O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Yüklə 0.95 Mb.
səhifə1/18
tarix20.04.2016
ölçüsü0.95 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

A.Navoiy nomidagi

Samarqand davlat universiteti


Mexanika-matematika fakulteti

Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi



Aminov I.B.
Informatika va dasturlash

Ma’ruzalar matni


Samarqand-2010

1-bob. Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari


1-ma’ruza

Mavzu: Kirish. Informatika va informatsion texnologiyalarning asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi va axborotlashgan jamiyat taraqqiyotidagi roli

Reja:

1. Informatika to’g’risida ma’lumotlar.

2. Informatika fanining predmeti.

3. Informatikaning asosiy qismlari.

4. Informatika va HT ning rivojlanish tarixi.

Darsning maqsadi:

1.Talabalarda informatika to’g’risida bumumiy va asosiy tushunchalarni hisil qilish.

2. Informatika va informatsion jarayon to’g’risida tasavvurga ega bo’lish.

3. Informatika va HT ning rivojlanish tarixi bo’yicha ma’lumotga ega bo’lish.



Tayanch iboralar: informatika, dokumentalistika, informasion texnologiya, mexanik mashina, elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari.

Dars o‘tish vositalari: sinf doskasi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, komputer, Power Point dasturi, ma‘ruza bo‘yicha slaydlar.

Dars o‘tish usuli: namoyish dasturiy vositalat ishtirokida, jonli muloqotli ma‘ruza .

Darsning xrono xaritasi – 80 minut.

Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanikishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati 2 minut.

Talabalar bilimini baholash: o‘tilgan mavzuni qisqacha takrorlash, talabala bilan savol javob o‘tkazish - 10 minut.

Yangi mavzu bayoni - 55 minut.

Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash va mustahkamlash 10 minut.

Sinov savollari 5 minut.

Uyga vazifa berish 3 minut.

Ma‘ruza bayoni

Informatika to’g’risida gap ketganda, har bir kishi qandaydir axborotlar haqida fikr borayotganligini va bu axborotlar nimagadir yoki kimgadir tegishli ekanligini tushunadi. Bu axborotlar qayerdan olingan, qanday saqlangan va ularni manbai qayerda ekanligi ko’pchilikni qiziqtirishi mumkin.

Qadimda insonlar, qog’oz mavjud bo’lmagan vaqtlarda, o’sha davrga tegishli ma’lumotlarni toshlarga, daraxt barglariga, gildan (loydan) yasalgan tablichkalarga yozib qoldirishgan. Bu ma’lumotlar esa cherkovlarda yoki ibodatxonalarda saqlangan. Shuning uchun xam bu ma’lumotlarga ega bo’lish, ularni o’rganish hammaga ham nasib qilavermagan. O’qishni yoki yozishni bilmagan kishilar ulardan foydalana olishmagan.

Vaqt o’tishi bilan insonlar o’zgardi, jamiyatning tuzumi o’zgardi. Jamiyatda o’qimishli kishilar ko’paydi. Yangidan-yangi axborotlar hosil bo’ldi. Bu axborotlarni ko’paytirish va ularni barcha qiziquvchi kishilarga tarqatish muammosi hosil bo’ldi. Axborotlarni tarqatish vositasi sifatida asosan kitoblardan, rasmlardan va hokazolardan foydalanila boshlandi. Chop etilgan kitoblardan yoki rasmlardan kishilar jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlar, yangiliklar va voqyealar to’g’risida axborotlarga ega bo’lishdi.

Yillar o’tishi bilan hosil bo’ladigan axborotlar hajmi ortdi. Axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va tarqatish uchun nashriyotlar, tipografiyalar qurildi, ya’ni informasion sanoatga asos solindi.

Ko’plab tirajda chop etilayotgan kitoblar, gazeta va jurnallar kishilarni katta hajmdagi axborotlardan xabardor qilib turishdi.

Matbuot bilan birgalikda radio, keyinchalik esa televedeniya axbo-rotlarni uzatish vositasi bo’lib qoldi.

Axborot tushunchasi nimani anglatadi? Qadimgi Gresiyada bu termin “ko’rinishni berish”, “tasavvurlash” ma’nosida tushunilgan.



Ko’rinishni berish – bu rasmlar orqali konstruktorlik g’oyalarni hosil qilish, kinofilmlar yaratish, gramplastinkalar ishlab chikish va hakozalardan iborat. Insonlarning kuzatish natijalari va egallagan bilimlarini bir ko’rinishdan boshqa ko’rinishga o’tkazilishi-bu axborotlarni qabul qilish yoki saqlash va ishlash uchun juda qulaydir.

Tavsiflash– buni modellashtirish yoki model yasash ma’nosida tushunish mumkin. Bu qanaqa model, u qanday ko’rinishda ifodalanganligi qo’yilgan aniq masalaga, uning tiliga va usuliga bog’liq bo’ladi.

Masalan, fizik fotoplastistinka elementar zarrachalarining qoldirgan trayektoriyasini o’rgana turib, formula va tenglamalardan iborat matematik modelni yaratadi, ruxshunos esa insonlarni turli vaziyatlardagi holatlarini tavsiflovchi model hosil qiladi.

Har bir inson o’zining ish faoliyati davomida u yoki bu ko’rinishda modellashtirish bilan yoki kelayotgan, chiqayotgan axborotlarni tasvirlash bilan shug’ullanishadi.

XX asrda fan- texnikaning va sanoatning rivojlanishi natijasida hosil bo’ladigan va saqlanadigan axborotlar hajmi shu darajada ortib ketdiki, natijada ularning hammasini insonlar qabul qilishi, saqlashi va qayta ishlashi mumkin bo’lmay qoldi.

Hosil bo’layotgan axborotlarni sinflarga bo’lish, saqlash, axborot-larni harakatlanish qonuniyatini yaratish muammosi hosil bo’ldi. Bu muammoni hal qilish uchun olib borilgan izlanishlar natijasi sifatida informatika deb atalmish fan paydo bo’ldi. Boshlang’ich bosqichda informa-tika kutubxona ishining bazasi hisoblangan va ko’p yillar yordamida uni mukammallashtirish nazariyasi va amaliyoti bilan shug’ullanib kelgan.

Informatika o’rganilayotgan obyekt va u to’g’risidagi bilimlar oralig’idan joy egallab qoladi. Haqiqatan ham, inson atrof muhitni o’rgana turib, axborot oladi, uni biron narsaga belgilab, yozib yoki saqlab qo’yadi. Axborot tashuvchi sifatida adabiyot, magnit lentalar, kartalar, sxemalar ishlatilishi mumkin. Axborotlarni qayta ishlash orqali, bizni o’rab turgan dunyo to’g’risida bilimga ega bo’lamiz, natijada yangi izlanish usullarini yaratish, yangi axborotlarga ega bo’lish, ularni saqlash, qayta ishlash va hokazo imkoniyatlar hosil bo’ladi.

izlanish va tasavvurlash usuli

Obyektlar

ma’lumotlar


Belgi axborotlarni yig’ish va qayta

ishlash usullari

Axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va tasvirlashning samarali usullarini yaratish informatikaning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib qoldi. Asrimizning 50-yillarigacha masalaning bunday qo’yilishi haqiqat bo’lib, axborotlarni yig’ish va qayta ishlash usullari bo’yicha umumiylik yo’qdek edi. Tibbiyotda, geografiyada, fizikada, filosofiyada va boshqa sohalarda axborotlarni yig’ish va qayta ishlashda bog’liqlik yo’q edi. Ko’pchiliklarning fikricha matematika bilan fizika, ximiya bilan tibbiyot o’rtasida bog’liqlik borligi tan olinar edi. Kompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bu holat tezlik bilan sezilarli darajada o’zgardi.

Ko’pchilikka ma’lumki, birinchi EHM (elektron hisoblash mashina-lari) atom fizikasida, uchish va raketa texnikasida hisoblash ishlarini bajarish uchun yaratilgan. Keyinchalik ularni boshqa sohalarda: qishloq xo’jaligida, sanoatda, boshqarish sistemasida, tibbiyotda, o’quv jarayonlarida va hokazolarda qo’llanilishi yangi sanoat sohasi – axborotlarni elektron qayta ishlash usullari va vositalari sohasi yaratilishiga va uni tez sur’atlar bilan rivojlanishiga asos bo’ldi.

Yangi elektron hisoblash mashinalari, ular bilan muloqot qilish-ning yangi vositalari va usullari yaratildi. Hisoblash texnikalari ishlab chiqa-radigan sanoat korxonalari qurildi. Birinchi EHM lari hisoblash masalalarini yechish uchun yaratilgan, keyinchalik sonli, matnli, grafik va boshqa axborotlarni ham qayta ishlovchi kompyuterlar yaratila boshlandi.

Hisoblash texnikasi barcha sohalarda o’zining samaradorligini, keng imkoniyatli ekanligini va qulayligini ko’rsatdi.

Kompyuter va ular bilan muloqot qilish usullarini va metod-larining rivojlanishi natijasida, ularning qo’llanilish sohalari ken-gayib bormoqda.

Hozirgi kunda kompyuterlar barcha sohalarda, shu jumladan sanoatda, qishloq xo’jaligida, ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida, fan texni-kada, tibbiyotda, o’quv jarayonlarida keng qo’llanilib kelinmoqda.



Informatika nima? Agar u bizni o’rab turgan borliq to’g’risidagi axborotlarni yig’ish va qayta ishlashdan iborat bo’lsa, u holda uni ximiyadan, biologiyadan va boshqa fanlardan qanday ajratish mumkin. Balki boshqa barcha fanlar uning asosiy tarkibiy qismidir? Yo’q, informatika hyech qanday fanni na ximiyani, na fizikani na tibbiyotni va boshqalarni o’z ichiga olmaydi. Lekin ularning har biri bilan juda ko’p umumiylikka ega. U boshqa fanlarga yordam berish uchun yaratilgan, ya’ni matematika fani bilan birgalikda ularni axborotlarni saqlash, uzatish, tekshirish va qayta ishlash usullari bilan ta’minlaydi. Haqiqatdan ham, tajriba o’tkazish jarayonida olimlar turli xil vositalar yordamida axborotga ega bo’lishadi, uni saq-laydi, qayta ishlaydi va lozim bo’lsa undan boshqa jarayonlar uchun ham foydalanadi.

Axborotlarni qabul qilish, yozish, saqlash va qayta ishlash maxsus algoritmlar orqali amalga oshiriladi. Olingan natijalar tahlil qilingandan keyin kerakli xulosaga kelinadi. Biz hozir abstrakt tajriba haqida so’z yuritayapmiz. Aslida esa u fizik, geografik, ximik va boshqa tajriba bo’lishi mumkin. Datchiklar ma’lumotlarni to’g’ridan to’g’ri kompyuterga uzatishi mumkin yoki laborant asbob ko’rsatkichini avval daftarga yozib olib, so’ngra uni kompyuterga kiritadi. Asosiysi ma’lumotlarni xotira qurilmasiga yozish, saqlash mumkin va qayta ishlash uchun esa algoritmi mavjud bo’lishi kerak.

Ma’lumotlarni qayta ishlash tajribaning asosiy ajralmas qismi hisoblanadi. Axborotlarni qayta ishlash algoritmlari olimlar va mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi. Dastur tuzuvchilar bilan birgalikda ular kompyuter uchun ma’lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar tuzishadi. Algoritmlar yaratish va ular asosida kompyuter uchun dastur tuzish – ana shu bosqichning eng asosiysi hisoblanadi.

Keyingi bosqichda tekshirish uchun ma’lumotlarni qulay ko’rinishda ifodalash va chiqarish dasturlaridan foydalaniladi. (grafiklar qurish, jadvallar yaratish, ishchi rasmlarni tasvirlash chizish va hokazo). Ma’lumki, bunday dasturlar aniq sohaga mo’ljallanmagan va ular yetarlicha universal hisoblanadi.

Amaliyot shu narsani ko’rsatdiki, kompyuterlardan foydalanish natijasida ishlab chiqarishda va fan texnikada mehnat samaradorligi orta-di, ilmiy-texnik progressga juda kuchli ta’sir etadi.

Kompyuterlarning rivojlanishida asosan uchta bosqichni ajratish mumkin: hisoblash, umumiy informasion va intellektual. Fan va texnologiya hozirgi vaqtda uchinchi bosqichda, ya’ni mashina intelektuali-ning rivojlanish bo’sag’asida turibdi.

Mashina intellekti hayotga aqliy mehnat kishilari bajaradigan ishlarni bajaruvchi kompyuterlar ko’rinishida kirib bormoqda.

Yangi mashianalar ishlab chiqiladi, ko’plab mukammal dasturlar yaratiladi, mashina intellekti o’sadi, ya’ni bizni o’rab turgan olamni anglash va tekshirish uchun imkoniyatlar hosil bo’ladi.

Zamonaviy informatikani quyidagi 3 yo’nalishi tashkil etadi:

1) Axborotlarni avtomatik yig’ish, saqlash, ishlash va uzatish usullari va algoritmlarini yaratish;

2) Axborotlarni qayta ishlash, tasavvurlash usullari va algo-ritmlarini yaratish.

3) Yuqoridagi ikkita yo’nalishni rivojlantirish uchun elektron hisoblash mashinalari va texnologiyalarni yaratish.

Ingliz tilida informatika so’zining sinonimi computerscieni (hisoblash fani) bo’lib, u informatikaning predmetini to’la yorita olmaydi. Informatika termini bizga fransuz tilidan kelgan bo’lib, kompyuterlar va ularni qo’llanilishi haqidagi fanni anglatadi.



Hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi.

Qadim zamonlardan beri insonlar o’z mehnatini yengillashtirishga, avtomatlashtirishga yoki mexanizasiyalashtirishga harakat qilishgan. Bu harakatlarning barchasi jismoniy kuchlarga yoki mehnatga qaratilgan bo’lib, insonlar aqliy ish faoliyatida hyech qanday mexanizasiyadan (texnikadan) foydalanishga ehtiyoj sezmaganlar. Ilm-fanning va jamiyatning rivoj-lanishi natijasida katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashga yoki murakkab ko’rinishdagi arifmetik amallarni bajarishga zarurat tug’ildi, ya’ni murakkab hisoblash jarayonlarini bajarish uchun maxsus texnik vosi-talar yaratishga ehtiyoj sezildi.

Tarixda birinchi hisoblash texnikasining yaratilishi fransuz filosofi, yozuvchisi, matematigi va fizigi Blez Paskal nomi bilan bog’langan. U 1641 yilda qo’shish va ayirish amallarini bajaradigan mexanik hisoblagichni yaratdi.

1673 yilda mashhur nemes olimi Gorfrid Leybnis to’rt arifmetik amalni bajaradigan hisoblash mashinasini qurdi. G.Leybnis yaratgan mashinaning asosiy mexanizmlari XX asrning o’rtalarigacha ham ba’zi bir mashinalarda qo’llanilib kelindi. Leybnis yaratgan mashina turiga, ko’paytirish amalni ko’p martalab qo’shish, bo’lish amalini ko’p martalab ayirish kabi bajaradigan barcha mashinalarni, shu jumladan birinchi EHM larini kiritish mumkin. Bu mashinalarning eng asosiy xususiyati insonlarga nisbatan hisoblashlarni juda yuqori aniqlikda va tezlikda amalga oshirishdan iborat edi. Bu mashinalarning yaratilishi insonlarning intel-lektual faoliyatini mexanizasiyalashtirish mumkinligini namoyish qildi.

Hisoblash mashinalarini yaratish va ularni mukammaltirish fan- texnikaning asosiy muammolaridan biriga aylandi.

Birinchi hisoblash mashinalarining paydo bo’lishi va ularga bo’lgan talabning oshishi, ularni yaratilish texnologiyasini mukammaltirish ishla-rini tezlatib yubordi. 1821 yil Tomas degan konstruktor hisoblash vosita-larini ko’plab ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi va bu asboblar arifmo-metrlar deb atala boshlandi.

Arifmometrlar boshqa mashinalarga nisbatan yuqori hisoblash tezligiga ega bo’lib, ikkita sakkiz raqamli sonlarni 18 sekundda ko’paytirish imkoniga ega bo’lgan.

XX asrda ko’plab hisoblash vositalari yaratildi, ularning ishonchliligi, hisoblash aniqligi va tezligi, ular bilan muloqot qilish imkoniyatlari oshirildi.

Hisoblash mashinalarini mukammallashtirishda va yaratishda rus olimlarining ham xizmatlari beqiyosdir. XVIII asr oxirlarida Ye.Yakobsonning mashinasi tayyorlandi, 1828 yilda Slobodskiy F.M. hisoblash vositasini yaratdi, 1846 yilda Kummer, P.L.Chebыshev mashinalari yaratildi. Peterburglik injener V.Odner tomonidan yaratilgan tishli arifmometr hisoblash texnikasining rivojlanishida muhim rol o’ynadi.

1873 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan bunday asboblar, shunchalik mukammal tuzilishga ega bo’lib, ko’p yillar davomida o’zgarishsiz qo’llanib kelindi.

Bunday hisoblash mashinalari insonlarning hisoblash ishlarini yengillashtirishi bilan birga, ularsiz mashina hisoblash ishlarini bajara olmas ham edi.

XIX asrning boshlarida ingliz matematigi Charlz Bebbdj prinsipial yangi turdagi hisoblash mashinasining asosini yaratdi va uning asosiy holatlari (xususiyatlari)ni bayon qilib berdi:



1. Mashina raqamli axborotlarni saqlash uchun “ombor”ga ega bo’lishi kerak (hozirgi kompyuterlarda bu xotira qurilmasi).

2. Mashinada “ombor”dan olingan sonlar ustida amallar bajaruvchi qurilma mavjud bo’lishi kerak (Zamonaviy kompyuterlarda bu arifmetik qurilma

hisoblanadi).

3. Mashinada amallarning bajarilishi ketma-ketligini boshqa-ruvchi qurilma, ya’ni boshqarish qurilmasi bo’lishi kerak.

Mashinada boshlang’ich ma’lumotlarni kiritish va hosil bo’lgan natijalarni chiqaruvchi qurilmalari, ya’ni kiritish – chiqarish qurilmalari mavjud

Bundan 150 yil ilgari surilgan bu g’oyalarni XIX asrda ro’yobga chiqa-rib bo’lmagan bo’lsada, lekin zamonaviy kompyuterlarda bularning barchasi o’z aksini topgan. Bebbedj mexanik arifmometrlar asosida shunday turdagi mashinalarni yaratishga harakat qilgan. Lekin mexanizmlarning yo’qligi va juda qimmatligi tufayli bu ishni oxiriga yetkaza olmadi.

XX asrning 40-50 yillarida elektronika, avtomatika va matematik mantiq sohasida juda katta yutuqlarga erishildi, ya’ni birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratildi.

1944 yilda amerikalik fizik G.Ayken loyihasi asosida avtomatik hisoblash mashinasi Mark-1 ni yaratish bo’yicha ishlar tugallandi. Bu mashinada asosan elektron mexanizmlardan foydalanilgan. Katta hajmga va og’irlikka ega bo’lgan bu mashina bor yo’g’i 10 ta arifmometr kuchiga ega edi. Ishlash tezligining va imkoniyat darajasining pastligi tufayli bu mashinadan amaliyotda foydalanish mumkin bo’lmadi.

Releli mashinalarning ishlash tezligining pastligi tufayli ular hisoblash ishlashlarini avtomatlashtirish ishida unchalik muhim o’rinni egallamadi. Lekin faqatgina elektronika hisoblash texnikasiga, oldingi yaratilgan elementlarga nisbatan juda yuqori tezlikda sifatli ishlash imkoniyatini yaratdi. Elektron sxemalar asosida yaratilgan hisoblash mashinalari, hisoblash texnikasini yaratishda yangi yo’nalishlarni ochib berdi. Bu mashinalar elektron hisoblash mashinalari (EHM) deb atala boshlandi.



1946 yilning boshlarida Amerika Qo’shma Shtatlarida, asosiy elementi elektron lampalardan iborat bo’lgan, dunyoda birinchi elektron hisoblash mashinasi namoyish qilindi. Bu mashina ENIAK deb nomlanib, ikkita o’n raqamli sonlarning ko’paytmasini 0,0028 sekundda bajarish tezligiga ega edi.

ENIAKning yaratilishi hisoblash texnikasini rivojlantirish bo’yicha izlanish va va imkoniyatlar uchun yo’l ochib berdi.

Elektron hisoblash texnikasining rivojlanishida amerikalik mashhur matematik Jon fon Neymanning xizmatlari juda katta bo’ldi. Neyman tomonidan bildirilgan, sonlarni ifodalashda ikkilik sanoq sistemasidan foydalanish va foydalanilayotgan axborotlarni saqlash kabi g’oyalar hozirgi zamon hisoblash mashinalarida o’zining amaliy aksini topgan. 1949 yilda Angliyada Jon fon Neyman prinsiplari asosida elektron hisoblash mashinasi –EDSAK yaratildi va amaliyotda qo’llanildi.

Birinchi sovet EHMi 1950 yilda akademik S.A.Lebedev rahbarligida yaratildi. U MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi) deb ataldi. Bir yildan keyin S.A.Lebedev rahbarligida BESM (katta elektron hisoblash mashinasi) yaratildi.

EHM avlodlari. EHM larning rivojlanish tarixini o’rganishda ular bir nechta avlodlarga bo’linadi.

50-yillarda ishlab chiqarilgan birinchi EHMlar birinchi avlod mashinalari hisoblanadi. Ularning asosini elektron lampalar tashkil qilgan bo’lib, ishlash tezligi va ishonchliligi juda past bo’lgan.

1955 yildan boshlab, ikkinchi avlod EHMlari paydo bo’ldi. Ularda elektron lampalarning o’rniga – yarim o’tkazgichlar – tranzistorlar qo’llanilgan. EHMlari hajm jihatidan kichiklashgan, ularga kam miqdorda elektroenergiya kerak edi. Ularning ishlash tezligi esa katta bo’lib, sekundiga bir necha o’n ming amalni bajarar edi. Ana shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarida dasturlash tillaridan foydalanila boshlandi.

Bir necha vaqt o’tgandan keyin elektron sanoati integral sxemalar ishlab chiqara boshladi. Integral sxemalar- bu uncha katta bo’lmagan yarim o’tkazgichli kristallar bo’lib, ular bir necha yuzlab tranzistorlardan tuzilgan. Integral sxemalardan iborat EHMlari uchinchi avlod mashinalari hisoblanadi. Bu EHM katta xotiraga va yuqori ishlash tezligiga ega bo’lib, sekundiga bir necha milliongacha amalni bajaradi.

Zamonaviy kompyuterlar – bular to’rtinchi avlod EHMlari hisob-lanadi. Ular 70-yillarning boshlarida yaratilgan. Ularning asosiy elementlari mikroprosessor va katta integral sxemalar (KIS) hisoblanadi. KISlar ham yarim o’tkazgichli kristallar bo’lib, bir necha yuz ming tranzis-torlardan tuzilgan.

Mikroprosessorlarning yaratilishi - informatika fanidagi buyuk o’zgarishlardan biri hisoblanadi. Uning natijasi sifatida shaxsiy kompyuterlar paydo bo’ldi. Bu kompyuterlar o’zining xotirasining hajmi va ishlash tezligi jihatidan bir necha minglab birinchi avlod mashinalariga teng keladi.

Yuqorida keltirilgan to’rt avlod EHMlari bir-biridan keskin farq qiladi, lekin hammasida ham bir xil kamchilik mavjud. Bu kompyuterlarda ishlash uchun, ya’ni kerakli masalalarni yechish uchun, maxsus tildan foydala-nish kerak bo’ladi, aks holda kompyuter bilan muloqot qilib bo’lmaydi. Buning uchun yechiladigan masala biror dasturlash tilida yozilgan bo’lishi kerak.

Hozirgi vaqtda ko’plab mamlakatlarda beshinchi avlod EHMlarni yaratishga harakat qilinayapdi. Bu kompyuterlar inson tilini tushunadigan, tasvirlarni ko’radigan bo’lishi kerak. Bunday kompyuterlar paydo bo’lgan paytda, yechiladigan masalalar tabiiy so’zlar orqali ifoda qilinadi, dastur tuzish va uni yechishni kompyuter o’zi bajaradi.



Sinov savollari

1. Informatika fani paydo bo’lishi to’g’risida qanday to’g’risida ma’lumotlarni bilasiz?.

2. Informatika fanining predmeti nima?.

3. Informatikaning asosiy qismlari qaysilari?.

4. Informatika va HT ning rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat?

5. Informatika faninin asosiy xususiyatlari?



Uyga vazifa : Ichlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish va axborotlarni qayta ichlash doir misollar kelterish va ularni tushuntirib berish.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə