Qadimiy va navqiron shaharlar




Yüklə 39.55 Kb.
tarix18.04.2016
ölçüsü39.55 Kb.
Sana: 20 noyabr 2015 yil

Sinf: 6- “G” sinf
Mavzu: QADIMIY VA NAVQIRON SHAHARLAR

(Ozaytirma darajadagi sifatlarning qo’llanishi)
Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

QADIMIY VA NAVQIRON SHAHARLAR

(Ozaytirma darajadagi sifatlarning qo’llanishi)


Maqsad va vazifalar

Maqsad. O’quvchilarga ozaytirma darajadagi sifatlarning qo’llanishi va ularning yasalishi haqida malumot berish;

Ozaytirma darajadagi sifatlarning qo’llanishi haqida ko’nikmalar hosil qilish;

Qadimiy va Navqiron Shaharlar haqida bilish tariximizni o’rganish ekanligini o’qtirish ;

Qadimiy va Navqiron Shaharlar. Ozaytirma darajadagi sifatlarning qo’llanishi haqidagi fikrini og’zaki va yozma ravishda bayon etishni o’rgatish.



O’quv jarayoning mazmuni

Sifatlarning ozaytirma darajasi –mtir, -imtir, -ish, qo’shimchalarini qo’shish orqali hosil qilinadi va belgining kamligi, kuchsizligini bildiradi. Masalan: qoramtir, ko’kimtir, sarg’imtir, oqish, ko’kish, sarg’ish, kabi. Shuningdek, -roq qo’shimchasi ham belgini ozaytirib ifodalaydi. Ushbu qo’shimchalar qo’shilganda aytim tovush o’zgarishlari yuz berishi mumkinligini o’rgatish

O‘quv ja-

rayonini

amalga

oshirish

texnologi-

yasi

Dars metodi. Hamkorlik metodi, aqliy hujum, "Zanjir" usuli.

Shakl. Yakka tartibda va guruh bilan ishlash.

Vositalar. Darslik, rasm yoki videolavha, slaydlar.

Nazorat turlari. o'qitish, og'zaki so'zlatish, savol-javob.

Baholash. 5 balli tizim asosida.


Kutilgan

natijalar

O‘qituvchi: Dars jarayonida talimnlng interfaol usullarini qo’llash vositasida mavzuning to'liq o’zlashtirilishiga erishadi, o’quvchilarda fanga va mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otadi, ularning faolligini oshiradi. BBB usuli orqali o‘quvchilarning o’z-o'zini nazorat qilib borishga o'rgatadi, ularda bilmangan narsalarini bilishga intilish, tangdoshlariga etib olish hissini uyg‘otadi, bir darsd a barcha o’quvchilarni baholashga erishadi. Darslikda berilgan mashq va topshiriqlarni bajartirish, elektron va ko’rgazmali vositalardan samarali foydalanish orqali darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlariga to‘liq erishadi.

O'quvchi: Mavzu bo'yicha yangi bilimlarni egallaydi, berilgan mashq va topshiriqlarni mustaqil ishlash orqali og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini, gnruh bo’lib ishlash malakalarini egallaydi



Kelgusi

rejalar

O‘qituvchi: Pedagogik texnologiyalar va elektron vositalarni dars jarayonida ko'proq tatbiq etishga, o’z mahoratini oshirib borishga harakat qiladi.

Oquvchi: O‘z fikrini og'zaki va yozma savodli va bog’lanishli bayon qilishni, yakka tartibda mustaqil tarzda, guruh bilan ishlashni o‘rganadi. Mavzu doirasida qo’shimcha materiallar izlash va ularni qo’llab ijodiy matn tuzishni or’ganadi. O'z bilimini oshirib boradi.



MAVZU: QADIMIY VA NAVQIRON SHAHARLAR

(Ozaytirma darajadagi sifatlarning qo'llanishi)


Darsning maqsadi:






Darsning jihozlanishi. "O’zbek tili" darsligi, video- lavha, proyektor, rasmlar, slaydlar.

Darsda qo’llanadigan metodlar. Aqliy hujum, guruhlarga bo’linib ishlash, klaster, BBB usuli.

Darsdan kutiladigan BKM natijalari. O’quvchi o’zbek tilida sifatlarning ozaytirma darajasi morfologik usul — qo’shimchalar qo’shish va sintaktik usul — so’zlar qo’shish vositasida hosil bo’lishi haqida ma’lumotga ega bo’ladi; sifatlarni nutqda amaliy qo’llash ko’nikmaIari hosil boladi; qadimiy va navqiron shaharlar mavzularida o’z fikrini bog’lanishli ifodalash malakasi shakllanadi.

Dars rejasi:





Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.



II. O‘tilgan mavzuni takrorlash.






Salobatli…

Ko’kish… ,

Sarg’ish…

Qizg’ish…


III. Grammatik mavzu bayoni.


Bilib oling! Sifatlarning ozaytirma darajasi -mtir, - imtir, -ish qo’shimchalarini qo‘shish orqali hosil qilinadi va belgining kamligi, kuchsizligini bildiradi. Masalan: qoramtir, ko‘kimtir, sarg‘imtir, oqish, ko‘kish, sarg‘ish kabi. Shuningdek, -roq qo'shimchasi ham belgini ozaytirib ifodalaydi. Ushbu qo‘shimchalar qo‘shilganda, l ayrim tovush o’zgarishlari yuz berishi mumkin.

Masalan: sariq+ish - sarg‘ish, qizil+ish qizg‘ish kabi.

O’zbek tilida sifatning ozaytirma darajasi morfologik usul- qo‘shimchalar qo‘shish va sintaktik usul — so’zlar qo‘shish vositasida hosil qilinadi. Bu ma’lumot 2 soatga taqsimlanadi va 1- soatda sifat darajalarining morfologik usulda hosil qilinishi, 2- soatda sintaktik usul bilan hosil qilinishini o’rgatish rejalashtiriladi. Darslikdagi grammatik qoidalar ham shu asosda berilgan bo‘lib, ushbu qoidalarni tushuntirish uchun 2 ta slayddan (1- va 2- darslar uchun) foydalanish ko’zda tutiladi.




1- slayd namoyishi:

Morfologik usulda sifatlarning darajasini hosil qilish

Oddiy daraja Qiyosiy daraja Ozaytirma daraja
Qizil qizilroq qizg‘ish

Katta kattaroq

Qora qoraroq qoramtir

Pushti pushtiroq

Kichik kichikroq

Sho’r sho‘rroq


IV. Mavzuni mustahkamlash.

A) Darslikdagi 2- va 3- mashqlar grammatik ma’lumotlarni mustahkamlashga qaratilgan. 2- mashq berilgan namuna asosida bajariladi, 3- mashqda esa nuqtalar o'miga sifatlami qo'yib, quyidagicha so‘z birikmalari tuziladi:
baland minora hashamatli bino eski shahar

moviy osmon mustahkam qal’a tosh ko‘cha

qadimiy obida muhtasham qasr mashhur madrasa

keng maydon muqaddas maqbara go‘zal mehmonxona



B) 2- topshiriq va 4- mashqni o‘quvchilaming nutqiy malakalarini mustahkamlashga qaratilgan. 2- topshiriqni bajarishda tarmoqlangan klaster usulidan foydalaniladi.



Tarmoqlangan klaster namunasi
























Darslikda yordamchi vosita sifatida foydalanish uchun so‘zlar berilgan. Shuningdek, O‘quvchilarga oldingi mashqlardagi ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Mashq va topshiriqlarni bajarishda avval o‘tilganlarga murojaat qilib turish o‘quvchilarning egallayotgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borishga, o'tilgan mavzularni takrorlab turishga o'rgatadi.

4- mashqni bajarishdan oldin o‘quvchilar diqqati darslikdagi rasmlarga qaratiladi. O'quvchilar 2 guruhga bo‘linadi va 1- guruh birinchi rasm va birinchi matn asosida, 2- guruh ikkinchi rasm va ikkinchi matn asosida ishlaydilar.
Guruhlarga bo‘linib ishlash




Har bir guruh a’zolari hamkorlikda matnni o‘qib, rasm asosida va avvalgi mashqlardan olgan ma’lumotlari asosida matnni davom ettiradilar. Belgilangan muddat ichida matnni eng yaxshi tuzgan guruh golib boladi.



V. Darsni yakunlash:

a) BBB usulida o‘quvchilarning bilim va malakalari aniqlanadi.



b) Faol o‘quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa: "Qadimiy va zamonaviy Samarqand"

mavzusida ijodiy matn tuzish.


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə