Usmonova mehriniso




Yüklə 276.09 Kb.
səhifə1/3
tarix22.02.2016
ölçüsü276.09 Kb.
  1   2   3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
UDK......

USMONOVA MEHRINISO ......
O’ZBEKISTONDA URUSH YILLARDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI. (1941-1945)
mavzusidagi
Mutahassislik: 5A120301 - O‘zbekiston tarixi


Ilmiy rahbar: D.Sobirova

Tarix fanlari nomzodi, dotsent

Andijon – 2013 yil



M U N D A R I J A

1. Kirish ...................................................................................................... 3

2. I-BOB . Urish yillarida xotin qizlar mexnatining ijtimoiy -iqtisodiy muamolari.................................................................................
3. II-BOB Urush yillarida xotin-qizlarning front ortidagi jasorati

....................................................................

4. III-BOB O’zbekistonlik ayolarning fan va

madaniyatga qo’shgan xissasi...........................................



5. Xulosa ................................................................

6. Adabiyot va manbalar ro’yxati...........................

7. Ilovalar.................................................................


KIRISH

Ayollarni qancha ulug`lasak hayotimizning chirog`i,



guli deb e`zozlasa demakki, oilamizni, vatanimizni e`zozlagan bo`lamiz.

I.A. Karimov

Yurtboshimiz Islom Karimov 2013 yilning 9 mayida Toshkent shahridagi Xotira maydonida o‘tkazilgan Xotira va qadrlash kuni tadbirida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashar ekan “El-yurtimiz o‘z tarixida boshidan kechirgan misli ko‘rilmagan sinov va suronli kunlarni yana va yana bir bor o‘zimizga tasavvur qilar ekanmiz, ishonchimiz komilki- O‘zbekiston o‘z ozodligi, o‘z qadr-qimmati uchun hamisha mardlik va matonat ko‘rsatib kelgan, hech kimga bosh egmagan va hech qachon bosh egmaydi”, deb aytdi.

-“Hayotning o‘zi bir haqiqatni takror va takror isbotlab bermoqda,- deb ta’kidladi I.A.Karimov. - Ya’ni tarixni bilmagan, tarixni unutgan, tarixdan xulosa chiqarmagan har qanday inson, har qanday xalq o‘z yo‘lidan adashishi, bir vaqtlar yo‘l qo‘ygan xatolarini yana takrorlashi mumkin”1.

Yurtimizda hayotbahsh o’zgarishlarni amalga oshirish jarayonida jamiyat a’zolarini erkin, demakratik tafakkur va milliy g’oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati ortib bormoqda. Zero “…har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, xayoti qadiryatlardan ayri xolda tasavur etib bo’lmaydi “.1

Milliy istiqlol yillarida vatanimiz tarixini haqqoniy, ilmiy asosda o’rganish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Xususan, 70 yildan ortiq davr ichida xalqimiz boshidan kechirgan ma’naviy tazyiqlarning o’zbek xotin -qizlari ijtimoiy hayotga ta’siri, sovet totalitar tuzuminining mahalliy millat xotin- qizlariga bo’lgan munosabati masalasi o’zinining ilmiy asoslangan talqinini kutayotgan muhim muammolardan biri hisoblanadi. O’zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov aytganidek: ”Butun ma’rifiy dunyoda xotin –qizlar manfaati degan alohida masala bor va uni o’rganish, yechimini topishga juda katta ahamiyat berilishi bejiz emas. Agar ayollarga yetarli e’tibor berilmasa, bunday jamiyatning kelajagi bo’lmasligi haqida o’ylaymanki, uzoq gapirib o’tirishning hojati yo’q”. Bu borada yaqin o’tmish sovet davri tajribasini sinchiklab o’rganish va undan zarur saboqlar chiqarish muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimiz I.A.Karimov O`zining “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” asarida “Bir narsani alohida ta`kidlab o`tmoqchiman. Urush davri voqealarini, jangchilarimizning jasoiratini tahlil etishda va ta`riflashda ham mafkurabozlikni, balandparvoz gaplarni, dabdabali shiorlarni kamaytirib, umri erta xazon bo`lgan otalarimiz, akalarimiz xotirasi oldida iztorob bilan bosh egib ularning jasoratini faxr bilan eslab avvalombor, halok bo`lganlarning oilalariga g`amxo`rlik qilish, bugun hayot bo`lgan sobiq jangchilarga faqat tasannolar aytish bilan cheklanib qolmasdan ularga amaliy yordam berish biz uchun ham qarz, ham farzdir.”1 degan gaplarini alohida aytish lozim.



Mavzuning dolzarbligi Sovet davrida ikkinchi jahon urushi tarixi bo`yicha juda ko`p asar va maqolalar chop etilib, dissertatsiyalar yoqlandi. Garchand bular O`zbekistonning fashistlar tor-mor qilinishiga qo`shgan ulkan hissasini ko`rsatishga harakat qilgan bo`lsa-da, lekin, ular kommunistik ruhda yozilganliklari bois qo`pol xato va kamchiliklarga yo`l qo`yildi: Zero, o`zbeklar go`yo kommunistik partiya, sovet davlati, “sotsiolizm tuzumi ”, “xalqlar dohiy”si Stalin uchun qon to`kdilar , degan fikrlar baralla oldiga surildi. Urushdagi g`alaba esa go`yo “sotsiolizm” tuzumining afzalligi va uning baxtli hayot ramzi bo`lganligi uchun qo`lga kiritilgan emish.

Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida, jamiyat a’zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy g‘oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati ortib bormoqda. “Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi”2. Milliy istiqlol yillarida O‘zbekiston tarixining ko‘pgina masalalari o‘zining yangi, ilmiy jihatdan xolis va haqqoniy yechimini topa boshladi. Bu ayniqsa, bir necha o‘n yillar davomida soxtalashtirilib, bir yoqlama talqin qilib kelingan sovet davri tarixini o‘rganishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

O‘zbekiston davlat suverenitetiga erishganidan keyin o‘zbek xalqi tarixini, avvalo, mamlakat tarixshunosligida buzib ko‘rsatilgan sovet davri tarixini milliy mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan tanqidiy mushohada qilish uchun zarur shart-sharoit yuzaga keldi.

Vatanimiz tarixining sovet mustamlakachiligi davri bilan bog‘liq sahifalariga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, xalqimiz ma’naviyatining yuksalishida tadqiq etilayotgan sovet davri tarixini hozirgi mustaqillik davri bilan qiyosiy taqqoslash milliy istiqlolni yanada munosib qadrlash imkonini beradi. Zero, erkin va farovon hayotni yuksak ma’naviyatsiz qurib bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2005 yil 14 yanvarda Moskvaning «Nezivisimaya gazeta”si muxbiri savollariga bergan javobida sovet hokimiyatining mohiyatini ochib ko‘rsatish bilan birgalikda, bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida shunday degan edi: “Masalaning muhim jihati –islohotlarning odamlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganida. Biz nafaqat siyosiy jabhani, balki iqtisodiyotni ham, ijtimoiy hayotni ham, ma’naviy-axloqiy sohani ham isloh qilishimiz zarur”1.

Ma’lumki, sovet hokimiyati va kommunistik partiyaning hukmronligi yillarida ma’naviy-siyosiy, mafkuraviy yakkahokimlik tufayli tarixchi olimlarning haqiqatni yoritish imkoniyati yo‘q edi. Milliy istiqlol yillarida Vatanimiz tarixini haqqoniy, ilmiy asosda o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «O‘z tarixini bilmagan jamiyat istiqbolga eltuvchi yo‘lni topa olmaydi. Tarixga bepisand xalqning kelajagi yo‘q. Ko‘p asrlik tarixi mobaynida O‘zbekiston qancha bosqinlarni ko‘rmadi, Markaziy Osiyo mintaqasi qanday bo‘ronlar ichida qolmadi, kimlar bizni tobe va qaram qilishga intilmadi. Ana shu tarixdan saboq chiqarmasak, ertaga kechagi kun ko‘rgiliklari qaytadan boshimizga tushib qolishi hech gap emas. Boshqacha aytganda, kechagi kundan to‘g‘ri xulosa chiqarib ish tutgan jamiyat kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadi”2.

Vaholanki, o`zbek xalqi kommunistik partiya va “sotsiolizm” uchun emas, balki vatan himoyasi va taqdiri uchun qahramonlarcha jang qildi. Bu yo`lda uning yuz minglab farzandlari halok bo`ldi, ko`pdan-ko`p odamlar jarohatlandi. Shuningdek, u topgan-tutgani va umuman boyliklarini sarflab, suyagigacha shilindi.3

Sovet mustabit tuzumi yillarida kommunistik partiya xotin-qizlar masalasida o’z maqsad – manfaatlaridan kelib chiqqan holda siyosat olib bordi, mazkur masalani mafkuraviy tazyiq ostida hal etishga intilish og’ir oqibatlarga olib keldi. Sovet hokimyatiga va kommunistik partiya o’z oldiga “Ayollarning butunlay yangi avlodni, ularni faqat oilani o’ylaydigan emas, balki ko’proq jamiyat ijtimoiy, siyosiy hayotda erkaklar bilan tengma-teng, faol ishtirok etishni istaydigan shaxslar qilib tarbiyalashni asosiy vazifa qilib qo’ygan edi.”1 Shuning uchun xotin-qizlarning faoliyatiga ta’sir etishning mafkuraviy va ishlab chiqarish omillari tashkil etadi.

Sovetlar tarafdorlarini sonini va markazining itoatkor xizmatkorlarni ko’paytirish singari siyosiy maqsadlarda kelib chiqib, niqoblangan mustamlakachilik siyosatining “ayyorona” tadbirlari orqali faoliyat olib bordi, shu maqsadda turli qaror va ko’rsatmalar qabul qildi.

Sovet hokimyati va kommunistik partiyani xotin-qizlar masalasida yuritgan siyosati qarama-qarshi xarakterga ega bo’lib, ijobiy va salbiy ahamiyat kasb etgan.

Masalaning salbiy tomoni esa sovetlar tomonidan olib borilgan o‘zbek xotin-qizlarining siyosiy va huquqiy ongini shakllantirmaslikka qaratilgan siyosat tufayli mahalliy millat vakillarida milliy o‘zlikni anglash va mustaqillik uchun kurashishga zarur bo‘lgan tug‘ma ehtiyojlarning uyg‘onishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Shuningdek, ayollarning mashaqqatli hayoti, u yoki bu ko‘rinishdagi fojealari sababi ijtimoiy-siyosiy tuzumdan, jamiyatning o‘zidan izlanmay, bosh aybdor sifatida din va shariat e’tirof etildi, e’tiqod erkinligiga nisbatan jangovar ateizm siyosati olib borildi. Islom diniga qarshi kurash bahonasida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, madaniyati, qadriyatlariga urush e’lon qilindi. Xotin-qizlarni «ozodlikka chiqarish» bahonasida 1927- yilda respublikada «Hujum» harakati boshlandi. «Hujum» harakati va uning salbiy oqibatlari haqida yozuvchi Chingiz Aytmatov shunday degan edi: «Afsuski, davlat tomonidan o‘tkazilgan «Hujum» kompaniyasi o‘sha davrning og‘ir xatolaridan biri edi, deyish kamlik qiladi. Bu insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat edi. Ustiga-ustak, ilohiy olam qurilmasiga qarshi yo‘naltirilgan jinoyat edi. Xudoning barqarorligini inkor etgan murtadlar xudoning vazifasini o‘z zimmalariga oldilar va «yangi odam yaratamiz» deb, dahshatli o‘yin boshladilar». Sovetlar barcha qoloqliklarning sababini din bilan bog‘lashga harakat qilishdi. Islom dini xotin-qizlarning ijtimoiy hayotda va ishlab chiqarishda qatnashishini man etmasa-da, hamma ayb unga ag‘darildi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy aholi orasida sovet hokimiyatiga qarshi dushmanlik kayfiyatini kuchaytirdi. Shuning uchun ham «...ayollar o‘rtasida dinga qarshi tashviqotni keskin yo‘lga qo‘yish, ularni ijtimoiy mehnatdan chetlashtirib yuborishi» mumkinligi tufayli «ko‘pxotinlik va qalin dinning aybi» sifatida e’tirof etildi.

1940- yil 15 mayda 1925-yilda tashkil topgan «Kurashchan xudosizlar Ittifoqi»ning 15 yilligini barcha joylarda tantanali ravishda nishonlash haqida maxsus qaror qabul qilinganidan so‘ng ateizm bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari yanada kuchaytirilib, ma’ruzachilar moddiy rag‘batlantirildi. Biroq 1942-yilda, urush yillarida sovet hukumati va kommunistik partiya ijtimoiy hamkorlikni ko‘zlab dinga nisbatan vaqtinchalik kurashni to‘xtatgani bois, «Kurashchan xudosizlar Ittifoqi»ning Markaziy Kengashi tugatildi. Ammo urush tugashi bilanoq ateizm bo‘yicha targ‘ibot ishlari yana davom ettirildi.

O‘rganilayotgan davrda xotin-qizlarning faoliyati totalitar tuzum tomonidan maxsus «qolip»ga solingan, ularga nisbatan o‘ta mafkuralashtirilgan siyosat olib borishgan bo‘lsa-da, o‘zbek xotin-qizlari o‘z insonparvarligini, milliy qadriyatlarini saqlab, doimo ularga sodiq qola oldi. Ayniqsa, fashizmga qarshi urush yillarida ayollarimiz vatanparvarlik, jasorat namunalarini ko‘rsatdi.

Ma’lumki, 40-yillarning birinchi yarmi erksevar xalqlarning fashizmga qarshi kurashi bilan izohlanadi. Bu og‘ir damlarda nafaqat erkaklarning, balki xotin-qizlarning ham metin irodalari katta sinovdan o‘tdi, O‘zbek xotin-qizlari Vatan tuyg‘usini qanchalik teran his etishlari o‘sha og‘ir yillarda yanada yorqinroq namoyon bo‘ldi.

Mustaqillik va ozodlik sharofati ila yurtboshimiz Islom Karimovning tashabbusi va ishtirokida jang maydonlarida halok bo`lganlarning ro`yxatini o`z ichiga olgan ko`p jildlik xotira kitobi nashr qilindi. Xotira maydonida ajoyib nomi zar harflar bilan bitildi. Respublikamizning boshqa shaharlarida ham xotira yodgorliklari barpo etildi. Urush nogironlarining qadr-qiymati o`rniga qo`yilib izzat va hurmat ko`rsatilmoqda.

Mustaqillik yillarida urushda jasorat ko`rsatgan shaxslarni ulug`lanishi birgina prezidentimizning 2013-yil 25-aprel kuni “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi qonunida ham yaqqol namoyon bo`lmoqda. Bu qonunga asosan : “9-may umumxalq bayrami – xotira va qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, 1941 – 1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 68 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironalarni moddiy rag`batlatlantirish maqsadida:


  1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 500 000 (besh yuz ming ) so`m miqdorida bir martalik pul mukofati belgilansin.

  2. Mazkur farmonni bajarish bilan bog`liq sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshirilsin.

  3. O`zbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya xavfsizlik xizmati, Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofatini tantanali va bayramona vaziyatda topshirishni ta`minlasin. …

…5.Ushbu farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston respublikasi bosh vaziri Sh. M. Mirziyayev zimmasiga yuklansin”1.

Ishning maqsad vazifalari Muammoning ilmiy nazariy jihatdan dolzarbligi va muhimligi, uning tadqiq etilish darajasidan kelib chiqqan holda tanlangan davriy doirada xotin-qizlarga munosabat masalasida sovet mustabid tuzumi davlat siyosatining keltirib chiqargan oqibatlarini yangi konseptual-metodologik asosda o‘rganishdan iborat maqsad belgilandi.

Bitiruv malakaviy ishning ustuvor maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalarni hal etish aniqlandi:

- sovet mustabid tuzumining O‘zbekiston xotin-qizlarini ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etishdan ko‘zlagan maqsadining mustamlakachilik mohiyatini ochib berish;

- 1941-1945 yillardagi O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy ahvolini xolisona o‘rganish;

- xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini ilmiy mushohada qilish;

- respublika sanoati taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni va rolini manbalar asosida talqin qilish;

- xotin-qizlarni ijtimoiy muhofaza etish muammolarini o‘rganish;

-fan va maorif tizimida xotin-qiz kadrlar tayyorlashdagi muammo va kamchiliklarni tarixiy hujjatlarga tayanib asoslab berish;

- O‘zbekiston xotin-qizlarning san’at sohasidagi faoliyati, erishilgan yutuq va kamchiliklarni talqin qilish;

- mavzuga oid manbalarni o‘rganish va tahlil etish natijasida xulosalar chiqarish, istiqlolning hozirgi bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga yordam beradigan amaliy taklif va tavsiyalar berish.

Ushbu BMI da ikkinchi johon urushi yillarida O’zbekiston xotin-qizlarining ishtiroki ularni ko’rsatgan xizmatlari ochib berilgan urush dahshatlari ayollarni ham chetlab o’tmagan. Kasb-hunar kollejlari, akademik litsey talabalariga ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston tarixi fanini o’tayotib 1941-1945 yillarda xotin-qizlar masalasini ochib berishdan iborat. BMI ga qo’yilgan maqsad va vazifaga muvofiq quyidagi masalalarni ko’rib chiqish va tahlil qilish rejalashtirilgan.



Birinchidan –– kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda ikkinchi jahon urushi yillarida xotin-qizlar mavzusini o’rganish.

Ikkinchidan ­­­­– urush yillarida O’zbekistonlik ayollarga bo’lgan munosabat va ularni ishtirokini o’rganish.

Uchinchidan –– urush yillarida ayollarning ahvoli, ko’rsatgan jasoratlarini tahlil qilish.

Tatqiqot obyekti va predmeti: Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda urush yillarida O’zbekiston tarixini o’tayotganda darslik, qo’llanma adabiyotlar ko’rgazmali qurollar.

Mavzuni o’rganish darajasi: Ikkinchi johon urushi yilarida O’zbekistonlik xotin-qizlar ishtiroki to’g’risida ko’p ilmiy ishlar dissertatsiya ishlangan bo’lib Mustaqillikni dastlabki yillarida D. A. Alimovaning O’rta Osiyo xotin-qizlari masalasining tarixshunosligiga oid ilmiy monagrafiyasi va bir qator ilmiy maqolalari, doktorlik dissertatsiyasi sovetlarning xotin-qizlarga nisbatan siyosatining mustamlakachilik mohiyatini ochib berishda dastlabki qadam bo’ldi.1

M. To’xtaxo’jayeva o’zining xotin- qizlarga bag’ishlangan “O’tmish toliqtirgan ayollar” asarida xotin- qizlar ahvolining yaxshilashi jamiyatga faqat ijobiy tasir ko’rsatadi, deb ta’kidlagan.2

D.Sobirova o’zining O‘ZBEKISTONDA SOVET TOTALITAR TUZUMINING AYoLLAR MASALASIDAGI SIYoSATI VA UNING OQIBATLARI (XX ASRNING 40-80 YILLARI) kitobi va disertatsiyasi, ikkinchi jaxon urushi yillarida xotin –qizlarga bo’lgan munosabatini ularni ishtiroki va ko’rsatgan xizmatlarini yoritib bergan.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi avvalo, mavzuning mustaqillik mafkurasi asosida tadqiq etilib, manbalarga tanqidiy tarixiy jihatdan yondoshilib, ilk marotaba muomalaga kiritilayotgan yangi ma’lumotlar, va davriy matbuot materiallari asosida ilmiy-nazariy xulosalar qilinganligida ko‘rinadi.

Ushbu tadqiqot yangicha qarashlar, milliy g‘oya va yangi metodologiya asosida hali tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmagan dolzarb masalani, ya’ni sovet totalitar tuzumining ayollar masalasidagi siyosati va uning oqibatlarini yangi hamda ko‘pchiligi ma’lum bo‘lmagan manbalarga asosan birinchi bor o‘rganilganligidadir. Shuningdek, Bitiruv malakaviy ishnining

-urush yillarida o‘zbek xotin-qizlariga tabiatan xos bo‘lgan vatanparvarlik, insonparvarlik, bag‘rikenglik xislatlarining namoyon bo‘lishi hamda ularning fidokorona mehnatlari manbalar orqali yoritib berilgan;

-sovet mustabid tuzumining O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy guruh sifatida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarga jalb qilinishidan ko‘zlagan maqsadining mustamlakachilik mohiyati ochib berilgan;

- O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy ahvoli, ular mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari ilmiy o‘rganilgan;

- xotin-qizlarni ijtimoiy muhofaza etish muammolari, ekologik holat keskinlashuvining xotin-qizlar hayotidagi salbiy oqibatlari ilmiy tahlil etilgan;

- O‘zbekiston xotin-qizlarining madaniy-ma’naviy hayotga jalb qilinishining ijobiy va salbiy natijalari tadqiq etilgan;

-fan va maorif tizimida xotin-qiz kadrlar tayyorlashdagi muammo va kamchiliklar tarixiy hujjatlarga tayangan holda asoslab berilgan;



- muammoga oid tegishli xulosa, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tadqiqotning nazariy metodologik asoslari. BMI mavzusiga oid nazariy metodologik asoslarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari, O‘zbekiston Respublikasi milliy g‘oyasining maqsad, vazifalari, xalqimizning milliy mentalitetidan kelib chiqqan holda milliy g‘oya asos qilib olinib, uning metodologik tamoyillarini bugungi kunda o‘zbek milliy tarixshunoslik fanida amal qilinayotgan nazariy va amaliy qarashlar chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, ma’ruza va ilmiy maqolalarida, Davlat va hukumat farmonlari hamda qarorlarida ilgari surilayotgan uslubiy ko‘rsatmalar tashkil etadi.

Tadqiqot tuzilish jihatdan kirish, 3 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilova qismidan iborat.


I-BOB. Urish yillarida xotin qizlar mexnatining ijtimoiy -iqtisodiy muamolari.

Ikkinchi jahon urushi janggohlarida 1,5 mln nafar vatandoshimiz jangga kirgan, respublikada o‘sha paytda qariyb 4 mln aholi istiqomat qilardi. To‘rt yuz mingdan ziyod kishi urushda halok bo‘lgan bo‘lsa, taxminan 130 ming nafar kishi bedarak ketgan. Bu xalqimiz uchun katta yo‘qotish edi. O‘zbekistondan 4555 nafar xotin-qiz urush yillarida frontda erkaklar bilan bir safda turib janga kirishdi.

1941- yil 26 iyunda toshkentlik 1551, 28 iyunda farg‘onalik 423, xorazmlik 147, andijonlik 798, namanganlik 267 nafar xotin-qiz armiya safiga qabul qilishlarini, frontda jang qilish istagini bildirib ariza topshirgan. 1942- yil bahorda Toshkent davlat tibbiyot institutini tugatib, frontga otlangan 20 nafar yosh vrachlar orasida Nuri Shokirova, Po‘latoy Qodirova, Sobira Majidova singari o‘zbek qizlari ham bor edi. Urushning dastlabki yillarida 1- o‘zbek delegatsiyasi tushgan va sovg‘a-salomlar ortilgan poyezdni boshqarib borgan mashinist Bashorat Mirboboyeva, Zebo G‘aniyeva, Muqaddam Ashrapova, Aziza Qalandarova, Roza Ibrohimova va Mavjuda Samatovalar haqiqiy qahramonlar qatoridan o‘rin olishgan. Biroq sovet mustamlakachiligi davrida o‘zbek ayollarining tabiatida mavjud bo‘lgan vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘ulari sun’iy ravishda Ittifoq deb atalgan hudud bilan o‘lchangan. Bu esa ularda milliy o‘zlikni anglash va milliy mustaqillik uchun kurashishga qaratilgan ehtiyojlarning shakllanishiga imkon bermagan1.

O‘rganilayotgan davrda kommunistik partiya rahnamoligidagi sovet davlati respublika ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining fashizmga qarshi safarbar qilinishida ayollar rolini o‘stirishda xotin-qizlar bo‘limlari faoliyatidan keng foydalandi. Sovet tuzumi xotin-qizlar bo‘limlarini bir necha bor tugatib, «vaziyat talab etgan vaqtda» yana qaytadan tashkil etgan.2

Xotin-qizlar matbuoti hisoblangan «Kommunistka» jurnalining 1930- yilda va «Yangi yo‘l» jurnalining 1934- yilda chop etilishi to‘xtatilgach, xotin-qizlar o‘rtasida olib boriladigan ishlarning butun mas’uliyati Mehnat va turmushni yaxshilash komissiyalari zimmasiga yuklangan, Komissiya tarkibida respublika bo‘yicha 100 dan ortiq a’zo bo‘lib, ular komissiya zimmasidagi ishlarni bajarish imkoniyatidan yiroq edi. Shuning uchun komissiyalar 1930- yil may oyida ittifoq, respublika, viloyat, shahar va joylardagi ijroiya qo‘mitalariga aylantirilib, VKP(b) MQ ning 1932- yil 5 yanvardagi qarori bilan o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan organ sifatida tugatilgan edi. Shundan so‘ng xotin-qizlar bo‘limlarining vazifalari firqa qo‘mitasi va uning bo‘limlariga o‘tib, maxsus sektorga aylantirildi. Mazkur sektorlar 1934- yilgacha amalda bo‘ldi, ularning zimmasiga sovet hukumati va kommunistik partiya tomonidan “xotin-qizlar masalasining hal etilganligi“ haqidagi g‘ayriilmiy xulosani ilmiy-amaliy jihatdan mustahkamlash vazifasi yuklatilgan edi.

Aslida, xotin-qizlar bo‘limi faoliyatining tugatilishiga sabab sovet hukumati va kommunistik partiyaning xotin-qizlarni “iqtisodiy ozodlikka chiqarish” shiori ostida ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etish, ular mehnatidan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish, ularni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylantirishga norozilik o‘laroq ayollarning o‘z haq-huquqlari uchun kurashishi, mustabid tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosatdan norozilikning kuchayib borishida edi1.

Shuning uchun ham kommunistik partiyaning XVII s’ezdi Ustaviga muvofiq partiya qo‘mitalari qoshida ixtisoslashgan ishlab chiqarish bo‘limlari tashkil etilgan bo‘lsa-da, sy’ezd mazkur bo‘lim tarkibida xotin-qizlar o‘rtasida ish olib boruvchi sektor yoki bo‘lim tuzish masalasini ko‘rib chiqmadi.

Urush yillarida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning xalq xo‘jaligidagi rolini o‘stirish davr talabiga aylanganligi uchun xotin-qizlar bo‘limlari 1943- yil may oyida VKP(b) ning qarori bilan qisqa muddatga qayta tashkil etildi, ular faoliyatida ishning yo‘nalish, shakl va usullari ancha rivojlantirilib, murakkablashtirib borildi2.

1943- yil 18 may oyida O‘zKP MQ byurosi qarori asosida MQ apparatida xotin-qizlar o‘rtasida ishlar bo‘yicha bo‘lim va bo‘lim mudiri, viloyat, shahar va rayon partiya qo‘mitalarida ham xotin-qizlar bo‘limi sekretar(kotiba)lari lavozimi joriy etildi.

Bu bo‘limlar turli tashkilotlar, fondlar orqali kasaba uyushmalari, boshqa jamoat tashkilotlariga tayanib ommani boshqargan. Mazkur tashkilotlar qonunan mustaqil bo‘lsalar-da, aslida, partiyaning ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilgan, “partiya davrimizning aql-idroki, shon-sharafi va vijdoni” shiori ostida uning siyosatini amalga oshirgan.

Xotin-qizlar bo‘limlari tashabbusi bilan ayollarning urush sharoitidagi vazifalariga bag‘ishlangan xotin-qizlar kengashlari jamoa xo‘jaliklarida, konferensiyalar esa tumanlarda o‘tkazilgan. 1943-yil iyul - avgust oylarida Farg‘ona viloyatining shahar va rayonlarida xotin-qizlarning urush kunlarida jamiyat hayotidagi roliga bag‘ishlangan kengashi bo‘lib o‘tgan. Shu yili oktabr oyida Farg‘onada xotin-qizlar bo‘limi xodimlarining viloyatlararo yig‘ilishi bo‘lgan: Viloyat bo‘yicha 1943 -yil avgust - sentabr oylarida bo‘lib o‘tgan kengash va konferensiyalarda jami 20 538 nafar xotin-qiz ishtirok etgan. Mazkur yig‘ilishlarda xotin-qizlar bo‘limlarining ish usuli va uslublari, xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etish masalalari muhokama etilgan. Maxsus targ‘ibot-tashviqot joylari tashkil etilib, xotin-qizlar front va xalq xo‘jaligida yuz berayotgan yangiliklardan xabardor qilib borilgan1.

VKP(b) MQning 1943- yil 22 yanvardagi qaroriga muvofiq 1943- yilning may oydan boshlab respublika partiya qo‘mitalari qoshida xotin-qizlar sovetlari tashkil etilgan, ularga viloyat partiya qo‘mitalarida obkom sekretarlari (viloyat kotiblari)ning o‘rinbrsarlari, shahar va rayon partiya qo‘mitalarida xotin-qizlar ishlari bo‘yicha sekretarlar rahbarlik qilgan. Butun respublikada bu sohaga mas’ul sifatida viloyat partiya qo‘mitalarida 10 ta sekretar yordamchisi, shahar partiya qo‘mitalarida 13, shahar tarkibidagi rayon partiya qo‘mitalarida 11, qishloq rayon partiya qo‘mitalarida 133 kotiba tayinlangan edi. Yangi tashkil topgan bu tashkilotlar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan edi:

- xotin-qizlar o‘rtasida partiyaviy-siyosiy va ommaviy-tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish;

-xotin-qizlarning front va front orqasini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan mehnatlarini uyushtirish;

-jangchilarning oilalariga zarur bo‘lgan yordamni tashkil etishga ko‘maklashish.

Xotin-qizlar bo‘limlarining amaliy ko‘magida Toshkent shahrida 1943- yil iyundan 1944- yil may oyiga qadar ishlab chiqarish korxonalariga 15 270 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirildi, ulardan 700 nafari o‘qishga yuborildi. 1944- yil oxiriga kelib Toshkent, Buxoro va Samarqand viloyatlarida 35 ming nafar xotin-qiz ishga joylashtirilib, 26 ming nafari sanoat korxonalariga jalb etildi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida xotin-qizlar mamlakat iqtisodiy salohiyatini bir maromda saqlashda yetakchi kuchga aylandi, ular favqulodda sharoitda inson, ishchi-xizmatchi, rahbar sifatida o‘zlarini namoyon etdilar.

1941-yil 9-sentabrda Toshkent shahri partiya tashkilotining urush davri sharoitidagi ishi to‘g‘risidagi qarorida, O‘z KP(b) MQ ning 1941- yil dekabr oyidagi Plenumida, 1942-yil 21 apreldagi Andijon viloyati partiya faollari yig‘ilishida harbiy vaziyatda partiyaviy siyosiy ishlarni tashkil etish masalasi muhokama qilinib, ko‘plab xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etila boshlandi. Xotin-qizlar partiya va boshqa sovet tashkilotlarining mas’ul lavozimlarini egalladilar. Jumladan, Namangan viloyati Olmos qishlog‘idan Masturaxon Ismatova Chust rayon ijroiya qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston ASSR Shobboz tumanida esa 52 nafar ayol jamoa xo‘jaligi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Urushdan oldingi yillarda rahbarlik lavozimida band xotin-qizlar salmog‘i respublika bo‘yicha atigi 280 nafarni, ya’ni jami rahbar xodimlar tarkibining 1,2 foizini tashkil etar edi1.

1943- yidda respublika bo‘yicha 3458 nafar xotin-qiz jamoa xo‘jaligi raisi o‘rinbosari, 11 950 nafar xotin-qiz jamoa xo‘jaliga brigadiri, 48 772 nafar xotin-qiz zveno boshlig‘i lavozimida mehnat qilishgan bo‘lsa, 1944- yilda O‘zbekistonning to‘rt viloyati (Samarqand, Buxoro, Namangan, Xorazm) va Qoraqalpog‘istonda jamoa xo‘jaligi raisi o‘rinbosari lavozimiga 3,5 ming xotin-qiz tayinlangan.

Buxoro viloyatda 1944- yilda 47 nafar xotin-qiz brigadir, 3641 xotin-qiz zveno boshlig‘i bo‘lib ishlagani ma’lum. 1945- yil mart oyida viloyat qishloq xo‘jaligida 259 nafar ayol brigadir, 3623 nafar ayol zveno boshlig‘i, 1147 nafar ayol brigada hisobchisi sifatida faoliyat yuritgan. 1944-yilda birgina Farg‘ona viloyati Oxunboboev rayonida xotin-qizlardan 17 ta brigadir, 64 ta zveno boshlig‘i bor edi. Farg‘ona rayonida 6 ta brigadir va 310 ta zveno boshlig‘i ayollardan tayinlangan. Qo‘qon rayonida 1944- yilning fevral oyida 17 nafar xotin-qiz jamoa xo‘jaligi rahbarligiga tayinlangan.

Surxondaryo viloyatida 1941- yildan 1944- yilgacha 427 nafar xotin-qiz rahbarlik lavozimlariga tayinlangan. 1943-yilda respublika bo‘yicha xotin-qizlardan 3458 kishi jamoa xo‘jaligi raisi o‘rinbosari, 11 950 kishi brigada boshlig‘i, 48 772 kishi zveno boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Namangan viloyatidan Zaynabxon Ibrohimova urush yillarida Uychi rayoni “K. Marks” nomli, Naziraxon Rustamova “Baynalmilal” nomli jamoa xo‘jaligi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ko‘pchilik ayollar brigadirlik qatnashgan (Halimaxon To‘xtaboeva, Azizaxon Bo‘ronova, Oyxon Abdullayeva, Naziraxon Rustamova). 1958- yilda viloyat bo‘yicha jami 61 nafar o‘zbek ayoli hisobchi lavozimda faoliyat ko’rsatgan.1

1943 - yilda Xorazm viloyatida 81 nafar jamoa xo‘jalgi raisi, 334 nafar ayol rais o‘rinbosari, 133 nafar ayol firma mudiri, 77 nafar ayol brigadir, 744 nafar ayol zveno boshlig‘i vazifarida faoliyat yuritgan. Umuman olganda, O‘zbekistonda urush yillarida 64 dan ziyod xotin-qiz jamoa xo‘jaliklarda rahbarlik lavozimlariga tayinlangandi.

Sobiq Ittifoq davrida “xotin-qizlar masalasining hal bo‘lganligi” haqidagi g‘ayriilmiy xulosa sovet hukumati va kommunistik partiyaning xotin-qizlarni “iqtisodiy ozodlikka chiqarish” shiori ostida ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etish, ular mehnatidan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish orqali jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylantirishga imkon yaratdi.

Mahalliy xotin-qizlarni ishlab chiqarishga keng jalb etish, avvalo, mustabid tuzumning iqtisodiy bazasini mustahkamlash uchun zarur edi. “Sotsializm mamlakatlaridan bo‘lak jahondagi hech bir mamlakatda ishlovchi xotin-qizlar foizi bunchalik yuqori bo‘lmagan”.

1940- yil iyun oyida qabul qilingan O‘zKP MQning “O‘zbekistonda xotin-qizlarni iste’mol kooperatsiyasi tizimi ishiga jalb qilish tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida ta’kidlanishicha, bir yil davomida 10 ming nafardan kam bo‘lmagan xotin-qizlarni, eng avvalo, mahalliy millat ayollarini ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etish orqali iste’mol kooperatsiyasida ishlovchilarning umumiy tarkibida ularning ulushini 35 foizdan kam bo‘lmagan darajaga yetkazish birlamchi vazifa sifatida belgilab qo‘yilgandi1.

1940- yil dekabr oyida respublika iste’mol kooperatsiyasida band xotin-qizlar soni 8863 nafarga yetdi, ularning 3135 nafari mahalliy millat ayollariga mansub edi. Shuningdek, bu sohada band ayollarning 482 nafarini kommunist ayollar, 1208 nafarini komsomol qizlar tashkil etgan. Ayni kommunist va komsomol xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga yanada kengroq jalb qilishdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar orasida kommunistik partiyaning siyosiy nayranglarga to‘la maqsad-manfaatlarini amalga oshirishdan iborat edi.

1940-yil 9-iyulda O‘zbekiston komsomol yoshlar uyushmasi kengashi (“O‘zbekistonda xotin-qizlarni istemol kooperatsiyasi tizimi ishiga jalb qilish tadbirlari to‘g‘risida”) O‘zKP MQning 1940- yil 1 iyundagi qaroridan kelib chiqib, 3 ming nafar komsomol qizlarni O‘zbekiston iste’mol kooperatsiyasi tizimida o‘qitish kurslariga jalb etish haqida maxsus qaror qabul qildi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublika komsomol xotin-qizlaridan 1500 nafari bir oylik kurslarni yakunlagach, tuman va qishloqlarga - 225 nafari Toshkent viloyatiga, 227 nafari Samarqand viloyatiga, 525 nafari Farg‘ona viloyatiga, 300 nafari Buxoro viloyatiga, 105 nafari Xorazm viloyatiga yo‘llanma oldilar. Shunday qilib, iqtisodiy xo‘jalikda talab qilingan ishchilar safi mahalliy millat xotin-qizlari hisobidan to‘ldiridi.

1941- yil 22 iyunda boshlangan fashistlar Germaniyasiga qarshi urush yillarida o‘zbek xotin-qizlarining xalq xo‘jaligidaga ishtiroki yuqori darajaga ko‘tarildi. Ular xalq xo‘jaligining barcha sohalarida faol tarzda qatnashib, frontga ketgan erkaklar o‘rniga ham mehnat qildilar. Front ortida minglab xotin-qizlar “Hamma narsa front uchun!”, “Hamma ona Vatan himoyasiga”, “Front ortida frontdagidek!”, “Faqat olg‘a va olg‘a!”, “Topshiriqni bajarmay turib ishdan ketma!” shiorlarga javoban yuksak mehnat jasoratlari ko‘rsatdilar1.

Urushning ikkinchi kunidan boshlab Toshkent shahridagi barcha korxonalarda, mahallalarda va boshqa jamoat joylarida ko‘p ming kishilik mitinglar bo‘ldi, shahar aholisi Vatanni himoya qilish uchun, qayerda bo‘lmasin, jang maydonidami, mehnatdami, tayyor ekanliklarini namoyon qildilar.

1941- yil 26 iyunda Toshkent to‘qimachilik kombinatida ko‘p ming kishilik miting o‘tkazildi, mitingda ayollar o‘z zimmalariga oshirilgan majburiyatlarni qabul qilganliklari ta’kidlandi. Shaharda “O‘zing va frontga ketgan o‘rtog‘ing uchun ishla”! degan shior keng quloch yoydi. 4-iyulda Toshkent shahar Oktabr rayoni xotin-qizlarning “Har qanday vaziyatda ham erkaklar o‘rnini egalla!”, “Mehnat frontidagi stanok sari!” 15 ming kishilik mitingida respublika xotin-qizlariga qarata murojatnoma qabul qilindi. Unda: “...Aziz opa-singillar! Erimiz, akamiz, ukamiz va o‘g‘illarimizning stanok yonidagi, kombayn rulidagi va daladagi o‘rnini egallaylik”, deyilgan edi. Uy bekasi Oysha Yusupovaning frontdagi g‘alabani ta’minlashga front ortida hissa qo‘shamiz, degan da’vati ko‘pchilik xotin-qizlarni Vatan himoyasini o‘z mehnati bilan mustahkamlashga undadi. Mazkur murojaatnoma va da’vatnomalardan so‘ng poytaxt xotin-qizlari frontga jo‘natish va ishga joylashtirish haqida shahar partiya qo‘mitasi va davlat organlariga ariza bera boshladilar. Birgina 22 - 26 iyunda shahar bo‘yicha 1551 nafar xotin-qizlar frontga jo‘natishni, Oktabr rayoni bo‘yicha 1-15 iyulda 7508 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirishni so‘rab ariza berganlar2.

1941- yil iyulda “Pravda” gazetasida “SSSRning xamma xotin-qizlariga” murojaatnoma e’lon qilindi. Murojaatnoma mohiyati ayollarni erkaklar o‘rnini egallagan holda front ortida mehnat qilishga safarbar etishga bag‘ishlangandi. Shundan so‘ng respublikaning korxona va tashkilotlarida xotin-qizlarni “erkaklar kasbi”ga o‘rgatish harakati keng avj oldi.

Xotin-qizlarni ommaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish bo‘yicha texnikum va MTSlarda sanoat hamda qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlashning 1 va 6 oylik qisqa muddatli kurslari, 10 kunlik seminarlar, stexanovchilar maktablari tashkil etildi. Natijada urushning 3 yili davomida 103 ming nafar ishchi ayol tayyorlandi. Ular og‘ir jismoniy mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishga jalb qilindi. Xususan, 1700 nafar o‘zbek xotin-qizlari Angren ko‘mir konida ishlay bolashdi. 1942- yil 13 fevraldagi O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan ishlamayotgan mehnatga layoqatli ayollar, o‘smir yoshlar va nafaqaxo‘rlar hisobiga ishchilar safi yanada to‘ldirildi.

1941- yil 15 oktabrda Toshkent shahrining 42 ta sanoat korxonasiga 11 ming nafar ishchi ishga qabul qilingan bo‘lib, ularning 8 ming nafari xotin-qizlardan iborat edi. Xotin-qizlarni sanoat korxonalariga ishga jalb qilishda partiya faollaridan J. Obidova, F. Yo‘ldoshboeva kabi o‘zbek ayollari fidoyilik ko‘rsatdi1.

Urush yillarida markazdan O‘rta Osiyoga evakuatsiya qilingan jami 308 ta korxonaning 104 tasi O‘zbekistonga; ulardan 55 ta korxona Toshkent va Toshkent viloyatiga joylashtirilgandi. Toshkentga ko‘chirib keltirilgan sanoat korxonalaridan biri Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi edi, mazkur zavod uch oy ichida katta tashkilotchilik ishlari tufayli yetakchi kadrlar bilan ta’minlanib, to‘la quvvat bilan ishlay boshladi. Umumiy ishchilar sonining 70 foizi yangi ishga qabul qilingan kadrlar bo‘lib, shulardan 362 nafari o‘zbek xotin-qizlari edi. Tajribali ishchilarning frontga ketishi natijasida vujudga kelgan kadrlar taqchilligi yangi kelgan, tajriba va mehnat malakasiga ega bo‘lmaganlarni g‘oyat qisqa muddat ichida turli ishlab chiqarish kasblariga o‘rgatish va o‘qitish yo‘li bilan to‘ldirib borildi.

O’zbek xalqi gitlerchilarga qarshi koalitsiyadagi boshqa xalqlar bilan yelkama-yelka bir safda turib “jigarrang vabo’ni yo‘q qilishga munosib hissa qo‘shdi. Uning ko‘rsatgan jasoratani faqat erksiz harakat tarzida, ma’murlarning o‘ch olishi oldida qo‘rqishning oqibati deb tasavvur qilish, jang maydonlarida halok bo‘lganlar xotirasini haqoratlash, mamlakat ichkarisidagi millionlab mehnatkashlarning fidokorona mehnatini nazar-pisand qilmaslik, Vatanni asrash va himoya qilishdan iborat buyuk insoniy fazilatlarni namoyish qilgan keng xalq ommasining mislsiz qahramonliklarini kamsitishdan iboratdir.

Fashist zolimlariga qarshi kurashda O‘zbekiston xalqining faol ishtirok etishi uning milliy ruhining qudratli mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy ishlab berish joriy etildi. Katta yoshdagilar uchun ish kuni olti kunlik ish haftasida 11 soatgacha uzaytirildi. Haqiqatda esa u 12—14 soatga yetar edi. Ta’tilga chiqish bekor qilindi. Bu hol ishchi xizmatchilarning sonini ko‘paytirmasdan turib ishlab chiqarish quvvatlari hajmini taxminan 1/3 ga oshirish imkonini berdi.

Kadrlarning keskin suratda tanqisligi, sanoat xom ashyosi, yoqilg‘i, dastgohlar, asboblar nihoyatda yetishmasligiga qaramasdan, 1941-yil dekabrga keliboq, Toshkentdagi 63 ta korxona va respublikadagi boshqa 230 ta korxona mudofaa mahsulotlari bera boshladi. Ular orasida parovoz ta’mirlash zavodlari, Chirchiq elektr-kimyo kombinati va boshqa korxonalar bor edi. To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ham front ehtiyojlariga xizmat qilishga kirishdi1.

Og‘ir urush davrida rivojlanayotgan sanoatni ishchi kuchi bilan ta’minlash vazifasi ayniqsa keskin bo‘lib turdi. Ko‘p minglab tajribali ishchilarning frontga ketishi natijasida vujudga kelgan juda katta yetishmovchilik sanoat korxonalariga yangi kelgan va tajribaga, mehnat malakasiga ega bo‘lmaganlarni g‘oyat qisqa muddat ichida turli ishlab chiqarish kasblariga o‘rgatish va o‘qitish yo‘li bilan to‘ldirib borildi. Shuningdek, O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1942-yil 13-fevraldagi Farmoni bilan urush davrida ishlamayotgan mehnatga layoqatli aholi — xotin-qizlar, o‘smirlar, nafaqaxo‘rlarni safarbar qilish hisobiga ham ishchilar safi kengayib bordi.(1-ilovaga qarang)

Sanoat ishlab chiqarishiga xotin-qizlar ayniqsa faol jalb qilindi. Agar 1940 yilda sanoatda ishlovchilar orasidagi xotin-qizlar salmog‘i 34,0%ni tashkil etgan bo‘lsa, 1942- yilga kelib bu ko‘rsatkich o‘sib, 63,5%ga yetdi.

Respublika ishchilar sinfining keskin ortib borishi asosan yoshlar hisobiga ro‘y berdi. Yoshlardan ishchi kadrlar tayyorlashda mehnat rezervlari tizimi salmoqli ro’l o‘ynamog‘i kerak edi. Ana shu maqsadda 1942- yilning oxirda qo‘shimcha 31 ta FZO (fabrika-zavod ta’limi) maktabi ochildi, ularda ta’lim oluvchilar 15320 o‘quvchidan iborat bo‘lib, 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar edi. Ana shu vaqtga kelib respublikada jami 14 ta hunar maktabi va 45 ta FZO maktabi ishlab turdi. Ularda ta’lim berish jadallashgan dastur bo‘yicha olib borildi. Urushning dastlabki bosqichida ishchilarni qisqa muddatli kurslarda ommaviy tayyorlash, yakka tartibda va brigada shogirdligi usullari bilan tayyorlash ayniqsa keng quloch yozdi. Urush davrining 17 oyi ichida yoshlardan (14, 17 yoshlilar) ommaviy kasblar bo‘yicha 23300 ishchi tayyorlandi.

Biroq urush va iqtisodiyotning barcha qiyinchiliklariga qaramay, mamlakat xalqlari asosiy vazifani hal qilishga muvaffaq bo‘ldilar: SSSR iqtisodiy salohiyatining yarmini yo‘qotgan bo‘lsa-da, qurollanish poygasida g‘alabaga erishdi. Dushmanni tor-mor keltirishning moddiy-texnik sharoitlarini yaratishda mamlakatdagi, shu jumladan, O‘zbekistondagi millionlab mehnatkashlarning mehnati hal qiluvchi ahamiyatta ega bo‘ldi. Ularni bo‘lajak g‘alabaga ishonch ilhomlantirgan, yot bosqinchilarga bo‘lgan chuqur g‘azab-nafrat g‘ayratlantirgan edi. «Toshtram» vagon ta’mirlash zavodining temir randalovchisi Pushkareva ikki stanokda ishlab, 1941-yilning iyul kunlarida ishlab chiqarish topshirig‘ini 350—470% dan ado eta boshladi. “Toshselmash” qoliplovchilar brigadasi jangovar

holatda turib ishlab, kundalik ishlab chiqarish rejasini 260— 300% qilib bajardi. Shuningdek, Namangan viloyatidagi “Yangi turmush” hunarmandchilik artelining a’zolari Qirg‘izboev, Yusupov, Nishonov, Hamroyev, Qodirov va boshqalar ishlab chiqarish topshiriqlarini 500% qilib bajara boshladilar.(2- ilovaga qarang)

Ochlik va nihoyatda charchab-toliqishdan sillasi qurishiga qaramasdan sanoat xodimlari frontni qurol-yarog‘, jangovar texnika, moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solardilar. Ular urush davomida frontga 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yo‘q qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, dala radiostansiyalari uchun 3 mln. radio lampa, qariyb 300 mingta parashut, 5 ta bronopoyezd, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom-kir yuvish poyezdi, 2200 ta ko‘chma oshxona va boshqa ko‘pgana harbiy anjomlar yetkazib berdilar. Faqat respublika yengil sanoat xalq komissarligi korxonalarining o‘zi 1941-1945 yillar mobaynida 7518,8 mintta gimnastyorka, 2636,7 mingga paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdilar1.

Dushmanni tor-mor keltirish uchun olib borilgan umumxalq kurashida o‘zbek dehqonlari faxrli o‘rin tutdilar.

Bu vazifalarni hal qilish bir qator omillar tufayli murakkablashib ketgan edi. Birinchidan, Markazning ko‘p yillardan buyon paxta yakkahokimligini o’tkazib kelayotganligi sababli respublika dehqonchiligining butun tarkibi asosan paxta yetishtirishga moslashtirilgan edi. Don ekinlari yetishtirish ikkinchi darajali o‘rin egallardi. G‘alla asosan RSFSR va Ukrainadan tashib keltirilardi G‘alla yetishtiradigan rayonlarni dushman bosib olganligi O‘zbekistonning agrar tarmog‘i oldiga respublikani o‘z g‘allasi bilan o‘zini ta’minlash vazifasini qo‘ydi. Holbuki, buning uchun zarur texnika, mutaxassislar yo‘q edi, ajdodlar tajribasi ancha unutilgan edi. Buning ustiga stalincha ma’muriyat O‘zbekiston rahbariyati oldiga “oziq-ovqat bilan o‘zini-o‘zi ta’minlash” vazifasini qo‘yar ekan, aslo paxta ekishni kamaytirishni istamasdi, paxtachilik o‘lka qishloq xo‘jaligining yetakchi yo‘nalishi sifatida qaralardi, uni yetishtirishni ko‘paytirish zarur edi. Chunki urush sharoitida paxta mudofaa sanoati uchun g’oyat muhim hom ashyo hisoblanardi.

Ikkinchidan, urush boshlanishi bilan agrar ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi zaiflashib qolgandi. Ob’ektav voqeliklar tufayli MTS, kolxozlar, sovxozlarning transport vositalari izchillik bilan qisqarib bordi. Traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari yetkazib berilishi amadaa to‘xtatildi. Agrar korxonalarni ehtiyot qismlar, o‘g‘itlar va yonilg‘i bilan ta’minlash keskin kamaytirildi. Natijada qo‘l mehnatining ulushi haddan tashqari ortib ketdi, ot-o’lov bilan bajariladigan ishlar hajmi ko‘paydi. Asosan sigirlar bilan yer haydalardi. Ota-bobolarimizdan qolgan omoch kabi oddiy mehnat qurolidan keng foydalanildi.

Uchinchidan, kadrlar masalasi sezilarli ravishda keskinlashdi. Urush frontga malakali kadrlar va mehnatga layoqatli qishloq aholisining anchagina qismini jalb qilgan edi. 155 mingdan ortiq ishga yaroqli o‘zbekistonliklar mehnat batalonlariga (trudoviklar) mardikor sifatida safarbar qilinib, Rossiyaning harbiy sanoati va qurilish ishlariga yuborildi. Buning natijasida 1941—1942 yillardayoq O‘zbekistonda mehnatga layoqatli kolxozchilarning soni 20%, 1945-yilga kelib deyarli 40% qisqardi. Ayniqsa mehanizatorlar korpusi sezilarli suratda qisqardi. Masalan, agar urushning boshlarida mehanizatorlar va kombaynchilarning umumiy soni 27888 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 1942- yilda esa ularning soni 2775 kishiga tushib qoldi, 1943- yilga kelib bundan ham kamayib ketdi. Ishlab chiqarishga xotin-qizlar, keksalar, o‘smirlar keng jalb qilindi, ular hisobiga sanoatda bo‘lgani kabi, qishloq xo‘jaligida ham erkaklar o‘rni anchagina qoplandi1.

O‘zbekiston qishloq mehnatkashlari oziq-ovqat ekinlaridan bo‘lgan kungaboqar yetishtirishni muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar, shuningdek, zig‘ir va kanop singari texnika ekinlarini ham yetishtira boshladilar, makkajo‘xori, kunjut yetishtirishni keskin ko‘paytardilar. Xususan, 1942- yilda respublikadagi kunjut ekilgan maydonlar butun SSSRdagi kunjut ekiladigan maydonlarning 50%ini tashkil qilgan edi.

Ipakchilik urush yillarida muhim strategik ahamiyat kasb etdi. Dehqonlar bu tarmoqni yuksaltirish uchun g‘ayratlarini sariflashdi.

Urush yillarida mudofaa va xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi muhim tarmoqlaridan biri chorvachilik edi. Lekin bu tarmoq Sovet davlatining dastlabki yillarida yo‘l qo‘ygan jiddiy xatolari tufayli hali o‘zini o‘nglab olishga ulgurmagan, urush boshlanishidan e’tiboran esa yana katta qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan edi. Natijada respublikada chorva mollari soni keskin qisqarib ketdi. Agar 1941- yil 1 yanvarda jamoat sektorida 8403,1 ming bosh chorva mollari bo‘lgan bo‘lsa, 1944- yil 1 yanvarga kelib bu raqam 7798,9 ming boshga tushib qoldi. Shuningdek, shaxsiy sektorda ham sezilarli qisqarishlar ro‘y berdi. 1941- yil 1 yanvarda shaxsiy foydalanishdagi barcha tur-dagi chorva mollar soni 3249,7 ming boshni tashkil qilg‘an bo‘lsa, 1944-yilga kelib ular soni 1385,8 ming boshga tushib qoldi, yoki 1941- yildagi miqdorning 46,2%i qolgan edi.

Urush yillari mobaynida respublika dehqonlari davlatga 4 mln. 148 ming paxta, 82 mln. g‘alla, 54067 t. pilla, 195 ming t. sholi, 57 ming 444 t. meva, 36 ming ta. quritilgan meva, 159 ming 300 t. go‘sht, 22 ming 300 t. jun va boshqa ko‘pgina mahsulotlar yetkazib berdilar. Bu O‘zbekiston qishloq mexnat-kashlarining o‘zi yemay-ichmay, dushmanni tor-mor qilish uchun umumxalq kurashiga qo‘shgan munosib hissasi edi1.

1941- yil 26 iyunda Toshkent to‘qimachilik kombinatida ko‘p ming kishilik miting o‘tkazildi, mitingda ayollar o‘z zimmalariga oshirilgan majburiyatlarni qabul qilganliklari ta’kidlandi. Shaharda “O‘zing va frontga ketgan o‘rtog‘ing uchun ishla”! degan shior keng quloch yoydi. 4-iyulda Toshkent shahar Oktabr rayoni xotin-qizlarning “Har qanday vaziyatda ham erkaklar o‘rnini egalla!”, “Mehnat frontidagi stanok sari!” 15 ming kishilik mitingida respublika xotin-qizlariga qarata murojatnoma qabul qilindi. Unda: “...Aziz opa-singillar! Erimiz, akamiz, ukamiz va o‘g‘illarimizning stanok yonidagi, kombayn rulidagi va daladagi o‘rnini egallaylik”, deyilgan edi. Uy bekasi Oysha Yusupovaning frontdagi g‘alabani ta’minlashga front ortida hissa qo‘shamiz, degan da’vati ko‘pchilik xotin-qizlarni Vatan himoyasini o‘z mehnati bilan mustahkamlashga undadi. Mazkur murojaatnoma va da’vatnomalardan so‘ng poytaxt xotin-qizlari frontga jo‘natish va ishga joylashtirish haqida shahar partiya qo‘mitasi va davlat organlariga ariza bera boshladilar. Birgina 22 - 26 iyunda shahar bo‘yicha 1551 nafar xotin-qizlar frontga jo‘natishni, Oktabr rayoni bo‘yicha 1-15 iyulda 7508 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirishni so‘rab ariza berganlar.

1941- yil iyulda “Pravda” gazetasida “SSSRning xamma xotin-qizlariga” murojaatnoma e’lon qilindi. Murojaatnoma mohiyati ayollarni erkaklar o‘rnini egallagan holda front ortida mehnat qilishga safarbar etishga bag‘ishlangandi. Shundan so‘ng respublikaning korxona va tashkilotlarida xotin-qizlarni “erkaklar kasbi”ga o‘rgatish harakati keng avj oldi1.

Samarqand shahridagi “Kolxozchi” zavodining ishchilari birinchilardan bo‘lib korxonada xotin-qizlarni bevosita stanok oldida turib ishlashga o‘rgatish tashabbusi bilan chiqishi natijasida 35 nafar uy bekasi tokar va slesarlik kasbini egallagan. Shunday qilib, respublika ishlab chiqarish korxonalarida xotin-qizlarning nisbati yildan-yilga ortib borgan. Agar bu ko‘rsatkich 1940-yilda 34 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1942- yilda 50 foiz, 1943- yilda esa 63 foizga yetgan.

1941- yil 3 iyulda Buxoro mehnatkashlarining ko‘p ming kishilik mitingida ham xotin-qizlar erkaklar o‘rnini egallashga da’vat etildi. Chaqiriqqa birchilardan bo‘lib qo‘shilgan Kogon temir yo‘l ishchi xotin-qizlarian 100 kishi qisqa fursatda erkaklar o‘rnini egallab, temir yo‘l qatnovining bir maromda davom etishiga hissa qo‘shdilar. Stansiya navbatchisi, mashinist ayollar safi kengaydi. 1941-yil oxirigacha viloyatdagi 5 mingdan ortiq xotin-qiz erkaklar stanoklarini egalladi. 1943-yilga kelib viloyatda sanoatdagi ishchi-xizmatchilarning 82 foizini xotin-qizlar tashkil qildi.

Xotin-qizlarni ommaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish bo‘yicha texnikum va MTSlarda sanoat hamda qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlashning 1 va 6 oylik qisqa muddatli kurslari, 10 kunlik seminarlar, stexanovchilar maktablari tashkil etildi. Natijada urushning 3 yili davomida 103 ming nafar ishchi ayol tayyorlandi. Ular og‘ir jismoniy mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishga jalb qilindi. Xususan, 1700 nafar o‘zbek xotin-qizlari Angren ko‘mir konida ishlay bolashdi. 1942- yil 13 fevraldagi O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan ishlamayotgan mehnatga layoqatli ayollar, o‘smir yoshlar va nafaqaxo‘rlar hisobiga ishchilar safi yanada to‘ldirildi.

1941- yil 15 oktabrda Toshkent shahrining 42 ta sanoat korxonasiga 11 ming nafar ishchi ishga qabul qilingan bo‘lib, ularning 8 ming nafari xotin-qizlardan iborat edi. Xotin-qizlarni sanoat korxonalariga ishga jalb qilishda partiya faollaridan J. Obidova, F. Yo‘ldoshboeva kabi o‘zbek ayollari fidoyilik ko‘rsatdi.

1941- yil sentabrda O‘zKP MQ byurosi shahar sanoat korxonalarini qurol-aslaha ishlab chiqarishga o‘tkazish haqida qaror qabul qilgach, 1942-yilda shaharda mavjud 137 ta korxonaning 64 tasi harbiy mahsulot ishlab chiqarishga o‘tdi. Harbiy ishlab chiqarishni yanada o‘stirish yangi texnalogiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish ulkan qiyinchiliklarni yengishga bog‘liq edi. Davlat organlarining ma’muriy-buyruqbozlik asosida xo‘jalikni boshqarishi, ayniqsa, urush yillarida avjiga chiqdi. Hukumat organlari tomonidan o‘rtaga tashlangan asosiy vazifa ― mavjud imkoniyatlar bilan hisoblashmasdan, kishilarning jismoniy va ruhiy kuch-quvvatlari qancha sarflansa ham, holdan toyguncha ishlab, rejani albatta bajarishni talab etar edi. Og‘ir mehnat yuki asosan ayollar va yoshlar zimmasiga tushdi. Sovetlarning ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuli asosidagi tazyiq va sinovlar oqibatida xotin-qizlar mavjud muhitga moslashishga majbur bo‘lganlar. O‘zlari bilib-bilmay sotsialistik xalq xo‘jaligi zarbdori bo‘lishga intilganlar1.

Urush yillarida ham musobaqalar tashkil etish orqali xotin-qizlarning ishlab chiqarishdagi imkoniyatlariga zo‘r berish harakatlari davom etdi. Jumladan, Toshkent to‘qimachilik kombinati ishchisi Idrisova rejani ortig‘i bilan bajarib, 1 oyda 1 tonna paxta titishga muvaffaq bo‘ldi. To‘quvchi M. Nosirova esa bir vaqtning o‘zida 80 ta stanok bilan mehnat qilib, rejani ortig‘i bilan bajardi. Volodarskiy nomli Andijon fabrikasi ishchisi A. S. Shumilova kunlik normani 3 va 3,5 baravar ortig‘i bilan bajarishga muvaffaq bo‘ldi. 1942-yil 30-mayda Andijon motorni remont qilish zavodi ishchisi A. Buyanchina hamkasblarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga chaqirib, kunlik normani 230 - 250 foizga oshirib bajargan. Andijon “Stroymashina” zavodi ishchilari ham kunlik normani 2-3 baravar ortig‘i bilan bajarish tashabbusi bilan chiqqan.

”Tashselmash” zavodida G.Xalilova, X.Sharipova, Reshetnikova, “Toshtram”dan Pushkareva, “Bolshevik” artelidan opa-singil Ma’rufa, Mahnusa G‘ofurova, to‘qimachilik kombinatidan Muhabbat Nosirova, A’zamova va boshqalar kunlik normalarini 200 foiz qilib bajargan. 1233 nafar xotin-qizlar erkaklar kabi mehnat qilgan. Birgina “Tashselmash” zavodida 230 nafar xotin-qiz o‘q-dori ishlab chiqarish sexida ishlagan. 1945-yil iyunda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qarori bilan front ichkarisidagi mehnatkashlar uchun ta’sis etilgan “Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi shavkatli mehnati uchun. 1941 - 1945 yillar” medali bilan Toshkent shahri xotin-qizlari vakillari ham taqdirlangan. Mana shunday rag‘batlantirish orqali sun’iy ravishda siyosiy tus berib tashkil etilgan musobaqalar ayollarning og‘ir mehnat ostida ezilishiga sabab bo‘ldi. Aslida, musobaqalar ishchilarni davlatga qo‘shimcha ishlab berishga majburlashning bir turi bo‘lgan, xolos. Ishchi ayollarning musobaqadagi ishtiroki ularning siyosiy ongiga berilgan baho bo‘lganligi bois ular hech bir imtiyozsiz jon-jahdi bilan normadan ortiq ishlashga, musobaqada yutishga majbur edilar. Musobaqalar mahalliy xotin-qizlarning sovetlar maqsadini amalga oshirishni sun’iy jadallashtirishda muhim omil bo‘lib, sovetlarning “inqilobiy-byurokratik” tafakkur mantiqiga muvofiq miqdoriy ko‘rsatkichlar ortidan quvishning ifodasi edi.

Urushdan keyingi yillarda ham eng og‘ir yumushlar ayollar zimmasida bo‘ldi. Urushdan keyingi dastlabki 1945-1949 yillarda reshublikada xotin-qizlardan sanoat korxonalarida o‘zbek ayol ishchilar soni birgina Andijondagi Volodarskiy nomli fabrikada 3,5 baravar, “Strommashina” zavodida 3 baravarga ko‘paydi. Birinchi besh yillik (1929- 1933) davrida 18 mingga yaqin yangi ishchi ayol kadrlar tayyorlangan bo‘lsa, Samarqand viloyatida sanoat tarmoqlarida mahalliy millat vakillarining salmog‘i 1940 yil 7,1 foizdan 1948 yilda 19,7 foizgacha o‘sgan, jumladan, sanoat ishlab chiqarishda band ayollar soni 2,2 foizdan 40,6 foizgacha o‘sgan. 1951- yilda 105 400 ishchi xotin-qizlarning 7855 nafari yoki 7,4 foizini o‘zbeklar tashkil etdi. Chirchiq elektrokimyo kombinatida 24 nafar, Chirchiq sel’mash zavodida 14 nafar xotin-qiz mehnat qilgan.

Vatanga bo‘lgan muhabbatdan iborat muqaddas tuyg‘u og‘ir urush davrida O‘zbekiston xalqining ijtimoiy xulq-atvorini namoyon qiluvchi asosiy ma’naviy talab, bu xalq vatanparvarligining bitmas-tuganmas manbai bo‘ldi. Shu bilan birga, gitlerchi bosqinchilarning bosib olingan hududlarda qilgan ashadiy jinoyatlari haqidagi, fashizm o‘zi bilan birga olib kelgan “yangi tartib” to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ommaning vatanparvarlik ruhiga ta’sir qiluvchi turtki bo‘ldi. Natijada vatanparvarlar harakati tobora chuqurlashib, chinakam umumxalq xususiyatini kasb etdi.

Fashist zolimlariga qarshi kurashda O‘zbekiston xalqining faol ishtirok etishi uning milliy ruhining qudratli mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy ishlab berish joriy etildi. Katta yoshdagilar uchun ish kuni olti kunlik ish haftasida 11 soatgacha uzaytirildi. .. Haqiqatda esa u 12—14 soatga yetar edi. Ta’tilga chiqish bekor qilindi. Bu hol ishchi xizmatchilarning sonini ko‘paytirmasdan turib ishlab chiqarish quvvatlari hajmini taxminan 1/3 ga oshirish imkonini berdi.

Biroq, ishchi kuchining yetishmasligi tobora sezilib bordi. Idora xizmatchilari, uy bekalari, o‘quvchilar ishlab chiqarishga jalb qilindi. 1941-yil dekabrda harbiy korxonalarning barcha xodimlari safarbar deb e’lon qilindi va mazkur korxonalarga biriktirib qo‘yildi. Mehnat intizomini buzganlar uchun jazo choralari keskin qo‘yildi. Korxonalardan o‘zboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 yildan 8 yilgacha muddat bilan qamoqqa hukm qilinardi. Biroq odamlar mamlakat ichkarisida, shu jumladan, O‘zbekistonda “yuqoridan” ortiqcha qistovsiz ozodlik va mustaqillik yo‘lida fidokorona mehnat qildilar1.

Respublika hukumati 1941- yil sentabr-dekabrda O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishni harbiy izga moslab qayta qurishning umumiy rejalarini belgilab berdi. qabul qilingan qarorlarda xalq xo‘jaligini qayta qurishga doir aniq vazifalar belgilangan bo‘lib, ularda sanoat korxonalarini mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan, ichki resurslarni safarbar qilish sohasidagi choralar taklif qilingan edi.

O`zbekistonga hammasi bo‘lib 104 ta zavod va fabrika evakuatsiya qilindi. Ular orasida Leningrad to‘qimachilik mashinalari zavodi, “Rosselmash”, “Qizil Oqsoy”, Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk karborund zavodlari, Moskvadagi “Elektrokabel” va “Pod’emnik” zavodlari, Temir yo‘llar xalq komissarligining mashinasozlik zavodi, Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi, “Krasniy put” zavodi, Kiyevdagi “Transsignal” zavodi, Stalingrad kimyo kombinati va boshqalar bor edi.

Evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalarni tiklashda talabalar, o‘quvchilar, uy bekalari, fan va madaniyat xodimlari, xizmatchilar va kolxozchilar qo‘lga belkurak, ketmon, lom olib charchash nimaligini bilmay mehnat qildilar. Urushdan oldingi vaqtda yillar mobaynida qilinadigan ishlar bu vaqtda kunlar va oylar mobaynida bajarildi. Chunonchi, “Rosselmash” zavodi 25 kunda, “Qizil Oqsoy” zavodi bu yerga yetib kelgandan keyin oradan 29 kun o‘tganda mahsulot ishlab chiqara boshladi. 1941-yil dekabrga kelib evakuatsiya qatnashgan korxonalarning qariyb 50 tasi ishga tushiridi. 1942-yilning o‘rtalariga kelib respublika industriyasi mamlakat sharqidagi harbiy sanoat bazasining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Respublikada harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sishi va rivojlanib borishi bilan bir qatorda xom ashyo va yoqilg‘i energetika bazasini kengaytarish vazifasi ham keskin bo‘lib turdi.

Urush rangli metallar qazib chiqarishni jadallik bilan ko‘paytirishni zarur qilib qo‘ydi. Shuning uchun ham 1942-yilda Langar molibden konini foydalanishga topshirish sohasidagi ishlar tez sur’atlar bilan boshlanib ketdi. Bu yerda misli ko’rilmagan qisqa muddatda molibden fabrikasi barpo etildi. Ayni vaqtda tosh konining ishlab chiqarish quvvati va Qoratepa rangli metallar konining quvvati keskin oshirildi. Olmaliqqa yirik qurilish ishlari avj oldirib yuborildi, bu yerda mis va boshqa rangli metallarning boy konlari topildi. Angren ko‘mir razrezi respublikaning birinchi ko‘mir markaziga aylandi. Gidroenergetika resurslarini ishga solish yuzasidan faol kuch-g‘ayrat sarflandi. Masalan, 1942-yilning boshlarida Oqtepa va Oqqovoqdagi 1-son va 3-son gidrostansiyalar qurishni qayta tiklandi. Farhod GESni bunyod etish umumxalq hashar yo‘li bilan boshlab yuborildi. Bu GESlarning respublika energetika tizimiga qo‘shilishi elektr energiyasi ishlab chiqarishning birmuncha o‘sishiga imkon berdi. 1942-1943 yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarish 4 baravar ko‘paydi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida urushning faqat ikki yili mobaynida O‘zbekistonda ommaviy kasblarda 105673 sanoat ishchisi tayyorlandi, ulardan 73 ming nafari ishlab chiqarishning o‘zida hunar egalladi. Buning natijasida ishchilar sinfining umumiy soni ortdi. Agar 1940- yil sentabrda respublika sanoatida 141,6 ming ishchi va xizmatchi band bo‘lgan bo‘lsa, urushning oxiriga kelib 196,2 ming ishchi va xizmatchi bor edi. Lekin bularning aksariyatini O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan korxonalar bilan birga kelgan ishchilar, injener-texnik xodimlar tashkil qilar edi.

Shak-shubhasiz, urush davrining murakkabliklari ham respublika, ham butun mamlakat harbiy iqtisodiyotining ahvoliga ta’sir ko‘rsatdi. Sanoat ob’ektlari majburiy ravishda ishga tushirildi, sexlardagi stanoklar devorlarni tiklash bilan bir vaqtda o‘rnatildi, hatto tomi yo‘q binolarda ham mahsulotlar ishlab chiqarildi, havo esa nihoyatda sovuq edi, malakali ishchilar o‘rnida endigina o‘qishni tamomlagan o‘smirlar va xotin-qizlar ishlardi, ishlab chiqarish sifati talab darajasida bo‘lmasdi1.

Bunday misollar ommaviy tus olgan edi. Urush yillari mobaynida respublika industriyasining xodimlari haddan tashqari ko’p mehnat qilib jasorat ko‘rsatdilar. Lekin hamma ham haddan tashqari zo‘riqib ishlashga bardosh berolmasdi, ba’zilar holdan tolib halok bo‘lishardi. «Mehnat qochoqlari» bo‘lgan ishchilarni, ishga kechikib kelganlarni jinoiy javobgarlikka tortish hollari uchrab turardi. Lekin bu ularning o‘z ayblari bilan bo‘lmasdi. Chunki zavodlarga odatda 12—16 km. masofani piyoda bosib borishga to‘g‘ri kelardi. Transport esa yo‘q edi. Kiyim-bosh, poyabzal yetishmasdi, iste’mol qilinadigan oziq-ovqat ham bir holatda edi.

Ochlik va nihoyatda charchab-toliqishdan sillasi qurishiga qaramasdan sanoat xodimlari frontni qurol-yarog‘, jangovar texnika, moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solardilar. Ular urush davomida frontga 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yo‘q qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, dala radiostansiyalari uchun 3 mln. radio lampa, qariyb 300 mingta parashut, 5 ta bronopoyezd, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom-kir yuvish poyezdi, 2200 ta ko‘chma oshxona va boshqa ko‘pgana harbiy anjomlar yetkazib berdilar. Faqat respublika yengil sanoat xalq komissarligi korxonalarining o‘zi 1941-1945 yillar mobaynida 7518,8 mintta gimnastyorka, 2636,7 mingga paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdilar.

Bu vazifalarni hal qilish bir qator omillar tufayli murakkablashib ketgan edi. Birinchidan, Markazning ko‘p yillardan buyon paxta yakkahokimligini o’tkazib kelayotganligi sababli respublika dehqonchiligining butun tarkibi asosan paxta yetishtirishga moslashtirilgan edi. Don ekinlari yetishtirish ikkinchi darajali o‘rin egallardi. G‘alla asosan RSFSR va Ukrainadan tashib keltirilardi G‘alla yetishtiradigan rayonlarni dushman bosib olganligi O‘zbekistonning agrar tarmog‘i oldiga respublikani o‘z g‘allasi bilan o‘zini ta’minlash vazifasini qo‘ydi. Holbuki, buning uchun zarur texnika, mutaxassislar yo‘q edi, ajdodlar tajribasi ancha unutilgan edi. Buning ustiga stalincha ma’muriyat O‘zbekiston rahbariyati oldiga “oziq-ovqat bilan o‘zini-o‘zi ta’minlash” vazifasini qo‘yar ekan, aslo paxta ekishni kamaytirishni istamasdi, paxtachilik o‘lka qishloq xo‘jaligining yetakchi yo‘nalishi sifatida qaralardi, uni yetishtirishni ko‘paytirish zarur edi. Chunki urush sharoitida paxta mudofaa sanoati uchun g’oyat muhim hom ashyo hisoblanardi.

Urush yillari mobaynida respublika dehqonlari davlatga 4 mln. 148 ming paxta, 82 mln. g‘alla, 54067 t. pilla, 195 ming t. sholi, 57 ming 444 t. meva, 36 ming ta. quritilgan meva, 159 ming 300 t. go‘sht, 22 ming 300 t. jun va boshqa ko‘pgina mahsulotlar yetkazib berdilar. Bu O‘zbekiston qishloq mexnat-kashlarining o‘zi yemay-ichmay, dushmanni tor-mor qilish uchun umumxalq kurashiga qo‘shgan munosib hissasi edi.

  1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə