Usmonova mehriniso




Yüklə 276.09 Kb.
səhifə2/3
tarix22.02.2016
ölçüsü276.09 Kb.
1   2   3

II-BOB Xotin-qizlarning ikkinchi jaxon urishida ko’rsatgan

qaxramonliklari
Urish paytida xotin –qizlarimiz hox jang maydonini olmaylik hox front ortini olmaylik mardonavor jasorat ko`rsatishgan. Ularni jasoratlari haqida ko`plab asarlar, maqolalar, kitoblar yozilgan . Ularning mardonavor jasoratini oddiy bir nechta o`zbek ayollari misolida ham ko`rish mumkin.

Ro’za Nazirova (asli ismi Xayriniso)1904-yilda Andijon viloyatining Zadaryo tumani Gurtepa qishlog’iga qarashli Qosh qishloqda batrak oilasida tug’iladi.Uning otasi boylar qo’lida yollanib ishlardi.

Roza opaning o’z tili bilan aytgaida uning xayotidagi xaqiqat va baxt yo’li quyidagicha: O’zbekiston tarixi bilan bir oz bo’lsada tanishib chiqan xar bir kishi boylar, ruxoniylar va shular kabi tekinxo’rlarni Sovet xokimiyatiga tish-tirnoqlar bilan qarshi turganliklarini yaxshi biladi. Butun o’lka bo’ylab bosmachi shaykalari kezib, ko’p kishining yostig’ini quritdilar, qishloqlar va shaxarlarga xujum qilib tinch axolini talon-toroj va xonavayrop qildilar, xotin-qizlarni yovuzlarcha zo’rladilar,bosmachi bo’lgan dexqonlarni qo’l oyoqlarni bog’lab olib ketdilar1.

Uning xayotida 1920-yildan boshlab 1924 yilgacha o`tgan davr kishilikning butun xissiyotini o’z ichiga oladi. Lekin, bu xissiyotlarning eng kuchlisi baxt bo’lib, bu baxt ozodlik baxti, kurash baxti, ulur ishlarga qatnashiish baxti edi.

Buxoro amirligi yemirilib tashlangan bo’lsada, Buxoro xali respublikasi o`z boshidan og’ir kunlarni kechirar edi. Buxoroning sharqiy rayonlarida amir xamda bosmachi to’dalarining qoldiklari to’s-to’polon qilib yurardilar. Ularni tugatmasdan turib yangi xayot ko`rishga kirishish imkoniyati yuq edi.

1938- yilda Toshkent viloyati Yangi yo’l MTSida direktor o’rinbosari bo’lib ishlaydi . 1939- yili Nazirova komunistlar partiyasi safiga a’zo etib qabul qilindi va yangi yo’l rayonidagi “” kalxo’ziga brigade boshlig`i qilib yuborildi. Tez orada uni shu kolxo’zning partiya tashkilotiga sekratar qilib yubirildi.Turkistonda bosmachilika qarshi kurashlarda qatnashgan, otliq divizyani siyosiy bo’lim boshlig’i bo’lib ishlagan listovskiy o’zining mashxur “Bobtog’ ustidagi quyosh” nomli asarida o’rtoq Nazirovaning jangavor, faol qatnashgan. U medallar va faxriy yorliqlar bilan mukofatlanganligi haqida ma`lumotlar bor.



Shu o`rinda Muqqdam Ashrapova haqida ham aytib o`tish joiz, u o`zining jonbozlik faoliyati bilan jasorat ko`rsatgan. Muqaddam xam dugonalari bilan xarbiy komissariatga birga bordi va u xam o’z iltimosini aytdi. Xarbiy komissariatdagilar Muqaddamga: — Agar kerak bo’lib qolsangiz o’zimiz albatta chaqiramiz, xozircha qayerga yuborsalar, o’sha joyga boravering, tajriba orttiring, deb xushmuomalalik bilan javob berdilar. O`sha paytlarda tibbiyot xodimlari yetishmas edi. Qishloq. Tibbiyot punkitiining mudiri bo`lib tayinlangan Muqaddam Ashrapova bu yerda xam xirurg, xam terapevt, xam nevropatolog, xattoki — feldsher va xamshira bo’lib xam ishladi. U bu vazifada sidqidillik bilan ishlarkan, xarbiy komissariatdagi o’rtoqlarning “tajriba orttiring” deb bergan maslaxatlarini xamma vaqt yodida saqlardi.

Xalq sog’ligini saqlash yo’lida o’qib bilim olgan Muqaddam xaqqatan xam kechayu kunduz tinmasdan xizmat qila boshladi. Yoz, kuz, qish, kecha va kunduz oq xala­ta ustidan tushmadi, yordam surab chaqirgan joydan qolmadi, chaqirmagan joyga o’zi bordi, aravada, otda, piyoda ozmuncha masofalarni bosib o’tmadi. O’z bilimi va mehnati tufayli dardlariga davo topgan kishilarning quvnoq, va minnatdor ko’zlariga boqib ko’ngli kutaril-di, benixoya xursand bo’ldi. Kunlar, xaftalar va oylar mana shunday fidokorona mehnat bilan o’tdi.

Oradan bir yil o’tgach, Ashrapovani viloyat sog’liqni saqlash bo’limiga mudir qilib tayinladilar. Lekin, Muqaddam ma’muriy ishga qiziqmas, frontga borish orzusi sira xayolidan nari ketmasdi. Axir, Vatan taqdiri jang maydonida xal qilinayotgan edi-da. Qaroqchikum qishlog’ida o’tkazilgan bir yarim yillik xayot komsomolka qizning yuragidan joy olgan frontga borish istagini so’ndira olmadi. U qo’lga qurol ushlagan xolda Ukraina, Boltikbo`yi, Leningrad va Kavkaz uchun bo`lgan janglarda o’z xalqning baxtini ximoya qilayotgan jangchilarga foyda yetkazish uchun o’zida yetarli kuch borligini xis etar edi1.

Nixoyat, tuman xarbiy komissariati uning iltimo­sini qondirdi.

Jang maydonida og’ir yarador bo’lganlar hayot umidi bilan xirurgga tikilardilar. Ular Muqaddamning harakatidagi ravonlik, uning ko’zlaridagi jiddiylik, lablaridagi muloyim tabassumni ko’rib tinchlanar, ko’ngillari taskin topardi. Gospital atrofida bombalarning dahshatli portlashi, operatsiya xonalari tomlarining o’pirilib tushishi, daydi o’dlarning guvillab o’tishi, tepada dushman samolyotlarining qulashi muqaddamni zarracha ham cho`chitolmadi. Uning fikru xayoli, borlig’i vatan himoyachilarining hayotini saqlab qolish orzusi bilan band edi. Ashrapova o’z hayotining xavf ostida qolganini butunlay unutgan holda o’nlab, yuzlab jangchilarning hayotlarini saqlab qoldi. Bir kuni armiya xirurgi uning bir bemor yarasini davolayotganini ko’rib: “siz haqiqiy xirurg ekansiz!”— degan edi. Muqaddam o’shandan keyin butunlay xirurgiyaga berilib ketdi. U tobora ko’proq yaradorlarni operatsiya qila boshladi, tajriba ortgan sayin, jarrohlik pichog’i uning qo’lida qaltiramaydigan bo’ldi. Shu sababli jangchilar Muqaddamning mohir va shifokor qo’lini, vrachlikdagi tengsiz san’atini hali-hali eslab yurishlari bejiz emas. Bu ayol kunni kun, kechani kecha demas-dan butun vaqtini gospitallarda, medsanbatda o’tkazdi. Polk xirurgining bir daqiqa bo’lsa ham o’y-xayol surishga vaqti yo’q. Shunga qaramay ahyon-ahyonda bir, bo’sh qolgan onlarda Muqaddam xayolan institutni, uning laboratoriyalari va nurga chumgan operatsiya zallarini eslar, ko’z oldiga keltirardi.

II – jahon urushi tamom bo’lgach, Muqaddam Toshkentga harbiy kiyimda kirib keldi. Uning gimnastyorkasida Qizil Yulduz ordeni va bir necha medal yaltirab turardi. 1945 yilda Ashrapova Toshkent tibbiyot instituti ikkinchi xirurgiya klinikasiga ordinatorlikka qabul dilindi. U professor M. S. Astrov rahbarligida o’z xirurglik mahoratini oshirishga, gospitalda ishlagan yillarida orttirgan tajriba va bilimini yanada kengaytirishga kirishdi. Ikki yildan keyin Ashrapova klinika assistenti qilib tayinlandi va u studentlarni o’qita boshladi.

1953-yilda institutning ilmiy kengashida Muqaddam Ashrapova tibbiyot fanlari kandidata degan ilmiy daraja olish uchun dissertatsiya yoqladi. 1958 yilda klinika dotsentlignga tayinlandi. Ashrapova o’z xunari doirasi bilan cheklanib qolmadi. U institutda jamoat ishlarida xam aktiv qatnashdi. Lekin, asosiy e’tibori ilmiy ishga, operatsiyalar qilishga, studentlar bilan mashgulotlar olib borishga qaratilgandi.

Ashrapova hozirgi kunda xam shu klinikada ishlamoqda. Kafedra professor M. P. Postolov raxbarligida eng og’ir kasalik hisoblangan jigar sirrozasini xirur­giya usulida davolash bilan bog’liq bo’lgan qiziqarli ilmiy tema ustida ishlamoqda. Klinikaga kelgan kasallar muvaffaqiyat bilan operatsiya qilinadi. Endilikda bu kasallikni terapevtlargina emas, balki xirurglarniig o’zlari ham davolashi mumkinligi isbot etildi. Klinikada kun buyi olib borilgan tinimsiz ishdan, studentlar o’rtasida o’tilgan lsksiyadan so’ng Muqaddam Ashrapova Topografik anatomiya kafedrasiga boradi va u yerda tajriba utkazib, bundam ilgari olingan natijalarning tugriligini qayta-qayta tekshirib ko’rish uchun hayvonlarning qorajigar tomirlarida va jigarida eksperimental suratda o’zgarish hosil qiladi. O’tkazilgan tajribalar soni ko’paygan sari bu tog’risidagi xulosalar va yozuvlar ham ortib boradi. Bularning hammasi kelgusidagi ilmiy asar uchun asos bo’lib xiz-mat qiladi. Ashrapova o’zining doktorlik dissertatsiyasini portal gipertenziya (jigar sirrozasi)ni xirurgiya yo’li bilan davolash masalasiga bag’ishlagan.

Savet Ittifoqi Komunistik partiyasi Markaziy Komitetining 1958- yili Xalqoro xotin-qizlarlar kuni — 8 Mart munosabati bilan xotin-qiz kolxozchilarga, fan, texnika, maorif, adabiyot, san’at, sog’liqni saqlash xodimlariga, barcha sovet xotin-qizlariga qarata yozgan maktubida bunday deyilgan edi:

”Xalqimizning kommunistik jamiyat qurilishida erishgan muvaffaqiyatlari sovet xotin-qizlarining faol va fidokorona faoliyati bilan chambarchas bog’langan. Xotin-qizlar fuqorolar urushining og’ir yillarida sabot-matonat va mardlik ko’rsatdilar; ular dastlabki besh yilliklardagi qurilishlarga 0’z mehnatlari bilan juda katta hissa qo’shdilar: sovet xotin-qizlari Ulug’ Vatan urushida erkaklar bilan birgalikda harakat qilib, fashizmning qora kuchlari ustidan g’alaba qozonishga zamin tayyorladilar va frontda xamda mamlakat ichkarisida mislsiz qahramonona mehnat va fidokorona jangovarlik namunalarini ko’rsatdilar. Urushdan keyingi dastlabki yillarda, mamlakat urush jarohatlarini davolayotgan bir paytda xotin-qizlar juda katta qiyinchiliklarga bardosh berdilar. SSSR kommunizm yo’lida progressiv insoniyatga boshchilik qilayotgan hozirgi kunlarda dam sovet xotin-qizlari o’zlarining ilhombaxsh, fidokorona mehnatlarini sevikli Vatanga bag’ishlamoqdalar...”1.

Munira G’iyosovaning o’tmishi, jangovar hayoti va ayni kundagi faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, ko’z oldimizda ajoyib bahodir, mehnatsevar ayolning siymosi gavdalanadi.

Munira Giyosova ham millionlarcha vatanparvar xotin-qizlaridan biridir. Munira 1923-yilning orombaxsh bahor kunlarining birida Buxoro shahrida tug’ildi. Muniraning onasi — Latofat Buxorolik, otasi G’iyosiddin esa Toshkentlik edi. Muniraning yoshlik yillari asosan Buxoroda o’tdi. Chunki uning otasi Giyosiddin Faxriddinov Buxoroda sog’liqni saqlash muassasasida ishlardi.

Doimo sho’x va xushcha'hchaq Munira boshlangich maktabda o’qib yurgan yillarida sinfdosh dugonalari o’rtasida peshqadam hisoblanardi. Munira otryad vojatiysi edi. Pionerlar bahorda va yoz oylarida shahar atrofidagi bog’ va xiyobonlarga chiqib sayr qilishar, o'ynab-kulishar, va yoshlik gashtini surdi

Munira doimo o’qituvchi bo’lishni orzu qilardi. Otasining: «O’qituvchi bo’lish uchun hamma fanlardan a’lochi, intizomli, odobli va madaniyatli bo’lish kerak», degan so’zlarini hech esidan chiqarmas, ana shu sifatlarga ega bo’lishga harakat qilardi.

Munira endi Buxoro Pedagogika instituti darsxonalarida o’tirib leksiya tinglardi. U institut adabiyot fakultetining ikkinchi kursiga hamma fanlardan a’lo bahoda imtihon topshirib, o’qishga mehir qo’yib, ta’lim olayotgan kunlarda Vatanimiz osmoni ustida qo’qqisdan qora bulutlar paydo bo’ldi. Nemis-fashist bosqinchilari Ona Vatanimizga qarshi xiyonatkorona urush boshlab yubordi. O’sha kunlarda Munira o’n sakkizga, singlisi Roziya o’n uch yoshga qadam qo’ygan edi.

Munira va Roziyani o’z tarbiyasiga olgan tog’asi Badriddin Muhiddinovni Toshkentga ishga chaqirdilar. Muhiddinov Toshkentda ishlab turgan paytda armiya sa­figa chaqirildi va frontga ketdi. Buvisi, singlisi Roziya Muniraning qaramog’ida qoldi. O’sha kunlarda Munira Toshkentning Oktabr rayonidagi 67-bolalar bog’chasida tarbiyachi bo’lib ishlardi.

1941- yilning avgust oyida Munira ham armiya safi­ga ko’ngilli bo’lib yozildi. Singlisi Roziyani buvising tarbiyasida qoldirib, frontga jo’nadi. Munira xizmat qilgan qism 1941- yil sentabr oyi o’rtalarida Donbass bo’sagalariga yetib keldi. Muniraning haqiqiy xarbiy hayoti boshlandi. U buvisiga xat yozib tog’asi qaysi frontda jang qilayotganini adresini bilib olgach, tog’asiga armiya safiga ko’ngilli bo’lib yozilib, frontga kelganini bildirdi. Munira xizmat qilgan qism dushman bilan qizgin janglar olib borib, Qrimning Melitopol shahriga yetib bordi. Ana shu kunlarda Muniraga katta serjant unvoni berildi.

O’sha kunlarda kichik leytenant unvonini olgan Munira G’iyosova opuska olib, 1943- yilning yoz oylarida Toshkentga keldi.

Roziya buvisi vafotidan so’ng yolg’iz qolmadi, mahalliy tashkilotlar uni dastlab bolalar uyiga, so’ngra poyafzal fabrikasi qoshidagi FZO maktabiga joylab qo’ygan edilar.

Munira Roziyani yolg’iz qoldirishni ep bilmay, uni ham frontga olib ketdi. Bir necha kun deganda front chizig’ga yetib keldilar. Munira xizmat qilgan qism Belorussiya yerlarida jang olib borayotgan kunlar edi. U o’z qismini qidirib topdi. Qism komandiri o’sha kunning o’zidayoq Roziyani qism tarbiyasiga oldi. Roziya dastlabki kunlarda harbiy gospitalda dushman bilan bo’lgan qiz’gin janglarda yaralangan jangchilarga xiz­mat qila boshladi. Ziyrak va chaqqon Roziya tez orada yarador jangchilarning sevvikli singillari bo’lib qoldi. Roziya ularga gazeta va jurnallarda bosilgan xabar, maqolar, hikoya va she’rlarni, uylaridan kelgan xatlarni o’qib, kerak bo’lsa xatlar ham yozib berar edi. Mladshiy leytenant Munira harbiy dalapochtasida xizmat dilgani uchun keyinchalik Roziyani ham o’z yoniga oldi. Roziya ham front sharoitiga ko’nikib qol­gan, bombardim vaqtlarida qurqmay uzini dadil tutar, jangovar topshiriqni muvaffaqiyat bilan bajarishga harakat qilardi.

Polyak xaldining shahar va qishloqlarini fashist bosqinchilardan ozod qilish, ularni o’z uyasi Berlinda tamomila tor-mor Qilish uchun xujum janglarini kundan-kunga qizitib borardilar. Birin-ketin mag’lubiyatga uchrayotgan gitlerchilar ar­miyalari sovet dushinlarining yo’lini to’sish uchun jon-jahdi bilan qarshilik ko’rsatardi.

Sovet dushinlari yovuz dushman ustidan olamshumul g’alaba qozongandan so’ng Munira va Roziya g’alaba bi­lan el-yurtlariga qaytib keldilar. Frontdagi jango­var xizmatlari uchun Munira G’iyosova “Jasurligi uchun” va “Germaniya ustidan Qozonilgan g’alaba uchun” medallari bilan mukofotlangan edi. Ulug’ galabamizga o’zlarining munosib Hissalarini qo’shib kelgan opa-singil Giyosovalar tinch qurilish ishlariga kirishib ketdilar.

Munira bir yilcha detpriyomnikda ishladi, so’ngra Samarqand konserva zavodida brigadir, keyinroq tex­nolog bo’lib ishladi. U o’zining fidokorona mehnati bilan jamoning hurmat va izzatiga sazovor bo’ldi. Oradan bir yil o’tgandan so’ng zavod ma’muriyati G’iyosovani Odessa shahrida ochilgan konserva sanoati xodimlarining malakasini oshirish olti oylik kursiga o’qishga yubordi. G’iyosova kursni ham muvaffaqiyat bi­lan tamomlab, Samarqandga qaytdi va zavodda texnolog, kadrlar bo’limining boshlig’i bo’lib ishladi. G’iyosova konserva zavodida ishlagan uch yil ichida zavod komso­mol tashkilotining sekretari bo’lib ham ishladi.

G’iyosova 1950- yilda Toshkent konserva zavodiga ke­lib, bu yerda ham texnolog bo’lib ishladi. Aktiv jamoatchi, Munira G’iyosova 1952- yilda partiya safiga qabul qilindi. U hozir zavod laboratoriyasida ishlab, mahsulotlarning yuqori sifatli bo’lishi, xalqimizga shi­rin va mazali konservalar ishlab chiqarish uchun kurashmoqda. G’iyosova Kalinin ishlab chiqarish boshqarmasi partiya komitetining a’zosi, zavod kasaba Soyuzi komitetining va boshlang’ich partiya tashkiloti­ning byuro a’zosidir.

Singlisi Roziya esa hozir kunda olti bolaning onasi. U turmush o’rtogi sobiq gvardiyachi serjant M. Yunusov bilan birgalikda halol mehnat zavqini surmoqda.1



Sovet kishilarining dushmanga qarshi kurashida uning jonajon Kommunistik partiyasi boshchilik qildi. Par­tiya har doim g’alabalarimizga ilhom berdi va uni ta’min etdi.

Urush sanoatning ish sharoitini butunlay o’zgartirib yubordi. Mahalliy partiya va sovet tashkilotlari sano­atning ishini tezda qayta ko’rib chiqib, uning oldida turgan butunlay yangi vazifalarni — ishlab chiqarishni urush manfaatlariga moslab qayta qurish, tinch yashagan davrdagi mahsulotlar o’rniga harbiy qurollar, tank, samolyot, to’p va minomyotlar, o’q va yangi yarog’-aslahalar, harbiy kiyimlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish vazifalarini hal qilishga kirishdilar.

O’zbekiston partiya va Sovet tashkilotlari bu vazi­falarni amalga oshirishda VKP(b) Markaziy Komi­tetining 1941- yil 29- iyundagi qaroriga amal qildilar. Sanoatni harbiy izga solish masalasi O’zbekiston par­tiya tashkilotlarining plenumlari, partiya aktivi yig’ilishlari va byuro majlislarida, shuningdek, sovet, kasaba soyuzlari, komsomol va mehnatkashlarning umumiy yig’ilishlarida muhokama qilinib, sanoatni harbiy asosda qayta qurish, mamlakatning frontga yaqin va dushman qo’liga vaqtincha tushib qolgan joylaridan ko’chirilib keltirilgan sanoatni o’rnatish va uni tezda ishga solib yuborish masalalari bo’yicha keng va muhim tadbirlar belgilandi.

O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining byurosi o’zining 1941- yil 25- avgustida chiqargan qarorida sanoat korxonalari ishida muhim tadbirlarni belgiladi. Bu ishga rahbarlik qilish uchun maxsus res­publika hukumat komissiyasi tashkil etildi.

Mazkur komissiya mahalliy partiya, sovet tashkilotlari va jamoatchilikning aktiv yordamida katta ishlari amalga oshirdi1.

Urushgacha tinch ishlayotgan sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida samolyot va tanklarga zapas qismlar, mino­myot va avtomatlar hamda boshqa harbiy qurollar ishlab chiqarishga kirishdilar. Masalan, Toshkentdagi qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodini olaylik. U urushgacha faqat qishloq xo’jalik mashinalari va unga kerakli zapas qismlar chiqarar edi, urush davrida uning bir qancha sexlari harbiy qurollar chiqara boshladi. Qolgan sexlari ham harbiy izga solib yuborildi.

Andijon shahridagi ”Kommunar”, ”Stroymashina” zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli detallar chiqarila boshladi, shuningdek Andijondagi Volodarskiy, Qo’qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik. fabrikalari harbiy kiyim tikadigan korxonalarga aylandi.

Umuman O’zbekistonda qisqa muddat ichida 230 sano­at korxonasi faqat harbiy mahsulotlar beradigan bo’lib qoldi, Chirchiq, Qo’qon ximiya zavodlari esa front topshiriqlarini bajarishga to’la moslashtirildi.

O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va hukumat sanoat korxonalarining soni, ularning ish hajmi oshishi munosabati bilan elektr quvvati, yoqilg’i va boshqa shu kabi sanoatga kerakli narsalarni juda ehtiyot qilish va tejab-tergab sarflash, shu bilan bir­ga oziq-ovqatlarni tejash choralarini belgiladi.

Bulardan tashqari sanoat korxonalarida, ishlab chiqarishda qo’shimcha rezervlarni hisobga olib, uni ishga solish, ayniqsa ishlab chiqarishda mexnat unumdorligini oshirish, sanoatda, transportda, artelda va boshqa korxonalarda mehnat intizomini mustahkamlash choralari amalga oshirildi. Ko’plab kishilar urushgacha safarbar etilishi bilan sanoat korxonalarida ishchi kuchi ancha kamayib ketdi. Shu munosabat bilan ish kuchi masalasini hal etish eng muhim vazifaga aylandi. Shuning uchun ham oblast, shahar, rayon partiya, sovet tashkilotlari bu masala bilan muntazam ravishda shug’ullandilar. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti esa bu muhim masalalar bo’yicha mahalliy partiya tashkilotlarining hisobotini eshitib turdi va ularga har taraflama yordam ko’rsatdi1.

O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1941- yil 9- sentabrdagi byuro majlisi ham shu masalaga bag’ishlangan edi. Byuroda urush sharoitida Toshkent shahar partiya tashkilotining ishi muhokama qilinib, Toshkent shahar partiya tashkilotining shahardagi sano­at korxonalarini harbiy izga solishda katta ishlar qilganligi qayd qilib o’tildi va konkret vazifalar belgilab berildi. Chunonchi, 1941- yil sentabr-oktabr oylari ichida sanoat mahsulotini yana 10—15 foizga oshirish tadbirlarini belgilash;

Temir yo’l transportiping ishini yaxshilash orqali Toshkent temir yo’lida tashiladigan yuklarning hajmini yana 20 protsentga oshirish;

Toshkent shahar partiya komiteti qaramog’ida rahbar kadrlar rezervini tashkil etish. Bu rezervdagilar 200 kishidan kam bo’lmasligi kerak. Shuningdek, rayon partiya komitetlari qoshida 50 kishidan rezerv kadrlar saqlash.

Rahbarlik o’rinlariga xotin-qizlardan, ayniqsa o’zbek xotin-qizlaridan kotarish vazifalari qo’yildi.

O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosining ushbu qarori butun mahalliy partiya tashkilotlarida ishlab chiqildi va uni og’ishmay bajarishga kirishildi.

Buxoro oblast partiya komitetining 1941- yil 13- noyabrdagi byuro majlisida urush sharoitida oblast sanoatining ishi haqidagi masala muhokama qilinib, sanoat erishgan bir qator muvaffaqiyatlar bilan birga, hali ancha kamchilik va nuqsonlar mavjudligi ko’rsatildi. Bu kamchiliklar ayniqsa paxta zavodlarida ko’prod ruy berayotganligi ta’kidlandi. Obkom byurosi bu kamchiliklarni tugatish bo’yicha bir qator konkret choralar belgiladi. Sanoatni harbiy izga solish ishini asosan birinchi dekabrga tamom qilib, 1941- yil noyabr-dekabr oylari ichida qo’shimcha mahsulot ishlab chiqa­rishni yo’lga qo’yish vazifasi belgilandi.

Kogon, Buxoro, G'ijduvon, Karmana, Qorako’l va Kitob paxta zavodlariga 4122 tonna qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish vazifasi yuklandi.

Qoraqalpog’iston oblast partiya komiteta esa sano­atni harbiy izga solish ishini 15 kun ichida tamomlash grafigni tuzdi va korxonalarda 2 smenalik ish joriy qilindi. Butun sanoat mahalliy xom ashyo bilan ishlashga

Ko’chirildi, birinchi galda harbiy maxsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, boshqaruv va ma’muriy-xo’jalik ishlariga qilinadigan mablag’ sarfini kamaitirish Choralari ko’rildi. Viloyat partiya komiteta Qraqalpog’iston- ASSR davlat plan komissiyasi va moliya xalq komissarligiga 5 kun muddat ichida respublika ma’muriy idoralarini va sanoat korxonalari hamda tashki-lotlarning shtatlarini ko’rib chiqib, qisqartirish choralarini belgilash vazifasinn topshirdi. Bundan tashqari kamob sanoat materiallarini, yuqori navli temir, rangli metallar va qurilish materiallarini qat’iy hisobga olish va sarflash ustidan nazorat o’rnatish vazifalari dam topshirildi. Bu ishlar O’zbekistoniing hamma tyerlarida tashkil qilindi.

Belgilangan planlarni amalga oshirish, frontga va aholiga ko’proq sanoat mahsuloti ishlab chiqarish ishchilar sinfining, injener texnik xodimlarning qah-ramonona mehnatiga, ularning vatanparvarligiga va si­yosiy ongiga bog’liq edi. Ishchilar, ayniqsa mala kali ishchilar esa armiyada va frontda edi. Shuning uchun ham partiya tashkilotlaridan ishchi kuchi masalasini tezdan hal etish talab etilardi.

Toshkent shahar partiya va sanoat tashkilotlarining sanoat korxonalari uchun ixtisosli ishchilar tayyorlash soxasida qilgan ishlari tufayli qisqa muddat ichida, ya’ni 1941 yil 15 oktabrgacha kadrlar tayyorlandi. Bulardan 7620 kishi, ya’ni 65 protsenta xotin-qizlardan iborat edi. Faqat «Selvmash» zavodining o’zida 2624 ishchi tayyorlandi, ularning 52,6 protsentini ayollar tashkil qildi. Ishchi zavodida 370 kishiga (31 protsenti ayol­lar), «Krasnaya Zarya» fabrikasida 270 kishiga (90 protsenti ayollar) hunar o’rgatildi.

Toshkent viloyati partiya komiteta bu masalani qarab chiqib, 1941 yil 5 noyabrgacha xotin-qizlardan yana 5000 ishchi tayyorlash vazifasini qo’ydi. Ayniqsa Tosh­kent tuqimachilik kombinata uchun o’zbek ayollaridan ishchilar tayyorlashga alohida e’tibor berish Toshkent shahar partiya tashkilotiga topshirildi.

Bu muxim topshiriq Toshkent shahrida oshirib bajarildi. Toshkent shahar sanoat korxonalarida ayollardan 20 mingdan ziyod malakali ishchilar — tokarlar, frezerovshchiklar va boshqalar tayyorlandi.

Namangan viloyat partiya komiteta o’zining 1941 -yil 15 dekabrda bo’lib o’tgan byuro majlisida sanoat kor­xonalari uchun ishchilar tayyorlashning borishi masalasini muhokama qilib, qo’shimcha tadbirlar belgiladi.

Shunday dilib, boshka oblast va shadarlarda dam malakali ishchilar tayyorlashga, aynidsa ayollarni ish­ga kuproq jalb etishga zo’r e’tibor berildi, 1941- yil 10 oktabrgacha o’zbekistoi bo’yicha sanoat korxonalarida ishlaydigan jami ishchilarning 45 protsentini ayollar tashkil etdi.

III-BOB 1941-1945 yillarda O’zbekistonlik ayolarning fan va

madaniyatiga qo’shgan xissasi.

Urushning og‘ir yillarida o‘zbek xalqining asosiy ma’naviy-axloqiy xususiyatlari, uning insonparvarligi yorqin namoyon bo‘ldi. Prizdentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, «Bizning xalqimiz voqealarga boy ko‘p ming yillik tarixi davomida ko‘p narsalarni boshdan kechirdi — madaniyat, ilm-fan, o‘z davlatchilig‘i yutuqlari nashidasini surdi, o‘zaro nizolar, begonalar asorati alamini tortdi, eng yaxshi o‘g‘il-qizlaridan judo bo‘ldi». Lekin «tarixning o‘yini ham, omonsiz jangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog‘ tushirolmadi».1



Respublika xalq ta’limi sohasi urush yillarida bir muncha beetibor qoldi. Urush asoratlari umumta’lim maktablarining faoliyatiga ham qattiq ta’sir qilgan edi: o‘qituvchilarning frontga yuborilishi oqibatida ularning soni keskin kamayib ketdi, bu o‘z navbatida maktablar sonining qisqarishga olib keldi. Faqat 1942-43 o‘quv yilida respublikada 200 ta boshlang‘ich va o‘nlab o‘rta maktablar faoliyati to‘xtatildi, 360 ta maktab binosi respublikaga ko‘chirilgan harbiy qismlar, kasalxonalarga berildi2.

1941-1942 o‘quv yili davomida ko‘pgina harbiy xizmatga ketgan o‘qituvchilar o‘rnini to‘ldirish maqsadida qisqa muddatli kurslarni ko‘paytirish va IX-X-sinfni tugatayotgan o‘zbek qizlarini o‘qitib tayyorlash muhim vazifalar qatoridan o‘rin oldi. O‘zKP(b) MQ va respublika xalq komissarlari sovetining keyingi qarorlarida ham xalq maorifi tashkilotlariga 2 oylik, 4 oylik hamda 7 oylik kurslarda xotin-qizlardan iborat 750 ta boshlang‘ich va to‘liqsiz o‘rta maktab o‘qituvchisi tayyorlashga mahalliy xotin-qizlarni ko‘proq jalb qilish va ularning o‘qishlari uchun imkoniyatlar yaratish vazifasi yuklatildi. Qisqa muddatli kurslarda urushning dastlabki uch yili davomida 1600 yosh o‘qituvchi yetishtirildi. Ularning asosiy qismi xotin-qizlardan iborat edi1.

Urushning dastlabki uch yili davomida pedagogika oliy o‘quv yurtlari 4600, pedagogika bilim yurtlari 2200 nafar o‘qituvchi tayyorladi. 1940 -yilda o‘qituvchi xotin-qizlar 9533 nafar bo‘lsa, 1943- yilga kelib 14052 nafarga yetdi4. 1945- yilda respublika maktablarida ishlagan 34 ming o‘qituvchining 54 foizini xotin-qizlar tashkil etgan. Urush yillari davomida ularda 20 mingdan ziyod oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar yetishib chiqdi. Ular o‘z navbatida samarali mehnat qilib, fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib hissa qo‘shdilar. 1944 -yilning avgust oyida respublikaning 89 nafar mohir pedagogiga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi” faxriy unvoni berildi. Ular orasida Toshkentdagi 20-son maktabning o‘qituvchisi M.Qodirova, termizlik biologiya o‘qituvchisi Z.Latipova, qo‘qonlik adabiyot o‘qituvchisi T.Okunseva va boshqalar bor edi. S.Toshmatova, M.Otaxonova kabilar hukumat ordenlari bilan taqdirlangan.

Maorif organlari tomonidan maktablar tarmog‘ini saqlab qolish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilganligi tufayli 1945- yili maktablarda o‘quvchilar soni 895,7 mingta yetdi. Bu esa, urush arafasidagi raqamdan 500 mingtaga kam edi. Urush yillarida o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashga e’tibor berilib, maktab o‘quvchilari kundalik o‘qishni har turli mehnat bilan birga qo‘shib olib borishdi.

Urush davrida maktabga jalb etilmagan qiz bolalarni urushdan keyingi yillarda maktabga jalb qilish hamda maktablarni malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash masalasi muhim muammolardan biri edi. Xususan, 1947-yilda respublika bo‘yicha 4 ming nafar o‘qituvchi yetishmagan bo‘lsa, 1950- yilda 7125 ta maktab o‘qituvchilarga muhtojlik sezardi.

Urush davri sharoitlarida pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning sezilarli darajada ahamiyat kasb etganligi tufayli urushdan keyingi yillarda o‘qituvchilarni tayyorlashga alohida e’tibor berildi.

Urush yillarida xotin-qizlar orasida olib borilgan madaniy-ma’rifiy ishlar ancha samarali bo‘ldi. Bunday ishlar, chunonchi Toshkent shahrining Oktabr tumanidagi Kalinin, Ordjonikidze nomli klublarda ancha salmoqli bo‘ldi. Toshkent viloyatining o‘zida birgina 1943- yilda 2 ming ma’ruza, 1150 kinoseanslar uyushtirildi, 500 ta spektakl qo‘yib berildi. Mavjud to‘garaklarda esa ming kishi ishtirok etdi1.

Fashizmga qarshi O‘zbekistonning barcha ahli qatori san’at sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham kurashga otlandilar. Ko‘pgina san’atkor xotin-qizlar jangohlarda mardlik namunalarini ko‘rsatib, jangchilarga ma’naviy kuch-qudrat baxshida etdilar.

Urush yillarda usta hikoyanavis, ocherknavis va publitsist sifatida tanilgan Oydinning «Qizlarjon”, “Asl yor”, “Umr sovg‘asi” kabi asarlari xalqning o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir o‘tkazuvchi katta kuchga ega bo‘lib, xalqning jangovar ruhini qo‘llab-quvvatlar, dushman ustidan g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishonchini mustahkamlar edi2.

Shoirlar tomonidan o‘zbek jangchilarining jasorati, xalqlar do‘stligi, ishchi va dehqonlarning matonatli mehnati kuylandi. Ularning she’riy misralari jangovar quroldan qolishmaydigan dahshatli qurolga, ko‘ngillarni vatanparvarlik tuyg‘ulariga to‘ldiruvchi zo‘r kuchga aylandi. Jumladan, shoira Zulfiyaning “Sadoqat” to‘plami, “Hijron kunlarida” kitobi, 1942- yilda yozilgan “Mening Vatanim”, 1943- yilda yozilgan “Erimoqda qor”, “Palak”, “Gullar ochilganda”, “Qo‘limda qurolu, ustimda shinel”, “Tun”, “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rlari vatanparvar, mehnatkash, vafodor, jangchi va qalbi otash o‘zbek ayollarining ajoyib tuyg‘ularini kuylashga bag‘ishlangan edi3.

Urush yillarida 51 teatr ish olib bordi. Ular 1941-1944 yillar davomida 203 yangi asarni sahnaga qo‘yib, 65 million tomoshabinga 18 568 spektakl va konsert ko‘rsatdilar4.

Urush yillarida xalq artisti Tamaraxonim o‘z ansambli bilan jangchilar uchun 1000 marta konsert ko‘rsatib, ularni g‘alaba sari ruhlantirgan. Gavhar Rahimova urush va urushdan keyingi ko‘p yillar mobaynida O‘zbekiston xalq artisti sifatida faoliyat yuritib, Xorazm “Lazgi” ansambliga 1958-1982 yillar mobaynida badiiy rahbarlik qildi, o‘zining ko‘p yillik xizmatlari evaziga “El-yurt hurmati ordeni” sohibi bo‘ldi. 2000 yilda onaxonning 90 yillik to‘yi u kamol topgan Marg‘ilonda keng nishonlandi1. “Lazgi” ansambliga 1982- yildan keyin O.Soatova, Z.G‘ozieva singari san’atkorlar rahbarlik qilishgan.

1944- yilning fevralida Toshkentda o‘tkazilgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari muzikalari dekadasi kunlarida ishtirok etgan 900 nafarga yaqin musiqachilar, qo‘shiqchilar, raqqosalar, yozuvchi va shoirlar, dramaturg va rassomlarning ko‘pchiligi xotin-qizlardan iborat edi.

Tasviriy san’at asarlarida ham vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari bosh mavzu bo‘ldi. Urush yillarida faoliyat olib borgan rassom Shamsiro‘y Hasanova g‘alaba munosabati bilan Moskvada o‘tkazilgan Butunittifoq ko‘rgazmasida o‘zining asarlari bilan ishtirok etdi2.

Suronli kunlarning boshidanoq o‘zbek teatr arboblari fashizmga qarshi kurashchilar safida turib, matonatli faoliyat ko‘rsatdilar.

Fashizmga qarshi urush yillarida Buxoro viloyatida madaniyat, teatr, san’at xodimlari ham o‘zlarining katta mehnati va san’ati bilan nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashga otlandilar.

Urush yillarida o‘z san’ati bilan jangohlarga ma’naviy ozuqa ulashgan holda qahramonlik ko‘rsatgan ayollardan biri Qashqadaryo viloyatidan beshkentlik Jamila Husainova bo‘lib, u bir necha oy Buxoroda harbiy tayyorgarlikdan o‘tganidan so‘ng, o‘zbek milliy brigadasining tibbiy yordam rotasida mehnat qila boshladi. Jamila Husainova birinchi bor shimoliy Don daryosi bo‘yida jangga kirdi. Shundan keyin Janubi-g‘arbiy front chiziqlarida, Ukrainani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarda ishtirok etdi. Uning qo‘shiq kuylashga bo‘lgan havaskorligi frontda qo‘l keldi. U agitbrigada (targ‘ibot-tashviqot brigadasi) safida yurib, Vatan, ona, muhabbat, do‘stlik haqida kuylab jangchilarning ruhini ko‘tardi. Jamila Husainova urushdagi xizmatlari uchun jangovar medallar bilan mukofotlandi1.

Buxoro viloyati musiqa teatri artisti Rahima Olimova ham san’atkor bo‘lgani holda jangchilar orasida o‘zining jangovar topshiriqlarini bajara olishi bilan katta hurmatga sazovar bo‘ldi. Rahima Olimova xizmat qilgan Stalingrad fronti 230-diviziya komandiri polkovnik V.P.Savin Buxoroga maktub yo‘llab, u ko‘rsatgan qahramonliklar haqida xabar bergan edi. Buxoro musiqa teatri artisti Rahima Olimova, drama teatri artisti E’tiborxon Oripova kabilar urush yillarida Moskva, Stalingrad, Kursk, Minsk ostonalarida jang harakatlarini olib borayotgan buxorolik jangchilar orasida bo‘lib, o‘zlarining ijod namunalarini namoyish etib, jangchilarni g‘alabaga ruhlantirgan2.

Front ichida fashizmga qarshi qahramonona jang qilayotgan jangchilarni zafar sari ruhlantirgan san’atkorlardan yana biri Mehri Abdullaeva bo‘lgan. U bir guruh san’atkorlar bilan birga avval Moskvadagi gospitalda, so‘ngra esa, g‘arbiy frontga Gavhar Rahimova rahbarligidagi respublikamiz san’atkorlari tarkibida frontning eng qizigan o‘choqlarida madaniy xizmat qilib, o‘zining yoqimli qo‘shiqlari bilan dushmanni yengishda jangchilarga madad bo‘ldi3. Urush yillarida yaratilgan asarlarda insonparvarlik tuyg‘usi ustuvor bo‘lib, dohiylarni madh etishga kamroq e’tibor berildi. Mafkura nazoratchilari bunga e’tibor berib, o‘zbek xalqining inqilobgacha bo‘lgan o‘tmishini ulug‘lab yuborishdi, degan fikrga bordilar. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi maxsus komissiya tuzib, ayrim ijodkor ziyolilar o‘tmishni ulug‘lab "qadimiy madaniyat qarshisida tiz cho‘kishga yo‘l qo‘yganlar" degan xulosaga keldi. Shunga qaramay, O‘zbekistonning ijodiy ziyolilari urush yillarida o‘zbek xalqining ma’naviy uyg‘onishi yo‘lida samarali mehnat qildilar. Xalqimizning mardonavor mehnati fashizmga qarshi urushda qozonilgan g‘alabaga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘ldi.

Biroq, Ikkinchi jahon urushi yillarida madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatida milliylik va baynalmilallik nisbati ikkinchisi hisobiga o‘zgardi. Madaniyatdagi milliylikning ikkinchi darajaga o‘tib qolishi esa, O‘zbekiston madaniy hayotida keyingi yillarda ayniqsa, o‘zining salbiy jihatlari bilan namoyon bo‘ldi.

Bundan tashqari, madaniy-ma’rifiy muassasalar ish shakl uslublarida kommunistik partiyani ulug‘lash, “mehnatkashlarning kommunistik ongliligini oshirish»1 evaziga milliy urf-odat, qadriyatlarni kamsitish hollari yuz berdi.

Shunday bo‘lsa-da, urush yillarida xalqimizning fidoyi ayollari madaniyat sohasida ham o‘zlarining mardonavor jasoratlarini namoyon qilib, buyuk ishlarni amalga oshirdilar.



Urushdan keyingi yillarda ham O‘zbekiston xotin-qizlarining madaniy sohalarda olib borgan faoliyati yanada keng tarzda davom etdi

O‘zbekiston SSR xalq artisti yuksak unvoniga sazovar bo‘lgan Malohat Ishoqova o‘zining san’atdagi mehnat faoliyatini 1942 yildan boshlagan. U atoqli baletmeystr V.N.Gubskaya, Mukarramaxonim, Roziya Karimova kabi ajoyib raqs ustalaridan saboq oldi. Urushdan keyingi yillardayoq uning repertuarida paydo bo‘lgan “Munojot”, “Tanovar”, “Katta o‘yin”, “Lazgi” kabi murakkab, sevimli klassik o‘yinlar o‘sha saboqlar, izlanishlar, mehnatlar samarasi bo‘ldi

O‘zbek xalqi Sharq ma’naviyatining eng yaxshi an’analariga amal qilib, urushning ayanchli yillarida ittifoqning dushman vaqtincha bosib olgan hududlaridagi aholiga do‘stona bag‘rini keng ochdi, o‘z yurtidan ayrilgan quvg‘inlarni, urush qurbonlarini qalb qarorati bilan isitdi, ularni g‘amxo‘rlik va mehmondo‘stlik bilan ko‘nglini ko‘tardi, qardosh xalqlarga iqtisodiyotni tiklashda va madaniy qurilishni yo‘lga qo‘yishda yordam berdi. Respublika aholisining o‘zi qayg‘uli urush yillarida nihoyatda nochor yashashiga qaramasdan shunday yordam qo‘lini cho‘zdi.(3-rasm).

Urush odatdagi hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi. Urushning dastlabki kunlaridan boshlab butun mamlakatda bo‘lgani kabi O’zbekistonda ham oziq-ovqat va sanoat mollari keskin kamayib ketdi. Ko‘chirib keltirilgan aholi oqimining ortishi munosabati bilan uy-joy muammosi haddan tashqari keskin tus oldi. Elektr quvvati, yoqilg‘i bilan ta’minlashdagi uzilishlar transport va kommunal xizmat ko‘rsatish muassasalari ishiga salbiy ta’sir qildi.

Urush xar bir honadonga, xar bir oilaga yopirilib kirdi, odamlarni og‘ir sinovlarga, mahrumliklar va azob-uqubatlarga mubtalo qildi.

Shahar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash urush harakatlarn boshlanishi bilanoq «chiptalar» bo‘yicha amalga oshirila boshlandi. Ishchilar va xizmatchilar kuniga faqat 400— 500 gr. past navli non olardi, qaramog‘dagilar esa, yuqoridagi

mikdordan 1,5 baravar kamroq olishardi.1 Aholiga go‘sht, baliq, yog‘, yorma, makaron sotishda ham me’yorlangan taqsimot joriy qilindi. Lekin u ko‘pincha kechikib ketardi, «chiptalar» tovar bilan ta’minlanmasdi.

Me’yorlangan taqsimot qishloq aholisiga umuman tatbiq etilmagandi. Qishloq aholisi oziq-ovqat mollarini matlubot kooperatsiyasi do‘konlaridan davlatga topshirilgan mahsulotlari miqdoriga qarab belgilangan normalar bo‘yicha sotib olardi. Kishi boshiga sanoat mollari ajratishning cheklangan yillik normasi mavjud edi: ip gazlama — 6 m., jun gazla-ma — 3 m., poyabzal — bir juft. Aholining poyabzalga bo‘lgan talabi qondirilmaganligi sababli qishloq odamlari asosan yalangoyoq yurishardi yoki eng oddiy «qo’lbola poyabzal» tikib olishgandi.

Shaharliklarning moddiy sharoitini ta’minlash maqsadida ishchilar va xizmatchilarga o‘z tomorqalarida va jamoa yerlarida mahsulotlar yetishtirishga ruxsat etilgan edi. Sanoat korxonalari huzurida yordamchi xo‘jaliklar tashkil etiltandi. Urush yillarida ishchi va xizmatchilarning ish haqi ham oshirildi. Biroq pulning qadrsizlanishi shiddat bilan ortib bordi. Chayqov bozori ko‘paydi va buning muqarrar oqibati sifatida narxlar keskin oshdi, tovar va mahsulotlar ayirbosh qilishga o‘tildi.

Davlat axolining ta’minotini yaxshilash uchun choralar ko‘rmagani holda, «tartibsiz bozor»ga qarshi kurashish maqsadida oshkora jazolash siyosatini qo’lladi. 1943- yilning yanvarida Davlat Mudofaa Ko‘mitasining maxsus direktivasi, oziq-ovqat posidkasini, kiyimni nonga, shakarga, gugurtga ayirboshlashni, un va hokazolarni zaxiraga xarid qilishni iqtisodiy ish tashlash deb qarashni taklif etdi. 20-yillarning oxiridagi kabi yana Jinoyat kodeksining (JK) 107-moddasi (chayqovchilik) amal qila boshladi. Mamlakatda soxtalashtirilgan «jinoiy» ishlar to‘lqini yana avj oldi. Buning natijasida qo‘shimcha bepul ishchi kuchlari lagerlarda to‘plandi. Shu bilan birga ko‘p sonli nomenklaturadagi xodimlar uchun maxsus taqsimotlar va payoklar saqlanib qoldi, ularni ko‘pchilik mehnatkashlar oladigan iste’mol payoklari bilan qiyoslab bo‘lmasdi.

Qishloqda favqulodda vaziyat vujudga keldi. Siyosiy rahbariyatning mantig‘iga muvofik, qishloq mehnatkashlari mehnat kunlariga oladigan natura (mahsulot bilan) to‘lovi va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hisobiga o‘zlarini oziq-ovqat bilan ta’minlashlari lozim edi. Lekin bu mahsulotlar juda cheklangan miqdorda edi, Buning ustiga urush davri voqealari kolxozchilarning tomorqa uchastkalarida ishlash imkoniyatlaridan mahrum qilib qo‘ygan edi. Manbalarning dalolat berishicha, 4 yil urush mobaynida kolxozlar dehqonlarga amalda pul to‘lamaganlar va mehnat kunlariga nihoyatda kam miqdorda mahsulot berganlar. Bunday sharoitda qishloq mehnatkashlari ovqat sifatida qichitqi o‘t, sho‘ra o‘t, loviya, daraxtlarning yanchilgan po‘stlog‘i va shu kabilarni iste’mol qilishga majbur bo‘lgan.

Og‘ir moddiy sharoit murakkab epidemiya vaziyati bilan yanada chuqurlashib bordi. Ko‘pgina qishloq tumanlarida birorta ham sanitariya shifokori yo‘q edi, tibbiy xodimlar yo‘qligidan tibbiyot punktlari ishlamasdi, ular dori-darmonlar, mablag‘lar yo‘qligi tufayli yopib qo‘yilgan edi. Natijada kasalliklar va o‘lim shiddat bilan avj olib bordi. Respublikada bolalar bog‘chalari va yaslilari mutlaqo yetishmasdi. Maishiy xizmat ko‘rsatish xizmati amalda to‘xtab qolgan edi.

O‘zbekiston xalqlarining insonparvarlik — vatanparvarlik faoliyatiga murojaat qilganda, bunga millatlararo munosabatlar nuqtai nazaridan yangicha yondashish ham g’oyat muximdir.

Ma’lumki, gitlerchi strateglar Sovet Ittifoqiga qarshi agressiyani boshlar ekanlar, o‘zlari taxmin qilgan SSSR xalqlari o‘rtasidagi millatlararo tuqnashuvlardan o‘z maqsadlarida faol foydalanishni niyat qilgan edilar. Gitlerning fikricha, «Rossiyaning keng hududlarida joylashgan xalqlarga nisbatan olib boriladigan siyosat kelishmovchiliklar va ajralishning har qanday shaklini rag‘batlantirishdan iborat bo‘lishi lozim» edi. Ana shu maqsadda fashistlar millatchilikdan iborat ig‘vogarliklarni rejalashtirgan bo‘lib, ular isyonlarga, qo‘poruvchilikka, mamlakatning parchalanib ketishiga olib kelishi kerak edi. Gitlerchilar qumondonligining direktiv hujjatlarida hamma joyda «rus xalqiga rus bo‘lmagan xalqlar»ni qarama-qarshi qo‘yish, ularni bir-biriga qarshi zaharlash qatiyat bilan taklif etilardi.

Biroq urushning dastlabki kunlaridayoq, natsist bosqinchilarning millatlararo urush chiqarish niyati puch ekanligi ma’lum bo‘ldi. Gitlerchilarning bosqinchiligi milliy vatanparvarlik tuyg‘ularining haddan tashqari qudratli kuchini namoyish qildi. Umumiy kulfat ittfoqdagi barcha millatlar va xalqlarni jipslashtirdi. O‘lim xavfi oldida qardoshlarcha bir-damlik tuyg‘ulari bosh axloqiy mezon bo‘ldi. Xalqning azaliy insonparvarligi fashizm mafkurasidan ham, kommunistik mustabidchilik zulmidan ham ustun keldi.

O‘zbek xalqining vatanparvarlik faoliyati qardoshlarcha birdamlik va chinakam baynalmilalchilik tuyg‘ulari bilan omuxtalangan edi. Bu tuyg‘ular turli shakllarda ifodalandi va ko‘p tomonlama xususiyatga ega bo‘ldi.

O‘zbek xalqining birlik va qardoshlarcha do‘stlikka insonparvarlik bilan intilishining yorqin timsoli, ulkan axloqiy kuch-qudrati va haqiqiy samimiy olijanobligining chin ma’nodagi isboti Ikkinchi jahon urushi tufayli jonajon yerlarini tark etishga majbur bo‘lgan kishilar to‘grisida, yaradorlar va nogironlar haqida, frontga ketganlarning xotinlari va bolalari haqida qilingan g‘amxo‘rligida o‘z ifodasini topdi.

Evakuatsnya qnling‘an aholiga ko‘rsatnlgan samimiy g‘amxo‘rlnk

Mamlakatning dushman vaqgincha bosib olgan hududlaryani va front yaqinidagi tumanlarni tashlab chiqqan dastlabki o‘n minglab kishilar respublikaga 1941- yilning yozvdayoq kela boshlagan edi. O‘zbekiston urush yillari Rossiyaning bosib olingan rayonlaridan — Ukrainadan, Belorussiyadan hammasi bo‘lib bir milliondan ortiq kishini qabul qildi. Ulardan 200 ming nafari bolalar edi.

Respublika shaharlari va qishloklari aholisi bu yerga kel-gan fuqarolarni mehmovdo‘sglik bilan qarshi oldi. Aholi ularga turar joy berib, o‘zi siqilib yashadi, ko‘chib kelganlarni to‘ydirish uchun oxirgi bo‘lak nonini ham bo‘lib berdi, ular uchun poyabzal, kiyim-bosh to‘pladi. Ko‘chirib keltirilganlarga yordam berish maqsadida Farg‘ona viloyatidagi «Birinchi may» qishloq xo‘jalik arteli mehnatkashlarining tashabbusi bilan shaharlarga don, sabzavot, kartoshka, go‘sht mahsulotlari ortilgan karvonlar yetib kela boshladi.

Ko‘chirib keltirilganlarni ishga joylashtirish gozasidan katta ishlar amalga oshirildi. Faqat Toshkent shahrining o‘zi-ga 1941 yil 24 noyabrdan 31 dekabrgacha 37,6 mingdan ortiq kishi, 1941—1942 yillarda qariyb 240 ming kishi joylashtirildi va ish bilan ta’minlandi.

O‘zbekiston aholisi ota-onasidan va uyidan ajralgan bolalarni ayniqsa samimiy g‘amxo‘rlik bilan qabul qildi. «Sen — yetim emassan!» — o‘zbek shoirinint qalblridan otilib chshdan bu samimiy so‘zlar butun o‘zbek xalqining hayajonli his-tuyg‘ularini ifodalar edi. O‘zbekistonliklar baxtsiz bolalarni o‘z quchog‘iga olish, ularning ko‘nglini ko‘tarish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish uchun qo‘llaridan kelgan, mumkin bo‘lgan va hatto mumkin bo‘lmagan narsalarni ham qildilar.

Ko‘chirib keltirilgan bolalarni qabul qilishni tartibli yo‘sinda tashkil etish maqsadnda respublika hukumatining frori bilan 1941- yil oktabrda evakuatsiya qilingan bolalarni qabul kilish uchun markaziy punkti tashyush etkldi. O‘sha yil-ning dekabrida evakuatsiya qilingan bolalarni joylashtirish-ga rahbarlik qilish uchun respublika, viloyat, shahar va tuman

komissiyalari tashkil etildi. Toshkent, Samarqand va boshqa yirik shaharlarda maxsus shtablar kecha-kutsduz ishlab turdi. Faqat 1941- yshg 25 noyabrdan 1942 yil oktabrga qadar respub-likaning evakuatsiya punktlari orqali 15649 nafar bola o‘tdi. Yegib kelgan bolalar darhol samimiyat va onalarcha mehribon-lik bilan qurshab olindi. Ko‘chirib keltirilgan bolalar va frontga ketganlarning bolalari har kuni Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo‘qon va Namangaqda tashkil etilgan oshxonalardan bepul ovqat olishardi. Bemor va zaiflashib qolgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilardi.

Yuzlab o‘zbek oilalari ko‘chirib keltirilgan, urush tufayli ota-onalaridan ajralgan bolalarni o‘z tarbiyalariga oldilar. Ayniqsa keltirilgan bolalarga jamoatchilikning yordam ko‘rsa-tishidan iborat vatanparvarlik harakati 1942- Yil 2 yanvarda Toshkentda shahar xotin-qizlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandan keyin respublikada keng quloch yoydi, bu yig‘ilish O‘zbekiston xotin-qizlarini ota-onasiz bolalarga onalari o‘rnida onalik qilishga chaqirgan edi.

Ko‘pgina oilalar ikkita va undan ortiq yetim bolalarni o‘z tarbiyalariga oldilar. Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o‘rtog‘i Bahri opa Akromovaning nomlarilari ko‘pchilikka tanishdir, ular turli millat farzandlaridan 14 bolani o‘z oilalariga tarbiyaga oldilar. Kattaqo‘rtonlik Hamid Samadov oilasi 12 bolani asrab oldi. Yangiyo‘lda 9 ta kolxoz jamoasi ko‘chirib keltirilgan 169 bolani o‘z tarbiyala-riga olishdi. Buxorolik Muazzam Jo‘raeva va Ashurxo‘jaevalar o‘z bag‘irlariga 8 nafardan bola oldilar. 1943 Yilning oxiriga kelib shaharlarda 4672 bola, kzshshoqlarda esa, 870 bola o‘zbek oilalari tomonidan tarbiyaga olingan edi. (4-rasm)

Respublikada asta-sekin bolalar uylari, maktab-internatlar, bolalar bog‘chalari va yaslilari tarmog‘i kengaytirildi, ular birinchi navbatda ko‘chirib keltirilgan bolalarni va frontga ketganlarning bolalarini qabul qildilar. 1945 yilda, O‘zbekiston viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda 268 ta bo-lalar uyi mavjud bo‘lib, ulardagi tarbiyalanuvchilar soni 31.300 bolami tashkil etdi, holbuki, urush. arafasida respublikada faqat 106 ta bolalar uyi mavjud bo‘lib, ularda 12 ming bola tarbiyalanardi1.

Davlat tomonidan bolalar muassasalariga ajratilgan mablag‘lar yetishmayotganligini hisobga olib, respublikaning ko‘pgina mehnat jamoalari ularga qo‘llaridan kelganicha yordam berishni o‘z zimmalariga olshpdi. Korxonalar va tashkilotlarda bolalar uylarining filiallari tashkil etilib, ular to‘la-to‘kis mehnat jamoalari mablagi hisobidan ta’min etilardi.

1942- yilning boshlarida respublikaning barcha gazetalarida O‘zSSR XKK huzuridagi evakuatsiya qilingan va yetim bola-larni joylapggarshd hamda tarbiyalash Komissiyasi Davlat ban-kining shahar boshqarmasqda 160676-raqamli joriy hisob och-tanligi haqidaga e’lon bosilib chikdi. Bolalar foydasi uchun bo‘ladigan barcha xayriyalar ana shu ko‘rsatib o‘tilgan hisobga topshirilishi iltimos qilingan edi.

Mazkur da’vat javobsiz qolmadi, 1942 yilning mart oyiga kelib 60676-raqamli hisobga 2 mln. 74 ming so‘m mablag‘ tushdi. 1943- yilga kelib bu jamg‘arma fondi 3,5 mln. so‘mga yetdi.

Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar talabalar va maktab o‘quvchilarinikg otaliq yordam ko‘rsatish shakllari kengaydi. Masalan, Toshkent viloyat paxta tayyorlash tresti kolxozchilari 1942- yilning bahorida klub binosini internatga aylantirib, qayta jihozladilar va bu yerda Belorussiyadan kelgan 25 bolani tarbiyaladilar. Bu namunaga shahardagi deyarli 70 ta korxona qo‘shildi.

1941-yil iyundan 1944-yilgacha O’zbekiston teatrlari 203 ta yangi postanovka, 18568 marotaba sepektakl va konsertlar ko’rsatdilar.

Urush yillarida o’zbek xotin-qizlari front- konsert birgadasining munosib ulushi bor.Respublikamiz sa’nat ustalari 30 ta konsert brgadalariga bo’linib,frontdagi janghilarga 35 ming, gospitillarda esa26 ming konsert ko’rsatdilar.Front birgadalar tarkibida Tamaraxonim, X.Nosirova ,S.Eshontorayeva, M. Turg’unboyeva,A. Xidayatov, O.Xo;jayev ,G. Raximova ,K.Zokirov singari taniqli sanatkorlar bor edi.

O’zbekistonlik Zebo G’aniyevaning Moskva ximoyasi uchun ko’rsatgan jasorati tillarda doston bo’ldi Zeboxon xalq ko’ngillari safida Moskva mudofasiga otlandi. U o’z hayotini bir necha bor xavf ostida qoldirib razvetkachilar safida 12 marta <> (dushmaning rejalari-planini bilib olish maqsadida tirik asir tutib kelish ) operatsiyasida ishtirok etib, shuxrat qozondi.Zebo G’aniyeva jang maydonlarida 28 fashist jallodni yer tishlatdi . Qizil bayroq ordeni bilan mukofatlandi. 1

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, sovet xokimyati va kamunistik partiyaninng xotin-qizlarga munosabat masalasidagi mustamlakachilik moxiyatiga ega bo’lgan ziddiyatli siyisat jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy- ma’rifiy soxalarda 70 yil mobaynida amalga oshirib kelindi. Bu jarayonda sovetlar xokimyatining g’arazli maqsadi va intilishlari niqoblangan tarzda yo’naltirilgan bo’lib, u quydagi xolatlarda o’zakasini topdi.

Sovet xokimyati va kamunistik partiya xotin-qizlar yordamida o’z diktaturasini mustaxkamlashga intilib, ma’muriy –buyruqbozlik boshqaruvi usuli asosida siyosat olib boradi. Shuning uchun xam O’zbekiston xotin-qizlari kamunistik partiya raxnamoligidagi savetlar mustabid tuzimning yakka xokimlik, mamuriy- buyruqbozlik siyosati qurboniga aylandi.

Sovet xokimyati komunistik partiyaning ma’naviy raxnamoligida ayollarinning ijtimoiy-siyosiy va kasb-kor martabasini, ularning raxbarlik lavozimlarda ishlashini qo’lab –quvvatladi xamda muntazam rag’batlantirib bordi. Ayollar ijtimoiy xayotda faollashuvi turli to’siqlarga va muamolarga duch keldi. Buquydagi xolatlarda ko’zga tashlandi.

-ishlab chiqarishda ishtirok etgan ayollarning tajribasi, kasbiy malakasi yo’qligi uchun ko’proq xaq to’lanadigan qo’l mehnati bilan shug’ulanishga majbur edilar;

-ayollarning oila xo’jaligida bajaradigan mehnati xam qisqartirilmadi ;



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBLAR RO’YHATI
1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə