Tilshunoslikka kirish




Yüklə 0.81 Mb.
səhifə1/11
tarix22.04.2016
ölçüsü0.81 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


Xolmanova Z.Т.

TILSHUNOSLIKKA KIRISH

Toshkent -2007

Ushbu qo’llanma oliy o`quv yurti, litsey, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, tilning mohiyati, til va jamiyat, til va nutq, til va tafakkur munosabati, dunyo tillari tavsifi va tasnifi, til fanining bo’limlari haqida umumiy ma’lumot berish, til haqidagi bilim ko’nikmalarini chuqurlashtirish maqsadini qo’yadi.

Mazkur qo’llanmadan til xususiyatlarini, fan asoslarini o’rganuvchi barcha qiziquvchilar, jumladan oliy o’quv yurtiga kirish maqsadidagi tinglovchilar foydalanishi mumkin.




Muharrir: f.f.d. H.DADABOYEV
Taqrizchilar: f.f.n., dots M. QODIROV

f.f.n., dots Z. HAMIDOV

Mazkur qo’llanma O’zMU O’zbek filologiyasi fakulteti oquv-metodik kengashi yig’inida hamda fakultet Ilmiy kengashining 2005 yil 10 iyuldagi majlisida tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan.



KIRISH
“ Tilshunoslikka kirish” kursi tilshunoslik fani haqida asosiy ma'lumot beradi. Mazkur kitob “Tilshunoslikka kirish” predmeti haqidagi darslik, o’quv qo’llanmalari hamda ma’lum pedagogik tajribalar asosida tayyorlangan bo’lib, til ilmi haqidagi muhim jihatlarni o’rganishga qaratilgan. Mavzular muayyan izchillikda talabalarning fikrlash qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda joylashtirilgan.

Mazkur qo’llanmaning qayd etilgan tarzda tuzilishi:

-talabalarning umumta’lim tahsili jarayonida olgan bilimlarini umumlashtirishni va mustahkamlashni;

-tilning o’ziga xos tabiatini tahlil etishni;

-til va jamiyat; til va tafakkur; til va nutq munosabatlarini o’rganishni;

-til birliklarining o’zaro mutanosib, yaxlit tizim sifatida namoyon bo’lishini;

-til fanining har bir bo’limi mohiyatini yoritishni;

-til fani bo’limlarining o’rganish obyektini tushuntirishni;

-talabalarda ’Tilshunoslikka kirish” kursi doirasida mustaqil fikrlay olish ko’nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

«Tilshunoslikka kirish” til ilmining mohiyati haqida dastlabki ilmiy ma’lumotlar asosidagi fan ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur fanni o’zlashtirayotgan talaba tilshunoslik sohalari, fan bo’limlari haqida atroflicha bilimni egallashi lozim.

Uhbu qo’llanmada tilning o’ziga xos tabiati, tilshunoslik masalalari, tilshunoslik bo’limlarining mazmun-mohiyati talabalarning milliy-lisoniy ko’nikmalariga asosan hamda mutaxassislik yo’nalishiga ko’ra o’zbek tili misolida yoritildi.


1-§. “TILSHUNOSLIKKA KIRISH “ FANI PREDMETI, VAZIFALARI.
“Tilshunoslikka kirish” fani tilshunoslikning asosiy masalalarini, tilning paydo bo’lishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni, til tavsifi borasigi muhim jihatlarni o’rganadi.

Til kishilar o’rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo’lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o’rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi .

Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlarning o’zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash principlari kabi muhim masalalarni ilmiy o’rganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab qiladi.

Til kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o’rnini, jamiyat taraqqiyoti yo’llarini bilish, o’rganish mumkin emas.

Tilshunoslik fanining asosiy problemalaridan biri tilning ushbu fanning predmeti sifatidagi ta'rifidir. Ma'lumki, tabiiy inson tili faqat tilshunoslikda emas, balki yana bir qator fanlar tomonidan o’rganiladigan murakkab obyekt bo’lib, har bir fanning tilga bergan ta'rifi ham turlicha bo’lishi mumkin. Hattoki, tilshunoslik fanining o’zida ham tilning yagona ta’rifi yo’q. Tilning ta'rifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo’lmoqda.

Darhaqiqat, tilshunoslikda mavjud bo’lgan har bir nazariya, avvalo tilni qanday tushunishga asoslanadi. Tilni qanday tushunishning til haqidagi nazariyani yaratishda ahamiyati katta. Tilshunoslik fanining ob­yekti, predmeti va tilni ilmiy o’rganish metodlari kabi masalalar ma'lum darajada tilni qanday tushunishga bog’liqdir. Tilshunoslik tarixida tilni turlicha ta'riflash fanning predmetini ham turlicha tasavvur qilishga sabab bo’ldi. Shuning uchun bu masalaning tilshu­noslik tarixi asosiy etaplarida qanday hal etilganligini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Tilshunoslik fanining pridmeti, o’rganish manbai o’z ichki qonuniyatlariga ega bo’lgan murakkab tizim –tildir. Tilning o’ziga xos xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini o’rganish mazkur ijtimoiy hodisaga har tomonlama to’liq ta’rif berish imkonini yaratadi . Til umumiy qonuniyatga bo’ysunuvchi o’ziga xos ramzlar tizimi bo’lib, kishilik jamiyatidagi aloqa - munosabatning eng muhim quroli, fikr ifodasi hamda fikr yuritish asosi , voqelikni avloddan avlodga yetkazuvchi , insoniy kechinmalarni, his –tuyg’ularni ifoda etuvchi vositadir. Tilshunoslik tarixida tilga turlicha yondashuvlarni kuzatish mumkin .

XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Hozirgi zamon til­shunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim F. de Sossyur (1857-1913) nazariyasi ta'sirida tilshunoslik fanining predmeti masalasi ham yangicha tus oldi. F. de Sossyurning fandagi asosiy xizmati shundan iboratki, u birinchilar qatori tilning murakkab hodisa ekanligini aniqlagan holda, yangi mukammal va aniq, shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratib berdi.

Tilshunoslik fanining predmetini aniqlash va uni ta’riflashga intilgan F.de Sossyurning qarashlari tilshunoslik tarixidagi muhim masalalarni hal etishda sezilarli ta’sir ko’rsatdi . F.de Sossyur fikricha , til kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko’ra aloqa quroli , fikr ifodalash vositasidir; ijtimoiy tabiati jihatidan til madaniy –tarixiy va ijtimoiy hodisa , ichki tuzilishiga ko’ra sof belgi - ishoralar tizimidir .

Boshqa bir qator olimlar (A.Shleyxer, G. Paul, M. Myuller), tilshunoslik maktablari (“Yosh grammatikachilar“ maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi) tilning asl mohiyatini ochib berish masalasiga o’z nuqtayi nazarlaridan yondashdilar. Ularning fikr - mulohazalari tilshunoslik sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblansa–da, mazkur qarashlarning ba’zi jihatlari cheklangan edi.

Tilshunoslikning umumiy va xususiy tilshunoslik ; nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator bo’limlari mavjud bo’lib, tilning ayrim jihatlari asosida umumiy qoidalar chiqariladi.

Til - ijtimoiy hodisa. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuzaga kelgan. Til - tabiiy, biologik hodisa emas ; tilning mavjud bo’lishi va uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga bo’ysunmaydi. Til butun jamiyat tarixi jarayonidagi tadrijiy davrlarning mahsuli sifatida umuminsoniy manfaatga xizmat qiladi .




  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə