Viii sinf o‘zbekiston tarixi




Yüklə 0.87 Mb.
səhifə1/12
tarix20.04.2016
ölçüsü0.87 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
VIII – SINF O‘ZBEKISTON TARIXI
I BOB

1. Boburning bolalik va yoshlik yillari qaysi shaharlarda o‘tgan edi?

A) Andijon va Farg‘ona B) Marg‘ilon va Axsi

C) Toshkent va Quva D) Andijon va Axsi

2. Abu Said Mirzo o‘g‘li Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) dastlab qaysi viloyatning hokimi qilib tayinlagan edi?

A) Farg‘ona B) Andijon C) Kobul D) Xo‘jand

3. Bobur Mirzo taxtga chiqqanining dastlabki yillarida yosh bo‘lganligi tufayli qaysi bekning yordamida davlatni boshqargan edi?

A) Uzun Hasan B) Hojiqozi C) Xusravshoh

D) Xoja Abdullo

4. Bobur Mirzo 1497-yil Samarqandni … qamaldan keyin bosib oldi.

A) 7 oylik B) 100 kunlik C) 5 oylik D) 3 oylik

5. Temuriylar o‘rtasida toju taxt uchun kurash davom etayotgan davrda “Hamma bir-biridadan qo‘rqar edi. O‘zlaricha shohlik talab qilib mamlakatda ig‘vo urug‘ini sochardilar” deb, qaysi tarixchi yozgan edi?

A) Gulbadanbegim B) Muhammad Solih

C) Hofiz Kuhakiy D) Bobur

6. Noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

A) 1497-yil Bobur Samarqandda olti oydan ko‘proq hukmronlik qilgan

B) 1496-yil Boysung‘ur Mirzoga qarshi og‘alari Sulton Ali va Sulton Mas’ud Mirzolar yurish qilganlar

C) “Boburnoma” asarida Shayboniyxonning nomi Shaybog‘xon deb berilgan

D) 1431-yil Abulxayrxon Xorazmni egalladi

7. Sirdaryoning yuqori oqimi, Tyanshandan Dnepr daryosining quyi oqimigacha cho‘zilgan hududlar qaysi manbalarda “Dashti Qipchoq”deb yuritilgan?

A) g‘arb manbalarida

B) Xitoy manbalarida

C) arab va fors manbalarida

D) Vizantiya manbalarida

8. Abulxayrxon 1446-yil qaysi hududni egallaydi?

A) Sirdaryoning o‘rta oqimi

B) Sirdaryoning quyi oqimi

C) Xorazm va Darband

D) Amudaryoning chap sohili

9. Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘lib turadigan geografik ob’ektni aniqlang.

A) Qoraqum sahrosi B) Ural daryosi

C) Dnepr daryosi D) Kaspiy dengizi

10. Shayboniyxonning O‘rta Osiyo shaharlarini bosib olishdagi ketma-ketlikni ko‘rsating.

A) Shohruxiya, Farg‘ona, Urganch, Hirot

B) Samarqand, Urganch, Toshkent, Buxoro

C) Farg‘ona, Shohruxiya, Qunduz, Urganch

D) Samarqand, Buxoro, Hirot, Farg‘ona

11. Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etishga kirishganidan 10 yil o‘tib …

A) Shayboniy Eron hukmdori shoh Ismoil bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldi

B) Bobur Samarqandni uchinchi marta qo‘lga kiritdi

C) Shayboniyxon tomonidan Xuroson zabt etib bo‘lindi

D) Bobur Mirzo Kobulga borib, u yerda hokimiyatni qo‘lga kiritdi

12. Saripul qishlog‘i yaqinidagi jangda kimlar to‘qnashgan edi?

A) Ubaydulla Sulton va Bobur

B) Bobur va Shayboniyxon

C) Najmi Soniy va Ubaydulla Sulton

D) Shoh Ismoil va Shayboniyxon

13. Safaviylar davlatining ikkinchi poytaxti qaysi shahar edi?

A) Tabriz B) Marv C) Ray D) Hirot

14. Shoh Ismoil 1510-yil Xurosonni egallagandan so‘ng, bu yerga kimni hukmdor etib tayinlaydi?

A) Tahmaspni B) Boburni C) Xusravshohni

D) Abbosni

15. Islom dinidagi mazhablardan biri shialik qanday ma’noni anglatadi?

A) guruh, tarafdor B) odat, an’ana

C) xatti-harakat D) yumush, ish

16. Bobur Mirzo Samarqandni ikkinchi marta kimning taklifi bilan egallaydi?

A) Zuhrobegim B) shayxulislom Abulmakorim

C) Sulton Mahmud D) Hojiqozi

17. 1500-yil kuzida Bobur Samarqandga kelgach, Shayboniyxon qoldirib ketgan … kishilik askarni qirib tashlaydi.

A) 700 B) 500 C) 800 D) 600

18. 1512-yil cho‘li Malikda Bobur shayboniylardan yengilgach, qayerga chekinadi?

A) Gijduvonga B) Qunduzga C) Hisorga

D) Qarshiga

19. Ma’limki, shoh Ismoil Boburga yordam berish uchun amir Ahmad boshchiligida qo‘shin yuborgan edi. Ular Amudaryodan o‘tib qaysi shaharlarni egallaydi

A) G‘uzor va Qarshi B) Termiz va Chag‘oniyon

C) Hisor va Kesh D) Termiz va Qarshi

20. Dehlida Bobur podshoh nomiga xutba o‘qilgan sanani aniqlang?

A) 1526-yil 21-aprel B) 1527-yil 17-may

C) 1526-yil 27-aprel D) 1527-yil 16-mart

21. Bobur vafot etgach, “Bog‘i Orom”ga dafn qilingan edi. U qaysi daryo bo‘yida joylashgan?

A) Gang B) Panj C) Hind D) Jamna

22. ”Boburnoma”asari nechanchi yillar voqealarini o‘z ichiga oladi?

A) 1483-1529-yillar B) 1494-1530-yillar

C) 1490-1526-yillar D) 1493-1529-yillar

23. Bobur Mirzo jang taktikasidagi pistirma qo‘yish uslubini kimlardan o‘zlashtirgan edi?

A) shayboniylardan B) turklardan

C) mo‘g‘ullardan D) afg‘onlardan

24. Quyidagi qaysi shaharda “Bobur va jahon adabiyoti” muzeyi tashkil etilgan?

A) Agrada B) Dehlida C) Andijonda

D) Kobulda

25. Boburning “Mubayyin” asarida … bayon etilgan?

A) jang taktikalari va uslublari

B) se’riy janrlar va vaznlar

C) o‘sha davr harbiy va siyosiy jarayonlari

D) o‘sha davr soliq tizimi va uni yig‘ish qoidalari

26. Abu Said Mirzo Amir Temurning qaysi o‘g‘li avlodi hisoblanadi?

A) Mirzo Jahongir B) Mironshoh Mirzo

C) Umarshayx Mirzo D) Shohrux Mirzo

27. Muhammad Shayboniyxon nechanchi yilda tug‘ilgan?

A) 1451-yil B) 1461-yil C) 1456-yil D) 1449-yil

28. Ma’lumki, Zuhrobegi Shayboniyxonga xat yozib Samarqandni unga topshirishni aytgan edi. Ayni paytda o‘g‘li Sulton Ali Mirzoga ma’lum bir hududlarni berishni Shayboniyxonga shart sifatida qo‘ygan. Ushbu hududlarni aniqlang?

A) Buxoro, Kesh, Qarshi, G‘uzor

B) Hisor, G‘uzor, Nasaf, Kattaqo‘rg‘on

C) Termiz, Chag‘oniyon, Hisor, Badaxshon

D) Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Shohruxiya

29. Shoh Ismoil va Shayboniyxon o‘rtasidagi jang qaysi shahar yaqinida ro‘y bergan edi?

A) Balx B) Hirot C) Marv D) Ray

30. “Humoyunnoma” asari muallifining yozishicha, Movarounnahr o‘lkasida chig‘atoy, temuriy va shayboniylar o‘rtasidagi ayovsiz janglar necha yil davom etgan?

A) 25 yil B) 15 yil C) 9 yil D) 11 yil

31. 1504-yil sentabr oyida …

A) Bobur Kobulga borib hokimiyatni egalladi

B) Shayboniyxon Farg‘onani egalladi

C) Shayboniyxon Shohruxiyani egalladi

D) Shayboniyxon Urganchni egalladi

32. Sulton Husayn Boyqaro davrida Xuroson davlatida qanday ishlar amalga oshirildi?

1) xo‘jalik va madaniy hayoti ancha yuksak darajada rivojlandi; 2) mamlakat obodonchiligi yo‘lida katta ishlar amalga oshirildi; 3) Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi; 4) o‘zaro ichki nizolar avj oldi; 5) soliqlar muttasil oshirilib borildi; 6) Yaqin Sharq davlatlariga bosqinchilik urushlari amalga oshirildi.

A) 1, 4, 6 B) 2, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3

33. Shayboniyxon taxtga kelgunga qadar bir nechta hokimlar qo‘l ostida xizmat qilgan edi. U Buxoroda kimning xizmatida bo‘lganligini aniqlang?

A) Qorachabek B) Muhammad Mazid Tarxon

C) Sulton Mahmudxon D) Darvish Muhammad

34. Dashti Qipchoq deb ataluvchi hudud qaysi asrdan boshlab shu nom bilan tilga olina boshlagan?

A) XII asr B) XI asr C) XIV asr D) IX asr

35. Qaysi daryo o‘rta asrlarda Yoyiq deb atalgan edi?

A) Volga B) Ural C) Dnepr D) Dnestr

36. 1494-1495 yillarda Samarqandda hukmronlik qilgan temuriy hukmdorni aniqlang?

A) Sulton Mahmud B) Sulton Ahmad

C) Boysung‘ur Mirzo D) Sulton Ali Mirzo

37. Shayboniyxon bobosi Abulxayrxon tuzgan davlatni qachon qayta tikladi?

A) XV asrning 20-yillarida

B) XV asrning o‘rtalarida

C) XV asrning 80-yillarida

D) XV asrning oxirlarida

38. “Sunniylik” so‘zi arabchada qanday ma’noni anglatadi?

A) an’ana, xatti-harakat B) jang, urush

C) guruh, tarafdor D) haqiqat, adolat

39. Zahiriddin Muhammad Bobur necha yoshida vafot etgan?

A) 34 B) 43 C) 47 D) 51

40. Xuroson davlatida qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelishiga nima sabab bo‘ldi?

A) Sulton Husayn Boyqaroning vafot etishi

B) Abu Saidning vafot etishi

C) Amir Temurning vafot etishi

D) Shayboniyxonning Movarounnahrga hujumi

41. Jo‘ybor shayxlari qaysi sulola hukmronligi davridan boshlab davlat ishlarida muhim lavozimlarni egallab kelgan edi?


A) Temuriylar B) Somoniylar C) Shayboniylar

D) Qoraxoniylar

42. Abdullaxon II nechanchi yilda tug‘ilgan?

A) 1543-yil B) 1556-yil C) 1537-yil D) 1534-yil

43. Pirmuhammadxon va qozoq xoni Tavakkal o‘rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo‘lgan edi?

A) Samarqand yaqinidagi Bog‘i Shamol mavzeida

B) Miyonqolning Uchqora mavzeida

C) Jizzax yonidagi Sangzor darasida

D) Toshkentning Bo‘zsuv daryosi bo‘yida

44. Abdullaxon II ning o‘g‘li Abdulmo‘min qayerda o‘ldirilgan edi ?

A) Zarafshon bo‘yida

B) O‘ratepa va Zomin oralig‘da

C) Seistonda

D) Toshkent va Chinoz oralig‘ida

45. Pirmuhammadxon va Boqi Muhammad o‘rtasidagi aloqaning buzilishiga nima sabab bo‘lgan edi?

A) Boqi Muhammadning Eron bilan pinhona aloqa o‘rnatganligi

B) Jaloir va do‘rmon qabilalarining ig‘vosi

C) Pirmuhammadxonning qozoqlardan olingan o‘ljaning hammasini o‘ziniki qilib olishi

D) Boqi Muhammadning butun hokimiyatni egallab olishga intilishi

46. Qaysi voqeadan so‘ng Muhammad Shayboniyxon butun Movarounnahrni egallashga kirishdi?

A) Abulxayrxon davlatini qayta tiklagandan keyin

B) Samarqand Muhammad Shayboniyxon tomonidan uzil-kesil egallangach

C) Toshkent va Shohruxiyani egallagandan keyin

D) Urganch Shayboniyxon tomonidan bosib olingandan keyin

47. Abdullaxon II ning quyida ko‘rsatilgan hududlarni egallagan yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

l) Balx; 2) Samarqand; 3) Toshkent va Farg‘ona; 4)

Badaxshon; 5) Xorazm a) 1574-yil; b) 1578-yil; c) 1583-yil; d) 1584-yil; e) 1595-yil.

A) 1-a; 2-c; 3-b; 4-e; 5-d B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e

C) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; 5-e D) 1-e; 2-b; 3-c; 4-d; 5-a

48. Shayboniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrning qaysi yillarida qo‘sh hokimiyatchilik yuzaga kelgan edi?

A) 1540, 1599-yillar B) 1541, 1556-yillar

C) 1541, 1598-yillar D) 1557, 1599-yillar

49. Mamlakatda iqtisodiy ahvol og‘irlashgach, 1515- yil Ko‘chkinchixon pul islohotini o‘tkazgan edi. Natijada nechanchi yilga kelib ahvol bir maromga tushdi?

A) 1517-yil B) 1521-yil C) 1527-yil D) 1533-yil

50. Abdullaxon II vafot etgach, Buxoro xonligida sodir bo‘lgan og‘ir vaziyatdan foydalangan Eron shohi Abbos bostirib kirib qaysi shaharlarni egallaydi?

A) Marv, Xorazm, Samarqand, Kesh

B) Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirot

C) Qarshi, Hisor, G‘uzor, Samarqand

D) Balx, Badaxshon, Marv, Chag‘oniyon

51. Shayboniyxon avlodlari Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug‘orish uchun … kanallar qazitgan edi?

A) 20 ga yaqin B) 10 dan ortiq C) 30 ga yaqin

D) 40 ga yaqin

52. Shayboniylar davlatida kimning nomi xonning farmon va yorliqlarida birinchi bo‘lib yozilgan?

A) Ko‘kaldosh B) Shayxulislom C) Naqib

D) Otaliq

53. Abdullaxon II Beklarsoy darasidagi qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘rnida ulkan band qurdirgan edi. U qaysi tumanda joylashgan edi?

A) Kattaqo‘rg‘on B) O‘ratepa C) G‘uzor

D) Nurota

54. Shayboniylar davlatida qo‘rchiboshi qanday lavozim bo‘lgan?

A) qurol-aslaha xizmati boshlig‘i

B) chet el elchilarini qabul qiluvchilar boshlig‘i

C) harbiylar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘rib chiqib, ularni bartaraf etuvchi amaldor

D) Xon shaxsiy askarlari boshlig‘i

55. Abdullaxon II Hindistonga necha marta elchi jo‘natgan edi?

A) 3 B) 4 C) 2 D) 5

56. Muhammad Shayboniyxon Eron Safaviylariga qarshi kurashish to‘grisida kim bilan shartnoma tuzgan edi?

A) Sulton Salim B) Navro‘z Ahmadxon

C) Boyazid II D) Ivan III

57. Sulton Salim elchisi Muhammadbek Buxoroga nechanchi yil kelgan edi?

A) 1512-yil B) 1524-yil C) 1527-yil D) 1515-yil

58. Shayboniyzodalarning Movarounnahr uchun kurashida Usmoniylar kimga yordam uchun harbiy kuch jo‘natgan edi?

A) Abdullaxon II ga B) Abdulmo‘minga

C) Ko‘chkinchixonga D) Navro‘z Ahmadga

59. XVI asrda Buxoro va Eron manfaatlari to‘qnashgan asosiy nuqta qaysi hudud edi?

A) Xuroson B) Badaxshon C) Xorazm

D) Kavkaz

60. Abdullaxon II nechanchi yillarda Moskvaga elchilar yuborgan edi?

A) 1558-1559-yillarda B) 1557-1558-yillarda

C) 1583-1584-yillarda D) 1593-1595-yillarda

61. Shayboniylar davridagi ta’lim islohotiga ko‘ra, noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

A) har bir mahallada maktab ochildi

B) bolalarga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo‘ldi

C) maktablarda 4 yil o‘qilgan

D) madrasalarda ta’lim uch bosqichli edi

62. Quyida berilgan allomalardan qaysi biri jarroh bo‘lgan?

A) Mavlono Baqo B) Xoja Muhammad

C) Mavlono Hasan D) Xoja Hakim

63. Xoja Hasan Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” asarida qayd etilgan mavlono Kavkabiy qaysi fanlar ilmida shuhrat topgan edi?

A) tibbiyot va geografiya

B) matematika va astronomiya

C) tarix va adabiyot

D) mantiq va falsafa

64. Hofiz Ko‘hakiy nechanchi yilda Zahiriddin Bobur huzuriga, Hindistonga borgan edi?

A) 1527-yil B) 1529-yil C) 1528-yil D) 1530-yil

65. “Buxoro juda katta shahar, unda g‘ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko‘p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo‘qdir”, ushbu ta’rif kimga tegishli?

A) Fazlulloh ibn Ro‘zbehon B) Muhammad Solih

C) Antoniy Jenkinson D) Muhammadbek

66. Ubaydullaxonning o‘zbek tilidagi devoni nechta ruboiydan iborat?

A) 306 B) 435 C) 345 D) 125

67. Shayboniylar davrida bunyod etilgan hazrati Qosimshayx xonaqosi qayerda joylashgan edi?

A) Buxoroda B) Samarqandda C) Miyonqolda

D) Karmanada

68. Quyidagi allomalarning qaysi biri Ali Qushchining nabirasi bo‘lgan?

A) Muhammad Haydar B) Sultonali Samarqandiy

C) Hofiz Ko‘hakiy D) Kamoliddin Binoiy

69. O‘rta Osiyodagi turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga qanday imkon berdi?

A) Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxshi bilib olish

B) Abulxayrxon davlatini qayta tiklashda ittifoqchilar to‘plash

C) bobosining davlatida hukmdor bo‘lish

D) temuriy hukmdorlardan jang san’ati va mahoratini o‘rganish

70. “Zubdat ul-ozor” asarining muallifini aniqlang?

A) Ali Nasrullohiy B) Zayniddin Vosifiy

C) Mirzo Muhammad Haydar D) Hofiz Ko‘hakiy

71. Quyidagi allomalarning qaysi biri yulduzshunos olim bo‘lgan?

A) Mavlono Rafe B) Shohali ibn Sulaymon

C) Hakim Shahrizabziy D) Qiyomiddin Shaydo

72. Toshkent hokimi Darvishxonning buyrug‘i bilan yozilgan asarni aniqlang?

A) “Tarixi Rashidiy” B) “Shifo ul-ilal”

C) “Badoye ul-vaqoye” D) “Muzakkiri ahbob”

73. Ma’lumki, Abdullaxon II 1577-yil Hindistonga Eronga qarshi yurish qilish uchun elchi yuborgan edi. Hind hukmdori Akbarshohning bunga rozi bo‘lmaslik sababi nima edi?

A) Akbarshohning Eron bilan munosabatlari yaxshiligi

B) Akbarshohning Eronni bosib olishdan manfaatdor emasligi, aksincha Turkiyaga qarshi Eronni qo‘llab-quvvatlash

C) Akbarshohning Hindiston shimolidagi Sing va Kashmirni bosib olish uchun tayyorlanayotganligi

D) Abdullaxonning o‘g‘li Abdulmo‘min hind shohi Akbarshohning izzat-nafsiga tekkanligi

74. Shayboniylar davlatida chet el elchilarini qabul qilish xizmatining boshlig‘i lavozimi qanday atalgan?

A) Shig‘ovul B) Mehtar C) Qushchi

D) Muhrdor

75. Quyidagi ko‘rsatilgan sabablardan qaysi biri Muhammad Shayboniyxon uchun temuriylarning Xuroson davlatini egallashiga qiyinchilik tug‘dirmadi?

A) davlatning o‘zaro ichki urushlar oqibatida, inqirozga yuz tutganligi

B) Husayn Boyqaroning muntazam qo‘shini bo‘lmaganligi

C) Alisher Navoiyning vazir lavozimida bo‘lmaganligi

D) Shayboniyxon tomonidan Movarounnahrning osonlik bilan egallanganligi va bu yerdagi mahalliy hokimlarning unga yordam berishi

76. Jo‘ybor shayxi Muhammad Islom nechanchi yillarda yashagan?
A) 1483-1558-yillar B) 1491-1572-yillar

C) 1493-1563-yillar D) 1497-1583-yillar

77. Bobokalon muftiy Samarqandiy qalamiga quyidagi qaysi asarlar mansub?

A) “Ma’rifat samti qibla”, “Ajoyib ut-taboqat”

B) “Risola dar ilmi hisob”, “Vaziyat bar sahor qism”

C) “Shifo ul-ilal”, “Hisobi amal shabaka”

D) “Hayotnoma”, “Ajoyib ut-taboqat”

78. Quyidagi qaysi javobda Zahiriddin Muhammad Boburning xolavachchasi ismi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Xo‘bnigorxonim

B) Hofiz Ko‘hakiy

C) Muhammad Mirzo Haydar

D) Gulbadanbegim

79. Shayboniyxonning shoh Ismoilga qo‘ygan talabi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Shayboniyxon nomini xutbaga qo‘shib o‘qitish

B) Eron hududining shimoliy qismi va qizini Shayboniyxonga berish

C) sunniylik mazhabiga o‘tish va Shayboniyxonga taslim bo‘lish

D) Eron hududi orqali Makkaga boriladigan yo‘lni Shayboniyxon ixtiyoriga berish

80. Abdullaxon II davrida Samonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan qaysi kanal qazilgan?

A) Hovuzixon B) Xo‘ja Ka’ab C) Chahorminor

D) Sangzor

81. Abu Said 1469-yilda urushda halok bo‘lgach, Movarounnahr hokimiyatini boshqargan hukmdorlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri ko‘rsating.

A) Sulton Mahmud - Sulton Ahmad - Sulton Ali - Boysung‘ur Mirzo

B) Sulton Ahmad - Boysung‘ur Mirzo - Sulton Mahmud - Sulton Ali

C) Sulton Ahmad - Sulton Mahmud - Boysung‘ur Mirzo - Sulton Ali

D) Sulton Mahmud - Sulton Ali - Sulton Ahmad - Boysung‘ur Mirzo

82. Sulton Ahmad Mirzo Farg‘ona ustiga yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchrashining sababi nimada?

1) erta qish kirib qolganligidan qo‘shinning kiyim zaxirasidagi muammolari; 2) Samarqand qo‘shini Quvasoy ko‘prigidan o‘tayotganda sinib, natijada ko‘p kishi suvga g‘arq bo‘ladi; 3) otlarga o‘lat tegadi, qo‘shin orasida vahima va sarosimalik boshlanadi; 4) mahalliy xalq g‘animlarga qaqshatqich zarba bera boshlaydi; 5) Axsi himoyachilarining mardonavor kurashi; 6) Samarqandda boshlangan g‘aloyonlar.

A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 6 D) 2, 3, 4, 5, 6

83. XV asr oxirida quyidagi hukmdorlarni hukmronlik qilgan joylari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan holda qayd eting.

1) Bobur Mirzo; 2) Boysung‘ur Mirzo; 3) Sulton Mahmudxon; 4) Muhammad Mazid tarxon

a) Samarqandda; b) Andijonda; c) Toshkentda; d) Turkistonda

A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-c; 2-b; 3-a; 4-d

C) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a D) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d

84. Shayboniyxon hokimiyatining muvaffaqiyatiga sabab bo‘lgan omillar nimalardan iborat edi?

1) Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan o‘zaro qirg‘inlarning yana takrorlanishini aslo istamaganliklari; 2) Mo‘g‘uliston hukmdorlari Movarounnahrga harbiy yurishni har tamonlama qo‘llab-quvvatlaganliklari; 3) Safaviylar davlatining kuchayishi; 4) Dashti Qipchoq qabilalarining o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilishlari; 5) Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishga birdan-bir qodir qudrat deb hisoblaganliklari; 6) Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi; 7) Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va aholining ma’lum qismi Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlaganliklari;

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 4, 5, 6, 7 C) 2, 3, 4, 7

D) 2, 3, 4, 5, 6, 7

85. Ma’lumki, shayboniy Ubaydullaxonning tariximizda xizmatlari katta. Quyidagi ko‘rsatilgan javoblarning qay biri Ubaydullaxonning xizmatlarini e’tirof etadi?

1) manbalarda yozilishicha, ikki qo‘ltig‘iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan; 2) Ismoil Safaviy va qizilboshlilarning hujumini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy siyosiy tazyiqidan saqlab qoldi; 3) tarixchi, musiqachi, ajoyib suvoriy, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi; 4) Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi o‘sdi; 5) o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarni tiklashga harakat qildi; 6) mamlakat ichkarisidagi o‘zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi; 7) Hirot eronliklardan tortib olindi; 8) oltin va kumushdan tangalar zarb qildirdi.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 4, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7

D) 2, 3, 4, 6

86. Shayboniylar hukmronligi davrida vujudga kelgan qo‘shhokimiyatchilikni eslang. Buxoro va Samarqandda kimlar hukmronlik qilgan?

A) Buxoroda Ibodulla Sulton, Samarqandda Pirmuhammad Sulton

B) Buxoroda Abdulamin, Samarqandda Sulaymon Sulton

C) Buxoroda Abdulatifxon, Samarqandda Abdulazizxon

D) Buxoroda Abdulazizxon, Abdulatifxon Samarqandda

87. 1601-yilda Samarqand yaqinidagi Bog‘i Shamol mavzeyida kimlar o‘rtasida jang bo‘ladi?

A) Jahongir Sulton va Ibodulla Sulton

B) Tavakkal va Pirmuhammadxon

C) Pirmuhammadxon va Boqi Muhammad

D) Boqi Muhammad va Abdulmo‘min

88. Ma’lumki, Abdullaxon II pul islohotini o‘tkazgan. Bunga ko‘ra u ...

A) kumush va mis tangalar zarb qildirgan va faqat Buxoroda zarbxonalar faoliyat ko‘rsatib, qolganlari yopilgan

B) oltin pul zarb etishni yo‘lga qo‘ygan va uning tarkibiga qiymati past bo‘lgan boshqa ma’danlar aralashtirilmasligini qattiq nazorat qilgan

C) Mo‘g‘uliston va Eron davlatlari tangalari namunasida 5,2 grammlik yangi kumush tangalar zarb qildirgan

D) yangi zarb qildirilgan oltin, kumush va mis tangalarning hajmini oldingisiga qaraganda miqdorini kamaytirgan, ammo qiymatini saqlab qolgan

89. Ma’lumki, usmoniylar va shayboniylarning safaviylarga qarshi kurashida din bir niqob edi. Aslida esa bu qaysi hududlar uchun olib borilayotgan siyosiy kurashning natijasi edi?

A) G‘arbiy Eron, Kavkaz va Xuroson

B) Hindiston, Eron, Ozarbayjon

C) Iroq, Suriya, Falastin, Xuroson

D) Sharqiy Eron, Armaniston, Hindiston

90. Abdullaxon II tomonidan Moskvaga yuborilgan elchilar o‘z xonlari nomidan savdogarlarning qaysi hudud bo‘ylab erkin o‘tishlariga ijozat so‘raydilar?

A) Kaspiy dengizining g‘arbiy sohillari bo‘ylab

B) Volga bo‘ylab

C) Ural va Dnepr bo‘ylab

D) Qora dengiz sohillari bo‘ylab

91. Abdullaxon II nima sababdan Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilib, bu orqali o‘z davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi bo‘lgan edi?

A) davlatning shimoliy chegaralarini kengaytirish va mustahkamlash

B) podsho Ivan III davrida Rossiy qudratining oshib ketishi

C) podsho Ivan Grozniy davrida Rossiyaning mavqeyi kuchaya borishi

D) Ivan Grozniyning Abdullaxon II ga Eron uchun kurashda yordam berishi haqidagi taklifi

92. Qaysi hol XVI asrda Rossiyaga O‘rta Osiyoga boradigan savdo yo‘llarini nazorat qilish imkonini berdi?

A) Ivan Grozniy tomonidan Qozon xonligi, Hojitarxon xonligi, Volga bo‘ylari va G‘arbiy Sibirning bosib olinishi

B) Abdullaxon II ning to‘satdan vafot etishi va Movarounnahrdagi siyosiy kurash

C) qozoq juzlarining Rossiya tobe’ligiga o‘tishi

D) Ivan IV va Abdullaxon o‘rtasida tuzilgan savdo bitimi

93. Nima sababdan XVI asrda Rossiya Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi?

A) Rossiyaning cho‘yanlari va mo‘ynalari Buxoro bozorlarida qimmatbaho otlar qiymatida baholanganligi sababli

B) Buxoroning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligi va Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lardi

C) Rossiyaning Buxoro va boshqa xonliklardan arzon xom ashyolarni olib ketib, o‘z davlatida qayta ishlab, tovar holatida yana xonliklarga bir necha o‘n baravarga sotish rejasi

D) O‘rta Osiyoning qimmatbaho va zotdor otlarini Buxoro xonligi orqali arzon narxlarda qo‘lga kiritish rejasi tufayli

  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə