Termiz davlat universiteti tabiiot-geografiya fakulteti ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish




Yüklə 0.72 Mb.
səhifə1/10
tarix23.04.2016
ölçüsü0.72 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIOT-GEOGRAFIYA FAKULTETI


EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

KAFEDRASI

EKOLOGIYA ASOSLARI
(MA'RUZALAR MATNLARI)

Tеrmiz-2013 y.

Ushbu ma'ruzalar matnlari to`plami namunaviy o`quv dasturi tayanch oliy o`quv yurtlarida tayyorlanayotganligi bois mazkur ma'ruzalar to`plami kafеdrada ishlab chiqilgan o`quv dastur asosida tayyorlangan.

Ushbu ma’ruza matnlari to’plami namunaviy o’quv dasaturi tayanch oliy o’quv yurtlarida tayyorlanayotganligi bois mazkur ma’ruzalar to’plami kafedrada ishlab chiqilgan o’quv dasturi asosida tayyorlangan.

Ma’ruzalarni tanlash davomida talabalar xozisgi kunda eng dolzarb muammolardan biri bo’lgan atrof-muxit va tabiatni muxofaza qilish soxasidagi yangi bilim va ma’lumotlar tanishadi xamda ekologik muammolarning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladilar.

Ma’ruzalar matinini tayyorlashda prezident asarlaridan, xorij olimlari asarlaridan, Respublikaning ekolog olimlarining asarlaridan foydalanildi.

Taklif va muloxazalar muallifi xamda kafedra a’zolari tomonidan mamnuniyat bilan inobatga olinadi.

Tuzuvchi: o’qit. Mamarajabov S.N.


Taqrizchilar: dots. Zokirov X.X.

t.f.n. Iraliyev B.X.

Kirish

Atrof-muhitni muxofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish muammolarining dolzarbligi hammaga ma’lum. Atrof muxitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish ko’p jixatdan axolining ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatga bog’liqdir. Ekologik savodxonlikka erishish uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin.



Kursning maqsadi talabalarda ekologik dunyoqarashni shakillantirish va ekologik fikr yuritishni rivojlantirishdir. Talabalarga ekiologik ta’lim-tarbiya berish, bu tadbirlarni ilmiy, amaliy va metodik asoslarni o’rgatish kursning vazifasi kursning vazifasi xisoblanadi. Kursning barcha o’quv yurtlarida o’qitilishi hozirgi zamon talablaridan kelib chiqadi.

“Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish” kursi o’z oldiga dastlab shu soxadagi umumiy tushunchalarni berish maqsadini qo’yadi. Keyingi bosqichda har bir mutaxassislik uchun ekoogiyadan maxsus fanlar o’qitilishi maqsadga muvofiqdir.

Dastlab kursning berilgan dasturini diqqat bilan organib chiqish lozim, har bir mavzuni o’rganayotganda qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishish, savol va topshiriqlarni to’liq bajarish maqsadga muvofiqdir.

Ekologiya asoslari fanining predmeti vazifalari va rivojlanish tarixi.

Reja:

1 .Ekologiya fani va uning mazmuni

2. Ekologiya fanining predmeti va ob’ekti

3. Ekologiya fanining rivojlanish tarixi

4. O’zbekistonda ekolog geograflar maktabining shakllanishi va rivojlanishi

5. Ekologiya faning bo’limlari va tadqiqot usullari

Tayanch so’zlar:

Ekologiya, populyatsiya, autekologiya, biosfera, landshaft, ijtimoiy ekologiya, koinot ekologiyasi, urbanizasiya, taqqoslash, tajriba, modellashtirish, tasvirlash.

1.1. Ekologiya fani va uning mazmuni. Ekologiya, biologiya fanlari turkumiga mansub bo'lgan mustaqil fan hisoblanadi. U tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan qonuniyatlarni o'rganadi.

Ekologiyaning juda ko`p ta'riflari mavjud. Ulardan birida shunday dеyiladi: «Ekologiya organizmlarning (har qanday ko`rinishlardagi, barcha darajada uyg`unlashgan) hayot faoliyati qonuniyatlarini ular hayoti kеchadigan tabiiy muhitga inson omilining ta'sirini hisobga olgan holda o`rganadigan fandir».

Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. «Ekologiya» yunoncha so"z bo’lib uning ma'nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini bildiradi.

1.2. Ekologiya fanining predmeti va ob’ekti. «Ekologiya»ning predmeti tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sir jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlar va ularni barqarorlashtirish, xo’jalik faoliyatining iqtisodiy oqibatlari, tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni saqlash, asrash, muhofaza qilishni tartibga solish usullaridir. Uning ob’ekti turli miqiyos va darajadagi ekologik-iqtisodiy tizimlardir. Ekologik tizim ekologiyaning bosh tadqiqot ob’ekti bo’lib, jonli va jonsiz tabiat elementlaridan tarkib topgan ma’lum chegaralangan hududiy birlikdir.

Iqtisodiyot (ekonomika-grekcha xo’jalikni boshqarish)ning asosiy masalalaridan biri resurslardan to’g’ri va oqilona foydalanishni asoslash bo’lganligi tufayli u tabiat muhofazasi va ekologiyaga juda yaqin turadi. Bu holda yagona turli miqyosdagi hududiy ekologik-iqtisodiy tizim vujudga keladi. O’z navbatida mazkur tushuncha hududiy “tabiiy-ekologik tizim”ga yaqin turadi. Hududiy ekologik-iqtisodiy tizimda tabiiy sharoit, resurslar, ijtimoiy va ishlab chiqarish tuzilmalari va jarayonlari bir-birlari bilan o’zaro bog’liq. Ishlab chiqarish hududining ekologik imkoniyatlari (mavjud tabiiy resurslar) negizida rivojlanadi, ekologik me’yor asosida ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot amalga oshiriladi.

Hozirgi ekologiyaning bosh vazifasi fan sifatida yagona nazariy negizda uning barcha bo’limlari bo’yicha haqiqiy voqealar haqidagi matyeriallarni to’plash, ularni bir tizimga keltirish va tizimli tahlil qilishdir. Bu sayyoramizning ekologik muammosini o’rganish, yangi ekologik g’oya va uslubiyotni ishlab chiqish, ekologik bilimni to’g’ri tashkil qilish, tabiatdan foydalanishda amaliy faoliyatni xolis amalga oshirish uchun zarur.

Umuman hozirgi zamon ekologiyasining vazifalari ancha murakkab bo’lib, hayotning vujudga kelishi qonuniyatlarini o’rganishda inson ta’sirini e’tiborda tutib o’rganish; biologik resurslardan to’g’ri foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish; insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni bashorat qilish va insonning yashash muhitini saqlashdan iboratdir.


1.3. Ekologiya fanining rivojlanish tarixi.

Dastlabki ekologik tushunchalar haqida qadimgi yunon olimlari asarlarida ham ma'lumotlar kеltirilgan. O`simlik va hayvonlar, inson hayotining atrof-muhit bilan bog`liqligini Ibn Sino, Bеruniy asarlarida, shuningdеk, A. Gumbold, J.B. Lomark, K. Rulе, Ch. Darvin, E. Gеkkеl asarlarida yoritilgan. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi, tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog'liqligi, tabiatni muhofaza qilish haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan O’zbekiston va Markaziy Osiyoda ham Ekologiya va TMQ bo'yicha olib borilgan ishlar o'zining uzoq tarixiga ega. O’rta asrlarda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso Al- Xorazmiy, Abu-nasr Farobiy, A.R.Beruniy, A.A.Ibn Sino va boshqa allomalarimiz ushbu fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shishgan. Muhammad Al-Xorazmiy 847 yilda «Kitob surat al-arz» degan asarlarini yozgan. Unda dunyo okeanlari, quruqlik, qit’alar, qutblar, ekvatorlar, gullar, tog'lar, daryolar va dengizlar, ko'llar, o'rmonlar, shuningdek boshqa tabiiy resurslar yerning asosiy boyliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. A.N. Farobiy ham tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug'ullangan bo'lib uning «Kitob al-xajm va al-miqdor» , «Kitob al-mabodi-insonie» insonning boshlanishi haqida kitob va boshqa asarlari bunga dalil bo'la oladi. Farobiy tabiiy va inson qo'li bilan yaratilgan narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratiladi, degan xulosaga keladi. Tabiatga inson omilining ta'siri katta ekanligini, tabiiy va sun'iy tanlash hamda tabiatga ko’rsatiladigan boshqa ta'sirlarni atroflicha baholaydi. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan tushuntirishga urinadi. U erdagi ba'zi hodisalarni quyoshning ta'siri bilan izohlaydi. Uningcha, inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda to’g'ri o'rgana oladi. Beruniy asarlarida o'simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo'jalikdagi ahamiyati haqida malumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari asosan; Mineralogiya, qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar asarida ko’plab uchraydi.

Beruniyning «Saydana»nomli asarida 1116 tur dori darmonlarni tavsiflagan, ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinadi. Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483-1530 ning g'azallari har kimga manzur. U faqat shoirgina bo'lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi, mashshoq, ovchi, bog'bon, sayyox va tabiatshunos ham bo'lgan. «Boburnoma» Boburning eng yirik asari bo'lib, asarda Boburning ko'rgan kechirganlari, yurgan joylarining iqlim sharoitlari, tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari. hayvonot va o’simlik olami tasvirlangan. Asar muhim atamalar va toponimik manbalarga boy.

Bobur o'z asarlarida xar bir hududni ma'lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o'rni, so'ngra qaysi iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh joylari. o'simliklari, hayvonlari, jumladan o’zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega ekan.

Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab o`simliklar va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20-yillarida ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi. 20-30 yillarda O`rta Osiyo Davlat univеrsitеtida D.N. Kashkarov va E.P. Korovinlarning ekologiya-gеografiya maktabi tashkil etilib, o`lkamiz tabiatining ekologik tadqiq qilish boshlandi.

1.4. O`rta Osiyodagi ekolog-gеograflar maktabi

1920 –yillarda O`rta Osiyo tabiatini dastlabki o`rgangan olimlar tomonidan biotsеnozlarning tizimlar, shuningdеk, biotsеnoz va landshaftlarning birinchi modеli yaratildi.

1930-yillarda ekologiya-gеografiya yo`nalishiga asoslangan O`rta Osiya ekologiya maktabi hozirgi M. Ulug`bеk nomidagi O`zMU qoshida shakllandi. Maktab o`lkaning nafaqat biologik majmuilari va biotarkibiy qismlarini o`rganishga katta ahamiyatga ega bo`lib qolmay, balki tabiiy gеografiya, ayniqsa landshaftshunoslik g`oyalarining rivojlanishida ham katta rol o`ynadi. Bundan tashqari, ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, shuningdеk, ekologiyaga oid adabiyotlarning namunalarini yaratishda ushbu maktabning xizmatlari kattadir. Maktab ekologlari bеrgan ilg`or g`oyalar o`lkaning tabiati va tabiiy rеsurslarini aniqlash va o`rganishda hamda O`rta Osiyoda ekologik gеografik g`oyalarning rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.

Gеografik yo`nalishdagi yirik ekologik gеografik ishlar O`rta Osiyoning tabiati, biomajmuilari, ularning kеlib chiqishi, rivojlanishi va xududiy ajralishlari, rayonlashtirish, landshaftlar xaritasini yaratishga qaratildi. Shuningdеk, jazirama cho`l va yuqori tog`li cho`llar va ularning o`ziga xos tabiiy majmualarini o`rganish mеtodlari ishlab chiqildi.

1930-yillarda ekologo-gеografik ilmiy izlanishlarning natijalari kitob holida chop etila boshlandi. Bunda faqat ma'lum joyning ekologik holati haqida gap bormay, balki ekologiya fanining asoslari biotsеnologiya va fitotsеnologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi.

O`rta Osiyo ekologlarining ayniqsa, o`lkaning ayrim landshaftlarining ekologiyasini o`rganish, tuzilmasi, faolligi, dinamikasi va evolyutsiyasi, shuningdеk tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanishning muammolari ishlab chiqildi. D.N. Kashkarov ishlari landshaftlarning ayrim elеmеntlari va ularning o`zaro bog`liqliklari, birligi hamda modda va enеrgiya almashinuvi, namlik, tuproq va biotik omillarning roli, antropogеn omillarning landshaftlarga ta'siri va boshqalar ochib bеrilgan. U birinchi bo`lib landshaftlar va biotsеnozlarning modеlini yaratishga harakat qildi.

P.A. Baranov va I.A. Raykovalar Pomir tog`larida cho`l biotsеnozining kеlib chiqishi, dinamikasi va evolyutsiyasida organizmlar hayotida noqulay haroratning roli, madaniy biotsеnozlarni yuqori tog` sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqildi. R.I. Abolin, Е.P. Korovin, M.V. Kultiasov va I.I. Granitovlarning ekologo-fitotsеnologik qarashlari ularning chop etgan bir qator ishlarida o`z aksini topgan. O`rta Osiyoda Zooekologik yo`nalishdagi komplеks ishlarning rivojlanishi T.Z. Zohidov nomi bilan chambarchas bog`liq. U ko`p yillar davomida cho`llarni ekologik nuqtai nazardan rivojlantirish va biologik rеsurslarni ekologik faunistik tahlil va sintеz mеtodi yordamida baholashga alohida e'tibor bеrdi.

T. Zohidov Qizilqum cho`llarining o`ziga xos hayot makoni ekanligini, qumli, sho`rxok, loyli va toshloq cho`llarni mutaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o`z navbatida mayda hududiy birliklar, fatsiyalarga ajratib bеrdi.

Shunday qilib ekologik rayonlashtirish tirik organizmlarga ma'lum bir tabiiy sharoiti bilan ta'sir etishini ifoda etadi. D.N. Kashkarov va T.Z. Zohidov va boshqalarning ishlarida har bir tabiiy omil (gеologik, tarixiy, orografik, iqlim, o`simliklar va boshqalar) ta'sirida ma'lum hududlar bo`yicha hayvonlar guruhi hamda biotsеnozlarning taqsimlanganligi ochib bеrilgan.

Ekologiya fanini rovojlantirish, tabiatni muhofaza qilishga doir amalga oshirilayotgan ishlar hozirgi kunda ham davom etayapti. (O’bekistonda Fanlar Akademiyasi qoshida ish olib borayogan botanika, zoologiya va parazitologiya institutlari olimlari o'simliklar va hayvonlar ekologiyasiga bag'ishlangan ishlarni olib bormoqdalar. O’zbekistonda ekologik yo'nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Qashqarov va E.P.Korovinlar hisoblanadilar. Ular ekologik-ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ekolog mutaxassislar tayyorlash masalasini o'rtaga tashlaydilar va uning nihoyatda zarur ekanligini ta'kidlaganlar. (O’zbekiston Fanining akademiklari T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiev muxbir a'zolaridan V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov kabilar O'zbekistonda hayvonlarni o'rganish va ekologiya faniga hissa qo'shgan bo'lsalar E.P.Korovin, I.I.Granitov, V.A.Burigin, O.X. Xasanov kabi olimlar O’zbekiston o’simliklarini o'rgandilar va ekologiya fanini rivojlantirdilar.

Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta'siriga qanday javob bеradi-bularning barchasi ekologiyaning prеdmеti hisoblanadi. Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir.


  • Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o`rganish;

  • Biosfеradagi jarayonlarni o`rganish, boshqarish, bashorat qilish, insonning yashash muhitini saqlash;

  • Biologik rеsurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir.

1.5. Ekologiya faning bolimlari va tadqiqot usullari

Populyatsiya, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya 4 bo'limga bo’lib o'rganiladi.

1. Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi.

2.Populyatsion ekologiya «populyason» - fransuzcha so’z bo"lib, «aholi» degan ma'noni bildiradi. Populyatsiyalar dinamikasi, ma'lum sharoitda turli organiznilar sonining o"zgarishi biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi.

3.Sin ekologiya «sin» - yunoncha so'z bo’lib, uning ma'nosi «birgalikda» demakdir. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o'rganadi.

4. Biosfera «bios»- hayot- «sfera»- shar so'zlaridan olingan bo’lib, ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ushbu ta'limotni vujudga keltirgan. Ushbu talimot asoschisi Vernadskiy V.I. hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya'ni yer qobig'idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.Hozirgi vaqtda ekologiyaning juda kcf p tarmoqlari mavjud. Jumladan filologik ekologiya, bioximik ekologiya, poliekologiya, landshaftlar ekologiyasi, qishloq xo'jaligi ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keladi.

Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan foydalanadi. Ularning keng tarqalgani quyidagilar:

1. Tasviriy, 2. Taqqoslash, 3. Tajriba, 4. Modellashtirish. Tasviriy. Taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlarda foydalaniladi. Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi.




Nаzоrаt vа muhоkаmа uchun sаvоllаr

  1. Ekologiya fani qachon vujudga kelgan va nimani o’rganadi?

  2. Ekologiya fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan olim va allomalardan kimlarni bilasiz?

  3. O`rta Osiyodagi ekolog-gеograflar maktabining asoschilari

kimlar va ular qanday ishlarni amalga oshirgan?

  1. O’zbekistonda ekologik bilimlarni rivojlantirgan olimlar kimlar?

  2. Ekologiyaning qanday bo’linlari bor?

  3. Ekologiya fani ilmiy tadqiqot ishlarida qanday uslublardan foydalanadi?



Biosfyera, ekologik tizim va ekologik omillar
1. Biosfyera to’g’risida tushuncha.

1. Ekologik tizim va uning tuzilishi

1. Ekologik omillar va ularni tavsifi
1.1. Biosfyera to’g’risida tushuncha. Biosfyera Yer sharidagi eng yirik ekotizimdir. Yerning tirik organizmlar va biogen cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I.Vyernadskiy biosfyera (yunoncha “bios”-hayot, “sfyera”-shar) deb nomlagan. Biosfyera sayyoramizdagi “hayot qobig’i” hisoblanib, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekotizimlar majmuini tashkil etadi.

V.I.Vyernadskiy tushunchasiga ko’ra, biosfyeraga xozirgi vaqtda faqatgina yerning qobig’ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo’lgan litosfyeraning qismi ham kiradi.

Biosfyera tushunchasi biologiyaga J.Lomark, geologiyaga esa E.Zyuss tomonidan kiritilgan bo’lsada, uning mohiyati to’g’risida ular biror aniq fikr bildirmaganlar. Shu tufayli biosfyera to’g’risidagi talimotning asoschisi V.I.Vyernadskiy hisoblanadi. Sayyoramiz qiyofasining geologik davrlar mobaynida o’zgarib kelganligi qadimda faqat fizik-kimyoviy jarayonlar natijasi, deb qarab kelingan.

V.I.Vyernadskiy birinchi bo’lib tirik organizmlarning geologik roli to’g’risidagi talimotni yaratdi va yer po’stining o’zgarishida tirik organizmlar faoliyati bosh omil ekanini ko’rsatdi.

Biosfyera Quyosh enyergiyasi ta’sirida uzoq biokimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan yerning o’ziga xos qobig’idir. Biosfyera tarkibiga; Atmosfyeraning quyi qatlamlari, yani 15-20 km balandlikkacha bo’lgan troposfyera va stratasfyeraning pastki qismi, Dunyo okeanining eng chuqur botiqlari 11 km, litosfyeraning yuqori yer yuzasidan 4,5 km gacha bo’lgan chuqurlik qismlari kiradi. Bu chuqurlikdagi neft qatlami suv tarkibida hamda yuqorida ozon ekranigacha bo’lgan chegaralar oralig’ida tirik mikroorganizmlar uchraydi. Inson ham biosfyeraning tarkibiy qismidir.

Biosfyera mavjudligining asosi unda modda va enyergiya almashinuvidur. Unda organizmlar va ularning hayot muhiti o’zaro bog’lanishda bo’lib, bir butun organik harakatdagi tizimni vujudga keltiradi.

Biosfyeraga xos xususiyatlar quyidagilar; tirik moddalarning qatnashishi, suyuq holdagi ko’p miqdordagi suvning mavjudligi, kuchli quyosh enyergiyasi oqimi hamda moddalarning qattiq suyuq va gaz holda uchrashidir.

Biosfyera rivojlanishi koinotga bevosita bog’liq. Chunki, Yerga zarur enyergiya oqimi keladi. Yerga keladigan enyergiyaning asosiy manbai quyoshdir. Ushbu enyergiya quyidagilarga sarflanadi:

-atmosfyera, gidrosfyera va metosfyeradagi sodir bo’ladigan fizik va kimyoviy jarayonlarga;

-havo massalarining aralashuviga;

-suvning bug’lanishiga;

-gazlarning ajralishi va singishiga;

-moddalarning yerishiga.

Umuman Yerdagi har qanday jarayonlarning manbai va boshlanishi quyosh enyergiyasi hisoblanadi.

Enyergiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog’liq. Moddalar kichik (biologik) va katta doiralarda (geologik) aylanadi. Biologik quruqlikda tuproq bilan organizm o’rtasida, gidrosfyerada esa organizm bilan suv o’rtasida sodir bo’ladi. Geologik modda aylanish quruqlik bilan Dunyo o’rtasidagi jarayondir. Demak, biosfyera yaxlit, bir butun hosila ekanligi ravshan.

Inson Yer yuzasidagi hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi bosqichi bo’lib, eng kuchli tabiiy omildir. U nafaqat Yer sayyorasi, balki Koinotni o’zgartirishga ham qodir. Hozirda biosfyerani noosfyera (“fikrlovchi qobiq”)ga aylanishi kuzatilmoqda. V.I.Vyernadskiyning fikricha noosfyera biosfyeraning qonuniy rivojlanishi natijasi bo’lib, inson bilan tabiatni o’zaro ongli aloqa munosabatlaridan iboratdir.



1.2. Ekologik tizim va uning tuzilishi. Ekologiyaning bosh tadqiqot ob’ekti-ekologik tizimdir, yoki ekotizim. U ma’lum maydondan iborat bo’lib, unda tirik organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiy-enyergetik va axborotlarning o’zaro ta’siri bilan birlashgan. “Ekotizim” atamasi ilk bor ingliz botanigi L. Tensli (1935) tomonidan taklif qilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki o’lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi. Shuning uchun ham uni organizmlarning xohlagan (masalan, sun’iy akvarium, issiqxona, bug’doy maydoni va boshq.) va murakkab yashash tabiiy muhiti (ko’l, o’rmon, okean)ga nisbatan qo’llash mumkin. Odatda quruqlik va suvli (akvatoriyali) ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delüta tekisliklarida keng tarqalgan, daraxt-butali to’qayzorlar daryo sohillarida rivojlangan, qamishli qayir ko’llari va boshqalar.

Har bir ekotizimda abiotik komponent-biotop yoki ekotop mavjud bo’lib, unda landshaft sharoitlari bir xilligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ekotizimda biotik komponent-turkum yoki biotsenoz mavjud bo’lib, unda yashovchi barcha tirik organizmlar jamlangan. Biotop hamma turkum a’zolarining yashovchi makoni hisoblanadi. Biotsenoz ko’p turdagi o’simlik, hayvonot olami va mikroorganizmlar vakillaridan iborat bo’lgan guruhlar makonidir. Har bir tur, turli jins va yoshdagi zotlardan iborat ekotizimda mavjud bo’lib, populyatsiya (aholi)ni vujudga keltiradi. Turkum a’zolari makonda bir-birlari bilan juda inoq yashashadi va o’zaro bog’liqdir. Shuning uchun biotop va biotsenoz bir-biridan ajralmaydi va ular bir nom bilan, ya’ni biogeotsenoz, deb ataladi. Biogeotsenoz-elementar tabiiy ekotizim, u tabiiy ekotizimlarning asosiy yashash shaklidir. Biogeotsenoz uchun ma’lum o’simlik turi xos. Shunga qarab bir xil biogeotsenozlarni u yoki bu ekologik turkumga oidligi aniqlanadi (archazorlar, to’qayzorlar, saksovulzorlar va boshq.).

Ekotizimda tirik organizlar o’rtasida murakkab o’zaro ta’sir mavjud. Avvalo yashil bargli o’simliklar (avtotroflar) fotosintez jarayonida uglyerod ikki oksidni qabul qilib kislorod ishlab chiqaradi. Ekotizimda tayyor organik moddalar hisobiga ko’pchilik hayvonlar oziqlanadilar (getyerotroflar), masalan, quyon tayyor o’tni iste’mol qiladi. ßna bir hodisa, kuchli hayvon turi o’zidan kuchsiz bo’lgan hayvon hisobiga oziqlanadi. Chunonchi, quyon hisobiga chiya bo’ri hayot kechiradi, o’z navbatida u boshqa kuchli hayvonga ozuqa bo’ladi va hokazo. Xullas, shu tariqa oziq-ovqat zanjiri vujudga keladi. Bu hodisa ekotizimni o’z vaqtida o’z-o’zidan tabiiy yo’l bilan tozalanib turishiga olib keladi. Shuningdek, ekotizimda o’simlik va hayvonot turlarining (maydon nuqtai nazaridan) bir maromda miqdoriy jihatdan teng bo’lishi ekologik muvozanatni barqaror bo’lishini ta’minlaydi.

Ekotizimda atmosfyera havosi, suv, tuproq, o’simlik, hayvonot olami, ishlab chiqarish va boshqa tabiiy omillar hamda hodisalar ishtirokida murakkab biogeokimyoviy aylanma harakat mavjud. Bunda uglyerod, azot, kislorod, fosfor va boshqa elementlarning yopiq aylanma harakati muntazam sodir bo’ladi. Bu bilan havoning tozaligi, tuproq hosildorligi, o’simliklarning mahsuldorligi va boshqa hodisalarning barqaror me’yorda funktsional yuz byerib turishligi ta’minlanadi.



1.3. Ekologik omillar va ularni tavsifi. Tirik organizmlarni o’rab turgan fizik qurshov yoki tevarak atrofdagi o’zaro bog’lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmui muhit deb ataladi. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi, ularning o’zaro bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Tirik organizmlar asosan to’rtta muhitda: suv, havo, tuproq, organizm (muhit sifatida)larda yashashga moslashgan. Suv va havo o’lik, tuproq oralik, organizm tirik muhitlardir. Muhitning tirik organizmlarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etuvchi tarkibiy qismlari ekologik omillar deb ataladi.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə