TA’limi boshqarmasi mingbuloq tuman




Yüklə 67.53 Kb.
tarix24.04.2016
ölçüsü67.53 Kb.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYAT XALQ

TA’LIMI BOSHQARMASI MINGBULOQ TUMAN


13-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan

maktab-internatining

Biologiya fani o’qituvchisi

Abdurahmonov Shukurullo Abdug’aniyevichning

7-sinflar uchun zoologiya fanidan yozgan

bir soatlik




Mingbuloq

Dars ishlanma muallifi: Abdurahmonov Shukurullo Abdug’aniyevich -

Namangan viloyati Mingbuloq tumani 13-sonli davlat

ixtisoslashgan maktab-internatning 2-toifali biologiya

fani o’qituvchisi

7-sinf zoologiya III chorak fevral oyi

Dars mavzusi: Baliqlarning xilma-xilligi: Tog’ayli baliqlar sinfi.

Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad: 1. O’quvchilarning baliqlarning xilma-xilligi, tog’ayli baliqlar sinfi mavzusi yuzasidan bilim, ko’nikma va tushunchalarni hosil qilish. Tog’ayli baliqlarning tabiatdagi va insonlar hayotidagi ahamiyati, atrof-muhit bilan bog’liqligi haqidagi ko’nikmalarni hosil qilish.

2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda Ona Vatanga muhabbat, tabiatni e’zozlash, hayvonot olamida baliqlar sinfiga mansub noyob, kamyob va hali biologiyasi organilmagan baliqlarga nisbatan ham mehr-muhabbat hislarini paydo qilish, ularni asrab-avaylash va ko’paytirish choralari haqidagi ko’nikmalarni hosil qilish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda hosil bo’lgan bilim, ko’nikma va tushunchalarni yanada rivojlantirish va shakllantirish maqsadida qo’llanma va internet ma’lumotlaridan foydalanish. O’quvchilarni chuqur mulohaza yuritishga undash, og’zaki nutqini o’stirish, xotira mustahkamligi va mustaqil fikrlash doirasini rivojlantirish.

Dars jihozi: Doska, bor, darslik, texnik vositalar (proyektor, kompyuter, ekran), qo’llanmalar, tarqatma materiallar (savollar va testlar yozilgan maxsus kartochkalar; ularning javoblariga qarab beriladigan rag’bat yoki jarima kartochkalar), ko’rgazmali qurollar (tog’ayli baliqlar aks ettirilgan plakat).

Dars usuli: Noan’anaviy (“Aralash-quralash”, “O’rgimchak to’ri”, “Quyon g’olibmi, yoki toshbaqa”, “6X6X6”)

Dars turi: Yangi bilim beruvchi, nazorat qiluvchi, mustahkamlovchi

Dars uslubi: Baxs-munozara (guruhlar o’rtasida), bellashuv-musobaqa

Fanlararo bog’lanish: geografiya, adabiyot, psixologiya, sotsialogiya, falsafa, milliy istiqlol g’oyasi.

Dars shiori: O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,

Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur.



Yusuf Xos Hojib
Dars borishi:
I.Tashkiliy qism: 5 daqiqa.

l. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni va sinfxonani darsga tayyorligini tekshirish.

2. Hikmatlarga ta’rif berish.

Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi... Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so’zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko’ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do’st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.

Alisher Navoiy


II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: 15 daqiqa.

1-topshiriq. Bu topshiriqda “Aralash-quralash” usulidan foydalaniladi. O’quvchilarni 3 ta guruhga ajratib olinadi (masalan, “asalarilar”, “kapalaklar”, “chumolilar”). Topshiriqqa oid 1-slaydda o’tilgan mavzulardagi rasmlar ko’rsatiladi, har bir guruhga 1 tadan rasm tanlash imkoniyati beriladi va tanlagan rasmlari guruhlarga qog’oz variantda beriladi. 2-slaydda bu rasmlarga tegishli so’zlar aralashmasi paydo bo’ladi. Guruhlar bu so’zlar aralashmalaridan o’zlariga kerakli so’zlarni berilgan qog’oz variantga va doskaga yozadilar. So’ng tengshirish uchun 3-slaydga, ya’ni to’g’ri javoblar slaydiga o’tiladi. Qaysi guruh bu topshiriqni tez va to’g’ri bajarganliklariga qarab, ularga maxsus rag’bat kartochkalar beriladi.


1-rasm




2-rasm



burganing qurti;

yashil temirchak; qoramol so‘nasi;

bitning voyaga yetgan davri;

kulrang o‘laksa pashsha;

bo‘ka;

yashil go‘sht pashshasi; burganing voyaga yetgan davri;

qora chirildoq;

bezgak chivini;

bitning sirkasi;

to'shak qandalasi;

burganing g‘umbagi; suluv ninachi;

oddiy chivin;

sariq suvarak; chigirtka;




1-rasm.

Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar:

2-rasm.

Har xil ikki qanotlilar:


3-rasm.

Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar:

1 — yashil temirchak; 2 — chigirtka;

3 — qora chirildoq; 4 — sariq suvarak;

5— suluv ninachi;

6 — to'shak qandalasi.

1 — qoramol so‘nasi; 2 — bo‘ka;

3 — yashil go‘sht pashshasi;

4 — kulrang o‘laksa pashsha.

A — burga:

1 — voyaga yetgan davri;

2 — g‘umbagi;

3 — qurti;

B — bit:

1 — voyaga yetgan davri;

2 — sirkasi;

D — oddiy chivin;

E — bezgak chivini.


2-topshiriq. O’tilgan mavzu yuzasidan “O’rgimchak to’ri” usulidan foydalaniladi. O’quvchilarni 2 guruhga bo’lib olinadi: “Burgutlar” va “Lochinlar”. Savollar tuzilishida tabaqalashtirilgan o’quvchilarni (past, o’rtacha va yuqori o’zlashtiruvchi) hisobga olgan holda sodda, o’rtacha va murakkab savollar tuzilishi ahamiyatli bo’lib, shu bilan birga past va yuqori o’zlashtiruvchi o’quvchilarni faollashtiriladi. Bu usulda doskaga yoki qog’ozga o’rgimchak to’ri chiziladi, to’rlar orasidagi kataklarga savol raqamlari qo’yib chiqiladi. Savollar ekranga chiqariladi va guruhlarga qog’oz variantda beriladi. Qaysi guruh “o’rgimchak to’ri” kataklaridagi savollarga tez va to’g’ri javob yozishsa o’sha guruh g’olib hisoblanib ularga rag’bat kartochkalari beriladi.
I guruh

1. Ugor balig’i qayerlarga borib tuxum qo’yadi? (Atlantika okeanining Sarbast dengiziga)

2. Zog’ara baliqning skeletida ustki qarama-qarshi yoylar o’zaro tutashishi tufayli ular orasida nima hosil bo’ladi? (umurtqa nayi)

3. Okun balig’i qancha tuxum qo’yadi? (300 mingtagacha)

4. Qaysi baliqlarning erkaklari tuxumlarini qornidagi maxsus xaltachasida olib yuradi? (Dengiz otchasi)

5. Zog’ora baliqning chavoqlari dastlab nima bilan oziqlanadi? (suvdagi mayda mikroorganizmlar va mayda umurtqasiz hayvonlar)


II guruh

1. Qanday reflekslar nasldan-naslga o’tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi? (shartli reflekslar)

2. Baliqlarda qachon ko’payish instinkti paydo bo’ladi? (jinsiy hujayralar yetilganda)

3. Kislorodga to’yingan qon nima deyiladi? (Arteriya)

4. Zog’ora baliqning urug’langan tuxum hujayralaridan qulay sharoitda necha kunda baliqlar rivojlanib chiqadi? (4-6 kun)

5. Yilning oxirida zog’ora baliq lichinkalarining uzunligi nech santimetr bo’ladi? ( 5-10 sm)


3-topshiriq: Bunda “Quyon g’olibmi, yoki toshbaqa …” usulidan foydalaniladi. Bu usuldan ko’zda tutilgan maqsad – o’quvchilarning bilimli, aqlli bo’libgina qolmasdan, balki ularni epchillik va chaqqonlikda o’zlarini ko’rsatadilar. O’quvchilarni 2 guruhga bo’lib olinadi: “Quyonlar” va “Toshbaqalar”. Savollar tuzilishida tabaqalashtirilgan o’quvchilarni (past, o’rtacha va yuqori o’zlashtiruvchi) hisobga olgan holda sodda, o’rtacha va murakkab savollar tuzilishi ahamiyatli bo’lib, shu bilan birga past va yuqori o’zlashtiruvchi o’quvchilarni faollashtiriladi. Bu usulda test savollari ekranga chiqariladi va guruhlarga qog’oz variantda beriladi. Doskaga esa javoblarni qo’yish uchun test kaliti jadvali tayyor holatga keltiriladi. O’quvchilar birin-ketin test kaliti jadvalini to’ldiradilar. Qaysi guruh test savollariga tez va to’g’ri javob yozishsa o’sha guruh g’olib hisoblanib ularga rag’bat kartochkalari beriladi.
I guruh

1.Zog’ora baliqning umurtqa pog’onasi nechta?

A) 39-42 B) 38-41 C) 39-43 D) 33-34

2.Zog’ora baliqning skeletida ustki qarama-qarshi yoylar o’zaro tutashishi tufayli ular orasida nima hosil bo’ladi?

A) Umurtqa nayi B) susgich C) dum umurtqasi D) anal suzgich

3.Og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, ichak qaysi hayvonlarning hazm qilish organlari?

A) Baliqlar B) qushlar C) lansetnik D) timsohlar

4.Kislorodga to’yingan qon nima deyiladi?

A) Vena B) arteriya C) aorta D) kapillyar

5.Miyachaning vazifasi?

A) Harakatlanish B) nafas olish C) qon aylanish D) hazm qilish
II guruh

1.Qanday reflekslar nasldan-naslga o’tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi?

A)Shartli B) shartsiz C) musbat D) manfiy

2.Baliqlarda qachon ko’payish instinkti paydo bo’ladi?

A)Bahor kelishi bilan B) yoz kelishi bilan C) kuz kelishi bilan D) jinsiy hujayralar yeyilganda

3.Qaysi baliq 300 000 minggacha tuxum qo’yadi?

A)Okun B) treska C) ugor D) dengiz otchasi

4.Zog’ora baliqning urug’langan tuxum hujayralaridan qulay sharoitda necha kunda baliqlar rivojlanib chiqadi?

A)4-6 B) 3-5 C) 6-8 D) 4-7

5.Yilning oxirida zog’ora baliq lichinkalarining uzunligi necha santimetr bo’ladi?



A)4-6 B) 5-7 C) 6-8 D) 5-10
III. Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa.

33-§. Baliqlarning xilma-xilligi: tog‘ayli baliqlar sinfi.

  • Dengiz tubida yashovchi baliqlar sekin harakatlanadi, tanasi yassi bo'lganidan yirtqich hayvonlar ularni sezmaydi.

  • Rang-barang korall riflari orasida hayot kechiradigan baliqlarning rangi ham xilma-xil va chiroyli bo'ladi.

  • Dengiz va okeanlarning juda chuqur joyida yashaydigan baliqlarning yog'du taratadigan a’zolari bo'ladi.

  • Suvning yuza qismida, ayniqsa, ochiq dengizlarda yashaydigan baliqlarning muskullari va suzgichlari, xususan dum suzgichi kuchli rivojlanganligidan ular tez suzadi. Gavdasining suyri shakli esa suzishni osonlashtiradi.

  • Skeletining tuzilish xususiyatlariga ko‘ra baliqlar tog'ayli va suyakli baliqlar sinfiga bo'linadi.

  • Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog'ayli baliqlarning skeleti tog'aydan iborat bo‘lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo‘lmaydi. Jabra yoriqlari 5 — 7 juft bo'ladi. Tog'ayli baliqlar akulalar va skatlar turkumini o‘z ichiga oladi.

  • Akulalar turkumi. Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan (66-rasm).

  • Terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin plastinkachalardan iborat bo‘lib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o'simtasi bo'ladi. Akula jag'ida bunday o'simtalar tishlarga aylanadi.

  • Odamlarning tishlari ham akulalarnikiga o'xshash tuzilgan.

  • Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo‘lib, ancha yirik hayvonlarga, shu jumladan, cho'milayotgan odamga ham hujum qiladi. Ko'pchilik akulalar tirik tug'adi, ba’zi turlari tuxum qo‘yib ko‘payadi.

  • Akulalarning kattaligi har xil bo‘lgan 250 turi ma’lum.

  • Tikanli akula eng kichik - uzunligi 40—45 sm

  • Gigant akulaning uzunligi - 15 m

  • Eng yirik akula kit akulasi - 18 m. Lekin bunday bahaybat akulalarning tishlari juda mayda bo'lib, ular mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi.

  • Skatlar turkumi. Skatlarning tanasi yassi, rombsimon yoki disksimon bo'lib, suv tubida yashashga moslashgan.

  • Dum suzgichi ingichka xivchinga aylangan. Skatlar yassi tanasi bilan tutashib ketgan ko'krak suzgich qanotlarini to'lqinsimon tebratib asta-sekin suzadi.

  • Ayrim skatlarning maxsus himoyalanish a’zosi - dumining asosida zaharli shilimshiq modda bilan qoplangan tikani bo‘ladi.

  • Tropik dengizlarda uchraydigan elektr skatlarda 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan a’zosi ham bo‘ladi.

  • Skatlar zaharli nayzasi yoki elektr zaryadi yordamida o‘z o'ljasini falajlaydi yoki dushmanini qochishga majbur qiladi.

  • Skatlar tirik tug‘ib ko’payadi, pushtli bo‘lib, bitta urg'ochi skat 1— 3 tadan 20—30 tagacha nasi beradi.

  • Ko'pchilik skatlar dengiz tubidagi molluskalar bilan oziqlanadi.

  • Bahaybat manta suv qa’ridagi mayda qisqichbaqasimonlar va baliqchalar bilan oziqla­nadi. Skatlarning 350 ga yaqin turi mavjud. Ba’zi turlari vitaminli yog‘i uchun ovlanadi.


ATAMALAR:

Tog'ayli baliqlar, suyakli baliqlar, akulalar, emal, tikanli akula, gigant aku­la, kit akula, skatlar, dengiz tulkisi, manta, tikandum skat, elektr skat.
IV. Mustahkamlash: 6 daqiqa

Mustahlamlash qismida 6x6x6 usulini qo’llaymiz. Bunda o’quvchilar qatorlar bo’yicha 3 guruhga bo’linadi va 6 nafar o’quvchi doskaga taklif qilinadi. Har bir guruhdagi 6 nafar o’quvchiga 6 tadan savol beriladi. Barcha guruh a’zolariga savollar berib bo’lingach, to’g’ri berilgan javoblar hisoblanadi va g’olib guruh a’zolariga rag’bat kartochkalari beriladi.

Savollar qayidagilardan iborat:


  1. Qayerda yashovchi baliqlar sekin harakatlanadi, tanasi yassi bo’lganidan yirtqich hayvonlar ularni sezishmaydi? -dengiz tubida

  2. Rang-barang koral riflari orasida hayot kechiradigan baliqlarning rangi qanday? -xilma-xil va chiroyli rangda

  3. Qayerda yashovchi baliqlarning yog’du taratadigan a’zolari bo’ladi? -dengiz va okeanlarning juda chuqur joyda.

  4. Qayerda yashaydigan baliqlarning muskullari va suzgichlari xususan dum suzgichi kuchli rivojlanganidan ular tez suzadi? -suvning yuza qismida ya’ni ochiq dengizda

  5. Suvning yuza qismida, ochiq dengizda yashaydigan baliqlarning gavda shakli qanday bo’ladi? -suyri shaklida

6 Skeletining tuzilishi xususiyatiga ko’ra baliqlar qanday sinflarga bo’linadi? -To’g’ayli va suyakli baliq sinflari

  1. Qanday baliqlarning jabra qopqoqlari va suzgich pufagi bo’lmaydi? -to’g’ayli baliqlarning

  2. To’g’ayli baliqlarning Jabra yoriqlari nechta? -15-7 juft

  3. Akula va skatlar turkumlarining akula qaysi sinfiga mansub? -to’g’ayli baliqlar

  4. Akulalarning tana shakli qanday? -torpedasimon

  5. Akula tanasini qoplablab turgan tangachalar nimadan iborat? -qalin plastinkachalardan

  6. Akula jag`ida tanasi ustini qoplab turgan tangachalar nimaga aylangan? -tishlarga

  7. Akulalarning qancha turi bor? -256tur

  8. Akulalar orasidagi eng kichigi qaysi, va uning uzunligi qancha?-tikanli akula,uning uzunligi? -40-45sm

  9. Gigant akulasining uzunligi qancha? -15 m

  10. Akulalar oprasidsa eng yirigi kit akulasining uzunligi qancha? -18 m

  11. Gigant akula va kit akulka nima bilan oziqlaanadi? -Mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan

  12. Skatlarning tanasi qanday shaklda bo`ladi? -Yassi, rombsimon, yoki disksimon


V. Xulosa: 3 daqiqa

Guruhdagi o’quvchilarning kartochkalarini hisoblab, g’olib guruhni aniqlanadi, baholar aytiladi. Har bir o’quvchining ham kartochkalarini hisoblab, yana qo’shimcha baholar qo’yiladi.


Men yoshlarimizga, mening bolalarimga qarata, o’rganishdan hech qachon charchamanglar, deb aytmoqchiman. O’rganish, intilish hech qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang, uni o’rganish zarur. Avvalombor, endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? O’rganish, o’rganish va yana o’rganish kerak. Kasb o’rgangan, ilm o’rgangan kishi , o’zbekona aytganda, hech qachon kam bo’lmaydi”

Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida



xizmat qilish – eng oliy saodatdir” I.A.Karimov.
VI. Vazifa: 1 daqiqa.

Har bir o’quvchi yangi o ’tilgan mavzu bo’yicha 5 tadan test tuzib keladi.






Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə