O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va tarix fakulteti




Yüklə 0.68 Mb.
səhifə1/6
tarix25.04.2016
ölçüsü0.68 Mb.
  1   2   3   4   5   6



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA-MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOShKENT DAVLAT ShARQShUNOSLIK INSTITUTI

JAHON SIYoSATI VA TARIX FAKULTETI

UDK:

BBK:

P-

Mo‘’minov Qobuljon


Eron va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy hamkorlikning rivojlanish tarixi (1991-2010 yy.)
5A220204-Tarixshunoslik, manbashunoslik

va tarixiy tadqiqotlar metodlari mutaxasisligi

Magistrlik akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYaSI

Ilmiy rahbar: t.f.n., dotsent Xudoyberdiev A.X.

Toshkent 2012


Eron va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy hamkorlikning rivojlanish tarixi (1991-2010 yy.)

Bajardi: Mo‘’minov Qobuljon

Ilmiy rahbar: t.f.n., dotsent Xudoyberdiev A.X.
KIRISh
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. XX asr insoniyat tarixida misli ko'rilmagan voqealarga boy asr bo'ldi. Uning 90-yillari esa jahon siyosiy xaritasi va jarayonlarida tub o'zgarishlarni boshlab bergan bir qator voqeliklarni yuzaga keltirdi. Prezident Islom Abdug'aniyevich Karimov ta'kidlaganlaridek: "Bu asr jahon hamjamiyatining jug'rofiy - siyosiy tuzilishiga tub o'zgarishlar davri bo'lib kirdi. Endilikda, butun dunyo yagona va o'zaro bog'liqdir".1 Avvalo, Sobiq Ittifoq parchalanishi, xalqaro maydondagi bipolyar tizimni tugatilishi va “sovuq urushi” davrining yakunlanishi bilan davlatlar tashqi aloqalarini o‘rganish, ularning tarixiy jihatlarini aniqlash dolzarb masalalaga aylandi. Jumladan, uzoq va boy o‘tmishga ega Eron tashqi aloqalarining o‘ziga xos jihatlari, tarixiy bosqichlarini tahlil etish va muayyan tendensiyalarini ochib berish muhim ahamiyat kasb eta boshladi.

Ta’kidlash joizki, Eron bevosita Markaziy Osiyo mintaqasining chegarasida joylashgan bo‘lib, tarixan mintaqamizga o‘z ta’sirini namoyish etib kelgan. Bu ta’sirni jahondagi ilk imperiya Ahamoniylar davridan to bugungi kungacha, Eron Islom Respublikasi e’lon qilingandan keyingi darvda ham kuzatish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda Eron Islom Respublikasini Markaziy Osiyo va O’rta Sharqdagi yetakchi davlat sifatida Rossiya Federatsiyasiyasi bilan o’zaro munosabatlari tarixi va uning kelgusi istiqbollarini ilmiy tadqiq etish Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlardan biri sifatida O’zbekiston uchun ham o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Buni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

Birinchidan, Eron tarixan qulay geografik muhitda joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlarining dengizga va jahon bozoriga chiqishida strategik ahamiyat kasb etadi;

Ikkinchidan, Eron ulkan tarixiy tajriba va davlatchilikka ega mamlakat hisoblanadi;

Uchinchidan, Eron jahondagi nizolarga boy Yaqin va O'rta Sharq mintaqasining nisbatan siyosiy, hududiy va iqtisodiy jihatdan nufuzga ega davlati hisoblanadi;

To’rtinchidan, mazkur mamlakat yirik energetik zahiralarga ega bo‘lib, yetakchi davlatlar e’tiborini o’ziga doimo jalb etib kelgan. Eron Islom Respublikasi jahon gazining 16% va neft zaxirasining 11%ga egalik qilishi haqidagi ma’lumotning o’ziyoq fikrimizni yorqin misoli bo’la oladi2.

Beshinchidan, Eronning yadroviy dasturini rivojlantirish siyosatinnig davom etishi va uning tevaragidagi yetakchi davlatlar tomonidan tashkil etilib kelinayotgan turli siyosiy “o‘yinlar” va ularning Markaziy Osiyodagi barqaror siyosiy vaziyatga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmasligi shular jumlasidandir.

Yuqorida sanab o’tilgan omillar Eron tashqi aloqalarining tarixiy xususiyatlarini tadqiq etgan holda istiqboldagi Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari jumladan, O‘zbekiston bilan munosabatlarini o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega.

Ikki yuz ellik yildan buyon yetakchi davlat sifatida Rossiya Fedaratsiyasi tarixan va bugungi kunda Eronning eng yaqin va ishonchli hamkorlaridan hisoblanadi. Eron va Rossiyada milliy davlatchilikning tashkil topishi o‘zaro aloqalarning kengayishiga olib kelgan. Ikki davlatning kuch-qudrati turli ko‘rinishda bo‘lib, har ikkisining manfaati doimo mushtarak bo‘lib kelgan. Eronning Rossiya bilan munosabatlari shakllanishi Safaviy hukmdorligiga, XVI asrga borib taqaladi. Biroq faol siyosiy va elchilik aloqalari Og'a Muhamadxon Xojar va Yekaterina II hukmronlik davrlarida, Eron va Rossiyaning Kavkaz va Kaspiyga qiziqishlari kuchaygan va o‘zaro manfaatlari to‘qnashgan paytdan boshlangan. XIX asrda turli ko‘rinishdagi urushlarni boshdan kechirishgan va o‘zaro aloqalari tarixiy sharoitlar ta’sirida turlicha ahamiyat kasb etgan. Shu bois Eron-Rossiya munosabatlarini tadqiq etishning uch bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin3:

1. Chor Rossiyasi davridagidagi o‘zaro aloqalar;

2. Sobiq Ittifoq davridagi Eron-Rossiya munosabatlari;

3. Yangi davrda ya’ni, bugungi kundagi Rossiya Federatsiyasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik.

Xulosa qilib aytganda, Eron-Rossiya hamkorligi tarixan uzoq o‘tmishga ega bo‘lib, bu aloqalar turli savdo-sodiq, mahsulot ayriboshlash, elchilik aloqalari orqali namoyon bo‘lgan va rivojlanib kelgan. Ikki mamlakat hududida milliy davlatchilikning shakllanishi esa barqaror aloqalarni yo‘lga qo‘yish, manfaatlarni har qanday vositalar, qurolli kuchlar bilan himoya qilish holatlari ham Eron-Rossiya aloqalari tarixida yuz bergan. Ularning bu kabi aloqalari bevosita o‘rta hududga aylangan Markaziy Osiyoda shakllangan siyosiy-iqtisodiy muhitga ta’sir etib kelgan. Bugungi kunda Eron-Rossiya aloqalarining asosiy tendensiyalarini ochib berish, O‘zbekiston tashqi siyosatini belgilashda ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Prezident I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek: “Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin”4

Tadqiqot obyekti va predmeti. XX asrning so’ngi va XXI asrning dastlabki o’n yilligida Rossiya Federatsiyasining Eron Islom Respublikasi bilan olib borgan iqtisodiy, siyosiy, harbiy-energetika, ilmiy-texnik va madaniy sohadagi hamkorligi tarixini ilmiy jihatdan yoritib berish tadqiqot obyekti hisoblanadi.

Bu ikki davlat o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va boshqa turli sohalarda olib borilgan aloqalar tadqiqot ishining predmeti bo’lib xizmat qiladi.



Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi XX asrning 90-yillaridan so‘nggi davrda va XXI asrning dastlabki o’n yilligida Eron-Rossiya aloqalarining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy tomondan ochib berish va asosiy tendensiyalarini tadqiq etishdan iborat.

Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar magistrliik dissertatasiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi:



  • Eronning zamonaviy davrda yetakchi davlatlari bilan aloqalarini tadqiq etishda O’rta Sharq mintaqasining xususiyatlarini ochib berish;

  • Eron-Rossiya aloqalarining zamonaviy tarixdagi o’ziga xos jihatlarini tahlil etish;

  • harbiy va energetik xavfsizlikni ta’minlash sohasida Rossiya-Eron aloqalarinimng tarixiy va bugungi kundagi holatini yoritish;

  • Eron-Rossiya tashqi iqtisodiy-siyosiy aloqalari shakllanishining tarixi va ularni ikki davlat aloqalariga ta’siri hamda ahamiyatini ko‘rsatib berish;

  • Eron-Rossiya aloqalarini Kaspiy mintaqasidagi barqarorlik faktori sifatida ko’rsatib berish;

  • Kaspiy mintaqasidagi murakkab geosiyosiy vaziyat va kompleks muammolarni tartibga solishda ikki tomonlama hamkorlikka obyektiv baho berish;

  • Yaqin va O’rta Sharq mintaqasidagi nizolarni hal etishda Eron-Rossiya hamkorligining ustivor yo‘nalishlarini yoritib, ilmiy tahlil etish.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Yaqin va O’rta Sharq mintaqasi, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda Eron-Rossiya munosabatlarini tahlil etish, xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy masalalardagi o’zaro hamkorlikning asosiy tendensiyalarini ochib berish asnosida quyidagilar ilmiy ishning asosiy masalalari va farazlari sifatida belgilanadi:

  • har ikki davlat ham tarixan bir-biri uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiy-savdo hamkori bo’lib kelgan;

  • Eron-Rossiya o’rtasida “tinchlik dengizi” hisoblangan Kaspiy mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash, unga egalik qilishdagi huquqlarni taqsimlash va tasdiqlash borasida manfaatlar mushtarakligi;

  • ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik asosan mintaqaviy manfaatlar doirasidan kelib chiqib amalga oshirilmoqda;

  • mintaqaviy xavfsizlikning bosh omilini davlatlar o’rtasidagi harbiy-energetik hamkorlik tashkil etadi.

Mavzu bo'yicha adabiyotlar tahlili. Zamonaviy tarixda xalqaro munosabatlar, mazkur tizimda Rossiya-Eron aloqalarini, g‘arblik siyosatshunos tarixchilardan Z. Bzejinskiy, G. Kissenjer, S. Bagdasarov, A. N. Chavushyan, K. Xerestin, J. Elliot, M. Ekonomides, R. Olini, Ye. A. Orlov, S. P. Xuntington, M. N. Katz, V. F. Endgel, B. N. Zaxoder, Yu. V. Barsegov5; K. S. Gadjiev6; A. V. Dmitriev, P. L. Karabuщenko, R. X. Usmanov7; S. S. Jilsov, I. S. Zonn8; I. B. Ejiev9 va boshqa olimlar tomonidan tadqiq etilgan10.

O’rta Sharq mintaqasi xususiyatlari, mintaqa davlatlari, jumladan, Eron davlati tashqi siyosati va Rossiya Federatsiyasining Yaqin va O’rta Sharqdagi siyosiy faoliyati, Eron-Rossiya hamkorligi, uning O‘zbekiston uchun ahamiyati mahalliy tadqiqotchi va olimlar B. T. G‘iyosov, K. S. Azimov, Yu. N. Abdullaev, G. I. Yuldasheva, A. M. Qosimov, S. M. G‘ofurov, A. Rahmatov, N. Karimova, S. S. Sharapova, A. Sharapov va boshqa olimlar tomonidan chop etilgan turli kitob, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalari va ilmiy maqolalarda yoritib o‘tilgan11.

Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda MDH va Rossiyalik olim va tadqiqotchilar V. A. Skosirev, V. I. Sajin, L. I. Sklyarov, N. Mamedova, G. Minasyan, D. Kasatkin, A. Gribach, S. Kameneva, A. Petrov, A. S. Protopopov, V. M. Kozmenko, N. S. Elmanova, S. Medvedev, R. Menon, S. Karaganov, V. Muxamedshin, G. Sityanskiy, G. Mirskiy, L. Larush, M. Perinchenko, A. Kroys, G. A. Drobot, A. B. Reznikov12, S. L. Agaev13, L. Ye. Avdeyeva14, S. M. Aliev15, N. M. Mamedova16, A. Arabadjyan17, N. Yu. Ulchenko,18 va boshqalarning mazkur muammoga bevosita yoki bilvosita to‘xtilib o‘tishgan ilmiy asarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, jurnal, gazeta va internet manbalarida chop etilgan maqolalaridan keng foydalanildi19.

Shuningdek ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining internetdagi rasmiy web saytlaridagi o’zaro munosabatrlarga doir ma’lumotlardan ham foydalanildi.



Tadqiqotda qo'llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Mazkur mavzuni o‘rganishda avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning milliy davlatchilik tarixi, mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, milliy ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan tashqi siyosat masalalari keng va har tomonlama yoritib berilgan asarlariga va xalqaro tashkilotlar doirasida O‘zbekiston yondoshuvi yuzasidan so‘zlagan nutqlariga tayanildi20.

Prezidentning tarixni o‘rganishda aniq va real voqealarga tayanish kerak, degan fikrlari asosida mavzu ilmiy-metodologik me'yorlar doirasida yoritishga harakat qilindi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov asarlaridagi nazariy yondashuvlar ishning metodologik asosi qilib olindi. Xususan "Vatan sajdagoh kabi maqaddasdir”, "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, "Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq” kabi asarlaridan, bundan tashqari O'zbekistonda mustaqillik yillari chop etilgan ilmiy asarlar hamda davriy matbuot nashrlaridan ham keng foydalanildi. Eron va Rossiya o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni o'rganishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishinining o'ziga xos yo'li", "O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida" kabi asarlari nazariy va amaliy asos bo'lib xizmat qildi.



Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur dissertatsiya Eron va Rossiya davlatchiligi va o’zaro diplomatik munosabatlari zamonaviy tarixini tadqiq etishda muhim ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘lib, tarix va siyosatshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan, Eron Islom Respublikasi ichki va tashqi siyosati borasida izlanish olib borayotgan talabalar, ilmiy xodimlar, shuningdek, xalqaro munosabatlar yo‘nalishidagi talabalar uchun ilmiy-amaliy qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasida zamonaviy davrdagi Rossiya-Eron munosabatlarining siyosiy tahlili va yondoshuvlaridan farqli ravishda ilk bor ilmiy tadqiqot ishi sifatida zamonaviy tarix nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda ilmiy tahlil etishga harakat qilindi. Shundan kelib chiqqan holda tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  • Eron-Rossiya munosabatlarining tarixiy jihatlari ikki davlat aloqalari shakllanishining mintaqaviy xususiyatlari, harbiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorligining tarixiy va zamonaviy tendensiyalarini zamonaviy tarix nuqtai-nazaridan ilmiy tahlil etilishi;

  • Yaqin va O’rta Sharq muammolari, shuningdek Kaspiy mintaqasida o’z ta’sir doirasini o’rnatishga uringan ko’plab mamlakatlar va ularning manfaatlari har ikki davlat munosabatlariga to’qnash kelish sabablarini obyektiv va subyektiv jihatdan yoritilishi;

  • Kaspiy dengizi mintaqasidagi mavjud murakkab geosiyosiy masalalarni hal etishda har ikki davlat hamkorligi va qo‘llayotgan vositalarini chuqur, har tomonlama, obyektiv tadqiq etish;

  • aynan yuqorida sanab o’tilgan sabab va omillardan kelib chiqqan holda Eron-Rossiya o’rtasidagi harbiy va energetika borasidagi hamkorlik, shuningdek Eron yadro dasturini amalga oshirilishi, takomillashtirilishida Rossiyaning o’rni hamda ushbu dasturning faqat tinchlik maqsadida ekanligi borasidagi ikki davlat qarashlari va bunga zid bo’lgan AQSh boshchiligida G’arb davlatlari qarashlarining o’zaro qiyosiy tahlili;

  • mavzu yuzasidan ingliz, rus va fors tilidagi adabiyotlar, monografiyalar, ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, har ikki mamalakat olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining o’zbek tiliga tarjimasi va ularning tahlili yuzasidan xolisona, ilmiy yondoshuv;

  • Eron-Rossiya hamkorligini kuchaytirgan va kuchaytirayotgan, ularni strategik sherikchilik, muammolarni hal etishda birgalikdagi harakati va umumiy qiziqishlari turli faktorlar yordamida, jumladan geopolitik va mintaqaviy tashkilotlarda ishtirok etish faktori, Amerika faktori, iqtisodiy potentsial, Rossiya konversiyasi va harbiy factor kabi bir qator faktorlar asosida tasniflab berilishi;

  • ikki davlat munosabatlarida Markaziy Osiyoning, xususan bu hududda yetakchi davlat sifatida O’zbekistonning o’rni va roli, shuningdek O’zbekiston tashqi siyosatida bu ikki davlat aloqalarining ta’siri va ahamiyati har uchala davlatning so’ngi ikki o’n yillikda olib borgan tashqi siyosiy faoliyatlari xalqaro aloqalarning zamonaviy tarixini ilmiy qarashlar xilma-xilligi va ularning qiyosiy tahlil etilishi kabi bir qator urinishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini belgilab beradi.

Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, hamda tadqiqotga doir ilovalardan iborat.

Birinchi bob, davalatlararo aloqalar shakllanishining tarixiy jarayonlari va bosqichlarini o'zida aks ettirib, ularning tarixiy sharoitlardan kelib chiqib qanday ahamiyat kasb etganligi, shakllanishi va rivojlanib borish tartibida o'z ifodasini topgan. Bundan tashqari, ikki davlat aloqalarining o'tmishdagi ahvoli, ularning o'ziga xos xususiyatlari ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, SSSR tashkil topgandan so'ng ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar va ularning asosiy tendensiyalari hamda Eron Islom Respublikasi tashkil etilgach o'zaro aloqlar dinamikasi yoritilgan.

Ikkinchi bob, xalqaro maydondagi bipolyar tizimning yemirilishi va yangi dunyo tartibotini qaror topishi bilan Eron-Rossiya munosabatlarida ham keskin o'zgarishlar yuz berganligi ushbu bobda tahlil etilgan. Ular o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni asosini tashkil etuvchi iqtisodiy, savdo, ilmiy ishlab chiqarish, sanoat, eksport va import mahsulotlarining so'ngi 20 yil ichida ikki davlat o'rtasida tashqi savdo aylanmasi va ularning qiyosiy tahlili bayon etilgan. Shuningdek, har ikki davlat o'rtasidagi harbiy, energetika va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi hamkorlikning o'ziga xos jihatlari bayon etilgan. Rossiyaning bu mintaqa va dunyoda yetakchi davlat sifatida Eron bilan munosabatlarining yangi bosqichga ko'tarilishi, so'ngi ikki o'n yillikda bu aloqarning rivojlanishi, har ikki davlat uchun ijobiy samarasi va kelgusi istiqbollari ham ko'rsatib berilgan.

Uchinchi bob, har ikki davlat tashqi siyosatida ularning manfaatlari mushtarakligi, tashqi siyosiy faoliyatlarini olib borishda ularning o'zaro qo'llab-quvvtlashi, mintaqaviy xavfsizlik masalalarida, turli xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishi va unda manfaatlar to'qnashuvi hamda ularning qiyosiy tahlili ushbu bobda o'z aksini topgan. Shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi madaniy va ilmiy-texnik hamkorlik, uning shakllanish tarixi va kelgusi istiqbollarini tahlil etishga harakat qilingan.

I BOB. DAVLATLARARO ALOQALAR ShAKLLANIShINING TARIXIY JARAYONLARI
I.1. Eron va Rossiya aloqalarining tarixiy ildizlari
Eron va Rossiya o’rtasidagi rasmiy va diplomatik aloqalarning tarixiy ildizlari asosan bundan 500 yil ortda qolgan tarixiy davrga borib taqaladi. Ehtimol, undan ham oldinroq davrlarga borib taqalishi haqida Eron Islom Respublikasining Moskvadagi elchixonasi Madaniyat ishlari bo'yicha katta maslahatchisi Mexdi Sanoyi shunday deydi:"Eron azal-azaldan Sharq va G'arb o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va geostrategik munosabatlar almashinuvi va ularning rivojlanib borishida muhim ko'prik vazifasini o'tab kelgan. Eronning Janubiy Rossiya va Volgabo'yi hududlari bilan aloqalari uzoq tarixiy ildizga ega. Bu hududlarda fors va slavyan xalqlari etnogenezida muhim rol o'ynagan oriy qabilalari istiqomat qilishgan. Oriylarning avlodi skiflar bo'lib, qadimgi fors manbalarida saklar, yunon manbalarida esa sarmat nomi bilan tilga olinadi. Ular sharqiy slavyanlarning fin-ugor va Volgabo'yida yashagan boshqa xalqlarning kelib chiqishida katta rol o'ynagan. Volga daryosi turli asrlar davomida Midiya, Ahamoniylar, Sosoniylar kabi davlatlar bilan bu hududda yashovchi aholi o'rtasida aloqlar olib borilishida o'zining "suv yo'li" vazifasini bajarib kelgan".21 Sanoiyning so'zlariga qaraganda bu ikki davlat va millat o'rtasidagi munosabatlar eramizdan oldingi davrlarga ham borib taqaladi. Bundan tashqari islom dinining keng tarqalishi va bu jarayonda Eron madaniyati bilan chambarchas bo'glanishi borasida Garvard universiteti professori Richard Frayning ta'kidlashicha, Eron madaniyati musulmon dunyosi madaniyati rivojiga yunon madaniyati xristian rivojiga ko'rsatgan ta'sirdan kam bo'lmagan. Bu esa o'z navbatida musulmon madaniyati bilan bog'liq Eron madaniyatining Rossiya, xususan uning Volgabo'yi hududlari aholisi bilan bo'lgan munosabatlarda muhim rol o'ynaganligidan dalolat beradi.

Eron-Rossiya munosabatlari o’rnatilgan davrdan boshlab to shu kungacha turli ijobiy va salbiy jarayonlarni boshdan kechirib kelgan, aloqalar yuqori cho’qqiga ko’tarilgan va ba’zida aksincha holatlarni ham boshdan kechirgan. Shunga qaramay, ular o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlik natijasida hamda bu hamkorlikda muhim rol o’ynovchi Volgabo’yi shaharlari bo’lmish Astraxan, Saratov va Qozon orqali savdogarlarning muntazam qatnovlari, keyinchalik esa bu qatnovlarni diplomatik munosabatlar tomon yo’nalishi bilan o’zaro manfaatli aloqalarning mustahkam tuguni yuzaga keladi. Xuddi shunday savdogarlardan biri haqida dastlabki ma’lumotlar 1441-yilning Hirot qo‘lyozmalarida uchraydi. Unda aytiluishicha, Sheroz savdogari Xoji Shamsiddin Muhammad 1438-yilda bu yerdan yevropa sukno(movut)si va rus zig‘ir poya tolasidan to‘qilgan polotno sotib olib, katta daromad bilan qaytgan.22 Mazkur davrda yirik savdogarlar nafaqat savdo missiyasini, balki davlatlararo diplomatik va siyosiy faoliyatni ham amalga oshirgan. Xuddi shunday savdo va diplomatik munosabatlarni olib boruvchi eronlik Shamaxiy ismli yirik savdogar 1465-yili Moskvada Ivan III qabulida bo’lgan. Tarixchi Karamzinning yozishicha, 1552-yili, keyinchalik 1561-yillarda Shoh Taxmasp I ning elchisi Said Husayn boshchiligidagi elchilarning Rossiyaga kelishi va Ivan IV tomonidan 1569-yili Xoznikov boshchiligidagi elchilarning Eronga yuborilishi bilan diplomatik aloqalar rasman tasdiqlanadi.23

Bu o‘rinda Eron va Rossiyada milliy davlatchilikning tashkil topishi o‘zaro aloqalarning kengayishiga olib kelgan. XVI asr boshlarida Eronda qudratli Safaviylar davlati tashkil topdi. Safaviylar hukmdori Abbos I (1587-1628-yy.) davrida Eron Yaqin Sharqdagi kuchli davlatlardan biriga aylandi. Abbos I ichki va tashqi savdoni rivojlantirish va Turkiyaga qarshi kurash uchun sherik izlab bir qator Yevropa davlatlariga, shu jumladan Rossiyaga ham o’z elchilarini yuboradi. Faqatgina 1589-yildan boshlab Moskva va Qazvin o’rtasida muntazam elchilar almashinuvi yo’lga qo’yiladi. Eronliklar ko’pincha o’zlarining rasmiy va norasmiy vakillarini hamda Fors ko’rfazi mahsulotlarini Rossiyaga va aksincha holatda savbdo qiluvchi yirik savdogarlarni yuborar edi. Faqatgina Xodibek ismli elchi eronlik savdogarlar bilan 1589-yildan 1595-yilgacha uch marta Moskvada bo’lishga muvaffaq bo’lgan.24 1593-yildsa Eronga tashrif buyurgan Vasilevich elchisi shoh saroyida iliq kutib olinadi. Undan so’ng, ya’ni 1594-yilda, turklar bilan urushda va Gruziyani qaytarib olish masalasida ikki tomonlama hamkorlikda kurash olib borish masalalarini muhokama qilish uchun knyaz A.D. Zvenigorodskiy mamlakatga tashrif buyuradi. Abbos I ning Usmoniylarga qarshi urushda sherik izlab olib borgan harakatlaridan yana biri, u tomonidan 1600-yili Moskvaga Husayn Alibek boshchiligida elchilarning yuborilishi edi. Bu elchilar keyinchalik rus saroyi a’yonlari maslahati bilan Germaniya va Ispaniyadagi Gabsburglar imperiyasiga va Rim papasiga ham yordam so’rab murojaat qilishadi. Aynan shu davrdan boshlab Rossiyaning Eron bilan uzviy savdo aloqalari yo’lga qo’yilib rivojlana boshlaydi. Bu ayniqsa ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy va savdo munisabatlaridagi manfaatlar mushtarakligida yaqqol ko’zga tashlanadi. Rossiya orqali Eron va Yevropa mahsulotlarini tranzit qilish nafaqat evropaliklar va eronliklar uchun, balki ruslar uchun ham g’oyat manfaatli hisoblanadi. Bu paytda inglizlar Volga-Kaspiy savdo yo’lini o’zlashtirish borasida qattiq harakat qilayotgan edi. Bu borada josus Antonio Jenkinson va unga hamroh bo’lgan elchi Chenslerlar 1561-1563-yillarda Volga-Kaspiy yo’nalishi orqali Eronga kelganligi so’zimizni tasdiqlaydi. Shundan so’ng ma’lum vaqt davomida Eron ipak mahsulotlari Rossiya orqali Yevropaga chiqarib turilgan. Keyinchalik Safaviylarning “rus yo’li” bilan qiziqmaganligi va shimoliy savdo yo’lini iqtisodiy kapitallashtirib turuvchi rus tashkiloti yo’qligi kabi bir qator sabablarga ko’ra ushbu yo’lda qatnov faoliyati to’xtab qolgan.

XVIII asrning boshlarida Rossiyaning Kavkazorti va Eronga nisbatan siyosatini faollashganini kuzatish mumkin. Pyotr I ko’p yillardan buyon Erondagi ahvol bilan qiziqib kelardi. Eron bilan siyosiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida va Safaviylar davlati haqida ma’lumot to’plash uchun 1717-yilda Isfahonga Artemiy Volonskiy boshchiligidagi elchilik yuboriladi.

Turkiya – Eron urushlari davrida Rossiya Eronning foydasi uchun 1723-yil 23-sentabr Peterburg shartnomasida ko’rsatilgan viloyatlardan voz kechganligini aytadi. 1732-yil Reshtda rus-eron shartnomasi imzolanib Rossiya Gilon, Mozandaron va Astraboddan voz kechadi. 1735-yili mart oyidagi Ganjin shartnomasiga ko’ra Rossiya Eronga Boku va Derbentni qaytarib beradi. Bu kelishuvlarning barchasida Eron Rossiyaning abadiy “sherigi” bo’lib qolish majburiyatini oladi25.

Pyotr I o’limidan so’ng Rossiya Eron bilan unchalik qiziqmay qo’yadi. Xojarlar davriga kelib esa, rus-eron munosabatlarida biroz keskinlik tus oladi. Og’o Muhammadxonning qo’qqisdan Gruziyaga bostirib kirishi va 1795-yilda Tbilisini tor-mor etishi bilan rus-eron munosabatlari yanada tang ahvolga kelib qoladi.26

1804-yilga kelib Eron Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik tuzib, Rossiyadan Ganjin viloyatini qaytarib berishini va Kavkazorti hududlaridan qo’shinlarini olib chiqib ketishini talab etgan holda unga ultimatum qo’yadi. Bu talabiga rad javobini olgan Eron shu yilning 22-iyun kuni Rossiya bilan barcha diplomatik aloqalarni uzadi va biroz keyinroq harbiy harakatlar boshlanib ketadi. 1804-1813-yillar davomida bo’lib o’tgan mojarolarning ko’pchiligida eronlik askarlarning qo’li baland keladi. Bu paytda Kavkazortidagi rus askarlarning umumiy soni sakkiz mingdan oshmas edi. Ular eng muhim bo’lgan hududlarda, Armanistondan Kaspiy qirg’oqlarigacha bo’lgan hududlarda harakatlanishar edi. Rus qo’shinlari kam sonli bo’lishlariga qaramay, ularning shaxsiy qahramonliklari, jangovar mahoratlari va lashkarboshilarning iqtidori tufayli ular so’ngi damda o’zlari uchun muhim bo’lgan gálabani qo’lga kiritishadi. Urushning birinchi yilida asosiy harbiy harakatlar Erivan(Erevan) hududida bo’lib o’tdi. Kavkazortidagi rus qo’shinlariga general Pyotr Sitsianov boshchilik qildi. Shu yili noyabr oyida fors qo’shinlari tarkibiga Fath Alishoh boshchiligidagi yangi qo’shin kelib qo’shiladi va bu narsa o’zi kamsonli bo’lgan rus qo’shinlarini chekinishga majbur etadi va ular Gruziyaga borib yashirinadilar. Rus-eron urushi boshlanishining eng ogír nuqtalaridan biri bu Ahmet Dudarov boshchiligidagi 3000 kishilik osetin partizanlarini Gruziyga boorish yo’lini yopib qo‎‎’yganligi edi. 1805-yili Abbosxon va Boboxon boshchiligidagi qo’shin Tbilisi tomon harakatlana boshladi, lekin rus qo’shinlari tomonidan ularning o’tish yo’li berkitib qo‎’yildi. Shu yilning 9-iyul kuni Abbosxon zagam daryosi bo‎ida bo’lgan jangda polkovnik Karyagin otrydi tomonidan tor-mor etiladi va Gruziyaga borishdan voz kechib, ortga chekinadi.

Yilning oxiriga kelib Sitsianov boshchiligidagi qo’shin Shirvon xonligini Rossiyaga bo’y‎sundirishga muvaffaq bo’ladi va Boku tomon harakatlana boshlaydi. 1806-yili 20-fevralda Boku xoni Husaynqulixon general Sitsianov bilan bo’lgan muzokaralar chog’ida generalni o’dirishga muvaffaq bo’ladi. Bundan xabar topgan rus qo’shinlari Bokuni egallashga harakat qilib ko’radi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi.

Sitsianovning o’limidan so’ng Shirvon, Suza va Nuxda ruslarga qarshi qo’zg’olonlar boshlanib ketadi. Ko’ngillilardan yig’ilgan 20 ming kishilik Abbos Mirzo boshchiligidagi qo’shin general Nebolsin tomonidan tor-mor etiladi. 1806-yil noyabr oyi oxirlariga borib Sitsianov o’rniga tayinlangan graf Gudovich boshchiligidagi qo’shinning bosimi ostida qo’zg’olonlar bostirilib, Darband va Nux yana ruslar qo’liga o’tadi. 1806-yili ruslar Kaspiybo‎’yi hududlaridagi Dog’iston va Ozorbayjonni, shu jumladan Boku, Darband va Kubuni ham egallashga muvaffaq bo’lishadi.27

1806-yil dekabrda rus-turk urushi boshlanishi munosabati bilan Gudovich ikki tomonlama frontda urush olib mushkulligini tushunib yetgan holda, Turkiya va Eron o’rtasidagi nizoli vaziyatdan oqilona foydalangan holda Eron bilan Uzun-Kilis kelishuvini tuzishga muvaffaq bo’ladi va harbiy harakatlarni turklarga qarshi davom ettira boshalaydi. Lekin 1807-yili Fathali Napoleon Fransiyasi bilan antirus ittifoqiga birlashadi va harbiy harakatlar yangitda avj ola boshlaydi.

1808-yili Gudovich o’zining eng katta harbiy bo’linmalarini Armanistonga olib keladi. Uning qo’shini dastlab Erevanning g’arbiy qismida joylashgan Echmiadzan shahrini, keyinroq esa Erevanni o’zini zabt etishga muvaffaq bo’lishadi. 1808-yil oktabr oyida esa Abbos mirzo va Qarabobo boshchiligidagi qo’shinni yengib, Naxichevanni egallaydilar.

Bunday shonli g’alabalardan so’ng graf Gudovich general Aleksandr Tormasov bilan almashtiriladi. Tormasov ancha tinchlikparvar va sulhparvar general edi. Eron shohi qo'shinlari bilan olib borilayotgan muzokaralar chog'ida Fathali to'satdan Armanistonning shimoliy qismidagi Artikaga hujum uyushtiradi, ayni vaqtda Abbos Mirzo boshchiligidagi ao'shin ham Gurjistonga bostirib kira boshlagan edi, lekin har ikkisining ham boshlagan hujumlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topadi28.

1810-yil 29-oktabrda polkovnik P. S. Kotlyarev boshchiligidagi otryad Migri qal'asini egallab, Araks daryosi sohillariga chiqadi va Abbos Mirzo qo'shinlirining eng olg'or qismioga qattiq zarba beradi. Bu paytga kelib Eron qo'shinlari yana bir bor Gruziyaga zarba berishga urinib ko'rishadi, lekin Ismoilxon boshchiligidagi qo'shin Axalqal'ada F. O. Poulichchi otryadi tomonidan tor-mor etiladi. Mingdan ortiq eronlik askarlar va qo'shin boshlig'i asirga olinadi.

1811-yilga kelib harbiy harakatlarda sokinlik kuzatiladi. 1812-yili rus qo'shinlarining Napoleon armiyasi bilan urushlarga chalg'ib qolishidan foydalangan Abbos Mirzo qo'shinlari Lonkoranni egallashga muvaffaq bo'lishadi. 1813-yil yanvar oyida polkovnik P. S. Kotlyarev boshchiligidagi otryad Abbos Mirzo qo'shinlariga zarba berib, Lankoranni qaytarib oladi. Ruslarning bunday g'alabasidan cho'chigan Eron hukumati 1813-yili Rossiya bilan kelishuv shartnomasini imzolashga majbur bo'lishadi va shu yili 24-oktabrda Qorabog'dagi Guliston daryosi bo'yida tinchlik shartnomasi imzolanadi29. Rossiya tomonidan N.F. Rtishev va Eron tomondan Abul Hasanxon ishtirokida ushbu sahrtnoma imzolndi va ikki tomonlama harbiy harakatlarni to’xtatish, shartniomada belgilangan shartlarni tomonlar o’z majburiyatlari sifatida bajarishga kelishib olishdi. Eron va Rossiya ushbu sharnomada ko’rsatilgan hududlar doirasida chegara belgilashga va Eron Rossiya tomonidan urush davomida qo’lga kiritilgan va shartnomaning 3-bandida ko’rsatilgan hududlar ustidan da’vo qilmasligini tan oldi. Bundan tashqar Eron Gruziya, Dog’iston, Qorabog’, Ganjin, Shirvon, Derbent kabi xonliklar ustidan hukmronligini yo’qotdi. Shartnomaning beshinchi bandiga binoan Eron emas, balki Rossiya Kaspiy dengizida harbiy flotini joylashtirish huquqiga ega bo’ladi. Shu bilan birga rus savdogarlari Eronda erkin savdo qilish huquqini qo’lga kiritadilar.

Bu shartnomaning eng ahamiyatli tomoni shunda ediki, bo’lib o’tgan shuncha jangu-jadallarga qaramasdan shartnomaning 8-10-bandida ikki tomonblama savdo munosabatlarini tartibga solish va rivojlantirish borasida aytib o’tiladi. Unga muvofiq, tomonlar bir-birlarining hududlarida savdo ishlarini olib boorish huquqini qo’lga kiritadilar. Dengiz porti va chegara hududlardagi rus va eronlik savdogarlar olib kirayotgan mahsulotlarga har ikki tomon uchun besh foizdan bojxona solig’i joriy etilishi ham ta’kidlab o’tilgan. Shartnomaning 7-bandiga ko’ra, ikkin tomonlama munosabatlarni tiklash maqsadida kelgan elchi va boshqa lavozimdagi oliy davlat vakillari belgilangan tartibda hurmay-ehtirom bilan kutib olinishi bayon etilgan.

Guliston shartnomasi e’lon qilingandan boshlab darhol kuchga kirmadi, qariyb 4 yil davomida uning shartlarini qayta ko’rib chiqish borasida tortishuvlar davom etdi. Eron Buyuk Britaniyaning qo’llab-quvvatlashiga tayanib 1801-yildagi chegaralarni, ya’ni butun Sharqiy Kavkaz shoh hukmronligiga o’tishini talab qilib Rossiyaga murojaat qildi. Lekin Rossiya Eronda inglizlar ta’sirini susaytirshga va o’zining iqtisodiy ahvolini mustahkamlashga erishdi30.

1818-yili A. P. Yermolov boshchiligidagi missiyaning Eronga tashrif buyurishi va faol diplomatik munosabatlar olib borishi natijasida Guliston shartnomasi to’laligicha kuchga kiradi. Shunday qilib birinchi rus-eron urushi har ikki davlatning ushbu mintaqada o’z ta’sir doirasini o’rnatish uchun bo’lgan harakatlari sifatida baholanadi. Harbiy harakatlar davomida Eronning mag’lubiyatga uchrashi va butun Kavkaz ustidan Rossiya hukmronligini o’rnatilishi esa bu hududda strategik jihatdan uning obro’sini yanada mustahkamladi.

Lekin Eron boshqaruvidagi amaldorlardan ba’zilari bu shartnomaga norozilik bilan qarashar edi va ularning qistovi natijasida 1814-yili inglizlar o’zaro kelishuv imzolandi. Unga ko’ra, agar Eron biror davlat bilan urushga kirsa, uni moddiy jihatdan Angliya qo’llab turishi ta’kidlangan edi. Bu kelishuvdan ruhlangan Eron hukumati 1816-yili Rossiyaga Ozorbayjon xonligini qaytarib berish haqida yangi kelishuv imzolash talabini qo’ydi. Albatta bu talabni Buyuk Britaniya qo’llab-quvvatlar edi. 1817-yili Rossiya bu bahsli masalani hal etish uchun Kavkaz bo’yicha bosh boshqaruvchu general A.P.Yerlomovni favqulodda elchi sifatida Eronga yuboradi. Unga Eron bilan faqatgina Rossiya harbiy harakatlar davomida belgilangan chegaralar asosidagina muzokaralarga kirishi buyurilgan edi.

1825-yili Eronda hokimyat tepasiga Rossiya bilan urush boshlash tarafdorlari bo’lgan inglizparast “urush partiyasi” nomli guruh vakillari kelishadi. Fathalishoh Allayorxon Mirza Abulhasanxonni bosh vazir etib tayinlaydi va bu narsa nafaqat inglizparast boshqaruvning rivojlanishiga, balki Rossiya bilan urushga kirish uchun intilayotganligini o’z faoliyatida ochiq namoyon etadi. Bu paytda Rossiya bilan urush olib boorish faqat shoh hukumatining manfaati va inglizlarning gij-gijlashi tufayli zarur edi31.

Bu urushga nisbatan xalq orasida keskin norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. 1825-yili Gilonda yangitdan qo’zg’olon ko’tarildi, 1826-yili esa mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli emasligi sababidan kelib chiqqan norozilik namoyishi siyosiy tus ola boshladi. Shunday tang sharoitda ham ingliz diplomatlari Eron-Rossiya munosabatlaridagi qarama-qarshilikni kuchaytirishga bo’lgan harakatlarini to’xtatishmadi32. Angliya Eronni nafaqat urushga qistadi, balki uni bu borada urushga tayyorlash uchun kerakli bo’lgan pul miqdoridagi subsidyalar, qurol-yarog’ va jang taktikasini tuzishda ishtirok etish uchun o’zining malakali ofitserlarini ham yubora boshladi.

Bu borada 1825-yili “Ost-indiya” kompaniyasi Eronga harbiy xarajatlar uchun 1,5 mln. Rubl miqdorida kumush berganligi va 1826-yili Uillik ismli elchi shoh huzuriga 728 mln. rubl miqdoridagi subsidiya bilan kelganligini aytish mumkin. 1826-yilning boshlarida Eronga Shee ismli britan ofitseri keladi va yangi urush boshlash strukturasini ko’rsatib beradi. Rossiyada 1825-yil 14-dekabrdagi bo’lib o’tgan dekabristlar qo’zg’olonidan so’ng vaziyat unchalik yaxshi emasligini bilgan ingliz ofitseri Kavkaz orqali kirib borib, rus qo’shinlarining zaif nuqtasiga zarba berish bilan urushni boshlashni ta’kidlaydi.33 Lekin inglizlarni gij-gijlashi va dindor ulamolarning tazyiqi ostida 1826-yilda Eron Rossiyaga qarshi e’lon qiladi.

Uzoq davom etgan urushlar natijasida 1828-yili 22-fevralda Araks daryosi bo’yidagi Rossiya va Eronning yangi chegaralarini belgilab bergan Turkmanchoy shartnomasi imzolanadi. Buning natijasida Eron Rossiyaga 20 mln. Kontributsiya to’lash majburiyatini oladi hamda shartnomaning 8-bandiga muvofiq Eron harbiy kemalarining Kaspiy dengizida harakatlanishi ta’qiqlanadi. Shuningdek shartnoma elchilik almashinuvi va konsulliklar ochish masalalarini ham ko’rib chiqadi.

Ushbu shartnomaga binoan Eron shohi Rossiyaga Araks daryosining har ikki tarafidagi Erivan xonligi va Naxichevan xonliklarini berishga majbur bo’ladi. Shartnomaning 3-4-bandlariga muvofiq ikki davlat o’rtasidagi chegaralar Kare, Araks daryolari va Astar daryosiningh quyulish joyidan to kaspiy dengizigacha bo’lgan hududlardan belgilab olindi.

Turkmanchoy shartnomasi XIX asr boshlaridagi rus-eron urushlariga nuqta qo’ygan shartnoma sifatida baholanadi34. Lekin shartnomada belgilangan kontributsiyani undirish uchun yuborilgan rus elchisi A.S.Griboyedev mamlakatdagi urushdan keyingi og’ir ahvolni rus imperatoriga bayon qiladi. Bu vaziyatni yaxshi anglagan Rossiya imperatori shartnomaning 13-bandini bajarishni buyuradi. Lekin 1829-yili 30-yanvarda Olloyorxon va uning boshchiligidagi bir guruh shia ruhoniylari tomonidan A.S.Griboyedev vahshiylarcha o’ldiriladi. Ammo Rossiya bu paytga kelib Turkiya bilan yuz berayotgan mojarolar tufayli Eronga unchalik e’tibor bermay qo’ygan edi. Hatto Fathalishohning sovg’a-salomlarini olgan Nikolay I kontributsiya miqdorini 2 mln. rublga kamaytiradi. Shu bilan ikki davlat o’rtasidagi diplomatik munosabatlar yana barqaror ko’rinish ola boshlaydi. Bu davrda ular o’rtasidagi chegara masalalarini hal etish bilan bog’liq hamda rus-eron savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish borasida qator kelishuvlarni tuzishga muvaffaq bo’lishadi. Shu asosda 1829-yili 4-aprelda bu boradagi ishlarni tartibga solish bo‎‎’yicha yangi vakolatli vazir Dolgorukiy Tabrizga tashrif buyuradi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, XIX asrda Kavkaz har ikki davlat uchun, ularning manfaatlari to’qnashgan va mintaqadagi o’zaro munosabatlarda geopolitik va strategik jihatdan g’oyat muhim hudud bo’lib qolaverdi. Eron va Rossiyaning bu masalada doimiy to’qnash kelishi asosan ikki sababga ko’ra baholanadi, ya’ni birinchisi siyosiy jihatdan ustunlikka erishish, mintaqadagi geopolitik vaziyat taqozosi va strategik xavfsizlikni ta’minlashdan iborat bo’lsa, ikkinchisi, Kavkaz mintaqasi orqali Yaqin va O’rta Sharqda o’z ta’sir doirasini kuchaytirishga bo’lgan intilishlardir.

Eron-rus urushlari natijasida, 1830-yillardan so’ng Rossiya imperiyasi kata yutuqlarni qo’lga kiritdi. Kavkazorti hududlarini uning qo’l ostiga o’tishi, Kaspiy dengizida yangi ta’sir doirani o’rnatilishi va Eronga olib kirilayotga rus mahsulotlarga chegara bojining kamaytirilishi kabi bir qator yutuqlarni keltirishimiz mumkin. Uning keyinchalik Kavkazda olib borgan siyosati tashqi va ichki siyisatdagi murakkab jarayonlarga qaramasdan muvavvfaqiyatli bo’lganligini ko’rish mumkin.

Eron nuqtai-nazaridan qaralsa, bu urushlar natijasida u katta yo’qotishlarni boshdan kechirdi. Dastlabki rus-eron urushi natijasida yengilgan bo’lishiga qaramasdan Eron hukumatidagi ayrim amaldorlarning “inglizparast’’ ruhiyatidan kelib chiqib, ular ikkinchi bor Rossiya bilan urushga kirishga shohni undaydilar. Albatta bu jarayonda Angliya hukumati va u tomonidan yuborilgan josuslarning roli ham beqiyosdir. Aslida Kavkazorti hududlarini bosib olish payida bo’lgan ingliz hukumatiga Eron orqali Rossiyaga qarshilik ko’rsatish juda qo’l kelardi. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya to’xtovsiz ravishda Eronga moddiy-texnikaviy va harbiy yordam berib turgan. Bundan tashqari o’z harbiy ofitserlarini yuborib Eron askarlarini jang qilish mahoratini oshirish va yangi tartibdagi jang strategiyalarini tuzish ishlarini o’rgatishda ham katta yordam bergan.

Lekin Rossiya har qanday sharoitda bo’lmasin Eron bilan doimo yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini amalga oshirib kelgan. Buni har ikki rus-eron urushi natilasida tuzilga o’zaro tinchlik shartnomalarining bir qismi sifatida ikki davlat savdo iqtisodiy munosabatlarini keng yo’lga qo’yish va yanada rivojlantirish borasidagi bandlarning mavjud ekanligidan bilib olish mumkin. Faqatgina Eron ayrim g’arb davlatlarining “va’da”lariga ishonib Rossiya bilan qayta-qayta jangga kirishga majbur bo’lgan. Shunga qaramasdan Eron bu urushlar davomida o’z harbiy qobilyatini yaxshigina sinovdan o’tkazdi. Eng asosiysi, Rossiya bilan uzoq muddatga mo’ljallangan savdo-iqtisodiy va strategik hamkorlik borasida hamda mintaqada xavfsizlik masalalarida o’zaro kelishilgan siyosat yuritish bo’yich bir qator bitimlar tuzishga muvaffaq bo’ldi35.

  1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə