Tasdiqlayman” Falsafa va O’djqna kafedrasi mudiri dots. E. Rasulev №18 – sonli bayonnoma




Yüklə 162.21 Kb.
səhifə3/3
tarix25.04.2016
ölçüsü162.21 Kb.
1   2   3

Yurudi Kaxf iti xo’blar ila bo’ldi oti inson”.

 

“Ma’naviyat bilan quvvatlanmagan bilim yovvoyi odam qo’lidagi cho’qmorga aylanadi”, degan edi bir alloma. Kishilik tarixida o’z bilimi, iste’dodini nopok ishlarga, buzg’unchilikka sarf etib, o’z yaqinlari, xalqi butun insoniyat boshiga kulfat yog’dirgan kimsalar oz bo’lgan deysizmi? Yozuvchimiz O’lmas Umarbekov shu ma’noda “Olim bo’lish osonu, odam bo’lish qiyin ekan”, degan qissasini yozadi va unda jamiyatimizdagi ma’naviy qashshoqlangan jarayon ko’rsatilgan. Shu jihatdan jadid ziyolilaridan biri Muhammad Sa’id “Oyina” jurnalidagi maqolasida (1914 yil 31-son) komil inson tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, Ibn Ma’sudning gaplarini keltiradiki, jadidlarning bu boradagi fikrlari bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotmaganini ko’ramiz: “Har kishining iymoni ilmi qadar, har kishining ilmi sa’yi qadar, har kishining sa’yi nomusi qadar, har kishining nomusi vijdoni qadar va har kishining vijdoni ham aning adab va tarbiyasi qadardir!”25.



“Jamiyat madaniyatsiz ma’naviy axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat pirovard – oqibatda tanazzulga yuz tutadi”. Prezident I.Karimovning hikmatga aylangan bu so’zlari bashariyat tarixi, xususan, xalqimizning ming yillik ma’naviy axloqiy yuksalish tarixi borasidagi chuqur bilimlar e’tirofi natijasidir. Shuning uchun ham Yurtboshimiz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq IX sessiyasida (29 avgust 1997 yil) so’zlagan nutqlarida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar mazmunini shunday belgilab bergan edi: “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”.

7 – mavzu: Milliy g’oyani va rivojlantirishning institutsional tizimi

Reja:

  1. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g’oyasining negizlari

  2. Milliy g’oya - erkin va farovon hayot qurish omili sifatida

  3. Jamiyat barqarorligi-erkin va farovon hayot qurish omili

  4. O’rta mulkdor qatlamining shakllanishi va farovon hayot qurishning o’zaro aloqadorligi

  5. Odamlarning turmush darajasi va farovon hayot bog’liqligi

  6. Erkinlik va taraqqiyot g’oyalarining mushtarakligi

  7. Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari

1. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g’oyasining negizlari

Xalqimiz asrlar davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi. Bu g’oya xalqimizni erkinlik va yuksalish pallalarida ham, o’z mustaqilligidan judo bo’lgan davrlarda ham tark etmadi. Bugungi kunda O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi asosiy maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo’lib, bu g’oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini ifodalaydi. Inson muayyan makonda tug’iladi va hayot kechiradi, shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan sanaladi. Dilida Vatan tuyg’usi shakllanmagan, kindik qoni to’kilgan zaminga mehr tuyg’usi jo’sh urmagan kishini chinakam Inson deb bo’lmaydi. Shu bilan birga inson baxt-saodat uchun tug’iladi. U ana shu baxt-saodatga o’zi tug’ilib-o’sayotgan Vatanida erishmoqni orzu qiladi. Bu unga o’z baxt-saodatini yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uyg’un ko’rishni anglatadi.

«Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalari shu jihatdan o’ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi.

Ozod Vatan – o’z taqdirini o’zi mustaqil hal etish huquqini to’la ro’yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo’lib, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga, nufuziga va mavqeiga ega bo’lgan mamlakatdir.

Obod Vatan – fuqarolari erkin va ozod yaratuvchanlik faoliyati bilan band bo’lgan, to’la ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir.

Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o’zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.

Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz - deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, - milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir.

 Xullas, farovon jamiyat g’oyasi mustaqil va barqaror taraqqiyot yo’liga kirayotgan jamiyatlar uchun ikki hissa qadrlidir. Shu ma’noda uning umuminsoniy jihatlariga, demokratik mohiyatiga ulkan e’tibor berilayotganligi tabiiydir. Prezident Islom Karimov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ozod va obod Vatan, demokratik jamiyat qurish jarayoniga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratayotganligi ham shundan. Zero, mamlakatimizda farovon, ilg’or jamiyat barpo etish - maqsad, amalga oshirilayotgan islohotlar - vosita bo’lib, jamiyatimizda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik o’z navbatida islohotlar uchun shart-sharoitdir.  

2. Milliy g’oya - erkin va farovon hayot qurish omili sifatida.

Mamlakatimizda demokratik institutlar va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi haqida fikr yuritar ekan, Prezident Islom Karimov jamiyatning demokratiyalashuvini uzoq muddatli jarayon sifatida baholaydi, demokratiya g’oyalarini shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushirish bilan uni odamlarimiz hayotiga singdirib bo’lmasligini uqtiradi. «Demokratiya, - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog’i kerak. Bu esa bir zumda bo’ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo’la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko’rish va demokratiya tamoyillarini o’zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir»9.

Ammo, inson tabiati ziddiyatlidir. U boshqalar intilishlariga teskari bo’lgan intilishlarga ega bo’lishi va shu vaqtning o’zida o’zgalar bilan hamkorlikka moyil bo’lishi mumkin. Inson tabiatiga xos ana shu qarama-qarshilik uning jamiyatdagi hayoti va hatti-harakatlarini   ham belgilaydi. Odamlar bir tomondan shaxsiy erkinlikka intilsalar, ikkinchi tomondan ijtimoiy tenglikni talab qilishga moyil bo’ladilar.  Odamlar o’z manfaatlarini ko’zlashlari bilan birga umumiyijtimoiy manfaatlarga ham intiladilar. Ammo bu qarama-qarshi tendentsiyalarni, shaxsiy manfaat bilan jamiyat manfaatlarini qanday qilib muvofiqlashtirish mumkin? Jamiyat bu muammoning echimiga demokratiya mexanizmlarini ishga solish  orqaligina kela oladi. Aynan demokratiya va umumiy manfaatlar vobastaligi ijtimoiy munosabatlarni muvozanatga keltirishga xizmat qiladi. Demokratiya doimiy qutb - «zid­diyat - kelishuv - birdamlik» orqali  o’ziga yo’l ochar ekan, kishilarning o’zaro roziligi, kelishuviga tayanadi. Gap shundaki, demokratiya - bu yolg’iz o’z maqsad va talablarini amalga oshirish vositasi bo’lmay, balki o’zaro munosabatlarning maqbul qoidalariga rioya etishdir. Umuminsoniy, xususan demokratik qadriyatlarga tayangan milliy istiqlol g’oyasi ana shu qutbiy intilishlarni muvofiqlashtirish orqali umumiy manfaatlarni o’zida ifoda etadi.  

3. Jamiyat barqarorligi-erkin va farovon hayot qurish omili

O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida shu narsa aniq isbotini topdiki, ozod va farovon hayotni barpo etishning asosiy omillaridan biri - barqarorlik¬dir. Oxirgi yillarda jahon hamjamiyatida barqaror rivojlanish kontseptsiyasi keng ommaviylashmoqda. Xususan, BMT hujjatlarida ham barqaror taraqqiyot oliy qadriyat sifatida talqin etiladi, uning universal xususiyatlari, turli modellarining kuchli va zaif tomonlari tahlil etiladi.

Mutaxassislar orasida barqarorlik deganda demokratik tuzilmalarning tez o’zgaruvchan ijtimoiy jarayonlarga nisbatan aks-ta’sir ko’rsata olish qobiliyati tushuniladi. Bunda barqarorlik demokratiyaning vazifasi deb qaraladi, u o’ziga kishilarning fuqarolik  jamiyati institutlari vositasida davlatni boshqarishdagi ishtirokini ham o’z ichiga qamrab olishi zarur. «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyatga o’tish» qoidasi hozirda demokratik institutlarni joriy etishni jadallashtirish, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik jamoatchilikning faolligiga asoslanishi zarurligini ko’rsatmoqda.

O’z o’rnida aytib o’tish joizki, «barqarorlik» tushunchasi ko’plab yondashuvlarni o’ziga jamlagan. Ularni quyi­dagi ko’rinishda umumlashtirib keltirish mumkin: a) jamiyatda noqonuniy zo’rlik va kuch ishlatish tahdidining bo’lmasligi; b) birmuncha uzoq vaqt davomida bir hukumatning amal qilishi, uning o’zgaruvchan sharoitlarga samarali tarzda moslashuvchanligi; v) konstitutsion tartibning barqarorligi; g) barqaror legitim hokimiyatning barqaror mavjudligi; d) siyosiy tizimda tuzilmaviy o’zgarishlarni boshqarish imkoniyatining mavjudligi; i) siyosiy kuchlarning muvozanati va b.

Bir so’z bilan aytganda, barqarorlik biror-bir siyosiy ob’ekt yoki institutning holatinigina emas, balki ichki va tashqi munosabatlar tizimini ham ifodalashi zarur. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik demokratik tartib bilan birga uzviylikni, davomiylikni ham talab etishini aytib o’tish zarur.

 Shunday qilib, demokratiyatni ta’minlash boshqaruv tizimini, fuqarolik tartibini, boshqaruvning qonuniyligi va ishonchliligini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy barqaror­lik sharoitidagina amalga oshirilishi mumkin. Bu esa ozod va obod Vatan barpo etish yo’lini ta’minlaydi.



5. O’rta mulkdor qatlamining shakllanishi va farovon hayot qurishning o’zaro aloqadorligi

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g’oyasi erkinlashtirish, erkin mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonlari bilan uzviy bog’liq. Boqimandalik yoki soxta «umumiy tenglik» g’oyasiga asoslanib erkin va farovon hayot qurib bo’lmaydi. Dunyodagi birorta jamiyat bu yo’l bilan farovon hayotga erishgan emas. Erkin iqtisodiy faoliyatga asoslangan bozor iqtisodi, mulk xilma-xilliga tayanish, erkin va sog’lom raqobat muhitida o’rta mulkdorlar qatlami shakllanib boradi. Bu esa o’z navbatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishning sotsial negizi, ijtimoiy tayanchi hisoblanadi.

Mamlakatimizda bozor munosabatlarining shakllanib borishi jarayonida daromadlari, turmush darajasi va sifatiga ko’ra bir-birlaridan farqlanuvchi qatlamlar shakllanmoqda. Bu tabiiy hol. Ammo bunday holatni hamma ham to’g’ri baholayvermaydi. Bunga ayrim shaxslarning boylikka ruju qo’yishi, ochko’zlik, isrofgarchilik, o’zaro yordam va qarindosh-urug’chilikning yaxshi jihatlarini mensimaslik, o’zini ko’z-ko’z qilishdek illatlar ham sabab bo’lmoqda. Bunga ayrimlar uchun hayot tarziga aylangan ta’magirlik, poraxo’rlik, to’rachilik kabi jirkanch qiyofaga kirayotgan holatlarni qo’shadigan bo’lsak, halol mehnat kishisining ruhiy iztiroblarini tushunish qiyin emas. Shu ma’noda Prezidentimizning bozor mexanizmlarini hayotga tadbiq etish bilan birga qonunchilikni mustahkamlash va bunda ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladigan axloq normalarini ham ijtimoiy hayotda keng yoyish to’g’risida kuyunishi bejiz bo’lmay, adolatli jamiyat qurishga nisbatan xalqimizning intilishini ifodalaydi.

6. Odamlarning turmush darajasi va farovon hayot bog’liqligi

Biz intilayotgan barqaror taraqqiyotga erishishda insonlarning turmushi yaxshi bo’lishi, ma’lumotli bo’lishlari, halol daromad topa olishlari, ijtimoiy

ta’minotga bog’lanib qolmasliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Muhimi, farovon hayotga erishish uchun odamlar erkin mehnat mahsulining «ta’mini» totib ko’rishlari, halol yo’l bilan yuqori daromad qilish hadisini olishlari zarur. Fuqarolarning iqtisodiy erkinligining oshishi esa ularning siyosiy erkinligini ham yuksaltiradi, ijtimoiy-siyosiy jihatdan faollashtiradi.

Albatta, o’tish davrida iqtisodiy demokratiya muhim rol o’ynaydi, zero u aholining o’z daromadlariga ko’ra yuqori va quyi qatlamlari o’rtasidagi tengsizlik darajasining tez o’sib borishining oldini oladi. O’zbekistonda mulkiy qutblanish, jamiyatning oshib-toshib ketgan boylar va kambag’al-qashshoqlarga ajralib qolishiga yo’l qo’ymaslik siyosatining belgilab berilganligi kurtak otayotgan demokratiyani muhofazalash ehtiyojidan ham kelib chiqadi. Bu siyosatning izchil amalga oshirilishi mamlakatimizda demokratiyaning kelajagini ko’p jihatdan belgilaydi.



7. Erkinlik va taraqqiyot g’oyalarining mushtarakligi

Ma’lumki, mamlakatimizda erkinlashtirish jamiyat demokratlashuvining muhim yo’nalishi sifatida e’tirof etiladi. Bu ham bizning g’oyamiz hisoblanadi. Lekin bu o’z navbatida erkinlikni ulkan ijtimoiy-siyosiy qadriyat sifatida anglashni talab etadi.

O’zbekiston farovon jamiyat qurish yo’lida aniq natijalarga erishmoqda. Shu o’rinda insonning jamiyat xayotida tutgan o’rni va rolining milliy va umuminsoniy  mezonlarini anglash hozirgi paytda amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Buning yana bir jihati shundaki, demokratik  taraqqiyot yo’liga o’tgan  va o’tayotgan mamlakatlarda insonning jamiyatdagi o’rni masalalariga qarashda tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Inson taraqqiyoti to’g’risida sifat jihatdan yangi kontseptsiyalar ham qaror topdiki, bu jahon hamjamiyatining diqqat e’tiboriga sazovor bo’ldi.

Darhaqiqat, inson salohiyati avvalgidan ham ko’p ahamiyatga ega bo’lmoqda. Daromadni aholi jon boshiga hisoblaganda eng yuqori darajaga ega bo’lgan dunyo davlatlari orasida tabiiy zahiralari nihoyatda kam davlatlar oz emas (Yaponiya, Shveytsariya, Daniya). Shu vaqtning o’zida tabiiy zahiralarga o’ta boy bir qator mamlakatlar (Rossiya, Braziliya, Argentina) aholi jon boshiga hisoblaganda past daromadlar darajasiga ega. Demak, mamlakat taraqqiyoti mehnat kishisining yaratuvchilik kuchini safarbar etishga ko’p jihatdan bog’liq. Har bir jamiyat a’zosining hissasi evaziga mamlakatning yuksalishi mumkinligi Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy  tajribasidan ma’lum.

Uzoq muddatli davrda iqtisodiy yuksalish va insoniy taraqqiyot yo’nalishlari bir-biriga mos kelsa ham, bu aloqa har bir mamlakat uchun davlat siyosatiga bog’liq bo’ladi. Ayrim mamlakatlar puxta o’ylangan davlat siyosati tufayli aholi sog’lig’ini saqlash, ta’lim darajasini oshirish ishida iqtisodiy yuksalishdan olingan samaradan foydalanishda katta yutuqlarga erishmoqda. O’zbekiston hukumati bu yo’nalishdagi ko’pgina dasturlarni e’lon qildi va ularni amalga oshirmoqda. Bu esa mustaqillik sharoitida inson islohotlar uchun emas, islohotlar inson uchun xizmat qilishi, insonning jamiyatga munosabati uning jamiyatda o’z o’rnini topishiga bog’liqligini teran anglashga olib keladi. Demak, inson omili asosida farovon hayotga erishiladi. Bugungi kunda bu ham milliy istiqlol g’oyasida aks etayotgan qadriyatlarimizdan biridir.

8. Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari

Bunday odamlarning ma’naviy dunyosi juda “mo’rt” va moddiylik asosiga qurilgan. Bir tomonlama, insoniy mohiyatdan yiroq, Vatanidan begona “meni”ga egadir. Har bir inson o’z “meni”ga albatta ega bo’lishi tabiiy holat. Lekin uning “meni” boshqa “insonlar” “meni” bilan, xalqi, millatining “borlig’i” bilan mushtarak holda shakllanadi. Haqiqiy Vatanparvar insonlar o’zining “meni”ni Vatanining taqdiridan, millati, xalqining madaniy qadriyatlaridan, orzu-istaklaridan ayri holda tasavvur eta olmaydi. “Men”ning o’ziga xosligi ana shu milliy ruhiyatga tayansa, unga amal qilib umuminsoniy mohiyat kasb etsagina kishi o’zining haqiqiy “meni”ga ega bo’ladi. Albatta har bir inson uchun Vatandan aziz va mo’’tabar, muqaddas makon yo’q. Vatan degani kindik qoni to’kilgan shunchaki joy emas, u undan ko’ra aziz bo’lgan xalqining o’tmishi, buguni va kelajagi hamdir. Shuning uchun ham “Vatan” muqaddas. Vatan uchun har bir inson o’zligini baxshida etsa, Vatan obodligi, ozodligi yo’lida, o’zining farzandlik burchini ado etgan bo’ladi. “Vatan uchun chala ish qilib bo’lmaydi”. Vatan uchun chala ish qilish, bu eng katta gunohdir. Yoki, uning uchun hech narsa qilmaslikdir.

Inson yoshlik davrida, uning o’ziga xos baland-parvozli yuqori kayfiyati, shijoatga undaydigan ruhiy quvvatlari mustahkam bo’ladi. Uning Vatan mehri bilan uyg’un bo’lishiga erishish, shuni his etib yashash, kishini Vatanga xizmat qilishga undaydi. Inson Vatanda yashab, undan tashqarida bo’lishi ham, yoki Vatanidan tashqarida bo’lib, o’zining Vatanidan hech qachon ayri holda his etmasligi ham mumkin. Gap, uning qaerda yashashi to’g’risida emas, eng muhimi Vatanga munosabati, Vatan uchun nima qilayotganligidadir. Vatanni o’ylasa, Vatan uchun qayg’ursa, xalqining erkin va farovon hayotga erishishida ozgina bo’lsada, o’zining hissasini qo’sha olsa shuning o’zi haqiqiy Vatanparvarlikdir. Bu Vatanning sharafi, shoni-shuhratini baland tutish, uni qadrlash va qadriga etib, qayg’ura olish bilan bog’liq ma’naviy hodisadir. Bu Vatani bor har bir odamga berilgan ulug’ ne’matdan, har bir kishi tiriklik paytida to’g’ri foydalana olishi kerak.

Erkin hayot - bu insonning o’zi ixtiyori, qobuliyatini erkin namoyon etish va eta olishidir. Hayot erkin bo’lgan joyda taraqqiyot bo’ladi. Shunda inson o’z salohiyatini yuzaga chiqara oladi. Uning salohiyati taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Erkin hayot insonga qobuliyatini, salohiyatini yuzaga chiqarishga, o’zi sevgan kasb, mehnat faoliyatini erkin tanlash bilan shug’ullanishga va hammaga bir xil imkoniyat yarata olingan hayotdir. Bu farovon hayotga erishishning muhim o’lchovidir. Ana shunday hayotni yaratishni o’zining oldida maqsad qilib qo’ygan mamlakatda, fuqarolar ozod va obod Vatanga ega bo’ladilar. Bu uning milliy istiqlol g’oyasining bosh g’oyasi ekanligi, shubhasiz chuqur falsafiy ma’no va ahamiyat kasb etadi.



“Erkin hayot” degani bu xoxlagan ishni qilish el-xalq, Vatan oldida hech qanday ma’suliyat sezmaslik degani emas. Bu insonlarga o’z kasbini erkin tanlash, o’zining qobuliyatiga mos ishni, birovning ta’siri, ko’rsatmasi bilan emas, o’z xoxish-istagi bilan bajarishi uchun imkoniyat ekanligini bildiradi. Inson uni o’z xalqi, Vataning ravnaqi yo’lida foydalanishni ko’nglida tugib ishlashi lozim. Uning qo’li, aql-zakovati buyuk bunyodkorlik ishlariga yo’naltirilishi muhim. Hayot erkinligi keng ma’no kasb etadi. Uni jamiyat miqyosida ko’rganda: mulk xilma-xilligi, bozor iqtisodi bilan bog’liq erkin raqobat, siyosiy institutlar fikrlar xilma-xilligi ham ijtimoiy hayotning asoslarini erkinlik tamoyiliga qo’yilganligini bildiradi. Erkin hayot degani bu raqobatga kirisha olish imkoniyatidir. O’z salohiyatini yuzaga chiqarish uchun bahslashish, o’zligini namoyon eta olish, bunyodkorlik yo’lida orzu-maqsadlarga etishish uchun yashash, shunga intilish, xoxish-istak sezishdir.
1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə