Reja: O’zbek xalq musiqa pedagogikasida ta’lim-tarbiya uslubiyotlari




Yüklə 198.91 Kb.
səhifə2/4
tarix22.02.2016
ölçüsü198.91 Kb.
1   2   3   4

Mavzu yuzasidan tayanch so’zlar:

Milliy ruhda tarbiyalash, ma’naviy ehtiyoj, musiqiy did, musiqiy dunyoqarash, fanning xususiyat va vazifalari, musiqa vositasida tarbiya, musiqa estetikasi, musiqashunoslik nazariyasi, ovoz apparati, badiiy ifodali ijro, musiqaning tarbiyaviy tavsifi, fiziologiya sohasidagi tadqiqotlar.


Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro’yhati :


  1. Apraksina O.A. Metodika muzo’kalnogo vospitaniya v shkole.- M., 1989.

  2. Bo’lajak musiqa o’qituvchisining pedagogik mahorati asoslari (maxsus seminar dasturi. Tuz. T.V.Shevchenko) -T.1986.

  3. Dmitrieva I.G, Chernoivanenko N.M. Metodika muzo’kalnogo vospitaniya v shkole. -M.,1989.

  4. Omonullaev D. Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasidan lektsiyalar kursi (musiqa –pedagogika fakulteti studentlari uchun qo’llanma) -T., 1990.

  5. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha sinov dasturi (1-7-sinflar) - T., 1999.


3-MAVZU. Musiqa o’qituvchisi shaxsiga qo’yiladigan talablar.
Reja : 1. Musiqaning madaniy hayotda tutgan o’rni.

2. Musiqa tarbiyasining bosh maqsadi va vazifalari.

3. Boshlangich sinflarda musiqa ta’limi mazmuni.

Mustaqillikka erishgach Respublikamizda madaniyat va ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Istiqlol tufayli xalqning ma’naviy ehtiyojlarini to’la qondirish, tarixni chuqur o’rganish, madaniy merosni asrab avaylash, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni yosh avlodlarga etkazish jamiyat oldida turgan muhim vazifalardandir.

Bu vazifaning hal etilishi nihoyatda dolzarb. Zero, Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek: «Ma’naviyat- insonning, xalqning jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi. Nafaqat ko’hna tarix, balki yangi tarix ham buning ko’plab misollarini beradi».

Madaniyat va ma’naviyatni tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim-tarbiyasi ishini qayta ko’rishni taqozo etmoqda.

Sho’ro davrida O’zbekiston maktablarida musiqa san’ati fan sifatida o’qitilganligi ijobiy hol bo’ldi, albatta. Bunda muayyan tajribalarga, maxsus kadrlar tayyorlashga erishildi. Ammo hali u bugungi madaniylashgan darajada yosh avlodning musiqa madaniyatini tarkib toptirishga yetarli asos bo’lmadi. Bunda quyidagi muammolar sabab bo’ldi:



  • bugungi musiqa o’qitish nazariyasi va amaliyoti, mazmun va uslubiyoti tor kommunistik g’oyaviylik qolipidagi Rusiya maktablari dasturlari hamda o’qitish uslubiyotiga asoslanganligi, milliy musiqa pedagogikasi bilan uzviy bog’lanmaganligi;

  • musiqa predmetiga ikkinchi darajali fan sifatida qaralib, unga oz o’quv soati ajratilganligi, zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi, uslubiy va moddiy ta’minotning zaifligi;

  • musiqadan iqtidorli va iqtidori cheklangan bolalarning bir qolipda, bir sharoitda o’qitilishi, qobiliyatli bolalar hamda o’quvchilar iqtidorini rivojlantirish bog’cha, maktablarda zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi;

  • bolalar musiqa folklori deyarli tadqiq etilmaganligi, to’planmaganligi, hamda nashr etilmaganligi;

  • musiqadan kam va sifatsiz o’qituvchi kadrlar tayyorlanayotganligi, ularning milliy musiqadan nazariy amaliy bilim-malakalarning sayozligi kabilar sabab bo’lmoqda.

Mana shularning barchasi maktabda musiqa tarbiyasining maqsad va qonuniyatlarini aniqlashga yordam beruvchi metodika fani yutuq va kamchiliklarini anglashga ko’maklashadi.

Bugungi kunda Musiqa ta’lim-tarbiyasining maqsadi va vazifasi nihoyatda muhim. Yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan va qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish- maktab musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir.

Musiqa muallimiga qo’yiladigan asosiy talablar:

Har bir kasb o’ziga xos xususiyatga ega. Musiqa muallimining o’z «sirlari» bor. Musiqa muallimi musiqaga muhabbat, haqiqiy musiqa tarbiyasisiz komil inson sifatida shakllantirish mumkin emasligi to’g’risidagi g’oya va tasavvurlar bilan yashaydi. Bu kasbning murakkabligi shu bilan belgilanadiki, deb ta’kidlaydi taniqli pedagog O.A.Apraksina – «o’qituvchi» va «musiqachi» tushunchalariga kiruvchi har bir elementning mustahkam o’zaro bog’liqligidadir. Bu tushunchalar har biri o’z navbatida ko’p qirralidir. Musiqa muallimi o’quv-tarbiyaviy ishlarni olib boradi, o’quvchilarning qarashlarini shakllantiradi, ularning ma’naviy ehtiyojini, didini tarbiyalaydi. Uning faqat o’z fanini biluvchi chuqur ma’lumotli kishi bo’lishi kamlik qiladi, shuningdek, o’qituvchi shaxs sifatida ham shakllangan bo’lishi kerak.

O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiya kontseptsiyasida IV-Bo’lim «Hozirgi zamon musiqa o’qituvchisi» deb nomlanadi. Unda hozirgi zamon musiqa muallimi yuksak madaniyatli, o’z kasbiga cheksiz sadoqat, ilg’or pedagogik tafakkur egasi bo’lmog’i lozim. U o’zining uzluksiz kasbiy madaniy rivojlantirish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. U musiqa, nafosat, pedagogika va psixologiya-fiziologiya fanlaridan, xususan, musiqa o’qitish uslubiyotidan kompleks tarzda chuqur bilim va malakalar egasi bo’lmog’i darkor.

Ayniqsa, musiqa o’qituvchisi ixtisosida zarur me’yorda cholg’uchilik, xonandalik, xor dirijerligi va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam bo’lmog’i lozim. U milliy musiqa hamda o’zbek adabiy tilini mukammal bilmog’i, umumbashariy musiqa madaniyatidan, kundalik musiqiy-madaniy hayotdan voqif bo’lishi shart. Musiqa muallimi pedagogik muloqot ustasi bo’lishi, har qanday vaziyatda ham pedagogik ta’sir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim.

Hozirgi musiqa muallimi ilmiy tafakkur egasi, ilg’or tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor bo’lib, musiqa o’qitishning yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmog’i lozim. U musiqa ta’lim-tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog’lab, boyitib olib borishi darkor. Izlanuvchan va ijodkor muallimning ilg’or tajribasi va kashf etgan yangi usullari maktabdagi musiqa ta’lim-tarbiyasini doimiy ravishda takomillashtirib rivojlantirishning asosiy tayanchi va ilhom manbaidir. Bilimdon va tajribali musiqa muallimi san’at ziyolisi sifatida maktabda musiqiy-ma’rifiy ishlarning sarkoridir.

O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiyasi kontseptsiyasi loyihasida musiqa ta’lim-tarbiyasining mazmuni quyidagicha izohlanadi:

Boshlang’ich maktab (1- 4-sinflar). Boshlang’ich maktabda o’quvchi musiqa madaniyatining asosiy poydevori shakllanadi. Ammo maktabgacha tarbiya inson shaxsi shakllanishining muhim, mas’uliyatli davri sifatida mustaqil ahamiyat kasb etadi, chunki u boshlang’ich ta’limning tayyorgarlik bosqichidir. Shu bois bolalar bog’chalarida qatnamaydigan bolalar uchun davlat, aralash (qisman pulli) hamda xususiy (pulli) shakldagi musiqiy badiiy tayyorlov guruhlarini ochish (san’at, nutq, axloq, tabiatshunoslik, hisob o’qitish)ga e’tibor kuchaytiriladi.

Boshlang’ich maktab musiqa darslarida bolalarning aqliy rivojlanishlari me’yoriga mos oddiy musiqiy bilim, tushuncha va malakalar tarkib toptiriladi.

Musiqani tinglash, asho’la aytish, raqs tushish, oddiy cholg’ularda chalish orqali badiiy idrok etish, musiqadan olgan taassurotlari va bilganlari haqida gapirib berish, asarni badiiy baholash, musiqa ijodkorligi malaka ko’nikmalarini rivojlantirish amaliyotlari vositasida o’quvchilarda musiqaga havas va badiiy ehtiyoj uyg’otadi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilar quyidagilar haqida bilim, malakalarga ega bo’ladilar:

Bolalar kuy-qo’shiqlari, musiqali o’yinlar, raqs va qo’shiqlar, xushnavo milliy cholg’ularimiz (1-sinf);

Yakkanavozlik; cholg’u dastasi; kuy nima? Kuyning ifoda tili (2-sinf);

Cholg’u turlari (cholg’ular bazmi); kuy va usul, tempning, kuyning takrorlanishi, uning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi, band va naqarot (3-sinf);

O’zbek xalq musiqasi; ommaviy xalq qo’shiqlari (alla, yalla, lapar, terma, qo’shiq aytim) va ommaviy kuylar; o’zbek kasbiy musiqasi (asho’la, katta asho’la); kompozitorlik musiqa ijodi haqida tushuncha; xalq musiqasi kompozitorlar ijodida (4-sinf).

Mavzu mazmunidagi amaliy mashg’ulotlar jarayonida nota yozuvi, oddiy kuylar tuzilishi misolida o’rganiladi, notaga qarab kuylashning dastlabki malakalari hosil etiladi.

Xullas, musiqaning madaniy hayotda tutgan o’rni muhim bo’lib, musiqiy ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda uning bosh maqsad va vazifalarini to’liq anglab mashg’ulotlarni samarali tashkil etish, o’qituvchining dolzarb vazifalaridandir.



Savollar:
1. Madaniy hayotda musiqa tarbiyasining ahamiyati.

  1. Musiqa ta’lim-tarbiyasi maqsadi.

  2. Musiqa ta’lim-tarbiyasi vazifalariga tavsif.

  3. Musiqa muallimiga qo’yiladigan asosiy talablar.

  4. Musiqa ta’lim-tarbiya kontseptsiyasiga hozirgi zamon o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar.

  5. Boshlangich sinf (1-4)larda musiqa ta’lim-tarbiyasining mazmuni.


Mavzu yuzasidan tayanch so’zlar:
Musiqa pedagogikasi, uslubiy va moddiy ta’minot, musiqa folklori, iqtidori cheklangan bolalar, vorislik qilish, spetsifik xususiyatlar, aralash dars, faol, emotsional ta’sir, ruhiy ta’sir, ta’lim-tarbiya kontseptsiyasi, pedagogik tafakkur egasi, badiiy ehtiyoj, badiiy baholash, kuyning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi, notaga qarab kuylash.
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro’yxati:


  1. Apraksina O.A. Metodika muzo’kalnogo vospitaniya v shkole. -M., 1989.

  2. Maktabda musiqa tarbiyasi metod. lektsiyalar kursi.- T., 1990 .

  3. Omonullaev D. Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasidan lektsiyalar kursi (musiqa pedagogikasi fakulteti studentlari uchun qo’llanma) -T., 1990.

  4. O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiyasi Kontseptsiyasi (loyiha) «Ma’rifat». 25-noyabr, 1992.


4-MAVZU. Umumta’lim maktablarida musiqa

darslarining nazariy asoslari.
Reja: 1. Musiqa madaniyati darslarining xususiyati va

tuzilishi.

2. Musiqa darsini maktabda o’qitishni tashkil etishning

asosiy shakli.

3.Musiqa madaniyati darsining o’ziga xos xususiyati hamda

imkoniyatlari.
O’zbekistonning «Ta’lim to’g’risida»gi qonuniga ko’ra, 9 yillik umumiy o’rta ta’lim joriy etildi. Ta’limni demokratlashtirish, individuallashtirish, mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish tamoyillari asosida barcha o’quv predmetlar, shu jumladan musiqa fani bo’yicha ham o’qitish Kontseptsiyasi ishlab chiqildi.

Musiqa madaniyati o’quv predmeti o’quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni o’stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Musiqa madaniyati o’quv predmeti umumiy ta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha o’quv predmetlari, jumladan adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog’lanadi.

Barcha o’quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham davlat ta’lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to’laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo’shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o’z aksini topadi. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo’lib yetishishlarida o’ziga xos va takrorlanmas manba bo’lib xizmat qiladi.

Musiqa ta’limidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni o’quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi.

O’quvchilarning musiqiy-estetik rivojlanishlari uchun o’qituvchi o’zining ish faoliyatida sidqidil tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada o’tilishini ta’minlashi lozim. Zero, dars o’qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish, hozirjavoblik hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishini talab etadi. Samarasiz, omadsiz dars, kamchiliklar uzoq vaqt o’qituvchiga orom, halovat bermaydi, ortga nazar solib uning sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi.

Musiqa madaniyati darsi – maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishning asosiy shaklidir. Musiqiy to’garaklar, fakultativ mashg’ulotlar ham amaliyotda bo’lsa-da, dars hech qachon o’z ahamiyatini yuqotmaydi. Musiqa madaniyati darslari musiqiy faoliyatning turli shakllarini o’z ichiga oladi. Bular- ommaviy jamoaviy aytim, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, musiqa tinglash, savodxonlik, musiqa ijodkorligi, bolalar cholg’u asboblarida chalish faoliyatidir.

Dars musiqa tarbiyasi sistemasida etakchi omil hisoblanadi, zeroki, unda bolalar yalpi tarzda qamrab olinadi. Musiqa darslari boshqa fanlar darslaridan o’zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarda ko’proq ijodiy zavq, emotsional tuyg’ular va obrazli kechinmalar uyg’otishi bilan ajralib turadi. Musiqa, ayniqsa, bolalarning aqliy va axloqiy rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Zero, «Musiqa tarbiyasisiz bolalarga aqliy tarbiyani etarli darajada bajarib bo’lmaydi». Shuning uchun musiqa darslari, eng avvalo, tarbiya darsidir. Badiiy tarbiya uning mantiqiy mazmunidir. Shu boisdan predmetimiz «musiqa o’qitish metodikasi» emas, balki «musiqa tarbiyasi metodikasi» deb ataladi.

Musiqa darslari quyidagi spetsifik xususiyatlari bilan farq qiladi:

Birinchidan, u muciqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga doir turli namunalardan-xor mashg’ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa tahlili va adabiyoti, bolalar cholg’u asboblarida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir. Shuning uchun u aralash dars tipiga kiradi.

Ikkinchidan, musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalari, «tili» bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot, badiiy so’z , tasviriy san’at ranglar va grafik chiziqlar, raqs, badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Agar tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlarini ko’rish orqali, badiiy adabiyotni o’qish va eshitish vositasida, kino va teatrni ko’rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina idrok eta olamiz. Buning uchun hatto ko’zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqa ijrochilarining yetishib chiqishlari bejiz emas. «Faqat musiqiy quloqgina musiqaviy hissiyotni uyg’ota oladi».

Musiqa aniq vaqt o’lchovi bilan bog’layotgan san’atdir. Ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini ilib olib tinglamasa, asar mukammal idrok etilmaydi. Shuning uchun klassik asarlarni ham bir qayta tinglaganda uning yangi badiiy qirralarini his etamiz.

Musiqa vositasida ifodalanadigan his-tuyg’ularni so’z bilan ifodalash qiyin. «Qachonki so’z ojizlik qilsa, musiqa yordamga keladi».

Uchinchidan, musiqa bolalarga faol emotsional ta’sir ko’rsatadi, quvontiradi, ijobiy kechinmalar uyg’otadi. Yahshi, mazmunli, qiziqarli muciqa darsidan bolalar quvnoq, xursand bo’lib, xordiq chiqaradilar.

Demak, agar musiqa darsi oxirgi darsda qo’yilgan bo’lganda ham, bolalar hordiq chiqarib, charchoqlari tarqaladi.

Bugungi kunda musiqa fanining yangi sohasi- funktsional musiqa orqali musiqaning kishi psixikasi va fiziologiyasiga ta’sirini o’rganilishi buning boisidir.

Xulosa, musiqa darsi o’zining aralash dars tipi (tuzilmasiga ega), ifoda vositasi (tili) va aktiv psixologik ta’siri bilan farq qiladi. Demak, musiqa darslari bolalarning shaxsiyati va dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o’ynaydi.

Musiqa madaniyati darslar uchun alohida emotsional muhit xarakterlidir. Bu tabiiy hol, albatta, chunki musiqa «hissiyotlar tili». Musiqa to’lqinlantiradi, bolalarning ruxiyatiga ta’sir ko’rsatib, muayyan kayfiyat uyg’otadi. SHakllangan badiiy taassurotlar o’qituvchi ta’sirida nafaqat ifodali ijro, balki «so’z» san’ati, yuz ifodasi, turli harakatlar yordamida yanada kuchaytiriladi. O’quvchilar diqqati yangrayotgan musiqaga jalb etilib, ularning xayoloti rivojlantiriladi. Musiqiy obrazlar olamiga kirishishlari, ifodalilikni aniq his etishlariga erishiladi.

Umumiy jihatlariga qaramay har bir dars o’ziga xos va takrorlanmasligi bilan farq ham qiladi. Ma’lumki, hoxlagan ishning yahshi tashkil etilishi uning yarim yutug’i va bu to’liq ma’noda musiqa madaniyati darslariga ham taaluqlidir. Darsda barchasi o’ylangan bo’lishi kerak- maqsad va vazifalar, mazmun va tuzilma, vosita hamda metodlar. Aks holda hech qanday ijobiy natijalarga erishib bo’lmaydi. Darsga tayyorgarlik o’qituvchining pedagogik malakasi, mahoratiga bog’liq. Bu esa musiqa materialining tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi imkoniyatlarini, shuningdek ularni tadbiq etish yo’llarini ta’minlaydi. Darhaqiqat, musiqiy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish- asarni chuqur o’ganishni talab etadi. Ularni tanlab olish esa o’quvchilar musiqiy tayyorgarligi hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Dars mazmunida turli xil tabiatdagi, kayfiyatdagi musiqa asarlari bo’ladi. Ularning yaxlitligini ta’minlash uchun dars tuzilmasini aniqlab olish zarur. Bunda turli musiqiy faoliyatlarning birin-ketinligiga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Darsning emotsional tuzilmasini o’ylab o’qituvchi bir asardan boshqasiga o’tish jarayoniga o’quvchilardagi muhim hissiy holatni saqlab qolishi va ularning diqqatini jalb etish usullarini tadbiq etishi lozim. Shuningdek, dars tuzilmasini tuzishda bolalar jismoniy, aqliy va emotsional holatlarini, sinfning o’ziga xosligini inobatga olish maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Masalan, boshlang’ich sinflarda kichik yoshdagi o’quvchilar diqqatini uzoq vaqt barqaror saqlay olishmaydi, shu bois ularning faoliyatini o’z vaqtida almashtirib turish maqsadga muvofiq. Bu bolalarning qiziqishlarini so’nishidan saqlaydi. Murakkab qo’shiqni, raqsni bir necha dars davomida o’rgatish samarali kechadi; murakkab musiqiy –ritmik harakatlar o’rganilishidan so’ng qo’shiq kuylashga o’tish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek jadvalda musiqa darsining o’rnini ham, ya’ni o’sha kunda bu mashg’ulot nechanchi soatda o’tilishini ham hisobga olish lozim. Kunning so’ngi soat darslarida bolalarning charchab qolish holatlari ro’y beradi, shuning uchun turli hil ishlarni almashtirib, qiziqishni uyg’otuvchi metodlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Qaysi darsdan so’ng musiqa madaniyati mashg’uloti bo’lishi ham ahamiyat kasb etadi. Musiqa madaniyati mashg’ulotlari mehnat ta’limi va ayniqsa jismoniy tarbiya darslaridan keyin o’tiladigan bo’lsa, o’quvchilarni fikrlashga, idrok etishga undovchi faoliyatlardan boshlash lozim. Har bir muayyan holatda o’qituvchi sinfning o’ziga xoslik jihatlarini, o’quvchilarning u yoki bu musiqiy faoliyatga qiziqishlarini, ularning tayyorgarlik darajalarini hisobga olishi maqsadga muvofiqdir.

Shunday qilib, to’liq shart-sharoitlar hisobga olingan dars tuzilmasini amalga oshirish uchun o’qituvchining ijodiy yondashuvi talab etiladi. Bu esa har bir darsni takrorlanmas bo’lishiga yordam beradi. Axir bir mashg’ulotdan ikkinchisigacha bo’lgan davrda boshqa fanlar o’tilib, taassurotlar sayozlashishi mumkin. O’qituvchi hafta davomida musiqa darslarida yaxlit taassurotlar va qiziqishlarni saqlab qolishlariga erishmog’i kerak.

Dars oldindan rejalashtirilsa, o’ylab qo’yilgan reja asosida bo’lmog’i, o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlik faoliyati doimiy jonli jarayon asosida amalga oshirilishi lozim. Biroq ayrim kutilmagan holatlar bo’lishi mumkin va muayyan har bir holatga maslahat berib bo’lmaydi. Ba’zan ko’zda tutilmagan holatlar yo’l- yo’lakay dars tuzilishida ham amalga oshirishga to’g’ri kelib qoladi. O’qituvchining kasb mahorati o’zini yo’qotmasdan har bir holatga tegishli xulosa chiqarishni taqozo etadi. Natijada dars maqsadiga erishilib, belgilangan tuzilmada amalga oshiriladi.

Tajribali o’qituvchilar yaxlit dars tuzilmasiga alohida ahamiyat berishadi. Zero darsning turli elementlari: bosqichlari o’zaro uygun va bir-biri bilan bog’liq bo’ladi. Turli metodlar (asarni taqqoslash, muammoli izlanish, o’yin holatlari) asosida o’qituvchi bolalarni ijodiy topshiriqlar orqali faolligini oshiradi va istagan natijalarga erishishlariga harakat qiladi.

Ma’lumki, zamonaviy musiqa madaniyati darslarining sifati o’quvchilar faolligi bilan belgilanadi. Faollik muammosi nafaqat darsning qiziqarli tuzilmasi, bolalarga qiziqishni shakllantiruvchi metodlarni qo’llash orqali hal etiladi. Ko’pincha o’qituvchining har bir o’quvchiga yakka-individual yondashuviga ham bog’liq bo’ladi. Shubhasiz, bu o’qituvchi oldidagi muhim vazifalardan biridir.

O’qituvchi bolalar bilan hammasi bo’lib haftasida bir marotaba uchrashadi, musiqa madaniyati darsi sinf bilan keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Shu bois, o’qituvchi o’z o’quvchilarini yahshi bilmog’i, ularning kuchli va zaif tomonlarini, qiziqish va ehtiyojlarini to’g’ri anglab, bolalar dunyosiga kirishib har bir o’quvchi imkoniyatlarini baholashi kerak. Darsda bevosita muloqot o’rnatishga harakat qilish, savollarga undovchi, so’rovli nigoh, yuz ifodasida bayon etish vosita va usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq.

Har bir musiqiy faoliyat bolalarga individual yondashish imkonini beradi. Ayniqsa, bu ikki, uch ovozli asarlarni o’rganishda bolalar musiqa cholg’u asboblarida jo’r bo’lish, o’quvchilar imkoniyatiga ko’ra ijodiy xarakterdagi topshiriqlar berishda va h.k.larda buni yaqqol kuzatish mumkin. Differentsial topshiriqlar o’quvchilarda qiziqish uyg’otadi, ularning muvaffaqiyatli bajaruvi esa o’quvchilar musiqiy rivojlanishlarini faollashtiradi. Natijalarni baholash, toza kuylashga erishish yoki ritmik jo’rovozlikni bajarish orqali o’qituvchi bolalikda o’z-o’zini nazorat qilish hissini rivojlantiradi. Shuningdek, bolalarga individual yondashuv ularda jamoatchilik hissini ham tarbiyalaydi. Bolalarning bajariladigan ijodiy topshiriqlarning sifatiga mas’ullik oshadi. Bu esa barcha o’quvchilarga quvonch qiziqish tuyg’ularini uyg’otadi.

Zamonaviy musiqa madaniyati darslarini maxsus jihozlangan sharoitsiz amalga oshirish murakkab. Musiqa xonasining estetik jihozlanishi bolalarga ruh bag’ishlab, darsga o’ziga xos kayfiyat uyg’otish kerak. Darsda bolalar musiqa cholg’u asboblari, texnik, ko’rgazmali vositalar juda ham muhim. Ularning sifatliligidan, o’z vaqtida tayyorlanganligidan va unumli tadbiq etilishidan darsning muvaffaqiyatli o’tishi ta’minlanadi.

Bugungi kunda o’qituvchi darslarda musiqa asarlarining turli ijrolarini (orkestr, ansambl ijrosida) sadolanishi texnik vosita, yozuvlarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu vositalar o’quvchilarning har bir musiqa cholg’ularining jaranglashini va ovozning ifodaliligini idrok etish tasavvurlarini kengaytiradi, Fonoxrestomatiya esa o’qituvchida qo’shiq o’rgatishni yanada qiziqarli qilishga yordam beradi. Gramezuvlarda jo’r qismlari, Bolalar xor jamoalarining ijrolari o’z aksini topgan. Magnitafonda o’qituvchi dars davomida qo’shiq ijrosini yozib olib, o’quvchilarning o’ziga qaytib eshitirishi va ijroga nisbatan bolalarning munosabat hamda baholarini berishni taklif etadi. Keyingi paytlarda musiqa darslarida turli hil ko’rgazmali vositalardan keng foydalanilmoqda. Bular illyustratsiya, turli tasviriy manzaralar va boshqalar. Bu esa darsda tasviriy san’at, so’z san’ati namunalaridan ham unumli foydalanishni nazarda tutadi.

Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilar musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi ko’rgazmali vositalardan foydalanish muhim. Nota tablitsalari yordamida bolalarda nota asosida kuylash malakalari egallanadi. Qo’shiq kuylashni tezroq o’zlashtirilishiga erishiladi. Tovushlarni to’g’ri va toza kuylash, eslab qolishlariga yordam beradi. Darsda texnik va ko’rgazmali vositalarini tadbiq etish chuqur o’ylangan bo’lishi kerak. Ulardan unumli foydalanish musiqa tarbiyasi vazifalarini hal etishda muhim rol o’ynashini ta’kidlash lozim.

Shunday qilib, umumta’lim maktabida musiqa madaniyati darslariga puhta tayyorgarlik ko’rish va uni samarali o’tkazish o’qituvchidan doimo ijodiy yondashuvni, kasbiy tajribalarni, bilim, malaka va ko’nikmalarni faol tadbiq etishni taqozo etadi.

O’qituvchi ijodining natijasi bo’lgan dars g’oyaviy-emotsional ta’sir kuchiga ega bo’lib, o’quvchi ichki dunyosini zabt etib, musiqa san’atiga qiziqish va ehtiyojni tarbiyalaydi. Musiqa madaniyati darslarining muvaffaqiyati savodxon, chuqur bilimli, o’z kasbiga fidoiy bo’lgan o’qituvchi shaxsiga bog’liq. Shu bois, musiqadan bilim va malakalari yetarli bo’lmagan o’qituvchilarga musiqa darslarini mutaxassis mualliflardan zaruriy saboqlar olib, magnit yozuvlardan keng foydalanib, musiqa o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiya usullaridan unumli foydalangan holda dars o’tishlari maslahat beriladi. Aks holda o’quvchilarning belgilangan dastur talablarini o’zlashtirishlari mushkullashib, musiqa madaniyati darslari oldiga qo’yiladigan talablarga erishilmay qoladi.


Savollar:


  1. Musiqa madaniyati darslarining tuzilishi.

  2. Musiqa madaniyati darslari xususiyatlariga ta’rif.

  3. Maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishda darslarning ahamiyati.

  4. Dars tuzilmasini amalga oshirishda o’qituvchining ijodiy yondashuvi.

  5. Yaxlit dars tuzulmasini tarkib toptirishda dars bosqichlarining o’zaro bog’liqligining ahamiyati.

  6. Musiqiy faoliyatda o’quvchilarga individual ijodiy yondashish.

  7. Musiqa xonasining estetik jihozlash talablari.


Mavzu yuzasidan tayanch so’zlar:

Ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyat, obrazli tasavvur etish, ijobiy kechinmalar, aralash dars tipi, o’qituvchining pedagogik malakasi va mahorati, darsning emotsional tuzilmasi, emotsional holat, yaxlit dars tuzilmasi, dars elementlari, differentsial topshiriqlar, bolalarga individual yondashish, darsda texnik va ko’rgazmali vositalar.


Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro’yxati:


  1. Dmitrieva L.G., Chernoivanenko N.M. Metodika muzikalnogo vospitaniya v shkole. - M., 1989.

  2. Omonullaev D. Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasidan lektsiyalar majmui (kursi) . - T., 1990.

  3. Umumiy o’rta ta’lim maktablari musiqa madaniyati fani bo’yicha sinov dasturi (1-7-sinflar) –T., 1998.

  4. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi musiqa, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya. -T., 1999 .

  5. O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiyasi Kontseptsiyasi. «Ma’rifat» gazetasi, 1992, 25-noyabr.


5-MAVZU. Musiqa darslarining tamoyillari.
Reja: 1. Musiqa darslarida umumdidaktik printsiplari.

2. Emotsionallik va onglilikning birligi

printsiplari. Ijrochilik san’ati atamasi va

uning musiqaviy predmeti o’qitishdagi roli.
O’zbekistonning «Ta’lim to’g’risidagi Qonuni», «Kadrlar tayyorashning milliy dasturi», «Respublika umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiyaning Kontseptsiyasi maktablarda boshqa fanlar qatori musiqani o’qitish oldiga ham yangi vazifalarni qo’ydi.

Har bir o’quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim hamda amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berish kabi vazifalar shular jumlasidandir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun umumta’lim maktablarida musiqa o’qitishni tubdan yaxshilash, uning samarali metod hamda vositalaridan to’laqonli foydalanishni talab etadi.

Ushbu ma’ruza musiqa fanini o’qitish metodikasining eng muhim masalalaridan biri ta’lim printsiplariga bag’ishlanadi. Bu masalaning dolzarbligi bejiz emas, albatta. O’qituvchi ta’limning asoslari, qoida va talabalarini bilsa, o’qitishning samarali metodlari bilan to’la qurollangan bo’lsa-gina dars samaradorligiga erisha oladi.

Didaktikada ta’lim metodlari va printsiplarini ilmiy nuqtai-nazardan o’rganishda ma’lum muvaffaqiyatlar qo’lga kiritilgan. Ammo, o’zbek musiqa ta’limining printsiplari, metodlari maxsus ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilmaganligi tufayli metodik adabiyotlarda kam yoritilgan hamda musiqa o’qituvchilari ish amaliyotida o’zining to’la ifodasini topmayotgan masalalardan biri bo’lib qolmoqda.

Ta’lim printsiplari maktab oldida qo’yilgan talablardan kelib chiqadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ma’naviy kamolotini ta’minlash, ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish ta’lim printsiplarini amalda muvaffaqiyatli qo’llash darajasi bilan chambarchas bog’langan.

O’qitish printsipi nima? «Printsip»- lotincha so’z bo’lib «asos», «qoida», «talab» singari ma’nolarni anglatadi. Ta’lim printsipi deganda dars samaradorligini ta’minlashga qaratilgan, ta’lim jarayonini tashkil etish, uyushtirishda qo’yilgan asosiy talablar, qoidalar tushuniladi. O’qituvchi ta’lim ishini tashkil etar ekan, ana shu qoidalar va talablardan kelib chiqadi va ular o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni ta’minlagan holda amalda tadbiq etish orqali ko’zlangan maqsadga erisha oladi. Musiqa darslarida bir tomondan umumdidaktik pritsiplar, ikkinchi tomondan shu fanni o’qitishning o’ziga xos printsiplarini hisobga olishga to’g’ri keladi. Umumdidaktik printsiplar garchand maktabda o’qitiladigan barcha fanlarga aloqador bo’lsa ham, ammo u har bir fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktabda o’qitiladigan barcha fanlar uchun umumiy bo’lgan didaktik printsiplar: o’qitishning bolaga ma’lumot berishi, tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilganligi, o’qitishning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi, sistemalilik va izchillik, nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi, onglilik faollik va mustaqillik; ko’rsatmalilik, o’quvchilarga individual munosabatda bo’lish va ularning real o’quv imkoniyatlarini hisobga olish kabi printsiplar garchand umumdidaktik printsiplar sanalsa ham, ularning har biri o’ziga xos mazmun kasb etadi.

Musiqani o’qitishda umumdidaktik printsiplar bilan bir qatorda shu fanning tabiatidan kelib chiqadigan quyidagi o’ziga xos printsiplar ham mavjud. Bular – musiqa ta’limida ilmiylik, sistemalilik va davomiylik, darsda o’quvchilarning onglilik va aktivligi, musiqa darslarida ko’rsatmalilik; musiqa materialining bolalar bilimi va malakalariga mosligi, musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi kabi printsiplardir.

Yuqorida sanab o’tilgan musiqa ta’limi printsiplariga alohida-alohida to’xtalib o’tamiz:



1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə