O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Yüklə 0.95 Mb.
səhifə7/18
tarix20.04.2016
ölçüsü0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18

Sinov savollar:


1. Paskal tili qanday belgilardan iborat?

2. Identifikator nima va ular qanday hosil qilinadi?

3. Sonlar qanday tasvirlanadi?

4. Paskal tilida qanday amallar mavjud?

5. Qanday standart funksiyalarni bilasiz?

6. Ma’lumotlarning nechta standart turi ishlatiladi?

7. Paskal tilida dastur qanday tuzilgan?

Uyga vazifa : Turbo-Paskal tizimida ifodalar va standart funksiyalar bilan ishlash qoidalarini mukammal o'rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish.


Mavzu: Paskal tilida dasturning umumiy tuzilishi

Reja:

1. Dastur va operator tushunchalari.

2. Paskal tilida dastur va uning umumiy tuzilishi.

3. Paskal tilida oddiy operatorlar.

4. Paskal tilida ta’minlash, ma’lumotlarni kiritish- chiqarish va tarkibiy operatorlar.

Darsning maqsadi:

1.Talabalarda dasturlash, uning turlari to’g’risida umumiy va asosiy bilimlarni hosil qilish.

2. Turbo-Paskal tizimi va uning umumiy tuzilishi to’g’risida mukammal tasavvurga ega bo’lish.


  1. Turbo-Paskal tizimida mustaqil ishlash malakalarini shakllantirish.

Tayanch iboralar: dastur, dastur sarlavhasi, dastur tanasi, operator, buyruq, oddiy va murakkab operatorlar, ta’minlash, kiritish va chiqarish operatorlari, chiziqli dastur.

Dars o‘tish vositalari: sinf doskasi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, komputer, ma‘ruza bo‘yicha slaydlar, Turbo-Paskal tizimi .

Dars o‘tish usuli: namoyish dasturiy vositalat ishtirokida, jonli muloqotli ma‘ruza .

Darsning xrono xaritasi – 80 minut.

Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanikishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati 2 minut.

Talabalar bilimini baholash: o‘tilgan mavzuni qisqacha takrorlash, talabala bilan savol javob o‘tkazish - 10 minut.

Yangi mavzu bayoni - 55 minut.

Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash va mustahkamlash 10 minut.

Sinov savollari 5 minut.

Uyga vazifa berish 3 minut.

Ma’ruza bayoni

Paskal tilida dastur bitta blokni tashkil qiluvchi dastur sarlavhasi va dastur tanasidan iborat bo’ladi (2- rasm). Dastur sarlavhasida program xizmatchi so’zidan keyin dasturning nomi beriladi. Paskal tilida dastur sarlavhasi quyidagicha umumiy ko’rinishga ega: := program ;

Dastur tarkibiga uning ayrim qismlarini bajarilish tartibini tushuntiruvchi izohlashlarni ham kiritish mumkin. Izohlashlar shaklli qavslar ichiga olingan bo’lib, dasturning ixtiyoriy joyida berilishi mumkin.

Dastur tanasi (bloki). Paskal tilida tuzilgan dasturning asosiy qismi uning tanasi- bloki hisoblanadi. Umumiy holda dastur bloki berilishi tartibi qat’iy saqlangan oltita bo’limdan iborat:

  < blok (dastur tanasi)>:=



bo’limi>










Dasturga tegishli hamma ma’lumotlar Paskal tilida mavjud ma’lumotlar turidan hyech bo’lmaganda bittasiga tegishli bo’lishi kerak.

Dasturning blokini tashkil etgan bo’limlar bilan tanishib chiqamiz.

  Belgilarni (nishonlarni) aniqlash bo’limi.  Ixtiyoriy operatorni boshqa operatorlar orasida ajratib ko’rsatish mumkin. Buning uchun bu operatorning oldiga ikki nuqta bilan belgi (nishon) yoziladi. Bunday operatorlar belgilangan (nishonlangan) operatorlar deyiladi. Operator faqat bitta belgi (nishon) bilan belgilanadi va ularning nishonlari har xil bo’lishi kerak. Nishon belgilangan operatorlarning nomi vazifasini bajaradi. Paskal tilida nishon sifatida manfiy bo’lmagan, [0,9999] oraliqdagi butun sonlardan foydalaniladi. Masalan: 67 : Z:= A + B

Dasturda ishlatiladigan har qanday nishon nishonlarni aniqlash bo’limida ilgaridan e’lon qilingan bo’lishi kerak. Bu bo’lim label (nishon) xizmatchi so’zidan boshlanadi. Shundan keyin dasturda nishon sifatida ishlatiladigan butun sonlar beriladi. Bo’sh bo’lmagan nishonlar qismi nuqta vergul bilan tugaydi:

  := label {};



Masalan: label 157,96, 1654;

  O’zgarmaslarni aniqlash bo’limi. Bu bo’lim const xizmatchi so’zidan boshlanib, undan keyin dasturda foydalaniladigan o’zgarmaslar (konstantalar) nomi va qiymati keltiriladi. O’zgarmas nomi bilan uning qiymati ( = ) belgisi bilan bog’lanadi. Bir o’zgarmas boshqa bir o’zgarmasdan (;) belgisi bilan ajratiladi. Hamma o’zgarmaslarni tavsiflash Paskal- dasturining o’zgarmaslar bo’limida berilishi kerak:

  := const < o’zgarmaslarni tavsiflash>;

Paskal tilida o’zgarmas butun, haqiqiy va satrli bo’lishi mumkin. Masalan: const pi=3.14; wt= 5.7654; text='Qiymat x=';

  Turlarni aniqlash bo’limi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Paskal tilida qiymatlarni quyidagicha standart turlari mavjud: integer, real, boolean va char. Dasturlash jarayonida bu standart turlardan tashqari, boshqa qiymatlar turini ham ishlatish mumkin. Bu turlar dasturda ochiq aniqlangan bo’lishi kerak. Foydalanish uchun kiritilayotgan turlarga nom berilishi kerak. Standart turlar esa o’z nomiga ega:

  := = ;

  := /;

Hamma turlarni tavsiflash turlar bo’limida berilishi kerak. Bu bo’lim type (tur) xizmatchi so’zi bilan boshlanadi. Shundan keyin bir-biridan nuqta - vergul (;) bilan ajratilgan turlarni tavsiflash beriladi:   :=type{;}; 



Masalan:

type

mantiq := boolean; hafta:=(dush,sesh,chor,pay,juma,shan,jak);

ischkuni := dush .. shan;

  O’zgaruvchilarni aniqlash bo’limi. Paskal tilida tuzilgan har qanday dasturda albatta o’zgaruvchilar qatnashadi. O’zgaruvchi deganda qiymat qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lgan obyektlar tushuniladi. O’zgaruvchilarning qiymatlari dastur bajarilishigacha ma’lum bo’ladi va dastur bajarilish jarayonida ularga ta’min etiladi.

Dastur tuzish jarayonida har bir o’zgaruvchi o’z nomiga va qabul qila-digan qiymatiga ega bo’ladi. Dasturda qo’llaniladigan o’zgaruvchilar e’lon qilinishi va ularga tavsif berilishi kerak. Bu o’zgaruvchilarni aniqlash bo’limida amalga oshiriladi:

:= :

Masalan: x, y ,z, h:real;

Bu tavsiflash x,y,z,h nomli o’zgaruvchilarni haqiqiy ekanini aniq-laydi.

Barcha o’zgaruvchilarni tavsiflash bo’limi var (Variable - o’zgaruvchi) xizmatchi so’zi bilan boshlanadi va shundan keyin o’zgaruvchilar nomi hamda turi ko’rsatiladi:

  := var;



Masalan: var

i,j,k:integer; a,b,c:real;

r,q : Boolean; m,t,z:char;

day,tay:hafta;

Dasturda ishlatiladigan har bir o’zgaruvchiga bir marta tavsif berilishi kerak. Ularni kayta tavsiflanishi dasturda xatolikka olib keladi. {Procedura va funksiyalar bo’limi bilan keyingi paragraflarda tuliq tanishamiz}.

  Operatorlar bo’limi. Dasturning asosiy maqsadi-ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mashina bajarishi lozim bo’lgan amallar ketma-ketligini ko’rsatishdan iborat. Bunday amallar operatorlar yordamida bajariladi. Shuning uchun dasturda operatorlar bo’limi eng asosiy bo’limlardan biri hisoblanadi va ular har bir dasturda qatnashishi shart. Chunki shu bulimda dasturda bajarilishi kerak bo’lgan operatorlar ketma-ketligi keltiriladi. Operatorlar bo’limi quyidagi ko’rinishda

aniqlanadi:



:= begin end.

Dasturning bajarilishi operatorlar bo’limining bajarilishiga, ya’ni begin va end xizmatchi so’zlari orasidagi operatorlar ketma-ketli-gining bajarilishiga olib keladi.



Program

(,..,);{dastur sarlavhasi}

  label

  ,...; {nishonlar bo’limi}

  const

  = ; { o’zgarmaslar bo’limi}

  type

  = ; {turlar bo’limi}

  var

  ,.. ,:; {o’zgaruvchi bo’limi}

  procedure




;
; {procedura bo’limi
}

  function



; ; {funksiya bo’limi}

  begin

  ; ;  {operatorlar bo’limi}

  end.


Sinov uchun savollar:

  1. Paskal tilida dastur va uning tuzilishi qanday?

  2. Dastur sarlovxasi nimadan iborat?

  3. Dastur tanasi qanday tuzilgan?

  4. Turlar va o’zgaruvchilar bo’limini izoxlab bering?

  5. O’zgarmaslar bo’limini tushuntirib bering?

  6. Operatorlar bo’limi nima uchun kerak?

Uyga vazifa : Turbo-Paskal tizimida dasturning umumiy tuzilishini mukam-mal o'rganish va ularni amaloyotga tatbiq etish.

13-ma’ruza

Mavzu: Paskal tilida oddiy operatorlar.

Reja:

  1. Operator tushunchasi va ularning turlari.

  2. Ta’minlash, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari.

  3. Tarkibiy operatorlar.

  4. Chiziqli dastur tuzish.

Darsning maqsadi:

  1. Talabalarda operatorlar to’g’risida umumiy va asosiy bilimlarni hosil qilish.

  2. Turbo-Paskal tizimida ta'minlash, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari to’g’risida amaliy ko’nikmaga ega bo’lish.

  3. Chiqli dastur tuzish malakalarini shakllantirish.

  4. Turbo-Paskal tizimida mustaqil ishlash malakalarini shakllantirish.

Tayanch iboralar: dastur, dastur sarlavhasi, dastur tanasi, operator, buyruq, oddiy va murakkab operatorlar, ta’minlash, kiritish va chiqarish operatorlari, chiziqli dastur.

Dars o‘tish vositalari: sinf doskasi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, komputer, ma‘ruza bo‘yicha slaydlar, Turbo-Paskal tizimi .

Dars o‘tish usuli: namoyish dasturiy vositalat ishtirokida, jonli muloqotli ma‘ruza .

Darsning xrono xaritasi – 80 minut.

Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanikishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati 2 minut.

Talabalar bilimini baholash: o‘tilgan mavzuni qisqacha takrorlash, talabala bilan savol javob o‘tkazish - 10 minut.

Yangi mavzu bayoni - 55 minut.

Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash va mustahkamlash 10 minut.

Sinov savollari 5 minut.

Uyga vazifa berish 3 minut.

  1. Ma’ruza bayoni

Paskal tilida operatorlar oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy operatorlar ichida boshqa operatorlar qatnashmaydi. Murakkab operatorlar bir nechta oddiy operatorlardan tashkil topgan bo’ladi. Paskal tilida oddiy operatorlarga ta’minlash operatori, o’tish operatori, bo’sh operatori va procedura operatorlari kiradi. Murakkab operatorlar shartli operator, sikl operatorlari, variant (tanlash) operatori va birlashtirish operatorlaridan iborat. Paskal tilining asosiy operatorlari bilan tanishib chiqamiz.

Ta’minlash operatori. Hisoblash natijasining ba’zi bir qiymatlarini hisoblash jarayonining keyingi bosqichlarida qo’llash va ularni eslab qolish kerak bo’ladi. Bu esa aniq yoki hisoblangan qiymatni ma’lum bir o’zgaruvchiga ta’minlash orqali bajariladi. Bu amalni bajarish uchun asosiy operatorlardan biri, ta’minlash operatori qo’llaniladi. Ta’minlash operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha:

  ::=:=

Bu yerda ":=" belgisi ta’minlash amalini bildiradi. Bu belgini taqqoslash amali "=" bilan chalkashtirmaslik kerak.

Ta’minlash operatori bajarilganda, avval o’ng tomonda turgan ifodaning qiymati hisoblanadi, so’ngra hosil bo’lgan qiymat chap tomonda turgan o’zgaruvchi tomonidan o’zlashtiriladi, ya’ni bu operatorning bajarilishi natijasida ma’lum bir o’zgaruvchi yangi qiymatni qabul qiladi.

Ta’minlash operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha: V:=A;

Bu yerda V - o’zgaruvchi, A- arifmetik yoki mantiqiy yoki satrli ifoda bo’lishi mumkin. Ta’minlash operatorida ifodaning turi bilan o’zgaruvchining turi doim mos kelishi kerak. Ta’minlash operatorining o’ng tomonida turgan ifodaning turiga qarab, bu operator arifmetik, mantiqiy va satrli ta’minlash operatorlariga bo’linadi.

  Arifmetik ta’minlash operatori.  Arifmetik ta’minlash operatori arifmetik turdagi, ya’ni real va integer turdagi o’zgaruvchiga qiymatni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shu munosabat bilan bu operatorning o’ng tomonidagi ifoda - arifmetik ifodadan iborat bo’lishi kerak.



Masalan: x := x+2;

s:=a*a + b*b; i:=i+1 ;

t:=sqrt(a*a + b*b) ;

  Mantiqiy ta’minlash operatori.  Agar ta’minlash operatorida ifoda mantiqiy turga, ya’ni boolean turiga mansub bo’lsa, u holda bu operator mantiqiy ta’minlash operatori hisoblanadi.

Mantiqiy ifoda munosabat (<,>,=,<>,<=,>=) amallari orqali yoziladi. Ifodada berilgan munosabat bajarilsa, ifoda qiymati chin, ya’ni true qiymatga, aks holda esa yolg’on - false qiymatga ega bo’ladi.

Masalan: d:=true;

b:=(z>z1) and (x

c:=d or and not (odd(k) and b);

y:=(k div 2*(c+d)>=x-3) or not(sqr(a+b)>=3);

Satrli (belgili) ta’minlash operatori.  Agar o’zlashtirish operatorida o’zgaruvchi satrli (belgili), ya’ni char yoki string turiga mansub bo’lsa, u holda o’ng tomonda turgan ifoda ham satrli va char turiga mos bo’ladi. Bu ifodaning bajarilishidan hosil bo’lgan natija ham char yoki string turiga tegishli bo’ladi. Shuning uchun satrli ifoda shu turga tegishli bo’lgan o’zgarmas, o’zgaruvchi va funksiyadan iborat bo’lishi mumkin.

Masalan: sym :='samarkand'; betta:='SamDU' ;

Alpha := sym + betta ;

Paskal tilida yozilgan dasturlarni kompyuterda bajarish uchun unda qatnashayotgan va qiymati hozircha noma’lum o’zgaruvchilarga aniq qiymat-larni kiritishga to’g’ri keladi. Buning uchun kiritish operatori qo’lla-niladi. Kiritish operatorlarining umumiy ko’rinishi qo’yidagicha:



read (b1,b2,. . .,bn );

readln (b1,b2,. . .,bn);

readln;

bu yerda b1, b2, ..., bn lar qiymati kiritilishi talab etilayotgan o’zgaruvchilarning nomi.

  Read (b1,b2,...,bn); operatori ma’lumotlarni kiritishni ta’minlaydi, natijada b1, b2, ..., bn o’zgaruvchilar mos qiymatlarni oladilar. Kiritilayotgan o’zgaruvchilar turi berilayotgan qiymatlar turi bilan mos kelishi kerak.

Readln (b1,b2,...,bn); operatori ma’lumotlarni b1, b1, ..., bn o’zgaruvchilarga ta’minlash uchun ishlatiladi va boshqaruvni (kursorni) yangi satr boshiga o’tkazishni amalga oshiradi.

  Readln; operatori bitta bo’sh satrni o’tkazib yuborishni va yangi satr boshiga o’tishni ta’minlaydi.



Masalan: read (i,j);

readln (k,l);

read (m,n);

Qiymatlar kiritish jarayonida haqiqiy o’zgaruvchiga harfiy qiymat yoki harfli o’zgaruvchiga haqiqiy qiymat mos keltirilsa, u holda kompyuter xatolik ro’y berganligi tug’risida (Type mitmatch error) ma’lumot beradi.

Dasturning bajarilish natijasida hosil bo’lgan ma’lumotlarni kompyuter ekraniga yoki chop etish qurilmasiga chiqarish uchun chiqarish operatorlari qo’llaniladi. Bu operatorlar orqali dastur bajarilishidan hosil bo’lgan o’zgaruvchilarning qiymatlari, natijalar va ixtiyoriy matnlar displey ekraniga yoki chop etish qurilmasi orqali qog’ozga chiqariladi.

Chiqarish operatorlarining umumiy ko’rinishi quyidagicha:



write (a1,a2,...,an);

 writeln (a2,a2,...,an);



writeln;

bu yerda a1, a2, ..., an lar qiymati chiqarilishi kerak bo’lgan o’zgaruvchilar nomi.

  Write (a1,a2,...,an); operatori a1,a2,...,an o’zgaruvchilarga mos qiymatlarni chiqarish vazifasini bajaradi. Chiqarilayotgan qiymatlar bitta satrga joylashtiriladi.

  Writeln (a1,a2,...,an); operatori a1,a2,...,an o’zgaruvchilarga mos qiymatlarni chiqaradi. Oxirgi qiymat chiqarilib bo’lgandan keyin yangi satriga o’tishni amalga oshiradi.



Writeln; operatori bitta bo’sh satrni o’tkazib yuborishni va keyingi satr boshiga o’tishni ta’minlaydi.

Masalan: write (i,j);

writeln(k,r) ;

writeln (r1,t1);

Chiqarish operatori orqali o’zgarmaslarni, o’zgaruvchilarning qiymat-larini, ifodalarni va matnlarni chiqarish mumkin.

Dasturning bajarilish natijasida hosil bo’lgan ma’lumotlarni ma’lum bir tartibda, satrlarni aniq o’rnida yoki jadval ko’rinishida chiqa-rish va ularni tahrirlash mumkin.

Chiqarilayotgan ma’lumotlar uchun ajratiladigan joy chiqarish operatorida quyidagicha tartibda ko’rsatiladi:

 write (a:m);

 writeln (a:m);

bu yerda a - chiqarilayotgan o’zgaruvchi nomi; m - butun o’zgarmas yoki ifoda bo’lib, chiqarilayotgan qiymat uchun ajratilgan joyni bildiradi.



Masalan: write (ad:4, at:6);

Bu yerda ad va at o’zgaruvchilarning qiymati bitta satrga joylashadi va mos ravishda 4 ta va 6 ta joyni egallaydi. Har bir qiymat ajratilgan o’rinda joylashadi va o’ng tomondagi chetki o’rinlarni egallaydi. Bunda to’lmagan o’rinlar bo’sh qoladi va bo’shliqlarni hosil qiladi. Agar o’zgaruvchilarning qiymati ajratilgan joyga sig’may qolsa, u holda o’rinlar soni avtomatik ravishda ko’paytiriladi.

Qo’zg’aluvchan vergulli haqiqiy turli qiymatlarni chiqarishda, chiqarilayotgan qiymatning hammasi va sonning kasr qismi uchun ajratilgan o’rinlar ko’rsatiladi.

Bunda chiqarish operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:



write (a:m:n);

writeln (a:m:n);

bu yerda a - chiqarilayotgan o’zgaruvchi nomi; m chiqarilayotgan qiymat uchun ajratilgan o’rinlar soni; n - sonning kasr qismi uchun ajratilgan o’rinlar soni.



Masalan : write (AD:8:3); Bu holda AD qiymat uchun 8 ta o’rin, shundan 3 tasi sonning kasr qismi uchun ajratiladi.

Agar haqiqiy qiymatni chiqarishda uning kasr uchun ajratilgan o’rin ko’rsatilmasa, u holda natija o’nli tartibdagi normal ko’rinishda hosil bo’ladi.

Bir nechta qiymatlarni bir satrga chiqarishda, ko’rgazmaliroq bo’lishi uchun, bu qiymatlar orasiga bo’shliqlar sonini berish mumkin. Buning uchun chiqarish operatorida quyidagicha yozish kerak:

write (' ' : n);  bu yerda n - butun tipli o’zgarmas bo’lib, bo’shliqlar sonini ko’rsatadi.

Masalan: write (A,'':4,B); Bu holda A va B qiymatlari orasida 4 ta bo’shliq hosil qilinadi.

Quyidagi misol ma’lumotlarni chiqarishda ularni turli xil ko’ri-nishda joylashtirilishi mumkinligini ko’rsatadi.



program misol;

const pi=3.141592; t=401;

w = true; sim ='dad';

 begin



writeln( pi:8:6); writeln( t:6,'':5,w:4,'':6,sim:3)

 end.



Ma’lumotlar ikki satrda quyidagi ko’rinishda chiqariladi:

3.141592

401____true_____dad

Chiqarish operatorida chiqarilayotgan ma’lumotlarni izohlash uchun o’zgaruvchilar ro’yxatiga belgilar satrini kiritish mumkin. Bunday holda belgilar satri chiqarish ro’yhatining kerakli joyiga to’liq qo’yiladi va chop etiladi. Belgilar satridan jadvallar va matnlarni sarlavhasini, chiqari-ladigan ma’lumotlarga izohlar berishni hosil qilish mumkin, ya’ni natijalar o’z nomi va sarlavhasi yoki izohlari bilan chiqarilishi mumkin.

 program ISOHLI;



const

A = 372; X = 3284.323;

Y = 73.21E2; G = true;

C = 'BAB' ; M =10; N= 3;

 begin



writeln ('****O’zgarmaslar****');

writeln ('A=',A:8);

writeln ('X=',X:M:N);

writeln ('Y=',Y:M);

writeln ('G=',G:5,'belgi',C:3)

 yend.



Chiqarilayotgan ma’lumotlar quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

****O’zgarmaslar****

A= 372

X=-3284.323

Y=7.321E+03

G=true belgi BAB

Tarkibiy operatorlar. Paskal tilida tarkibiy operatorlar begin xizmatchi so’zidan boshlanib, end xizmatchi so’zi bilan tugaydigan operatorlar ketma - ketligidan iborat bo’ladi. Begin va end xizmatchi so’zlari tarkibiy operatorlarning boshlanishi va tugallanishini chegaralovchi qavslar vazifasini bajaradi. Paskal tilida operatorlar ketma - ketligi bir -biridan nuqta vergul (;) bilan ajratiladi. Operatorlar ketma- ketligining oxirida end xizmatchi so’zidan oldin nuqta vergul (;) qo’yilmasligi ham mumkin.

Tarkibiy operatorlarning umumiy ko’rinishi qo’yidagicha:

begin ; ;...; end.

Tarkibiy operatorning bajarilishi shundan iboratki, begin va end operatorlari ichidagi operatorlar qanday ketma - ketlikda yozilgan bo’lsa, shunday tartibda, bir - biridan keyin, operatorlarning hammasi tugaguncha bajariladi.

Dasturning oxirida end operatoridan keyin nuqta qo’yiladi.

Misol. S = p(p-a)(p-b)(p-c) Geron formulasidan foydalanib uchburchak yuzini hisoblash dasturining tuzing, bu yerda p=(a+b+c)/2.

Hisoblashda a, b, c, p va S haqiqiy turdagi miqdorlar qatnashayapdi. O’zgaruvchilar nomi o’zgaruvchilarni tavsiflash bo’limida tavsiflanadi. Operatorlar bo’limida eng avval a,b,c qiymatlarni kiritish operatori, so’ngra p va S larni hisoblash operatorlari va S natijani chiqarish operatori yoziladi.

Dasturning umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:

  program SSS;



var a,b,c,p,S:real;

  begin



read (a,b,c);  p:=(a + b + c)/2;

S: =sqrt(p*(p-a)*(p-b)*(p-c));

writeln (' S = ',S)

  end.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə