O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Yüklə 0.95 Mb.
səhifə8/18
tarix20.04.2016
ölçüsü0.95 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18

Sinov savollari


1. Dasturda izohlashlar qanday beriladi?

2. Ta’minlash operatori qanday vazifani bajaradi?

3. Kiritish operatori qanday ko’rinishga ega? Uning ta’minlash operatoridan farqi nimadan iborat?

4. Dasturlashda chiqarish operatoridan nima uchun va qanday foydalaniladi?

5. Tarkibiy operatorlarning asosiy vazifasi nimadan iborat?

Uyga vazifa : Turbo-Paskal chiqli dastur tuzish qoidalarini mukammal o'rganish va ularga doir masalalar tuzish va ularni yechish.

14-ma’ruza

Mavzu: Paskal tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash

Reja:

1. Tarmoqlanuvchi jarayonlar.

2. Shartsiz va shartli o’tish operatori.

3. Tanlash operatori.

4. Tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun dastur.

Darsning maqsadi:


  1. Talabalarda tarmoqlanuvchi jarayonlar dasturlash, uning turlari to’g’risida umumiy va amaliy bilimlarni hosil qilish.

  2. Turbo-Paskal tizimida o’tish va shartli operatorlar, tanlash operatori va ularning uning umumiy tuzilishi to’g’risida mukammal tasavvurga ega bo’lish.

  3. Turbo-Paskal tizimida tarmoqlanuvchi dastur tuzish bo’yicha mustaqil ishlash malakalarini shakllantirish.

Tayanch iboralar: tarmoqlanuvchi jarayon, o’tish va shartli operatorlar, tanlash operatori, tarmoqlanuvchi dastur.

Dars o‘tish vositalari: sinf doskasi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, komputer, ma‘ruza bo‘yicha slaydlar, Turbo-Paskal tizimi .

Dars o‘tish usuli: namoyish dasturiy vositalat ishtirokida, jonli muloqotli ma‘ruza .

Darsning xrono xaritasi – 80 minut.

Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanikishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati 2 minut.

Talabalar bilimini baholash: o‘tilgan mavzuni qisqacha takrorlash, talabala bilan savol javob o‘tkazish - 10 minut.

Yangi mavzu bayoni - 55 minut.

Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash va mustahkamlash 10 minut.

Sinov savollari 5 minut.

Uyga vazifa berish 3 minut.
Ma’ruza bayoni

Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlarida operatorlarning tabiiy ketma-ket bajarilish tartibi buziladi va qo’yilgan shartning bajarilishiga qarab bir nechta tarmoqqa bo’linadi. Hisoblash jarayonida ana shu tarmoqlardan faqat bittasi bajariladi. Bunday jarayonlar uchun Paskal tilida dastur tuzishda shartli o’tish, shartsiz o’tish va tanlash operatorlaridan foydalaniladi.



O’tish operatori. Bu operator hyech imkon bo’lmay qolgan holda dasturning tabiiy bajarilishini buzib, boshqaruvni dasturning boshqa joyiga uzatish uchun xizmat qiladi.

O’tish operatori qo’yidagicha beriladi:

o’tish operatori> :=goto ;

bu yerda goto(..ga o’tish) - operator nomi, nishon - to’rtta raqamdan oshmagan musbat butun son.



Masalan: goto 25 ;

goto 674 ;

Operatorda joylashtirilgan har bir nishon nishonlar bo’limida e’lon qilinishi kerak.



Masalan: label 25, 0, 674;

Paskal tilida o’tish operatoridan foydalanish ma’lum miqdorda chegaralangan: bu operator yordamida hosil qilingan ixtiyoriy operator ichiga o’tish, hamda tanlovchi operatorda bir alternativadan boshqasiga o’tish ta’qiqlanadi.



Masalan: program X;

label 2,98,100,14;

const A = 74;

var y, z, q: real; l:boolean;

begin

readln(z,q);

..................

..................

goto 98;

100 :y:=a + z/q

..................

..................

14: readln(z,q);

..................



2: y:=sqrt(y);

...................



98:l:=false ;

end.

Bu dasturning bajarilishi natijasida goto 98 operatori boshqa-ruvni 98 nishon bilan turgan operatorga uzatadi, oraliqdagi qolgan operatorlar esa bajarilmasdan qoladi.



Bo’sh operator. Bo’sh operator hyech qanday amalni bajarmaydi va dasturning o’rtasidan yoki tarkibiy operatordan chiqish uchun ishlatiladi. Bo’sh operator nishon bilan yoziladi. Masalan, dasturning oxiriga chiqish uchun bo’sh operatori quyidagicha yoziladi: 40: end.

Shartli operator. Shartli operator Paskal tilida tuzilgan dasturda qo’yilgan shartning bajarilishi yoki bajarilmasligiga ko’ra, boshqaruvni berilgan operatorlardan bittasiga bajarish uchun o’tkazadi. Bu operator asosan bizga ma’lum bo’lgan tarmoqlanuvchi algoritmlarni dasturlashda qo’llaniladi, ya’ni bu jarayonda hisoblash jarayonining ketma- ket tartib bilan bajarilishi buziladi va bir nechta tarmoqqa bo’linadi.

Paskal tilida shartli operatorning ikkita ko’rinishi mavjud: to’liq va qisqartirilgan.



To’liq shartli operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha: :=if then < operator > else < operator>;

Bu yerda if xizmatchi so’z bo’lib,"agar" degan ma’noni bildiradi; then -xizmatchi so’z bo’lib "u holda" degan ma’noni bildiradi; else - hizmatchi so’z "aks holda" degan ma’noni anglatadi.

Shunday qilib to’liq shartli operatorning ko’rinishini quyidagicha tasvirlash mumkin:  if B then S1 else S2; Bu yerda B mantiqiy ifoda; S1 va S2 lar operatorlar.

Shartli operator quyidagicha tartibda bajariladi: agar if operatoridan keyin turgan B mantiqiy ifoda chin qiymatni qabul qilsa, u holda S1 operator bajariladi, aks holda ya’ni B ifoda yolg’on qiymatni qabul qilsa, S2 operator bajariladi.

Hisoblash jarayonining bajarilishi bir nechta shartga bog’liq bo’lsa, u holda bu shartlarning hammasini IF operatorida yozish uchun mantiqiy amallar (and, or, not)dan foydalaniladi.



Masalan. a) if x<0 then i:=i+1 else k:=k+1;

b) if (x

v) if a>=0 then y:=sqrt(a+1) else y:=sqr(a);

Ayrim hisoblash algoritmlarini dasturlashda shunday holat mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan shartning bajarilishida ma’lum operatorlar ijro etiladi, aks holda esa hyech qanday amal bajarilmaydi. Bunday holatda shartli operatorning qisqartirilgan ko’rinishidan foydalaniladi:



::=ifthen yoki buni operatorlar yordamida quyidagicha yozish mumkin: if B then S ;.

Bu yerda operator quyidagi tartibda bajariladi: agar mantiqiy ifodaning qiymati chin(true) bo’lsa, u holda S operator bajariladi, aks holda hyech qanday amal bajarilmaydi.



Masalan: if x

Misol. Ixtiyoriy berilgan x va y sonlaridan eng kattasini topish dasturini tuzing.

 program max;

 var x,y,z:real;

 begin read(x,y);

 begin

 if x>=y then z:=x else z:=y;

  write (z) end;

  end.

Shartli operatorlar ichma- ich joylashgan ko’rinishda ham bo’lishi mumkin: if B1 then S1 else if B2 then S2 else S3. Bu yerda B1,B2 - mantiqiy ifodalar, S1,S2,S3 - operatorlar. Bu operatorda if B2 then S1 else S2 ichki operator B1 mantiqiy ifodaning qiymati yolg’on(false) bo’lsa bajariladi.

Ichma- ich joylashgan shartli operatorning boshqacha ko’rinishi quyidagicha: if B1 then if B2 then S1 else S2 else S3;

Ichki joylashgan if B2 then S1 else S2 operator B1 ifoda chin(true) qiymatga ega bo’lsa bajariladi va buni Paskalda quyidagicha yozish maqsadga muvofiq: if B1 then begin if B2 then S2 else S3 end;

Masalan: if d or b then begin if x<0 then x:=2+x end

else begin if x

Misol. Talabalarni test yakunlari bo’yicha baholash dasturini tuzing. (eng yuqori bal x=100).

  program test;

 var x:real;y:string[10];

  begin read(x); if x>=85 then y:='a’lo' else

 begin if (x<85) and (x>=75) then y:='yaxshi'

  else begin if (x<75) and (x>=55) then y:='qoniqarli'

 else y:='qoniqarsiz' end;  end;

 write(y)

 end.

Tanlash (variant) operatori. Algoritmlarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ular uchun berilgan hisoblash jarayonlari ko’p tarmoqli bo’ladi. Bunday hisoblash jarayonlarini Paskal tilida yozishning usullaridan biri bizga ma’lum bo’lgan operatordir. Agar hisoblash jarayonida qo’yilgan shartlar soni ikkitadan ortiq bo’lsa, u holda shartli operatordan foydalanish ancha qiyinchilik tug’diradi. Ana shunday hollarda Paskal tilida tanlash (variant) operatori qo’llaniladi.

Tanlash operatori Paskal tilida hosil qilinadigan operatorlardan hisoblanib, shartli operatorning umumlashmasidan iboratdir.

Tanlash operatori selektorning qiymatiga qarab, dasturda berilgan amallardan birini tanlaydi.



Tanlash operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha:

  ::= case of end.

  Masalan: case c of

  n1:p1;

  n2:p2 ;

  .....

  .....

  nn:pn;

  end

bu yerda c - selektor; n1,n2...,nn - operatorlar nishoni; p1,p2,...pn bajariladigan operatorlar.



Masalan: 1) case i mod 3 of

0: m:=0;

1: m:=-1;

2: m:= 1;

3: m:=1;

end

2) case kun of

dush,zesh,chor,pay,juma:writeln('ish kuni');

shanba,jak:writeln ('dam olish kuni');

end

if B then S1 else S2 shartli operator quyidagi tanlash operatoriga ekvivalent:

case B then

true: S1;

false:S2;

end ;

Masalan: case x<=0 then

true: y:=sqrt(sqr(x)-x+2);

false: y:=ln(x+3);

end

Selektor tanlash nishonlaridan bitta qiymatini qabul qiladi. Qabul qilingan qiymatga qarab nishonlardan bittasiga o’tish amalga oshiriladi va operatorlardan bittasi bajariladi. Agar selektor qiymat tanlash nishonlaridan birontasiga ham mos kelmasa, u holda case operatori aniqlanmaydi, ya’ni dasturning bajarilishida xatolik ro’y beradi.

Masalan: case k of

2: y:= g+1;

4: y:=g*x;

6: y:=g*sqr(x)+h;

8: y:=g*sqr(x)+h*x+1;

10: y:=g*sqr(x+h+1)

end

Misol. Hafta kunlarining tartib nomeri, ularning o’zbekcha, ruscha va inglizcha nomlarini hosil qilish dasturini tuzing.

program hafta;

var i,n: integer;

begin n:=7;

for i:=1 to n do

case i of

1: writeln (I,’- kun-Dushanba- Ponedelnik Monday’);

2: writeln (I,’- kun Seshanba – Vtornik – Tuesday;);

3: writeln (I,’- kun Chorshanba –Sreda – Wenesday’);

4: writeln (I,’- kun Payshanba –Chetverg – Thuisday;);

5: writeln (I,’- kun Juma- Pyatnisa – Friday’);

6: writeln (I,’- kun Shanba – Subbota – Saturday’);

7: writeln (I,’- kun Yakshanba – Voskresenye – Sunday’);

end.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə