O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Yüklə 0.95 Mb.
səhifə6/18
tarix20.04.2016
ölçüsü0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Matn muhariri buyruqlari


Turbo Paskal’ muhitida ishlash uchun matn muharriri mavjud bo’lib, unda ishlash eng quyi darajadagi matn muharririga o’xshab ketadi. Turbo Paskal’ muhiti matn muharriri Paskal’ tilidagi dasturlarni kiritish va ularni muharrirlash uchun ishlatiladi.

Turbo Paskal’ muhitida ishlashda ma’lum bir cheklashlar mavjud:



  1. Faylda umumiy belgilar soni 64535 tadan oshib ketmasligi kerak.

  2. Dasturda bitta satrning uzunligi 126 ta belgidan ortiq bo’lmasligi kerak.

  3. Satrni 127- chidan 249- chi o’rniga bo’lgan joy izoxlarni joylash uchun ishlatiladi.

Matn muharririda ishlashda har bir satrning oxirida Enter tugmachasi bosilib, keyingi yangi satrga o’tiladi. Enter tugmachasini bosish orqali bitta satrni bir nechta satrga ajratish mumkin.

Agar kursor satrning oxirida turgan bo’lsa, Del – tugmachasini yoki agar kursor ikkinchi satrning boshida turgan bo’lsa, BkSp tugmasini bosish orqali ikkita satr bitta satrga birlashtiriladi.

Turbo Paskal’ muhitida matnlar bilan ishlashda bajarilgan amallarni bekor qilish, ya’ni matnni boshlang’ich variantiga qaytish uchun Edit bo’limidan Undo ([alt+ BkSp]) tiklash uchun Redo buyrug’i bajariladi.

Matn bo’laklarini ajratib olish uchun quyidagi amallardan birortasi- ni bajarish kerak:



  1. sichqoncha ko’rsatgichini birinchi belgiga o’rnatib, uning chap tugmachasini bosib turgan holda oxirgi belgiga harakatlantirsh;

  2. Shift tugmachasini bosib turgan holda matn kursorini siljitish.

Ajratib olingan matn bo’laklarini ko’chirish, nusxalash va o’chirish uchun Edit menyusini buyruqlaridan foydalaniladi.

Turbo Paskal’ muhiti matn muharririda ishlashda asosan quyidagi buyruqlardan foydalaniladi:



1) Kursorni joylashtirish:

PgUp- kursorni bir varaq yuqoriga;

PgUp- kursorni bir varaq pastga;

Home- satr boshiga;

End- satr oxiriga;

Ctrl+ PgUp- matn boshiga;

Ctrl+ PgUp-matn oxiriga;

2) Muharrirlash buyruqlari:

Baskspace- kursordan chap tomonda turgan belgini o’chirish.

Del- kursordan o’ng tomonda turgan belgini o’chirish;

Ctrl+Y- kursor joylashgan satrni o’chirish;

Enter- mavjud satrni bo’lish, ya’ni satr o’rnatish;

Ctrl+ QL- joriy satrni tiklash;

  1. Bloklar bilan ishlash:

Ctrl+KB- sichqoncha yotdamida bo’lakni ajratish blokini boshiga o’rnatish;

Ctrl+ KK- blok oxiriga o’rnatish.

Ctrl+ KH- ajratish blokini olib tashlash va tiklash.

Ctrl+KY- blokni o’chirish;

Ctrl+del- blokni nusxalash;

Ctrl+Kc

Ctrl+Ins- blokni o’rnatish;

Ctrl+ KV

Ctrl+ KR- diskli fayldan blokni o’qish;

Ctrl+ KP- blokni chop etish;
Sinov savollari:

  1. Turbo-Paskal tizimining umumiy tuzilishi qanday?
  2. Menuning tarkibiy qismlari qaysi?

  3. Bosh menu qanday buyruqlardan iborat?

  4. Matn muharriri bilan ishlash tartibini tushuntiring?


Uyga vazifa : Turbo-Paskal tizimida ishlash qoidalarini mukammal o'rganish va ularni amaloyotga tatbiq etish.

11-ma’ruza

Mavzu: Paskal tilining umumiy xarakteristikalari, asosiy tushunchalari va elementlari.


Reja:

  1. Paskal tilining alfaviti..

  2. Paskal tilida miqdorlar va amallar.

  3. Standart funksiyalar. Ifoda.

  4. Ma’lumotlarning turlari.

Darsning maqsadi:

1.Talabalarda miqdorlar va amallar to’g’risida umumiy va asosiy bilimlarni hosil qilish.

2. Turbo-Paskal tizimida standart funksiyalar va ifodalar to’g’risida mukammal tasavvurga ega bo’lish.


  1. Turbo-Paskal tizimida mustaqil ishlash malakalarini shakllantirish.

Tayanch iboralar: dasturlash tili, dastur, miqdor, o’zgaruvchi, o’zgarmas, amallar, nom, identifikator, tur, oddiy va murakkab turlar, standart turlar.

Dars o‘tish vositalari: sinf doskasi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, komputer, ma‘ruza bo‘yicha slaydlar, Turbo-Paskal tizimi .

Dars o‘tish usuli: namoyish dasturiy vositalat ishtirokida, jonli muloqotli ma‘ruza .

Darsning xrono xaritasi – 80 minut.

Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanikishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati 2 minut.

Talabalar bilimini baholash: o‘tilgan mavzuni qisqacha takrorlash, talabala bilan savol javob o‘tkazish - 10 minut.

Yangi mavzu bayoni - 55 minut.

Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash va mustahkamlash 10 minut.

Sinov savollari 5 minut.

Uyga vazifa berish 3 minut.

Ma’ruza bayoni

Paskal tilida dasturlarni yozish uchun ishlatiladigan barcha belgilar shaxsiy kompyuterlarning klaviaturasida mavjud. Mavjud bo’lmagan belgilar esa, mavjud belgilar majmuasi bilan almashtiriladi. Masalan, > belgi >= belgilar majmuasi bilan almashtiriladi.

  Paskal tilining alfaviti.  Paskal tilining alfavitini qo’llanish maqsadlariga qarab bir necha guruhga bo’lish mumkin. Asosiy belgilar:

1) lotin va rus alfaviti harflari;

2) raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 ;

3) arifmetik amal belgilari: +,-,*,/,div,mod;

4) mantiqiy amal belgilari : and, or, not;

5) munosabat belgilari: < , > , <= , >= , = , <>;

6) ta’minlash belgisi : := ; 7) ajratuvchilar: ., ; , , : , ' ;

8) qavslar : (,),{,},[,]; 9) boshqa belgilar: !,@,#,%,?,& ;

  Xizmatchi so’zlarand, array, begin, case, const, div, do, downto, else, end, file, for, function, goto, if, in, label, mod, nil, not, of, or, packed, procedure, pro



gramm, record, repeat, set, string, then, to, type, until, var, while, with.

  Standart identifikatorlar:  1) o’zgarmaslar: false, true, maxint;



2) turlar: Boolean, integer, char, real, string, text; 3) fayllar: output, input; 4) funksiyalar va proceduralar.

  So’z. So’z dasturlash tilining alohida belgilaridan tashkil topgan bo’lib, ma’lum ma’noni anglatadi. Dastur matnida so’zlar bir-biridan bo’shliq yoki maxsus belgilar bilan ajratiladi. Foydalanilishiga qarab so’zlar xizmatchi so’zlar va nomga ajratiladi.

Nom yoki identifikatorlar o’zgaruvchilarni, o’zgarmaslarni, turlarni, proceduralarni va funksiyalarni nomlarini belgilash uchun ishlatiladi. Paskal tilida standart va ixtiyoriy beriladigan nomlar mavjud. Nom harf va raqamdan iborat bo’lib, doimo harfdan boshlanishi kerak.

Masalan: YY, GAMMA, Hoch, XX22.

Paskal tilida nom sifatida xizmatchi so’zlar va standart nomlardan, ya’ni standart o’zgarmaslar, funksiyalar, fayllar, proceduralar va turlarning nomlarini qo’llash mumkin emas. Standart nomlar quyidagilardan iborat: abs, argtan, boolean, char, chr, cos, dispose, eos, eof, eoln, exp, false, forwar, get, input, integer, ln, maxint, new, odd, ord, output, pack, pagen, pred, put, read, readln, real, reset, rewrite, rounds, sin, sqr, sqrt, succ, text, true, string, trunc, unpack, write, writeln.

  Son. Paskal tilida sonlar o’nlikda tasvirlanadi. Sonlar butun va haqiqiy bo’lishi mumkin. Bunda (+) musbat belgisi tashlab yozilishi xam mumkin.

Haqiqiy son qo’zg’aluvchan vergulli va qo’zg’almas vergulli formalarda

tasvirlanishi mumkin. Misol: butun sonlar: 5, 05, +73,-72678; haqiqiy sonlar: 0.65,

-5Ye-02, 150.0, 1.7Ye2, -5.0Ye2

Bundan tashqari Paskal tilida belgi va satrlardan ham foydalaniladi. Satrlar apostrof ichiga olingan belgilar ketma-ketligidan yoki bitta belgidan iborat bo’ladi: 'Hikmat' 'fakultet', 'summa ','q','>'.

  Arifmetik amallar. Paskal tilida ham sonli ma’lumotlar ustida bir nechta amallarni bajarish mumkin. Quyida Paskal tilida mavjud amallarni keltiramiz.

Paskal tilida arifmetik amallarAmallarBelgilashOperandlar turiNatija turi Ko’paytirishA*B REAL yoki INTEGERREAL yoki INTEGER Bo’lishA/B ---- ""----- REAL Qo’shish A+B---- "" ----REAL yoki INTEGER Ayirish A-B ---- "" ---- ---- "" ---- Butunga bo’lishA DIV B INTEGERINTEGERBo’linma qoldig’iA MOD B INTEGERINTEGER Bajarilayotgan amallarda operandlardan hyech bo’lmaganda bittasi xaqiqiy turga mansub bo’lsa, u holda hosil bo’ladigan natija ham haqiqiy turga tegishli bo’ladi. Bo’linma natijasi har doim haqiqiy son bo’ladi.

Paskal tilida darajaga ko’tarish amali yo’q. Shuning uchun sonlarni butun

darajaga ko’tarish ularni ko’p marta bir biriga ko’paytirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Haqiqiy darajaga ko’tarish logarifmlash orqali bajariladi: x = e yoki x = 10.

Paskal tilida butun sonli berilmalar uchun DIV va MOD amallari mavjud bo’lib, butunga bo’lish va bo’linma qoldig’i amallarini anglatadi. Masalan: 11 DIV 3 = 3 ; 11 MOD 3 = 2.

  Munosabat va mantiqiy amallar.  Paskal tilida ikkita mantiqiy konstanta true(chin) va false(yolg’on) ishlatiladi. Bular miqdorlarni taqqos-lashda va ba’zi shartlarni tekshirishda qo’llaniladi. Ma’lumotlarni taq-qoslash uchun quyidagi munosabat amallaridan foydalaniladi: < (kichik),<= (kichik yoki teng),= (teng),<>(teng emas); > (katta),>= (katta yoki teng).

Munosabat amallari sonli ma’lumotlar uchun qo’llanilganida mantiqiy qiymatlar hosil bo’ladi. Masalan: 96 >73 (chin), -8 > -3 (yolg’on), 4=7 (yolg’on), 16 <>22 (chin).

Mantiqiy ma’lumotlar uchun quyidagi mantiqiy amallardan foydalanish mumkin: OR- qo’shish (VA); AND- ko’paytirish (YoKI); NOT - inkor (YO’Q). OR va AND mantiqiy amallar ikkita kattalik bilan, NOT amali esa bitta kattalik bilan bajariladi.

Mantiqiy qiymatlar ustida amallar natijasi quyidagicha:



AVnot AA OR BA AND BtruetrueFalsetruetruetruefalseFalsetruefalseFalsetruetruetruefalsefalsefalsetruefalsefalse Misol. Agar a = 25 va b = 20 bo’lsa:

a) (a>10) or (b<12) (true) b) (a>10) and (b<3) (false)

v) (a>10) or (b>12) (true) g) (a>10) and (b>12) (true)

Standart funksiyalar. Paskal tilida quyidagi standart funksiyalar mavjud.

Paskal tilida standart funksiyalarFunksiyaBelgilashArgument turi Natija turi Absolyut qiymatABS(X)REAL yoki INTEGERREAL yoki INTEGERArgtangensARCTAN(X)---- ""----- REALKosinusCOS(X)---- "" ---- ---- "" ---- SinusSIN(X) ---- "" ---- ---- "" ---- Natural logarifmLN(X)---- "" ---- ---- "" ---- Kvadrat ildizSQRT(X)---- "" ---- ---- "" ---- EksponentaEXP(X)---- "" ---- ---- "" ---- Kvadratga ko’tarishSQR(X)---- "" ---- INTEGER yoki REALYaxlitlash ROUND(X)REALINTEGERArgument butun qismiTRUNC(X)REALINTEGERJuftlikni tekshirishODD(X) INTEGERBOOLEAN Oldingi qiymatPRED(X)INTEGERINTEGERNavbatdagi qiymat SUCC(X)INTEGERINTEGER ODD(X) funksiyasining argumenti toq bo’lsa TRUE, aks holda FALSE natijani beradi. PRED(I) va SUCC(I) funksiyalar oldingi (I-1) va navbatdagi (I+1) qiymatlarni beradi.

Masalan. PRED(7)=6 ; SUCC(23)=24

  Ifoda. Paskal tilida ifodalar o’zgarmaslardan, o’zgaruvchilardan, funksiyalardan, amallar ishorasidan va qavslardan tuzilgan bo’ladi. Ifodalarda qatnashayotgan o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va funksiyalar dasturda e’lon qilingan bo’lishi yoki standart nomiga ega bo’lishi kerak. Sonli qiymatlarni hisoblash uchun arifmetik ifoda qo’llaniladi. Arifmetik ifodada bo’lish va ko’paytirish amallari qo’shish va ayirish amallaridan oldin bajariladi. Masalan: 3 + 2*5 3 ifodaning bajarilishidan 10 hosil bo’ladi.

Bir xil o’rinli amallar ishtirok etgan ifodalarda ular chapdan o’ngga qarab bajariladi.

Masalan. 4*6/3 ifoda natijasi 8 ga teng.

Qavs ichiga olingan ifodalar birinchi navbatda bajariladi.



Masalan. (7-2)*(5+4) ifoda natijasi 45 ga teng

Arifmetik ifodada haqiqiy va butun turdagi ma’lumotlar qatnashishi mumkin va hosil bo’lgan natija ham shunga mos ravishda haqiqiy yoki butun bo’ladi. Ifodalarni Paskal tilida yozilishiga misol keltiramiz.

Oddiy yozuvda Paskal tilida (A+12.686)/(S2-1.87E3)+GAMMA EXP(ABS(2*SIN(4*X)+X)/(3*X))) (2*2*2+LN(1.13))/(SIN(2*X)/COS(2*X)) (SQR(A)+EXP(1.17*LN(2)))/SQRT(X+Y)Mantiqiy ifoda. Mantiqiy ifodalar mantiqiy qiymatlar, mantiqiy va munosabat amallari orqali tuziladi. Munosabat amallarida arifmetik va mantiqiy ifodalar hamda belgili qiymatlar qatnashishi mumkin. Mantiqiy ifodaning natijasi true va false qiymat bo’lishi mumkin. Mantiqiy ifodada amallar quyidagi tartibda bajariladi:

1. not (yo’q)

2. * (ko’paytirish),/ (bo’lish), div, mod, and (va)

3. + (qo’shish), - (ayirish), or (yoki);

4. < (kichik),<=(kichik yoki teng),= (teng),<> (teng emas),

>= (katta yoki teng), > (katta);

Bitta satrda berilgan amallar bir xil bajarilish o’rniga ega. Mantiqiy ifodalarda faqat oddiy qavslar yoziladi.



Masalan. 1) (A>3) and (B=A+6) or not (c=4)

2) (A<=x) and (x<=B) or (c<=x) and (x<=d)

Ma’lumotlar deganda dasturni tashkil etgan operatorlarning ishlashi uchun unda qatnashayotgan parametrlarga beriladigan yoki ular qabul qiladigan qiymatlar tushuniladi. Dasturda sonli, mantiqiy va harfiy qiymatlarni aniqlaydigan ma’lumotlar ustida amallar bajariladi.

Dastur yozishda, uning hajmini qisqartirish maqsadida, ma’lumotlarning qiymatlari emas, balki ularning nomlari qo’llaniladi.

Hamma ma’lumotlar oddiy tuzilishga ega bo’lib, skalyar (o’zgaruvchi) va murakkab qismlarga bo’linadi. Paskal tilida skalyar ma’lumotlarning 4 turi qo’llaniladi: butun (INTEGER), haqiqiy (REAL), mantiqiy (BOOLEAN), belgili (CHAR) va satrli (STRING) (1-rasm).

Ma’lumotlar turi o’zgaruvchilarni, o’zgarmaslarni, funksiyalarni, ifodalarni qaysi turga tegishli ekanligini, ularni mashinada tasvirlanishini va ular ustida bajariladigan amallar natijalarining turini aniqlaydi.

Biz quyida standart turlar bilan tanishamiz.



Integer turi.  Integer turi butun sonlar to’plamidagi qiymatlarni qabul qiladigan ma’lumotlarni aniqlaydi. Maxint standart identifikatori orqali mashinada tasvirlanadigan eng maksimal butun son beriladi.

Butun operandalar ustida quyidagi arifmetik amallarni bajarish mumkin, ya’ni bularning bajarilishidan hosil bo’lgan natija ham butun buladi: * - ko’paytirish, div - butun hosil qilish uchun bo’lish; mod - qoldiqni hosil qilish amali; + - qo’shish, - - ayirish amali.



div va mod amallarini ko’rib chiqaylik.

a) a div b.. Bu amal natijasi butun bo’ladi, ya’ni a ni b ga bo’lishda hosil bo’lgan sonning butun qismi ajratiladi

Masalan. 17 div 2 = 8 ; 19 div 2 = 9; 7 div 17 =0.

b) a mod b. Bu amal a va b ni bo’lishdan hosil bo’lgan qoldiq natijasini beradi.

Masalan. 17 mod 2 = 1; 7 mod 15 = 7; 19 mod 2 =1.

Munosabat amallarini ham butun operandalar uchun qo’llash mumkin, faqat ularning natijalari mantiqiy turga tegishli bo’lib, chin(true) va yolg’on (false) bo’lishi mumkin. Butun argumentli standart funksiyalarni bajarilishida butun yoki haqiqiy turga mansub natijalar bo’lishi mumkin.

  Real turi.  Haqiqiy sonlar to’plamidagi qiymatlarni qabul qiladigan ma’lumotlarni real turi aniqlaydi. Haqiqiy operandalar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin, ya’ni ularning bajarilishidan hosil bo’ladigan natija ham haqiqiy bo’ladi: ko’paytirish, bo’lish, qo’shish , ayirish. Bu amallarning bajarilishida qatnashayotgan operandalardan bittasi butun bo’- lishi ham mumkin. Bo’lish amali ikkita butun son uchun ham o’rinli bo’ladi va hosil bo’lgan natija esa doim haqiqiy turga tegishli bo’ladi.

Haqiqiy natijani hosil qiluvchi funksiyalarda haqiqiy argumentlarni

qo’llash mumkin: abs(x), sqr(x), sin(x), cos(x), argtan(x), ln(x), exp(x), sqrt(x).

Haqiqiy operandalar uchun qo’llaniladigan munosabat amallari mantiqiy

natijani beradi: chin yoki yolg’on.

  Boolean turi. Bu tur mantiqiy chin(true) yoki yolg’on(false) qiy-matlarni qabul qiladigan ma’lumotlarni aniqlaydi. Mantiqiy operandalar uchun quyidagi amallarni qo’llash mumkin: not - inkor, and - kon’yunksiya ("va"), or - diz’yunksiya ("yoki"). Paskal tilida mantiqiy tur quyidagicha aniqlangan: false

Bu esa integer va real turdagi ma’lumotlar uchun munosabat amallarini qo’llash imkonini beradi.

  Char va String turi. Bu tur Paskal tilining belgilarini va tartiblangan belgilar ketma- ketligini aniqlaydi. Bu belgilar soniga bo’shliq ( ) ham kiradi. Harfli o’zgaruvchilarning yoki o’zgarmaslarning qiy-mati har doim apostrof ichiga olingan bo’lishi kerak.



Masalan: 'aaa', 'xa-xa', 'IBM'-satr o’zgarmaslar, 'K', 'B' - harfli o’zgaruvchilar qiymati. Agar harfli o’zgaruvchilarning qiymati bittadan ortiq belgidan iborat bo’lsa, u holda ular string turiga mansub bo’ladi va ular o’zgaruvchilarni tavsiflash bo’limida tavsiflanishi kerak bo’ladi. Satr o’zgaruvchilarining qiymati 255 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkin. String funksiyasi orqali tavsiflanayotgan harfli o’zgaruvchining qiymati nechta belgidan iborat ekanligini, ya’ni mashina xotirasidan shu harfli o’zgaruvchi uchun nechta joy ajratish lozimligini ko’rsatish ham mumkin. Masalan:

1) var f: string [40]; dw, fd:string;

Bu yerda f harfli o’zgaruvchi 40 tagacha belgidan, dw va fd lar esa 255 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkinligi ko’rsatilgan.

2) const ter="Informatika"; tw="Matematika";



var sd, gf:string; pt:string[20];

Bu yerda ter, tw lar satr o’zgarmaslari, sd,gf va pt lar satr o’zgaruvchilaridir.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə