O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Yüklə 0.95 Mb.
səhifə5/18
tarix20.04.2016
ölçüsü0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

8-ma’ruza

Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. Algoritm tushun-chasi, xossalari, berilish usullari va turlari. Chiziqli algoritmlari.


Reja:

1. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari

2. Algoritm tushunchasi va uning xossalari.

3. Algoritmning berilishi usullari.

4. Algoritmning turlari. Chiziqli algoritm.

Darsning maqsadi:

1.Talabalarda axborotlashtirish jarayoni to’g’risida umumiy va asosiy bilimlarni hosil qilish.

2. Algoritm va algoritmning berilishi usullarito’g’risida mukammal tasavvurga ega bo’lish.

3. Algoritmning turlari va chiziqli algoritmlar tuzish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish.



Tayanch iboralar: algoritm, xossalari, berilish usullari, turlari, blok-sxema, chiziqli algoritm.

Dars o‘tish vositalari: sinf doskasi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, komputer, ma‘ruza bo‘yicha slaydlar.

Dars o‘tish usuli: namoyish dasturiy vositalat ishtirokida, jonli muloqotli ma‘ruza .

Darsning xrono xaritasi – 80 minut.

Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanikishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati 2 minut.

Talabalar bilimini baholash: o‘tilgan mavzuni qisqacha takrorlash, talabala bilan savol javob o‘tkazish - 10 minut.

Yangi mavzu bayoni - 55 minut.

Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash va mustahkamlash 10 minut.

Sinov savollari 5 minut.

Uyga vazifa berish 3 minut.
Ma‘ruza bayoni

Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. Har qanday masalani kompyuterga tayyorlash va uni o’tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

  1. Masalani qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish.

  2. Masalani yechishning sonli usulini tanlash.

  3. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish.

  4. Kompyuter uchun dastur tuzish.

  5. Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish, rostlash va tekshirish.

  6. Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.

1. Masalaning qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish. Masalani yechishdan oldin uning qo’yilshi oydinlashtiriladi, ya’ni bunda uning maqsadi va yechilish shartlari aniqlanadi, boshlang’ich ma’lumotlar va natijalarning tarkibi asoslanadi. Bu ma’lumotlar asosida u matematik formulalar ko’rinishida ifoda qilinadi.

2. Masalani yechishning sonli usulini tanlash. Qo’yilgan matematik masalalar uchun ukning sonli yechish usulini tanlash kerak bo’ladi. Sonli usullar turli- tuman bo’lganligidan ularning eng samarali va qulayini tanlash kerak. Bu masala bilan matematikaning sonli usullar bo’limi shug’ullanadi. Yechish usulini tanlash masalaga qo’yilgan barcha talablarni va uni konkret kompyuterlarda hal qilish imkoniyatlarini hisobga olish kerak.

3. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish. Masalani yechish uchun tanlangan sonli usulning algoritmi ishlab chiqiladi, ya’ni masalani yechish uchun bajariladigan arifmetik va mantiqiy amallar ketma- ketligi yoritiladi. Masalani yechish algoritmlari ko’rgazmaliroq bo’lishi uchun, ular ko’p hollarda blok- sxema ko’rinishida ifodalanadi.

4. Kompyuter uchun dastur tuzish. Kompyuter uchun dastur masalaning umumiy yechimidir. U algoritmning mashina buyruqlari ketma- ketligi shaklidagi yozuvdir. Buning uchun dasturlash tillari (Besk, Fortran, Paskal, SI va boshqalar) dan biri tanlanadi va unga mos dastur tuziladi. Tuzilgan dasturni sifatli bo’lishi va uni mashina xotirasidan kam joyni egallashi muhim ahamiyatga ega.

5. Dasturni kompyuter xotirasiga iritish, rostlash va tekshirish. Tuzilgan dastur kompyuter klaviaturasi orqali uning xotirasiga kiritiladi. Kiritilgan dasturni rostlash va tekshirish amalga oshiriladi, ya’ni yo’l qo’yilgan xatoliklar tuzatiladi.



6. Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish. Bu bosqichdan tuzilgan dastur bo’yicha hisoblash bajariladi va hosil bo’lgan natija kompyuterning displey ekraniga chiqariladi yoki chop etish qurilmasi orqali qog’ozga chop etiladi. Natijalarni jadvallar, grafiklar yoki diagrammalar ko’rinishida hosil qilish mumkin. Hosil bo’lgan natija esa foydalanuvchi tomonidan tahlil qilinadi.

Algoritm tushunchasi. Avvalo algoritm tushunchasi 1X asrla yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog’liqligini tushuntirish lozim. Algoritm so’zi al-Xorazmiyning arifmetikaga bag’ishlangan asarining dastlabki betidagi “Dixit Algoritmi” (“dediki al-Xorazmiy” ning lotincha ifodasi) degan jumlalardan kelib chiqqan. Shundan so’ng al-Xorazmiyning sanoq sistemasini takomillashtirishga qo’shgan hissasi, uning asarlari algoritm tushunchasining kiritilishiga sabab bo’lganligi ta’kidlab o’tiladi.

Algoritm nima degan savolga, u asosiy tushuncha sifatida qabul qilinganligidan, uning faqat tavsifi beriladi, ya’ni biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan ko’rsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli, chekli hamda to’liq tizimi tushuniladi.

O’quvchilarga turli hayotdan, fandan algoritmlarga misollar keltiriladi va bunga o’zlari tuzishga harakat qilishlari taklif etiladi. Masalan, atom tayyorlash, turli qurilmalarni ishlatish, sport musobaqasi yoki yo’l harakati qoidalari algoritmlarini keltirish mumkin. yoki matematik formula bo’yicha qiymat hisoblash algoritmi yoki kompyuterni ishlatish bo’yicha algoritm kabi misollar keltiriladi. Geometrik yasashga doir masala yechish algoritmi ham qarab chiqilishi mumkin. Masalan, kesma o’rtasiga perpendikulyar o’tkazish berilgan radiusga ko’ra aylana yasash va h.k. Bundan tashqari, birorta funksiya grafigini yasash algoritmi bunga misol bo’la oladi.



Masalan, chiziqli, kvadratik funksiya va h.k. funksiyalar grafiklarini yasash algoritmlari.

Bunda yana algoritmni bajarayotgan kishi – ijrochi, asosiy algoritmni aniqlashtiruvchi algoritm – yordamchi algoritm ekanligini ham ta’kidlab o’tish joiz. Umuman, algoritmning qanday maqsadga mo’ljallanganligidan qat’i nazar uni muvaffaqiyat bilan bajarish mumkinligini aytib o’tish lozimdir.



Algoritmning asosiy xossalari haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:

1-xossa. Diskretlilik, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin.

2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar uning uchun tushunarli bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar tizimi mavjud.

3-xossa. Aniqlik, ya’ni ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi lozim hamda faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart.

4-xossa. Ommaviylik, ya’ni har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo’lishi lozim. Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.

5-xossa. Natijaviylik, ya’ni har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so’ng albatta natija berishi lozim.

Bu xossalar mohiyatini o’rganish va konkret algoritmlar uchun qarab chiqish talabalarning xossalar mazmunini bilib olishlariga yordam beradi.



Algoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng ko’p uchraydiganlari quyidagilar ekanligini ko’rsatib o’tish joiz:

1. Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi.

2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi.

3. Algoritmning jadval ko’rinishida berilishi, masalan, turli matematik jadvallar, loteriya yutuqlari jadvali, funksiyalar qiymatlari jadvallari bunga misol bo’ladi.

4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi, ya’ni algoritm kompyuter ijrochisiga tushunarli bo’lgan dastur shaklida beriladi.

5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi, ya’ni algoritm bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qo’llanadigan belgilash va qoidalar majmui algoritmik til orqali ifodalashdir. Ulardan o’quv o’rganish tili sifatida foydalanilmoqda. Bulardan Ye-praktikum yoki Ye-tili algoritm ijrochisi algoritmik tili ham mavjud.

6. Algoritmlarning grafik shaklda tasvirlanishi. Masalan, grafiklar, sxemalar ya’ni blok - sxema bunga misol bo’la oladi. Blok sxemaning asosiy elementlari quyidagilar: oval (ellips shakli)-algoritm boshlanishi va tugallanishi, to’g’ri burchakli to’rtburchak-qiymat berish yoki tegishli ko’rsatmalarni bajarish. Romb - shart tekshirishni belgilaydi. Uning yo’naltiruvchilari tarmoqlar bo’yicha biri ha ikkinchisi yo’q yo’nalishlarni beradi, parallelogramm- ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish, yordamchi algoritmga murojaat - parallelogramm ikki tomoni chiziq, yo’naltiruvchi chiziq - blok-sxemadagi harakat boshqaruvi, nuqta-to’g’ri chiziq (ikkita parallel) - qiymat berish.

  Algoritmda bajarilishi tugallangan amallar ketma-ketligi algoritm qadami deb yuritiladi. Har bir alhoxida qadamni ijro etish uchun bajarilishi kerak bo’lgan amallar haqidagi ko’rsatma buyruq deb aytiladi.

Algoritmlarni ko’rgazmaliroq qilib tasvirlash uchun  blok-sxema,  ya’ni  geometrik usul ko’proq qo’llaniladi. Algoritmning blok-sxemasi algoritmning asosiy tuzilishining yaqqol geometrik tasviri: algoritm bloklari, ya’ni geometrik shakllar ko’rinishida, bloklar orasidagi aloqa esa yunaltirilgan chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Chiziqlarning yunalishi bir blokdan so’ng qaysi blok bajarilishini bildiradi. Algoritmlarni ushbu usulda ifodalashda vazifasi, tutgan o’rniga qarab quyidagi geometrik shakl(blok) lardan foydalaniladi.
Blokning atalishiBelgilanishi Tushunilishi Hisoblashlar bloki

(to’g’ri-to’rtburchak)Hisoblash amali yoki hisob-lash amallari ketma-ketligishartli blok (romb)

Shartlarni tekshirish siklik jarayon

(oltiburchak) Siklning boshlanishi


qism dasturqism dastur bo’yicha hisoblash, standart qism dasturi

birlashtirish (aylana)Yo’nalish chizig’ini o’zgarti-rish

Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish (parallelogramm)Ma’lumotlarni kiritish va natijalarni chiqarishAlgoritmning boshi va oxiri (oval)Boshlash, tamom, to’xtashChiqarish blokiMa’lumotlarni qog’ozga chiqarishAlgoritmlar berilishi va ifodalanishiga qarab: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi turlarga bo’linadi.

Algoritmning turlari bilan tanishtirganda, avvalo hyech qanday shart tekshirilmaydigan va tartib bilan faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarni ifodalaydigan chiziqli algoritmlar aytib o’tiladi.



Chiziqli algoritmlar. Chiziqli algoritmlar algoritmlarning eng sodda va oddiy ko’rinishi hisoblanadi. Unida bajariladigan amallar ham buyruqlar ham buyruqlar ham qanday tartibda berilgan bo’lsa shunday tartibda ketma- ket bajariladi, ya’ni hyech qanday shart tekshirilmasdan chiziqli algoritmlarda buyruqlar ketma- ket tartib bilan bajariladi.

Chiziqli algoritmlarni quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.

Bu yerda A1,…, AN lar chiziqli algoritmlarda

bajarilishi kerak bo’lgan

buyruqlar ketma- ketligidir.

2- misol. funksiyani x ning ixtiyoriy qiymatlarida xisoblash algoritmini tuzing.

Yechish. Algoritmning blok sxema ko’rinishda ifodalaymiz.

2- misol. Geron formulasidan foydalanib uchburchak yuzini hisoblash algoritmini tuzing.

Yechish. Algoritmni blok sxema ko’rinishda ifodalaymiz.



Sinov savollari:


  1. Masalani kompyuterda yechishning asosiy bosqichlarini ayting?

  2. Algoritm nima?

  3. Algoritmga misollar keltiring.

  4. Algoritmning asosiy xossalari.

  5. Algoritmning tasvirlashning asosiy usullari.

  6. Bu tasvirlash usullarining har biriga misollar keltiring.

  7. Blok-sxema nima? Asosiy elementlarini ayting.

  8. Chiziqli algoritmlar qanday ifodalanadi?

  9. Algoritmning turlari.

  10. Ijrochining ko’rsatmalar majmui nimalardan iborat?

Uyga vazifa :

  1. Oddiy kasrlarni ayirish algoritmini tuzing.

  2. u=5+(3-x)(2x+7) ning qiymatini hisoblash algoritmini tuzing.

  3. Kesmani teng ikkiga bo’lish algoritmini tuzing.

  4. Quyidagi algoritmda qanday natija hosil bo’ladi: x:=2; x:=x+7 x=?

9-ma’ruza

Mavzu: Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarga algoritmlar

tuzish.

Reja:

  1. Tarmoqlanuvchi algoritmlar.

  2. Takrorlanuvchi algoritmlar.

  3. Murakkab algoritmlar bilan ishlash.

  4. Mustaqil ishlash.

Darsning maqsadi:

1.Talabalarda tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarni algoritmlash to’g’risida umumiy va asosiy ko’nikmalarni hosil qilish.

2. Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar tuzish malakalarini shakllantirish.

3. Murakkab jarayonlarni algoritmlashni o’rganish.



Tayanch iboralar: algoritmning turlari,tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar.

Dars o‘tish vositalari: sinf doskasi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, komputer, ma‘ruza bo‘yicha slaydlar.

Dars o‘tish usuli: namoyish dasturiy vositalat ishtirokida, jonli muloqotli ma‘ruza .

Darsning xrono xaritasi – 80 minut.

Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanikishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati 2 minut.

Talabalar bilimini baholash: o‘tilgan mavzuni qisqacha takrorlash, talabala bilan savol javob o‘tkazish - 10 minut.

Yangi mavzu bayoni - 55 minut.

Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash va mustahkamlash 10 minut.

Sinov savollari 5 minut.

Uyga vazifa berish 3 minut.

Ma‘ruza bayoni

Tarmoqlanuvchi algoritmlar.  Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi. Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.

Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi.

Tarmoqlanuvchi algoritm to’la va qisqartirilgan ko’rinishda berilishi mumkin. Ular quyidagicha sxema orqali ifodalanadi:

ha yo’q ha yo’q

shart shart
1 - amal 2-amal amal
a) to’la ko’rinish b) qisqartirilgan ko’rinish

1-misol. Ixtiyoriy berilgan x va u sonlaridan eng kattasini topish algoritmini tuzing.


boshlash
x,u ni kiritish
xa yuk

z = x x >= y z = y

z ni chiqarish
tamom

2- misol. ifodaning qiymatini hisoblash algoritmini tuzing.

Yechish.

boshlash
x ni kiritish


ha yo’q yo’q

y =1+2x x < O x=O y = x + 1

ha

y = 2 + x


u ni chikarish
tamom

Takrorlanuvchi algoritmlar. Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda uning ayrim bo’laklarini bir necha marta takroran hisoblashga to’g’ri keladi. Bunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda takrorlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.

Hisoblash jarayonining ko’p marta takrorlanadigan qismi ichki sikl tanasi (jismi) deb yuritiladi.

Takrorlanuvchi algoritm 2 xil ko’rinishga ega bo’ladi:

Sikl - gacha takrorlanuvchi algoritm quyidagi ko’rinishga ega:
yo’q

sikl tanasi shart

ha

a) sikl - gacha ;

Bu ko’rinishdagi algoritmda avval sikl tanasi bajarilib, so’ngra sikldan chiqish sharti tekshiriladi, ya’ni sikl tanasi qo’yilgan shart bajarilib turguncha takrorlanaveradi.



Sikl - hozircha  takrorlanuvchi algoritm quyidagi ko’rinishga ega:

yo’q

ha

shart sikl tanasi

b) sikl - hozircha.

Bu ko’rinishdagi algoritmlarda avval shart tekshiriladi, so’ngra agar shart qanoatlantirsa, sikl tanasi bajariladi, aks holda hisoblash to’xtatiladi.



1 - misol. O dan 2O gacha juft sonlar yig’indisini hisoblash algoritmini tuzing.

Yechish. a) sikl - gacha b) sikl hozircha


boshlash boshlash
S = O S=O : x =O
x = O yuk

x <= 2O S ni chiq

xa

S = S + x tamom



x = x + 2 S = S + x
xa x = x + 2

x <= 20


yo’q

S ni chiqarish


tamom

2-misol. funksiyani x ning [a,b] oraliqda h=0.1 qadam bilan o’zgarish qiymatini hisoblash algoritmini tuzing.

Yechish.


1) Sikl-gacha 2) Sikl - hozircha

A,B,H A,B,H
X=A X=A

yo’q

y =√x3 + x2+ 1 X<=B
y ni chiqarish tamom

ha

X = X + H

y =√x3 + x2+1

ha yo’q

X<=B tamom y ni chiqarish
X = X + H
Bundan tashqari murakkab ko’rinishdagi takrorlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.

Misol. ifodaning qiymatini hisoblash algoritmini tuzing.

Yechish. Bu yerda i bo’yicha takrorlanuvchi algoritm tashqi, j bo’yicha takrorlanuvchi algoritm ichki sikllar deb yuritiladi.


boshlash

S=0:P=1
i=1
j=1
P=P(i+j)/2
j =j+1 ha

ha yo’q


j<=3 S = S + P i=i+1 i<=5

yo’q


S ni chiqarish

tamom

Misol. Ikkita a va v natural sonlari uchun eng katta umumiy bo’luvchi topilsin( blok-sxema ko’rinishi):
boshlash
A,V ni kiritish

ha yo’q

A = V

yo’q ha



EKUB=A A > V

EKUB V = V -A A =A-V
tamom

Sinov savollari:

  1. Tarmoqlanuvchi algoritmlarning xususiyatlari va bajarish tartibi qanday?

  2. Takrorlanuvi algoritmlar deganda nimani tushunasiz?

  3. Murakkab xisoblash jarayonlari uchun qanday algoritmlardan foydalaniladi?

  4. Ichma- ich joylashgan algoritmlarning bajarilish tartibini tushuntirib bering?

Uyga vazifa :

1. Berilgan sonning absolyut qiymatini aniqlab beruvchi algoritm tuzing.

  1. Berilgan k butun sonning toq yoki juftligini aniqlab beruvchi algoritm tuzing.

10-ma’ruza

Mavzu: Dasturlash asoslari to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Turbo-Paskal dasturlash tizimi, uning umumiy tuzilishi, asosiy “menyu” lari va ishlash qoidalari.

Reja:

1. Dasturlash tillari va ular to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

2. Yuqori darajali dasturlash tillari.

3. Turbo-Paskal tizimi va uning umumiy tuzilishi.

4. Turbo-Paskal tizimida mustaqil ishlash.

Darsning maqsadi:

1.Talabalarda dasturlash, uning turlari to’g’risida umumiy va asosiy bilimlarni hosil qilish.

2. Turbo-Paskal tizimi va uning umumiy tuzilishi to’g’risida mukammal tasavvurga ega bo’lish.


  1. Turbo-Paskal tizimida mustaqil ishlash malakalarini shakllantirish.

Tayanch iboralar: dasturlash tili, dastur, translyator, son, miqdor, o’zgaruvchi, o’zgarmas, amallar, nom, identifikator, tur, oddiy va murakkab turlar, standart turlar.

Dars o‘tish vositalari: sinf doskasi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, komputer, ma‘ruza bo‘yicha slaydlar, Turbo-Paskal tizimi .

Dars o‘tish usuli: namoyish dasturiy vositalat ishtirokida, jonli muloqotli ma‘ruza .

Darsning xrono xaritasi – 80 minut.

Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanikishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati 2 minut.

Talabalar bilimini baholash: o‘tilgan mavzuni qisqacha takrorlash, talabala bilan savol javob o‘tkazish - 10 minut.

Yangi mavzu bayoni - 55 minut.

Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash va mustahkamlash 10 minut.

Sinov savollari 5 minut.

Uyga vazifa berish 3 minut.

Ma‘ruza bayoni

Biz axborot, kod, kompyuter, blok- sxema, algoritm, ijrochi va boshqa tushunchalarni o’rgandik. Bular masalani kompyuterda hal qilishda kerak bo’ladigan tushunchalarni o’rgandik. Bular masalani kompyuterda hal qilishda kerak bo’ladigan tushunchalardir. Ammo kompyuter bilan muloqot qilish uchun, bulardan tashqari, kompyuter “tilini” ham bilishimiz talab qilinadi. Biror masalani kompyuterda hal qilish uchun, avval, uning algoritmini tuzishimiz, so’ng bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonun qoidalar asosida yozishimiz lozim bo’ladi. Bu yozuv dastur deb ataladi.

Shunday qilib, dastur biror masalani yechishda kompyuter bajarishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi.

Kompyuter tushunadigan “til” dasturlash tili deb ataladi. (Eslang: algoritm ijrochisining ko’rsatmalar tizimi. Bu yerda kompyuter ijrochi sifatida qatnashmoqda.)

Hozircha yaratilgan dasturlash tillarini, ulardagi ko’rsatmalar, qonun qoidalarga ko’ra uch guruhga ajratish mumkin:


  1. Quyi darajadagi.

  2. O’rta darajadagi.

  3. Yuqori darajadagi.

Quyi darajadagi dasturlash tillari da ko’rsatmalar raqamlar yordamida beriladi. Barcha amallar ma’lum raqamlar bilan ifodalangan bo’lib, ular mashina qurilmalari adreslar bilan bevosita ishlashga mo’ljallangan. Bu tilda dastur tuzuvchi amallarning sonli ifodasi va adreslarni puxta bilishi kerak .

O’rta darajadagi dasturlash tillarida ko’rsatmalar sifatida inson tiliga yaqin bo’lgan, ammo qisqartirilgan holda ishlatiladigan so’zlar tanlanadi. Bunda ham dasturchi adreslar bilan ishlashi lozim. Qisqartirilgan ko’rsatmalar mnemokodlar, bu turdagi dasturlash tillari esa assemblerlar deb ataladi.

Yuqori darajadagi dasturlash tillaridagi ko’rsatmalar inson tiliga yaqin bo’lgan so’zlardan iborat. Ularda amallarni bajarish avvalgilardan oson bo’lib, dasturchi, biror maxsus amal bo’lmasa, adreslar, qurilmalar bilan bevosita bog’liq ko’rsatmalarni bilmasligi ham mumkin.

Kompyuter amallarni bajarish uchun ularni raqamli ko’rinishga keltirish kerak bo’ladi. Bu vazifani translyatorlar deb nomlanadigan maxsus dasturlar bajaradi. Translyatorlar dasturlashtilida yozilgan dasturlarni mashina tiliga tarjima qiladi. Ular 2 xil bo’ladi: interpretator va kompilyator.

Keyingi yillarda juda ko’p yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratilganligi sizlarga ma’lum. Ular qatoriga Paskal, Simula, dBasse, KARAT, Si va boshqa tillarni kiritish mumkin. Dasturlash tillarining ko’payib borayotganligiga qaramay, har bir dasturlash tilining o’z maqsadi, vazifasi va qo’llanish sohalari bor. Masalan, hisoblashga bog’liq masalalarni yechish uchun Paskal, Fortran, belgili ma’lumot va ro’yxatlarni qayta ishlash uchun LISP, matnli ma’lumotlar bilan ishlash uchun SI, muloqot uchun Beysik Paskal, iqtisodiy masalalarni yechish uchun dBasse, Kabol va ro’yxatlarni qayta ishlash uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi.

Hisoblash texnikasining tez sur’atlar bilan rivojlanib borishi natijasida, ular barcha sohalarda, shu jumladan o’quv jarayonida ham keng qo’llanilmoqda. O’quv jarayonlarida kompyuterning barcha imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun dasturlash asoslari, ya’ni dasturlash tillarini mukammal o’rganish kerak bo’ladi. Ana shunday dasturlash tillaridan biri Paskal dasturlash tili bo’lib hisoblanadi.

Paskal dasturlash tili mini va mikro-EHM da qo’llanuvchi eng keng tarqalgan tillardan biridir. U 1971 yilda Shveysariya Oliy maktabi professori Niklaus Virt tomonidan yaratilgan. Bu til birinchi jamlovchi qurilmalar ixtirochisi Blez Paskal nomi bilan atalgan. Hozirgi kunda juda ko’plab hisoblash mashinalarida Paskal tili kompilyatori mavjud bo’lib, u tilni keng qo’llashga va amaliy dasturlash uchun imkoniyat yaratadi. Paskal tili dasturlarni tarkibiy(strukturali) ko’rinishda yozishga imkon beradi.

Dasturlarni Paskal tilida yozishda quyida qabul kilingan umumiy qoidalarga rioya qilinadi:

1. Paskal tilida ham, boshqa dasturlash tillari kabi xizmatchi so’zlar mavjud bo’lib, ulardan o’zgaruvchilarni belgilash yoki o’zlari uchun mo’ljallangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.

2. Paskal tilining barcha naqllarida katta va kichik harflar ajratilmaydi, chunki chop etish qurilmasida kichik harfli dasturlar matni katta harflarga almashtiriladi.

3. Dasturlash jarayonida dasturning, o’zgaruvchilarning, o’zgarmaslar-ning va procedura- funksiyalarning nomlari boshlanishidagi 6-8 ta belgisi bilan farqlanadi. Shuning uchun uzundan uzun nomlardan foydalanish shart emas.

` Turbo – paskal’ tizimining umumiy tuzilishi, asosiy “menyu”si va ishlash qoidalari.

Paskal’ dasturlash tilining birinchi versiyasi 1968 yilda Stenford universitetida shved olimi Niklaus Virt tomonidan yaratilgan. 1982 yilda Amerikaning Borland firmasi tomonidan Turbo Paskal’ tizimining yaratilishi, Paskal’ tilining keng doirada qo’llanila boshlanishiga asos bo’ldi. Turbo Paskal’ tili birinchi versiyaga qaraganda ancha kengaytirilgan bo’lib, unda tez ishlaydigan kompilyator matn muxariri bilan birlashtiril- gan. Keyinchalik Turbo Paskal’ tilining 3.0, 5.0 va 6.0 – versiyalari paydo bo’ldi.

1992 yilda Borland firmasi Turbo Pascal 7.0 – versiyani taqdim etdi. Bu versiyada kompilyatorning ishi ancha yaxshilangan, obyektga mo’ljallangan dasturlash tamoyili to’liq ishga tushirilgan va uning imkoniyatlari kengaytirilgan.

Dasturni ishga tushirish.

IDE (Integrated Development Environment) – integrallashgan vositalar qobig’i (IVQ) – Turbo Paskal’ muhiti deb yuritiladi. Turbo Paskal’ muhiti Turbo.exe fayli orqali MS DOS operasion tizimining buyruqlar satrida yoki Windows muhitining ishchi stolida ishga tushiriladi.

Turbo. EXE fayli ishlash uchun tayyor. Turbo Paskal’ tilida dasturlashning muloqot (dialog) tilidan iborat. Bu tizim – matn muxarriri kompilyator, jamlovchi va yuklovchi qismlardan iborat. Muloqot tizimida normal ishlash uchun asosiy dasturlar kutubxonasi (Turbo.TPL) va ma’lumotlar majmuasi (Turbo.ALP) mavjud bo’lishi kerak.

Turbo Paskal’ tizimidan chiqish [ALT+X] tugmachalarini birgalikda bosish orqali amalga oshiriladi.



Turbo paskal’ tizimining bosh “menyu” si.

Turbo Paskal muhiti ishga tushirilgandan keyin kompyuter ekranida uning oynasi paydo bo’ladi. Oyna sarlavxalar satri, bosh menyu va ishchi soxa (matn muxarriri) va buyruqlarsatridan iborat.

Sarlavhalar satri matn muharirida yozilgan dastur nomidan iborat bo’ladi.

Paskal’ tilida tuzilgan dastur bilan ishlash uchun asosan bosh menyudan foydalaniladi. Bosh menyuga chiqish uchun F10 tugmacha bosiladi.




File Edit Seatch Rum Compile Debid Tools Options Winlow Help

Bosh “menyu” quyidagi asosiy bo’limlardan iborat:

1. File – fayli amallar ma’nosi bo’lib, fayllar bilan ishlash amallarini bajarishga mo’ljallangan. File bilan ishlash amallari:

Open (F3) – mavjud faylni muharrirlash uchun yuklash. Bu bo’lim tanlangandan keyin ekranda muloqat oynasi hosil bo’ladi. Oynada yuklash lozim bo’lgan fayl nomi ko’rsatilib, Enter tugmachasi bosiladi. Fayl yuklangandan keyin u muharrirlash va uni bajarish uchun tayyor bo’ladi.

Save(F2) – faylni saqlash. Bu bo’lim ishga tushirilganda muharrir xotirasidagi fayl diskga yoziladi. Agar muharrirlanayotgan fayl standart Noname.pas nomiga ega bo’lsa, u holda saqlashda fayl nomini o’zgartirish imkoniyati mavjud bo’ladi.

Save as – muharrirlanayotgan faylni boshqa nom bilan saqlash. Ushbu buyruq amalga oshirilgandan keyin, muharrirlanyotgan faylga boshqa nom beriladi va u kompyuter xotirasiga yangi nom bilan saqlanadi.

New – yangi faylni yaratish. Bu buyruq berilgan integrallashgan muhit muharriri yangi fayl yaratish tartibiga o’tadi. Yaratilyotgan faylga Noname. pas nom beriladi. Faylni saqlayotgan unga ixtiyori nom berish mumkin bo’ladi.

Exit (Alt +x) dasturlash muxitida ishni tugallash. Bu buyruq beril-gandan keyin integrallashgan muhitda ish tugallaniladi va undan chiqiladi.

2. Edit – fayllarni muharrirlashni yu qo’shimcha amallari “menyu”si bo’lib, matnni muharrirlashning asosiy funksiyalarini bajaradi. Bu amallar quyidagilardan iborat:

- matn bo’laklarini nusxalash;

- matn bo’laklarini o’rnatish;

- matn bo’laklarini o’chirish;

- muxarrirlanayotgan faylning boshlang’ich variantini tiklash ;

3. Search – matn bo’laklarini izlash va almashtirish “menyu”si bo’lib, matn qismlarini izlashni, lozim bo’lganda ularni yangisi bilan almash-tirishni amalga oshiradi

4. Run – Paskal’ dasturini bajarish “menyu”si bo’lib, ishchi sohada joy-lashgan dasturni ishga tushiradi. Bundan tashqari ushbu dasturni qadamma- qadam bo’yicha, hamda lozim bo’lganda esa ayrim qismini bajarishni amalga oshiradi.

Bu buyruq berilganda dastur ishga tushadi, agar dasturda xatoliklar mavjud bo’lmasa, o’zgaruvchilarga sonli qiymatni berishni talab etuvchi muloqat oyna hosil bo’ladi. Qiymatlar tartib bilan berilgandan keyin Yenter tugmachasi bosilib, dastur ishga tushiriladi. Dastur natijasini ko’rish Alt +F5 tugmachalarini bosish orqali amalga oshiriladi.



5. Compili – kompilyasiya “menyu”si bo’lib, ishchi sohada joylashgan dastur-ni kompilyasiya qilish uchun ishlatiladi. Bu buyruq berilganda dastur kompilyasiya qilinadi. Agar kompilyasiya vaqtida dasturda xatolik mavjud bo’lsa, u holda bu haqda kerakli xabar kompyuter ekraniga chiqariladi. Xatoliklar tuzatilgandan keyin dastur yana kompilyasiya qilinadi. Shuning uchun dasturda mavjud xatoliklarni aniqlash maqsadida, uni vaqti- vaqti bilan kompilyasiya qilib turish kerak bo’ladi. Kompilyasiya qilingan dastur bajariladi.

6.Debug – dasturni otladka qilish amallari “menyu”si bo’lib, dasturda mavjud xatoliklarni topishni yengillashtiruvchi buyruqlardan iborat.

7. Tools – instrumental vositalar “menyu”si bo’lib, Turbo Paskal’ muhitidan chiqmasdan turib, ayrim dasturlarni bajarishni amalga oshiradi.

8. Options- muhit parametrlarini o’zgartirish “menyu”si bo’lib, Turbo Paskal’ muhitida ishlash jarayonida lozim bo’lgan kompilyator parametr-larini o’rnatish uchun ishlatiladi.

9. Window oynalarni boshqarish “menyu”si bo’lib, oynalar bilan ishlashning barcha asosiy amallarini bajaradi. Bu amallar: oynalarni ochish, oynani yopish, oynani kerakli joyga joylashtirish va oyna o’lchovini o’zgartirishdan iborat.

10. Helpyordam olish “menyu”si bo’lib, muhitda ishlash bo’yicha kerakli ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bosh “menyu”ga qarashli bo’lim – ostki “menyu” deb yuritiladi. Ostki “menyuga” buyrug’ini tanlash uchun, uning nomi ustiga kursor ko’rsatkichi joylashtirilib, Enter tugmachasi bosiladi. Ostki “menyu” dan chiqish Esc tugmachasini bosish orqali amalga oshiriladi.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə