O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Olmazor Tibbiyot Kolleji «Umumiy gigiena va ekologiya»




Yüklə 355.34 Kb.
səhifə1/8
tarix22.02.2016
ölçüsü355.34 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi

Olmazor Tibbiyot Kolleji


«Umumiy gigiena va ekologiya »

fanidan

ma’ruza matni

1. Umumiy gigiyenasi va ekalogiya faninig vazifasi, rivojlanish tarixi. 2. Xavo gigiyenasi 3. Suv gigyenasi axolini ichimlik suvi bilan ta'minlash. 4. Ichimlik suvini ta'minlash, axolini markazlashgan suv bilan ta'minlash. 5. Tuproq gigiyenasi. 6. Axoli yashaydigan joylarni chiqindilardan tozalash. 7. Turar j oylar gigiyenasi 8. Ovqatlanish gigiyenasi. 9. Ovqatdan gigiyenasi. 10. Shaxsiy gigiyena 11. Shaxsiy gigiyena. 12. Mexnat gigiyenasi. 13. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi. 14. H.Davolash va profilaktika muassasalar gigiyenasi 15. Ekologik tarbiya va ekalogiya madaniyati.



"Gigiyena" fanidan qo'llaniladigan adabiyotlar:

Azizov M.A, Solixodjaev S.S, Qambarov SH.K.-"gigyena ,Toshkent, 0'qituvchi"-2003 yil Рабочив Р.Д -"Gigiyena" Изmepob H.Ф, Kmpиjiob B.Ф, Tpaxмaн н.H.- "Kommunal gigiyena", Moskva Ismailov M.N-"Bolalar va o'smirlar gigiyenasi", Toshkent. Ibn Sino nashiriyoti-matbuaa birlashmasi. 1994-yil

Umumiy gigiyena va ekalogiya fanining vazifasi rivojlanish tarixi.

Reja.



  1. Gigiyena fanining sog'liqni saqlashdagi vazifasi.

  2. Tashqi muhit bilan odam organizmdagi bog'liqlik.

  3. Ekalogiya-haqida tushuncha

Rivojlangan jamiyatda inson sog'lig'ini muhofaza qilish davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifani hal etishda, jumladan, kassaliklarning oldini olish, sog'lom turmush tarzini yaratishda tibbiyot hodimlari katta kuchdir. Tibbiyot hodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirishlari uchun egallagan nazariy va amaliy bilimlarining o'zi kifoya qilmaydi, buning uchun kasalliklarni oldini olish tadbirlarini o'zida mujassam etgan hamda profilaktik tibbiyotga nazariy asos bo'la oladigan bilimlarni ham egallashlari kerak. Bunday bilimlarni gigiyena, yani kasalliklarning oldini olish tadbirlarni ko'rish yo'li bilan sog'liqni saqlash va uni yaxshilash to'g'risidagi fan beradi.Gigiyena inson vujudi hamda faolyati bilan atrof muhitning uzviyligini ta'kidlaydi. Muhit sog'lom bo'lmay turib, tananing sog'lig'ini ta'minlab bo'lmaydi. Shu ma'noda gigiyena tibiiy, ijtimoiy muhit- borliqning odam organizmiga ijobiy salbiy ta'siri ham o'rganadi va bu borada tavsiyalar beradi.Tashqi muhit deganda tabiiy omillariga yer, suv, havo, oziq-ovqat va b.lar kiradi.Odam organizmi tashqi muhitning beto'xtov harakatga bo'lgan omillari (kimyoviy, fizikaviy, biologik, radioaktiv ) ta'siriga duch keladi, biroq odamdagi tabiiy moslanuvchanlik xususiyati kasallik kelib chiqishiga yo'l qo'ymaydi. Organizm bilan muhit bilan o'rtasidagi tabiiy muvozanatning buzilishi esa xastalikka zamin yaratdi.Chunki moslanuvchanlik (adaptatsiya) ning chegarasi bor. Demak, gigiyena fani inson sog'lig'i bilan tashqi muhit o'rtasidagi mutanosiblikni saqlashning muhumligini (mehnat va ovqatlanish shart-sharoitlarni yaxshilash, turar joylarni obodonlashtirish va b.) izohlaydi.

Gigiyena tashqi muhit omillarining inson salomatligiga ta'sirini o'rganadigan va olingan ma'lumotlarga tayangan holda tashqi muhitni sog'lomlashtirish, aholi sog'lig'ini mustahkamlashni me'yor va tartib-qoidalarini, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning oldini olish, mehnat qobilyatini oshirish, umrni uzaytirish chora-tadbirlarni ishlab chiqadigan fandir.

Gigiyena fani tavsiyalarni amalyot sanitariya (lotincha sanitas so'zidan olingan bo'lib, sog'liqni anglatadi.) muassasi joriy qiladi.

Sanitariya faolyati orqali gigiyena fani rivojlanadi. Demak, gigiyena sog'liqni saqlash va uni yaxshilash fan bo'lsa, sanitariya va gigiyena qonun-qoidalari asosida amaliy faolyat ko'rsatadigan sohadir.

Har qanday fanning taraqqiyoti ijtimoiy formatsiyalar evalutsiyasi bilan, texnika va madanyat taraqqiyoti bilan uzviy bog'langan. Shu nuqtai nazarda gigiyena tarixi turli davrlardagi ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar ta'sirini aks ettiradigan bir necha bosqichga bo'linadi.

Gigiyena rivojlanish tarixi nisbatan uzoq emas. Gigiyenaga oid bilimlar XIX asrning birinchi yarmida tizimga solinib, mustaqil fan holida birlashtirildi. Biroq odamlar gigiyena va sanitariyaning ma'lum qonun va qoidalariga qadim zamonlarda ham rioya qilishgan.Tarixiy hujjatlar, san'at asarlari va arxiologik qazilmalar ma'lumotlari va eramizdan ancha ilgariroq sanitariya qonunlarining ba'zi elementlari mavjud bo'lganligidan hamda ma'lum sanitariya chora-tadbirlari amalga oshirib kelinganligidan dalolat berdi.

Qadimgi hind va xitoy qonunlarida (milloddan avvalgi 3000-4000 yillar ) ovqatlanish va kundalik rejim, mehnat qilish va dam olish tartibi to'g'risida ko'rsatmalar bor. Ulardan badanni toza tutish zarurligi gapirib o'tiladi, murdalarni ko'mish qoidalari ma'lum qilinadi va hokazo. Eramizdan 1500 yil ilgari Misrda axlatlarni yo'qotish va botqoqliklarni quritish ishlari uyushgan holda o'tkazilgan, sug'orish sistemalari va vodoprovodlar barpo etildi.

Asriy axlatlarni tozalash ishi dastlab 1609 yilda Parijda o'tkazilgan va 1780 yilga kelib axlatni ko'chaga tashlash odatiga qarshi kurashishga kirishilgan. Ichki kiyim va choyshab ko'rpa jildlari XVIII asrgacha noyob ashyo bo'lib, bitliqlilik juda keng tarqalgan, hatto qirol honadoni idishi Yevropada taxminan XVI asrda paydo bo'lgan.

XIX asrning o'rtalarida biologiya, kimyo va fizika fanlarining gurkirab rivojlanishi gigiyena taraqqiyotida ham yangi davrni boshladi. Bakteriologik va fizik kimyoviy tahlil usullari gigiyenaga ham kirib keldi, aholi istiqomat qiladigan hudud va uy-joylar sanitariya holatini sog'lomlashtirish, ovqatlanish gigiyenasi, me'yor va talablarni asoslashda qo'llanila boshladi. Bu gigiyena eksprimental yo'nalishning ibdidori bo'ladi.

Pettenkoferning zamondoshi va hamkori- fiziolog Foytning ovqatlanish fiziologiyasi va gigiyenasi sohasidagi ishlari, ayniqsa qimmatlidir. Petterkomferning izdoshlari Rubner va Flugge havo, tuproq, suv, turar joy va kiyim-kechakka sanitariya nuqtayi nazarida baho berishning gigiyenik me'yorlarini ishlab chiqdilar.

l. Kvartiraning tuzilishi, xonalarning tarkibi ularning katta kichikligi. 2.1shlatiladigan qurilish materialllari va binoning ayrim qismlari konstruktiyalariga 3.Yoriti sh, isitish,venti lyatsiyaga 4. Turar joyni sanitariya jihatidan yaxshi tutishiga bog'liq

Hozirgi vaqtda yangi turar joy binolarini loyihalashda harbir oilaga alohida kvartira prinsipi amalga oshirilmoqda, bunda bitta honada istiqomat qilish zichligi ikki kishidan oshmaydi, Shunga ko'ra ko'pchilik kvartiralarning maydono 18 dan 45m2 gacha loyihalanadi. Bu maydon 2-5 kishilik oila uchun kifoya qiladi,chunki tadqiqotlarning ko'rsatishicha bir kishi uchun 9m2 turar joy maydoni minimal norma deb hisoblash mumkin. Xonasining balandligi 2,5-3,2 m bo'lgan bunday maydon odam uchun yetarli. Kvartira turar joy havosining sofligini, zarur mebelni joylashtirishni bo'sh qoladigan joyni va kvartira xonalarini, kattalar uchun yotoqxona, bolalar uchun xona va ovqat xona qilib gigienik jihatda ajratishni taminlaydi. Hozirgi vaqtda turar joy maydoni taqsimlashda bir kishiga 13,5 m2 o'tish amalga oshirilmoqda, shunda bitta xonada bir kishidan ortiq odam yashamaydigan bo'ladi. Turar joy xonalarini yaxshi tabiiy va suniiy yoritish eng muhim gigienik talablaridan hisoblanadi.Turar joyni ratsional yoritish ko'z-ko'ruv funksiyasini yaxshilaydi, odamning ish qobiliyatini oshiradi. Xonalarni sanitariya jihatdan yaxshi tutishga imkon beradi.

Yoritish deganda yoritiladigan yuzaga tushadigan nur oqimining zichligi tushuniladi.. Yoritish birligi qilib lyuks qabul qilingan.

Tatqiqotlarning ko'rsatishicha oq va bir oz sarg'imtir yoruglikda ishlaganda ko'zga zo'r kelmaydi. Ko'zning zo'riqib ishlashi yoki ranglarni bir biridan ajratish talab etiladigan xonalarda oq yorug'lik yoritish avzalligi katta .

Turar joy xonalarini yetarli tabiiy yorug'lik bilan tamillash turar joylar gigiyenasinig asosiy vazifasidir. "Quyosh tushmaydigan xonadonga vrach ko'p keladi " degan qadimgi maqoldan, quyosh nurining salomatlik uchun foydasini halq allaqachon payqagan. Quyosh kuchli yorug'lik manbayi hisoblanadi. Havo ochiq kunlarda atmosferada tarqalgan quyosh nuri bilan yoritilish 25000-50000 Ik ga yetadi. Hatto havoda bulut bo'lgan qish kunlarida ham yoritilish 700-1500 lkdan pastga tushmaydi. To'g'ri qurilgan binolarda honalarni yoritilganligi tashqi yoritilishning qariib 1% tashkil etadi, yozda u 230- 500 lk ga yetadi. Kunduzgi yoruglikning yahshi tushishi uchun derazalar maydoni xonalar maydoniga mos tushishi kerak .Shuning uchun honalarning yoritilishiga baho berishda geometrik usul eng tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda yorug'lik koifsenti yani derazalar oyna solingan maydoni pol maydoniga nisbatan hisoblab chiqariladi.

Yorug'lik koifsenti tasirda ifodalanib, surati derazalar oyna solingan maydonning mahraji esa pol maydonining kattaligidir . Yoruglik koifsenti nechog'lik katta bo'lsa yoritish shunchalik yahshi bo'ladi. Turar joy oynalari uchun yorug'lik koifsenti l,6-l,8 dan sinif va kasalxona palatalari uchun 1,5 -1,6 aperatsiya xonalari uchun 1,2-1,3 karidorlar, zinapoyalar, yo'laklar uchun 1,2 -1.15 dan kam bo'lmasligi kerak. Biroq yorug'lik koifsenti yana joining yorug'lik iqlimi xonaning ichkariligi, deraza orqali ko'rinib turadigan osmon gumbazi qismining kattaligi devorlarning qanday rangga bo'yalganligi derazalarning xonaning qaysi tomonga qo'yilganligiga bog'liqligi tufayli kunduzgi yorug'lik to'g'risida faqat tahminiy tasavur beradi. Turar joining

- Agrasanoat kompaniya tibbiy vositalarni kamroq qo'llashni ta'minlaydigan chora tadbirlar tuzilishini ishlab chiqish.

- Biosferaning etalon

- Muhit sifatini saqlash

- Yakka tartibda talim turlarini oshirish

Jamiyatimizda inson turmushda sog'lig'i qobilyati mehnat qobiliyati davlat vazifalar kiradi. Meditsina hamshirasi katta ro'l o'ynaydi. Profilaktika sog'lig'ni saqlash prinspidir yani unga sog'liqni saqlash yosh avlodni tarbiyalash, mehnat qobiliyatini oshirish, uzoq umr ko'rish kiradi. Bunday fan gigiyena fanidir .

tabiiy yoritishiga yorug'lik koifsenti bo'yicha baxo berishda bu sharoitlarni qo'shimcha ravishda hisobga olish kerak.

Shulardan bazilarini ko'rib chiqamiz, yaxshi yoritilish uchun osmon gumbazidan yorig'lik tushib turushi shart. Tajriba shuni ko'rsatadiki agar kuzatuvchi deraza qarshisidagi devordan lm masofada stulda o'tirasa u loqal osmon gumbazining kichik bir qismini vertikal bo'yicha 30 sm ko'rish kerak. Yorig'lik xonaning butn ichiga tushib turishi uchun derazaning yuqorisini shiftga yaqinroq qurish, honaning ichi esa poldan hisoblaganda derazaning ikki baravar balandligidan, yani 5-6 m dan oshmasligi kerak.Yoritishning bir tekisligi derazalarning qanday joylashganligi va ular o'rtasidagi orliqning katta kichikligiga bog'liq. Turar joy xonalarida o'rtacha yoritilganlik 30-5-lkdan kam bo'lmasligi, o'qish yoki yozishdan ish joyidagi yoritilganlik esa 150-300 1kdan kam bolmasligi kerak.Yoritish bunday oshirilganda ko'rish o'tkirligi nisbatan kam yaxshilanadi, lekin ko'zning toliqish darajasi ancha pasayadi va hayotiy tonus oshadi. Yoritilganlik maxsus asbob lyuks metr bilan aniqlanadi. Lyuksmetr bolmaganda yoritilishni taxminan hisoblab chiqarish mumkin. Buning uchun shu xonani yoritib turgan hamma lampalarning jami quvvati wattlarda aniqlanib lm pol maydoniga qancha vaqtt to'g'ri kelishini topiladi. Bu kattalikni uchga ko'paytirib Cho'ylanma lampa bilan yoritilganda lyukslarda taxmini yoritilganlik topiladi, lyuksimetr lampalar bilan yoritilganda esa o'nga ko'paytiriladi. Turar joylarning suniiy mikro iqlimi odam organizmi issiqlik almanishuvi va salomatlik uchun qulay sharoitlarni taminlashi kerak. Bu sharoitlar asosan devorlar va binodagi boshqa elemenlarning konstruktiv xususiyatlariga, isitish va ventilatsiya bog'liq.

Havo temperaturasi turar joy xonalari mikro iqlimning eng muhim omili

hisoblanadi.Tekshiruvchilaming ko'rsatishicha o'rtacha va iliq iqlim sharoitida, qishda 19-20 grdus sovuq iqlimda 20-22 gradus eng qulay tempertura hisoblanadi. Haroratning o'zgarishiga 2-3 gradusdan oshmasa, odam xonada yurganida temperatura farqini sezmaydi.Vertikal yo'nalishda temperaturaning poldan 0,1-1,5m balanlikda o'lchanganda 2-3gradusdan ortiq bo'lmaslik. Poldagi past temperatura oyoqlarning sovuq qotishiga axvol yomonlashuviga va shamollashga, ayniqsa bolalarning shamollashishiga sabab bo'ladi. Xonadagi xavo temperaturasining sutkalik almashinuvi ham ahamiyatga ega. Markaziy isitishda u 2-3gradus atrofida, pechka bilan isitishda 4-6 gradus atrofida bo'lishi mumkin. Devorlar va polning ichki satqidagi temperature xonadagi havo temperaturasiga imkon boricha yaqin bo'lishi muhim. Agar tashqi devorlar temperturasi xona havosi temperturasidan 5-6 grdus past bo'lsa, bu holda nur chiqrib issiqlik yoqotish shunchalik ko'payadiki, havo temperturasi normal bolishiga qaramay devorlarning yaqinida odam sovuq qotadi.Tempertura farqi 6 gradusdan ortiq bo'lsa, xona xavosidagisuv bugTari devorga o'tirib qolishi natijasida u namiqadi ko'proq issiqlik o'tkazuvchan bo'ladi va yana soviydi.

Xonadagi havoning aptimal nisbiy namligi 30-60% deb hisoblanadi. Honani isitish honada mikro iqlim vujutga keltirishdan tashqari quydagi gigiyenik talablarga jovob berishi lozim .

U honalar havosini yoqilg' yonganda hosil bo'ladigan hid, tutun , qurun , uglerod uksit, sulfit angidrid va boshqa mahsulotlar bilan ifloslantiradigan manba bo'lib hizmat qilmasligi lozim. Honalar havosi isitgich asboblariga o'irib qoladigan organik chang kuyganda va quruq haydalganda hosil bo'ladigan gazlar bilan ifloslanmasligi kerak. Bu gazlar xonalarning havosini buzadi burun va tomoq shilliq pardasini tasirlantiradi, tomoqning qurib qaxrashiga va bosh og'rigiga sabab bo'ladi. Isitgich honani yoqilg’i vakili bilan ifloslantirmasligi, yong'in chiqish va kuyishish hafini tug'dirmaydigan bolishi kerak .

Isitishning ikki turi mahalliy va markaziy isitish farq qiladi. Mahalliy isitishga pechka va gaz kiradi, bunda yoqilg'i solinadigan moslama va isitgich asbob bir qurilmada bo'ladi. Pechka bilan isitgichning quydagi kamchiligi bor l)isitiladigan honada temperatura bir hilda tarqalmaydi, sutka mobaynida ancha o'zgaradi 2) turar joy havosi tutqun gazlari jumladan uglerod uksit, honalar havosi esa kul va yoqilgT bilan ifloslanishi mumkin. 3)yong'in chiqish hafi bo'ladi. Biroq pechkaning turi to'g'ri tanlanganda takomillashgan konstruksiyalar qo'llanilganda va to'g'ri ishlatilganda sanab o'tirgan kamchiliklar deyarli bartaraft etilishi mumkin. .

Turar joy xonalari, kasal xonalar, siniflar, tomosha zallari kishilar ko'p to'planadigan boshqa joylar havosidagi CO2 miqdori ventilatsiya sifatining va havo sofligining sanitariya ko'rsatgichi hisoblanadi. Havo kubi nechog'lik katta bo'lsa havo almashinuvi shunchalik kamdir Turar joy maydoni no'rmasi 9m yana 2 va hona balandligi 2, 5 bo'lganda havo kubi 22,5 m3 ni tashkil qiladi . Odatda + belgisi bilan havo almashinuvining havo oqimi kirishi bo'yicha soni - belgisi bilan chiqarish bo'yicha soni belgilanadi. Chunchi 1-2 shu honaga 1 soatda martta havo kiritiladi, undan esa hona hajmiga 2 baravar keladigan havo miqdori chiqariladi, degan manoni anglatadi. Bunday ventilatsiya gazlar yoki bug'lar bilan ifloslanadigan hona uchun maqsadga muvofiqdir .Ventilatsiya hajmi deb honaga biro dam uchun soatiga tushishi lozim bolgan havo miqdoriga aytiladi.

Nazorat savollari


  1. Gigiyena fani sog’liqni saqlashdagi ro’li nikalardan iborat?

  2. Tashqi muhit bilan odam organizimidagi o’zaro bog’liqlik nima?

  3. Gigiyena qaysi usullar yordamida tekshirishlar olib boriladi?

  4. Gigiyena fanining rivojlanishiga qaysi omillar xissa qo’shgan?

  5. Orol fojiyasi to’g’risida nimalarni bilib oldingiz?

  6. Sog’liqni saqlash tizimida qanday ishlar qabul qilingan?

Tayanch iboralar

Gigiyena tashqi muhit omillarining inson salomatligiga tasirini o’rgangan aholi sog’liqni mustajkamlashning miyor va qoidalarini ishlab chiqargan mehnat qobilyatini oshirgan, umrni uzaytirish tadbirlarini ishlab chiqargan fandir.



Adabiyotlar

Ismoilov M. N bolalar o'smirlar gigienasi.

Azizov S. S Raning R. S Salohiddinov R. D

Qambarov Sh. K gigiena Toshkent o'qtuvchi 2003.


Havo gigiyenasi.

Reja:

  1. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar.

  2. Atmosfera havosining gigiyenik epidimiologik ahamiyati.

  3. Havoning fizik hossasi.

Havoning inson salomatligi uchun ahamiyati g'oyat katta. Qadim zamon mutafakkir Gippokrat, inson salomatligi va kasalliklari uni o'rab turgan tashqi muhit - havo, suv, tuproq kabilarning xarakteriga bog'liq degan edi. F.F. Erisman iborasi bilan aytganda, odam nafas oladigan havodagi kimyoviy tarkib va fizik xossalarning o'zgarishi uning organizmdagi garmonik muvozanatni,ya'ni salomatligini osongina buzish mumkin. Havo muhitning ro'li quyidagilardan iborat: havo organizmga zarur kislarodni yetkazib beradi, moddalar almashinuvining gazsimon mahsulotlarini qabul qiladi, termaregulatsiya jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi. Quyosh radiatsiyasi odam organizmiga turlicha, shu jumladan, shifobaxsh ta'sir ko'rsatadi, shu bilan birga u odamga zararli ta'sir ko'rsatadigan zaharli (toksinli) moddalar va mikroblar (zararli gazlar, muallaq holatdagi mexanik zarrachalar, turli mikroorganizmlar) uchun rezurvar hisoblanadi.

Yer yuzasiga tegib turadigan havo qatlami (troposfera) kimyoviy tarkibiga ko'ra gazlarning mexanik aralashmasidan iborat.Atmosfera havosining asosiy tarkibiy qismi quyidagicha: azot (78%), kislorod (21% atrofida), uglerod (IV)oksid (0,03- 0,04%), suv bug'lari inert gazlar, ozon vodorod peroksid (1% atrofida ). Tabbiy yo'l bilan kelib chiqadigan doimiy aralashmalarga kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida hosil bo'ladigan gazsimon mahsulotlar (metan vodorod sulfid va b.lar ), kosmik chang va vulqonlar otilishida havoga tushadigan chang zarrachalar kiradi. Organizmning hayot faolyatida kislarod eng muhim ro'l o'ynaydi, chunki barcha oksidlanish jarayonlari bevosita uning ishtirokida sodir bo'ladi.Odam tinch holatda minutiga 350 ml kislarod sarf qiladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkbida 15-16% kislarod bo'ladi, ya'ni organizm to'qimalari nafas bilan olingan havo tarkibidagi kislarodning taxminan lA qismini yutadi. Nafas bilan olinadigan havo tarkibidagi kislorod miqdori 7-8 % gacha kamayish organizmning islorod bilan yetarlicha ta'minlanmasligiga hamda hayot faolyatining buzulishiga olib keladi. Shuni aytish kerakki, MNS (markaziy nerv sistemasi ) kipoksiyaga, ayniqsa sezuvchandir. Havo muhitida doimo kislarod aylanishi sodir bo'lib turadi, shu sababli uning miqdori atmosferada amalda deyarli o'garmaydi. Kislorod odam va hayvonlarning nafas olishiga, organik moddalaming oksidlanishiga, yoqilg'ining yonishiga va boshqalarga sarf qilinadi. Atmosferadagi kislorod miqdori o'simliklar chiqaradigan kislarod hisobiga tiklanib turadi.o'simliklar kormanat angidrid gazini yutib, undagi uglerodni o'zlashtiradi va ajralib chiqqan erkin kislarodni atmosferaga ajratadi. Suv bug'larining atmosfera yuqori qatlamlarida ultrabinafsha nurlar ta'sir ostida fotokimyoviy parchalanishi ham kislarod hosila bo'ladigan manbadir. Odatiy sharoitlarda (kislarod kirishi cheklangan holatlar: suv osti kemalari, shaxtalar panja joylar va shu kabilar bundan istasno) kislorod yetishmovchiligining bo'lmasligi shu bilan izohlanadi.

Organizm uchun kislorodning havodagi absalyut miqdori emas, balki uning parsial bosimi ahamiyatlidir, chunki kislorodning o'pka alveolalaridagi havodan qonga va qondan to'qimalarga o'tishi parsial bosim farqi ta'siri ostida sodir bo'aladi. Kislorodning parsial bosimi joy dengiz sathidan balandlashgan sayin pasayib boradi.Organizmda fiziologik siljishlar kislorod miqdorining 16-17 % gacha pasayishida kuzatiladi, u 11-134 gacha pasayganda ish qobilyatining keskin kamayishi bilan birga o'tadigan yaqqol kislarod yetishmasligi qayd etiladi; 7-8 % da (PBO 50-60 mm simob ust.) o'lim yuz berishi mumkin. Hozirgi paytda ko'pgina kasallilarning davolashda giperbarik oksigenatsiya (GBO) kislarod terapiyasi metodiqo'llaniladi.Uni barokamerada kislorod miqdori (40-60 %) hamda bosim yuqori bo'lgan havo sharoitida o'tkaziladi. Ushbu metodni qo'llash uchun tez yordam avtomashinalariga o'rnatilgan barotsentlar, barooperatsiyasi xanalari barokameralar quruldi. GBO metodi surunkali arteria gipoksemiya bilan kasallangan, anaerob infeksiyali bemorlarni davolash uchun, o'pka, yurak, tomirlarda operatsiyalar o'tkazishda va boshqalarda qo'llaniladi.

Karbonat angidrid gazining atmosfera havosidagi konsentratsiyasi juda turg'un (0,03-004 %) chunki tabiatda uning aylanish jarayoni to'xtovsiz bo'lib turadi. Korbonat angidrid gazining havoda paydo bo'lishi manbalari organik moddalarning chiqish va parchalanish jarayonlari,uning tuproqdan va mineral manbalardan ajralishi, odamlar va hayvonlarning nafas olishidir. Havodagi korbanat angidrid gazining balansini uning o'simlik,okean dengiz kol va daryolar ochiq sathlari tomonidan yutilishi, atmosfera yog'in sochinlari yuvib ketishi hisobiga saqlanib turadi. Karbonat angidrid gazi miqdorining oshishi (0,06 % dan 1% gacha ) organizmda ayrim funksianal siljishlari keltirib chiqarish mumkinligi aniqlangan. Korbanat angidrid gazi ko'p miqdorda (10-12 %) bo'lganda narkotik tasir ko'rsatishi va o'limga olib kelishi mumkin. Ventilatsiyasi yaxshi bo'lmagan xonalarda ko'pchilik odamlar yig'ilganda karbonat angidrid gazi to'planishi (nafas chiqariladigan havoda u 4,4 % miqdorida bo'ladi) bilan parallel holda hayot faolyatining boshqa mahsulotlari miqdorining oshishi, havo temperaturasi va namligining ko'tarilishi, yengil ionlar sonining kamayishi va mikroorganizmlar miqdorining oshishi kuzatiladi. Agar xona havosida karbonat angidrid gazining miqdori 0,07-0,1 % dan ortiq bo'lsa, havo yoqimsiz hidga ega bo'ladi va organizm funksional holatining yomonlashuvi sodir bo'lishi mumkin.

Ozon gazi atmosfera tarkibida doimo bo'ladi. Uch atomli kislorodning birikuvidan tashkil topgan azon molekulasini gollandiyalik fizik Van Marum aniqlagan. Ozon juda past haroratda qotadi va eriydi, yengil parchalanadi, hidi xlor hidiga o'xshab ketadi.

Ozon bahor va yozda ko'payib, kuzda kamayadi. U 20-25 km balandligi yerni ultrabinafsha nurlardan saqlovchi qavat hosil qiladi.Ozon momoqaldiroq paytida hamda quyoshning ultrabinafsha nurlari ta'sirida shuningdek, juda ko'p suv va qatronli moddalar bug'langanda (dengiz va okean qirg'oqlari, tog' va o'rmonlarda)


atmosferaning pastki qavatlarida oz miqdorda hosil bo'ladi. Atmosfera havosida ozonning me'yorida bo'lishi uning tozaligini ko'rsatadi.Agar havoda ozon gazi 0,02 mg m ga yetsa, kishi organizmiga salbiy ta'sir atadi.

Ozon inson va hayvon hayotida ijobiiy taraflari bilan asqotadi.Ozon insonlarni va hayvonJarni ko'r bo'lib qolishidan asraydi. Gap shundaki, ko'z qobig'idagi to'r pardaga yomon ta'sir ko'rsatadigan ultrabinafsha nurlarni atmosferada tutib qoladi. Ultrabinafsha nurlar odatdagidek ko'proq bo'lsa unda ko'z gavharining faolyati buziladi.Shu tufayli ham Yer yurrasi ustida qalinligi atiga 10 millimetrgacha keladigan ozon qatlami ultrabinafsha nurlarning ma'lum qismini ushlab qoladi, ko'zni anchagina muhofaza qiladi. Agar havoda ozon me'yoridan kam miqdorda oshsa, kishi lohaz bo'ladi. Charchaydi, bosh og'riydi. Agar konsentratsiyasi me'yoridan ko'payib ketsa, ko'ngil ayniydi, burundan qon keladi, ko'zi yallig'lanadi, yurak mushaklarida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi, hatto halokatga olib kelishi ham mumkin.

Azot atmosferasi havosining asosiy tarkibiy qismi bo'lib, odatiy sharoitlarda odam organizmi uchun indiferentdir. Organizm u qon va to'qima suyuqlilarida erigan holatda mavjud bo'ladi, ammo kimyoviy reaksiyalarda ishtirok qilmaydi. Biroq azotning fiziologik roli atmosfera bosimi oshishi bilan o'zgaradi.Bunday sharoitlarida azotning nerv-mushak koordinatsiyasining buzulishini keltirib chiqarishi va narkotik ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. 100 m chuqurlikda 5 daqiqa bo'lgan g'avvoslarda bosh aylanishi, hayajonlanish, eslab qolish qobilyatining susayishi, gallutsinatsiya kabi holler kuzatilgan. Nafas olish uchun geliy-kislorod aralashmasini qo'llash orqali ko'rsatib o'tilgan hodisalarning oldini olishga va tushish chuqurligini oshirishga imkon beradi.

Atmosfera havosining ifloslanishi XX asrning ikkinchi yarmida sanoat ishlab chiqarishi, elector energiyasi iste'moli va motorli transportning har xil turlaridan foydalanishning jadal o'sish sur'atlari bilan ifodalanadigan ilmiy texnika taraqqiyoti davrida ayniqsa, dolzarb masala bo'lib qoldi. Sanoat chiqindilarining sifat va miqdoriy o'zgarishi shaharlar havo basseyning sanitariya muhofazasi masalalarini ko'ndalang qo'ydi.

Atmosfera havosining ifloslanishi aholi salomatligining yomonlashuvi, atmosfera musaffoligining buzilishi va ko'rish uzoqligining kamayishi,o'simliklarning shikastlanishi singari bir qator zararli ta'sirlarni yuzaga keltirishi mumkin.Turar joylar havosi xalq xo'jaligini undustrlashtirish va avtomobil transportining rivojlanishi natijasida turli aralashmalar:zaharli tuzlar uglerod (II) oksid (CO), sulfid gazi (H2S), chang bakteriyalar bilan ifloslanadi. Ifloslanishning asosiy manbalari quyidagilar: sanoat korxonalari (CO; SO; N S va b.lar) TES qozonxonalari (chang mikroorganizmlar ). ko'rsatib o'tilgan zararli aralashmalar aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Sulfide hazi-rangsiz, o'tkir hidga ega. Atmosfera havosining sulfid gazidan ifloslanishning asosiy manbalari metalurgiya sanoati,sulfat kislota ishlab chiqarish, TES larda toshko'mir yoqilishi va boshqalardir.

Sulfid gazi nafas yo'llari shilliq pardaga ta'sir etadi. Sulfid gazi ozroq miqdorda to'plangan joyda uzoq miqdorda to'langan joyda uzoq vaqt nafas olinganda o'tkir respirator kasalliklar, o'pka emfizemasi xronik gastrit kelib chiqishi, uglevodlar va

vitaminlar almashinuvi buzulishi mumkin.Atmosfera havosi sulfide gazining kichik konsentratsiyalari bilan doimo ifloslanadigan shaharlarda yashaydigan bolalarda jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, organizm qarshilik ko'rsatish qobilyatining (rezistentligining) pasayishi kuzatiladi.Sulfid gazi bialn ifloslanish miqdorini kamaytirish uvhun tarkibida ko'p miqdorda oltingugurt saqlaydigan toshko'mir o'rniga oltingugurt miqdori kam toshko'mir ishlatish, atrofni chiqindilardan tozalash tavsiya qilinadi.Atmosfera havosida sulfide gazining yo'li qo'ysa bo'ladigan o'rtacha bir kecha kunduzgi konsentratsiya (YQK) 1-0,00015 mg/1 gateng.

CO2 (is gazi) rangsiz va hidsiz gazdir. Atmosfera havosini uglerod (II) oksid bilan ifloslaydigan asosiy manbalar avtotransport va yirik maetalurgiya zavodlari hosoblanadi. Gaz avtomobillar serqatnov bo'lgan shahar ko'chalarida va sanoat korxonalari (metalurgiya va kimyo zavodalri, temir yo'l ustaxonalri, yirik avtoparklar va shu kabialr) yaqinda uchraydi. Avtotransportning chiqindi gazlari magistralar yaqinda joylashgan turar joylarida va bog'larda ham bo'ladi.

Uglerod (110 oksid organizmda karboksigemoglobinhosil qiladi va shu tariqa to'qimalarga kislarod yetkazilishini buzadi.Nafas olish fermenti bilan birikib,avvalo MNS ning funksional holatiga aks etuvchi gipoksiyani keltirib chiqaradi.Ko'cha harakatini tartibga sioluvchilarda karboksigemoglobinning miqdori normadagi 0,5 foizga qaraganda 3-4 foizgacha ko'payadi.Bu esa uglerod (II) oksidni fiziolagikkumulatsiyaga moyiligi bilan izohlanadi.bosh og'rishi va bosh aylanishiga, lohaslikka olib keladi.Shaharlar atmosfera havosining uglerod (II) oksid bialn ifloslanishini kamaytirishning samarali usullariga avtomobil transportiga suyultirilgan gaz va elector dvigatellarag o'tkazish, gazlarni chiqitga tashlamay oxirgacha yoqadiagn maxsus moslamalardan foydalanish, yer osti o'tish yo'llari havo eskadalari qurush va boshqalar kiradi.

Uglerod (II) oksidning atmosfera havosida yo' qo'yilishi mumkin bo'lgan bir kecha kunduzgi o'rtacha konsentratsiyasi 0,001 mg/1 gateng

Ko'rsatib o'tilgan zaharli moddalardan tashqari, atmosfera havosi yuqori nafas yo'llariga va organizmga zararli ta'sir ko'rsatadigan azot oksidlari, xlor vadarod sulfide va boshqalar bilan ifloslanishi mumkin.

Qo'rg'oshin, ftor kabi ifloslantiruvchi organizmda asta-sekin to'planib unga doimo zararli ta'sir ko'rsatib turish mumkin.

Atmosfera havosi ifloslantiruvchilarning yana bu turi suyuq va qattiq aerozollardan iborat muallaq holdagi modda hisoblanadi. Atmosferaning ifloslanishida chang tutun hosil qiladiagan sanoat manbalar asosiy o'rinni egallaydi .Fizik-kimyoviy nuqtai nazardan chang va tutun aerozollar sisitemasidan iborat bo'lib,undagi muallaq holdagi moddalar gispers faza, atmosfera havosi esa dispers muhit hisoblanadi, bunad aerozollarning aktivligi ularning o'lchami (disperligi) bilan belgilanadi.

Zarrachalarning o'lchami nafas olganda ularning o'pkaga tushish darajasiga ta'sir ko'rsatadi. O'lchami 0,3 mkm bo'lgan zarrachalar o'pkaga tushadi, 1-5 mkm o'lchamdagi zarrachalar esa burun bo'shlig'ida ushlab qolinib, shilliq pardani ta'sirlantiradi va xronik yallig'lanish jarayonlari keltirib chiqaradi. Chang sanoat shaharlarida tepaga ko'tarilar ekan,butun pardasini hosil qiladi, bu esa ikroiqlim

sharoilarini o'zgartiradi, yoritilganlikni kamaytiradi,quyosh radiatsiyasi intnsivligi kuchsizlantiradi.

Changning organizmga zararli ta'siri avvalo uning kimyoviy tarkibiga bog'liq.Chunonchi changda qo'rg'oshin, marganes, ftor, margimush va boshqa moddalar aerozollari bo'lsa,xronik zaharlanish kuzatilishi mumkin.Toksini (zaharli) bo'lmagan chang, asosan, nafas organlarining o'tkir va xronik rinit, laringit, faringit, taxeit va bronxit ko'rinishida zararlanishi keltirib chiqadi.

Atmosfera ifloslanishlari kamaytirishda yashil o'simliklar va atmosfera yog'inlari katta ro'l o'ynaydi.Yashil o'simliklar chang g'uborlarni to'sib qoladi. Atmosfera yog'inlari havodagi ifloslantiruvchilarni yuvib ketadi, yomg'irdan kiyin havoning toza bo'lishi shu bilan izohlanadi.

Atmosfera havosida chang va tutun bilan birga, bakteriyalar ham bo'lishi mumkin.Mikroorganizmlar havoga yo'talganda, aksirganda, gaplashganda va tupoqdan tushadi.Bakterial aerozollarning atmosfera havosidagi turg'unligi meteorologik faktorlar: tamperatura, namlik, atmosfera bosimiga, xonalar ichida esa ventilatsiya bor-yo'qligiga, yig'ishtirish usuliga (ho'l, quruq va b.lar) bog'liq bo'ladi.Havo mikoflorasi odatda qurub qoish, ultrabinashfa nurlarini va boshqa tashqi muhit ommilariga chidamligi bilan ifodalanadigan sarsinalar, mikrokklar, sporali bakteriallardan tashkil topgan bo'ladi.

Xonalar havosi katta gigiyenik va epidemiologik ahamiyatga ega. Havo almashinuvining yetishmasligi, jylarda aholining zich yashashi quyosh nurlarining bakteritsit ta'sirining bo'lmasligi odam nafas yo'llaridan tushadigan mikroblarning to'planishiga sharoit yaratdi. Xonalar havosida ko'pincha gemolitik va aysgil streptokokklar uchraydi, ular miqdorining oshishi boshqa potogen mikroflora ham borligi haqida taxmin qilishga imkon beradi.

Potogen mikroorganizmlar havo-tomchi yo'li bilan o'tadigan infeksiyalar (gripp, ko'kyo'tal, qizamiq va b.lar) yuqish ehtimoli bo'lgan infektsion kasalxonalar va yiringli xirurgiya bo'limlari havosida uchraydi. Tibbiyot hodimlari aksirganda, yo'talganida, suhbatlashganda bakteriallarni nafas yo'llaridan tarqalishini oldini olish uchun ko'pincha do'ka niqoblaridan (yaxshisi 3-4 qavatli) foydalanishadi.

Havoni zararlantirish bakteritsit lampalar (BUV-30) bilan nurlanish yordamida amalgam oshiriladi va intensive harakat bo'lgan paytlarda tanaffus bilan vaqt- vaqtida 30-40 daqiqa ishga tushiriladi.Lampalar zararli ta'sirini oldini olish uchun ularni ekranlashtirish kerak. Operatsiya va bog'lash xonakarida xavoni dizinfektsiyalash operatsiyadan keyingi asoratli sonini ancha kamaytiradi, turar joy va communal binolar havosini bacterial ifloslanishdan saqlash uchun to'g'ri va yetarlicha havo almashinuvi bo'lishi, xonalar ham usuldayig'ishtirilishi hamda kimyoviy preparatlar (propilin-glikol, trietilenglikol va b.lar) yordamida dezinfekstiya qilinishi lozim.

Tashqi muhitning odamga doimiy ta'sir ko'rsatadigan omillariga havoning temperaturasi, namligi, harakati, atmosfera bosimi, havo ionizatsiya kiradi.Shuni ta'kidlash kerakki, bu omillar otmosfera havosi kimyoviy tarkibining barqarorligidan farqli ravishda dinamik (o'zgaruvchan ) bo'ladi va ularning ko'pchiligi organizmga kompleks holda ta'sir ko'rsatadi.

Namlik suv bug'lari atmosferada dengiz, okean, ko'l va daryolardan suvning bug'lanishi natijasida tushadi.Yashash joylari namlikning o'pka va teri yuzasidan ovqat tayyorlanganda, kir yuvganda, qurutganda va boshqalarda bug'lanish qo'shimcha namlik manbayi bo'lib xizmat qiladi.Namlik deganda havoda mavjud suv bug'lari miqdori tushuniladi.Havo temperaturasiga o'xshab namlik ham iqlim zonasi, mavsumga qarab o'zgaradi.Havoda suv bug'larining miqdori ularning elastligi bilan o'lchanadi (simob ustuni hisobiga millimetrlarda) yoki 1 m havodagi suv bug'larining gram miqdorida ifodalanadi.Havoning namlik darajasi absolute, maksimal va nisbiy namlik tushunchilari bilan belgilanadi.

Absolute namlik havodagi suv bug'larini tekshirish paytida simob ustuni hisobiga millemetrlarga o'lchangan elastlikligi yoki 1 1 havodagi suv bug'larining grammlardagi miqdori demakdir.

Maksimal namlik suv bug'larining muayyan temperaturada havo to'liq to'yinganda simob hisobidagi millimetrlarda o'lchangan elastlikligi yoki muayyan temperaturadagi 1 1 havoning suv bug'lari bilan to'liq to'yinishi uchun zarur bo'lgan suv bug'ining grammlardagi miqdori demakdir.

Nisbiy namlik absalut namlikning foizlarda ifodalangan maksimal namlikka nisbati,ya'ni havoning suv bug'lari bilan to'yinishining foiz miqdori demakdir.

Havo harakati sezilmaydiagn namlikni namlikka o'tkazish uchun quyidagi formualdan foydalaniladi

Havo hrakatini O'rta Osiyo iqlimi sharoitida aniqlash muhin gigiyenik ahamiyatga ega. U turar joy, ko'cha binolar atmosfera havosining tibbiy tozalanishini ta'minlaydi.

Havo harorati yuqori bo'lganda shamol ortiqcha issiqlikni haydaydi. Past haroratli sharoitlarda esa shamolning ortiqcha issiqlikni haydaydi.

Sanitariya amalyotida havo yo'nalishi tezligi, asosan, qanotli va kosachali anemometrlar yordamida aniqlanadi.

Atmosfera bosimini simobli, metallik barometrlar hamda barograflar yordamida aniqlash mumkin.

Simobli barometr asbob vertikal holatda o'rnatilib,ustki qismi berk, pastki qismi esa simob solingan kosachaga tutashtirilgan shisha naychadan iborat bo'ladi.Bosimni o'lchashdan oldin simob ustuni maxsus ventil yordamida «0» ko'rsatkichiga tenglanadi. Simobning naycha bo'ylab ko'tarilishi orqali ifodalaydi.

Metalli barometrlar asbob devorlari yupqa metalldan yasalgan quticha shaklida bo'lib quticha ichida bosimni sezuvchi bo'shliq hosil qilinadi.Atmosfera bosimining o'zgarishi tufayli, quticha devorlari ko'tariladi yoki puchayadi.Bunday o'zgarish richag sistemasi orqali siferblatga o'rnatilgan ko'rsatkichni harakatga keltiradi va atmosfera bosima simob ustunini mm larda ifodalovchi raqamlarda belgilaydi.

Barograf (o'zi yozuvchi ) atmosfera bosimini avtomatik holda aniqlash maqsadida o'zi yozuvchi barograflardan foydalaniladi.

Metalldan yasalgan qutichalar asbobni sezuvchi qismi hisoblanadi.

Atmosfera bosimining o'zgarishi tufayli qutichalar shaklini o'zgartiradi, u tortilib, richagni harakatga keltiradi.

  1   2   3   4   5   6   7   8


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə