Umumiy astronomiyadan




Yüklə 2.18 Mb.
səhifə1/18
tarix21.04.2016
ölçüsü2.18 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti


O’zbekiston Milliy universitetining 95 yilligiga bag’ishlanadi

S.N.Nuritdinov, I.U.Tadjibayev, R.F.Ziyaxanov

UMUMIY ASTRONOMIYADAN
MASALALAR TO`PLAMI


Toshkent – 2013

Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti fizika fakul’tetida umumiy astronomiya kursi bo’yicha bir necha yillar davomida o’qitib kelingan materiallar va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha qo’lga kirilgan tajribalar asosida tuzilgan. Ushbu qo’llanma amaliy va sferik astronomiya asoslari, vaqtini aniqlash, osmon mexanikasi va gravitatsion tortishish qonunlari, sayyoralar fizikasi, nurlanish qonunlari, astronomik qurilmalar, yulduzlar fizikasi, Koinot tuzilishi kabi o’n uchta bo’limdan iborat. Har bir bo’limda qisqacha nazariy material, masalalarning yechilish namunalari hamda mustaqil yechish uchun misol va masalalar berilgan.

O’quv uslubiy qo’llanma “5140400 – Astronomiya” va “5140200 - Fizika” ta’lim yo’nalishlarida taxsil oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan.
В данном учебном методическом пособии собраны материалы, полученные из многолетней практики обучения теоретического курса и практических занятий по предмету «Общая астрономия» на Физическом факультете Национального Университета им. Мирзо Улугбека. В тринадцати разделах пособия даны образцы решений, а также задачи и упражнения для самостоятельной работы по темам основы практической и сферической астрономии, определения времени, законы небесной механики и гравитационного притяжения, физики планет, законов излучения, астрономические приборы, физики звезд, строения Вселенной. В каждом разделе кратко даются теоретический материал, образцы решения задач, задачи и упражнения для самостоятельной работы.

Учебном методическом пособие предназначено для студентов, обучающихся по направлениям “5140400 – Астрономия” и “5140200 – Физика”.


In this educational aid it collected the materials onbasis of many years experience of teaching theoretical and practical courses on “General astronomy” at the physical faculty of National University of Uzbekistan after named Mirzo Ulughbek. The book consists of 13 parts where it are given the worked examples and concret problems for a unassisted work on next topics: “Foundations of practical and spherical astronomy”, “Determination of the time”, “The laws of celestial mechanics and gravitational attraction”, “Physics of planets”, “Radiation’s laws”, “Astronomy equipments”, “Physics of the stars” and “Universe structure”. In every part there are corresponding theoretical material, decision of standard problems and tasks.

This book is intended for the students of the directions of – “5140400 – Astronomy” and “5140200 - Physics”.



Mualliflar: f-m.f.d., professor Nuritdinov Salohitdin Nasritdinovich

f-m.f.n., dotsent Tadjibayev Ikram Uralbayevich

f-m.f.n., dotsent Ziyaxanov Rashid Faridovich
Taqrizchilar: O’zFA Astronomiya Instituti direktorining ilmiy ishlar bo’yicha muovini,

f-m.f.dok. S.P. Ilyasov

O’zMU dotsenti, f-m.f.n. A.T. Mirzayev
Mas’ul muharrir: O’zMU Fizika fakulteti dekani, dotsent, f.-m.f.n., B.X.Eshchanov
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ilmiy-metodik kengashining 2012 yil 24 dekabrdagi majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (3-sonli majlis bayonnomasi).

MUNDARIJA





Kirish 5

I. OSMON SFERASI. OSMON KOORDINATALARI SISTEMALARI 6

II. KULMINATSIYA. YORITQICHLARNING KOORDINATALARINI ANIQLASH 13

III. REFRAKSIYA. PARALLAKS. ABERRASIYA. PRESESSIYA 20

IV. VAQT VA UZUNLAMANI ANIQLASH. TAQVIM 26

V. QUYOSH TIZIMI JISMLARI HARAKATI 37

VI. TORTISHISH. OSMON JISMLARI MASSALARI 46

VII. OY. TUTILISHLAR. SAYYORALAR 51

VIII. NURLANISH QONUNLARI. YULDUZIY KATTALIKLAR 58

IX. ASTRONOMIK ASBOBLAR VA USULLAR 63

X. QUYOSH 68

XI. YULDUZLARNING TABIATI VA HARAKATI 74

XII. QO’SHALOQ YULDUZLAR. NOSTATSIONAR YULDUZLAR 83

XIII. KOINOT TUZILISHI 89

Javoblar 93

Ilova I. Masala yechishda zarur bo’ladigan sonlar 96

Ilova II. Yulduz turkumlari 98

Ilova III. Refraksiya jadvali 102

Adabiyotlar ro’yxati 104


I. OSMON SFERASI. OSMON KOORDINATALARI SISTEMALARI 6

II. KULMINATSIYA. YORITQICHLARNING KOORDINATALARINI ANIQLASH 12

III. REFRAKSIYA. PARALLAKS. ABERRASIYA. PRESESSIYA 15

IV. VAQT VA UZUNLAMANI ANIQLASH. TAQVIM 20

V. QUYOSH TIZIMI JISMLARI HARAKATI 26

VI. TORTISHISH. OSMON JISMLARI MASSALARI 32

VII. OY. TUTILISHLAR. SAYYORALAR 37

VIII. NURLANISH QONUNLARI. YULDUZIY KATTALIKLAR 43

IX. ASTRONOMIK ASBOBLAR VA USULLAR 48

X. QUYOSH 52

XI. YULDUZLARNING TABIATI VA HARAKATI 57

XII. QO’SHALOQ YULDUZLAR. NOSTATSIONAR YULDUZLAR 63

XIII. KOINOT TUZILISHI 68

Javoblar 72

Ilova I. Masala yechishda zarur bo’ladigan sonlar 74

Ilova II. Yulduz turkumlari 76

Ilova III. Refraksiya jadvali 79

Adabiyotlar ro’yxati 81


      1. Kirish


Ma`lumki, har qanday nazariy o`quv materialni talaba chuqur tushunib olib, uni amalda qo`llay olishi uchun u dastlab ushbu fan bo`yicha tuzilgan mavjud misol va masalalarni tahlil qilib chiqib, ularni yechishi zarur. Bunday zarur bosqichni to`la va puxta bajargan talaba kelajakda yetuk pedagog bo`la olishiga yoki jiddiy ilmiy ish bilan shug`ullana olishiga kafolat berish mumkin.

O`zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakultetida "Umumiy astronomiya" fani 30 yildan ortiq davr ichida o`qitilib kelinib, u bo`yicha doim amaliyot darsi bo`lib kelgan. Qo`lingizdagi o`quv - uslubiy qo`llanmada "umumiy astronomiya" fanining dasturiga mos ravishda 13 ta boblari bo`yicha misol va masalalar berilgan. Ushbu boblarning har biri boshida unga oid qisqacha asosiy nazariy material eslatma ko`rinishida qayd qilinib, so`ngra albatta namunaviy misol va masalalar mualliflar tomonidan yechib, yetarlicha batafsil bo`lgan tarzda keltirilgan. Natijada ushbu qo`llanmaga jami 300 ga yaqin misol - masalalar kiritilgan. Ularni yechishda ishlatiladigan astronomik doimiylar va zarur sonlar 1 - Ilovada alohida berilgan. Qator masalalarda qayd qilingan astronomik ob`ekt aynan qaysi "yulduziy turkumiga" oid ekani aytib o`tilgani sababli 2 - Ilovada osmon sferasidagi 88 ta "yulduzlar turkumlari" ro`yxati keltirilgan. Nihoyat, 3 - Ilovada refraksiya effekti qay darajada muhim ekanini talaba esida tutishi maqsadida bu effektning son qiymatlari jadvali berilgan.

Ushbu o`quv-uslubiy to`plamni tuzishda uning oxirida keltirilgan adabiyotlardan foydalanilgan. Ayrim masalalar mualliflar tomonidan bevosita tuzilgan. Umumiy holda esa, bu to`plam uning mualliflaridan biri (S.N.Nuritdinov) kafedramizning sobiq o`qituvchisi Gaynullina E.R. bilan birga rus tilida bosib chiqargan o`quv-uslubiy qo`llanmasining kamchiliklarini bartaraf qilib, qayta va to`la ishlab chiqilgan holi deb qarash mumkin.

  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə