Mavzu: O’zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish




Yüklə 156.24 Kb.
səhifə2/4
tarix14.04.2016
ölçüsü156.24 Kb.
1   2   3   4

Birinchi yo`nalish – ommaviy axborot vositalarining faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy negiz barpo etishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Mamlakat ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirishning huquqiy asoslari bo`lgan “Noshirlik faoliyati to`g’risida” (1996 yil, avgust), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g’risida” (1996 yil, sentyabr`), “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g’risida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g’risida” (1997 yil, aprel`), “Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to`g’risida” (2002 yil, dekabr`) kabi qonunlar qabul qilindi.

Ayni paytda bu huquqiy negiz yangi qonunlar va amaldagi qonunlarga kiritilgan qo`shimcha va o`zgartishlar hisobiga takomillashtirib borilmoqda.

Boshqa bir qator qonun hujjatlarida ham jurnalist faoliyati va mas`uliyatini huquqiy tartibga soluvchi qoidalarga keng o`rin berlmoqda. “Axborotlashtiish to`g’risida”, “Reklama to`g’risida”, “Arxivlar to`g’risida”, “Davlat sirlarini saqlash to`g’risida”, “Aloqa to`g’risida”, “Fuqarolarning murojaatlari to`g’risida”, “Telekommunikaciyalar to`g’risida”, “Faoliyatning ayrim turlarini licenziyalash to`g’risida”, “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g’risida”, “Prokuratura to`g’risida”, “sudlar to`g’risida” kabi o`nlab qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarori va boshqa normativ hujjatlar shular jumlasidandir.

Ikkinchi yo`nalish – keyingi yillarda ommaviy axborot vositalari a jurnalistlarning manfaatlarini himoya qilish va ularga har tomonlama ko`maklashishga qaratilgan turli tuzilmalar tashkil etilayotir. Ayniqsa O`zbekiston Milliy matbuot markazi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazining tuzilishi ommaviy axborot vositalari faoliyatining maqsad va vazifalari hamda ko`lamini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etdi. Junalistlar ijodiy uyushmasining 2004 yil mart oyidagi konferenciyasida esa O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ta`sis etildi.

Uchinchi yo`nalish – professional jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tayyorlash jarayoni butunlay yangi bosqichga ko`tarildi. Mirzo Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakul`teti faoliyati hozirgi zamon talablari asosida qaytadan tashkil etildi. O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti qoshida xalqaro jurnalistika fakul`teti ochildi. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 26 fevraldagi “Jurnalist kadrlar tayyorlashg va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g’risida”gi qaroriga1 muvofiq jurnalistika fakul`tetlarini tegishli texnikaviy jihozlar, zarur uskunalar bilan ta`minlash uchun mablag’lar ajratildi.

Bundan tashqari, jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi jurnalistika kursi, Nukus Davlat universiteti filologiya fakul`tetining jurnalistika bo`limi, Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent Davlat san`at instituti “San`atshunoslik qo`ng’iroq teatri aktyorligi” fakul`tetining jurnalistika bo`limi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgandir.1

Yana bir yangi qadam – O`zbekiston Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi qaroriga muvofiq, yangi o`quv yilidan boshlab O`zbekiston Milliy universiteti huzurida ikki yillik maxsus Oliy jurnalistika kursini ochish to`g’risida qabul qilingan qaror bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

To`rtinchi yo`nalish – ommaviy axborot vositalari borgan sari rivojlanmoqda, saflari kengaymoqda va xilma-xil fikrlar minbariga aylanmoqda. eng muhimi, davlat tashkilotlari organlari hisoblangan nashrlarga nisbatan jamoat tashkilotlari nashrlari va xususiy ommaviy axborot vositalarining izchil ko`payish tendenciyasi yaqqol ko`zga tashlanayapti.

Nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar nashrlari, tijorat, reklama va diniy nashrlar muntazam chiqib turibdi. Axborot agentliklari, mustaqil telestudiyalar va radiokanallar, shu jumladan, FM to`lqinidagi radiolar miqdori ortayotir.



Beshinchi yo`nalish – ommaviy axborot vositalari, jurnalist faoliyatini moddiy va ma`naviy jihatdan rag’batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Preziden I.A.Karimovning 1993yil 24 iyundagi Farmoniga muvofiq 27 iyun` – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni etib belgilandi.2 Mazkur sana va umumxalq bayramlari munosabati bilan har yili yurtimizning eng fidoyi jurnalistlari, sohaning faol vakillari davlatning yuksak unvon va mukofotlari bilan taqdirlanishi yaxshi an`anaga aylangan.

“Yilning eng ilg’or jurnalisti”, “Ofarin”, “Navro`z – boqiy bayram”, “Atirgul”, “Yilning eng ilg’or matbuot xizmati” kabi tanlov, ko`rik va mukofotlar ham samarali faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarni rag’batlantirishga qaratilgandir. Turli tashkilot va musssasalar o`z yo`nalishidan kelib chiqqan holda jurnalistlar o`rtasi tanlovlar o`tkazishni yo`lga qo`ymoqda.

Shu jihatdan Navoiy viloyatida nashr qilinayotgan “Do`stlik bayrog’i” gazetasining faoliyati ham tahsinga sazovordir.



1.2. Konstitutsiyaviylik va qonuniylik – ommaviy axborot vositalarining bosh mezoni.
Respublika Konstitutsiyasining 19-moddasida fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari bilan o`zaro bog’liqligi, shuningdek, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklari daxlsizligi konstituciyaviy asosda belgilab qo`yilgan.

Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 20-moddasida: “Fuqarolar o`z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart”, deyilgan.

Demak, erkinlikning ham chek-chegarasi bor va u ko`pchilik manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan muayyan cheklashlarsiz mavjud bo`lishi mumkin emas. Bu chegara – qonun, qonunga itoatkorlikdir.

“Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunning 6-moddasi “Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda suistemollarga yo`l qo`yilmasligi” deb nomlanadi. Ushbu moddaga asosan uch jihatdan suiiste`mollarga yo`l qo`yilmasligi belgilanganbo`lib, ularning hammasi konstituciyaviy qoidalar talablariga asoslangan.



Birinchi jihat. Ommaviy axborot vositalaridan O`zbekiston Respublikasining mavjud konstituciyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da`vat qilish, urush va zo`ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan o`zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikkka sabab bo`ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanishiga yo`l qo`yilmaydi.1

Ikkinchi jihat. Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha`ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.2

Bu qoida Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi yozib qo`yilgan 13-modda, fuqarolar huquq va erkinliklarining daxlsizligi mustahkamlangan 18, 19 va 20-moddalar, shuningdek, har kimning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi kafolatlangan 25, 27 va 48-moddalarga asoslangan.



Uchinchi jihat. Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e`lon qilish, muayyan ish bo`yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning hal qiluv qarori yoxud hukmi qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoki sudga o`zgacha yo`l bilan ta`sir ko`rsatish, nomini ko`rsatmaslik sharti bilan ma`lumot bergan shaxsning nomini oshkor qilish (sud oshkor etishni talab qiladigan hollar bundan mustasno) taqiqlanadi. 1

Bu o`rinda Konstitutsiyaning prokuratura organlari o`z vakolatlarini mustaqil holda, faqat qonunga bo`ysunib amalga oshirishi mustahkamlangan 120-moddasiga hamda sud hokimiyati va sud`yalar mustaqilligi belgilangan 106 va 112-moddalar qoidalariga tayanilgan.

Ma`lumki, ommaviy axborot vositalari biron-bir ijtimoiy guruhning emas, balki barchaning irodasini bayon etishi, fikrlar xilma-xilligiga amal qilishi lozim. Ushbu ezgu maqsadni amalga oshirish uchun zarur eng muhim, ya`ni so`z erkinligi huquqi esa milliy qonunchilikda, avvalambor, Konstitutsiyamizda to`liq kafolatlangan. Axborot olish va tarqatishning konstitutsiyaviy kafolatlari va erkinliklari. So`z va matbuot erkinligini huquqiy himoya qilishga, axborot olish va tarqatishni kafolatlashga qaratilgan boshqa bir qonun hujjati – 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan - “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g’risida”gi qonun jurnalistning kasb faoliyati bilan bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.

Qonunning 4-moddasida: “Jurnalistdan xabarlar va materiallarni oldindan kelishib olishini, shuningdek material yoxud xabarning matnini o`zgartirishni yoxud ularni butunlaynashrdan olib qolishni (efirga berilmaslikni) talab qilishga hech kimning haqqi yo`q” ekani qayd etilgan.1

Jurnalist o`ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.

2002 yil 3 avgustda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish to`g’risida”gi qonunning XI bo`limiga muvofiq 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunga kiritilgan tegishli o`zgartishlar shular jumlasidandir.

Bu o`zgarishlar so`z, matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi, axborot olish va tarqatish kafolatining huquqiy jihatdan yanada mustahkamlanishi borasida jiddiy ahamiyatga ega ekani tufayli ularga atroflicha to`xtalib o`tamiz.

Prezident I.A.Karimov 2002 yil 29 avgustda Oliy Majlis to`qqizinchi sessiyasidagi “O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari” mavzuidagi ma`ruzasida bu masalaga ham atrofliga to`xtaldi.

Prezident ta`kidlaganidek: “Hammamiz bir haqiqatni yaxshi anglab olishimiz lozim: matbuot erkinligining kafolati –axborot sohasida bozor munosabatlari va raqobatni rivojlantirish bilan chambarchas bog’liq. Bugun ommaviy axborot vositalari oldida iqtisodiy sheriklar topish, iqtisodity jihatdan o`zini o`zi ta`minlashga erishish borasida keng va real imkoniyatlar paydo bo`lmoqda, bu esa o`z navbatida ularning erkin va mustaqil faoliyat ko`rsatishida asosiy omil bo`lib xizmat qiladi.

Barcha ommaviy axborot vositalariga mulk shakli, tiraji, qamravi hamda mavzu yo`nalishidan qat`i nazar, ularning mamlakatimiz axborot maydonida halol raqobat asosida faoliyat olib borishi uchun davlat zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Aytish mumkinki, bu – jamiyatni tom ma`noda demokratlashtirish garovidir”.1

I.A.Karimov ushbu ma`ruzasida “Ommaviy axborot vositalari sohasida iqtisodiy munosabatlarning asoslari to`g’risida”gi qonunni qabul qilish masalasini ko`rib chiqish vaqti etganligini qayd etar ekan, “bu qonun, boshqa ko`pgina masalalarni echish bilan birga, mustaqil inashrlarni ayrim eskicha fikrlaydigan mansabdor va amaldorlar, tabiiy monopoliyalar, homiylar va reklama beruvchilar, matbuot tarqatuvchilar, noshirlar va boshqalarning ta`siridan samarali himoya qilgan bo`lur edi”, deb uqtirdi.2

1997 yilgi “Ommaviy axbroot vositalari to`g’risida”gi qonunga kiritilgan tegishli o`zgartishlar talqinini davom ettiramiz. Qonunning “Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda suiiste`mollarga yo`l qo`yilmasligi” nomli 6-moddasi ushbu modda talablarini buzganlikda aybdor shaxslar, shu jumladan muharrir (bosh muharrir), jurnalist, boshqa shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishini ko`zda tutuvchi to`rtinchi qism bilan to`ldirildi.3

Bugungi kunda mamlakat ommaviy axborot vositalari zamon talabi darajasiga va jahon andozalari doirasida erkin, mustaqil hamda demokratik asosda faoliyat yuritishi uchun amaldagi qonunlarning o`zi bilan kifoyalanish mumkin emas, albatta.

Prezident I.A.Karimov ushbu yo`nalishda muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalarga to`xtalib, alohida uqtirganidek, “avvalo, ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy erkinligini ta`minlash kerak”.1 Zero, moliyaviy mustaqilliksiz matbuot mustaqil bo`lishi mumkin emas. Bu esa o`z galida, tegishli huquqiy negiz mavjud bo`lishini talab etadi.

Fikrimizcha, iqtisodiy nuqtai nazardan qaratilganda, mamlakat ommaviy axborot vositalari zamon talabi darajasida va jahon andozalari doirasida erkin, mustaqil hamda demokratik asosda faoliyat yuritish uchun, aytaylik, sohaning eg muhim huquqiy hujjatlaridan biri – “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunda ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy shakllantirilishi xususida aniq me`yorlar mavjud emas.

To`g’ri, qonunning 20-moddasida ommaviy axborot vositalarida homiylar ishtiroki bir qadar qonunlashtirilgan, ammo mazkur qoida samaraliroq ishlashi uchun yanada takomillashtirishga muhtojdek.

Shulardan kelib chiqib, “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunda ommaviy axborot vositalarining moliyaviy mustaqilligi qay yo`sinda ta`minlanishi kerakligini aniq va mukammal aks ettiruvchi muayyan modda va qoidalar kiritilishi zarur, deb o`ylaymiz.

Davlatimiz rahbari ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to`qqinzinchi sessiyasida islohotlarning navbatdagi bosqichida bu borada bir qator yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish taklifini o`rtaga tashladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, respublika Prezidenti I.Karimov mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini barqarorlashtirishda ommaviy axborot vositalarining rolini yanada oshirishni talab qilmoqda. Prezident har bir nutq va ma'ruzalarida, albatta, matbuotning kundalik hayotimiz va islohotlar davridagi roli haqida, ularning keng imkoniyatlari to'g'risida to'xtalib o'tadi. Buning boisi shundaki, matbuot va umuman axborot vositalarining demokratik rivojlanishdagi ahamiyati muttasil ortib bormoqda. Biroq, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda ularning roli unchalik ham sezilmayapti, o'zlarini «to'rtinchi hokimiyat» sifatidagi imkoniyatlarini to'la ko'rsata olmayaptilar. Shuning uchun ham O'zbekiston hukumati ommaviy axborot vositalari faoliyatiga jiddiy baho bermoqda. «Ochig'ini aytganda bizning matbuotimiz, televideniye va radio hozircha zamonaviy ish usullari va shakllarini egallab olganicha yo'q, xalqaro mezonlarga muvofiq emas. Matbuot sahifalarida va televideniyeda chuqur tahliliy materiallar, jiddiy siyosiy, iqtisodiy va xalqaro sharhlar yo'q, bahs-munozara ko'rinmaydi. Ayrim ommaviy davlat nashrlarining aniq fuqarolik pozitsiyasi va qiyofasi ko'zga tashlanmaydi. Ular asosan rasmiy xabarlarni e'lon qilish bilan cheklanmoqda», — deb mamlakat rahbari katta e'tiroz bildirdi.

Shuning uchun ham 1997-yili Oliy Majlisning VI sessiyasida ommaviy axborot vositalari huquqiy asoslarini mustahkamlash masalasi o'rtaga qo'yildi. Oliy Majlis o'zining VII sessiyasida «Axborot olish kafolatlari va huquqlari», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish» singari qonun loyihalari muhokama qilinib, birinchi o'qishda qabul qilindi. «Xalq so'zi» gazetasining 1997-yil 13 va 14-fevral sonlarida qonun loyihalari umumxalq muhokamasiga havola qilindi. U keng jamoatchilikning yangi taklif va mulohazalari bilan to'ldirilib, 1997-yil 25-aprelda Oliy Majlis VIII sessiyasida qabul qilindi.

Ushbu qonunlarning dunyoga kelishi va to'la quvvat bilan amal qilishi bevosita hozirgi o'zbek milliy davlatchiligi ma'naviy qiyofasini belgilaydi. Bunday qonunlar yaratilishining, deputatlar va umumxalq muhokamasiga havola qilinishining o'zi O'zbekistonning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, inson huquqlari erkinligi, ozodligi, uning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish kabi xalqaro huquq normalariga izchil amal qilayotganligidan dalolat beradi. Mazkur Qonunlarning o'ziga xos jihatlari ham borki, bu bevosita turmush tarzimiz va aholi ma'naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan hodisadir. Jumladan:

— Qonunda aholi hamda jamiyatning xolisona, haqqoniy va xilma-xil axborotlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish kabi hayotiy talablar o'z aksini topgan.

— «Axborot olish erkinliklari va kafolatlari» Qonunning 2-moddasida har bir fuqaroga axborot olish kafolatlanishi va davlat tomonidan himoya qilinishining alohida ta'kidlanganligi ham muhim ahamiyatga ega.

— Bunday Qonunlar MDH davlatlarida hali qabul qilinmaganligi, boshqa mamlakatlarda, xususan, demokratiya nisbatan rivojlangan mamlakatlarda esa kamdan-kam uchraydigan hodisa ekanligi bilan ham diqqatga sazovor.

Bir so`z bilan aytganda, O`zbekistonda ommaviy axborot vositalari erkinligining nafaqat huquqiy asoslarini mustahkamlash, balki, shu bilan birga ularning moliyaviy mustaqilligini ta`minlashga qaratilgan islohotlarga alohida ahamiyat qaratilayotgani bejiz emas.

2-BOB. Jamiyatni demokratlashtirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati.

2.1. Ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatini yuksaltirishdagi o`rni.

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”1 degan shiorni kun tartibiga qo`ydi.

O`zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishdek ezgu maqsadlarni ro`yyobga chiqarish yo`lida jamiyatimiz a`zolarini xolis, tezkor va haqqoniy axborot bilan ta`minlashda ommaviy axborot vositalarining o`rni va mavqei tobora mustahkamlanib bormoqda.

“Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunning 11-moddasida qayd etilishicha: “O`zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari ommaviy axborot vositalarini ta`sis etish huquqiga egadirlar. Ommaviy axborot vositasi bir necha muassis tomonidan ham ta`sis etilishi mumkin”.2 ayni paytda, mamlakatimizda yuzdan ziyod nodavlat ommaviy axborot vositasi faoliyat ko`rsatayotgani ham, ko`p jihatdan, ana shu imkoniyat samarasidir.

Istiqlol tufayli fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri, huquqiy ongi va madaniyati tubdan o`zgardi. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshdi. Jamiyatda yuz berayotgan o`zgarishlarga befarqlik munosabatidan voz kechilmoqda, manfaatdorlik hissi qaror topmoqda. Demokratik ko`nikmalar fuqarolarimiz hayot tarziga tobora chuqur singib bormoqda.

Vatandoshlarimizning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi esa, o`z navbatida, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, erkinlishtirish va fuqarolik institutlarini shakllantirish bilan chambarchas bog’liq.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlari sirasiga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, mahalla, oila, shaxs kabi turli –tuman sub`ektlar kirishini nazarda tutgan holda, shuni ta`kidlash o`rinlki, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ustuvor yo`nalishlaridan biri – jamoat birlashmalarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishdir.

Konstitutsiyamizning 58-moddasida davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta`minlaydi. Ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi, deb belgilab qo`yilgan.

Hozirgi paytda mamlakatimizda 5 mingtadan ortiq nodavlat notijorat tashkilot faoliyat ko`rsatmoqda. Odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro`y berayotgan demokratik o`zgarishlarning ko`lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir.1

Milliy qonunchilikka muvofiq ushbu tashkilotlar o`z ommaviy axborot vositalarini ta`sis etish huquqiga ega. Nodavlat notijorat tashkilotlar muassis va hamuassis bo`lgan ommaviy axborot vositlarining soni ko`p bo`lgani bois, faqat xotin-qizlar nashrlarini misol sifatida sanash bilan kifoyalanamiz. “Sanam” tadbirkor ayollar jurnali, “Saodat”, “Mashhura”, “Saida” jurnallari, “Aral kiuzlari” nohukamt jurnali, “Gulchehralar”, “Oila va jamiyat” respublika gazetalari, viloyatlarda chop etiladigan “ayol olami”, “Oydin”, “Iqbol”, “Qizbibi”, “Ayol va jamiyat”, “Ayol va zamon”, “Xonadon”, “Nafosat” gazetalari shular jumlasidandir.2

Shuni ham aytish joizki, ayni paytda O`zbekiston Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O`zbekiston Xotin-qizlar” qo`mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida”gi farmoni va ushbu Farmon ijrosi yo`lida Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan 2004 yil 29 iyundagi qaror doirasida mamlakatimizda ayollar hayotini yoritadigan matbuot nashrlari faoliyatini zamon talablari darajasiga ko`tarish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilayotir.

Fuqarolik jamiyatining yana bir instituti – siyosiy partiyalar bo`lib, ularga tegishli ommaviy nnashrlar nafaqat partiyaviy mansubligi, balki soni, davriyligi, tiraji, tarqalish ko`lamlari turlicha ekani bilan ham ajralib turadi.

Tadbirkorlik va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining nashri – “XXI asr”, “Adolat” social demokratik partiyasi nashri – “Adolat” gazetasi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nashri – “Milliy tiklanish” gazetasi, “Fidokor” gazetasi esa Fidokorlar milliy demokratik partiyasining nashri hisoblanadi. Xalq demokratik partiyasi boshqa siyosiy partiyalarga nisbatan ko`proq nashrlarga ega. XDP Markaziy kengashi “O`zbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana” gazetalari va “Muloqot” jurnaliga muassisdir. Ushbu partiyaning joylarda ham bir qancha nashrlari chop etilmoqda.

Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining universal nashri sifatida “Mahalla” gazetasini tilga olish maqsadga muvofiqdir.

Fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan yana biri – ommaviy axborot vositalari bo`lib, keyingi yillarda nodavlat yo`nalishdagi ommaviy axborot vositalarining faollashgani ayniqsa yaqqol ko`zga tashlanayapti.

2005 yilda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 50 ta nodavlat teleradiostudiya rahbarlari tomonidan O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi /O`zeOAVMA/ ta`sis etilgani bu jabhadagi sa`y-harakatlarni tamomila yangi bosqichga ko`tardi. O`zeOAVMA – nodavlat notijorat tashkilot bo`lib, bugungi kunda unga a`zo teleradiostudiyalar etmishdan ortiq kanal orqali o`z materiallarini efirga uzatmoqda. Tarkibida qariyb bir ming besh yuz nafar ijodiy va texnik xodim ishlab turgan O`zeOAVMA a`zolarining umumiy auditoriyasi yurtimiz aholisining qaryib 18 million nafarini tashkil etadi. Ular mamlakatimiz hududining 70 foizini qamrab olgan.

Shunday ekan, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi kabi mustaqil, o`zini o`zi boshqaruvchi, hukumatga qarashli bo`lmagan professional tuzilmalar paydo bo`layotganini aytish zarur.

Jurnalistlar ijodiy uyushmasining asosiy maqsadi, uning Nizomida qayd etilganidek: “jurnalistlarning jamiyatdagi tutgan o`rni va mavqeini ko`tarish, mulkchilik shaklidan qat`i nazar turli gazeta-jurnallar, tele va radilkanallarda, nashriyotlar va axborot agentliklarida ishlayotgan, shuningdek erkin ijodkorlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ijodiy hamda mualliflik huquqlarini, sha`ni va qadr-qimmatini, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining muassislari va noshirlari oldidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishga ko`maklashishdan iborat” (Nizomning II bob, 2.1-moddasi).1

Endilikda kasbga doir ana shu nodavlat tashkilotlar o`z faoliyatini jadallashtirishi, o`zaro faoliyatini muvofiqlashtirishga intilishi va sohada o`zini o`zi boshqarish tizimini izchil yo`lga qo`yishi kerak bo`ladi.

Keyingi yillarda jurnalistlarning geografik joylashuv yoki ixtisoslashuv kabi asoslarga tayangan holda jamoatchilik asosidagi turli kasb tashkilotlari tuzish tajribasi ommalashganini ham kuzatish mumkin.

1999-2006 yillar oralig’ida “Ayol jurnalistlar klubi”, Xorijda tahsil olgan, malaka oshirib qaytgan o`zbek jurnalistlarining “33+” klubi, “Matbuot kotiblari klubi”, “Toshkent jurnalistlar klubi”, shuningdek vodiy jurnalistlarining “Hamkor”, Buxoro jurnalistlarining “Reportyor” klublari, Sport jurnalistlari klubi, ekolog jurnalistlar assosiasiyasi kabi tuzilmalar tashkil topdi.2

Ommaviy axborot vositalari ishini, jurnalistlar hayoti va faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash muhim va mustaqillikni mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə