Qarshi davlat universiteti musiqa kafedrasi




Yüklə 260.59 Kb.
səhifə1/4
tarix28.04.2016
ölçüsü260.59 Kb.
  1   2   3   4




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

MUSIQA KAFEDRASI

Himoyaga tavsiya etilsin”



Pedagogika-psixologiya”

Fakulteti dekani_____ dots. T.Rasulov

____” ___________ 2012 yil



5141000-“Musiqiy” ta’lim yo‘nalishi 4- kurs 407-guruh talabasi

KAMOLA XAMRO qizining

«Musiqa madaniyati darslarida bolalar musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish» mavzusidagi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI



Talaba: ________ Kamola Xamro qizi

Ilmiy rahbar: ______ dots.A.Rahmonqulov

____” ___________ 2012 yil

Himoyaga tavsiya etilsin”

Musiqa kafedrasi mudiri

katta o‘qt.______ R. Primov

____” ___________ 2012 yil

Qarshi – 2012 yil

MUNDARIJA

К i r i s h.........................................................................................................3



I. BOB. Musiqa madaniyati darslarida bolalar musiqa his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishning tashkiliy pedagogik asoslari

1.1. O’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish va badiiy didini o’stirishda yangi ta’lim mazmuniga qo’yilgan talablar………………………………………………………………………….…10

1.2. O’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda ta’lim jarayonining mazmuni......………………….…………19



II. BOB. Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishning uslubiy vositalari.

2.1. O’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishning tashkiliy jarayoni ………………………..35

2.2. Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirishning usul va yo’llari............................................................................43
Xulosa.......................……………………………………………………………..58

Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................60

Ilovalar…………………………………………………………………………...62
Kirish

Muammoning dolzarbligi. Barkamol avlodni ma’naviy ongini shakllantirishda barcha fanlar qatori musiqaning ham alohida o’rni bor. Bugungi kun musiqa ta’limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va amaliy jihatdan bilimli, ijodkor, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdir. Shu bois musiqa ta’limining sifat va samaradorligini oshirishning turli metodik jarayonlarini yangi ta’lim mazmuniga qo’yilgan talablar asosida ishlab chiqish malakalari alohida mavzu sifatida tahlil etilmoqda. Shuningdek, musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishda ularning psixologik-fiziologik xarakterlariga oid hamda yosh xususiyatlariga mos musiqiy asarlar haqida ma’lumotlarni umumiashtirish, o’rganish va tahlil qilish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, o’quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va ahloqiy - g’oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir Al-Farobiy «Bu fan tanning sog’ligi uchun foydalidir», degan edi, bobomiz Shayx Sa’diy esa «Musiqa odam ruhining yo’ldoshidir» deb ta’kidlaydilar. Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotni rivojlantiruvchi vositadir.

Musiqa ta’limi o’quvchi - yoshlarga nafaqat qo’shiq kuylash, musiqa tinglash malakalarini shakllantiradi, musiqiy savodxonligini o’stiradi. Shuningdek musiqiy qobiliyatini tarbiyalashda hissiyotni o’stirishda, diqqat, xotirani rivojlantirishda, taassurot olamini boyitishi, tafakkur ko’lamini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» nomli asarlarida «Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o’zining «Zafarnoma» kitobida Amir Temur davrida o’tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to’xtalib, «Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g’azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo’g’ul, xitoyu arab va ajamdin har kim o’z rasmi bilan nag’ma aytur erdi» degan ma’lumotlarni keltiradi»1 deb ta’kidlaydilar.

Bugungi kunda o’quvchi-yoshlarga badiiy-estetik tarbiyani shakllantirsh, hissiy tuyg’ularni rivojlantirish borasida izlanishlar olib borish, shuningdek, umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish musiqa pedagogikasining asosiy vazifalaridan biriga aylanmoqda.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Miiliy Dasturi» talablari asosida ta’lim tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlar umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshqa o’quv fanlari qatori musiqa madaniyati fanining o’qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o’qitilishining asosiy maqsadi, o’quvchilarni ma’naviy, badiiy va ahloqiv madaniyatini shakllantirish, milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishdan iboratdir. Shuning uchun maktabdagi «musiqa madaniyati» fani o’quvchilarni faqat ahloqiy-estetik jihatdan emas, balki har tomonlama tarbiyalash va kamol toptirishning yo’li deyish mumkin. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida olib borilayotgan «musiqa madaniyati» darslarining mazmun va mohiyati zamonaviy pedagogik texnalogiyalarga asoslangandir.

Uzviylashtirilgan Davlat Ta’lim Standartlari va o’quv dasturi asosida olib borilishiga qaratilgandir. Chunki bugungi kun musiqa ta’limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va amaliy jihatdan bilimli, ijodkor, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdan iboratdir. Ushbu muammolarni yoritish maqsadida biz o’z bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini «Musiqa madniyati darslarida bolalar musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish» deb nomladik.


l.Karimov I.A. «Yuksak ma’nayiyat-yengilmas kuch». Т.; Ma’naviyat. 2008. 140-bet.1

Ishimizning muammosi musiqa madaniyati darslarini tashkil etgan faoliyat turlari orqali bolalarning his-tuyg’u va fikrlarini yanada rivojlatirshning ayrim usul va уо’llarini yoritishga qaratiladi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: O’quvchilarning musiqiy his- tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishda darsning barcha faoliyatlarini asosiy vosita sifatida o’rganish.

Tadqiqotning vazifalari: Musiqa madaniyati darslarini tashkil etgan faoliyatlarga umumiy izoh berish.

  • Musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari hamda psixologik-fiziologik xarakterlariga mos bo’lgan musiqiy asarlar haqida ma’lumotlar to’plash.

  • O’quvchilarning musiqiy tug’usini rivojlantirish va takomillashtirishda musiqa faoliyatlari tarkibidagi asarlarning kuy-ohang tuzilishi va badiiy - g’oyaviy mazmunini tahlil qilish.

  • Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his-tuy’g’ularini rivojlantirish va takomillashtirishning shakl, usullarini ishlab chiqish va manbalar asosida yoritish.

  • Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his - tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishga doir usul va yo’llarni ishlab chiqish, natijalarini o’rganish va tahlil qilish.

Tadqiqotning ob’ekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining musiqa ta’limi jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Musiqa madaniyati darslarida musiqa tinglash, asarni badiiy-g’oyaviy jihatdan oddiy tahlil qilish orqali o’quvchilarni musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish jarayoni.

Tadqiqot jarayonida shunday ilmiy faraz olg’a surildiki, musiqa madaniyati ta’limi jarayonida bolalar musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishni biz quyidagi faoliyatlar orqali amalga oshirishimiz mumkin, agar:

1. O’quvchilarning musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishni musiqa asarlarini eshitish hamda oddiy tahlil qilish orqali amlga oshirilsa;

2. O’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishni dars faoliyatlari davomida tinglash hamda kuylash uchun berilgan asarlarning ijro taassurotlari yuzasidan suhbatlar tashkil etish.

3. Tanlangan kuy va qo’shiq matnlarini oddiy tahlil qilish uchun o’quvchilarda yetarli bilim va malakalar shaklantirilsa;

4. Dars jarayonini zamonaviy interfaol usllar asosida tashkil qilinsa;

Tadqiqotning metodologik asosini: mutaffakkirlarimizning musiqa fanini o’qitilishining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati haqidagi fikrlari;

O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi; «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»dagi Qonunlari; Prezidentimizning 2008 yil 7-yanvardagi «Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo’yicha 2009-2014 yillarga mo’ljallangan Davlat Dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi F-2908-sonli farmoyishi. Musiqa madaniyati uzviylashtirilgan o’quv dasturini joriy etish bo’yicha tavsiya va taqvim mavzu rejalar.



Ilmiy ishning nazariy manbasi bo’lib, Markaziy Osiyo allomalari, (Abu Nasr Al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur va boshqalar)ning tarbiyaviy ahamiyati haqidagi g’oyalari; musiqa tarbiyasi (Nurmatov H.N., Mamirov Q.K., Ibrohimov P.G’., Omonullayev O., Avralova D.M. va boshqalar).

Qo’yilgan vazifalarni yechish uchun quyidagi ilmiy metodlardan foydalanildi: muammoning turli jihatlariga taalluqli adabiyotlarni tahlil qilish umumiy o’rta ta’lim maktablari musiqa madaniyati fani o’qituvchilarining bolalarni musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi pedagogik tajribalarni o’rganish va umumlashtirish; pedagogik eksperiment o’tkazish; muammoga tegishli reja; dastur va o’quv qo’llanmalarini tahlil qilish; o’quv- tarbiyaviy jarayonning barcha bosqichlarida o’quvchilarning musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish borasida izlanishlar olib borayotgan o’qituvchilarning ishlari bilan tanishish va o’quv mashg’ulotlarini kuzatish; savol- javob (anketa)larni o’tkazish; olingan natijalarni oson va sifat jihatidan tahlil qilish.

Tadqiqotni tajriba-sinovlarini o’tkazish Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 21-umumiy o’rta ta’lim maktabi tayanch qilib olindi.

Tajriba-sinovida 1-4 sinflardan 60 dan ortiq o’quvchi va 10 ga yaqin o’qituvchilar qatnashdilar.



Birinchi bosqich (18.11.2011.) tadqiqotning mavzusi, muammoning hozirgi kundagi ahvoli, predmeti, vazifalari, farazi va uni o’tkazishning uslubiyoti aniqlandi, yetarli dalil va asoslar yig’ildi: adabiyotlar, dasturlar, qo’llanmalar musiqa madaniyati o’quv mashg’ulotlariga oid materiallar o’quvchilarning musiqa asarlari haqidagi umumiy taassurotlari tahlil qilindi; o’quvchilarning musiqiy his- tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishga oid asosiy tarkibiy qismlar (komponentlar) tanlab olindi va unga tayyorgarlik darajasini ko’rsatkichlari ishlab chiqildi.

Musiqiy mashg’ulotlar mazmunini tashkil qiluvchi tinglash, kuylash va tahlil qilishga oid asarlarining ro’yxati tuzib chiqildi.



Ikkinchi bosqich (4.02.2012.) o’quvchilarning musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda ta’lim mazmuniga qo’yilgan talablar mohiyati yangi dastur asosida o’rganildi va o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi. O’quvchilarning musiqiy tug’usini rivojlantirish va takomillashtirishda o’quvchilarga tinglash, kuylash va tahlil qilish uchun berilgan asarlar ular tomonidan qanday o’zlashtirayotganini tekshirib ko’rish uchun kirishildi. Tabiiy tajriba-sinov mo’ljallangan va ishlab chiqilgan ba’zi bir vosita va uslublarini tez sur’atda o’quv-tarbiyaviy jarayonga foydalanish imkonini berdi. Shu bilan bir qatorda, bir vaqtning o’zida uni boshqarish bilan o’zgartirishlar, qo’shimchalar, aniq fikrlar kiritish mumkin bo’ldi.

Tadqiqotimizning ilmiy farazi tajriba-sinov o’tkazish jarayonida tekshirib o’quvchilarning musiqa madaniyati darslarida musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishda ta’lim mazmunini umumdidaktik printsiplar asosida tashkil etishning qulay yo’llari aniqlab berildi.



Uchinchi bosqich (6.04.2012.) tadqiqot natijalari tahlil qilindi, bir tuzumga solindi va umumlashtirildi, umumiy xulosalar chiqarildi, ilmiy-amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqildi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi va nazariy ahamiyati. O’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishda darsning barcha faoliyatlari asosiy vosita sifatida o’rganildi va umumiy izoh berib chiqildi:

  • O’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda musiqa faoliyatlari tarkibidagi asarlarning kuyi, ohang tuzilishi va badiiy-g’oyaviy mazmuni tahlil qilindi;

  • Musiqiy tuyg’uni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari hamda psixologik-fiziologik xarakterlariga mos bo’lgan musiqiy asarlar haqida ma’lumotlar to’plandi.

  • Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishning shakl va usullari ishlab chiqildi hamda manbalar asosida yaratildi.

  • Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan usul va yo’llarning natijalari o’rganildi va tahlil qilindi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undagi nazariy xulosalar ta’lim jarayonida o’quvchilarning his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishda o’z ta’sirini o’tkazdi. Muammoga tegishli nota shakllarini, uslubiy ko’rsatmalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida qo’shimcha manba sifatida foydalanish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining tasdig’i va qo’llanishi. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi Pedagogika-psixologiya fakulteti Musiqa kafedrasining 2012 yil-maydagi ____ sonli yig’ilishida tasdiqlandi. Tadqiqot xulosalari va natijalarini umumiy o’rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida, musiqa o’qitish metodikasi kurslarida qo’shimcha manba sifatida qo’llash mumkin.

Himoyaga bitiruv malakaviy ishining quyidagi holatlari olib chiqiladi:

- Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilar musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish jarayoni o’z ichiga axborot tinglash, kuylash kabi tarkibiy qismlarni oladi;

- Musiqa his-tuyg’ularini rivojlantirish jarayoni o’quvchilarning ruhiy, nazariy va amaliy jihatlarida namoyon bo’ladi;

- O’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish bir qancha pedagogik omillar va shart-sharoitlarga bog’liq;

- Musiqiy fanlar o’rtasida uzviy aloqani o’rnatish; o’quv jarayoni sinfdan tashqari musiqiy faoliyat va mustaqil ta’limni uzviy ravishda tashkil etish; barcha musiqiy faoliyat turlaridan bir vaqtning o’zida unumli fodalanish va boshqalar.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.

Kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi asoslab berilgan, ilmiy ishning ob’ekti, predmeti, maqsadi, farazi, vazifalari hamda himoyaga olib chiqiladigan asosiy holatlari aniqlab berilgan.

Birinchi bobda. «Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillahtirishning tashkiliy-pedagogik asoslari»da yangi ta’lim mazmuniga qo’yilgan talablar, shuningdek, musiqa madaniyati darslarini tashkil etish faoliyati turlarining nazariy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.

Ikkinchi bobda. «Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishning uslubiy vositalari»da dars mazmunini tashkil etgan faoliyat turlari tarkibidagi ayrim musiqiy asarlarning badiiy-g’oyaviy jihatlari oddiy tahlil qilib beriladi. Mavzuga oid materiallarni ta’lim jarayonida qo’llashning usul va yo’llari, shakl va metodlari haqida amaliy ko’rsatmalar beriladi.

Xulosa. Tadqiqotning asosiy natijalariga ta’rif berilib, umumiy xulosalar chiqariladi, muammoning bundan keying istiqbollari va yechilishi zarur bo’lgan masalalar yuzasidan fikr yuritiladi.

I.BOB. Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his- tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik asoslari.

1.1. O’quvchilarning musiqiy his-tuyg’usini rivojlantirish va badiiy didini o’stirishda yangi ta’lim mazmuniga qo’yiladigan talablar.

Musiqa umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar shaxsiyatini, umuman inson shaxsiyatini rivojlantiruvchi muhim ahamiyat kasb etadi, o’quvchilarning ma’naviy, badiiy va ahloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o’stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, musiqiy his-tuyg’usini rivojlantirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati o’quv predmeti umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha o’quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog’liqdir. Barcha o’quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham Davlat ta’lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to’laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo’shiqlarida, xonanda va sozandalarning, ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o’z aksini topdi. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo’lib yetishlarida o’ziga xos va takrorlanmas manba bo’lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o’zbek musiqa ta’lim-tarbiyasi, pedagogikasi va uning mukammal uslubiyotlari ustoz – shogird an’analari misolida takomillashib borgan.

Musiqa ta’limidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni o’quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi. Shu bois, musiqa madaniyati ta’limining yangi mazmuni yosh avlodni musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Bunda o’quvchilar musiqa san’atini butun nafosati bilan o’rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari, musiqani badiiy didini idrok etish, yakka va jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Shuningdek, o’quvchilar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqa san’atiga qiziquvchi o’quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jahon xalqlarining umuminsoniy musiqiy qadriyatlarini ham chuqur o’rganish yosh avlodni xalqaro nufuzga molik bo’lgan madaniy durdonalardan bahramand bo’lishini ta’minlaydi.

Musiqa madaniyati o’quv fanining mazmuniga bo’lgan minimum talablar nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular quyidagi mavzularni belgilaydi.

Boshlang’ich musiqa savodi, musiqiy asarlar ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochilari, musiqa ijrochiligi, ashula, xor, ansambl, orkestr va simfonik orkestrlar faoliyati, musiqiy sahna asarlari, xalq va professional musiqasi, bastakorlar va kompozitorlar ijodini, o’zbek xalq cholg’u asboblarini bilishni, mashhur o’zbek xalq sozanda va xonandalar ijodiy faoliyati, musiqiy atama va iboralar, musiqa janrlari, ustozona mumtoz musiqa, Sharq va jahon xalqlari musiqasi, ularning taniqli namoyondalari, maqom va shashmaqom, uning mashhur ijrochilari faoliyati, o’zbek musiqasida mahalliy va uning mashhur ijrochilari, o’zbek milliy musiqasida zamonaviylik va zamonaviy musiqa, milliy estrada musiqasi va uning ijrochilari kabi mavzular asosida milliy musiqa madaniyatimizni o’zlashtirishni nazarda tutadi.

Bu mavzular dars jarayonida quyidagi o’quv faoliyatlarida nazariy ham amaliy mashg’ulotlar vositasida bajariladi.



  1. Musiqa tinglash.

  2. Jamoa bo’lib kuylash.

  3. Musiqa savodi.

  4. Musiqa ijodkorligi.

Musiqa tinglash va kuylash ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi. Ularni kuylash, tinglash faoliyatlari vositasida o’rganish bilan bir qatorda cholg’uchilik, musiqali harakatlar, ijodkorlik faoliyatlari bilan har tomonlama o’rganish va o’zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash imkoniyati yaratiladi. O’zbek xalq musiqasi o’zbek bastakorlari va kompozitorlari, qardosh va jahon xalqlari kompozitorlari musiqiy asarlaridan namunalar, shashmaqom sho’balari, mahalliy musiqa uslublaridan namunalar tinglanadi.

Jamoa bo’lib kulyash faoliyati o’quvchilarni musiqiy o’quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo’lib kuylash jarayonida o’quvchi o’z ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlarni ijrosini eshitish, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo’rnavozlik qilishga intiladi.

O’zbek xalq qo’shiqlari, o’zbek bastakorlari va kompozitorlari qo’shiqlari mahalliy musiqa uslublariga oid folklor qo’shiqlari, jahon va qardosh xalqlari kompozitorlari qo’shiqlari, mahalliy musiqa uslublariga oid folklor qo’shiqlari, maqom aytim yo’llaridan namunalar kuylaydilar.

Musiqa savodi barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsdan qaysi faoliyat mashg’uloti (tinglash, ijro etish, musiqiy harakatlar) bo’lmasin, berilgan mavzudagi asar o’rganiladi va uning xususiyatlari (janri, shakli, tuzilishi, ijrochiligi) haqida yangi tushunchalar hosil bo’ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota yozuvlarini o’rganishdan iborat bo’lmay, balki o’quvchilarning umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi umumiy bilim, tushunchalar majmuasini (ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi) tashkil etadi.

Musiqa savodida musiqiy atamalar, an’analar, templar (sur’at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va musiqa janrlari, major va minor ladlari haqida tushuncha beriladi.

Musiqa tinglash yakkanavoz va jo’rovozlikni ajrata bilish, ansambl va orkestr ijrosini farqlay bilish, sozlar va sozlar tembrini ajarata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish. O’zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash kabilarni o’z ichiga oladi.

O’quvchilar ijrochiligini shakllantirishda musiqa ijrochiligi, qo’shiq ijrochiligi, sozlar ijrochiligi, raqs ijrochiligi, yakka va jamoa bo’lib ijro etish, xalq va kasbiy musiqa: bolalar kuy va qo’shiqlari, ommaviy xalq kuy – qo’shiqlri, maqom, dostonlar, zamonaviy musiqa ijodi, xalq sozanda va xonandalari ijodini bilish. Musiqaning ifodaviy tili: kuy, garmoniya, ritm-usul, sur’at, o’lchov, registr, dinamik belgilar bilan tanishish. Major va minor ladlarini farqlay olish. Oddiy musiqa shakllari: bir qismli ikki qismli va uch qismli musiqa shakllari: ko’pletli, ronda, sonata, syuitalar haqida tushunchaga ega bo’lish. Musiqiy janrlar: ashula, raqs, vals, marsh, opera, balet, musiqiy drama, cholg’u musiqasi kontata, kvartet, simfoniya kabi janrlarni farqlay olish. Asosiy musiqiy faoliyat turlari: bastakor, kompozitor, ijrochi, sozandalar ijodi bilan tanishish. Ijrochilar: ansambl, orkestr, xalq va professional sozandalar ijrochiligi haqida tushunchaga ega bo’lish. Xor ijrochiligi: bolalar, ayollar, erkaklar, xalq xorlari va davlat xorlari ijrochiligi bilan tanishish. Partiya ovozlari: soprano, alt, tenor, bas, ovozlarini farqlay olishga erishish muhimdir. Shuningdek, musiqa san’atining boshqa san’at turlari, me’morchilik, rangtasvir, haykaltaroshlik, adabiyot, kino, teatr kabi san’atlar bilan bog’liqligi. Ustozona, mumtoz musiqa: Sharq xalqlari, qardosh va jahon xalqlari musiqasi, atoqli o’zbek bastakorlari va kompozitorlari, atoqli o’zbek xalq sozanda va xonandalari, mashhur ansambllar, orkestrlar va xor jamoalari, shashmaqom va uning ijrochilari, o’zbek musiqasida mahalliy uslublar, ularning ijrochilari, musiqada zamonaviylik va zamonaviy musiqa, estrada musiqasi va uning ijrochilari haqida tushunchani dars jarayoni hamda darsdan tashqari amaliy mashg’ulotlar orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.

Yuqori sinf o’quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar:

Milliy musiqa amaliyotida mahalliy uslublar va ularning mahalliy shevalari, boshqa madaniy-maishiy an’analari bilan bog’liqligi, har bir mahalliy uslubda o’ziga xos ijrochilik uslublari va cholg’u asboblarini bilish, Farg’ona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlari (doston, katta ashula, yallachilik va b.q.)ni bilish ularning mahshur ijrochilari, ashulachilar, maqom haqida tushuncha, shashmaqom, cholg’u va aytim yo’llari. O’zbekiston sarhadida ustozona musiqaning ko’p tarmoqli va mahalliy an’analarga ega ekanligi ularning o’xshashligi va mosligi, mahalliy musiqiy an’analarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va kompozitorlik ijodi sohasida namoyon bo’lishini bilish.

Ikki ovozli qo’shiqlarni sof ohangda kuylash major uch tovushligidan minor uch tovushligiga mustaqil kuylab o’tish, kuylashda forte va piano dinamik belgilarini bajarish, o’zi va o’rtoqlari ijro etgan qo’shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish, to’rt lokal mintaqada mavjud musiqiy mahalliy uslublarga ko’ra farqlay bilish, baxshilar ijrolarini cholg’u jo’rlari (do’mbira, dutor, tambur, tor) va ovoz ishlatish (bo’g’iq va ochiq) uslublarga ko’ra ajrata bilish, mashhur xalq qo’shiq-kuylari, kasbiy musiqa janrlariga doir ashula, katta ashula, doston ashulalarning ijro usullarini farqlay bilish. Mashhur qo’shiq va ashulalar, yor-yorlar, ushshoqlarning mahalliy uslub variantlarini ajratish o’zbek klassik musiqasida mahalliy uslub variantlarini ajratish, o’zbek klassik musiqasida mahalliy uslublarning mujassamligini anglash, vokal xor mashqlarini kuylashda berilgan intervallarini aniqlash, raqs ijodkorligini bajarishdan iborat.

Ta’lim mazmuniga qo’yilgan bu talablarning barchasi o’quvchilarning bilimini, ijodiy qobiliyatini o’stirishda, ularda musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, musiqa ta’limining barcha faoliyatlari umumiy musiqa ijrochiligi bilan bog’liqdir.

O’quvchi tomonidan ijro etilayotgan cholg’u kuyi, dars davomida o’rganilayotgan qo’shiq ohangi bularning barchasi, o’quvchilarning his-tuyg’ularini rivojlantira borib, ularda mantiqiy fikrlash jarayonini yuzaga keltiradi.

Asarni suhbat orqali musiqiy va badiiy-g’oyaviy jihatdan tahlil qilish, tinglash orqali asar zamiridagi mazmunni tasvirlay olish o’quvchilarning qiziqishini yanada orttira boradi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning musiqiy his-tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda dars faoliyatlarining o’rni muhimdir.

Bu faoliyat turlariga qo’yilgan talab va vazifalar yangi dastur mazmunida to’liq ko’rsatib o’tilgan. Yangi dasturning asosiy faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi, avvalo, darslarning muayyan mavzulari har bir chorak uchun belgilangan bosh mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog’ida musiqaning muayyan mohiyatini tushunishga yordam beradi, qo’shiq kuylash va musiqa savodi mashg’ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzuini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. Uchinchidan, dars mavzuining qiziqarli bo’lishi va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg’u asboblari - shiqildoq, doiracha, qo’shiq va boshqalarda musiqaga jo’r bo’lish hamda musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqa faoliyatlari qo’llaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida o’yin xususiyatlari mavjudligi tufayli ular o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Mashg’ulotlarda qo’llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan uzviy bo’lagi sifatida amal qiladi. Bu jihatdan “Musiqa” predmeti kompleks (integral-aralash) dars tipiga kiradi va unda darsning umumiy mavzuiga bo’ysunuvchi, o’zaro mantiqan bog’lanuvchi musiqa faoliyatlariga amal qilinadi.

O’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda musiqiy faoliyat turlarining barchasi birdek xizmat qiladi. Musiqa mashg’ulotlari davomida quyidagi musiqa faoliyatlariga amal qilinadi. Bular:

Musiqa idroki (tinglash), kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik harakatlar, chapak va cholg’u asboblarida chalish hamda musiqa ijodkorligi. Musiqa idroki dars mashg’ulotlarida yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o’ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi. Birinchi holatda ma’lum asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzuiga doir oddiy musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzlishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy ma’lum bilimlarga ega bo’linadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib (idrok etilib), so’ng u yoki bu faoliyati ko’proq kuylash orqali o’rganiladi, uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalaniladi. Masalan, o’rganiladigan qo’shiq avval o’qituvchi ijrosida (tasma orqali ham) bir-ikki marta tinglanadi, asar xususiyati haqida suhbat qilinadi, so’ng o’rganishga kirishiladi, raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan so’ng raqs harakatlari ifodasi o’rganiladi. Ko’pincha asar bir necha faoliyat uyg’unligida (tinglash, kuylash, raqs harakati va boshqa) o’rganiladi. Bunday mashg’ulot usuli asarni puxta o’rganish va ayni holda kompleks malakalarining rivojlanishi uchun imkon yaratib o’quvchilarni mashg’ulotlar davomida musiqiy his-tuyg’usini rivojlantirib boradi. Musiqa darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o’zaro bog’lanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarini nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg’uloti (tinglash, kuylash, raqs va boshqa) qo’llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o’rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k.) haqida yangi tushunchalar hosil bo’ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo’lib qolmay, balki o’quvchilarning umumiy qismi, musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg’uchilar ijrochiligi, xalq bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshqa) singdirib borishdan iborat.

Shuni alohida e’tiborga olmoq zarurki, o’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtishda, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodi faoliyatlarining o’rni alohidadir. Bu ikkala faoliyat bir-biriga uzviy bog’lanish bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. Kuylash faoliyati o’quvchilarning musiqa – o’quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo’lib kuylash jarayonida o’quvchi o’z ovoz ijrosini boshqaradi, o’rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo’r bo’lib kuylashga intiladi.

Zotan, tinglash va kuylash o’quv materiallari ta’lim mazmunini tashkil etadi. Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o’rganish bilan birga, cholg’uchilik, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o’zlashtirish va musiqiy tavsiflarni ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlari yaratiladi.

Shuningdek, mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarnig musiqiy qobiliyati, xususan, ritm-usul tuyg’usi va asar badiiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy rivojlanishlari uchun raqs va ritmik harakatlarni bajarish ijobiy samara beradi. Bu ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun nihoyatda zarur. Darsda o’rganiladigan raqs va harakatlar boshqa dars chog’ida (jismoniy madaniyat darsida, tanaffuslarda) keng qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.

Shuni ta’kidlash lozimki, o’zbek xalqi milliy raqs san’ati bilan olamga dong taratgan. Ammo maktab ta’lim-tarbiyasi tarkibida raqs sabog’i deyarli yo’q darjadaligini nazarda tutsak, musiqa darslari mazmunida milliy raqs usullarini bolalarga yoshlikdan o’rgatish zarurligi ma’lum bo’ladi.

Shu bois, musiqa o’qituvchisi milliy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilishi va darsda qo’llash usullarini puxta egallashi davr talabidir. Chapak va cholg’u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o’quvchilarning musiqa hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang’ich sinflarda milliy cholg’u asboblari bilan tanishish va ularning tovush tembrlarini anglab olishi bilan uzviy bog’lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doirachalar, qayroq, qo’shiq, kichik sopollar kabi urib chalinadigan cholg’u asoblaridan foydalanib o’qituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga ritmik jo’r bo’lish malakalari rivojlantiriladi.

Musiqa ijodkorligi faoliyati dasturga ilk bor kiritilmoqda. Bu faoliyat bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakasini o’stira borish uchun katta ahamiyatga ega. Bu faoliyat o’qituvchi ijrosiga doira chertib jo’rovozlik qilish, sinf ijrosiga “dirijyorlik” qilish, kuy ohangiga mos harakatlar (xususan, raqs) topish, sher parchasiga kuy “bastalash” kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi. Bu faoliyat sinfdagi iqtidorli o’quvchilarga e’tiborni kuchaytirish, ularning badiiy ehtiyojini qondirish uchun, ayniqsa muhimdir. Musiqali harakatlar cholg’uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda o’yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko’proq o’yin xususiyatlari bilan bog’liq.

Shunday qilib, musiq faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi va o’quvchilarda musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xullas, ishimizning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqanimiz asosida o’quvchilarning musiqiy tuyg’ysini rivojlantirishda o’quv faoliyatlarining ahamiyati haqida keyingi faslda to’xtalamiz.


  1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə