O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Olmazor Tibbiyot Kolleji «Umumiy gigiena va ekologiya»




Yüklə 355.34 Kb.
səhifə6/8
tarix22.02.2016
ölçüsü355.34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

Adabiyotlar

Ismoilov M. N bolalar o'smirlar gigienasi.

Azizov S. S Raning R. S Salohiddinov R. D

Qambarov Sh. K gigiena Toshkent o'qtuvchi 2003.




11 Mavzu. SHAXSIY GIGIYENA

Reja: 1. Shaxsiy gigiyenaning salomatlikka ta'siri. 2. Chiniqish turlari shaxsiy gigiyenani vazifasi, inson salomatligida shaxsiy gigiyenani vazifasi inson salomatligiga shaxsiy gigiyenani ro'li.

Ozodalikka rioya qiladigan va chiniqqan odam sog'lom bo'ladi. Ozodalik - terini u-za tutishning birinchi qoidasidir. Nihoyat, har bir odam, dastavval o'z badanini ozoda tutishga e'tibor berishi zarur. Bularning barchasi kishi shaxsiy gigiyenasi deyiladi.

Teri gigiyenasi terini parvarish qilish, ten faoliyatini me'yorida saqlash va kasalliklardan muhofaza qilish uchun zarur. Odam badanini qoplab turgan teri organizmni tashqi zararli ta'sirlardan: sovuq qotish, qizib ketish, namlik, mexanik va kimyoviy shikastlanishlardan himoya qiladi, modda almashinuvida faol ishtirok etadi. L mikroblardan saqlaydi.' Teri sirti undan ajraladigan lizotsim birikmasi muhofaze vazifasini o'taydi. Teriga tushadigan ko'pgina bakteriyalar lizotsim ta'sirida nobuc bo'ladi, shuningdek, teri organizmning asosiy issiqlik muvozanatini saqlaydi. Taru harorati ko'pincha atrof-muhit haroratidan yuqori bo'ladi. Shu sababli organ izir issiqlikni to'xtovsiz ravishda ajratib turish bilan birga, ayni vaqtda, tana haroraiin muayyan darajada saqlash uchun sarflangan issiqlik o'mini to'ldirib turadi.

Odam terlaganda teri orqali ter bilan birga organizm uchun keraksiz. va zarar! moddalar bilan birga organizm uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan osh tuzi va C vitamini ham ajralib chiqadi. Terlash faqat organizm holatigagina emas, balki uni o ral turgan tashqi muhitga ham bevosita bog'liq.

Terming yog' bezlari orqali ajratiladigan yog’ terini yumshatib, uni qurib qolishda va shikastlanishdan saqlaydi.

Quyosh yog'dusi ta'sirida teri sathida D vitamini sintezlanadi. Bu o'z vaqtida K va C tuzlari almashinuvini yaxshilab, suyaklarning to'g'ri rivojlanishini ta'minlaydi.

Terming kasallanishi butun organizmga ta'sir qiladi. Shuningdek, ayrim sistemani chunonchi, asab, ichki bezlar, yurak-tomir va ovqat hazm qilish sistemalari faoli> atinin buzilishi teri faoliyatiga ta'sir ko'rsatmay qolmaydi.


Tashqi muhit - iqlim sharoitlari, ovqatlanish ham terining ishiga katta ta'sir qilishini unutmaslik lozim. Teri, ayniqsa, uning ochiq qismlari kun bo'yi ozmi-ko'pmi chang bilan qoplanadi. Bordi-yu shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, changlar ter va yog' bilan aralashib, ter va yog' bezlarining kanalchalarini berkitib qo'yadi, natijada teri o'zining barcha muhim vazifalarini o'tay olmaydi. Odam doimo pokiza bo'lib, chiniqib yursa terisi sog'lom bo'ladi. Tozalik - teri gigiyenasining eng muhim shartidir. Terini ifloslanishdan saqlash uchun muntazam ravishda haftada bir-ikki maita cho'milish kerak.

Sovunlar ishqorli va moyli bo'ladi. Yog'li sovunlardan bolalar sovuni «Yaichnoye» sovunlari aksariyat teriga yaxshi ta'sir qiladi. Ayniqsa, terisi quruq kishilar shunday sovunda yuvinishlari foydali.

Yuz gigiyenasi. Sog'lom teri bug'doy rang yoki pushti rangli bo'lib, tabiiy tusda bo'ladi. U nozik, ajinsiz va mayin bo'ladi.

Har bir odam o'z yuz terisini ozoda, sog'lom, nozik, tiniq va ajinsiz bo'lishiga harakat qilishi kerak. Yuz terisi chiroyiga nuqsonlarni berkitib turuvchi va sun'iy husn beruvchi turli xil pardoz vositalaridan foydalanish bilan emas, balki yuz terisini muntazam ravishda gigiyenik parvarish qilish, shuningdek, ichki a'zolar va tashqi muhitning ta'sirlaridan asrash orqali erishish mumkin.

To'g'ri ovqatlanish, me'da-ichaklarning holatini kuzatib borish masalalari, spirtli ichimliklar va har xil dorilami bilar-bilmas iste'mol qilmaslik, sabzavot, mevalar va ko'katlarni ko'proq yeb turish kerak. Vaqtida ishlab, vaqtida dam olish bularning jami yuz terisini sog'lomlashtirish va go'zalligini saqlashning asosiy shartidir. Tashqi muhit - iqlim sharoitlari, ovqatlanish ham terining ishiga katta ta'sir qilishini unutmaslik lozim. Teri, ayniqsa, uning ochiq qismlari kun bo'yi ozmi-ko'pmi chang bilan qoplanadi. Bordi-yu shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, changlar ter va yog' bilan aralashib, ter va yog' bezlarining kanalchalarini berkitib qo'yadi, natijada teri o'zining barcha muhim vazifalarini o'tay olmaydi. Odam doimo pokiza bo'lib, chiniqib yursa terisi sog'lom bo'ladi. Tozalik - teri gigiyenasining eng muhim shartidir. Terini ifloslanishdan saqlash uchun muntazam ravishda haftada bir-ikki maita cho'milish kerak.

Sovunlar ishqorli va moyli bo'ladi. Yog'li soVunlardan bolalar sovuni «Yaichnoye» sovunlari aksariyat teriga yaxshi ta'sir qiladi. Ayniqsa, terisi quruq kishilar shunday sovunda yuvinishlari foydali.

Yuz gigiyenasi. Sog'lom teri bug'doy rang yoki pushti rangli bo'lib, tabiiy tusda bo'ladi. U nozik, ajinsiz va mayin bo'ladi.

Har bir odam o'z yuz terisini ozoda, sog'lom, nozik, tiniq va ajinsiz bo'lishiga harakat qilishi kerak. Yuz terisi chiroyiga nuqsonlarni berkitib turuvchi va sun'iy husn beruvchi turli xil pardoz vositalaridan foydalanish bilan emas, balki yuz terisini muntazam ravishda gigiyenik parvarish qilish, shuningdek, ichki a'zolar va tashqi muhitning ta'sirlaridan asrash orqali erishish mumkin.

To'g'ri ovqatlanish, me'da-ichaklarning holatini kuzatib borish masalalari, spirtli ichimliklar va har xil dorilami bilar-bilmas iste'mol qilmaslik, sabzavot, mevalar va ko'katlarni ko'proq yeb turish kerak. Vaqtida ishlab, vaqtida dam olish bularning jami yuz terisini sog'lomlashtirish va go'zalligini saqlashning asosiy shartidir.

Qo'l gigiyenasida tiraoqlar ozodaligiga alohida e'tibor berish lozim. Tirnoqning asosiy vazifasi barmoq uchini mexanik zararlanishdan saqlash. Tirnoqni tez-tez olib turish kerak. Tirnoq o'sib ketsa, iflos bo'lib, turli mikroblar saqlashidan tashqari, saiga sinib, barmoq terisini shikastlantiradi.

Soch gigiyenasi. Sochni erinmasdan har kuni tarash, haftada bir marta sovunlab yuvish kerak. Soch yuvilganda chang bilan birga mikroorganizmlar ham yuvilib ketadi. Bosh terisi juda quruqshab ketmasligi uchun haftada 1-2 marta yuvsa ham bo'ladi. Soch moylarini ko'p qo'llanilishi yaramaydi, chunki bunda sochlarning tabiiyligi yo'qoladi.

Qadim zamonlardan beri O'rta Osiyoda yashovchi mahalliy ayollar sochlarini qatiqda yuvishni odat qilganlar. Qatiq bilan yuvilgan sochning tabiiy rangi, mayinligi va o'sish tezligi o'zgarmaydi, lekin achigan qatiqni ishlatish hamda uni toza yuvmaslik natijasida aksariyat boshda qo'lansa hid hosil bo'ladi. Dimiqqan sochda parazitlarning rivojlanishiga imkon tug'iladi. Shu bois, bosh qatiqlab yuvilgach, «Bolalar sovuni» yoki shampun bilan iliq suvda hid qolmaguncha yuvish lozim.

Tishlarni parvarish qilish uchun har kuni ertalab va kechqurun -uxlash oldidan tish poroshogi yoki tish pastasi bilan tish cho'tkasi yordamida tishlarni tozalash lozim.

Tishlarni har kuni muntazam ravishda parvarish qilish ovqat hazmini yaxshilaydi, yoqimsiz hidni yo'qotadi, tishlarni sog'lom va chiroyliligini ta'minlaydi. Tish kasalliklarini oldini olish maqsadida har yili 2-3 marta stomatologga borib, profilaktik tekshiruvdan o'tib turish zarur.

Oyoq terisini ham parvarish qilib turish shart. Tovon terisi ancha qalin bo'lib, unda ter bezlari bo'ladi. Oyoq yaxshi parvarish qilinmasa, terlaydi, natijada yoqimsiz hid chiqadi va ten bichiladi.

Barmoqlar orasi shilinmasligi va ozodalik uchun oyoqni yotishdan oldin sovunlab yoki iliq suvda yuvishga odatlanish kerak. Har kuni sovunlab yuvilsa, teri zaiflashib qoladi va tashqi muhit ta'siriga chidamsiz bo'lib qoladi.

Hisoblashlarga ko'ra har bir kishi kuniga qo'l, oyoq, yuzni yuvishi uchun o'rtacha 6-8 g, jumladan, 1 oyda taxminan 200- 250 g sovun sarflar ekan. Issiq iqlim sharoitida ko'p terlash, terining quruqlashishga moyilligi sovundan ko'p foydalanishni talab qilmaydi.

Cho'milishni uyushtirish. Bolalar kombinatida jismoniy tarbiya uchun ajratilgan maydonda quyosh nuridan foydalanish hududi (solyariy) hamda cho'milish uchun suv hovuzchasining bo'lishi muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Suv hovuzchasining bo'lishi bolalarni ochiq havoda faqatgina suv va havo muolajalaridan foydalanibgina qolmay, ularni jismoniy harakat qilishga va suzishga o'rgatadi. Cho'milish uchun hovuzchalar qilishning iloji bo'lmasa, bolalai- muassasalarida chuqurligi 25 sm va sathi 20 m dan ko'p bo'lmagan hovuzcha o'rtasida favvora o'rnatiladi. Bunday hovuzchalarda bolalar suvda suzuvchi o'yinchoqlar bilan har xil o'yinlar o'ynashadi.

Suvda uyushtirilgan bunday o'yinlar ularning jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Suzish tufayli organizmda moddalar almashinuvi jadallashadi. Suzish uyqusizlikka va u bilan birga kechayotgan turli asab kasalliklariga qarshi yaxshi dori hisoblanadi. Suvda bir maromda suzganda qor aylanishi yaxshilanadi, yurak-qon tomir sistemasi mustahkamlanadi. Ammo, ko'p cho'milish organizmga foyda keltirish o'rniga zarar keltirishi ham mumkin. Shuning uchun har narsaning ham me'yorda bo'lgani yaxshi.

Hovuzlarda cho'milish kishi salomatligi uchun gigiyenik jihatdan hamda sport bilan shug'ullanuvchilarning mahorathii oshirishda ahamiyati katta.

Hovuzlar ochiq va usti yopiq bo'lishi mumkin. Usti yopiq hovuzlar (basseyn)da yilning hamma faslida cho'milish mumkin. Uning chuqurligi 0,5-0,7 metrdan boshlab, sekin-asta 2-2,5 metr bo'lishi, yuqoridan kalla tashlashga mo'ljallangan joyda esa 4,5 metr bo'lishi kerak. Hovuz - harorati 23-25 gradus bo'lgan vodoprovod suvi bilan to'ldiriladi.

Suvning tozaligi laboratoriyada aniqlanadi. Har bir odam hovuzda 10 daqiqa cho'milgandan so'ng 1 1 suvning oksidlanishi uchun ketgan kislorodning miqdori 2,1 mg dan oshadi, xloridlarning miqdori 1 mg/ 1 ga, kolititri 1-0,01 ml gacha tushib ketadi. Agar cho'milishdan oldin dushda sovunlab yuvinilsa, 1 1 suvni oksidlash uchun sarflangan kislorod miqdori 0,68 mg dan ortadi, kolititri 100-10 ml ni tashkil qiladi. Shu sababli hovuzlarda epidemik, virusli konyunktivit, teri kasalliklari bo'lmagan shaxslargagina cho'milish uchun ruxsat etiladi.

Hovuzlarga kiriladigan yo'lakka, suvga yuqumli kasalliklar mikroblari tushmasligi uchun tarkibida 0,1% xlor tutgan xlor ohagi sepiladi. Boshga rezina qalpoqcha kiyish tavsiya etiladi. Hovuzdagi suvning sifati ichimlk suviga qo'yiladigan davlat standard talablariga taqqoslab aniqlanadi. Mikroblar sonining 7 ml suvda 1000 gacha ko'payishi, kolititrning 100-10 gacha pasayishi hovuzdagi suvning ifloslanganligini ko'rsatadi.

Cho'milish uchun mo'ljallangan suv suzgichdan o'tkaziladi, isitiladi, so'ng xlorlash usuli bilan zararsizlantirib, basseynga quyiladi. Vaqti-vaqti bilan vodoprovod suvi bilan basseyn to'ldirib turiladi. Agar suv xlorlash usuli bilan zararsizlantirilsa yoki xlorlashni ammonizatsiyalash usuli bilan qo'shib olib borilsa, suvdagi qoldiq xlorning miqdori 0,3-0,4 mg/1 dan yuqori bo'lmasligi kerak. Qoldiq xlor miqdorining oshishi

cho'miluvchining ko'zini achishtiradi. Ba'zi bir hovuzlarda suvni suzgichdan o'tkazishdan oldin xlor ohagi bilan birga mis kuporosi qo'shiladi. Bunda xlorning dezinfeksiyalovchi xususiyati oshadi, suvning rangi ko'kish, yoqimli tusga kiradi.

Hovuzdagi suvning hammasi 8-10 soat orasida suvni tozalovchi moslamalardan o'tib tozalanishi kerak. Hovuzdagi suv Ko'pi bilan bir oyda butunlay chiqarib yuborilishi va hovuz devorlari, tubi cho'kmalar, loyqalardan (issiq suv bilan sovunlanib cho'tka yordamida) tozalanadi, so'ngra suv yuqorida qayd etilgan usulda zararsizlantirib hovuz to'ldiriladi.

Hovuzning qo'shimcha xonalarini yozda shamollatish, qishda isitish lavsiya qilinadi.

Ochiq daryolar va dengizda cho'milish salomatlikni mustahkamlaydi. Ayniqsa, dengiz to'lqini hamda suv tarkibidagi tuzlar miqdoriga qarab kishi organizmiga shifobaxsh ta'sir qilishi mumkin. Chiniqtirish jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir.

To'g'ri chiniqtirish organizmning tashqi muhit sharoitiga chidamliligini, kasalliklarga qarshiligini kuchaytirib, umuman jismoniy va asab-ruhiy jihatdan rivojlanishiga yordam beradi, jismoniy va aqliy mehnat qiyinchiliklariga chidamlilikni oshiradi.

Chiniqtirishda quyidagilarga qat'iy amal qilish zarur:

-ta'sir kuchini asta-sekin oshirib borish, masalan, suv muolajalarini uy haroratidagi suv bilan boshlash;

- chiniqtiruvchi muolajalarni har kuni muntazam ravishda bajarib borish;

-muolajani kompleks usulda to'g'ri taqsimlab uning ta'sir kuchini oshirish.

Chiniqtiradigan muolajalar tavsiya etilar ekan, organizmning ahvoli, jinsi, yoshi, boshidan kechirgan kasalliklari, ruhiy-emotsional holatini hisobga olish lozim.

Havoda chiniqish. Havo organizmni kislorod bilan ta'minlashdan tashqari, bir kecha-kunduz davomida o'zgarib turadigan boshqa ob-havo omillari bilan ham ta'sir ko'rsatadi.

Havo vannalari harorati 20-30°C da iliq, 20 dan 14 darajagacha -salqin, 14°C dan past haroratda sovuq vannalarga bo'linadi.

Havo vannalari olish miqdorini belgilab beradigan asosiy omil havo haroratidir. Havo juda nam va shamol bo'lib turganda organizm ko'proq sovuq qotadi.

Odam o'zini doimo tetik va xushchaqchaq sezishi, harakatlari ildam va chaqqon bo'lishi, qoniqib uxlashi, ishtahasi ochilib, ish qobiliyatining oshishi va boshqalar havo vannasining ijobiy ta'sir qilayotganini ko'rsatadi.

Havo vannasi qabul qilish vaqtida odam o'zini noxush sezib, qaltirasa, eti uvishsa, muolajani to'xtatishi yoki isinish uchun chaqqon-chaqqon harakat qilishi zarur. Havo sovuq, yomg'irli, tumanli bo'lganda, sekundiga 3 metrdan ortiq tezlikda shamol esib turganda havo vannalari qabul qilish yaramaydi. Yilning sovuq paytlarida yengilroq kiyinib yurish ham havoda chiniqishning bir turi hisoblanadi.

Suvda chiniqish. Chiniqishning eng samarali va keng tarqalgan vositasi suv muolajasi. Buning sababi suvning fizik xossalariga- issiqlik o'tkazuvchanligi, issiqlik sig'imi yuqori bo'lishi, teriga mexanik ta'sir ko'rsatishiga bog'liq. Havo harorati 24 °C da yalang'och odam o'zini yaxshi sezadi, xuddi shu haroratdagi suv esa sovuqroq tuyuladi, binobarin, suvni 30-35 °C gacha ilitish kerak bo'ladi.

Suvda chiniqish havo vannalariga qaraganda ancha kuchli ta'sir qiladi. O'rta Osiyo iqlimi keskin kontinental - kunduzi va tunda harorat tez-tez o'zgarib turadi, bunday iqlim bola organizmiga ma'lum talablarni qo'yadi, albatta.


Bolani harorati 24-16 va 16 °C dan past bo'lgan suvda chiniqtirish kerak. Sovuqroq va sovuq suvda cho'milib, badan ishqab artib turilsa, shamollash kasalliklariga chidamli bo'ladi. Muntazam ravishda chiniqish lozim.

Badanni go'daklikdan (butun tanani va ma'lum bir qismini) ho'l sochiq bilan ishqalab artish - chiniqishning eng oson va foydali usulidir. Avval badanning yuqori qismi sovuq suvda ho'llangan porolon yoki sochiq bilan artiladi, keyin quruq qilib artiladi. Pastki qismida ham shu hoi takrorlanadi va badan quruq sochiq bilan qiziguncha artilib muolaja tugatiladi. Ayni vaqtda qo'l harakatlari chetdan yurakka tomon yo'naltirilishi kerak. Badanni yaxshisi, ertalab uyqudan turgandan keyin ho'l sochiq bilan artish kerak.

Suv muolajalarining yana bir usuli biror idish yoki vodoprovod trubasiga ulab qo'yilgan shlang bilan boshdan suv quyishdir. Asab sistemasi qo'zg'aluvchanligi sezgir bolalarga bu muolaja to'g'ri kelmaydi.

Suv harorati avval 30 °C atrofida bo'lishi kerak, uni asta-sekin pasaytirib, 15 °C va undan ham pastroq tushiriladi.

Muolaja muddati, keyin badanni artib ishqalashni ham qo'shib hisoblaganda, 3-4 daqiqa davom etishi kerak.

Yozda chiniqtirishning eng yaxshi rohatbaxsh usuli dushda, suv havzalarida, anhorlarda va boshqa joylarda cho'milishdir. Dush hammadan ko'ra kuchli fiziologik ta'sir ko'rsatadi. Suv harorati oldiniga 30-32 °C, muolaja qabul qilish muddati Ko'pi bilan bir daqiqa bo'ladi, Keyinchalik dushda cho'milish muddatini ikki daqiqagacha uzaytirish va suv haroratini pasaytirish mumkin. Organizm yaxshigina chiniqqandan keyin qarama-qarshi haroratli kontrast dush muolajasini qo'llash mumkin. Bunda 35- 40°C va 15-20 °C haroratli suvni 3 daqiqa davomida 2-3 marta galma-gal ustdan quyib turiladi (Sharko dushi). Saiga shamollab, surunkali kasalliklar bilan og'rib yurgan bolalarga chiniqish usuli tariqasida issiq-sovuq dushda cho'milish tavsiya etilmaydi. Ochiq suv havzalarida cho'milish ham bir qadar ehtiyot bo'lishni talab qiladi, chunki bunda organizm suv, havo va quyosh yog'dularining birgalikdagi ta'siriga uchraydi.



Foydalaniladigan adabiyotlar

l.E.R. AGAYEV . E.E. SARKISYASH. ZOHIDOV

"GIGIYENA" 2.M.A. SOLIXODJAYEV

TAYANCH VA IBORALAR:

CHINIQTIRISH - ORGANINZMNING IQLIM SHAROITLARINING KESKIN O'ZGARISHLARIGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN TADBIRLAR TIZIMI.

KUNDALIK REJIM - INSONNING KUN DAVOMIDAGI TURLI- TUMAN ISH FAOLIYATINI MUAYYAN TARTIBDA BAJARISHI.

Mavzu: Mehnat gigiyenasi

REJA:

  1. Mehnat gigiyenasi.

  2. Kasbga oid kasalliklar.

Mehnat gigiyenasi - umumiy gigiyena fanining bir bo'lagi bo'lib, mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhiti sharoitlarining organizmga taAirini o'rganadi hamda mehnatkashlarning sog'lig'ini saqlash, qobiliyatini va mehnat unumdorligini oshirishni ta'minlaydigan gigiyenik va davolash-profilaktika tadbirlarini ishlab chiqadi. Mehnat gigiyenasi quyidagi masalalarni o'rganadi:

    1. Ish jarayonida organizmda sodir bo'ladigan fiziologik o'zgarishlarni aniqlash. Ishchining korxonadagi mehnat qilish qobiliyatini aniqlash, shu asosda oqilona mehnat va dam olish tartibini tuzish.

    2. Korxonada fizik, kimyoviy, radiologik va boshqa omillaming ishchilar organizmiga ta'sirini o'rganish natijasiga qarab, ularning gigiyenik me'yorlarini tavsiya qilish. Texnologik jarayonni o'rganib, ish joylarining jihozlanishi, ishlatiladigan mahsulot va chiqindilarning organizmga ta'sirini o'rganish.

    3. Ishchiiar o'rtasida kasallanish hodisalari sabablari va ish jarayonidagi omillaming organizmga ta'sirini aniqlab, tegishli profilaktik tadbirlar tavsiya qilish. «Mehnat» va «ish» tushunchalarini bir-biridan farq qilish lozim. Ish deganda, turli mushaklar faoliyati: yugurish, cho'milish va shunga o'xshashlar tushuniladi, mehnat esa ishchi kuchining aniq, foydali mehnatni bajarishga sarflanishidir.

Mehnat organizmda sodir bo'ladigan biologik jarayonlarning me'yorida kechishi, shuningdek odamning ijtimoiy faoliyatini bajarishi uchun zarur. Biroq, odam qulay ijtimoiy va fiziologik- gigiyenik sharoitlarda mehnat qilganidagina bu jarayon unga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Shuning uchun ish joylarini sog'lomlashtirishga qaratilgan aniq tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. B ular faqat ishchilar salomatligini saqlabgina qolmay, balki ular kelgusida ham sihat- salomat bo'lishi va mehnat unumdorligining oshishiga olib boradi.

Ishchi salomatligiga salbiy ta'sir qiladigan va ish qobiliyatini pasaytiradigan har xil kasalliklar paydo qiladigan sharoitda ishlasa, bu kasb zararli hisoblanadi.

Kasbiy zararlarni 3 guruhga bo'lish mumkin:



  1. Mehnatni noto'g'ri tashkil qilishga aloqador zararlar:

  • asab sistemasining ortiqcha zo'riqishi;

  • tananing uzoq vaqtgacha bir vaziyatda bo'lishi;

-harakat apparatlari va ayrim sezgi a'zolari (ko'rish, eshitish) ning ortiqcha zo'riqishi;

  • noto'g'ri mehnat tartibi.

    1. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar:

- fizik omillar (noqulay mikroiqlim, fetmosfera bosimining o'zgarishlari va b.);

—kimyoviy va fizik-kimyoviy omillar (gazlar, chang, bug'lar);

—biologik omillar (mikroorganizmlar, gijjalarning tuxumlari

va —radiologik omillar va hokazo.



    1. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar. Bunga havo almashinishi,ventilatsiya, yoritilishi, maydon sathi, kubatura va boshqalarning yetarli bo'lmasligi kiradi.

Ishchilar organizmiga kasb omillarining ta'siri natijasida kasbga aloqador kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bu kasalliklar organizmda o'ziga xos og'ir o'zgarishlar paydo qilib, ular mehnat qobiliyatini yo'qotish oqibatida o'limga olib borishi mumkin. Benzol bilan surunkali zaharlanishda qon hosil qilish a'zolari zararlanishi, tebratuvchi (vibro) asboblar bilan ishlaganda vibratsion kasallik, shaxtyorlarda o'pkada erkin kremniy (II) oksid changi to'planishi natijasida silikoz paydo bo'lishi shunday kasalliklarga misol bo'ladi.

Uzoq yillar davomida tik turib ishlash oqibatida, chunonchi, to'qimachilik dastgohi oldida, oyoq venasining kengayishi ham kasb kasalligiga kiradi. Ba'zan, kasb omillari kasallik paydo qilmasa ham, organizmning immun-biologik xususiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatib, tashqi muhit ta'siriga chidamsiz qilib qo'yadi. Masalan, revmatizm, poliartritlar baliqchilarda va shaxtyorlarda ko'p uchraydi va hokazo. Kasbga aloqador salbiy omillarni bilish kasb kasalliklarining oldini olish uchun chora-tadbirlar qo'llash imkonini beradi.



MEHNAT JARAYONIDA AYRIM A'ZOLAR VA SISTEMALARDA RO'Y BERADIGAN FUNKSIONAL

O'ZGARISHLAR

Mehnat jarayonida organizmda muhim morfologik, fiziologik va kimyoviy o'zgarishlar paydo bo'ladi. Jismoniy va aqliy mehnat farq qilinadi. Aqliy mehnatda zo'riqish, asosan, asab sistemasining oliy bo'limi-bosh miya katta ayrim sharlari va po'stlog'iga tushadi. Jismoniy mehnatda markaziy nerv sistemasidan tashqari, asab, mushak apparati, yurak tomirlari, Iiafas va issiqlikni idora etadigan sistemalar katta ish bajaradi. Ish kunlari, hatto ish boshlashdan avyal organizmda moddalar almashinuvining oshishi, puls va nafas olishning tezlashuvidan iborat shartfi refleks ko'rinishidagi funksional siljishlar kuzatiladi. Bunda minglab chiqarish sharoiti va vaqt shartli ta'sirlovchilar bo'lib hisoblanadi.

Markaziy nerv sistemasidan mushaklarga yetib keladigan nerv impulslari ta'sirida mushaklarda ularning qisqarishini keltirib chiqa-radigan o'ziga xos jarayonlar ro'y beradi. Ishlayotgan mushaklarning kislorodga va oziq moddalarga ehtiyoji oshishi shunga olib keladiki, jismoniy mehnatda organizmning ko'pgina fiziologik sistemalari faoliyati sezilarli o'zgaradi. Yurak-tomir sistemasida talaygina o'zgarishlar ro'y beradi; yurak qisqarishlari tezlashadi va ishning ayrim turlarida puis bir minutda 90-150 marta va bundan ko'p uradi.

Yurakning sistolik hajmi ham oshadi. Natijada yurak haydaydigan minutlik qon hajmi 3-5 dan 30-40 1 gacha yetadi. Eng yuqori arterial bosim 5-30 mm simob ustunigacha ko'tarilishi mumkin.

Ish tugagandan so'ng organizmda ro'y bergan o'zgarishlar darrov yo'qolmaydi. Ma'lum vaqtgacha nafas va puis tezlashgan holda qoladi. Ish tugash davridan boshlab organizmning dastlabki holatga qaytgunicha o'tadigan vaqt tiklanish davri deyiladi. Tiklanish davrida ishlab turgan a'zolarda oksidlanib ulgurmagan moddalar almashinuvi mahsulotlari yig'ilib bo'ladi. Ish jarayonida o'zgarish faqatgina nafas, yurak-tomir sistemasidagina emas, balki deyarli barcha sistemalarda yuzaga keladi. Og'ir, notinch davomli ishda yoki ish noto'g'ri tashkil qilinganda odam juda toliqib qoladi.

TOLIQISH VA UNING OLDINI OLISH

Toliqish -organizmning alohida fiziologik holati bo'lib, uzoq vaqt yoki zo'r berib ishlash natijasida yuzaga keladi va ish qobiliyatining pasayishi bilan ifodalanadi. U qator fiziologik diqqat funksiyasining

yomonlashuvi, mushaklar chidamliligining pasayishi, ish bajarish bilan bog'liq jarayonlar muvozanatining buzilishi va biokimyoviy (qonda qand miqdorining kamayishi, sut kislota darajasining oshishi va hokazo) ko'rsatkichlar bilan aniqlanadi.

Toliqish - qaytar hodisa. Tegishli hordiq chiqargandan so'ng toliqish yo'qoladi va organizmning ish qobiliyati asli holiga keladi. Toliqish natijasida pay do bo'ladigan subyektiv charchoq sezgisi dam olish zarurligidan xabar beradi. Mehnat tartibiga rioya qilinmasa, toliqish holdan toyishga olib keladi. Holdan toyish patologik holat hisoblanadi. Og'ir yoki uzoq davom etadigan ishda, uzoq vaqt davomkla dam olinmaganda va ish qobiliyati tiklanmaganda shunday hodisa yuz beradi. Toliqishda markaziy nerv sistemasining o’gir qo’zg'alishi (muhofaza tormozlanishining yetarli emasligi) kuzatiladi, natijada odamning kayfiyati yomonlashadi, jahldor bo'ladi, uyqusizlik paydo bo'ladi. og’ir toliqish nevrozlarga, yurak-tomir kasalliklari, gipertoniya, me'da yarasi kasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Holdan toygan organizmning himoya kuchlari pasayib ketadi. Bunday paytda miriqib, to'yib uxlab, hordiq chiqarish kerak, ba'zan davo tadbirlari ko'rish ham zarur bo'ladi.

Ko'p charchash aksari mehnat jarayonini noto'g4i tashkil qilish, katta asab-ruhiy quvvat va ko'p energiya sarflashni talab etadigan yoki nisbatan ko'p bo'lmagan mushaklar guruhining jadal faoliyati, noqulay ish holati (vaziyat) bilan bogliq ishlarni bajarish oqibati deb hisoblanadi.

Toliqish va holdan toyishga qarshi kurashish bo'ydcha tadbirlar ishlab chiqish mehnat gigiyenasining muhim vazifasi hisoblanadi.


1   2   3   4   5   6   7   8


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə