O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va tarix fakulteti




Yüklə 0.68 Mb.
səhifə3/6
tarix25.04.2016
ölçüsü0.68 Mb.
1   2   3   4   5   6

II.2. Eron tashqi siyosatining "Tamaddunlar muloqoti" konsepsiyasi doirasida Rossiya-Eron munosabatlarining rivojlanishi
1997-yil 23-mayda Eronda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida Said Muhammad Xotamiy umumiy saylovchilarning 86% ovozi bilan Eron Islom Respublikasi prezidenti etib saylandi. Demokratik va liberal ruhdagi qarashlari bilan ajralib turuvchi Muhammad Xotamiy prezidentlik faoliyatiga kelgach nafaqat mamlakat ichki siyosiy vaziyatini tartibga soldi, balki tashqi siyostda ham ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Islom inqilobi g’alaba qozongach Eron o’z tashqi siyosatini Humayniy g’oyalari bo’yicha, ya’ni “na sharq, na g’arb, faqat-islom” tamoyili ostida olib bormoqda edi. Ayniqsa g’arb davlatlari bilan bo’ladigan munosabatlar yuqori darajada ta’qiqga ega edi. Humayniyning fikricha, AQSh boshchiligidagi ko’plab g’arb davlatlari islomga qarshi va islomga qarshi bo’lgan har qanday davlat Eron Islom Respublikasiga qarshi ekanligini ta’kidlardi. G’arb bilan bu tartibdagi munosabatlar o’z navbatida Rossiya bilan olib boriladiga aloqalarga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmasdi.

Humayniy vafotiga qadar davom etgan bunday “yopiq siyosat”, Muhammad Xotamiy prezidentlik qilgan davrga kelib sezilarli o’zgardi. Uning demokratik qarashlari va islomda zamonaviy tartib-qoidalarga mohirlik bilan yondoshuvni amalga oshirishi sekin-asta g’arb davlatlari bilan munosabatlarni tartibga solish imkonini berdi. Chuqur diniy va dunyoviy bilimlarga ega bo’lgan Xotamiy shia ruhoniylarning “hujjatul islom” unvoniga ega bo’lgan edi.

Uning dastlabki prezidentlik davri (1997-2001) Eron ichki va tashqi siyosatida yangi davrni belgiladi. Xorij nashrlarida uni “Oyatullo Gorbachev” deb ham atasha boshlashdi64. Bu borada uning ko’zga ko’ringan ishlaridan biri mamlakat tashqi siyosat kursining o’zgarganligi bo’ldi. Eron yopiq eshiklar siyosatidan, islom inqilobini eksport qilish g’oyasidan – tubdan farq qiluvchi o’zgacha ochiq eshiklar siyosati, ya’ni xorijiy davlatlar bilan keng aloqalarni yo’lga qo’yish, xususan Xotamiy tomonidan ishlab chiqilgan “Tamaddunlar muloqoti”(Goftoguyi tamoddonho) konsepiyasi bu borada kata o’zgrishlarni boshlab berdi.

1989-yil fevral oyida Tehronda SSSR Tashqi ishlar vaziri E. A. Shevrnadzening va iyul oyida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ali Akbar Rafsanjoniyning Moskvaga qilgan tahriflari bilan ikki davlat o’rtasida aloqalarning yangi davri boshlandi. Bu tashriflar chog’ida ikki mamlakat manfaatlarini o’zida mujassamlashtirgan bur qator shartnomalar imzolandi. Rafsanjoniy Moskvadagi kosmanavtlar saroyiga tashrif buyuradi va bu yerda kelajakda kosmik sohada yangi tadqiqotlar olib boorish masalalarida suhbat o’tkazadi. Bu esa XX asrning 90-yillaridan boshlab ikki davlat o’rtasidagi aloqalar yangi tartibda rivojlana boshlaganligini va bu narsa Humayniy vafot etgach Eronda hukumat rahbarlarining biroz bo’lsada demokratik ruhdagi harakatlarni amalga oshirishiga imkon bera boshlaganligini ko’rsatadi.

Aslida Eronning “Tamaddunlar muloqoti” mazmunidagi siyosiy harakati 1989-yil mamlakat prezidentligiga Hoshimiy Rafsanjoniyning kelishi bilan boshlangan edi. Albatta bu rasman “Tamaddunlar muloqoti” deb nomlanmagan bo’lsa ham, Rafsanjoniy amalda shu mazmunni o’zida aks etiruvchi tashqi siyosat olib bordi. Bu jarayon keyinchalik Muhammad Xotamiyning prezidentlik lavozimiga kelishi bilan rasmiy davlat dasturi sifatida e’tirof etildi va amalga oshirila boshladi.

O’tgan ikki o’n yillik davomida bu konsepsiya doirasida aloqalar to’xtovsiz rivojlanib bordi. Eron va Rossiya ichki-tashqi siyosatiga bo’gliq masalalarda xususan, global va mintaqaviy muammolarni hal etishda har ikki davlat manfaatlari mushtarakligi hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda konspsiyasining roli va ahamiyati beqiyosdir.

Eron ushbu konsepsiya bo’yicha o’z tashqi siyosatida Rossiya bilan bo’lgan muzokaralar Kaspiy dengizining huquqiy maqomi, Iroq bilan bog’liq voqealar, Kavkazorti, Markziy Osiyo va Afg’onistondagi mojarolarni hal etish kabi bir qator har ikki tomon uchun o’ta dolzarb ahamiyatga ega masalalarni qamrab oladi. O’tgan o’n yilliklar davomida ikki mamlakat ham og’ir va murakkab voqealarga guvoh bo’ldi va o’zaro munosabatlarda notekis aloqalarni boshdan o’tkazdi. Lekin bu davlatlar o’rtasida siyosiy muzokaralar hech qachon to’xtab qolmadi. Chunki bu ikki davlat qo’shni bo’lish bilan birga, juda ko’plab masalalarda, geosiyosiy voqealarda, turli muammolarni hal etishda o’zlarining yaqin qarashlariga ega.

“Tamaddunlar muloqoti” konsepsiyasida siyosiy muzokaralarga asos bo’ladigan iqtisodiy-savdo hamkorlik, strategik va harbiy – texnik aloqalar yotadi. Buni ikki mamlakat o’rtasidagi davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida va rasmiy tashriflarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Bu uchrashuvlar ayniqsa yuqorida ta’kidlangan konsepsiya muallifi Said Muhammad Xotamiy davrida ayniqsa keng quloch yoydi. 2001-yili mart oyida Xotamiyning Rossiyaga tashrifi konsepsiya tarixidagi voqealar ichida eng muhimi bo’ldi65. Bun tashrifning asosiy ko’rsatkichlaridan biri Eron RSFSRni davlat sifatida tan olganiga 81 yil to’lishi munosabati bilan uyushtirilganligida edi. Ikki tomon ham XXI asrda xalqaro aloqalarni o’rnatishda xavfsiz, ochiq va demokratik sistemada boshqa mamlakatlar bilan birgalikda munosabatlar o’rnatishi ta’kidlandi. Ular globalizatsiya miqyosidagi tahdid va chaqiriqlarda javob izlashda universal xalqaro institutlar, maslan eng avvalo BMTning yetakchi rol o’ynashida hamfikr ekanliklarini bildirdilar. Bu tashriflarda o’zaro aloqalar va hamkorlik prinsiplari to’g’risida hamda Kaspiy dengizi masalasida qo’shimcha shartnoma imzolandi. Rossiya boshqa ba’zi-bir davlatlarning qarama-qarshiliklariga qaramasdan Eron bilan o’z har qanday masalada doimiy hamkor bo’lib qolishini aytib o’tdi. Prezidentlarning uchrashuvlari va muhokama majlislarida asosiy e’tibor – qurolsizlanish, yadro qurolini qisqartirish va mahsulot hamda texnologiyalar eksportida nazoratni kuchaytirgan holda o’zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

Bundan tashqari, 2000-yil 6-sentabrda Nyu-Yorkda bo’lib o’tga sammit chog’ida Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.V.Putin va Eron Islom Respublikasi prezidenti Said Muhammad Xotamiylarning o’zaro muloqotlarini ham keltirib o’tish lozim. Bu muloqotlar mobaynida har ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi tashriflar va elchilik almashinuvlarnini yanada kengaytirishga kelishib olishadi66.

Bu boradagi tashriflarni boshlab bergan Xotamiyning 2001-yili 12-15-mart kunlari Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy tashrifi muhim hisoblanadi. Aynan shu tashrif chog’ida har ikki davlat rahbarlari mintaqaviy va global jarayonlar hamda ularning muntaqaga ta’siri, ijobiy va salbiy tomonlari haqida atroflicha fikr almashdilar. Ushbu tashrif davomida har ikki davlat rahbarlari uchinchi davlatga qarshi bo’lmagan holda o’z manfaatlarini hisobga olib, iqtisodiy-savdo, ilmiy-texnik va madaniy sohalarda aloqalarni kengaytirishga kelishib olishdi.

Har ikki davlat rahbarlari bir-biriga hamohang tarzda Moskva taklifiga binoan qabul qilingan “XXI asr jahon konsepsiyasi” va Xotamiyning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “XXI asr tamaddunlar muloqoti” konsepsiyalarini ko’rib chiqdilar. Taraflar fuqarolarga, ularning haq-huquqlari va o'zaro munosabatlariga oid siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarni himoya qilishda va bu huquqlarni ro'yibga chiqarishda asosiy e'tiborni qaratish zarurligini ta'kidladilar. Bu bordagi kelishuvlar ichida etnik va konfessional muammolarga oid shartnomalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday shartnomalarning birida ikki tomon o'rtasidagi etnokonfessional muammolardagi murosizlik va diskriminatsiyaga chek qo'yilishi haqida kelishib olishdi. Bu borada Rossiya ha Eron ham inson huquqlari masalalarini ko'rib chiqishda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarga va adovatlarga barham berishga tayyor ekanliklarini namoyon qildilar.

Rossiya-Eron prezidentlarining o'zaro uchrashuvlaridagi siyosiy muzokaralarda asosiy o'rinni mintaqaviy siyosat masalalari, unda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llarini qidirib topishda birgalikda hamkorlik qilish asosiy o'rinni egallaydi. Har ikki davlat rahbarlarini ham birday tashvishga solayotgan narsa bu-xalqaro terroriza va chegaralardan noqonuniy olib o'tilayotgan giyohvand moddalar savdosidir. Bu muammoni hal etish borasida har ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining 1998-yil 26-sentabrda Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan uchrashuvlari chog'ida terrorizmga qarshi qo'shma bayonot imzolanadi. Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri I. Ivanov va Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri K. Xorrozi ishtirokida imzolangan bu qo'shma bayonot "Tamaddunlar muloqoti" konsepsiyasining amaliy ko'rinishlaridan biri edi.

"Tamaddunlar muloqoti" konsepsiyasi asosida Eron-Rossiya munosabatlarini yanada jadallashganini ko'rishimiz mumkin. 1990-2000-yillar davomida ikki mamlakat o'rtasidagi rasmiy davlat vakillari tashriflari bunga yaqqol misol bo'la oladi. Misol uchun Rossiya tomonidan Rossiya milliy xavfsizlik kengashi sekratari S. B. Ivanov, Tashqi ishlar vaziri I. S. Ivanov, mudofaa vaziri I. D. Sergeev, yoqilg'i va energetika vaziri S. A. Generalov, tabiat resurslari vaziri V. P. Orlov, federatsiya va millatlar bo'yicha vazir A. V. Bloxin, Rossiya chegara xizmati boshlig'i K. F.Troitskiy, tashqi ishlar vazirining o'rinbosarlari G. E. Mamedov, G. B. Karasin, transport vaziri S. O. Franka va boshqa ko'plab rahbarlarni keltirish mumkin67.

O'z navbatida Eron tomonidan milliy xavfsizlik kengashi sekratari X. Ruhoniy, Tashqi ishlar vaziri K. Xorroziy, atom energetikasi tashkiloti rahbari G.Og'ozoda, ichki ishlar vaziri A. Musaviy-Luriy, metallurgiya va tog' sanoati vaziri E.Jahongariy, energetika vaziri X. Biytaraf, madaniyat va oliy ta'lim vaziri M. Moin, shahar va uy-joy qurilish vaziri A. Alizoda, Eron milliy banki rahbari M. Nurbaxsh va Eron davlat boshqaruvidagi ko'plab rahbar shaxslarni aytib o'tish mumkin.

Bu tashriflar Eron va Rossiya o'rtasida turli sohalarda aloqalar rivojlanib borayotganligini ko'rsatib turibdi. Ikki davlat o'rtasida nafaqat bunday oliy davlat rahbarlarining rasmiy tashriflari, muloqotlari uyushtirilmoqda, balki har ikki davlatda o'tkazilayotgan "doira stol"lari, yig'inlar, anjumanlar va uchrashuvlar ham siyosiy muzokaralarning qay darajada rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bu boradagi muhim uchrashuvlardan biri 1999-yili 18-21-fevralda Tehronda o'tkazilgan 5-doira stoli hisoblanadi. Unda Rossiyaning Tehrondagi elchisi A.Shuvalov so'zga chiqib, Xotamiyning taraqqiyot masalasidagi tashabbuskorligiga va Eron Islom Respublikasining xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etishdagi siyosatiga ishora qilib, uning siyosati va tashabbuskorligi Rossiya tomonidan to'la qo'llab-quvvatlanishini e'lon qildi. Xuddi shunday majlislardan yana biri MDH davlatlari yig'ilishida Eronnning bu masaladagi vakili Morodiyning "Eron va Rossiyaning Kaspiy dengizidagi hamkorlik istiqbollari" mavzusida bo'lib o'tdi va unda har ikki mamlakat uchun Kaspiy dengizining roli va ahamiyati muhokama qilindi. Muhokamada asosan Kaspiy mintaqasi mamlaktlaridagi energetik boyliklarni ekspluatatsiya qilish konsorsiumini tuzish, nomintaqaviy davlatlarning bu mintaqa masalalarini hal etishdagi ishtirokini cheklash va mintqaviy birlashish zarurligini rasmiy tasdiqlash kabi masalalarni qamrab olgan edi.68

Eron-Rossiya o'rtasidagi parlamentlararo aloqalar ham keng miqyosda rivojlanib bormoqda. 2001-yil 29-31-yanvar kunlari Eronga Rossiya Davlat Dumasi raisi o'rinbosari V. V. Jirinovskiy delegatsiya tashrif buyurdi. 2001-yil fevralda esa Rossiyada Eron Majlisining xalqaro ishlar bo'yicha komissiya a'zolari mehmon bo'ldi. Bu o'rinda Eron Majlisi spikeri Mexdi Karrubiyning ham Rossiyaga tashrifini aytib o'tishimiz mumkin. 2001-yil 1-4-fevral kunlari Tehronda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari A. P. Losyukov ishtirokida ikki tomonlama va xalqaro muammolarga bag'ishlangan Eron-Rossiya konsultatsiysi bo'lib o'tdi69.

Bundan tashqari, Rossiya tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bilan 2002-yil 26-27-fevral kunlari Moskvada "Kaspiy: huquqiy muammolar" mavzuida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiyada Kaspiybo'yi davlatlari Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Qozog'istonning rasmiy vakillari, shuningdek AQSh davlatidan hamda boshqa xalqaro tashkilotlar va neft-gaz kompaniyalardan vakillar ishtirok etdi. Ishtirokchilar kaspiyda huquqiy vakuum bo'lmasligiga va uning huquqiy rejimini 1921 va 1940-yillardagi sovet-eron shartnomalari asosida aniqlab olishga kelishib olishdi. Rossiya-Eron siyosiy aloqalarining tobora rivoj topib borayotganligini imzolanayotgan bir qator shartnomalar asosida ko'rishimiz mumkin. Masalan, 2000-yil 16-iyunda fuqarolar va jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam hamda huquqiy aloqalarni rivojlantirish to'g'risidagi hujjatga ikki tomon qo'l qo'ydi. 2000-yil iyulda esa Rossiya Federatsiyasi Federal kengashi Eron Islom Respublikasi va Rossiya o'rtasida tuzilgan ikki tomonlama soliqlarni bekor qilish to'g'risidagi shartnomaga roziligini bildirdi.

Eron-Rossiya o'rtasidagi siyosiy muzokaralarga asos bo'luvchi omil bu - strategik hamkorlikdir. Ikkala davlatning strategik manfaatlari o'xshashligi - har ikkisi ham mintaqadagi mintaqaviy xavfsizlik, chegaralar daxlsizligi va yaxshi qo'shnichilik aloqalarini o'rnatishdan manfaatdor edilar. Bu manfaatdorlik asosan Kaspiy mintaqasidagi nomintaqaviy davlatlar ta'siriga qarshi turishda yaqqol ko'zga tashlanadi. Shu bilan birga strategik hamkorlikni asosini tashkil etuvchi xavfsizlik masalasi ham dolzarbdir. Bu masala ikki davlat o'rtasida Markaziy Osiyo va Kavkazorti hududlarida narkobiznesga qarshi kurash olib borishdan iboratdir. Buning amaliy ahamiyati sifatida 2000-yil may oyida "6+2" guruhi a'zolarining Venada bo'lib o'tgan uchrashuvini aytish mumkin. Eron va Rossiya bu guruh takibida bo'lganligi holda Afg'oniston masalasida o'z pozitsiyalarini e'lon qilishdi.

2000-yili Moskvada bo'lib o'tgan strategik barqarorlik masalalari bo'yicha Rossiya-Eron konsultatsiyasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. Unda tomonlar global xarakterdagi masalalarga asosiy e'tiborni qaratdilar. Shuningdek har ikki davlat ham Eronning "Tamaddunlar muloqoti" va Rossiyaning "XXI asr tinchlik konsepsiyasi" asosida rivojlanishini ta'kidladilar. Shu asosda Eron va Rossiya o'rtasidagi munosabatlar xususan, siyosiy va strategik sohalarda tobora faollashib bormoqda.

Xulosa qilib aytganda, Muhammad Xotamiyning "Tamaddunlar muloqoti" konsepsiyasi Eronni nafaqat ichki siyosiy ahvolini yaxshiladi, balki tashqi siyosatda ham uzoq vaqt davom etib kelgan "yopiq eshiklar"ni ochishda va bir paytlar umuman munosabatlar uzilib ketgan G'arb bilan aloqalarni qayta ko'rib chiqishga hamda zamonaviy davrda tom ma'nodagi "taraqqiyotlar muloqotini" amalga oshirish imkonini berdi. Bu esa o'z navbatida Rossiya bilan munosabatlar borasida ham o'z ahamiyatini ko'rsatdi. Ikki davlat tashqi siyosiy munosabatlarida mushtarak bo'lgan manfaatlar, jumladan Kaspiy dengizi va bu mintaqada boshqa davlatlarning aralashuvini cheklash, o'z ta'sir doiralarini kuchaytirish kabi masalalarda ushbu konsepsiya doirasida o'z siyosatlarini olib bordilar. Bu siyosat nafaqat geostrategik maqsadda, balki ikki tomonlama madaniy, ilmiy-texnik va harbiy-energetik sohalardagi hamkorliklarda ham o'z aksini topgan70.

Bunga qo’shimcha tarzda shuni aytish mumkinki, Muhammad Xotamiyning "Tamaddunlar muloqoti" konsepsiyasi nafaqat g’arb davlatlari va Rossiya bilan munosabatlarni keng yo’lga qo’yishga qaratilgan, balki Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O’zbekiston bilan ham hamkorlikni rivojlantirishida muhim rol o’ynadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov taklifiga binoan 2002-yil 26-29-aprel kunlari Muhammad Xotamiy yurtimizda rasmiy tashrif bilan bo’ldi. Bundan oldin Prezidentimiz I. A. Karimov 2000-yil 9-12-iyun kunlari Tehronda bo’lib o’tgan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar boshliqlarining 6-sessiyasi doirasida janob Xotamiy bilan uchrashib, suhbat qurgan edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov Eron televideniyasiga bergan intervyusida Xotamiy haqida jumladan shunday deydi:”U Sharq va G’arb madaniyatlari o’rtasida muloqot vujudga keltirish tarafdori. Urush o’rniga tinchlikni taklif qilmoqda. O’zaro nizolar va to’qnashuvlar o’rniga bir-birini boyitish, bir-biri bilan yaqindan tanishish u aytayotgan "Tamaddunlar muloqoti"ni asosini tashkil etadi. Bugun u biln uzoq suhbat qurib, uning tarqqiyparvar inson ekanligiga yana bir bor amin bo’ldim”.

Ko’rinib turibdiki, Xotamiy olib borgan "Tamaddunlar muloqoti" doirasidagi aloqalar nafaqat Rossiya bilan, balki Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O’zbekiston bilan ham hamkorlikni rivojlantirishida muhim rol o’ynagan.
II.3.Harbiy, energetik va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash

masalalarida ikki tomonlama hamkorlik asoslari
Eron va Rossiya davlatlari o‘rtasidagi harbiy va energetika sohasida bir-biriga ko‘maklashish tizimi tarixan turli ko‘rinishlarda bo‘lgan. Avvalo, ikki davlatning bu sohadagi aloqalariga tarixan yondoshadigan bo‘lsak, Eronda monarxiya tuzumi davomida mamlakat o‘z qurollari bo‘yicha Angliya va AQShga bog‘liq bo‘lgan. Ammo 1979-yilgi inqilob davrida Tehrondagi AQSh elchixonasining qo‘lga olinishi sababli Qo‘shma Shtatlarning barcha qurol-yarog‘ savdolari Eronga nisbatan to‘xtatilishiga olib keldi. Ko'p o'tmay, 1980 yilda Eronning ayrim hududlari Iroq tomondan bosib olingan va bu qonli urush yetti yil davom etgan. Natijada Eronning katta miqdorda harbiy mol-mulki yo‘qotildi va o‘zlashtirildi hamda bu Eronning sezilarli darajada kuchsizlanishiga olib keldi.

1989 yilda Eron mamlakatni qayta tiklash dasturini ishlab chiqdi, bundan maqsad o‘zini qayta o‘nglash hamda xarob bo‘lgan qurolli-kuchlarni qayta shakllantirish va o‘zini mintaqaviy harbiy yetakchi kuchga aylantirishdan iborat edi. Bu harbiy istaklar ro‘yxati quyidagilarni o‘zichiga olardi. Bular:



  • 100-200 ta jangchi samolyotlar;

  • 1000-2000 ta zirxli texnikalar;

  • Bir necha suv osti kemalari;

  • O‘n ikki dyumli yoki snaryadli qayiqlar.71

Eron uchun mazkur harbiy qayta tiklanish milliy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti hisoblanardi. Buni Sobiq Ittifoq rahbariyati yaxshi anglardi. Sobiq Ittifoqda o‘sha davr hokimiyatning ichki o‘zgarishlariga qaramay, Rossiya hukumati o‘z manfaatini o‘ylab Eron bilan shartnomalar rejasini hamda uning strukturasini tuzishga qaror qiladi. Ular vaziyatdan foydalanib Eronga “Harbiy kelishuvlar” ( نظامى قراردادهاى ) tavsiyalari bilan chiqishadi. Unga javoban, birinchi muhim qurol-yarog‘ to‘g‘risidagi kelishuv 1989-yil iyunda Eron vakili H. Rafsanjonining Moskvaga tashrifi bilan yakun topadi. Bu kelishuvdan so‘ng ushbu sohadagi aloqalar yangi bosqichlardan o‘ta boshlaydi. Eron va Rossiya o‘rtasidagi yadro doirasidagi hamkorlik va aloqalari ham jadallashadi, bu vaziyat Gorbachyov davrida Eron Prezidenti Hoshimiy Rasanjoniyning Sobiq Ittifoqqa tashrifi bilan boshlangan. Ushbu muzokaralar tashrifi paytida 1992-yilning 24- avgustida 15 yil muddatga ikki mamlakat hamkorligida yadro energiyasidan do‘stona foydalanish to‘g‘risida bitim imzolandi. Ushbu bitim imzolangan kunning ertasiga, 1992-yilning 25-avgustida Rossiya atom energetikasi vazirligi va Eron atomenergiyasi tashkiloti o‘rtasida Eronda atomelektrstansiyasi qurilish to‘g‘risidagi hamkorlik bitimi imzolandi. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, 1992-yilning 24-avgustidagi bitimni bajarilishiga mas’ul etib Erondan - Eron atomenergiyasi tashkiloti va Rossiyadan esa - o‘sha vaqtdagi RFning Atomenergetikasi vazirligi tayinlanadi.

1995-yil yanvar oyida rasmiy Tehron va Moskva o'rtasida umumiy qiymati 800 million dollarga teng bo'lgan Bushir atom elektr stansiyasini qurish bo'yicha shartnoma imzolandi. Aslida Bushir atom elektr stansiyasini qurish bo'yicha loyiha bundan ancha avvalroq, ya'ni 1974-yili nemis firmalaridan biri yordamida boshlangan bo'lishiga qaramay, 1977-yili Islom inqilobi voqealarining boshlanib ketishi tufayli to'xtatib qo'yilgan edi. Bu ham yetmaganidek, Eron-Iroq urushi paytida Bushir AESiga iroqliklar ko'plab havo hujumlari uyushtirishga ham muvaffaq bo'lishgan. Iroq harbiy samolyotining 1984-yil 24-martda uyushtirgan dastlabki hujumi natijasida Bushir AESiga katta zarar yekaziladi. Shu tarzda 1985, 1986, 1987 va 1988-yillardagi Iroq harbiy havo kuchlari tomonidan o'qqa tutilgan stansiya juda katta talofat ko'radi. Natijada Eron atom energiya ishlab chiqarish markazi bo'lgan stansiyani tiklash uchun texnik yordam so'rab xorijga murojaat qiladi72. Eron va Rossiya o'rtasidagi o'zaro kelishuv natijasida 1995-yili Bushir atom stansiyasini qayta tiklash ishlari boshlandi. 2000-yilning yanvar oyida stansiya qurilishida ishtirok etayotgan mutaxasislaridan birining bergan ma'lumotiga qaraganda, qurilishning 100 million dollarlik qismi, ya'ni qariyb 40%i qurib bitkazilgan bo'lib, 2003-yil may oyigacha obyekt qurilishi nihoyasiga yetkazilishiga tomonlar umid qilayotganligi ta'kidlandi. Lekin Bushir shartnomasi imzolangandan boshlab stansiya qurilishining to'xtatilishi yoki bu loyihaning amalga oshirilishiga turli yo'llar bilan xalal berishga intilayotgan rasmiy Vashingtonning "oqilona" siyosati tufayli AES qurilishi 2011-yilgacha, ya'ni u ishga tushirilgunga qadar to'xtab-to'xtab davom etdi.

Rasmiy Vashingtonning bosimi ostida Xitoy va Ukraina hukumati o'zining yadro borasidagi kelishuvini to'xtatishga majbur bo'ldi. Chunki Ukraina hukumati 1997-yili Rossiya bilan Bushir AESni qurishda ishlatiladigan, har biri 45 million dollarga baholanadigan turbinalarni sotish borasidagi kelishuvni imzolagan edi. Bunday manfaatli kelishuvdan voz kechganligining "mukofoti" sifatida AQSh Ukrainaning 30 yilga mo'ljallangan atom elektr stansiyasini barpo etish bo'yicha dasturini amalga oshirishda yordam berishga va'da berdi. Bundan tashqari Klinton hukumati Ukrainaga o'z sun'iy yo'ldoshini uchirish huququni ham taqdim qilgan edi.

1997-yil oktyabr oyida bo'lib o'tgan Xitoy va AQSh davlat rahbarlarining o'zaro uchrashuvlarida kun tartibiga qo'yilgan masala ham, aynan Xitoyning Eron bilan yadro hamkorligi masalasiga qaratilgan edi. Vashingtonga tashrif buyurgan Djang Ze Mindan AQSh hukumati Xitoyning "antikorabl" raketalarni Eronga sotishni to'xtatishi haqida yozma bayonot olishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari Xitoy hukumati Eron bilan hech qanday yadroviy hamkorlikni yo'lga qo'ymaslikka va'da berdi73.

Bushir AESni barpo etishda Eronga xom-ashyo yetkazib berayotgan Ukraina va Xitoyning "o'yin"dan chiqishi, AESni asosiy tashkilotchisi bo'lgan Rossiyani unchalik ham tashvishga solmadi. Shunga qaramasdan Eronga harbiy texnologiyalarni sotishni to'xtatishi evaziga AQSh Rossiyaga uning xorijiy sun'iy yo'ldoshlarni orbitaga chiqarish texnologiyasini yanada rivojlantirishga doir 60 milllon dollarlik yangi shartnomani taklif etdi. Vashingtonning bunday qarshiligiga qaramasdan Rossiya rasmiy Tehron bilan yadroviy hamkorlikni to'xtatmadi. 1999-yil iyun oyida esa orbitadagi sun'iy yo'ldosh bilan bog'liq rus firmalari va ilmiy-tadqiqot olib boruvchi markazlardan yettitasi AQSh hukumati tomonidan jarimaga tortiladi. Rasmiy Vashingtonning ta'kidlashicha, ular Eronga ballistik raketalarga egalik qilish bo'yicha "maxsus" dasturni amalga oshirishda yordam bergan. O'sha paytdagi Rossiya atom energetika vaziri bo'lgan Viktor Mixaylovning ta'kidlashicha, AQShning Rossiya va Eron munosabatlarini cheklashga qaratilgan bosimiga qaramasdan, Rossiya Bushir shahridagi kuchlanishi 40 megavattga teng bo'lgan atom elektr stansiyasi qurilishini to'xtatmaydi. U yana shunday deb ta'kidlab o'tgan edi: " Rossiya atom energetika vazirligining taklifiga binoan 20-40 nafar eronlik mutaxasisning atom energetikasi sohasida malakasini oshirish uchun Rossiyaga kelganligini amerikalik tanqidchilar to'xtovsiz gapirishmoqda, vaholanki bu paytga kelib minglab eronlik mutaxasislar AQSh va Evropada yurib bu borada o'z bilimlarini oshirayotganligini hech kim esga olgisi kelmaydi"[3].

Bu paytga kelib Tehron gazetalaridan biri Bushir AESni barpo etish uchun injener va mutaxasislarni Rossiyaga maxsus kurslarni o'qish va malaka oshirish uchun yuborilayotganligi haqida xabar beradi. Eron atom energetika tashkiloti esa fizika, yadro fizikasi, mexanik injeneriya va kompyuter mexanikasi bo'yicha 225 nafar tajribali mutaxasisga muhtoj ekanligini ma'lum qildi. Shunga muvofiq 1999-yil fevral oyida 40 nafar eronlik mutaxasislar Moskvadan 500 km janubda joylashgan Novovorojens atom elektr stansiyasi qoshidagi o'quv markaziga yuborildi. Lekin baribir AQShning bosimi ostida Rossiya Oliy ta'lim vazirligi Boltiq oblastidagi texnika universitetida ta'lim olayotgan bir guruh eronlik talabalar o'qishini to'xtatib qo'yishga majbur bo'ldi.

1998-yil 12-14-noyabrda Eronga tashrif buyurgan Rossiya atom energetikasi vaziri Evgeniy Adamov rasmiy Tehron bilan amalga oshirilayotgan yadro dasturini zararsiz ekanligini ta'kidlab o'tdi74. Uning fikricha, ikki davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar to'laligicha xalqaro kelishuvlarga muvofiq bo'lib, yadro masalasidagi ikki tomonlama harakatlar xalqaro shartnomalarda aks ettirilgan huquqlar doirasidagina amalga oshirilayotgani va hatto AQSh ham o'z vaqtida Eronda uranni 93%li to'yintirish bo'yicha ilmiy-tadqiqod markazini barpo etganligini o'z so'zlarini tasdig'i sifatida keltirib o'tadi.

1998-1999-yillarda Rossiyaga malaka oshirish uchun yuborilgan eronlik mutaxasislar va Bushirdagi AES qurilishida ishtirok etayotgan rus injinerlarining soni haqida turli ma'lumotlar mavjud edi. 1999-yil qishda Rossiya atom energetikasi vazirligining e'lon qilishiga qaraganda, maxsus kurslarni o'qish bo'yicha Rossiyaga yana bir necha yuz nafar eronlik mutaxasislarning kelishi ta'kidlangan. Bundan tashqari, vazirlik tarqatgan ma'lumotda keltirilishicha, 2001-yilga qadar Rossiya Eronda umumiy qiymati 4 milliard dollarga teng bo'lgan yana uchta elektrostansiyani qurib bitkazishni rejalashtirayotganligi ma'lum bo'ldi.



1999-yil yanvar oyida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Igor Ivanov Eron bilan olib borilayotgan harbiy hamkorlik har qanday to'siqqa qaramasdan davom etajagini qat'iy ta'kidladi. 2000-yil 30-iyunda Eronga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya delegatsiyasining oliy harbiy delegati general Leonid Ivashev ikki mamalakat o'rtasidagi harbiy va yadroviy hamkorlik xalqaro xavfsizlik masalasida terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurash maqsadida amalga oshirilayotganligini ta'kidlab o'tgan. Shunga qaramasdan rasmiy Vashingtonning turli yo'llar bilan ikki davlat o'rtasidagi yadroviy hamkorlikka rahna solishi tufayli 2000-yillardan so'ng Bushir AESni qurilishida ayrim to'xtalishlar yuzaga keldi, chunki Eronning atom elektr stansiyasini qurish bo'yicha harakatlarini AQSh hukumati "uranni to'yintirish va yadro quroliga egalik qilish" degan gumon ostida rasmiy Vashingtonning qistovi bilan xalqaro Atom energetikasi tashkiloti bu hududda qidiruv ishlarini olib bordi. Bu paytga kelib Rossiya Bushir AESi qurilishini "qadamma qadam" amalga oshirish siyosatini tuta boshladi. Ya'ni AQSh va Evropa davlatlari tomonidan Eronga qo'yilgan embargolar va xalqaro Atom energetikasi tashkilotining "yadro quroli"ni qidirish bo'yicha olib borgan ishlari bir yoqli bo'lgunga qadar AES qurilishi to'xtatib turildi75. 2005-yili Mahmud Ahmadiy Najod Eron prezidenti etib saylangach, uning hukumati Rossiyaning Bushir AESni barpo etishdagi hamkorlikda qo'llayotgan "qadamma qadam" siyosatini ijobiy qabul qilishligini keng jamoatchilikka ma'lum qildi. Buning mohiyati shu ediki, Eron va Rossiya o'z hatti-harakatlarini xalqaro maydondagi ularga nisbatan bo'layotgan bosim va ta'sirlarga biroz yon bergandek tutgan holda, o'zaro yadroviy hamkorlikni davom ettirish va AES qurilishini nihoyasiga yetkazishdan iborat edi. Ammo bu jarayonga nisbatan Eronning o'zida turli ommaviy axborot vositalari va oppozitsion guruhlar tomonadan toshlar otila boshladi. Majlisdagi (Eron parlament) Islom Kengashining tashqi siyosat va milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha yetakchi a'zolaridan biri Xishmatulloh Faloxatpishening Erondagi radikal gazetalardan biri " Risolat"da yozgan maqolasida jumladan shunday deyiladi: "Agar Eronga nisbatan qo'llanilayotgan sanksiyaning to'rtinchi bandiga e'tibor beradigan bo'lsak, Xavfsizlik Kengashi Eronga qarshi ekanligi ma'lum bo'ladi. Uning a'zosi sifatida Rossiyaning ham sanksiya bandlariga rozi ekanligi ko'rinib qoladi. Bunga yaqol misol sifatida Rossiya qariyb 11 yildan beri Bushir AESni ishga tushirilishini ortga surib kelayotganligini keltirsh mumkin". Unchalik radikal bo'lmagan Tehronning mashhur gazetalaridan biri "Siyosate ruz"ning yozishicha, Eron Tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solehiy 2010-yil 17-19-avgust kunlari Moskvaga qilgan tashrifi chog'ida, Bushir AESni barpo etishdagi Rossiyaning "qadamma qadam" siyosati Eronni yadro dasturini amalga oshirishdagi eng so'ngi va ishonchli reja ekanligini ta'kidlagan76. Umuman olganda, Rossiyaning Bushir AESi qurilishi ishlarini nihoyasiga yetkazmayotganligi Eron matbuot xizmati va ommaviy axborot vositalari tomonidan allaqachon tanqid qilina boshlagan edi. Chunki Tehronning "Hamshahriy" gazetasida 1999-yil 8-yanvarda e'lon qilingan maqolalardan birida jumladan shunday deyiladi:"Agar Bushir AESni qurish ishlari Rossiyadan boshqa biror-bir g'arb davlati bilan yo'lga qo'yilganda edi, ish allaqachon "o'xshagan" bo'lardi". Lekin o'sha payti Eron bilan bunday tahlikali shartnomani imzolashga hech bir g'arb davlati rozi bo'lmasdi.

1992-yil 25-avgustda Tehron va Moskva 800 millionga Busherda ikkita yadroviy reaktor qurish bo‘yicha shartnoma imzolanishi bilan avj oldi.77Bu bitim doirasida 1995-yilda Eronning janubida Busher atomelektrstansiyasi qurilishi tugallanishi shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnomaga muvofiq Rossiyaning “Xorijiy atom qurilish” (Zarubejnoe atomnoe stroitelstvo) tashkiloti qurilish bo‘yicha pudratchi etib tayinlanadi, keyinchalik ushbu tashkilot «Atomqurilisheksport» (ساختاراتمىصادرات) nomigao‘zgartirilgan. Kelishmovchiliklar sukunatidan so‘ng 1998-yilda shartnomaga qo‘shimcha imzolanadi. Qo‘shimchaga binoan qurilish ishlarini «Atomqurilisheksport» (ساختاراتمىصادرات)ga topshiradi va bu faoliyatni bajarishda “kalitosti” ( كليتتحت) sharti ko‘zda tutilgandi78.

Eron va Rossiya munosabatlarida eng muhim omil bu Eronning yadroviy dasturi sanalsa ajab emas. Ikki tomonlama hamkorlikni atom energiyasidan do‘stona foydalanish, mazkur shartnomaning imzolanishi bilan 1992-yilda boshlangan. Shuningdek, aytish mumkinki, Eron O'rta Sharq mintaqasidagi Rossiyaning harbiy sohadagi eng katta hamkorlaridan biridir. 1989-yildagi tashrifdan so‘ng 1995-yilgacha harbiy va energetik xavfsizlik sohasida Rossiya-Eron aloqalari juda shiddat bilan ketayotgan edi, 1995-yildan 1997-yilgacha bu mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy, texnikaviy aloqalarning sukunat girdobiga tortoilishiga olib keladi. Bu vaziyatni olimlar turlicha yoritadi. Ayrimlari 1995- yil Qo‘shma Shtatlar bosimi ostida Rossiya-Eron munosabatlari to‘xtab qoldi79deyishsa, boshqa bir tarixchilarning fikricha“harbiy kelishuvlar” (ya’ni 1992-yildagi) bitim moddalarini H.Rafsanjoniy tarafidan buzilganligini sabab bo‘lganligini aytib o‘tadi. Biroz sukunat davri tugallanganidan so‘ng aloqolar keyingi qadamlarini qo‘ya boshladi. Bu holat 1997-yilda Gore-Chernomordin kelishuvi (shartnoma)ni yo‘qqa chiqargan holatda Rossiya hamda Eron rasmiylari yangi munosabatlarni muhokama qilish uchun qayta uchrashishdi. Bu shartnoma quyidagi og‘ir qurollarni Eronga jo‘natishni ko‘zda tutadi:


  • VMR-2- 413(ARS turlari);

  • SP artilleriyasi- Noaniq raqamli;

  • SU-24- 12;

  • MTG-29- 24;

  • “Kilo Class” suv osti kemalari va boshqalar.

  • T-72 tanklari- 422;

  • SU-25 Hujum samolyotlari- 8

  • Mi 17 Transport vertolyotlari- 25

  • Noaniq nomerliT-72 MVT

  • SA-10 SA-12 SAMning bir necha batalonlari

  • Havo kuzatuvchi radarlar.80

2000-yil yanvar oyining boshlanishida 5ta Mi-17 transport vertolyotlari Eronga jo‘natila boshladi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, 2000-2001- yillarda Eron himoya byudjeti o‘tgan yillarga nisbatan 50%ga oshdi va iqtisodiy holati yaxshilandi.

Bu o‘sishda eng muhim voqea 2000- yil dekabridagi Rossiya Mudofaa vaziri Igor Sergeyevning tashrifi bo‘ldi desak xato qilmaymiz, chunki 1979- yildagi Eron islom inqilobidan beri bunday o‘sish kuzatilmagan edi. U e’lon qildiki, ya’ni Eron va Rossiya o‘rtasida yangi harbiy va texnikaviy davr shartnomasi tuzildi81.

Natijada nisbatan munosabatlar ijobiy tomonga o‘zgara boshladi. Bugungi kunda Eron va Rossiya harbiy-texnikaviy hamkorligini faol rivojlantirib borishmoqda.

2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so‘ng 10 kundan keyin Moskva Eron bilan 7 mlrd. dollar harbiy shartnoma imzoladi. Bu o‘sha davrdagi o‘ta ajoyib harbiy bitim hisoblangan, sababi dunyo gegemonlaridan hisoblangan davlatlarda vaziyat o‘zgarish jarayoni bo‘layotgan bir paytda, bu ko‘rsatkich yuqoriligi deyishsa, ikkinchi taraf tahlilchilari AQSh hukumatiga nisbatan ochiqdan-ochiq adovat-husumatidan darak berishini ta'kidladilar. 2003- yil AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya ekspertlari Eronda ballistik raketalarni rivojlantirishda yordam bermoqda82. Bu aloqalarni mintaqada AQSh yakkahukmronligiga qarshi olib borilayotgan faoliyat sifatidaba holash mumkin. Aynan mazkur omil Rossiyaning AQSh tarafdori bo‘lgan Isroil bilan munosabatlariga salbiy ta’sir etib, AQShning Eronga nisbatan harbiy bosimi ta’sirini kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. 1992-yilgi shartnomalarda yopiq holatda Rossiyaning manfaati AQShga nisbatan qo‘llanilganligini taxmin qilishadi83.

Qurol bozorida Rossiya o‘z mollarini yoyib, iqtisodiy ta’minotini to‘ldirishga harakat qilishni bayon qiladi. Bu borada shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Rossiya-Eron energetik sohasi ham dunyo tarixchilarining qiziqishlariga sabab bo‘ladi. Sababi bu sohada Eronning juda ehtiyotkorlik va ayyorona harakatlari bo‘lsa ajab emas. Ular Eron tarixida qilingan xatolarni qaytarilmasligi, ya’ni M. Masoddiq hukumati davridagidek chet el investorlarini o‘z yurtlariga kirib olib xaddidan oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka bel bog‘lashgan bo‘lsa ajab emas. Bu fikrimizni dalili Eron Islom Respublikasini Konstitutsiyasida mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya'ni, Eron Islom Respublikasining asosiy qonunining 81-moddasida “Shirkatlarni tashkil etish, savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qazilma boyliklari va xizmat ko‘rsatish muassasalarini barpo qilishda chet elliklarga imtiyoz berish mutlaqo ma’n etiladi”84. Mana shu voqealar asosida, qonunlarga amal qilgan holatda ikki mamlakatning energetik sohada aloqalari yaxshiligini ko‘rishimiz mumkin: Energetik sohada Rossiya Eronning dunyodagi 2-o‘rinda turadigan manfaatli hamkori hisoblaniladi85.

2002-yildagi Eron Islom Republikasi neft vazirining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi va uning Rossiya davlat arboblari va neft-gaz kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi, so‘ngra 2003-yilda Rossiya energetika vazirining Eronga safari va ular tomondan olib borilgan muzokaralar ikki mamlakatni neft-gaz kompaniyalarining tegishli loyihalarda faol ishtirok etishiga kerakli shart-sharoitlar yaratdi.

Neft va gaz qazib olish va yetkazib berish sohasiga hamda ushbu mahsulot turlariga baho belgilash mexanizmini aniqlashdagi ikki tomonlama hamkorlikka kelsak, bu borada Eron va Rossiya OPEK va gaz eksport qiluvchi mamlakatlar bilan hamkorlik muhimligini doimo ta’kidlab kelgan. Chunki Rossiya va Eron dunyoda eng ko‘p tabiiy gaz zaxirasiga ega bo‘lgan davlatlardn hisoblnib, ularning siyosatini moslashuvi bu sohada muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan Eron neft vazirligi gaz eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti tuzishni taklif etadi.

EIR va RF o‘rtasidagi hamkorlik loyihalaridan biri bu Tabasda ko‘mir issiqlik elektrstansiyasi qurilishiga texnik-iqtisodiy asos tayyorgarligi bo‘lgan va Eron ushbu tenderda Rossiyani ishtirok etishini xohlagandi. Eron va Rossiya energo tizimlarini Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston orqali sinxronizatsiyasiga kelsak, 2003-yilning noyabr oyida Moskvada elektroenergetika bo‘yicha Eron kompaniyasi Tavanir va RF hamda Ozarbayjon Respublikalarining tegishli tashkilotlari ishtiroki bilan ishchi guruhlarning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda protokol qabul qilindi, ushbu protokolga binoan 2006-yildan boshlab Ozarbayjon orqali Eron va Rossiya o‘rtasida 300 megavattli elektrenergiyasi almashish imkoniyatini berdi.

Bundan tashqari Eron tarafi 2006-yildan Rossiyadan 1 mingmegavatt sotib olish qiziqishini bildirdi. Ishchi guruhlarning ikkinchi yig‘ilishi bir yildan so‘ng Tehronda bo‘lib o‘tdi. Rossiya Fedaral harbiy va texnikaviy hamkorlik xizmati direktori o‘rinbosari A.Denisov 2005-yil bo’lib o’tagan uhbu uchrashuvda jurnlistlarga bergan bayonotida jumladan shunday deydi:“Eng avval, biz milliy manfaatlarimizni hisobga olishimiz kerak. Suriya biz uchun 80% sovet qurollari harid qobilyatiga ega bozor. Eron ham bu borada huddi shunday”86. Bu boradagi fikrlar amerikalik analitiklar fikrini noto‘g‘ri ekanligiga ishora qiladi. Rossiya hukumati shunga o‘xshash fikrlarni noo‘rin ekanligini isbotlashga harakat qilib, avvalgilarga nisbatan yanada Eron qurol bozorida Rossiya mahsulotlarini oshirishga harakat qiladi. 2005-yil Rossiya Eron bilan 12 turdagi harbiy qurollar yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish borasida shartnomalar imzoladi. Rus tahlilchisi A.Piontkovskiy fikricha, 2006-yil martda Rossiyaning Eronga TorM1, 9M330 turkimidagi 16 zenit raketa havo mudofaa tizimini sotishi Isroilni Eron yadroviy ob’ektlariga hujum ehtimolini to‘xtatib qoldi87. Masalan, 2005-yil dekabrda Eron hukumati Rossiya bilan Busherdagi yadroviy reaktorlarni himoya qilish borasida TorM1 29 ta raketa himoya tizimini o‘rnatdi. Shuningdek, 2006-yil Rosoboroneksport Eronga 700 mln.dollarlik havo mudofaa va raketalar sistemalarini yetkazib berdi. 2008-yil 7-fevralda Eron poytaxtida o‘zaro maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

Rossiya Federtiyasi qurolli kuchlariga o‘zinnig texnikalarani tashkil qilib Su-27, MiG-29, Il-76 samolyotlari, PVOTOR sistemalari kabi bir qator g‘arb texnikasiga almashtirib, Eron bilan munosabatlarda g‘arb davlatlarining roziligidan juda ham muvaffaqiyatli foydalanmoqda.

Eron yadro dasturi Rossiya va AQSh munosabatlarida muammoli masala hisoblanadi. Rossiya Eron bilan shartnomalarini xalqaro sanksiyalardan turli yo’llar bilan himoya qilib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Eron-Rossiya harbiy va energetik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorligi XX asrning 90-yillarida ajoyib ko‘rsatkichlar bilan boshlanganidan darak beradi. So‘nggi yillarda boshlangan Eron va Rossiya o‘rtasidagi harbiy va energetik sohalardagi aloqalari izchil olib borilmoqda. Rossiyaning O’rta Sharqdagi bosh harbiy hamkori sifatida Eronni tan olishi va mamlakatning iqtisodiy salohiyatini yuksalishida Rossiya ta’sirining ortishi ikki mamlakat hamkorligining mustahkamlanib borayotganligini bildiradi.

Lekin bu boradagi hamkorlik har ikki davlat uchun ham hozirgi global sharoitda katta qiyinchiliklar tug’dirmoqda. Bu o’rinda AQSh ittifoqchiligidagi garb davlatlarining Eron tashqi savdosiga qo’ygan embargosi va AQSh hukumatining Rossiyadan Eronga nisbatan e’lon qilingan sanksiyaga qo’shilishi va uni tasdiqlashini talab etishi va agar bu talab qondirilmagan taqdirda Rossiyaning kosmik sahada faoliyat olib borayotgan kosmik firmalari faoliyati toxtatib qo’yilishi kabi bir qator to’siqlar va “dag’dag’alar”ni misol qilib keltirish mumkin. Shunga qaramasdan davlatlar o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda har qanday sohada, har qanday sharoitda o’zaro aloqalarni saqlab qolish, mustahkamlash va rivojlantirishga harakat qilishmoqda. Bu boradagi aloqalar davlat rahbarlarining o’zaro tashriflari, shartnomaviy bitimlari orqali mustahkamlanib borilayotgani va xalqaro qarshiliklarga qaramasdan Rossiya Eronda Bushir AESning dastlabki qismini ishga tushirganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.

1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə