialiga muvofiq kelmasligi ko’rsatib turadi. 2010-yil natijalariga ko’ra Rossiya tashqi savdo hamkorlari orasida Eron 29-o’rinni egallaydi va shu jumladan eksportda 26 va importda 61-o’rinlarni band qilganligi so’zimizning yaqqol tasdig’idir. Rossiya tashqi savdo aylanmasida Eronning ulushi esa 0,6%ni tashkil etgan. 2000-yilda 2010-yilgacha ikki tomonlama rus-eron savdo aloqalari mahsulot ayirboshlash tendensiyalarini o’sishi bilan belgilanadi. 2010-yilda davlatlar o’rtasida savdo va mahsulot ayirboshlash hajmi o’tgan yil bilan taqqoslaganda 19,5%, eksport 19% va import 27%ga oshganligini ta’kidlab o’tish lozim. Eron bilan mahsulot ayirboshlashning katta qismi Rossiya eksporti(92,5%)ga to’g’ri keladi. 2011-yil yanvar oyini o’tgan yil shu oy bilan taqqoslaganda mahsulot ayirboshlashning o’sishi 32%(326,4 mln. AQSh dollorigacha), ekaport ham xuddi shu raqamda va import 38%(28,1 mln. AQSh dollori)gacha yetganligini kuzatish mumkin. Rossiya va Eron o'rtasidagi tovar ayirboshlashdagi mahsulotlar tizimi hamon o'zgarishsiz ya'ni 2000-yildagi holatda qolmoqda. 2010-yilga kelib Eronga nisbatan rus eksport tovarlari tizimini o'tgan yil kabi metal va uning tayyor mahsulotlar-64%, qimmatbaho toshlar va uning tayyor mahsulotlari 17,5%, yog'och, sellyuluza-qog'oz mahsulotlari 6,6%, boshoqli o'simliklar 5,16%, mineral va yoqilg'i-energetika mahsulotlar 2,95% tashkil etgan. O'z navbatida Rossiyaning Erondan import qiluvchi mahsulotlari ilgarigidek oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlari 84,7%, shuningdek mashina va texnologiyalar 6,6%ni tashkil etgan109.

Ikki davlat o'rtasidagi o'zaro jamg'armalar hajmining umumiy qiymati 2010-yilning dastlabki to'qqiz oyiga nisbatan 30,5 mln., shu jumladan Eronning Rossiyadagi investitsiyasi 27,4 mln. va Rossiyaning Erondagi investitsiyasi 3,1 mln. AQSh dollariga baholanmoqda. Eronning Rossiyaga to'g'ridan-to'g'ri olib kirayotgan investitsiyasi 2010-yilning o'rtalarigacha bo'lgan vaqt mobaynida 608 ming AQSh dollarini tashkil etganligini ko'rish mumkin. Har ikki davlat investorlarini iqtisodiy sohada chakana va ulgurji savdo ko'proq qiziqtirayotganini kiritilayotgan investitsiyalarning 90%dan ortig'i avtotransportga xizmat ko'rsatish va maishiy texnika sohalariga yo'naltirilayotganligidan bilib olish qiyin emas.

2007-yil 16-oktabrda Rossiya Federatsiyasi va Eron Islom Respublikasi Prezidentlari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda tomonlar o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik hajmini yanada kengaytirish chora-tadbirlari haqida kelishuvni imzoladi. Bu kelishuvni yuqori darajada bajarilishini ta'minlash maqsadida 2007-yil dekabr oyida Moskvada Rossiya-Eron iqtisodiy-savdo hamkorligi bo'yicha doimiy kengashning yettinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy-savdo, sanoat va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishni uzoq muddatli chora-tadbirlari haqida hukumatlararo Memorandum imzolandi. Bundan tashqari shu yilning 13-dekabrida Eron Islom Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida turizm borasidagi hamkorlik haqida kelishuv imzolanadi. Bu Memorandum davlatlar o'rtasidagi kelishuv-huquqiy asosni kengaytirdi va o'zaro hamkorlik borasida standartlashtirish, metrologiya va sanoat tadqiqotlarini tartibga solish bo'yicha Federatsiya agentligi va Eron standartlashtirish instituti o'rtasidagi muvofiqlikka asos bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, Rossiya uchun Eron nafaqat iqtisodiy-siyosiy hamkor, balki mintaqa nuqtai-nazarida, bu yerdagi xavfsizlik va uni ta’minlash borasida, shuningdek, xalqaro masalalarda umumiy pozitsiyaga ega bo’lgan qarashlar bilan ham muhim sherik hisoblanadi. Shuning uchun ham so’ngi ikki o’n yillikda Rossiyaning Eron bilan munosabatlari yuqori darajaga ko’tarilganini ko’rishimiz mumkin. Bu borada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Eronni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lish istagini bildirgani bilan tabriklagani muhim ahamiyatga egadir. Chunki xalqaro tashkilotlarda ham Rossiya-Eron manfaatlari doimo mushtarak bo’lib kelgan110.

Lekin 2010-yil 9-iyunda BMT Xavfsizlik Kengashining Eronga qarshi e’lon qilgan sanksiyasini Rossiya tomonidan ma’qullanishi va president D.Medvedev ko’rsatmasi bilan 166 million dollorlik «S-300» rusumli antiraketa tizimini Eronga sotish haqidagi shartnomani to’xtatib qo’yilishi bilan ikki tomonlama munosabatlarda biroz uzilish yuz berdi. Albatta bu ish Rossiyaga nisbatan g’arb davlatlarini qattiq bosimi va bunday sharoitda Rossiya o’z manfaatlari doirasidan kelib chiqqan holda ushbu sanksiyani ma’qullagani uning yadro borasidagi Eron bilan faoliyatini ma’lum vaqt to’xtatish istagidan dalolat beradi. Chunki snksiyani ma’qullash borasidagi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so’zlariga qarganda, Eron ega bo’lishga intilayotgan yadro quroli keyinchalik Rossiya uchun ham butun g’arb davlatlari tomonidan yangi xavfni yuzaga keltirishi mumkinligi va bu harakatlar faqatgina tinchlik maqsadida bo’lsagina davom ettirilishini ta’kidlamoqda.


1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə