Tasdiqlayman




Yüklə 2.86 Mb.
səhifə1/33
tarix11.03.2016
ölçüsü2.86 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33


TASDIQLAYMAN”

Toshkent moliya instituti

o`quv ishlari bo`yicha prorektor

i.f.d., prof. A.A. Karimov______

____” “__________” 2012



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«O‘ZBEK VA RUS TILLARI» KAFEDRASI





TOSHKENT-2012




ТАСДИҚЛАЙМАН”

Ўқув ишлари бўйича проректор

______________A.Каримов


ТАСДИҚЛАЙМАН”

Молиявий менежмент факультети

__________________О.Астанақулов


ЎЗБЕК ТИЛИ” ФАНИДАН ЎҚУВ КОМПЛЕКСИНИНГ МУНДАРИЖАСИ



  1. Намунавий ўқув дастури...............................................................

  2. Ишчи ўқув дастури.......................................................................

  3. Таълим технологияси……………………………....…………....

  4. Масалалар ва машқлар тўплами.................................................

  5. Тестлар............................................................................................

  6. Назорат учун саволлар (ЖН, ОН, ЯН)........................................

  7. Умумий саволлар..........................................................................

  8. Тарқатма материаллар..................................................................

  9. Глоссарий.....................................................................................

  10. Реферат мавзулари.................................................................

  11. Адабиётлар рўйхати...................................................................

  12. Таянч конспект............................................................................

  13. Ўқув материаллари (маъруза матни, ўқув қўлланмалар).......

  14. Хорижий манбалар.....................................................................

  15. Аннотациялар..............................................................................

  16. Муаллифлар ҳақида маълумот...................................................

  17. Фойдали маслаҳатлар................................................................

  18. Норматив ҳужжатлар.................................................................

  19. Талабаларни рейтингини баҳолаш...........................................


Кафедра мудири Н.Ҳусанов


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI





O' Z B E K T I L I

fanidan namunaviy

DASTUR

(bakalavr yo'nalishi uchun)



TOSHKENT – 2012

Mazkur namunaviy dastur Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quvmetodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012- yil 9- sentabrdagi 3 –son majlis bayoni bilan tajribaviy dastur sifatida ma'qullangan.

Ushbu dastur “O'zbek tili” fanidan bakalavrning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlari mazmuniga qo'yiladigan talablar asosida tayyorlangan. Tajribaviy dasturni kelgusida to'ldirilgan va boyitilgan holda chop etish zaruratini hisobga olib, fikr-muloahalaringizni quyidagi manzilga yuborishinigizni so'raymiz:

Toshkent shahar, 2-Chimboy ko'chasi 96, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi “Ma'naviy-axloqiy tarbiya” boshqarmasi, tel: 246-10-58, 246-10-54.

Fanning o'quv dasturi Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:

Rafiyev A. - f.f.n., dots (O'zMU)

Muhammedova S. - f.f.d., (O'zDPU)

Usmonov S. - f.f. n., dots (ToshDYI)

Lafasov U. - f.f. n.,dots (ToshDShI)
Taqrizchilar: f.f.d., prof. R.Rasulov, f.f.n., dots G.Rixsiyeva

Fanning o'quv dasturi Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ilmiy-metodik kengashida tavsiya qilingan (2012- yil 19- avgustdagi 1 –sonli bayonnoma).



Kirish

O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim tog'risida", "Davlat tili haqida"gi qonunlari hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" da respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida ozbek tilini ikkinchi til(davlat tili) sifatida okitishni yanada takomillashtirish kozda tutilgan.

Ushbu konsepsiya ta'lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib oriladigan oily ta'lim muassasalarida davlat tilini orgatish uchun me'yoriy hujjat sanaladi. U bakalavriat bosqichida talabalar ozbek tilidan egallashlari shart bolgan bilim, konikma, malaka va ma'naviy, madaniy dunyoqarashning zaruriy me'yorini asoslovchi ta'limiy – tarbiyaviy hujjatdir.

Ta'lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oliy ta'lim muassasalarida ozbek tilini oqitish ijtimoiy fanlar ichida muhim orin tutadi. Boshqa millat vakillarining davlat tili hisoblangan ozbek tilini puxta egallashlari, milliy, madaniy qadriyatlarni organish va ularga hurmat bilan munosabatda bolishlarini takozo etiladi. O‘zbekistonda yashab, oqish va ishlash jarayonida mahalliy millat vakillari bilan teng munosabatda bolib, barcha sohalarda erkin fikr almashish hamda mutaxassisliklari doirasida davlat tilida ish yuritish uchun ozbek tilini yetarli darajada egallashlari kozda tutiladi.

Ta'lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oliy ta'lim muassasalarining birinchi bosqichida ozbek tili oquv fani boyicha shu bosqich uchun belgilangan nutqiy konikmaga, leksik-grammatik bilimlarga ega bolishlari, mustaqil ravishda ozbek tilida fikr yurita olish uchun til materiali va vositalaridan bakalavriat bosqichi hajmida va ungacha bolgan davrda organilgan materiallar hajmida togri va mustaqil foydalana bilishlariga erishishlari lozim.

Bo’lajak mutaxassisning kasbiy layoqati va mahorati hozirgi davrda o’z kasbi doirasida qo’llanadigan soha terminlarini, davlat tilida ish yuritish malakasini, nutq madaniyati asoslari hamda notiqlik me’yorlarini ham bilishni taqozo etmoqda. Shunga ko’ra, oliy ta’lim muassasasi ixtiyoridagi tanlov fanlari va ichki imkoniyatlarga asoslangan holda "O‘zbek tili" fanidan quyidagi maxsus kurslarni joriy etish tavsiya etiladi:1. Davlat tilida ish yuritish. 2. Mutaxassislik tili. 3.Nitq madaniyati va notiqlik asoslari.

"O‘zbek tili" fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar kozda tutiladi:

1. O‘zbek tilida erkin muloqotga kirishish va ish yuritish malakasini egallash (nutqiy kommunikativ malaka).

2. Til materiali va vositalari, xususan, ixtisoslik leksikasini nutqda qollay bilish uchun yetarli bilimlarni ozlashtirish (grammatik bilim va malaka).

3. Milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash (milliy ma'naviy madaniyatni egallash malakasi).

Ushbu mazmun asosan nutqiy kommunikativ malakani egallash orqali ozbek tilini orgatishning umumta'limiy maqsadini, milliy ma'naviy madaniyatni egallash malakasi esa tarbiyaviy maqsadni kozda tutadi.

1.Nutqiy kommunikativ malaka

"O‘zbek tili" fanini oqitish konsepsiyasi shu til boyicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy tort turi: gapirish, nutqni tinglab tushunish, oqish va yozish amallari boyicha taqozo etiladigan malaka va konikmalar me'yorini belgilab beradi. Bunda oqishda, mehnat jarayonida va oilada, jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni oqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oz munosabatini bildirish, ixtisoslik leksikasini ozlashtirish, oz kasbi doirasida davlat tilida ish yurita olish tarzida nutqiy aloqaga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.



2. Grammatik bilim va malaka

"O‘zbek tili" fanining Davlat ta'lim standarti va oquv dasturida nutqiy

faoliyatning har bir turi yuzasidan til materiali, til vositalari va grammatik bilimlar, hosil qilinadigan zaruriy konikma va malakalar belgilanadi. Bunda organilayotgan soz va soz shakllarini tog‘ri talaffuz qilish hamda yozish, ixtisoslikka oid terminologiya va leksikani grammatik jihatdan tog‘ri shakllantira bilish, sozlarni orinli tanlash va sintaktik - uslubiy jihatdan baholay olish, jumla tuzishda va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan tog‘ri hamda orinli foydalana olish, ozbek tilining ilmiy va rasmiy - idoraviy nutq uslubini puxta egallash talab etiladi.

3. Milliy ma'naviy madaniyatni egallash malakasi

Milliy ma'naviyatni egallash ozbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlarini, urf-odatlari va ularni ozida aks ettirgan qimmatli adabiy-badiiy meros bilan yaqindan tanishish, uni oqib organish, milliy an'analar, bayramlar, urf-odatlar asosida shakllangan milliy madaniyat, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi. O‘zbek adabiyotining ixcham va gozal namunalari, xalqning tarixiy, madaniy hayotiga xos muhim lavhalar, jahon milliy madaniyatiga hissa qoshgan ozbek xalqi vakillarining ijodiy merosini organish ham kozda tutiladi.

Ta'lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oliy ta'lim muassasalarida ozbek tili ta'limi mazmuni yuqoridagi uch tarkibiy qismni oz ichiga oladi va bakalavriat yonalishining birinchi bosqichida ozining ifodasini topadi.

O‘zbek tilining uzluksiz ta'lim tizimida bakalavriat ta'limi orta maxsus ta'limtarbiyadan keyingi bosqich sanaladi. Shunga kora, uzluksiz ta'limning oliy ta'lim bosqichlarida til ta'limining lisoniy, lingvopsixologik, sotsiopsixologik va paralingvistik xususiyatlari va, muhimi, umumdidaktik va oziga xos metodik xususiyatlardan kelib chiqqan holda hosil qilinadigan nutqiy-kommunikativ, leksik-grammatik va yuksak ma'naviyatli barkamol shaxsni tarbiyalashga oid vazifalar belgilanadi.



O‘zbek tilini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Respublikamizda ta'limni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida mazmun jihatidan yangi o‘quv dasturlari va darsliklar yaratishga qaratilmoqda. Davlat tili maqomiga ega bolgan ozbek tilini oqitishni ham bugungi davr talablariga javob beradigan darajaga yetkazish ana shunday muhim vazifasidir.

Mustaqil davlatimizda ozbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan yangi ozbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda toliq davlat tiliga otilayotganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat'iy nazar, ozbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Shuningdek, uzluksiz ta'limning barcha, bosqichlarda, jumladan, oily о’quv yurtlarining о’qish boshqa tilda olib borilayotgan guruqlarda qam о’zbek tilini о’rganish yо’lga qо’yildi. Shunga kо’ra, universitet va institutlarda о’zbek tilini davlat tili sifatida о’rganishga qaratilgan konsepsiya yaratildi.

"О’zbek tili" fanini (jami 76 soat ajratilgan) о’qitishning asosiy maqsadi talablarning о’zbek tilidan egallagan bilim va kо’nikmalarini mastaqkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosliklari doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashishi, nutqlarini kasbiy atamalar bilan boyitish, о’zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta'minlashga erishishdir. Ushbu maqsadda о’qituvchi va talaba oldiga qator vazifalar qо’yiladiki, bular mutaxassisning kundalik mehnat faoliyati qamda turmushida zarur bо’lgan nutqiy mavzularda о’zbek tilida mustaqil sо’zlay olishlari va yozishlari, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni о’zgartira bilish malakalarini shakllantirishni kо’zda tutadi. Shunga kо’ra, oliy ta'limda talabalarga muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik

bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni о’stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini о’stirish vazifasi qо’yilgan. Konsepsiyani yaratishda oliy ta'lim bakalavriat bosqichining ta'lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan guruhlari talabalariga davlat tilini о’qitishning zamonaviy texnologiyasi inobatga olindi hamda talabalarning akademik litsey va kollejlarda о’zbek tilidan egallashlari shart bо’lgan bilimlar kо’lami va darajasiga asoslanildi.

Fan mazmuniga qоyiladigan malakaviy talablar

Bakalavr "О’zbek tili" fani bо’yicha:

-о’zbek tili mansub bо’lgan til oilasi va guruhi, о’zbek tilining fonetikasi va morfologiyasi, о’zbek tilining gap qurilishini;

-о’zbek tilining sо’z boyligi, xususan, ixtisoslik leksikasining qо’llanishi, ma'nolari, sinonimiyasi va uslubiy xususiyatlarini;

-о’zbek tilining publisistik va ilmiy uslubini;

-rasmiy - idoraviy nutq uslubi xususiyatlari va davlat tilida hujjat tuzish, ish yuritish madaniyatini;

- о’zbek tilida sintaktik jiqatidan tо’g’ri gap tuza olishni;

- bog‘lanishli matn tuzish, uni ijodiy о’zgartirish, qisqartirish va kengaytirishni;

- tanlagan sohasidagi axborot materiallarini о’zbek tiliga va aksincha о’z ona tiliga erkin tarjima qilishni;

- og‘zaki va yozma nutqda о’zbek tilining grammatik qoidalarini qо’llay olishi, о’z ixtisosligi bо’yicha о’zbek tilida maqola, risolalar tayyorlashda lug‘atlardan foydalana olish;

- sо’zlarni о’rinli qо’llay olish, о’qish va keyingi mehnat faoliyati jarayonida о’zbek tilida muloqotga kirisha olish, yetarli yozma va og‘zaki savodxonlikka ega bо’lish;

- о’zbekcha nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni о’rganishda egallagan bilim va kо’nikmalarini qо’llash, о’zbek tilida ish yuritish kо’nikmalarini о’z faoliyatiga tatbiq eta olish va ixtisosligi sohasidagi kitob, maqolaga taqriz yoza bilish, boshqalar fikriga munosabat bildirish, turli nutqiy vaziyatlarda о’z fikrini о’zbek tilida asosli bayon qilish kо’nikmasiga ega bо’lishi lozim. Shuningdek, о’zbek tili fanini davlat tili sifatida puxta egallash uchun har bir talaba о’zbek tilining og‘zaki va yozma nutq shallarini tо’liq о’zlashtirishi, uning sо’z boyligidan grammatik bilimlar asosida tо’qri foydalana bilishi, kundalik turmush va tanlangan ixtisosligiga oid mavzularda о’zbekcha erkin muloqotga kirisha olishi zarur. Shunga kо’ra, talabalar о’zbek tili fanidan:

- umumiy о’rta va о’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negizida о’zbek tilining fonetikasi, grammatikasi bо’yicha egallagan bilimlarini tо’ldirishi va rivojlantirishi;

- о’zbek tilining sо’z boyligi, soha atamalaridan gap tuzish va uni nutq

uslublarida tо’g’ri qо’llashda foydalana bilishi;

- kasbiy atamalarni tushunishi, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qо’llay olishi;

- milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mutaxassisligiga oid mavzularda

bo g‘lanishli matn tuza olishi va bunday matnlarni tarjima qilishi;

- о’zbek xalqining tarixi, an'analari, urf-odatlari, mustaqil davlatimizning

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tо’g‘risidagi turli nutqiy vaziyatlarda erkin muloqotga kirisha olishi;

- ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni tо’g‘ri о’qish, ma'nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan tо’g‘ri tuzishni bilishi va amalda qо’llay olishi.

- о’z fikrini og‘zaki va yozma tarzda о’zbek tilining grammatik qoidalari, me'yorlariga amal qilgan holda mustaqil ifodalashi;

- о’z ixtisosligi bо’yicha lug‘atlardan foydalangan holda maqola, turli

rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilishi;

- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bо’lish, ish yuritish

kо’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tadbiq eta bilishi;

- о’zbek tilidagi turli matnlarni, xususan, ixtisoslikka oid matnlarni tushunib о’qishi va tarjima qilishi;

- о’zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan о’rinli foydalanish, ular yordamida о’z fikr-muloqazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bо’lishi zarur.
О’zbek tili fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

О’quv rejasining ijtimoiy-gumanitar fanlar blokiga kirgan barcha fanlar, xususan, falsafa, siyosatshunoslik, ma'naviyat asoslari kabi fanlar bevosita о’zbek tili fani bilan bog‘liq hisoblanadi.

О’zbek tili fani ta'lim о’zbek tilida olib boriladigan ixtisoslik fanlari bilan, shuningdek, rus tili, chet tili fanlari bilan qiyoslab о’rganilgani uchun bu fanlar bilan uzviy aloqadordir.
О’zbek tilini о’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Ta'limning oliy bosqichida о’zbek tilini о’qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Bunda ilgaridek maktabda olingan bilimlarni mustahkamlash yо’lidan borilmaydi, aksincha talablarning litsey va kollejlarda egallagan bilimlari asosida, oladigan ixtisosliklari doirasida bo g‘lanishli nutqni о’stirish kо’zda tutiladi.

О’zbek tili ta'limi mazmunini talabalarning nutqiy savodxonligini grammatikani о’qitish orqali emas, balki turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini yanada kengaytirgan hamda ixtisoslikka moslashtirgan tarzda о’zbekcha nutqni tinglash, sо’zlash, о’qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib о’rgatish bilan ajralib turadi.

Bunda ilmiy - badiiy adabiyotlarni о’qib tushunish, ixtisoslik sohasida matn yaratish va hujjat tuzish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash, boshqa nutq uslubiga kо’chira olish kabi murakkab talablar qо’yiladi. Bu о’z navbatida talabalarning о’zbek tili imkoniyatlaridan qanchalik tо’g‘ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan о’rinli foydalanishni qanchalik puxta о’zlashtirganliklariga bog‘liq bо’ladi. Bularning barchasi ta'limning yuqori bosqichida о’zbek tilidan tavsiya etilayotgan bilimlarning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, tanlagan kasbi, mutaxassisligiga muvofiqligi, о’qitish metodlari va usullarining zamonaviyligi, audiovizual vositalarning samarali qо’llanilishi bilan ta'minlanadi.



ASOSIY QISM

O‘zbek tili” fanidan oliy ta'lim muassasalari



uchun uzviylashtirilgan о’quv dasturi

I. Nutq о’stirish bo’yicha egallanadigan ko’nikma va malakalar:
A. Og’zaki nutq:

1).Quyidagi tavsiya etilayotgan nutqiy mavzularga oid matnlarni tez va ravon

o`qish va mazmunini tо’la tinglab tushunish:

O‘zbekiston - yagona vatan.

Universitetim bilan faxrlanaman.

Hayot mening tasavvurimda.

Ustoz maktabi.

Kitob - bilimlar xazinasi.

Adabiyot - ma'rifat o’chog’i.

Turmush urinishlari.

Tabiat va inson.

Sog’liging oz qo’lingda.

Tarix va zamonamiz.

Kashfiyotlar olamida.

Yetuk mutaxassis.

Yoshlar tashabbusi.

Xizmat kosatish madaniyati.

Huquq va burch.

Ma'rifat o’choqlari.

Milliy qadriyatlar e'zozi.

Xalq sayli.

Mahallamiz kelajagi.

Xizmat safari.

O‘zbekiston transporti va yollari.

O‘zbek san'ati ustalari.

Qahramonlar unutilmaydi.

Bilimlarimiz - amaliyotga.
2). О’rganilayotgan nutqiy mavzuga oid she'r, badiiy va dramatik asarlardan parchalarni ifodali о’qish.

3). О’rganilgan yangi sо’z, sо’z birikmalari, mutaxassislik atamalari va iboralarni togri talaffuz qilish, sodda hamda qо’shma gaplarning ohangini togri qо’yish.

4). О’zlashtirilgan yangi grammatik qо’shimcha va sо’z shakllarini togri о’qish.

5). O`rganilgan mavzular bo`yicha o`qituvchi tomonidan berilgan savol va topshiriqlarga tо’liq javob berish;

6). Gazeta va jurnallardagi ilmiy – ommabop, shuningdek, tanlagan sohasiga oid matnlarni tezda о’qib tushunish va mazmunini sо’zlab berish;

7). Yuqorida tavsiya etilgan nutqiy mavzularda o`zaro (talaba - o`qituvchi, o`qituvchi - talaba) suhbatlashish:

8). О’rganilgan matn mazmunini ochuvchi savollar tuzish, ularga tez va ijodiy javob qaytarish;

9). О’rganilgan mavzular togrisidagi muammoli savollarga javob berish;

10). Kuzatilgan yoki audiovizual vosita orqali namoyish etilgan voqea – hodisalar haqida sо’zlab berish;

11). О’rganilgan boglanishli matnning mazmunini tо’liq va ijodiy о’zgartirgan holda sо’zlay olish;

12). О’zlashtirilgan grammatik bilimlarni qо’llagan holda tanish va notanish nutqiy mavzular doirasida о’zaro fikr almashish.

13). Mutaxassislik mavzusida erkin bahs- munozara qilish.

14). Sohaga oid maqola, ilmiy - о’quv adabiyotlari mazmunini tushunish va sо’zlab berish.

15). Ilmiy va rasmiy - idoraviy nutq uslubini puxta egallash, mutaxassislik doirasida bu uslublarda erkin muloqotga kirisha olish.



B. Yozma nutq:

1). О’rganilgan mavzular doirasida sodda va qо’shma gaplar tuzish.

2). Mavzuga oid boglanishli matn tuzish.

3). O`zlashtirilgan mavzulardagi adabiy – badiiy, ilmiy – ommabop matnlarni ko`chirib yozish.

4).О’zlashtirilgan grammatik materiallar asosida notanish mavzuga oid gaplarni о’zbek tiliga va о’zbek tilidan о’z ona tiliga tarjima qilish.

5). О’rganilgan matn mazmuni asosida yangi grammatik bilimlarni qо’llab savollar tuzish va ularga javob yozish

6). Tavsiya etilgan mavzular doirasida bayon yoki insho yozish.

7). Ilmiy va rasmiy - idoraviy nutq uslubida matn yozish, mutaxassislik doirasida bu uslublardagi matnni ijodiy о’zgartirish.

8). Dalolatnoma, hisobot, bayonnoma, shartnoma matnlarini yozish.

9). Mutaxassislikka oid maqola va о’quv adabiyotlariga annotatsiya, rezyume, taqriz yozish.

10). Referat, malakaviy bitiruv ishni rasmiylashtirish.
II. Grammatika:

1. Modal so`zlarning qissiy-tasviriy xususiyatlari va vazifadosh qо’llanishi.

2. Qo`shimchalar sinonimiyasi va antonimiyasi.

3. Leksik qatlamlar, mutaxassislik atamalari. Tasviriy ifodalar. Shevaga xos so`zlar.

4. Frazeologik birliklarning turlari va uslubiy xususiyatlari.

5. Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi va adabiy til uslubi farqlari.

6. Og’zaki va adabiy so’zlashuv uslubi leksikasi.

7. Badiiy nutq uslubi, uning xususiyatlari.

8. Ilmiy nutq uslubi, uning xususiyatlari.

9. Ommabop nutq uslubi, uning xususiyatlari.

10. Rasmiy - idoraviy nutq uslubi, uning xususiyatlari.

11. Sintaktik aloqa turlari. Grammatik ma’noni hosil qiluvchi vositalar.

12. Gapda so`z tartibi va gap bо’laklarining tushib qolishi.

13. Bog’langan va bog’lovchisiz qо’shma gaplarning о’zaro ma'nodoshligi.

14. Rasmiy - idoraviy hujjatlarning til xususiyatlari.

15. Ilmiy uslubda ixtisoslik leksikaning qо’llanishi va kesim shaklining kо’rinishlari.

16. Matn va uning kо’rinishlari.

17. Dialogik matnning ma'no munosabatiga kо’ra turlari.

18. Monologik matnda mazmun izchiligi va ohang.

19. Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezyume), uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

20. Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

21. Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

22. Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

23. Kurs ishi (loyihasi) matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

24. Bitiruv malakaviy ishi matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə