Tasdiqlayman” Falsafa va O’djqna kafedrasi mudiri dots. E. Rasulev №18 – sonli bayonnoma




Yüklə 162.21 Kb.
səhifə2/3
tarix25.04.2016
ölçüsü162.21 Kb.
1   2   3

3-mavzu: Globallashuv sharoitida g’oyaviy-iqtisodiy
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:

1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.

2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni.

3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.

Rossiyalik A.Parshev globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o’zlashtirishdan iborat».

Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».

Shuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin.

Globallashuv jarayoni murakkab hodisa.



Buyuk davlatchilik shovinizmi - (Shovinizm - fran. burjua mil-latchiligining o’ta reaktsion formasi). Shovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan. Shovinizm go’yo to’laqonli bo’lmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan hukmronlik qilishga da’vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ’ib etadi.

Shovinizm ba’zi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli imperiya doirasida, balki uni o’rab turgan jo’g’rofiy - siyosiy makonda ham o’zining mutlaq hukmronligini o’rnatish uchun kurashda namoyon bo’ladi.

Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o’zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir.


4-mavzu: Hozirgi davrda g’oyaviy tahdidlarning yanalishlari va axborot xafsizligi
Immunitet – lotincha (immunitatis) so’zidan olingan bo’lib, biror narsadan xalos , ozod va forig’ bo’lish, qutilishni, muayyan kasallikni qo’zg’atuvchi virusga, dardga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini (masalan, inson tanasi immuniteti) bildiradi. “Immunitet” so’zining ma’nosi organizmning doimiy ichki barqarorligini saqlash uning turli xususiyatlarga va ta’sirlaridan himoyalanishi, qarshilik ko’rsatishi, rezistentligini dildiradi. Shuningdek, u daxlsizlik ma’nosini xam anglatadi, (masalan, deputatlik immuniteti, diplomatik immuniteti).

Immunitet turlari – aslida organizmni infektsion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati bo’yicha uchga bo’linadi:

1. Filogenetik immunitet – anatomik va fiziologik belgisiga ko’ra nasldan naslga o’tadigan himoyaviy rezistentligi. Bunda organizm yuqumli kasalliklarga chidamli bo’ladi.

2. Tug’ma immunitet – (turga xos, tabiiy), nisbatan chidamli, nasldan naslga o’tadigan xarakterga ega.

3. Orttirilgan immunitet – hayot davomida orttirilgan immunitet. U o’z-o’zidan namoyon bo’lmaydi. Uning namoyon bo’lishi uchun ichki yoki tashqi g’oyaviy ta’sir bo’lishi kerak.

Apologetika - yunoncha apologetikos - ximoya qilish ma’nosini anglatadi. Iloxiyotda tafakkur dalillari yordamida diniy ta’limotni ximoya qilish va oklash bilan bog’liq bo’lgan soxa. Dinning mohiyatini akidalar tizimi xususiyatlari, axlokiy printsiplari, ijtimoiy xayotdagi roli va ahamiyatini taxlil klish asosida uni falsafiy materialistik va genetik tankiddan ximoya klishni o’z oldiga asosiy vazifa kilib kuyadi.

Mafkuraviy immunitet – ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaktsion, buzg’unchi xarakterdagi g’oyaviy tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo’l keladi. Davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog’lomligini himoya qiluvchi g’oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. “Mafkuraviy immunitet” tushunchasini birinchi bor Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan va unga quyidagicha ta’rif bergan: (2000 y 8 iyunda “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblarida - “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli suxbatida) “Ma’lumki har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur” (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 494-bet)

Mafkuraviy profilaktika – xilma-xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmui, ya’ni ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.

Mafkuraviy immunitet tarkibi:

1. mafkuraviy bilim;

2. his-tuyg’u;

3. iroda;

4. ko’nikma;

5. malakalar


5-mavzu: Jamiyat barqarorligini taminlashning ijtimoiy asoslari.

Reja:


  1. Milliy g’oyaning ma’naviy qadriyatlar bilan uzviy bog’liqligi.

  2. Ma’naviy yuksaklik milliy qadriyatlarni saqlab qolish va uni e’zozlashning muhim omili.

  3. Milliy g’oyaning ma’naviy qadriyatlarga asoslanish ahamiyati.

Milliy g’oya, milliy va ma’naviy qadriyatlarning o’zaro bog’liqligi. Ma’lumki, ma’naviy umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyatining muhim zaminini tashkil qiladi. Umuminsoniy qadriyatlar o’zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilish, dunyodagi ko’plab xalqlar, elatlar, millatlarning o’tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, o’zida jahon tsivili-zatsiyasining yaxlit va bir butunligini ifodala-ganligi bilan mintaqaviy, milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.

Aytish joizki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir - biri bilan bevosita bog’liqdir. Ularning har ikkalasi bir - biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to’ldiradi, mazmunan va mohiyatan boyitadi.

Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad, intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi. Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlardan ajratib olib, unga mahliyo bo’lib ketish, o’z millatini maqtash, uning tarixi, madaniyatini ideallashtirish boshqa millat vakillarining milliy tuyg’ulari va nafsoniyatlariga birmuncha tegib ketadi. Bu milliy tuyg’ular millatchilik va «shovinistik» tuyg’ulariga aylanib ketishi mumkin. Shuning uchun ham bu masalada hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, kamtarlik, me’yordan chiqib ketmaslik, o’zga millat kishilari tili, madaniyati, tarixi, an’ana va udumlarini astoydil hurmat qilish talab qilinadi. Zero, mamlakatimizda bironta ham xalq va millat o’zidan boshqa xalqlar, millatlardan, umumiy jahon tsivilizatsiyasidan ajralgan holdagi tarixga ega emas.

Millatlar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Barcha xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy rivojlanish tarixi bir - biri bilan uyg’unlashib ketgan. Shuning uchun ham har bir millat o’z doirasida cheklanib qolmay, boshqa millatlar va xalqlar bilan birgalikda taraqqiy etadi. Agar biror millat boshqa millatlar bilan umumiy xususiyatlarga ega bo’lmaganda, iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo’lmaganda, ulardan o’rganmagan va o’zidagi yutuqlarni boshqalar bilan baham ko’rmaganda edi, bunday millat jahon tsivilizatsiyasining samaralaridan foydalana olmagan bo’lardi.

Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo’shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag’rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam».

Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, xalqlarning ulug’vorligi milliy mahdudlikda emas, balki umuminsoniy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasidir. Milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama- qarshi qo’yish, millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o’rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o’zbek xalqining ham o’ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona, xolisona o’rganish O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi iqtisodiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyotining asosiy shartlaridan va konstitutsiyaviy -huquqiy kafolatlaridan baridir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga mamlakatimizda yashayotgan barcha xalqlarning an’analari va urf - odatlari, dini, tili va madaniyati hurmat qilinadigan yagona mafkura, dunyoqarash hukmronlik qilmaydigan, so’z va vijdon erkinligi, umuminsoniy qadriyatlar va insonparvarlik kafolatlanadigan, ilm- ma’rifat va barkamol inson kamol topadigan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat qurishning demokratik qadriyatlar va tamoyillar shakllanishini ta’minlaydigan qonun va qoidalarning kiritilishi O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining kelajak maqsadlarini belgilab berdi. Zero, O’zbekistonda fuqarolik jamiyati sharoitida Markaziy Osiyoning suveren davlatlari o’rtasida «Turkiston - umumiy uyimiz» g’oyasiga asoslangan millatlararo munosa-batlarda umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlardagi millatlararo totuvlik, erkinlik, inson salomatligi, ijtimoiy adolat, qonun oldida tenglik, ahil qo’shnichilik, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalanish imkoniyatlari va u haqda g’amho’rlik qilish, mehnatsevarlik va har kim o’z ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilish imkoniyatlari, ezgulik, yaxshilik qilish, tinchlik, do’stlik, halollik, vatanparvarlik, o’zidan kattalarni, ota va onani hurmat qilish, farzandlar haqida g’amho’rlik qilish, vijdon, burch, baynalmilalchilik va boshqalar har bir xalq, millatning ma’naviy qadriyatida o’ziga xos ravishda namoyon bo’lishini ko’ramiz.

Prezidentimiz Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asarida shu masalaga to’xtalib: «Milliy madaniyatning o’ziga xosligini tiklashga alohida e’tibor berilishi kerak. Shu bilan birga milliy o’z - o’zini anglashning tiklanishi jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari, ideallaridan bizning ko’p millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib qolishi mumkin emas», - deb ta’kidlagan edi.

Shunday qilib, umuminsoniy va milliy qadriyatlar O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi zamini, tayanchi va negizidir.

Milliy istiqlol g’oyasi hech qachon yakka hukmronlikga intilmaydi.

Sobiq totalitar tuzimning yakka hukmron mafkurasi ta’siri natijasida kishilarimiz xarakteriga va ularni faollashtirishga putur etgan edi. Haqiqatga ishonmaslik, o’z ijodiy mehnati zavqini tuymaslik, loqaydlik, fikrsizlik, ruhsizlik kabi illatlar jamiyatda ildiz otgan edi. Shuning uchun ham, mustaqillikka erishilgan dastlabki kundanoq, shaxsni tafakkur mustaqilligiga, o’zini o’z miyasidagi totalitar sarqitlardan tozalashga asosiy e’tibor berildi. Ya’ni inson mustaqil bo’lmay turib faol, faolliksiz mustaqil bo’lmaydi. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov O’zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan: «jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug’i - inson degan fikrni ilgari surdik», - deganda haqdir.

Barchamiz bilamizki, fuqarolik jamiyati asos-larini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi - ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdir.

Prezidentimiz tomonidan har bir Yangi yilni inson va uning manfaatlari bilan bog’liq - «Oila yili», «Ayollar yili», «Sog’lom avlod yili», «Onalar va bolalar yili», «Qariyalarni qadrlash yili», «Obod mahalla yili», «Mehr - maruvvat yili», «Sihat-salomatlik yili» deb belgilab berilishi davlat siyosati va ezgu an’anaga aylandi. Buning siyosiy va ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, yil davomida insonga alohida e’tibor qaratiladi va uning qadr - qimmati e’zozlanadi, odamlarning turmush farovon-ligini yanada yaxshilash, mehr - oqibatni kuchaytirish maqsadida ko’pdan - ko’p xayrli ishlar amalga oshiriladi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda O’zbekistonda adolatli, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishida, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni qurishda, iqtisodiy islohotlarning samarali bo’lishida inson omili muhim o’rin tutadi. Zero, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishini inson omilisiz tasavvur qilish qiyin. Inson omilining ham kasbiy, ham g’oyaviy jihatdan kuchaytirilishi iqtisodiyotini yuksak darajaga ko’taradi. Agarda inson kasbiy jihatdan yuksak malakali bo’lsa-yu, g’oyaviy jihatdan noqis bo’lsa-chi? Bunda iqtisodiy jinoyatlar, poraxo’rlik, shartnomani bajarmaslik, soxta tenderlik, inti-zomsizlik, tashmachilik, ma’suliyatsizlik, loqaydlik har qanday gullab yashnayotgan iqtisodiyotni kemirib tashlaydi. Demak, Vatan tinchligi, el farovonligida vijdoniylik, ma’suliyatlilik, mehnatsevarlik, tashab-buskorlik, vatanparvarlik, halolik, intizomlilik nafaqat ma’naviy, mafkuraviy, balki iqtisodiy omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, ma’naviyat, axloq - odob va ma’rifat jamiyat tafakkuri, demokratik islohotlar samarasini belgilovchi, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishining bosh omillaridan biridir. Ma’naviyat, axloq - odob va ma’rifat tushunchasi ilmiy talqin qilinsa, fuqarolik jamiyatini barpo etish doimiy tamoyilga, yaxlit tizimga aylanishi zarurligi ma’lum bo’ldi. Bu tizim markazida esa ma’naviyat, axloq - odob va ma’rifat kabi o’lmas qadriyatlar etakchilik qilmog’i kerak. Shunday ekan, bugungi kunda fuqarolik jamiyati masalasini haqqoniy ravishda ma’naviyat va ma’rifat masalasi deyish mumkin. Chunki fuqarolik jamiyati - huquq, demokratiya, ma’naviyat va ma’rifat tantana qiladigan adolatli jamiyatdir.

Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida ilmiy - nazariy va amaliy jihatdan isbotlab berilganidek, ma’naviyat va ma’rifat - millat, mamlakat, fuqarolik jamiyati taraqqiyotini belgilovchi omildir. Ma’naviyat va ma’rifat - shaxs va millatning «aqlli qalbini» ifoda etadigan, tabiat, jamiyat va odamning insoniylashuv, ma’rifatlashuv darajasini bildiradigan ruhiy - aqliy idrok olami hisoblanadi.



Ma’naviyat, axloq - odob va ma’rifat mohiyatan mushtarak tushunchadir. Ma’naviyatni axloq - odobsiz va ma’rifatsiz, ma’rifatni esa ma’naviyatsiz va axloq - odobsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular o’z tabiati va mohiyatiga ko’ra botinan bir - biri bilan chambarchas uzviy bog’liq hamda yaxlit tizimdir. Odob - axloq va ma’rifat, eng avvalo, sof ma’naviy tushuncha va aksincha, ma’naviyat - sof ma’rifiy insoniy tsivilizatsiyadir. Dunyoni ma’rifat qutqaradi, deganda shubhasiz, ma’naviyat nazarda tutiladi. Zotan, Yurtboshimizning «Jamiyat taraqqiyotini muqarar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir», degan kontseptsiyasining ma’nosi shuki, fuqarolik jamiyatida barcha muammo ilm, aql - idrok va tafakkur yordamida hal etiladi. Demak, jamiyat ma’nan sog’lolashadi, ma’naviy yaxlitlik, butunlik insonga demokratik - huquqiy maqom kasb etadi. Ma’naviyat mezoni buzilsa, ya’ni insof, o’zaro hurmat - izzat, andisha halollik, rostguylik odamni tark etsa, uning jamiyat va boshqa odamlar bilan huquqiy- ma’naviy munosabatlariga putur etadi. Chunki bir kishining huquqlari boshqa odamning huquqlari chegarasi boshlangan joyda tugaydi. Qonun kimning haq, kimning nohaqligini adolat tarozisida o’lchab beradi. Ularning ikkalasini ham ma’naviyatning pokiza olamiga qaytaradi. Ana shundagina huquq, demokratiya ma’naviyat va ma’rifat mushtarakligi fuqarolik jamiyatining har bir a’zosining axloqiy, ijtimoiy, ruhiy idealiga aylanadi.

Fuqarolik jamiyatida eng avvalo odamiylik xislatlari ustuvor bo’ladi.

Yana shuni ham e’tirof etish joizki, qonunchilik va adolat ustuvor bo’lgan jamiyatda amaldagi qonunlarning mukammal va puxta bo’lishi, ularning o’zgaruvchan vaziyatlarga nisbatan bardoshliligi katta ahamiyat kasb etib, bu fuqarolik tarbiyasi uchun juda qulaydir. Chunki bir avlod manfaatiga to’g’ri kelgan qonun va huquqiy normalar keyingi avlod tomonidan avtamatik tarzda ham qabul qilinishi mumkin. Demak, siyosiy tizimning legitim va barqaror bo’lishi, qonunlarimizning mukammalligi fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi muhim ma’naviy hamda qonuniy omildir.

O’zbekchilik. Oila va mahalla. Xalqimizning sodda tilida o’zbekchilik degan so’z bor. Bu bizning milliyligimizning asosi bo’lib, xalqimizga xos xislatlar majmuasi, xarakterini anglatadi.

Xalqimizning milliy o’ziga xosligi, oilaga munosabat, jamoaviy turmush tarzi, ya’ni mahallachilikda ham alohida sezilib turadi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishining dastlabki siyosiy instituti rolini o’ynaydigan oila xususida qisqacha to’xtaladigan bo’lsak, oilada jamiyatga xos bo’lgan tipik xususiyatlar va vaziyatlar o’z in’ikosini topadi. Oilada har bir bolaga qadriyatlar tizimi - nima yaxshi-yu nima yomonligi, qaysi xatti - harakati ma’qul, qaysinisi noma’qul, qaysi fikr ma’nili-yu, qaysi biri bema’ni ekanligi to’g’risidagi dastlabki tasavvurlar ota - ona, yaqin qarindosh - urug’, qo’ni - qo’shni orqali singdiriladi. Bundan tashqari, aynan oilada hokimiyat va obro’lilik, ya’ni «avtoritet» to’g’irisidagi, siyosiy ongga aloqador bo’lgan, siyosiy ma’daniyat va huquqni ifodalovchi tasavvurlar ham kurtak topadi. Bir qarashda oddiy tug’ilgan er va xotinning nikohga bo’lgan munosabati, uni qadrlashi bola ilk yoshlikdan oilani, oiladagi burch va mas’uliyatning mohiyatini teran tushunib borishga imkon beradi. Bundan tashqari umumxalq referendumlari, saylovlar, saylovoldi jarayonlariga munosabat, bunda ota - onaning faol va ongli ishtirok etishining o’zi ilk yoshdan murg’ak qalbda shu jamiyat va undagi siyosiy hayotning teng huquqli ishtirokchisi bo’lishi mumkinligi hissini tarbiyalaydi.

Jamiyatning manfaatlari keng qamrovli bo’lib, u har bir fuqaroning turfa qiziqishlari, ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bu holat uning haq - huquqlari ko’pligini keltirib chiqaradi. Buni biz bugungi kunda o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida ko’rib turibmiz.

Mustaqillik yillarida mahallaga tarixda ko’rilmagan darajada e’tibor kuchayib, o’z - o’zini boshqaruvchi tashkilot sifatida haq - huquqlari ortib bormoqda. Bu bejiz emas, albatta.

O’zbek xalqi qadim zamonlardan buyon jamoaviy turmush tarzida yashab kelgan. Kishilar, oilalar muammolari mahallaning ko’pni ko’rgan oqsoqollari, onaxonlari yordamida hal etilgan. Jamoaviy turmush tarzi jamiyat taraqqiyotiga ham kuchli ta’sir ko’rsatgan. Xususan, temuriylar davrida shaharlarda turli hunar egalari mahalla-mahalla bo’lib yashagani jamiyatni iqtisodiy, ma’naviy jihatlardan juda yuksaltirgan.

Masalaning yana bir muhim tomoni shundaki, mahalla insoniy fazilatlar kamol topadigan, asriy an’analarimiz saqlanib qolgan makondir. Biroq mahallalar faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, ba’zan eskilik sarqitlarining an’analardan farqlashma-yotganlarini ko’ramiz. Ayni paytda tadbirkorlik va ishbilarmonlikni faqat moddiy foyda ortirish yo’li deb bilganlar ham uchrab turadi.

Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mahallalarning roli etakchi bo’lib, bu erdagi ma’naviy muhit milliy istiqlol g’oyasining umuminsoniy va milliy qadriyatlarini belgilab beradi.

Jamiyatdagi barcha insonlar manfaatlari kesishgan joy ham - bu mahalladir. Unda o’sha qiziqish va ehtiyojlardan tortib, har bir oilaning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari uyg’unlashadi. Shu bois ham barcha muammo va ularning echimlari kaliti mahalladan izlanadi. Prezidentimizning «Mahalla - haqiqiy demokratiya darsxonasidir», degan purhikmat iboralarining asl ma’nosi ham shunda. O’zini - o’zi boshqarishning milliy modeli bo’lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf - odatlari, demokratik an’analari, oilani mustahkamlash borasidagi o’lmas qadriyatlari bilan erkin fuqaro tarbiyasida muhim rol o’ynaydi.

Respublikamiz mustaqillikga erishgach, uning dushmanlari, xususan, diniy ekstremistlar yurtimiz tinchiligiga mahallalar orqali ta’sir ko’rsatishga astoydil harakat qilib kelmoqdalar.

2005 yil 13 maydagi Andijon voqealari bunday urinishlarning so’ngi ko’rinishlaridan biridir. Bunday voqealar haqida ba’zi bir chet el ommaviy axborot vositalari xodimlari kabi tez baho berib bo’lmaydi, ayniqsa, o’quv qo’llanmalarida. Biroq, bir narsaga aminmizki, Andijon voqealari zamirida tinchligimiz, jumladan, milliy istiqlol g’oyasiga raxna soluvchilarning vayronkor g’oyalari turibdi.

Shuning uchun mahallalar bundan buyon ham yoshlarimizni turli g’oyalardan saqlashning asosiy maskani bo’lib qolaveradi.

Tayanch tushunchalar: umuminsoniy va milliy qadriyatlar, mahalla, oila, o’zbekchilik, fuqarolik jamiyati, tarixiy xotira.


6-mavzu: Taffakur o’zgarishi va ma’naviy yangilanishda

milliy g’oyaning roli

Reja:


  1. Milliy g’oya o’zlikni anglash omili

  2. O’zlikni anglash”ning turli talqinlari

  3. Tarixiy xotira va milliy o’zlikni anglash

  4. Milliy madaniyat, til va tarixdan begonalashishning zararli oqibatlari

  5. Milliy istiqlol g’oyasi - milliy o’zlikni tarbiyalash, qadrlash, saqlab qolish omili

 1. Milliy g’oya o’zlikni anglash omili

Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyoti o’z-o’zini anglash eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma’naviy

voqelik, sha’n, qadr-qimmat, obro’-e’tibor, or-nomus orqali namoyon bo’lishini ko’rsatadi. Hayotning ma’no-mazmuni, maqsadini tushunib etish, o’zlikni anglashdan boshlanadi. Milliy g’oyada uning negizlari mujassam bo’lganligi uchun ham o’zlikni anglashga xizmat qiladi va bir-biri bilan uzviy bog’liq.

«O’zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, nasl nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligimizni anglab etishni, shundan kelib chiqib, o’zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni tushunaman» deydi I.A.Karimov.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish, avvalambor, har bir fuqaroning va butun jamiyatning oliy maqsadlarini o’zida mujassam etgan milliy g’oya atrofida jipslasha olishiga, o’zini xalq, millatning ajralmas qismi ekanligini anglab etishiga ham bog’liq. Zero, buyuk bobokalonimiz Amir Temur o’git berganlaridek: “Birliksiz kuch bo’lmas”. Binobarin, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” qurishdek ulug’ ish, avvalo, o’zlikni anglamagan joyda amalga oshmaydi. Millat birligida insonni o’zligini anglash omili alohida o’ringa ega. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek: “Chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgan yoki ega bo’lishga intilgan odam demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash mumkin  bo’ladi. Shundagina   inson o’z  mamlakatining  tom ma’nodagi munosib fuqarosi bo’la oladi”1

“Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” g’oyasida mujassam bo’lgan milliy g’oya oddiy da’vat emas, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanmog’i uchun, u har bir o’zligini anglagan fuqaroning ongidan chuqur joy olmog’i va yashash tamoyiliga aylanmog’i lozim.

Demak, mustaqillik tufayli bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tish davrida o’zlikni anglashning o’ziga xos  ko’rinishlarini anglamasdan ma’naviy yuksalish va taraqqiyot darajasini aniqlab bo’lmaydi.

Jamiyat ma’lum bir hududda jamlangan odamlarning oddiy yig’indisi emas. Inson martabasiga xos bo’lmagan o’zligidan mahrum, tarixiy xotirasi zaif, o’zining kelib chiqishi va kimlarning vorisi, avlodlari ekanligini anglamagan, bilmagan odamlarni xalqimiz “to’da”, “olomon” deb ataydi.

 2 “O’zlikni anglash”ning turli talqinlari

Insoniyat falsafiy tafakkuri tarixida “o’zlikni anglash” masalasi turlicha talqin etilgan. Inson jismining o’tkinchiligi, ruhining esa abadiyligi (cherkov otasi Avgustinning “tan ruh uchun qafasdir” fikrini eslang) masalasini zohiriy (dunyoviylik nuqtai nazaridan) talqin etganlar inson o’ziligini dunyodan yuz o’girib, yolg’izlikda ibodat bilan kun o’tkazgandagina, oddiy so’z bilan aytganda, tarkidunyo qilgandagina topishi mumkin degan fikrga keladilar.

Islom Sharqida dunyoni o’tkinchi bilib, ijtimoiy faollikdan qochish, faqat Olloh zikri bilan yashash, tamoyili alohida o’ringa ega. Ularning falsafasida “tarkidunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faollikdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullanganlar”4. Tasavvufdagi “uzlatga chekinish” g’oyasini ham ba’zan to’g’ridan-to’g’ri tarkidunyochilik ma’nosida talqin etishga urinishgan. Ammo “o’zlikni anglash” bosh maqsadi bo’lgan tasavvuf ahli va tasavvuf g’oyalaridan quvvat olgan ulug’ mutafakkirlarimiz insonni insonga, Vatanga, xalqiga bo’lgan, har qanday g’arazdan holi, pok mehrni targ’ib qilganlar.

Xususan, ulug’ mutasavvif alloma Bahouddin Naqshband inson o’z-o’zini anglab etish orqali Haqni, Haqiqatni taniydi, Alloh vasliga etishadi, deydi. Ammo hayotining yakuniy maqsadi bu emas. Dilida Alloh (“dilda yor”) jo bo’lgan kishi ishga kirishmog’i (“dast ba kor”) ezgu ishlarga qo’l urishi lozim. U aslo eldan, xalqdan o’zini ayirmasligi, aksincha Orif odam Haqni dilda tutgan holda xalq bilan birga bo’lishi lozim. (“Xilvat dar anjuman”).

 3. Tarixiy xotira va milliy o’zlikni anglash

Prezidentimiz Islom Karimov o’zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida: «Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka

o’rgatadi. O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» deb ta’kidlaganlar.  Demak, tarixni bilmasdan, yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkin emas. Sobiq ittifoq davrida millatimiz ongiga shunday g’oya singdirildiki, u o’z yurtida boshini baland ko’tarib yurishi ta’qiqlangan edi. Xalqimizning shunday ahvolga tushib qolishiga asosiy sabablardan biri – uning tarixiy xotirasidan judo bo’lishi edi.

Milliy g’oya xalqimizga nafaqat o’z tarixini odilona, ob’ektiv va xolisona o’rganish imkoniyatini yaratadi, balki millat sifatida shakllanish davridagi murakkab sharoitlardan kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. Chunki, milliy g’oya xalqimizning   qadimiy va    boy    tarixidan, ulug’ alloma ajdodlarimizning hikmatlari va hayotiy o’gitlaridan, bunyodkor g’oyalaridan, yashash ibratidan ozuqa olgan. Shuning uchun ham, tarixni buyuk murabbiy, tarbiya va ibrat manbai deyiladi.

Dono xalqimizning “Etti pushtingni bilgin”, - degan o’gitlari bekorga kelib chiqmagan. Shuning uchun ham qadimgi Sharqda donishmandlari insonni gavdasi oldinga, yuzi esa ortga qaratgan holda tasvirlaganlar. Ya’ni, ularning nazdida insoniyat kelajak sari intilar ekan, o’tmishini doimo yodda saqlamog’i shart. Bu ko’hna haqiqatni teran anglagan Prezident I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida istiqboldagi vazifalarni belgilab berar ekan: “Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi”8 deb ta’kidlaydi.

 3. Milliy madaniyat, til va tarixdan begonalashishning zararli oqibatlari

Milliy istiqlol g’oyasi o’z qiyofasiga ega bo’lgan va bashariyat taraqqiyotiga o’zining ulkan hissasini qo’shgan xalqimizning boy va uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan ma’naviyati sarchashmalaridan ozuqa olgan. Bir paytning o’zida u kishilarimizning va butun xalqimizning o’zligini anglashi, ma’naviy yuksalishi omili bo’lib xizmat qilmoqda.

Bir qarashda masalaning bunday qo’yilishi mantiqsizlikdek bo’lib tuyuladi. Biz kechagina dunyoga kelgan emas balki uzoq tarixga ega bo’lgan va kim ekanligimiz ma’lum xalq ekanmiz, o’zligimizni anglatishga ne xojat? Ammo masalaning boshqa bir jihati bor. Afsuslarkim, xalqimiz uzoq vaqt istibdod ostida yashadi. Avvalo Chor Rossiyasi, so’ng qizil Imperiya davrida ko’plab madaniyat durdonalari yo’q qilindi, dinimiz va tilimizdan begonalashtirishga harakat qilishdi, ma’naviyatimiz sarchashmalaridan ozuqa olishimizga yo’l qo’yilmadi, “milliylik”, “milliy g’urur” so’zlarini tilga olish gunohi azimga aylandi. “Kim edik?” degan savolga “yozuving, madaniyating, tilga olishga arzirlik tarixing yo’q sartsan” javobini oldik. “Kim bo’ldik?” – degan savolga o’zgalarning “yordami” bilangina madaniyatli bo’lgan xalqsan” deya javob eshitdik.

Natijada tarixiy xotirani zo’r berib yo’q qilishga, xalqni manqurtlashtirishga qaratilgan siyosat tufayli, o’zligimizni yo’qotish darajasiga kelib qoldik. Buning asosiy sabablaridan biri milliy madaniyatimiz, tilimiz, urf-odatlarimizga bolta urishda afsuski, xalqimiz orasidan ham ayrim «kimsa»lar topildi. Demak, o’zimiz ham «katta hissa» qo’shdik.

Shuning uchun ham Prezident I.Karimov tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan suhbatida: “Madomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirishimiz zarur”,22 – deya alohida ta’kidlagan edi. Milliy istiqlol g’oyasi mustahkam hayotiy zaminga, xalqimizning chuqur tarixiy ildizlariga tayanadi. “Kim edik” degan savolga javobni tinimsiz izlashga da’vat etib, milliy o’zligimizni teran idrok etishga yordam beradi.

 4. Milliy istiqlol g’oyasi - milliy o’zlikni tarbiyalash, qadrlash, saqlab qolish omili

Inson “bir parcha go’sht” bo’lib dunyoga keladi va u dastlab tabiiy instinklar bilan yashaydi. Sekin-asta o’zi yashaydigan oila muhiti, keyinroq mahalla, ta’lim olgan bilim dargohi, jamiyat ta’sirida inson dunyoqarashi shakllanadi, shaxsga aylanib boradi. Jamiyatdan tashqarida esa u hayvonot dunyosining boshqa vakillaridan unchalik farq ham qilmaydigan, o’zligini anglashga qodir bo’lmagan oddiy jonzodligicha qoladi. Jamiyatdan tashqarida o’zining insoniy sifatlarini saqlab qolgan Robinzon Kruzo yoki Maugli kabi adabiy qahramonlar faqat hayolot mahsulidir.

Mashhur ingliz yozuvchisi Daniel Defoni Robinzon obrazini yaratishga turtki bergan real shaxs – Aleksandr Selkirk tarixi bunga yorqin misol bo’la oladi. O’zi bilan ziddiyatga borgan bu matrosni kema kapitani kimsasiz orolga tushirib qoldiradi. U atigi 4 yildan sal ko’proq vaqtni yolg’izlikda o’tkazadi. Ammo shu qisqa vaqt ichidayoq u odamdek so’zlashni, muomala qilishni unutadi, bir so’z bilan aytganda, butkul insoniy qiyofasini yo’qotadi.

Demak, kishining Inson martabasiga erishmog’i, o’zligini tanishida ma’naviy-ijtimoiy muhit va jamiyatda orttirgan tajribasi, bilimlari, tarbiyasi muhimdir. Inson tafakkuriga oila, jamiyatdagi tarixiy shart-sharoit, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy holatlar ta’sirini ko’rsatar ekan, uning o’zligini anglashida, jamiyatning uzviy, ajralmas qismi sifatida milliy o’zligini anglashda ta’lim-tarbiyaning ahamiyati benihoya katta. “Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”.

Shuning uchun ham, milliy g’oya voqelikka aylanishi, taraqqiyotga xizmat qilishi uchun milliy-ma’naviy tiklanish zamirida fuqarolarimiz ongu-tafakkurini o’stirish zarur. Milliy o’zlik tuyg’usini, uni qadrlashni tarbiyalash lozim. Abdulla Avloniyning aytgan “tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot - yo falokat masalasidur”, - degan so’zlari bugungi kunda yangi mazmun kasb, etib o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Avloniy yana deydi:

 

Xudoning rahmatu fayzi hama insonga yaksardur,

Va lekin tarbiyat birla etushmak shart akbardur.

Tug’ub tashlov ila bo’lmas bola bo’lgay balo sizga,

Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul rahnamo sizga.

Temurchining bolasi tarbiyat topsa, bo’lur olim,

Buzulsa xulqi, Luqmon o’g’li bo’lsa, bo’lg’usi zolim.

Yomonlarga qo’shildi Nuhning o’g’li bo’ldi beimon,


1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə