Savollar va javobi




Yüklə 394.2 Kb.
səhifə1/9
tarix20.04.2016
ölçüsü394.2 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Savollar va javobi


1. II jahon urushida SSSR qancha askarini yo'qotdi?
 11.5 mln ga yaqin
2. II jahon urushida SSSR qancha fuqarosini yo'qotdi?
 27 mln
3. II jahon urushida SSSR milliy boyligining qancha qismini yo'qotdi?
 3/1
4. II jahon urushida SSSR qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan avvalgi darajaga nisbatan necha foizga qisqardi?
 40 foizga
5. II jahon urushidan so'ng SSSRda sanoat ishlab chiqarish hajmi qachon urushdan oldingi darajadan oshib ketdi?
 1950-yilda
6. II jahon urushidan so'ng SSSRda nemis va yapon harbiy askarlari qanchasining tekin mehnatidan foydalanilgan?
 1.5 mln nemis, 0.5 mln yapon
7. II jahon urushidan so'ng SSSR Germaniyadan qancha tovon undirgan?
 4.3 mlrd dollar
8. BMT ning "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" qachon qabul qilingan edi?
 1948-yil 10-dekabrda
9. SSSRda mustabid tuzumning xavfsizlik xizmati O'zbekistonda "Yozuvchilar uyushmasi"da 12 kishidan iborat "sovetlarga qarshi millatchi guruh"ni "fosh" etdi?
 1951-yilda
10. SSSRda mustabid tuzumning xavfsizlik xizmati O'zbekistonda "Yozuvchilar uyushmasi"da "sovetlarga qarshi millatchi guruh"ni "fosh" etgan shaxslar orasida 25 yilga qaysi yozuvchi va shoirlar qamoqqa olindi? 1.Shukurullo 2.Usmon Nosir 3.Shuhrat 4.Shayxzoda 5.G'afur G'ulom 6.H.Sulaymon 7.Oybek
 1, 3, 4, 6
11. SSSRda 1930-1953 yillar oralig'ida qancha odam qatag'on qilindi?
 3.8 mln
12. SSSRda 1930-1953 yillar oralig'ida qatag'on qilingan odamlarning qanchasi otib tashlangan?
 800 ming
13. 1937-1953 yillarda O'zbekistonda qancha odam qata'gon qilingan?
 100 ming
14. 1937-1953 yillarda O'zbekistonda qatag'on qilingan odamlarning qanchasi otib tashlangan?
 15 ming
15. "Zulm va zo'ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o'zligini, millat qadr-qimmatini teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak...aql-zakovat sohiblarining..." qancha- qanchalari yo'q qilinganligini Yurtboshimiz qayerdagi ma'ruzalarida ta'kidlagan edilar?
 Toshkentdagi "Shohidlar Xotirasi" yodgorlik majmuasining ochilish marosimida
16. I.Stalin qachon vafot etdi?
 1953-yilda
17. SSSRda I.Stalin vafotidan so'ng rahbarlik lavozimini kim egalladi?
 N.Xrushyov
18. KPSS ning navbatdan tashqari XXI syezdi qachon bo'ldi?
 1959-yilda
19. KPSS ning XXII syezdi qachon bo'ldi?
 1961-yilda
20. KPSS ning XXIV syezdi qachon bo'ldi?
 1971-yilda
21. KPSS ning XXII syezdida KPSS ning yangi dasturi - Kommunizm qurish dasturi qabul qilingan bo'lib, u qandat jamiyat edi? 1.Ishlab chiqarish vositalari to'la umumxalq mulki bo'lgan 2.Barcha kundalik oziq-ovqat mahsulotlariga kartochka tizimi joriy etilgan 3.Jamiyatning barcha a'zolari ijtimoiy jihatdan teng bo'lgan sinfsiz jamiyat 4.Monopoliyalarga ruhsat etilgan jamiyat 5.Ijtimoiy boylikning barcha manbalar mo'l-ko'l bo'lgan 6.Mehnat qilish hamma uchun birinchi hayotiy ehtiyoj, anlangan zaruriyat bo'lib qoladigan jamiyat edi
 1, 3, 5, 6
22. KPSS ning XXII syezdida KPSS ning yangi dasturi - Kommunizm qurish dasturi qabul qilingan bo'lib, ulkan vazifani bajarishga qaysi biri kirmaydi?
 Yangi siyosiy munosabatlarni vujudga keltirish
23. KPSS ning XXII syezdida KPSS ning yangi dasturi - Kommunizm qurish dasturida 1960-1970 yillar oralig'ida qaysi davlatga yetib olish va undan o'tib ketish rejalashtirildi?
 AQSH
24. SSSRning rahbarlik lavozimida 1964-yilda qanday o'zgarish bo'ldi?
 N.Xrushyov o'rniga L.I.Brejnev keldi
25. SSSRda kim "Rivojlangan sotsializm" nazariyasini ilgari surdi?
 L.I.Brejnev
26. L.I.Brejnev qachon vafot etdi?
 1982-yilda
27. SSSRda L.I.Brejnev vafotidan so'ng rahbarlik lavozimini kim egalladi?
 Yu.Andropov
28. SSSRda M.S.Gorbachyovdan oldin rahbarlik lavozimini kim egallagan edi?
 N.Chernenko
29. M.S.Gorbachyov qachon KPSSning Bosh kotibi lavozimini egalladi?
 1985-yil martda
30. SSSRda M.S.Gorbachyov qanday dasturni ilgari surgan edi?
 Jadallashtirish
31. SSSRda Jadallashtirish dasturining 3 omiliga kirmaydigan qatorni belgilang.
 Jadallashtirishning moddiy-texnik bazasini yaratish
32. SSSRda 1988-yil va 1990-yildan boshlab nimalar pasaya boshladi?
 1988-yildan qishloq xo'jaligi, 1990-yildan sanoat ishlab chiqarish
33. M.S.Gorbachyovning siyosati tarixga qanday nom bilan kirgan?
 "Qayta qurish" siyosati
34. KPSSning XIX Butunittifoq konferensiyasi qachon bo'lib o'tgan edi?
 1988-yilda
35. M.S.Gorbachyov davrida byudjet taqchilligi qanchadan oshdi?
 100 mlrd
36. SSSRda Davlat oltin zaxirasi 6 yilda (1985-1991) 10 baravar kamayib qanchaga tushib ketdi?
 240 tonnaga
37. KPSSning XIX Butunittifoq konferensiyasida qanday syezd tuzildi?
 SSSR Xalq deputatlari syezdi
38. KPSSning XIX Butunittifoq konferensiyasida qanday lavozim joriy etildi?
 SSSR Oliy Soveti raisi
39. Quyida yuz bergan hududiy nizolar yillari bilan to'g'ri keltirilgan qatorni belgilang. 1.1988-yil 2.1989-yil 3.1990-yil 4.1991-yil a) Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida Tog'li Qorabog' b) O'sh c) Gruziya-Abxaziya, Gruziya-Janubiy Osetiya d) Farg'ona
 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
40. Demokratik kuchlar SSSR Konstitutsiyasiga yozib qo'yilgan KPSSning rahbarlik rolini qachon chiqarib tashlashga erishdilar?
 1990-yilda
41. SSSRda 1990-yil mart oyida SSSR Xalq deputatlari III syezdi kimni Prezident etib sayladi?
 M.N.Gorbachyovni
42. M.S.Gorbachyov qachondan boshlab 9-Respublika rahbarlari bilan yangi ittifoq shartnomasi xususida to'g'ridan-to'g'ri muzokara o'tkaza boshladi?
 1991-yil apreldan
43. M.S.Gorbachyov qachon barcha tomonlarni qoniqtiruvchi "Mustaqil Respublikalar Ittifoqi" haqidagi shartnomani ishlab chiqishga erishdi?
 1991-yil avgustda
44. M.S.Gorbachyov barcha tomonlarni qoniqtiruvchi "Mustaqil Respublikalar Ittifoqi" haqidagi shartnomani imzolash qaysi kunga belgilangan edi?
 1991-yil 22-avgustga
45. SSSRda real hokimiyatni qo'ldan chiqarishni istamagan kuchlar qachon davlat to'ntarishi o'tkazdilar?
 18-avgustdan 19-avgustga o'tar kechasi
46. GKCHP ma'nosi to'g'ri ko'rsatilgan qatorni belgilang.
 Favquodda Holat Davlat Qo'mitasi
47. SSSR davlati qachon tuzilgan edi?
 1922-yil 30-dekabrda
48. Qaysi davlat rahbarlari SSSRning tugatilganligini e'lon qilishgan edi?
 Rossiya, Ukraina va Beorussiya
49. Uch davlat rahbarlari SSSRning tugatilganligini qachon e'lon qilishgan edi?
 1991-yil 8-dekabrda
50. Uch davlat rahbarlarining SSSRning tugatganligi tarixga qanday bitim nomi bilan kirgan edi?
 "Belovej bitimi"
51. Sobiq Respublikalardan qaysilari MDH tarkibiga dastlab kirishmagan?
 Estoniya, Latviya, Litva va Gruziya
52. Qachon M.S.Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan istefo berdi?
 1991-yil 25-dekabrda
53. Vaucher - bu ...
 Xususiylashtirish cheki
54. Rossiya Federatsiyasining dastlabki mustaqillik yillarida qancha korxona fermerlar xususiylashdi?
 24 ming korxona va 15 foiz fermer
55. Rossiya Federatsiyasining dastlabki mustaqillik yillarida bir yilda ishlab chiqarish necha foizgacha qisqardi?
 20 foizgacha
56. B.Yelsin 1992-yil dekabrda Ye.Gaydar o'rniga kimni Bosh vazir etib tayinladi?
 V.Chernomirdinni
57. Rossiya Federatsiyasida 1993-yil 23-aprelda referendum o'tkazilib, ko'pchilik aholi kimni qo'lladi?
 B.Yelsinni
58. Rossiya Federatsiyasida B.Yelsinga qarshi kim faoliyatni davom ettiraverdi?
 R.Xasbulatov
59. Rossiya Federatsiyasida B.Yelsinga qarshi faoliyatni davom ettirayotgan R.Xasbulatov kimni vitse-prezident etib saylaganini e'lon qildi?
 A.Rutskoyni
60. "Iloji boricha yaxshi bo'lishini hohladik, ammo ahvol har doimgidek qolaverdi" - deb Rossiya Federatsiyasiga ahvolni baholagan Bosh vazirni aniqlang.
 V.Chernomirdin
61. Rossiya Federatsiyasidagi 1996-yilgi saylovlarda qiyinchilik bilan bo'lsada, kim g'alaba qozondi?
 B.Yelsin
62. 1998-yil sentabrda B.Yelsin kimni Bosh vazir etib tayinladi?
 Ye.Primakovni
63. 1999-yil mayda B.Yelsin kimni Bosh vazir etib tayinladi?
 V.Stepashinni
64. Rossiya Federatsiyasida kim "Kapitalizmchasiga ishlash, ammo sotsializmchasiga taqsimlash" shiori bilan chiqdi?
 Y.Luchkov
65. Rossiya Federatsiyasida qachon "Yedinstvo" (Birlik) harakati tashkil etildi?
 1999-yil kuzda
66. 1999-yil avgustda B.Yelsin kimni Bosh vazir etib tayinladi?
 V.V.Putinni
67. Rossiya Federatsiyasida 2000-yil mart oyidagi Prezidentlikka saylovlarda kim g'alaba qozondi?
 V.V.Putin
68. O'zekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qachon rasmiy safar bilan Rossiya Federatsiyasida bo'ldi?
 2005-yil iyunda
69. O'zekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida savdo 2004-yilda qanchani tashkil etdi?
 1 mlrd 641 mln
70. Rossiya Federatsiyasida 2007-yil oxirlaridagi saylovlarda kim g'alaba qozondi?
 D.Medvedev
71. Ikkinchi Jahon Urushi tugashi arafasida Xitoyda uchta xokimiyat mavjud bo'lib, qaysi biri janub-g'arbda joylashgan edi?
Chan Kayshi hukumati
72. Gomindan armiyasi XKPdan mag'lubiyatga uchraganidan keyin qayerda pahon topishga majbur bo'ldi?
 Tayvanda
73. XKP tomonidan XXR (Xitoy Xalq Respublikasi) e'lon qilingan sanani aniqlang.
 1949-yil 1-oktabrda
74. 1950-yilda Xitoy tomonidan qaysi hudud bosib olindi?
 Tibet
75. Tibet xalqlarining ma'naviy yetakchisi Dalaylama 1950-yildan keyin qayerga ketishga majbur bo'lgan edi?
 Hindistonga
76. Qachon XKP "Katta sakrash" deb nomlangan yangi bosh yo'lni tasdiqlagan edi?
 1958-yilda
77. Xitoy tarixiga " buyuk proletar madaniy inqilob" nomi bilan kirgan ommaviy qatag'onlar davri qaysi yillarga to'g'ri keladi?
 1966-1976-yillarga
78. Xitoyda "madaniy inqilob" davrida o'zgacha fikrlovchilarga qarshi kurashuvchi guruhlar qanday nomlangan edi?
 xunveybinlar
79. Xitoyda XXR tuzilgan sanadan 1976-yilgacha kim davlatni qattiqqo'llik bilan boshqargan edi?
 Mao Szedun
80. Xitoyda hokimiyatga kelgan "pragmatiklar" guruhi rahbari kim bo'lgan edi?
 Den Syaopin
81. Qachondan boshlab Xitoyda "aralash iqtisodiyotga" o'tish to'g'risida qaror qabul qilindi?
 1978-yilda
82. Qaysi yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi boshlangan edi?
 1992-yildan
83. Osiyoning qaysi davlati rivojlangan davlatlardan chiqindi sotib olib, uni qayta ishlashdan juda katta foyda oladi?
 Xitoy
84. Xitoy qaysi yilga borib o'rtacha rivojlangan mamlakat darajasiga ko'tarish niyat qilingan?
 2021-yilgacha
85. Xitoy qaysi yilga borib yuksak darajada rivojlangan zamonaviy davlatga aylantirish vazifasi qo'yilgan?
 2049-yilgacha
86. Quyidagi qaysi davlatda poraxo'rlik va korrupsiya o'ta og'ir jinoyat hisoblanib, uning uchun o'lim jazosi tayinlanadi?
 Xitoyda
87. 2004-yilda Xitoyda Markaziy harbiy Kengash raisi lavozimini tark etgan shaxsni aniqlang.
 Szyan Szemin
88. 2004-yilda Xitoyda Markaziy harbiy Kengash raisi lavozimini egallagan shaxsni aniqlang.
 Xu Szintao
89. 1950-1960-yillarda Sovet davlati Xitoyda qancha korxona qurishga ko'maklashgan edi?
 250 dan ziyod
90. 1962-yilda Himolaydagi vaziyat tufayli Xitoy qaysi davlat bilan qurolli majoroga borgan edi?
Hindiston
91. AQSH Prezidentining Milliy Xavfsizlik bo'yicha yordamchisi G.Kissenjer qachon Xitoyda maxfiy ravishda qabul qilindi?
 1971-yilda
92. Qachon AQSH Prezidenti R.Nikson rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo'lgan edi?
 1972-yilda
93. 1979-yilda Kombodjada xitoyparast qizil kxmerlar hokimiyati ag'darilgan yili...
 Xitoy-AQSH diplomatik aloqalari o'rnatildi
94. 1979-yilda Kombodjada xitoyparast qizil kxmerlar hokimiyati ag'darilgan yildan 10 yil o'tib...
 M.Gorbachev Xitoyga rasmiy tashrif bilan keldi
95. Qachon Britaniya Xitoyga Gongkongni qaytarib bergan edi?
 1997-yilda
96. O'zbekiston Prezidenti I.Karimov qachon rasmiy tashrif bilan Xitoyga borgan edi?
 1992-yil martda
97. O'zbekistonning qaysi shahrida Xitoyning "Suju" firmasi bilan birgalikda tashkillashtirgan qo'shma korxona faoliyat yuritmoqda?
 Urganchda
98. O'zbekiston Xitoyga qanday samolyotlar yetkazib bermoqda?
 Il-76
99. Qachon Xitoy davlat kengashi raisi Li Pen O'zbekistonda rasmiy tashrif bilan kelgan edi?
 1994-yil aprelda
100. O'zbekistonning qaysi shahrida Xitoy bilan hamkorlikda yog'och tolali plitalar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan?
 Jizzaxda
101. 2005-yil mayida I.Karimov rasmiy tashrif bilan qaysi davlatda bo'lgan edi?
 Xitoyda
102. 2005-yil bahorida O'zbekistonda bo'lgan XXR hukumati raisini aniqlang.
 Xu Szintao
103. "Xitoy bilan O'zbekiston rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning ko'pgina masalalarini hal etishlari mumkin.Chunki bundan avval ham ikkala mamlakat o'rtasida yaxshi munosabatlar o'rnatilgan edi" deb ikkala davlat munosabatlariga katta baho bergan shaxsni aniqlang.
 Li Shankin
104. Ikkinchi jahon urushida AQSH qancha askarini yo'qotdi?
 300 ming
105. Ikkinchi Jahon urushidan keyin dunyo oltin zaxirasining qancha foizi AQSHda jamlandi?
 65 foizi
106. 1947-yilda dunyo sanoat ishlab chiqarishining necha foizi AQSHga to'g'ri kelgan edi?
 54 foizi
107. AQSHda faoliyat yuritadigan Demokratik partiya vakillari qaysi mafkuraga amal qiladilar?
 liberalizm
108. "Davlat kambag'allar uchun miskinlar uyi emas..." bu mafkuraga amal qiluvchi siyosiy oqimni aniqlang.
 konservatizm
109. Rekonversiya bu -...
 mamlakat hayotini harbiy yo'ldan tinch yo'lga o'tirish
110. Prezident Garri Trumenning ijtimoiy himoya yo'lidagi tadbirlari qanday nom olgan edi?
 adolatli yo'l
111. Urushdan keyingi yillarda AQSHda qabul qilingan "Taft-Xartli" qonuni nima haqda edi?
 kasaba uyushmari va ishchilarning ish-tashlash huquqlarini cheklash
112. 1952-yilgi prezidentlikka saylovlarda kim va qaysi partiya vakili g'olib chiqqan edi?
 D.Eyzenxauer, respublikachi
113. Prezident D.Eyzenxauer davrida o'zgacha fikrlovchilarga qarshi kim Senat tekshiruvini olib borgan edi?
 J.Makkarti
114. XX asrning 50-yillarida AQSHda negr xalqining huquqlari uchun kurashgan ruhoniyni aniqlang.
 M.Lyuter King
115. 1960-yilgi prezidentlikka saylovlarda kim va qaysi partiya vakili g'olib chiqqan edi?
 J.Kennedi, demokrat
116. J.Kennedi tomonidan AQSHning kosmosda yetakchi davlat bo'lishi uchun ilgari surilgan dastur nomini aniqlang.
 "Apollon"
117. J.Kennedi tomonidan AQSHning kosmosda yetakchi davlat bo'lishi uchun ilgari surilgan "Apollon" dasturining maqsadi nima edi?
 amerika raketasini Oyga qo'ndirish
118. Texas shtati, Dallas shahrida J.Kennedi otib o'ldirilganidan 6 yil o'tib...
 amerika raketasi Oyga qo'ndi
119. Prezident Lindon Jonsonning ijtimoiy himoya yo'lidagi tadbirlari qanday nom olgan edi?
 buyuk jamiyat
120. 1968-yilgi prezidentlikka saylovlarda kim va qaysi partiya vakili g'olib chiqqan edi?
 R.Nikson, respublikachi
121. 1968-yil aprelda...
 M.Lyuter King otib o'ldirildi
122. Davlat rahbarining vakolati muddatidan oldin bekor qilinishi qanday nomlanadi?
 impichment
123. Quyidagi qaysi AQSH prezidenti "Uotergeyt ishi" janjali oqibatida iste'fo berishga majbur bo'lgan edi?
 R.Nikson
124. 1976-yilgi prezidentlikka saylovlarda kim va qaysi partiya vakili g'olib chiqqan edi?
 J.Karter, demokrat
125. 1980-yilgi prezidentlikka saylovlarda kim va qaysi partiya vakili g'olib chiqqan edi?
 R.Reygan, respublikachi
126. Quyidagi AQSH prezidentilaridan qay biri davlat boshlig'i lavozimini egallashdan oldin professional aktyor bo'lgan?
 R.Reygan
127. Prezident Ronald Reyganning iqtisodiy siyosiy yo'li qanday nom olgan edi?
 reygonomika
128. 1988-yilgi prezidentlikka saylovlarda kim va qaysi partiya vakili g'olib chiqqan edi?
 J.Bush, respublikachi
129. AQSHda 1992-1996-yilgi prezidentlikka saylovlarda kim va qaysi partiya vakili g'olib chiqqan edi?
 B.Klinton, demokrat
130. Quyidagi AQSH prezidentlaridan qay biri ta'limni insonparvarlashtirish orqali irqiy kamsitish illatiga to'la barham berilishini o'z ichki siyosatining asosiy vazifasi deb e'lon qilgan edi?
 Kichik J.Bush
131. Ikkinchi Jahon Urushdan keyingi qaysi xalqaro ziddiyatda AQSH 142ming nafar askarini yo'qotgan edi?
 Koreya urushida
132. Quyidagi AQSH prezidentlaridan qay biri tashqi siyosatda "yalpi qasos olish" maqsadini ko'zlagan edi?
 D.Eyzenxauer
133. SSSR tomonidan qachon birinchi marta Yerning sun'iy yo'ldoshi uchirilgan edi?
 1957-yil 4-oktabrda
134. Qachon va qayerda Vyetnamdagi urushni to'xtatish to'g'risida shartnoma imzolangan edi?
 1973-yil 27-yanvarda, Parijda
135. Ikkinchi Jahon Urushdan keyingi qaysi xalqaro ziddiyatda AQSH 58 ming nafar askarini yo'qotgan edi?
 Vyetnam urushida
136. Yaqin Sharq muammosini hal qilishga qaratilgan Misr va Isroil o'rtasida imzolangan Kemp-Devid bitimi tashabbuskori qaysi AQSH prezidenti edi?
 J.Karter
137. AQSH mudofaa vaziri U.Perri qachon O'zbekistonga tashrif buyurgan edi?
 1995-yilda
138. "Biz O'zbekistonning yordamisiz terrorchilar ustidan g'alaba qozona olmagan bo'lar edik".Mazkur so'zlar muallifi kim?
 J.Liberman
139. 1996-yil 23-28-iyunda O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan qaysi davlatda bo'lgan edi?
 AQSH
140. 2002-yil 11-martda O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan qaysi davlatda bo'lgan edi?
 AQSH
141. 2002-yil AQSH tomonidan "Xalqaro miqyosdagi buyuk davlat arbobi" mukofoti kimga berilgan edi?
 I.Karimovga
142. Mutaxassislarning fikricha, yer yuzidagi 190 ta davlatdan qancha davlat bozor munosabatlariga o'tgan demokratik davlat hisoblanadi?
 75 ta
143. G'arbda "farog'at davlati" vujudga kelgan davrni aniqlang.
 XX asrning 50-yillari
144. AQSH tomonidan G'arb davlatlarining iqtisodiyotini saqlab qolish uchun urushdan keyin olib borgan "Marshall rejasi" qachon amalga oshirilgan?
 1948-1952-yillarda
145. Bir barrel bu -
 159 litr
146. Qachon Yevropaning 6 ta davlati Yevropada ko'mir va po'lat uyushmasini tuzgan edilar?
 1951-yilda
147. Qachon va qaysi hujjat asosida Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati tashkil etilgan edi?
 1957-yilda, Rim shartnomalari asosida
148. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga 1981-yilda a'zo bo'lib kirgan davlatlarni aniqlang.
 Yunoniston
149. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga 1986-yilda a'zo bo'lib kirgan davlatlarni aniqlang.
 Ispaniya, Portugaliya
150. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga 1973-yilda a'zo bo'lib kirgan davlatlarni aniqlang.
 Britaniya, Irlandiya
151. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga 1995-yilda a'zo bo'lib kirgan davlatlarni aniqlang.
Avstriya, Finlandiya
152. Qaysi yili Yevropani birlashtirish yo'lida katta qadam qo'yilgan va Maastrixt shartnomalari imzolangan edi?
 1991-yilda
153. Quyidagi shartnomalardan qay biri Maastrixt shartnomalari doirasida imzolanmagan?
 Yevropada yagona ischi kuchi aylanishini tashkil etish
154. Istambulda YeXHTning sammiti bo'lib o'tgan yili....
 Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati nomi Yevropa Hamjamiyati deb atala boshlandi
155. Yevropa Hamjamiyati mamlakatlarida qachondan boshlab yagona pul birligi - yevro amalga kiritildi?
 2002-yil 1-yanvardan
156. Xalqaro va davlatlararo tashkilot bo'lgan Yevropa Kengashi qachon ta'sis etilgan?
 1949-yil 5-mayda
157. Yevropa Kengashining oliy organlarini aniqlang.
 A va B
158. Yevropa Kengashiga bugungi kunda nechta davlat a'zo hisoblanadi?
 50 ga yaqin
159. Yevropa Kengashining qarorgohi qaysi shaharda joylashgan?
 Strasburgda
160. Quyidagi yillardan qay birida G'arb davlatlarida iqtisodiy inqiroz bo'lib o'tgan edi?
 1980-1982-yillarda
161. Dastlabki shaxsiy kompyuter yaratilgan yilni aniqlang.
 1973-yilda
162. Quyidagi davlatlardan qay birlari Afrikadagi Fransiya mustamlakasi hisoblanadi?
 Dogomeya, Chad, Kongo
163. Quyidagi davlatlardan qay birlari Afrikadagi Britaniya mustamlakasi hisoblanadi?
 Gambiya, Malavi, Uganda
164. XIX asr oxiri- XX asr boshlarida hozirgi Zair hududi qaysi davlat mustamlakasi edi?
 Belgiya
165. XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Angola va Mozambik hududi qaysi davlat mustamlakasi edi?
 Portugaliya
166. XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Ekvatorial Gvineya hududi qaysi davlat mustamlakasi edi?
Ispaniya
167. XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Eritreya davlati hududi qaysi davlat mustamlakasi edi?
 Italiya
168. XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Afrikadagi qaysi davlatlar rasman bosib olinmagan hududlar hisoblangan?
 Efiopiya va Liberiya
169. Birinchi Jahon Urushidan keyin Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari qaysi davlatlar tomonidan bo'lib olindi?
 Britaniya, Belgiya, Fransiya, Portugaliya
170. 1919-yil Parij sulh konferensiyasi qarorlariga muvofiq Millatlar Ittifoqi mandati ostiga berilgan hududlar nechta guruhga bo'lindi?
 uchta
171. 1919-yil Parij sulh konferensiyasi qarorlariga muvofiq Millatlar Ittifoqi mandati ostiga berilgan hududlarni guruhlarga bo'lish g'oyasi kimdan chiqqan edi?
 Janubiy Afrika Ittifoqi bosh vaziri Yan Smets
172. 1919-yil Parij sulh konferensiyasi qarorlariga muvofiq Millatlar Ittifoqi mandati ostiga berilgan hududlardan "A" guruhga qaysi davlatlar kirgan?
 Iroq, Livan, Falastin, Suriya, Iordaniya
173. 1919-yil Parij sulh konferensiyasi qarorlariga muvofiq Millatlar Ittifoqi mandati ostiga berilgan hududlardan "B" guruhiga qaysi davlatlar kirgan?
 Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari
174. 1919-yil Parij sulh konferensiyasi qarorlariga muvofiq Millatlar Ittifoqi mandati ostiga berilgan hududlardan "D" guruhiga qaysi davlatlar kirgan?
 Afrikaning eng qoloq hududlari
175. Quyidagi shaxslardan qay biri "Britaniya imperiyasi otasi" deb atalgan?
 Sesil Rods
176. Afrika xalqlarining haq-huquqlari uchun kurashgan Panafrika harakati yetakchisini aniqlang.
Silvestr Uilyam
177. Afrika xalqlarining haq-huquqlari uchun kurashgan Panafrika harakati kongresslarini tayyorlash va o'tkazishda jasorat ko'rsatgan shaxshi aniqlang.
 Uilyam Dyubuya
178. Afrika xalqlarining haq-huquqlari uchun kurashgan Panafrika harakati birinchi kongressi qayerda chaqirildi?
 Parijda
179. Afrika xalqlarining haq-huquqlari uchun kurashgan Panafrika harakati birinchi kongressida nechta davlat ishtirok etdi?
 15 ta
180. 1920-yilda "Orqaga, Afrikaga" shiori bilan chiqib, o'zini Afrikaning birinchi imperatori deb e'lon qilgan shaxsni aniqlang.
 Markus Garvi
181. Afrika siyosiy partiyalari ichida eng yirigi bo'lgan Afrika milliy Kongressi qachon tashkil topgan edi?
 1912-yilda
182. 1922-yilda Janubiy Afrikaning qaysi hududida shaxtyorlarning qozg'oloni bo'lib o'tgan edi?
 Vitvatersrandeda
183. Ikkinchi Jahon Urushi yillarida qaysi hududlar o'qchilar jangchi sifatida urushga jalb qilingan edi?
Senegal
184. Janubiy Afrika Ittifoqi hududida qanday fashistik tashkilot ish yuritgan?
 "Sariq ko'ylaklar"
185. Urush yillarida Janubiy Afrika Ittifoqi mudofaa vaziri kim bo'lgan?
 Pirou
186. Afrika qit'asida joylashgan Misr va Sudan qaysi davlat mustamlakasi edilar?
 Britaniya
187. Afrika qit'asida joylashgan qaysi arab davlatlari Fransiya mustamlakasi edi?
 Jazoir, Tunis, Marokash
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə