O‘zbеkistоn rеspublikаsi xаlq tа’limi vаzirligi rеspublikа tа’lim mаrkаzi




Yüklə 24.52 Kb.
tarix23.04.2016
ölçüsü24.52 Kb.
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI XАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI

RЕSPUBLIKА TА’LIM MАRKАZI

2011-2012 O‘QUV YILIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 10-11 SINFLAR O‘QUVCHILARI UCHUN TARIX FАNIDАN IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK TAVSIYALAR TO’PLAMI




TОSHKЕNT – 2012

Imtihon materiallari va tavsiyalar Respublika Ta’lim markazi qoshidagi ilmiy-metodik kengashlar tomonidan muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.

Maktab metodbirlashmalari imtihon biletlariga 15-20 % hajmda o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Tuzuvchilar:

Таrix

A.Zamonov - RTM, ijtimoiy fanlar bo’limi bosh metodisti.

.


Nashr uchun mas’ul

N. Sh. Turdiyev

Imtihon materiallarini ko‘paytirib tarqatish ta’qiqlanadi.

TARIX
10-sinflar uchun tarix fanidan bosqichli nazorat sinovi uchun taklif etilayotgan mazkur savollar umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturlari asosida tayyorlangan. Bosqichli nazorat sinovida o’quvchilar ikkita savolga javob berishlari lozim bo’ladi. Jahon tarixiga oid bitta, O’zbekiston tarixidga oid bitta, ya’ni, umumiy ikkita savoldan tashkil topgan biletlar konvertga solinib muhrlanadi va maktab direktorining seyfida saqlanadi. Imtihon kuni konvertning muhrlanganligi o’quvchilarga ko’rsatilib, konvert ochiladi. O’quvchi biletlardan bittasini tanlab oladi va 15 daqiqa tayyorgarlik ko’rgandan so’ng javob beradi.

Bosqichli nazorat sinovi jarayonida o’quvchi o’z fikrini faqat darslik materiallari asosida emas, balki boshqa manbalarga tayangan holda ham bayon qilishi mumkin.

Bosqichli nazorat sinovi savollariga maktab metod birlashmasi qarori bilan takliflar, tuzatishlar va qo’shimchalar kiritilishi mumkin. Shuningdek, tarix fani chuqurlashtirib o’qitiladigan sinf va maktablarda imtihon biletlari 3 ta savoldan iborat bo’ladi. Tarix fani chuqurlashtirib o’qitiladigan sinf va maktablarning imtihonidagi uchinchi savol maktab metod birlashmasi tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Savol tuzishda Prezident I.A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari va ma’ruzalaridan; arxeologiya, etnogrfiya fanlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
O’quvchilarning bilimlari quyidagi quyidagi bilim va malakalarga ega bo`lsa, amaldagi baholash mezoni asosida baholanadi:
- tarixiy hodisalarning joyini aniqlab, tarixiy xaritadan voqea sodir bo’lgan joyni topa olishi;

- tarixiy hodisalarning joyini aniqlab, tarixiy xaritadan voqyea sodir bo’lgan joyni topa olishi;

- tarixiy voqea va hodisalarni taqqoslab va qiyoslab, xulosa chiqara olishi;

- tarixiy hodisa va jarayonni og’zaki ravon nutqda bayon qila olishi;

- tarixiy atamalarni mazmunini bilishi va o’z o’rnida to’g’ri ishlata olishi;

- tarixiy voqealarning aniq tarixiy davri yoki sanasini aniqlashi.


Jahon tarixidan savollar.

  1. Xalqlarning buyuk ko`chishi va uning oqibatlari.

  2. Franklar davlatining tashkil topishi.

  3. Angliya V-XI asrlarda

  4. Kiyev Rusi davlati.

  5. V-XI asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati.

  6. Islom dinining vujudga kelishi.

  7. Arab xalifaligi davlatlari madaniyati.

  8. Buyuk bobolarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo`shgan hissalari.

  9. Yevropada o’rta asr shaharlarining vujudga kelishi.

  10. Salib yurishlari.

  11. Rusning mo`g`ullar zulmidan ozod bo`lishi.

  12. G`arbiy Yevropa adabiyoti va san’ati. Gumanizm.

  13. Saljuq va Usmonli turklar davlatlari.

  14. Mo`g`ullar davlati va uning istilochilik urushlari.

  15. Yaponiyaning o’rta asrlar madaniyati.

  16. Amerikaning tub aholisi va ularning mashg`ulotlari

  17. O`rta asrlarda Afrika xalqlari hayoti.

  18. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati.

  19. Amerikaning kashf etilishi.

  20. Mustamlakalar uchun kurash.

  21. Niderlandiya inqilobi.

  22. Yevropada uyg`onish davri madaniyati.

  23. Angliyaning birinchi sanoatlashgan davlatga aylanishi

  24. Angliyada sanoat inqilobi.

  25. Amerika Qo`shma Shtatlarining tashkil topishi.

  26. Pyotr I islohotlari.

  27. Boburiylar imperiyasining tashkil topishi.

  28. Xitoyda afyon urushi.

  29. XIX asrning 60-yillar oxirida Afrika xalqlari.

  30. XVI-XIX asrning 60- yillari oxirigacha bo`lgan davrda ilm-fan, adabiyot va san’at.

  31. Birinshi jahon urushining jahon tarixidagi o’rni.

  32. Rossiya 1922-1939 yillarda.

  33. Birinchi jahon urushining 1914-1917 yillardagi harbiy harakatlari.

  34. 1918-1929 yillarda Fransiya.

  35. Rossiyada 1917-yil fefral burjua-inqilobi.

O’zbekiston tarixidan savollar:


  1. Ilk o`rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlari.

  2. Ilk o`rta asrlarda Xorazm davlati.

  3. Eftallar davlatining vujudga kelishi.

  4. Turk xoqonligining tashkil topishi.

  5. V-IX asrlllarda O`rta Osiyo me’morchiligi.

  6. Arab xalifaligi hukmronligining zaiflashuvi, mustaqil davlatlarmng shakllanishi.

  7. somoniylar davlatining boshqaruv tizimi.

  8. IX-XIII asr boshlarida madaniy hayot (O`rta Osiyolik mutafakkirlarning ilm-fan ravnaqiga qo’shgan hissasi).

  9. Etnik jarayonlar va o`zbek xalqining shakllanishi.

  10. Amir Temurning siyosat maydoniga chiqishi.

  11. Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o`rni.

  12. “Temur tuzuklari” ning tarixiy ahamiyati.

  13. Amir Temurning G`arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalari.

  14. Ulug`bek - ma’rifatparvar davlat arbobi.

  15. Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining o`rnatilishi.

  16. Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk davlat arbobi va mashhur mutafakkir.

  17. Buxoro xonligining tashkil topishi.

  18. Buxoroda mang`itlar sulolasi hukmronligining o`rnatilishi.

  19. Xiva xonligining tashkil topishi.

  20. XVIII—XIX asrlarda qoraqalpoq xalqi madaniyati.

  21. Qo`qon xonligining tashkil topishi.

  22. O`zbek xonliklarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va oqibatlari.

  23. Chor Rossiyasi tomonidan Buxoro amirligining bosib olinishi.

  24. Chor Rossiyasi tomonidan Xiva xoniligining bosib olinishi.

  25. Chor Rossiyasi tomonidan Qo’qon xonligining bosib olinishi.

  26. Buxoro amirligida amir hokimiyatining ag’darilishi.

  27. Turkistonda sovet mustabid tuzumiga qarshi istiqlolchilik harakati.

  28. Yangi iqtisodiy siyosat va uning natijalari.

  29. O’zbekistonda madaniyat, ma’naviyat va milliylik uchun kurash.

  30. Milliy hududiy chegaralash va O’zbekiston SSRning tuzilishi.

  31. Sanoat qurilishi va xalq hunarmandchiligi muammolari.

  32. Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish siyosati. Uni amalga oshirish usullari va uni fojeali oqibatlari.

  33. Madaniy qurilish: maorif va fan rivojining asosiy yo’nalishlari va muammolari.

  34. O’zbekistonda paxta yakka hokimiyatchiligining o’rnatilishi, uning salbiy oqibatlari. Orol muammosi – olam muammosi.

  35. Milliy adabiyot va san’atning rivojlanishidagi yutuq va ziddiyatlar.


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə