Navoiy pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti




Yüklə 210.49 Kb.
səhifə1/6
tarix27.04.2016
ölçüsü210.49 Kb.
  1   2   3   4   5   6
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
A. S. Ilyasov

"Нarakat va tayanch a'zolar tizimi

anatomiyasi"

Navoiy 2005


Taqrizchilar: Ten S.A. SamDTI Odam anotomiyasi

Odam anatomiyasi kafedrasi

professori,tibbiyot fanlari doktori

Shodiev E.T. SamDTI Odam anatomiyasi

kafedrasi dosenti tibbiyot fanlari doqtori



Baxramov A.M.Navoiy davlat pedagogika

instituti Tabiatshnoslik fakul’teti dotsenti

biologiya fanlari nomzodi

Kirish

"Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi" hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan islox qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risidagi farmonlari ushbu sohadagi isloxotlar uchun asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Tibbiyot sohasidagi farmonlarda ham kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berilgan. Ana shu isloxatlar mafkuraviy sarqitlardan xoli bo’lgan o’quv qo’llanmalariga extiyojning oshishiga olib keldi.

Ushbu mavzular to’plamini o’zlashtirgan o’quvchi anatomiya fanining tayanch a'zolari tizimi sohasida etarlicha asos bilimlarga ega bo’ladi deb umid qilamiz. "Harakat va tayanch a'zolar tizimi" deb nomlangan ma'ro’za matnlar to’plamida odam organizmidagi suyaklar, bo’g’imlar, mushaklar haqida to’liq ma'lumot berilgan. Ularning tuzilishi,joylashishi va topografik anatomiyasi keng yoritilgan va tibbiyotdagi ahamiyati ham izoxlab o’tilgan.

Ushbu ma'ruzalar to’plamini boshqa adabiyotlardan farqli o’laroq sodda tilda yozishga harakat kildik va u izoxli rasmlar va lotincha, o’zbekcha tibbiy atamalar bilan tuldirildi.

Qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi tomonidan 2004 yil 2 fevralda tasdiqlangan "Odam va xayvonlar anatomiyasi va fiziologiyasi" fani dasturi asosida tayyorlandi.

Uslubiy qo’llanma pedagogika oliygoxlarining biologiya, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat fakultetlari hamda tibbiyot kolleji talabalari va o’qituvchilari uchun muljallanagan.


HARAKAT VA TAYANCH

AЪZOLAR TIZIMI

Odam tanasini harakatga keltiruvchi a'zolar 2 qismga bo’linadi. Birinchisi faol harakatini vujudga keltiruvchi mushaklar, ikkinchisi passiv suyaklar va ularni birlashtiruvchi boylamlardir.Tayanch va harakatlar tizimi odam tanasi ogirligining 72,4%ini tashkil etsa shundan 1/6 qismi suyaklar va 2/5 qismi esa mushaklardan iborat.



SUYAKLAR HAQIDA UMUMIY MAЪLUMOT

(OSTEOLOGIA)
Odam tanasidagi suyaklar majmuasi skeletni tashkil qiladi skeletos - kuritilgan degan ma'noni anglatadi, uning ogirligi o’rtacha 5-6 kg, ya'ni tana ogirligining 8-10%ini tashkil qiladi.

Skeletdagi suyaklar soni 200 dan ziyod. Suyak (os- ossis) qattiq va elastik bo’lib, asosan ikki turdagi moddalardan tashkil topgan. Suyakning 1/3 qismini uning elastikligini ta'minlovchi organik moddalar, kolgan 2/3 qismini suyakka qattiqlik beradigan anorganik (klsiy tuzlari fosfat tuzlari) moddalar tashkil qiladi.

Suyakdagi elastiklikni (egiluvchanlikni) ossein moddasi ta'minlasa, mineral tuzlar o’z navbatida,suyakka qattiqlik (pishiqlik) xususiyatini beradi. Suyaklar mustahkamligi aynan organik va anorganik moddalarning fiziologik nisbatiga bog’liq va bu nisbat yoshga qarab o’zgaruvchan bo’ladi. Shu bois yosh organizmdagi suyaklar organik moddalarning (ossein va mugo’z) ko’pligi tufayli elastik (egiluvchan), kam sinadigan va mustahkam bo’ladi, yosh ulgaygan sari (xayot davomida iste'mol qilingan mineral tuzlar hisobiga) suyak tarkibidagi tuzlar nisbati o’zgarishi ko’zatiladi, natijada keksa kishilarda

suyakning elastiklik xususiyati yo’qolib murtlashadi va tez sinadigan bo’lib qoladi.

Organik va anorganik moddalardan tashqari suyak tarikibida D vitamini va kalsiy tuzlari etishmasligi raxit kasalligi kelib chiqishiga olib keladi. Kasallik oqibatida suyaklarda mustahkamlik kamayadi, yosh suyakning o’sishi va rivojlanishi ishdan chiqadi, shu bois suyaklarning xar tomonlama qiyshayish asorati ko’zatiladi. Vitamin A yetishmasligida suyaklar yo’g’onlashib ichidagi bo’shliq va kanalchalar kengayadi. Ossein, mineral tuzlar va vitaminlar qo’shilishi natijasida suyak granitdan qattiq, mis va po’latdek mustahkam bo’ladi.

Olimlarning ma'lumotlariga ko’ra vertikal xolatda suyaklar tonnalab yo’q ko’tarishi mumkin.


Suyaklar tasnifi.

Suyaklar shakliga ko’ra quyidagi guruxlarga bo’linadi.



1-Naysimon. A. Uzun naysimon (elka, bilak tirsak, son suyaklari)

B. Kalta (qo’l va oyoq panja suyaklari)



2-G’ovak. A. Uzun (qovurg’a, to’sh suyagi)

B. Kalta (umurtqa, qo’l va oyoq panja suyaklari)

V. Sesamasimon (tizza qopqog’i va nuxasimon suyak)

3-Yassi. (peshona, tepa, ensa, ko’rak va chanoq suyaklari).

Xar qaysi naysimon suyaklarning o’rta qismi diafiz (tanasi), oxirgi ikki uchlari tanaga yaqin uchlari proksimal epifiz va tanadan yiroq uchi distal epifiz deb nomlanadi. Diafiz bilan epifiz oraligi metafiz deyilib, suyakning usish sohasiga to’g’ri keladi. Suyakning oxirgi uchlaridagi bo’rtma, do’mboq va shunga o’xshash hosilalar apofiz deyiladi. Aynan shu hosilalarga boylamlarning birikishi suyak bo’g’imini mustahkamlasa, mushaklar birikishi bo’g’imdagi harakatni yuzaga keltiradi.Naysimon suyakning ko’ndalang kesimi ko’zdan kechirilganda, sirtki yuzasi suyak usti pardasi (periosteum) bilan qoplangan, u ikki kavatdan iborat. Tashqi kavati yupqa, pishik fibrioz tolalaridan

tashkil topgan, uning ichki qavatidagi osteogen xujayralari suyakning eniga o’sishiga imqon beradi.Suyak pardasidagi teshiklar esa qon tomirlar va asab tolalari o’tadigan oziqlantiruvchi teshik bo’lib

xizmat qiladi

Suyakning ichki tuzilishi 2 xil moddadan hosil bo’lgan.

Tashqi tomoni zich ya'ni, qattiq (substantia compacta) moddadan to’zilgan bo’lib suyak pardasi bilan bevosita birikadi, g’ovak modda (sustantia spangiosa) suyakning ichki tomonida joylashgan bo’lib

mayda-mayda turga o’xshash katakchalar hosil qilib suyak ko’migiga davom etadi. Unda qizil va sariq ilik hamda qon tomirlar talaygina bo’lib, suyak nayi (kanali)ga ochiladi.Kalla skeletidagi ba'zi suyaklar tanasida bo’shliqlar borligi bilan boshqa suyaklardan farq qiladi

va xavo saqlovchi (pnevmosteum) suyaklar deb ataladi. Bunday suyaklarga peshona, ponasimon (asos),g’alvirsimon va yuqori jag’ suyaklari kiradi, bo’shliqlar ko’z kosasi va burun bo’shlig’i atrofida

joylashgan bo’lib o’ziga xos funksional xususiyat kasb etadi, ya'ni so’zlashganda tovushni jarangdorligini hamda kalla skeleti yengilligini ta'minlaydi. Chakaloqlarda bu bo’shliqlar shakllanmagan bo’ladi.

Katta yoshdagilarda bu bo’shliqlarda yiring yoqi qon tuplangan xollarida tovush jarangdorligi bo’ziladi va boshqa asoratlarga olib kelishi mumqin. Shuning uchun bu xastalikni faqatgina jarroxlik usulida davolashga to’g’ri keladi.


Suyaklarning vazifasi.

1-Tayanch vazifasi. Suyaklar organ va to’qimalar uchun ustun hisoblanib, tana ogirligini ko’taradi, unga shakl berib turadi.

2-Harakat vazifasi. Suyaklar bir-biri bilan bo’g’im hosil qilib boylamlar yordamida mustahkamlanadi va mushaklar yordamida harakatga keladi.

3-Ximoya vazifasi. Suyaklar va suyaklar majmuasi (ko’krak qafasi, kalla skeleti, umurtqa pog’onasi) ba'zi a'zalarni tashqi tomondan o’rab turadi, tashqi ta'surotlardan muxofaza qiladi.

4- Depo (zaxira) vazifasi. Suyaklar mineral tuzlarning zaxirasi hisoblanadi: suyak taribining 70%I mineral birikmalarga to’g’ri keladi.

5- Qon yaratuvchanligi (gemopoez). Bolaning embrional davridan boshlab naysimon suyaklar bo’shlig’idagi kizil ilik qonning shaklli elementlari (eritrosit, leykosit, trombositlar)ni hosil qiladi, shu bois

suyak ko’migi qon yaratishning asosiy (markaziy) a'zosi hisoblanadi.
Suyaklarning rivojlanishi.

Embrional davrda suyak to’qimasi boshqa to’qimalarga nisbatan kechroq (6-8 haftada) mezinxema (embrional biriktiruvchi to’qima)dan hosil bo’lishi aniklangan. Aksariyat suyaklar paydo bo’lishi birlamchi, ya'ni suyakning yosh xujayrasi osteoblastlardan paydo bo’lib, bunday suyaklanish endesman(en-ichida, desma- aloqa) suyaklanish deyiladi, bunga kalla suyaklari hosil bo’lishi misol bo’ladi.

Suyakning ikkilamch suyaklanishi esa tog’ay to’qimasida rivojlanayotgan suyak xujayrasi (yosh ostiosid) paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bunday suyaklanish perixondrial (peri-old, atrof chondro- tog’ay) suyaklanish deyiladi.

Agar tog’ay to’qimasini ichidan suyaklanish no’qtasi paydo bo’lsa endoxondrial (endo-ichi, chondro- tog’ay) suyaklanish deyiladi.


Suyaklar arxitektonikasi.

Tana skeleti suyaklarning joylashishiga qarab quyidagicha bo’linadi:



1. Gavda suyaklari:

A. Umurtqa pog’onasi (33-34 ta umurtqadan iborat)

B. Qovurg’alar (12 juft).

V. To’sh suyagi



2- Kalla suyaklari:

A. Yuz qismidagi suyaklar: burun, ko’z yoshi, yonoq, yuqori va pastki jag’, dimog’ va tanglay suyaklari.

B. Bosh qismi suyaklari: peshona, ensa, chakka, tepa, ponasimon, g’alvirsimon suyaklar

3- Qo’l suyaklari:

A. Yelka kamari suyaklari (o’mrov va ko’rak)

B. Qo’lning erqin suyaklari (elka, tirsak, bilak va qo’l panjasi suyaklari).

4- Oyoq suyaklari:

A. Oyoq kamari (chanoq) suyaklari: yonbosh, qov va o’tirg’ich suyaklar.

B. Oyoqning erqin suyaklari: son, katta va kichik boldir suyaklari, oyoq panjasi suyaklari.

Skeletning funksional ahamiyatini hisobga olib, uning arxetektonikasini taxlil qiladigan bo’lsak, unda umurtqa pog’onasi muhim markaziy qismni egallaydi. Bo’yin umurtqalari ensa suyagi bilan bevosita bo’g’im hosil qilib birikadi, ko’krak umurtqalarining

qovurg’alar bilan birikishi ko’krak qafasini hosil qiladi.

O’z navbatida ko’krak qafasi yelka kamari (o’mrov va ko’rak) suyaklari yordamida qo’lning erqin suyaklari bilan bo’g’im hosil qilib birikadumg’aza umurtqalari chanoq suyaklari bilan birlashib yaxlit chanoqni hosil qiladi. Chanoq suyaklarining tanasida hosil bo’lgan sirka kosasi son suyagining proqsimal uchi bilan bo’g’im hosil qilib birikadi. Shu bois umurtqa pog’onasi skeletning negizi deb karaladi.



Suyaklarning birlashuvi.

Odam tanasidagi barcha suyaklar birikishi natijasida tana skeleti hosil bo’ladi. Suyaklar birlashuvi anatomik-fizialogik xususiyatiga ko’ra uch turga bo’linadi

1.Harakatsiz (o’zluksiz) birlashma -sinartrosis.

2.Harakatchan (o’zlukli) birlashma-diarthrosis.

3.Yarim bo’g’in (chala bo’g’in)- hemiartrosis.

Harakatsiz yeki kam harakatli birlashmada suyaklar o’zaro tog’ay yoqi kushuvchi parda yordamida birlashadi va o’z navbatida uchga bo’linadi.



1.Sindesmos birikish: Suyaklar tolali biriktiruvchi to’qimalar vositasida birikadi. Maslan boldir va bilak suyaklararo parda vositasida birikishi, kalla skeleti qopqog’i suyaklarining chok hosil qilib birikishi.

2.Sinxondroz birikish: Suyaklar tog’ay to’qimasi ishtiroqida birikadi. Masalan, qovurg’alarning to’shga birikishi yoqi umurtqa suyagi tanalarining tog’ay diski vositasida birikishi.

3.Sinostoz birikish: Suyaklarning o’zaro bevosita birikishi, masalan 5 ta dumg’aza umurtqasining bitta dumg’aza suyagiga birikishi.

Harakatchan birikishda suyaklar bo’g’imlar hosil qiladi. Bunda bo’g’im yuzasini hosil qilishda asosiy hosilalar (komponentlar) bo’lishi lozim:

1) suyaklarda bo’g’im yuzalari bo’lishi shart.

2) bo’g’im yuzalari tog’ay bilan qoplangan bo’lishi lozim.

3) bo’g’im kapsulasi (xaltasi) 2 kavatdan iborat bo’lib, ichki sinovial (shillik) suyo’qlik ishlab chikariladigan va tashqi: yupqa, pishik fibrioz kavatdan iborat bo’lishi kerak.

4) suyaklarda bo’g’im hosil kiluvchi yuzalari orasida bo’g’im bo’shlig’i bo’lib uning atrofi kapsula bilan qoplangan. Undagi sinovial suyo’qligi suyaklarning epifizar yuzalarining ishkalanishini kamaytiradi, bo’g’imdagi harakatni yengillashtiradi, issiqda sovitadi, sovuqda isitib, harakatga moslashtirib turadi.

Bo’g’imning yordamchi hosilalari (komponentlari): bog’lam, mushak va paylardan iborat, bo’lib ular bo’g’imni mustahkamlaydi. Ba'zi bir suyaklardagi bo’g’im yuzalarining mos kelmasligi inqongruent (nomuvofiq) bo’g’im hosil qiladi. Bunda bo’g’im yuzalarini mos keltirish uchun qo’shimcha hosilalar bor.

Masalan, tog’ay disklar umurtqalarning birikishi uchun, tog’ay mensklar (yarim disk) esa tizza bo’g’imini hosil kilish uchun tog’ay lablar yelka bo’g’imida bo’ladi.

Sanab o’tilgan qo’shimcha hosilalar inkomgruent bo’g’imni

muvofiqlashtiradi va qongruent bo’g’im hosil qiladi.



Bo’g’imdagi harakatlar.

1. Yordamchi elementlar ishtiroqida inqongruent (nomuvofiq) bo’g’im yuzalari qongruent (muvofiq) yuzalarga aylanib bir-biriga moslashadi.

2. Bo’g’im yuzalari turli geometrik shakllarni hosil qilib me'yori va uning shakliga bog’liq bo’ladi. Shu bois bo’g’imlar bir o’qli, ikki o’qli va ko’p o’qli bo’ladi. Bir o’qli bo’g’imlarda harakat frontal yoqi vertikal o’q atrofida ruy beradi, bunda silindrsimon va g’altaksimon bo’g’imlar hosil bo’ladi.

G’altaksimon bo’g’imlar (barmoq falangalari) da frontal o’q atrofida bo’qish (flexio) va yozish (extentio) harakatlarini bajarish mumqin. Silindrsimon bo’g’imda harakat vertikal o’q atrofida yuzaga keladi, ichkariga burish (pronatio) va tashqariga burish (suprianatio)

mumqin, bunga tirsak va bilaklar suyaklararo bo’g’imi misol bo’lishi mumqin.

Ikki o’qli bo’g’imlarda ikki o’q atrofida harakat yuzaga keladi. Masalan, egarsimon bo’g’im birinchi barmoq bilan kaft suyagi

birikishida hosil bo’ladi, ellipsimon bo’g’im kaft usti suyaklari bilan blak suyagi qo’shilishidan hosil bo’ladi.

Uch o’qli (ko’p o’qli) bo’g’imlarda kosasimon-chanoq -son bo’g’imi va sharsimon -elka bo’g’imi misol bo’ladi. Bu bo’g’imlarda barcha o’qlar atrofida harakat sodir bo’ladi: bo’kish-yozish, o’zoqlashtirish- yaqinlashtirish, ichkariga-tashqariga burish va aylanma harakatlar.


Gavda skeleti.

Umurtqa pog’onasi (collumn vertebralis) uzunligi 70-90 sm bo’lib, 33-34 dona umurtqalardan tashkil topgan va 5 qismdan iborat:

1. Bo’yin umurtqalari(vertebrae cervicales) 7 ta

2. Ko’krak umurtqalari (vertebrae thoracales) 12 ta

3. Bel umurtqalari (vertebrae lumbales) 5 ta

4. Dumg’aza umurtqalari (vertebrae sacrales) 5 ta

5.Dum umurtqalari (vertebrae coccygeae) 4-5 ta

Dumg’aza - dum umurtqalari 20-25 yoshgacha birlashib dumg’aza va dum suyaklarini hosil qiladi, shu bois yolgon umurtqa deyiladi.

Umurtqa suyagi (vertebra). Umurtqa tanasi va undan ajralgan yoylari birlashib umurtqa teshigini hosil qiladi. Umurtqalarning bir-biri bilan birlashuvidan esa umo’rta kanali hosil bo’ladi. Aynan shu kanalda xayot uchun muhim a'zo: orqa miya xoylashgan.

Umo’rta kanali yuqorida kalla skeletining katta teshigi orqali bosh miya bilan bevoita aloqa qiladi, pastda esa dumg’aza kanaligacha davom etadi. Xar bir umurtqa yoylarining orqa tomonidan bir qancha o’simtalar chiqadi: 2 ta ko’ndalang o’simta, 1 ta o’tkir o’simta va 2 tadan yuqori va pastki bo’g’im o’simtalari, jami o’simtalar soni 7 ta.

Tanadan ajralayotgan yoyning oyoqchalari (ikki tomoni) dan ustki va ostki tomonda suyak uyimlari bo’lib, uyimlar qo’shilishidan umurtqalararo teshik hosil bo’ladi. Yuqori va pastki bo’g’im o’simtalari bir-biri bilan bo’g’im hosil qilib birikadi. Ko’ndalang va o’tkir o’simtalari esa mushak va bog’lamlar birikadigan hosila hisoblanib, umurtqa pog’onasidagi barcha harakatlarni yuzaga keltiradi Umurtqa tanalari bir-biri bilan 1,0-1,5 sm qalinlikdagi elastik tog’ay disklar yordamida birikadi.

Umurtqa pog’onasi yuqorida ta'kidlangan xar bir qism o’ziga xos morfofunksional xususiyatga ega. Masalan, bo’yin umurtqalari boshqa umurtqalardan tanasining kichikligi hamda ko’ndalang o’simtalarda teshik borligi bilan farq qiladi. Bu teshiklarning muhimligi shundaki unda joylashgan shu nomli arteriya kalla skeletining katta teshigi orqali kirib bosh miyani qon bilan ta'minlaydi.

1-umurtqa (atlas) ning o’ziga xosligi uning tanasining yo’qligidir.

2-umurtqa (aksis) esa tishining borligi uchun o’qli umurtqadeb nomlangan. Ko’krak umurtqalari 12 juft qovurg’alar birikadigan bo’g’im yuzlari borligi bilan farq qiladi.

Bel umurtqalarning o’ziga xosligi shundaki gavda og’irligining asosiy qismi bel umurtqalariga qo’shib turishi tufayli ularningtanalari kattalashgan. Shu bilan birga ularda ikki juft so’rg’ichsimon va qo’shimcha o’simtalari bor.

Dumg’aza umurtqalari 5 dona bo’lib, ularning o’zaro qo’shilishidan dumg’aza suyagi hosil bo’ladi.Dumg’azaning ichki yuzasi chanoq a'zolariga qaragan va sillik kurinishda bo’lib unda 4 juft umurtqalararo ichki teshiklar bor. Bu teshiklarda orqa miya asab tolalari chiqadi va chanoq a'zolarini ta'minlaydi. Tashqi yuzasi esa notekis bo’lib, umurtqa o’simtalari birikishidan uch qator qirralar hosil bo’ladi. Undagi teshiklardan 4 juft tashqi umurtqalararo asab tolalari chikib dumba sohalaridagi mushaklarni asab bilan ta'minlaydi.

Dumg’azaning 1-umurtqasi dumg’aza suyagining asosiga to’g’ri keladi va unga ikki yon tomoni qanotsimon shaklda bo’lib, quloqsimon yuzalari kamharakat yassi bo’g’im hosil qilib birikadi. Dumg’azaning pastki qismi uning uchi hisoblanib ingichkalashgan va bevosita dum umurtqasi bilan birikib ketadi.

Dumg’aza umurtqalari birikishi natijasida dumg’aza kanali hosil bo’ladi va bu kanalda orqa miya asab tolalri joylashgan.

Dum umurtqalari 4-5 dona yetilmgan rudument shakldagi yemirilib borayotgan umurtqalardan iborat, u ba'zi xayvonlar (maymun)da yaxshi rivojlangan. Dumg’aza va dum umurtqalari xayot davomida qo’shilib yaxlit suyakka aylanadi va chanoq suyaklari ishtiroqida yaxlit chanoqni hosil qiladi.

  1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə