O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Olmazor Tibbiyot Kolleji «Umumiy gigiena va ekologiya»




Yüklə 355.34 Kb.
səhifə2/8
tarix22.02.2016
ölçüsü355.34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

Nazorat savollari.

  1. Havoning gigiyenik ahamiyati nimalardan iborat?

  2. Havoning kimyoviy tarkibi qaysi gazlardan tarkib topgan?

  3. Atmosfera havosining nisbatan bir xil saqlanib turishiga qaysi omillar ta'sir etadi?

  4. Atmosfera havosi qanday ifloslanadi.

  5. Havo sanitariya jihatidan qanday muhofaza qilinadi?

  6. Maksimal absolute va nisbiy havo nimaligini ta'riflang.

  7. «Shamollar guli» nima?

  8. Havo bosimining past yoki yuqori bo'lishiga aloqador kasalliklarni ayting.

Masala va mashqlar.

    1. Aspiratsion psixrometr quruq temometrning ko'rsatkichi 19 C ho' termometrniki esa 10 C.Havoning nisbiy namligi aniqlang xonaning temperaturlik-namlik rejimini baholang va kerak bo'lsa uni yaxshilash yo'llarini ko'rsating.

    2. Qaysi sharoitlarda odam sovqatadi v anima uchun: havo temperaturasi 15 C va nisbiy namligi 45 % bo'lgandan yoki havo temperaturasi 15 C va nisbiy namlik 85 % bo'lgandami?

3. Sex havoning temperaturasi 32 C,tevarak atrofdagi jihozlarning temperaturasi 36 c havoning nisbiy namligi 40 %, havo harakatining tezligi chiqarilishi qaysi yo'llar bilan amalgam oshasi?

4. Havoning temperaturasi 17 C devorlar temperaturasi 12 C nisbiy namlik 40 %, havo harakatining tezligi sekundiga 0,2 metr bo'lgan xonada odamning issiqlik chiqarish yo'llarini korsating.

Mustaqil ish.

Havo fizik xususiyatlarning (namlik, bosim,harorat,shamol tezligi) inson salomatligiga ta'sir to'g'risida referat yozing.



Eslab qoling!

Meteorologik omillar- havo harorati, namligi, harakat tezligi va quvvatining birgalikdagi ta'siri.

Meteotrop kasaliklar-kechishi va oqibati yil mavsumi va ob-havoning holati bilan bog'liq bo'lgan kasallik

Mikroiqlim-yer yuzasining chelangan qismidagi uni o'rab turgan hudud Musson-dengiz va okean atrofida yozda quruqlikka, qishda esa quruqlikdan dengizga yo'naladigan havo o'qimi.

Adabiyotlar

Ismoilov M. N bolalar o'smirlar gigienasi.

Azizov S. S Raning R. S Salohiddinov R. D

Qambarov Sh. K gigiena Toshkent o'qtuvchi 2003.



Mavzu: Suv Gigiyenasi. Aholini suv bilan ta'minlash.

Reja :


1.Suvning gigiyenik va epidemik ahamiyati.

2.Suvni tozalash va zararsizlantirish.

Gigiyenik nuqtayi nazardan toza suv - hayot manbai , salomatlik hisoblanadi suv inson hayoti hayvonat va o'simlik dunyosi uchun muhim ahomiyatga ega bo'lgan tashqi muhit omillaridan biridir . Suv organizm sharbatlari va chiqindilari tarkibiga kiradi . Suv ovqat mahsulotlarini to'qimalarga tarqatishda teri va nafas yo'llaridan bug' holatida chiqishi bilan tana harorati muvozanatini saqlashda ishtirok etadi.

Shunday qilib, organizmda kuzatiladigan barcha biyokimyoviy reaksiyalar suvli eritmalarda ro'y beradi. Suv ichishni to'g'ri tashkil qilishda sutkali ovqat tarkibida qancha suyuqlik borligini nazarda tutmoq zarur. Masalan sutda87% yangi sabzavot va mevalarda 96% kartoshka va go'shtda 75% nonda 47% gacha suv bo'ladi. Suvni yoki chanqoqni qondiruvchi ichimliklarni haddan ko'p ichish zararli, chunki bunday holat yurak ishini, ajratish a'zolarining faoliyatini oshirishga olib keladi. Bunda organizmning teri sathidan ko'p miqdorda suyuqlik ajraladi, bu bilan bir qatorda ter bilan organizmdan suvda eriydigan vitaminlar, osh tuzi va mineral tuzlar chiqib ketadi. Suv tuz almashinuviga nisbatan olinganda me'da-ichak yo'li ancha faol bo'ladi. Suyuqlikning ko'proq qismi almashinuviga nisbatan olinganda me'da-ichak yo'li bir kecha kunduzda 8 litr atrofida shira ajraladi, buning ko'p qismi qaytadan so'rilib ajralib chiqqan hazm shiralarining atigi 2 % axlat bilan chiqib ketadi.

Organizmni suyuqlik bilan kun davomida bir tekis muntazam ta'minlash mumkin. Suyuqlikning ko'proq qismi teshlik ovqat vaqtida qabul qilinadi. O'rta Osiyo aholisi yozning issiq kunlarida har xil mevalardan tayyorlangan sharbatlar qatori ko'k choyni xush ko'radi. Ko'k choyning qora choyga nisbatan afzaligi shundaki, u me'daning sharbat ajratish faoliyatiga kuchli qo'zg'ovchi ta'sir ko'rsatadi. Ko'k choy me'dada uzoqroq saqlanib keyinchalik asta sekin buyrak orqali chiqib ketadi.

Odam bir kecha-kunduz mobaynida yoshiga qarab 100 ml dan 3000 ml atrofida suv iste'mol qiladi, jumladan 1200-1300 ml suvni suyuqlik ko'rinishida 1000-1100 ml suvni esa ovqat tarkibida iste'mol qiladi. Oziq moddalarning endogen oksidlanishi natijasida organizmda 300 ml atrofida suv hosil bo'ladi.

Organizmdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 15 kun mobaynida, bolalarda esa 3-5 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib oladi.

Buyrak, o'pka, me'da-ichak yo'li, teri suv almashinuvida faol ishtirok etadi. Atrofdagi havo harorati baland bo'lib turganida 4-5 litrgacha suv ter bilan birga ter orqali chiqib ketadi, shuning uchun suvga ehtiyoj yanada ortadi. Normal haroratda teri orqali 300-400 ml suv ajralib chiqadi. Tashqi muhit sharoiti va ichilgan suyuqlik miqdoriga qarab bir kecha-kunduzda buyrak orqali 0,5 1 dan 2,5 1 gacha suv ajralib chiqadi. Bir kecha-kunduzda chanqoqni bosish uchun iste'mol qilinadigan suv miqdori kishi sarflaydigan energiyaga bog'liq tarzda 2,5-4 1 ni tashkil etadi.

Yo'qotilgan suv miqdorining ortib borishi bilan odam o'zini yomon xis qila boshlaydi. Organizm tarkibidagi 10% suvni yo'qotish modda almashish jarayonlariga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Havo harorati 30 C va undan yuqori bo'lganda 15-20 % suvning organizmdan chiqib ketishi va o'limga olib kelish mumkin.

Aholi yashaydigan joylarni sanitariya madaniyati darajasi suv bilan ta'minlanish sifati va miqdoriga qarab belgilanadi . Aholi jon boshiga suv sarfi qishloq joylarda 40-60 litr , vadoprovad va kanalizatsiya bor, lekin vannasi yo'q binolarda 125-160 litr , bor bo'lsa 160-230 litr , markazlashtirilgan issiq suv ta'minoti tizimi bor binolarda 160-230 litr , yirik shaharlarda 500-1000 litr atrofida bo'ladi.

Toza suv tansiq bo'lgan joyda aholining salomatligi xavf ostida qolishi tabiiy. Demak, suv organizmning fiziologik , gigiyenik talablariga va xo'jalik ehtiyojlariga sifat va miqdor jihatdan to'la javob beradigan bo'lishi kerak . Ichimlik suvining sifati organnoleptik xossasi, kimyoviy tarkibi tarkibi, kasallik tarqatuvchi mikroblar hamda radioaktiv nurlarining bor yoki yo'qligi bilan ifodalanadi.

Suvning organoleptik xossasi - bu suvni organizmning sezgi organlari orqali aniqlanadi bir qancha belgilari, ya'ni uning tiniqligi, rangi, ta'mi, harorati, qattiqligi va hidi bilan baholanadi.

Iste'mol uchun mo'ljanlangan suv ichida organoleptik jihatidan gigiyenik talablarga javob bera olmaydigan , jumladan , loyqa , rangi , badbo'y hidli, achchiq nordon, taxir suv manbalari bor . Bunday suv ko'nglini ozdiradi, chanqoqni bosmaydi, garchi salomatlik uchun xavfli bo'lmasa ham aholi undan foydalanmaydi. Suvning kimyoviy tarkibiga ko'ra , suv manbalaridagi suv bir - biridan farq qilishi mumkin. Mineral tuzlar miqdori ortgan sari suvning ta'mi buzilib , me'da-ichak yo'li hamda boshqa a'zolar faoliyatiga salbiy ta'sir etadi. Ba'zi tuzlar , masalan, nitrit, florid ma'lum miqdorda zaharli ta'sir ko'rsatadi. Shuni alohida qayd etish mumkinki, o'tgan asrning 80-yillari suv manbalarining ifloslanishi bilan ajralib turadi. Unga sanoat chiqindilari, oqava suvlar, shunungdek , qishloq xo'jaligida keng ko'lamda ishlatilgan pestitsid hamda mineral o'g'itlar qoldiqlarini suv manbalariga oqizilishi sabab bo'lgan.

Bu jihatdan tashqi muhut ta'siriga chidamli, kuchli, turg'un, zaharli xususiyatlarga ega, aksariyati xlororganik guruhlarga kiruvchi birikmalarni suvga tushishi katta xavf tug'dirishi mumkin.

Tabiiy suv bir-biridan kimyoviy tarkibi va rninerllanish xususiyatiga qarab farqlanadi.

Tabiiy suv tarkibida erigan tuzlarning umumiy miqdori bir necha 10 dan 1000 mg/1 gachayetadi.

Odam organizmi bir kecha-kunduz \da 20 g gacha mineral moddalarni ichimlik suvidan oladi. Lekin yuqori darajada minerallashgan suvni iste'mol qilgandagi tuz miqdori ovqatlanganda olinadigan mineral tuzlarining 10-30 ni tashkil qiladi.

Respublikamizning ba'zi viloyatlari ( Farg'na, Namangan, Toshkent ) tarkibida xlor-natriy-kalsiy tutgan past radioaktivlikka ega suv manbalari mavjud. Bunday suvlar Farg'ona arteizan havzasining poliogen chiqindilari mavjud. Ular yuqori darajada minerallashgan bo'lib, tarkibida azot, yod ( 30 mg/1 gacha ), brom ( 20 mg/1 ) va boshqa moddalar bor. 800-3000 metr chuqurlikda 7 tagacha suvli qatlam borligi aniqlangan, quduqlardan otilib chiqadigan suvining sarfi sutkasiga 690-730 m ni tashkil qiladi. Shu sababli bu suvlar Chortoq, Gulshan, Chimyon va boshqalar sanatoriyalariyalarda - teri, bod, yurak - tomir, harakat organlari, ginekologik ksalliklarini fizioterapevtik usullar bilan davolashda foydalidir.

Tabiiy suvlar tarkibida mikroelementlarning ko'p yoki kam miqdorda bo'lishi ba'zi surunkali kasalliklarga flyuoroz kiradi. R. D. Gabovich, G. D. Ovrusskiylarning ma'lumotlariga ko'ra, flyuoroz kassaligi suv tarkibida ftorining miqdori 0,7 mg/1 dan ortiq bo'lgan barcha joylarda uchraydi, Flyuoroz kassaligi Rossiyaning ko'pchilik viloyatlarida, Ukraina, Gruziya, Ozarbajon, Moldova, Qozog'izton respublikasida uchraydi.

Ftor miqdorining ko'payishi flyuoroz kasalligining sababchisi bo'lishi bilan bir qatorda, tish kariyesiga qarshi profilaktik omildir.

Suv tarkibida ftorning miqdori 0,5 mg/1 dan kam bo'lganda maktab o'quvchilari orasida kariyes kasalligi ko'paygani qayd etilgan. Shu sababli R.D.Gabovich, A.A.Minx, V.A.Knijnik va boshqalarning tavsiyalariga binoan ichish uchun mo'jallangan suv tarkibida ftorning miqdori o,5 mg/1 gacha yetkazish tavsiya etilgan. Ushbu miqdor sifatida jahon miqiyosida qabul qilingan.

Yod moddasi kam bo'lgan biogeokimyoviy viloyatlarda endemik buqoq kasalligi ko'p tarqalgan. Endemik buqoq kassaligi G'arbiy Ukraina, Volga daryosining yuqori qisimlarida, Uralda, Markaziy va Shimoliy Kavkazda, O'rta Osiyada vodiy qismida, Oltoyda, Uzoq Sharqning katta daryolar bo'ylarida yashovchilarda uchraydi. Suv tarkibida nitratlarning miqdori 10 mg/1 dan oshganda ko'krak yoshidagi bolalar nitrat metgemmoglobbinemiyaning kelib chiqishi aniqlangan.

L.Paster ifloslangan suv epidemiya manbayi ekanligini ilmiy jihatdan asoalagan.

Yuqumli kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar suvda o'z hayot faoliyatini saqlab qolish xususiyatiga ega bo'lsa, bunday suv iste'mol qilgan odam yuqumli kasallik bilan og'rishi mumkin.

Ich terlama, ichburug', vabo, leptospiroza, tulyaremiya, brutsellyoz, Botkin kassaligi va boshqa enterroviruslar suv orqali yuqadi. Bu kassaliklarning qo'zg'atuvchilari suvga bemor va batsilla tashuvchilarning ajralmalari tushganda hamda suvga yuqumli chiqindisi va har xil chiqindilar tushishi tufayli ro'y beradi. Epidemiologik jihatda ochiq suv havzalari ayniqsa xavotirli hisoblanadi.

Ommaviy cho'milish, kemalar suv havzalariga tashalanishi, qirg'oqlarga axlat to'kilishi va ularning yomg'ir suvi bilan yuvilishi, suv havzalarida kir yuvish, hojatxonalarning yer osti suvlariga tasiri, iflos chelaklardan quduqlarga pathogen mikroorganizmlarning tushib qolishi ham suvning zararlanishiga sabab bo'ladi.

Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf tug'diradi. Shubhali, ochiq suv havzalarida cho'milish va mevalarni chayish ham xatarli hisoblanadi. 1950 - yillardan, boshlab suv manbalarining sun'iy radioktiv izotoplar bilan ifloslangani aniqlana boshlandi, bunday izotoplar ayrin a'zolarda kumulatsiya qilishi natijasida nur kasalligiga sababchi bo'lishi mumkin.

Yuqorida aytib o'tilgan aholining yetarli miqdorda gigiyenik talablarga javob beradigan toza suv bilan ta'minlash, aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish muhim sog'lomlashtirish tadbirlari hisoblanishidan dalolat beradi.

Aholining turmush - xo'jalik maqsadlarda ishlatiladigan suv quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi kerak :


  1. kimyoviy tarkibiga ko'ra zaharsiz bo'lishi.

  2. yaxshi organoleptik xsusiyatlarga va kishini tetiklashtimvchi haroratga ega bo'lishi, tiniq, rangsiz, ta'msiz va hidsiz bo'lishi.

  3. tarkibida pathogen mikroblar va boshqa kassaliklarning qo'zg'atuvchilar bo'masligi, ya'ni kasallik manbai bo'lib qolmasligi lozim.

  4. tarkibida radioktiv moddalar ruxsat etilga ko'p bo'lmasligi kerak.

Suvning sifati ko'p jihatdan suv manbayining sanitariya holatiga bog'liq.

Shuning uchun ham suv manbalariga baho berishda uning atroflari sanitariya - topografik jihatdan tekshiriladi. Bundan maqsad tuproqni ifloslovchi manbalarni aniqlash, suvni olish inshootlarrini tekshirish, laboratoriya tekshuruvi uchun suv oladigan joyni aniqlash. Bundan tashqari, bu suv mannbayidan foydalanuvchilar orasida qanday kassaliklar uchrashini aniqlash tumandagi epidemiologikahvol bilan tanishish lozim. Bunda, asosan, aholi va uy hayvonlari orasida uchraydigan, orqali tarqalish mumkin bo'lgan kasalliklar o'rganiladi. Shunday qilib, sanitariya - topografik tekshirishlar natijasi bilan laboratoriya natijalari qiyoslanib, suv manbayi va suv gigiyanik nuqtayi nazaridan baholaniladi.

Aholiga vodoprovot bilan ichimlik suviga qo'yiladigan gigiyenik talablar amaldagi standartda o'z ifodasini topgan. Suv sifatining standard belgilangan meyoriga muvofiqligi vodoprovod tarmog'idan olingan suvni sanitariya nuqtayi nazaridan tekshirish yo'li bilan aniqlanadi. Suvning kimyoviy sifati suv manbalarining organik moddalar va ularning parchalanish mahsulotlari bilan ifloslanishning kimyoviy ko'rsatkicklari aniqlanadi.

Bu birikmalarning suvda bo'lishi suv yo'lidagi tuproqning ifloslangannini va ana shu moddalar bilan bir qatorda suvga patogen mikroorganizmlar tushib qolishi mumkinligini bildiradi.

Ayrim hollarda har bir ko'rsatkich o'ziga hos tabiatga ega bo'lishi, masalan, organik moddalar o'simliklardan kelib chiqan bo'lishi mumkin. Shunung uchun suvda bitta emas, balki bir nechta ifloslanish ko'rsatkichlari bo'sa hamda bakterial ifloslanish ko'rsatkichlari, masalan, ichak tayoqchasi topilsa va bu suv manbayi sanitariya jihatdan tekshirilganda tasdiqlansa, bunday suv manbayini organik birikmalar bilan ifloslangan deb hisoblash mumkin.

Suvning oksidlanish xususiyati uning tarkibida organic birikmalar borligini bildiradi. 1 litr suvdagi organic moddalarning oksidlanishiga ketgan kislorotning mg dagi miqdoriga qarab, suvda organic moddalar bor - yo'qligi to'risida fikr yuritiladi. Artesian suvi birmuncha kam oksidlanuvchanlikga ega.

Odatda, 1 1 suvga 2 mg gacha, shaxta quduqlari suviga 3-4 mg kislorad to'g'ri keladi. Suv oksidlarining shu raqamdan oshishi ko'pincha suv manbayi ifloslanganligini ko'rsatadi.

Suvda amonitli azot va nitratlar paydo qiladigan asosiy manba - bu oqsil qoldiqlari, hayvonlar jasati, siydik va najasning chirishi buzilishi. Bunday ko'rsatkich " oqsil uchligi " deb ataladi. Suv yangigina organic chiqindilar bilan ifloslanganda, unda ilgak bo'lmagan ammoniy tuzlarni miqdori 0,1 - 0,2 mg/1 dan oshib ketadi. Nitritlarning 0,002 - 0,005 mg/1 dan oshiq bo'lishi ifloslanishning muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Nitratlat ammoniy tuzlar oksidlanganda paydo bo'ladigan oxirgi mahsulotdir. Suvda ammoniy tuzlari va nitratlarning bo'lishi unga oldinroq azot tutuvchi maddalar tushib, allaqachon minerllashishga ulgurganligini ko'rsatadi. So'nggi yillarda azot tutuvchi o'g'itlar ko'p bo'lishi kuzatilmoqda.

Suvning sifati " qiya " kimyoviy usul bilan aniqlash " oqsil uchligi " bilan bir qatorda, suv tarkibidagi xloridlar miqdorini aniqlash ham kiradi. Suv manbalari fermer va aholi chiqindilar bilan ifloslanganda suv tarkibidagi xloridlar miqdori oshob ketishi mumkin. Shuni yodda tutish kerak, xloridlarning suvdagi miqdori sho'xkor tuproqlar, ya'ni noorganik xloridlarning hisobiga ham ko'tarilishi mumkin. Aslida xloridning miqdori 250 - 350 mg/1 dan oshmasligi kerak.

Yuqorida keltirilgan gigiyanik ma'lumotlarga asoslanib, ichimlik ikkita GOST qabul qilingan.

GOST 950 - 2000 " ichimlik suvi " vodoprovod suvi bo'lib, u aholi ehtiyoji, uy - ro'zg'or, madaniy - maishiy, davolash - profilaktika korxonalari, bolalar muassasalari, ovqatlanish tarmoqlari, shaxsiy gigiyena va boshqa ehtiyojlar uchun mo'ljanlangan.

Ichimlik suvining xavfsizligini ta'minlovchi standart GOST 950 - 2000 bo'yicha uch qisimdan iborat.

1. Organoleptik xususiyatlari:

A 20 C da suvning hidi 2 balldan yuqori bo'lmasligi;

B 20 C ta'mi 2 balldan yuqori bo'masligi;

C Rangi 20-25 C da ko'p bo'lmasligi;

D Loyqaligi 1,5-2 mg/1 ko'p bo'masligi;

E Suv tarkibida ko'zga ko'rinadigan har xil mayda jonivorlar bo'lmasligi va

suzib yuruvchi quyqalar bo'lmasligi kerak.

Suv tarkibida suvning organoleptik xususiyatlariga ta'sir qiluvchi mineral tuzlar bo'lmasligi kerak. Quruq qoldiq, 1000 - 1500 mg/1 dan ko'p bo'lmagan, sulfat miqdori 400 - 500 mg/1 gacha, xloridlar - 250 - 350 mg/1 gacha umumiy qattiqligi 7-10 mg ekv/1 dan oshmagan temiring miqdori 0,3 -1,0 mg/1 gacha, lekin na'zan foydalanish mumkin bo'lgan yer osti suvlarida marganes miqdori 0,1 mg/1 gacha rax 3 mg/1 mis 1 mg/1 gacha bo'lishi kerak.

Suvning sifatini yaxshilashda ishlariladigan birikmalar uning organoleptik xususiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi kerak ( aktiv xlor qoldig'i 0,2 - 0,5 mg/1 dan ko'p bo'masligi, " xloraminili " xlor qoldig'i 1 mg/1 dan oshmasligi alumin qoldig'i 0,2 - 0,5 mg/1 gacha, tripolifosfat 3,5 mg/1 gacha sulfat 400 - 500 mg/1 gacha, pH 6-9 atrofida ).

1. Suvning kimyoviy ko'rsatkichlari GOST 950 - 2000 da quyidagi moddalarga me'yorlar belgilaydi:

A tabiat suvlarida uchraydigan moddalar, masalan, ftor VI iqlim sharoitida 0,7 mg/1 dan ko'p bo'lmagan, stronsiy 7 mg/1 gacha, molibden 0,25 mg/1 gacha, qo'rg'oshin 0,03 mg/1 gacha bo'lishi kerak ;

B GOST 950 - 2000 da ko'rsatilmagan, lekin sanoatda qishloq xo'jaligi hamda aholidan chiqadigan chiqindi suvlar tarkibida bo'lishi mumkin bo'lgan kimyoviy birikmalar miqdori Sog'liqni saqlash vazirligi hamda sog'lomlashtirish maqsadlarida mo'ljanlangan suvlar tarkibidagi moddalar ruxsat etiladigan miqdordan oshmasligi bilan bir qatorda radioaktiv moddalar miqdori sanitariya - toksikologok belgilar bilan organoleptik talablarga to'la javob berishi kerak.

3. Suvning epidemiologic jihatidan xavfsizligini bildiruvchi ko'rsatkichlar :

A koli - indeks 1000 ml suvda 3 dan ko'p bo'magan ;

B bakteriya kolobiyasining umumiy sini 1 ml suvda 100 dan ko'p bo'lmasligi kerak

D esgerixiyalar ( yangi ifloslanish ko'rsatkichi ) 300 ml suvda umuman bo'lmasligi kerak.

Suv manbayi GOST 950 - 2000 talabiga javob bermasa sanitariya qonunchiligi GOST 950 - 2000 " Markazlashgan suv manbayidan aholini xo'jalik ehtiyojlari va ichish uchun suv bilan ta'minlash " va " Ochiq suv manbalarini chiqindi suvlar bilan ifloslanishidan saqlash qoidalari " kuchga kiradi. Shaxta usulida olingan yer osti suvlariga gigiyenik baho berishda quyidagi me'yorlardan foydalaniladi.

Ishlov bermay, to'g'ridan-to'ri ichish uchun bo'lgan quduq suvining sifatiga baho berishda uning tarkibidagi organik moddalar va uung parchalanish mahsulotlari ( ammoniy tuzlar, nitrit, nitratlar ) bilan ifloslanishning kimyoviy ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.

Suv manbalari yog'in suvlar, yer osti va chiq suv havzalariga bo'linadi.

Yog'in suvlardan xo'jalik hamda ichish uchun faqat o'zga suv manbalari bo'lmagan joylarda foydalaniladi.

Yog'in suvlari tarkibida tuzlar kamligi tufayli juda yumshoq bo'ladi.

Atmosfera havosi toza joylarda yog'in suvlari tarkibida organik moddalar patogen mikroblar ko'p uchraydi. Lekin sanoat shaharlarida yog'in suv tarkibida har xil kimyoviy birikmalar organik moddalar, radioaktiv elementlat va hokazolar ko'p bo'lishi mumkin.

Yer osti suvlari. Qor-tomg'ir suvlaridan bug'lanib, qayta havoga ko'tariladi, bir qismi ochiq suv havzalariga qo'shiladi, boshqa qismi yerga shimiladi. Suv o'tkazmaydigan jinslar ( loy, granit, yaxlit, ohaktosh ) ning birinchi qatlami ustida to'langan suv yer osti suvoning birnchi qatlamini hosil qiladi va mana shu yer osti suvi deb ataladi.

Mahalliy sharoitlarga ko'ra yer osti suvi 1 - 2 m dan to bir necha o'n metrgacha balandlikda bo'ladi. Suv o'tkazmaydigan qatlam qiyaligi bo'ylab yer osti suvi balanddan oqadi ; tabiiy tuzilish jarayonida muallaq zarrachalar va mikroblardan tozalanib, mineral tuzlar bilan boyiydi. Yer osti suvlar tiniq, sezilar- sezilmas rangli tuzlar, yer osti suvlarining joylashish chuqurligi ortib borishiga ko'ra tartibdagi miqdori ham oshib boradi. Mayda donli jinslar bilan qoplangan joylardan, 5 - 6 m cuqurlikdan boshlab, yer osti suvida deyarli mikrob bo'lmaydi.

Tuproq axlat va chiqindilar bilan ifloslangan joylarda yer osti suvining kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar bilan zararlanish xavfi tug'iladi. Tuproq qancha chuqur ifloslangan va yer osti suvlari qancha yuzada bo'lsa, bu xavf shuncha ortib boradi.

Yer osti suvlari suv o'tkazmaydigan jinslar qatlami ostidagi bo'shliqqa o'tishi va qatlamlararo suv havzalarini hosil qilishi mumkin. Qatlamlararo suv 15 m dan bir necha yuz metr chuqurlikgacha bo'ladi.

Qatlamlararo suv odatda gigiyenik talablarga to'la javob beradigan mineral tarkibga ega bo'ladi. Tarkibda tuz ko'p, juda qattiq, achchiq - sho'r, ftor, temir, vodorod sulfite yoki radioktiv moddalarga boy bo'lgan suvlar ham uchraydi.

Qatlamlararo suv yer ostida oqib turishi, usti esa suv o'tkazmaydigan bir yoki birnecha qatlamlar bilan qoplanganligi tufayli ( bu qatlamlar suvni saqlanishidan asrab turadi ) bacterial jihatidan tozaligi bilan ajralib turadi va odatda, qaynatmasdan ham ichsa bo'ladi. Qatlamlararo suv doimiy yoki katta ( soatiga 1 dan 2000 m gacha va bundan ko'proq ) debitga egaligi, shunungdek sifati yaxshi bo'lganligi vodoprovod tarmoqlarini suv bilan ta'minlaydigan eng yaxshi manba hisoblanadi.

Yer osti suvi yer yuzigi o'z - o'zidan chiqishi mumkin. Bular buloqlardir. Relyef tushganda yer osti suvini saqlab turadigan qatlam yorilsa, yer osti suvi ham qatlamlararo suv ham yer yuziga oqib chiqishi mumkin. Ko'p hollarda buloq suvining sifati yaxshi bo'ladi.Yer osti suvidan foydalanishda uni ifloslanishidan saqlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak :


  1. Quduq bor joyda o'sha yerning relyefidan yuqori va tuproqni ifloslantiradigan manbalardan iloji boricha uzoroqda bo'lishi, u botqoqlanib qolmasligi yoki toshib ketmasligi lozim. Quduq atrofidagi maydon tuprog'ini ifloslanishidan muhofaza qilish lozim.

  2. Quduq yoki kaptaj devori suv o'tkazmasligi kerak. Yer yuzasidagi suv suv saqlanadigan qatlamga yoki qudduqa devori orqali sizib o'tmasligi uchun quduq duvorini yuqori qismi qismi atrofiga paxsa kamar qilinadi.

3. Quduq yoki kaptajning og'zi berk turishi va unga iflos narsalar tushushiga yo'l qo'ymaslik kerak.

Tajribalar shuni ko'rsatadiki yer usti suvlari tuproqdan filtrlanib o'tgandagiga nisbatan quduq yomon qurulgan, usti ochiq yoki har kim chelagida suv olganda mikroblar bilan ko'roq zararlanar ekan.

Qishloq joylarida shaxta quduqlari quriladi. Bunday quduqlar uni ifloslantirishi mumkin bo'lgan manbadan uzoqda quriladi. Quduq ko'vlanganda ikkinchi suvli qatlam (30 m chuqur ) gacha yetib borishi kerak. Shaxta qudug'ining tubi ochiq qoladi, yon tomonlari beton halqa yoki yoriqsiz yog'och bilan mahkamlanib chiqiladi. Quduq og'zi atrofidagi devor yer sathidan kamida 0,8 m baland turishi zarur. Paxsa kamar qilish uchun quduq atrifini chuqurligi 0,7 - 1 m qilib ko'vlanadi va yaxshi pishitilgan loy bilan to'ldiriladi.quduqning yer usti qismi atrofida paxsa kamar ustiga 2 m radiusda qum solinadi va quduqdan suv olganda to'kiladigan suv oqib ketishi quduqdan atrofida qarab nishab qilib tosh g'isht yoki beton yotqiziladi. Suv chiqarishning eng yaxshi usuli - nasosdir. Nasos o'rnatilganda quduq " og'zi " berkitilgan bo'lib tashqaridan ifloslanmaydi. Chig'ir g'altak yoki chaqar yordamida suv olinadigan quduqlar og'zi qopqop bilan berkiladigan bo'lishi kerak. Hamma suv oladigan quduqlar atrofi 5 m radiusda g'ov bilan o'raladi.

Yer ostida suv olish uchun shaxta quduqlaridan tashqari har xil tipdagi quvur quduqlardan foydalaniladi. Bunday quduqlarning afzaligi shundagi, ular har qanday chuqurlikda bo'lishi mumkin, suv esa nasos bilan yuqoriga chiqariladi. 6 - 8 m chuqurlikda joylashgan debiti soatiga 0,5 - 1 in ga yetadigan yer osti suvlari bo'lgan joylarda diametri kichik bo'lgan quvur quduqlar quriladi. Chuqur quvur quduqlardan oziq - ovqat, va sanoat korxonalar, sut - Tovar fermalari, xo'jalik va aholi yashaydigan joylar vodoprovodlarini suv bilan ta'milashda foydalaniladi.

Barcha ochiq suv havzalari qor - yomg'irdan va aholi yashaydigan joylarda oqib chiqadigan qor suvdan ifloslanib turadi. Aholi yashaydigan joylarga yaqin joylashgan hamda sanoat korxonalaridan chiqadigan suvlar kelib quyiladigan suv havzalari ayniqsa kuchli ifloslanadi. Barcha ochiq suv havzalarining suvi epidemiologik jihatdan xavfli hisoblanadi.

Suvi qomaydigan yoki bir oz oqadigan suv havzalarining xususiyati shundan iborat, ular yozda gullaydi, ya'ni havzalarda suv o'tlari zo'r berib o'sa boshlaydi. Suv bo'ylab ketadigan va suv o'tlarining inson salomatligi uchun zararli modda ajratishi isbotlangan.

Suvning sifatini yaxshilash - bu suvning mikroblardan suvga rang beruvchi gummin birikmalardan, har xil quyqalardan, tuzlardan ( kalsiy, magniy, temir, marganes, ftor va boshqa tuzlardan ), qo'llansa hid beruvchi birikmalardan zaharli va radioakliv moddalardan holi qilishini nazarda tutadi.

Orol dengizi cho'l zo'nasida joylashganligi tufayli undan bug'lanadigan suv hajmi dengizga quyiladigan daryo yog'in va yer osti suvlari miqdoridan ortiqdair. Buning ustiga sug'oriladigan maydonlar sathi keskin ortganligi tufayli orolga kelib tushadigan suv miqdori kesgin kamayib ketadi.

Savollar:


  1. Mikroblar sonini aniqlashda bakterologik analiz uchun suvdan namula olinadima?

  2. Suvning rangi suvni organoloptik xossasini belgilaydimi ?

  3. Suvning ta'mini stakandagi suvning yanidan qarab bilsa bo'ladimi ?

  4. Suv tarkibida ftor elementining normadan ko'p bo'lishi suvning qattiqligiga sabab bo'ladimi ?

  5. Suv tarkibida temir moddasining normadan ko'p bo'lishi flyuoroz kassaligiga olib keladimi ?

  6. 10 1 suvga 100 ml 10% li xlorli ohak eritmasi qo'shilsa, necha foizli xlorli ohak eritmasi hosil bo'ladi ?

TAYANCH IBORALARI: Mikroblar soni - 1 ml suv tarkibida aniqlangan mikroblar soni Koli - titr - eng kam miqdorda suvda bo'lgan ichak tayoqchalarining soni Koli - indeks - 1 1 suvdagi ichak tayoqchalarining soni.

1   2   3   4   5   6   7   8


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə