O’ zbekiston – yagonadavla t




Yüklə 13.69 Kb.
tarix24.04.2016
ölçüsü13.69 Kb.
O’ Z B E K I S T O N – Y A G O N A D A V L A T

O’zbekiston Respublikasi amaliy hamkorlarga hurmat va ishonchga asoslangan teng, o’zaro manfaatli hamkorlikka tayyor. Hozir respublikada xorijiy firmalar bilan birgalikda tashkil etilgan mingga yaqin korxona ishlab turibdi. Amerikaning "Nyumont", Olmoniyaning "Mersedes-Bens" va "Simens", Janubiy Koreyaning "DEU" va "Samsung", Yaponiyaning "Misubisi", Fransiyaning "Elf-Akiten" kabi jaxonga mashhur kompaniyalari, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning firmalari O’zbekistonda qo’shma korxonalar barpo etmoqdalar.

Biz O’zbekiston bilan uzoq muddatli aloqa o’rnatmoqchi bo’lganlar uchun juda qulay sharoit yaratib berishga shay bo’lib turibmiz, chunki iqtisodiy hamkorlik davlatlar o’rtasidagi aloqalarning, odamlar tinchligi va farovonligining asosiy omili ekaniga ishonchimiz komil.

Tashqi siyosatimizning asosiy yo’nalishlari va qoidalari haqida ikki og’iz so’z. Biz eng katta xalqaro tashkilotlarga, shu jumladan BMTga, Qo’shilmaslik harakatiga, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikka bag’ishlangan kengashga, xalqaro moliya muassasalariga a'zo bo’ldik. Tashqi siyosiy faoliyatimizga suverenitetni Xurmat qilish, barqarorlikni va ichki ishlarga aralashmaslikni himoya qilish, atom qurolini va boshqa turdagi ommaviy qirgin vositalarini taqiqlash va ommalashtirmaslik qoidalari asos qilib olingan.

Mustaqilligimizning o’n besh yilligini yaqindagina nishonladik. Albatta, bu degani abadiyat dunyosida bir daqiqa kabi qisqa fursatdir. Ammo, sarhisob etadigan bo’lsak, shu bir yil ichida respublikamizda qanchadan-qancha voqealar yuz berdi!

Xalqimizning saviyasida keskin o’zgarishlar ro’y bera boshladi. Bu, eng avvalo, siyosiy saviyaga tegishli ran. Istiqbol tufayli kishilarimizning Vatanga, ona zaminga mexrli munosabati shakllanib boryapti. Ilgari butun sobiq SSSR xaritasini qamrab olgan Vatan tuyg’usini ongimizga singdirish tamoyili kuchli edi.

Bugun esa Vatanimiz muayyan chegara va kqyofa kasb etdi. Biz uning kuch-qudrati, yutuqlari va muammolarini aniq bilamiz hamda butun vujudimiz bilan his etamiz.

Bugun Vatanning har bir asl farzandi o’zini ota yurtining ajralmas bo’lagi deb his etyapti va bundan faxrlanyapti. Istiqbol bergan eng katta boyliklardan birinchisi ana shu desak, aslo yanglishmagan bo’lamiz.

Vatan, vatandoshlik tuyg’usi eski mafkuraviy qobiqlardan xalos bo’lib, o’zining asl qiyofasini topdi.

Bugun diqqat qilsak, istiqbol qo’lga kiritilganidan so’ng biz o’z kuchimizga, qudratimizga ko’proq, ishona boshladik. Shu tufayli barchamiz vazminlashib, o’z qadr-qimmatimizni teranroq, anglay

boshladik.

Bugun biz o’zaro jipslashib, tom ma'nodagi xalq, bo’lib, mayda-chuyda ig’volarga mutlaqo e'tibor bermaydigan kuchga aylandik.

Bugun biz bir narsani aniq bilamiz: vaqti-soati kelib, O’zbekiston davlati rosmana kuch-qudrat kasb etadi. O’z boyligiga, o’ziga xos va goyat mukammal hamda buyuk davlat tizimiga ega bo’ladi.

Ta'kid etish lozim bo’lgan yana bir jihat borki, bu tanlangan yo’lga ishonchimiz. Bu - xalqning ulug’ maqsadimizga ishongani.

Xalqimizga quriq va'dalar emas, balki aniq rejalar kerak. Bemalol aytish mumkinki, Siz bilan biz chiqargan qonunlar va farmonlarda asosli imkoniyatlar va aniq bajarsa bo’ladigan rejalar o’z ifodasini topdi.

Xayotimizni ayrim sobiq ittifoqdosh respublikalar - bugungi yangi mustaqil davlatlar xayoti bilan qiyoslasak, bizning xalqimiz mitingbozlik, dabdababozlikka berilmasdan, tinch, qadam-baqadam

yaratuvchilik faoliyati bilan band ekanini ko’ramiz. Ishchi dastgoh yonida, dehqon dalada, vrach shifoxonada, muallim sinfxonada, xullas, har kim o’z joyida mehnat qilyapti. Bu mehnatning ko’zga

tashlanib turgan quvonchli natijalari beqiyosdir.

Evropa va butun dunyo bilan oshkora, halol va o’zaro manfaatli aloqalarga tayyorgarlik xalqimizning ongiga singib ketgan desa bo’ladi. O’zbekiston Markaziy Osiyoning qoq o’rtasida

joylashgan va shunday jug’rofiy-siyosiy mavqelarni egallab turibdiki, azaldan G’arb bilan Sharq ayni shu yerda bir-biriga tutashgan. Osiyo bilan Yevropani bog’lovchi eng muhim karvon yo’llari qadim zamonlardan buyon bizning diyorimizdan o’tgan. "Buyuk Ipak yo’li"ni eslash kifoya, uning an'analari hozirgi voqeligimizda qaytadan tiklanmokda.


O’zbekiston haqida jug’rifik ma’lumotlar
O’zbekiston Respublikasining maydoni: 447,4 ming kv. km

O’zbekiston Respublikasining aholisi: 25. mln.dan ortiq kishi.

O’zbekiston Respublikasining poytaxti: Toshkent

O’zbekistonda 12 ta viloyat va 1 ta respublikadan iborat.

O’zbekiston joylashgan joyi: Yevrosiyo materik/

Osiyo qit’asida.



Viloyatlar: Markazi:

Toshkent Toshkent shahri.

Farg’ona Farg’ona shahri.

Andijon Andijon shahri

Namangan Namangan shahri

Sirdaryo Guliston shahri

Jizzax Jizzax shahri

Samarqand Samarqand shahri

Buxoro Buxoro shahri

Navoiy Navoiy shahri

Qashqadaryo Qarshi shahri

Surxondaryo Termiz shahri

Xorazm Urganch shahri

Respublika Poytaxti

Qoraqalpog’iston Nukus



O’zbekiston Respublikasi beshta davlat bilan chegaradosh:

Davlat nomi O’zbekistonni joylashgan tomoni:

Qozoqiston Shimoliy-g’arbda va shimolda

Turkmaniston Janubiy-g’arbda

Qirg’iziston Sharqda



Tojikiston Janubiy-sharqda

Afg’oniston Janubda


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə