Soliqlar va soliqqa tortish




Yüklə 1.83 Mb.
səhifə1/20
tarix29.04.2016
ölçüsü1.83 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA‘LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH”



KAFEDRASI

SOLIQ MENEJMENTI”



FANIDAN



O‘QUV - USLUBIY

MAJMUA

Bilim sohasi:

300000 - “Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq”.







Ta‘lim sohalari:

340000 - “Iqtisod va biznes”.







Ta‘lim yo‘nalishlari:

5340800 - “Soliqlar va soliqqa tortish”.







Tuzuvchilar: prof. A.Jo‘raev

dotsT.Baymuratov

dots.U.Radjabov

k.o‘q. O.Meyliev





TOSHKENT-2012

“Soliq menejmenti” fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua kafedra yig‘ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2012 yil 1 iyundagi 19-sonli bayonnoma).


Kafedra mudiri: prof. Jo‘raev A.S.
“Soliq menejmenti” fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua fakultet Ilmiy kengashida muhokama etilgan va nashrga tavsiya qilingan (2012 yil 2­ iyundagi 10-sonli bayonnoma).


Kengash raisi: dots. Radjabov U.А.

“Soliq menejmenti” fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua Institut ilmiy-uslubiy Kengashida muhokama etilgan hamda nashrga tavsiya qilingan (2012 yil 20 iyundagi 5-sonli bayonnoma).



Kengash raisi: prof. Karimov A.A.

Soliq menejmenti” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy



majmuadagi materiallar

RO‘YXATI


  1. Namunaviy о’quv dasturi

  2. Ishchi o‘quv dasturi

  3. Ta‘lim texnologiyasi

  4. Masalalar va mashqlar to‘plami

  5. Testlar

  6. Nazorat uchun savollar (JN,ON,YаN)

  7. Umumiy savollar

  8. Tarqatma materiallar

  9. Glossariy

  10. Referat mavzulari

  11. Adabiyotlar ro‘yxati

  12. Tayanch konspekt

  13. O‘quv materiallari(ma‘ruza matni, o‘quv qo‘llanma)

  14. Xorijiy manbalar

  15. Kurs ishlari mavzulari (o‘quv rejada kurs ishi ko‘zda tutilmagan)

  16. Annotatsiyalar

  17. Mualliflar haqida ma‘lumot

  18. Foydali maslahatlar

  19. Normativ hujjatlar

  20. Baholash mezonlari

1. NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA‘LIM VAZIRLIGI


Ro‘yxatga olindi
№________________
2008 yil “___” ____




O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2008 yil “____” _________dagi “____”-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan



SOLIQ MENEJMENTI
fanining
O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi:

300000 – «Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq»

Ta‘lim sohasi:

340000 – «Biznes va boshqaruv»

Ta‘lim yo‘nalishi:

5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»



Toshkent-2008

Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta mahsus, kasb-xunar ta‘limi ta‘limi yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiklashtiruvchi kegashining 2008 yil 20 avgustdagi 4-son majlis bayoni bilan ma‘kullangan.


Fanning o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasida ishlab chikildi.

Tuzuvchilar:
T.Mirzaev- «Soliqlar va soliqqa tortish» dotsenti

I.Chen-«Soliqlar va soliqqa tortish» kafedrasi o‘qituvchisi




Taqrizchilar:
B.Toshmurodova- Toshkent moliya instituti «Moliyaviy menejment» kafedrasi mudiri, i.f.n.

A.Valiev- Toshkent sh. DSB “Maxsus nazorat taftish” bo‘limi boshlig‘i

Fanning o‘quv dasturi Soliq akademiyasi Ilmiy kengashida tavsiya qilingan (2008 yil « 30»_iyundagi «_10_»-sonli bayonnoma)


Kirish
Soliqlar va majburiy to‘lovlar davlatning asosiy daromad manbasi hisoblanib ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi, davlat byudjetiga to‘liq hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan soliq nazoratini amalga oshirish lozim. Mazkur dastur ushbu tadbirlarni, ya‘ni davlat byudjeti daromadlariga soliq tushumlarini rejalashtirishni tashkil etish va, ularning o‘rta muddatli va o‘zoq muddatli reja turlari va nazorat qiluvchi vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari kabi vazifalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad - soliqlarni rejalashtirishning strategiyasi va taktikasini, soliq rejalashtiruvining maqsadlarini o‘rganish va regional darajada soliqlarni rejalashtirish masalalarini tahlil qila olish, rejalashtirishda soliq potentsialini baholay olish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim va qo‘niqma va malaka shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - talabalarga soliq menejmenti funktsiyasining turlari, rejalashtirishning uslublari, soliq nazorat va hisob yuritilishda muammolar echish masalalari, soliq ma‘murchiligida ishlatiladigan asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llanilishini o‘rgatishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

Talaba, bu fan bo‘yicha soliqlarni rejalashtirishning strategiyasi va taktikasini, soliq rejalashtiruvining maqsadlarini o‘rganishi va regional darajada soliqlarni rejalashtirish masalalarini taxlil qila olishi, rejalashtirishda soliq potentsialini baholay olishi, soliqlar bo‘yicha byudjet daromadlarini shakllanishi, byudjet defitsitining (etishmasligi) miqdorlarini, inflyatsiya darajasini, narh indekslarini chiqarilishini, turli xil byudjetlar qirqimida nazorat topshiriqlar ishlab chiqilishini, soliq stavkalari va imtiyozlarining shakllanishini bilishi kerak;

Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi - «SIAJ» dasturida ishlash, soliq to‘lovchilarni ro‘yxatga olish, ular hisobini yuritish, ular to‘laydigan soliqlar va tushumlarni prognoz qilish, shaxsiy hisob varaqalarni yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

Bundan tashqari, statistik kuzatish; kuzatish ma‘lumotlarini jamlash; guruhlash; umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash; dinamik qatorlarni tuzish, soliqlar va to‘lovlar hisobini to‘g‘ri yuritish, tushumlarni tahlil qilish va tahlil natijalaridan foydalana olish , prognoz qilish tartibi va usullari bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi kerak.


  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə