Mavzu: O’zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish




Yüklə 156.24 Kb.
səhifə1/4
tarix14.04.2016
ölçüsü156.24 Kb.
  1   2   3   4


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI TARIX O’QITISH METODIKASI TA’LIM YO’NALISHI




Mavzu: O’zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish.


Bajardi: 4-“A” guruh talabasi Abdunazarova N

Qabul qildi: Hayitov U.



Navoiy-2015.
O’zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish.

Reja.
Kirish .

1-BOB. “Ommaviy axborot vositalari huquqiy asoslarining yaratilishi” mazusini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari.


    1. Mustaqil O`zbekistonda ommaviy axborot vositalariga bo`lgan e`tiborning yanada kuchayishi.

1.2. Konstitutsiyaviylik va qonuniylik – ommaviy axborot vositalarining bosh mezoni.

2-BOB. Jamiyatni demokratlashtirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati mavzusini o’qitishning uslubiy jihatlari.


2.1.“Ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatini yuksaltirishdagi o`rni.” mavzusini o’quvchilar ongiga singdirish vositalari.

2.2. “Mustaqil O’zbekistonda Ommaviy axborot vositalarining qo’llab – quvvatlanishi.” mavzusini o’qitishning samarali usullari.


Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kurs ishining tushuntiruvchi qismi.

O`zbekiston 1991 yilning 31 avgustida mustaqillikka erishgach, qisqa vaqtda – 1992 yil 8 dekabrda o`zining birinchi Konstitutsiyasini qabul qildi. Oradan o`n yildan ortiq vaqt o`tib, 2002 yil 27 yanvarda o`tkazilgan umumxalq refrendumi natijalariga ko`ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo`shimchalar kiritildi.1

Kurs ishiishida mustaqil O`zbekistonda istiqlol tufayli qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarda ommaviy axborot vositalariga bo`lgan munosabatni yoritishni maqsad qilib qo`ydik.

O`zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribalariga tayanib, xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan hamda umumbashariy mezonlar bilan necha ming yillik milliy qadriyatlarimizni o`zaro uyg’unlashtirgan holda, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko`zlab qabul qilingan mazkur Asosiy Qonunda ifodalangan ommaviy axborot vositalari haqidagi qoidalar uning yana bir yangi jihatlaridandir.

Respublikamiz Konstitutsiyasida mustaqillik sharofati tufayli so`z, matbuot va fikr erkinligini ta`minlashga qaratilgan muhim qoidalar mustahkamlab qo`yildi. Ushbu konstituciyaviy qoidalarni ikki guruhga bo`lib tasniflash mumkin.

Birinchi guruh – fikr yuritish va so`z erkinligini inson va fuqaroning daxlsiz hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli bo`lmagan shaxsiy huquq va erkinliklari sifatida qaror toptiruvchi konstituciyaviy qoidalar.

Konstitutciyaning 29-moddasida qayd etilganidek, har kim fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.1

Konstitutsiyaning 2, 12,14, 15,16,17,18,19,20,22,23,24,25,26,27, 30 va 31-moddalari ham, garchi ularning matnida “so`z erkinligi”, “matbuot erkinligi”, “fikr erkinligi” kabi tushunchalar ishlatilmagan bo`lsa-da, inson va fuqaroning ana shu huquq hamda erkinliklari ta`minlanishi va himoya etilishiga xizmat qiladi. Bu konstituciyaviy moddalar keyinchalik qabul qilingan ko`plab qonunlar va kodekslarda yanada kengaytirildi va konkretlashtirilib borilmoqda.

Ikkinchi guruh – insonning fikrlash, so`z va matbuot erkinligini to`g’ridan-to`g’ri ta`minlashga qaratilgan fuqarolik jamiyatini alohida instituti – ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi huquqiy maqomi belgilab qo`yilgan konstituciyaviy qoidalardan iboratdir..

Konstitutsiyaning 67-moddasi bunga misol bo`la oladi. Unda qayd etilganidek: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to`g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Cenzuraga yo`l qo`yilmaydi”. Bunday qoida ilgari O`zbekistonning birorta konstituciyasida, hattoki sobiq ittifoq konstituciyasida ham qayd etilmagan.2

O`zbekiston tarixida birinchi marta ommaviy axborot vositalarining erkinligi principi konstitucciyaviy qoida tariqasida Ushbu modda negizida mustahkamlab qo`yildi. eng muhimi, cenzura bekor qilindi. Cenzuraning taqiqlanishi bilan ommaviy axborot vositalariga tazyiq o`tkazilishining oldi olindi.

Ushbu konstitusiyaviy qoida ommaviy axborot vositalari chinakam erkin faoliyat yuritishining huquqiy kafolati bo`lib, jamiyatning yangilanishi jarayonida mislsiz ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, mazkur konstitusiyaviy qoida ommaviy axborot vositalari qonunchiligining asosi bo`lgan bir qancha qonunlar qabul qilinishida mustahkam poydevor vazifasini o`tadi va o`tamoqda.

Respublika Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasida ta`kidlaganidek, O`zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta`minlashning g’oyat muhim sharti – bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir.1

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o`rnini yuksaltirish, matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta`minlash masalalari hayotimizni isloh qilish va yangilash borasida oldimizga qo`ygan besh ustuvor vazifa yo`nalishdan biri etib belgilab qo`yilgan.

Respublikamizda ommaviy axborot vositalari erkinligi – konstituciyaviy tamoyillardan biri sifatida tan olindi. Shunga amal qilingan holda ish olib borilmoqda.

O`zbekistonda ommaviy axborot vositalari erkinlik berilishi va bu erkinlikning huquqiy jihatdan mustahkamlab qo`yilishi mustaqillik bilan bevosita bog’liq jarayon bo`lib, eski tuzum-sovet hokimiyati davrida ma`muriy-buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig’inish mustahkam qaror topganligi tufayli hatto ochiq axborot ham maxfiylashtirilgan edi.

Respublikada hali mustaqillik e`lon qilinmay turib, 1991 yil 14 iyunda “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonun qabul qilindi1. Unda belgilanishicha, “O`zbekiston SSRda barcha ommaviy axborot vositalari erkindir. Ushbu qonun O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida har bir fuqaroning so`z erkinligiga, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o`z fikri va e`tiqodini oshkora bayon etish huquqiga kafolat beradi. Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, tanlash, qabul qilish va ommalashtirishda qonunga muvofiq ish olib boradilar. Ommaviy axborot vositalarini cenzura qilishga yo`l qo`yilmaydi”, deb ta`kidlab qo`yildi. Bu istiqlolgacha bo`lgan jarayonda ko`rsatilgan katta jasorat edi.

Shu yo`l bilan fuqarolarning o`z fikrlarini erkin tarzda matbuotda yozma yoki og’zaki chiqishlarda ifodalash huquqi, ya`ni so`z erkinligi ilk bor qonun aosida kafolatlandi.

1995 yil 6 mayda imzolangan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o`zgartishlar kiritish to`g’risida”gi qonunning VIII bo`limiga muvofiq ushbu qonunga muayyan o`zgartirishlar kiritildi.2

Bu qoidalar oddiy qonun darajasi bilan cheklanib qolmay, balki ommaviy axborot vositalarining muhim ahamiyatini e`tiborga olib, Asosiy Qonun – Konstitutsiya darajasiga ko`tarildi.

Oliy majlisning 1997 yil 26 dekabrdagi qaroriga muvofiq “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi yangi qonun amalga kiritilishi munosabati bilan “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi 1991 yilgi qonun va unga 1995 yilda kiritilgan o`zgartishlar o`z kuchini yo`qotgan deb topildi.

1991 yilgi qonunning “So`z erkinligi va ommaviy axborot vositasi” deb nomlangan 2-moddasi qoidalari 1997 yilgi qonunda yanada mukammallashtirilgan va 3 ta alohida modda – “Ommaviy axborot vositalari erkinligi” (2-modda), “So`z erkinligi” (3-modda) va “Senzuraga yo`l qo`yilmasligi” (4-modda) shaklida berilgan.1

Qonunda ommaviy axborot vositalari erkinligi tushunchasi bilan so`z erkinligi tushunchasining har biri alohida ta`riflangani muhim yangilikdir. Ya`ni, 2-moddada: “O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo`lib, ular O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko`rsatadi”, deb belgilangan bo`lsa, 3-moddada: “Har kim ommaviy axborot vositalarida chiqish, o`z fikri va e`tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir”2 degan qoida bilan so`z erkinligiga ixcham, aniq va ravshan ta`rif berilgan.

Senzuraga yo`l qo`yilmasligiga taalluqli qoida 4-moddada quyidagicha rivojlantirilgan: “O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini cenzura qilishga yo`l qo`yilmaydi. e`lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o`zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo`q”.3

Yurtboshimiz I.A.Karimov iborasi bilan aytganda, biz mustabid tuzum merosi va aqidalaridan, uning mafkurasi, ma`muriy nazorati va cenzurasidan juda katta qiyinchiliklar bilan xalos bo`lyapmiz.4

Mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida ushbu masalalarga alohida urg’u berilayotgani O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki davridanoq ommaviy axborot vositalarini tom ma`noda “to`rtinchi hokimiyat” darajasiga ko`tarish borasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan uzviy islohotlarning mantiqiy davomidir.

Bu borada Prezidentimiz o`zining matbuot va OAV xodimlariga 2006 yil 27 iyunda yo`llagan tabrigida yana bir bor ko`rsatib o`tdi. “Ommaviy axborot vositalarimizning istiqlol yillarida bosib o`tgan rivojlanish yo`liga nazar tashlar ekanmiz, tabiiyki, jurnalistlarimizning bugungi saviyasi va darajasini bundan o`n-o`n besh yil avvalgi holat bilan mutlaqo solishtirib bo`lmaydi.

Keyingi paytda milliy matbuotimizning qiyofasini tubdan o`zgartirib yuborgan komp`yuter va axborot texnologiyalari, Internet tizimi bilan bir qatorda, eng avvalo, bu vositalarning barchasini jonlantiradigan, ularga mazmun beradigan, ta`sirchanligi va samarasini amalda namoyon qiladigan asosiy kuch-jurnalistlar va matbuot xodimlarimizning malakasi va dunyoqarashi, tafakkuri va mahorati boshqalardan kam bo`lmaydigan darajaga o`sib borayotganini e`tirof etish adolatdan bo`ladi.

Bugun biz yurtimizda huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurayotgan ekanmiz, bu masalaning eng muhim sharti bo`lmish inson qadri, inson huquq va erkinliklarini himoyalash, odamlarni dunyoda xolisona xabardor qilish, bu jarayonlarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish, bir so`z bilan aytganda, el-yurt dardi va intilishlari bilan yashash, barchamizdan, birinchi galda, ommaviy axborot vositalari vakillarridan bu talab va mezonlarni kundalik hayotimizda izchil joriy etishni taqozo etadi.

Matbuotimiz oldida turgan mana shunday dolzarb vazifalarni ado etishda bugun bu borada olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, jumladan, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni eng zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlash, soha rivoji uchun zarur bo`lgan islohotlarni amalga oshirish, matbuot ahlining mas`uliyatli mehnatini qadrlash, moddiy va ma`naviy rag’batlantirish masalalari bundan buyon ham davlatimiz, hukumatimiz e`tibor markazida bo`lishi tabiiy, albatta”.1

Davlatning boshqaruvida “to`rtinchi hokimiyat”ga juda katta mas`uliyat yuklandi, vazifalar belgilandi. Biz kurs ishiishimizda ana shu modammolar, ularning echimlari haqida so`z yuritamiz.




    1. Mustaqil O`zbekistonda ommaviy axborot vositalariga bo`lgan e`tiborning yanada kuchayishi.

O’zbеkiston Rеspublikasi kuchli dеmokratik, huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidan bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Fuqarolik jamiyati dеmokratik islohotlarning muhim tarkibiy qismidir.

Fuqarolik jamiyati institutini mustahkamlash va rivojlantirish, OAVlarni rivojlantirish bo’yicha bir talay ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda O’zbеkistonda 5 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilot, 870 dan ortiq gazеta va jurnallar 100 ga yaqin davlat va nodavlat tеlеradiostantsiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Agar bundan 15 yil oldin Rеspublikamizda 475 ta OAVlar bo’lgan bo’lsa, 2009 yilga kеlib, bu raqam 1110 tani tashkil etdi. Xususan, ularning 600 dan ziyodi viloyatlarda faoliyat ko’rsatmoqda.1

Prеzidеnt Islom Karimov 2005 yilning 28 yanvarida «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni dеmokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modеnizatsiya va isloh etishdir» mavzuidagi ma'ruzasida endilikda oldimizda turgan bir qator ustuvor vazifalarni bеlgilab bеrar ekan, dеmokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalar roliga alohida e'tibor bеrdi. O’zbеkistonda dеmokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g’oyat muhim sharti ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun dеmokratik andozalarni joriy etish bo’yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir.

Bu borada asosiy vazifa mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo’lgan matbuot, tеlеvidеniе, radio faoliyatini yanada libеrallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta'minlashdan iborat. Xalqimiz ommaviy axborot vositalarida mamlakatimiz va xorijda sodir bo’layotgan voqеalarning haqqoniy jarayonlarini ko’rish va eshitishni istaydi. Shu boisdan ham kеyingi yillarda ommaviy axborot vositalarini yanada dеmokratlashtirish va libеrallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta'minlashda ularning faolligini oshirish, mеdia makonga ilg’or axborot – kommunikatsiya tеxnologiyalarni bеvosita joriy etishga qaratilgan qariyb 10 ta qonun hujjati qabul qilindi.

Prеzidеnt ma'ruzasida kеltirilganidеk, 2008 yilning iyul oyida O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi har ikki palatasi kеngashlarining «Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qo’shma qarori qabul qilindi.1

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, parlamеnt tomonidan qabul qilingan bu hujjat nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining mustaqil rivojlanishini bosqichma-bosqich ta'minlash, mamlakatimizni dеmokratik yangilash jarayonida ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish yo’lida yana bir muhim qadam

bo’ldi. Ushbu qo’shma qarorga ko’ra nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini moliyalashtirishni shakllantirishning mustaqil, dеmokratik printsiplariga asoslangan tizimi yaratildi.

Dunyo ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko’ra, ularning 5 ta asosiy turini ajratib ko’rsatish mumkin








Prеzidеntimiz Islom Karimovning 2009 yilda chop etilgan «Eng asosiy mеzon – hayot haqiqatini aks ettirish» risolasida ham bugungi kunda zamon o’zgarishlari bilan ma'naviy hayotimizda har tomonlama o’tkir va dolzarb ahamiyat kasb etayotgan ommaviy axborot vositalar orqali parlamеnt tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning mohiyati, sabab va oqibatlarini anglab еtish, ayni vaqtda bu borada mavjud tashqaridan kirib kеlayotgan xavf-xatarlarning oldini olish bo’yicha davrning o’zi kun tartibiga kеskin qilib qo’yayotgan yangi vazifalar haqida atroflicha tasavvurga ega bo’lishi mumkin.1

Shu boisdan ham Prеzidеntimiz ta'kidlab o’tganidеk, ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy erkinligini, bugungi kunda davlat tеlеvidеniеsi nеgizida jamoatchilik tеlеvidеniеsi kanalini bosqichma-bosqich shakllantirish masalasi muhim ahamiyatga ega. Ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy siyosatni, yangilanish va o’zgarishlar jarayonini har tomonlama chuqur, ta'sirchan usullar orqali yoritib borishi zarur.

Dunyo ommaviy axborot vositalari rivoji haqida so`z yuritganda, avvalo, ommaviy axborot vositasi deganda nima tushunilishini bilmoq kerak.

Ommaviy axborot vositasi – sodir bo`layotgan voqea-hodisalar haqidagi barcha ma`lumotlarni to`plab, qayta ishlovchi va ularni yangilik-axborot sifatida ommaga etkazib turuvchi muassasadir. Buni ba`zan ommaviy axborot kommunikaciyalari ham deb ataydilar.

Ta`kidlash joizki, bugungi kunda o`zida matbuot, radio va televidenie xususiyatlari hamda imkoniyatlarini mujassamlashtirgan, axborot etkazib berish darajasi bo`yicha tezkorlikda va ko`lamdorlikda mukammal bo`lgan Internet ayniqsa shiddat bilan hayotimizga kirib bormoqda.

Oxirgi ma`lumotlarga qaraganda Xitoyda Internetdan foydalanuvchilar soni 350 milliondan oshgan va ushbu mamlakat dunyoda ikkinchi o`rinda bormoqda. Bu borada peshqadam – AQShda Internetdan foydalanuvchilar soni 235 million kishidir.

Keyingi ikki yilda har biriga minglab komp`yuterlar ulangan Internet serverlari soni dunyo bo`yicha 300 mingga etdi. O`zbekiston Respublikasi hududidan ro`yxatga olingan saytlar esa 150 mingdan ortdi.

Shu bilan birga, O`zbekiston milliy qonunchiligida Internet ommaviy axborot vositasi turi sifatida alohida tilga olinmaganligini ham eslatish o`rinlidir. “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, “Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efir-kabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir”.1

Hozirgi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarini davlat va nodavlat, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalari sifatida farqlash mumkin.

Davlat ommaviy axborot vositalari - davlat tomonidan ta`sis etilgan yoki muayyan davlat ulushi va davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalaridir.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari-mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ta`sis etilgan yoki ularning ulushi bo`lgan va mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari, demokdir.

Nodavlat ommaviy axborot vositalari sirasiga esa nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari, xususiy shaxslar tomonidan ta`sis etilgan va ularning mablag’lari hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari kiradi.

O`zbekistonda davlat tomonidan barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi kafolatlangan mavjud sharoitda ommaviy axborot vositalarini muassisga mansubligi, mulk shakli nuqtai nazaridan ham bir necha turga ajratsa bo`ladi:



  1. Muassisi davlat tashkilot(lar)i bo`lgan ommaviy axborot vositalari -(“Xalq so`zi”, “Narodnoe slovo”, “Pravda Vostoka” gazetalari va boshqalar);

  2. Muassisi tijorat tashkilot(lar)i bo`lgan ommaviy axborot vositalari (“EKO” gazetasi va boshqalar);

  3. Muassisi nodavlat notijorat tashkilot(lar) bo`lgan ommaviy axborot vositalari (“Mahalla”, “Hurriyat” gazetalari, “Ijtimoiy fikr”. “Inson huquqlari” jurnali va boshqalar);

  4. Muassisi siyosiy partiyalar va harakatlar bo`lgan ommaviy axborot vositalari (“O`zbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana”, “Fidokor”, “Adolat”, “Milliy tiklanish”, “XXI asr” gazetalari, “Muloqot” jurnali, “Birlik” gazetasi kabilar);

  5. Muassisi ommaviy axborot vositalari bo`lgan ommaviy axborot vositalari (“Mohiyat”, “Darakchi” gazetalari va boshqalar);

  6. Muassisi jismoniy shaxs(lar) bo`lgan ommaviy axborot vositalari (“Novosti Uzbekistana” gazetasi);

  7. Muassisi mintaqaviy va xalqaro nodavlat tashkilot(lar) bo`lgan ommaviy axborot vositalari (“Markaziy Osiyo madaniyati” gazetasi);

  8. Muassisi turli – yuridik shaxs(lar) va jismoniy shaxs(lar)dan iborat bo`lgan ommaviy axborot vositalari (“Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi-yopiq akciyadorlik jamiyati); kabilardir.

Mustaqillik yillarida yurtimizda ommaviy axborot vositalari soni misli ko`rilmagan darajada oshdi. 1991 yilda O`zbekistonda 351 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ularning soni 823 tadan oshib ketdi. Jumladn, gazetalar 389 tadan 800 taga, jurnallar 60 tadan 185 taga etdi. 1991 yilda faqat bitta teleradiokompaniya tashkil etilgan bo`lsa, hozir mamlakatimizda 70 dan ziyod teleradio studiya faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati nodavlat va xususiy, reklama yo`nalishida faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, so`nggi yillarda O`zbekistonda bir qancha nashriyot va matbuot uylari ham tashkil etildi.

Ko`plab chet el teleradio kanallari ko`rsatuv va eshittirishlarini O`zbekiston miqyosida uzatmoqda. Qator axborot agentliklari, internet tarmoqlari faoliyati mamlakatimiz aholisi uchun axborot manbai sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda.

O`zbekiston OAVning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo`lsak, 1991 yildan e`tiboran bu borada ham sezilarli o`zgarishlar yuz berdi. Avvalo, aksariyat nashrlarning o`zini o`zi moliyaviy jihatdan ta`minlashga o`tayotganini ta`kidlash lozim.

Hozirgi vaqtda respublikamizda 153 gazeta va jurnal bir necha tillarda nashr qilinadi; ular orasida ikki, uch va hatto to`rt tilda chop etilayotgan nashrlar ham bor.

2004 yil 1 iyungacha bo`lgan rasmiy ma`lumotga ko`ra, ro`yxatdan o`tgan va qayta ro`yxatga olingan ommaviy axborot vositalari soni 964 tani tashkil etgan, ularning 612 tasi gazeta, 165 tasi jurnal va byulleten, yurtimizda 4 ta informacion agentlik, 70 ta teleradio studiya, 29 ta kabel televideniesi va 102 ta elektron informacion vosita faoliyat yuritmoqda. Shunday qilib, 386 ta gazeta, 104 ta jurnal – mahalliy hokimiyat organlari, vazirliklar, turli muassasalarga tegishli.

Shuningdek, 145 ta gazeta va 37 ta jurnal jamoat tashkilotlari, 17 ta tijorat nashri, 11 ta gazeta va 2 ta jurnal xususiy shaxslar ta`sis etgan nashrlar sifatida chop qilinmoqda. Bundan tashqari, 38 ta nashr reklama, 15 tasi adabiy-badiiy soha, 15 tasi sport sohasi faoliyat yuritmoqda.

Matbuotning yangi tipologiyasi shakllanishi asosan ikki omiga: o`quvchi-mushtariylar talab-ehtiyoji va ta`sischilarning shart-sharoitlariga bog’liq.

O`zbekistonda matbuot organini ta`sis etuvchi muassasalarga Oliy Majlis (Parlament); O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo`mitalar, hokimliklar, siyosiy partiya, xalq harakatlari, kasaba uyushmalari, ijodiy uyushmalar, ilmiy va o`quv muassasalari, tijorat tuzilmalari, turli jamg’armalar, reklama agentliklari, ijtimoiy, diniy, ekologik tashkilotlar kiradi.1

Bunday keng qamrovlik va rang-baranglikning zamirida, albatta, ommaviy axborot vositalari demokratik davlatning zarur konstituciyaviy instituti ekani bilan bog’liq yaqqol haqiqat mujassamdir.

Istiqlolning ilk yillarida eskicha fikr yuritish ta`siri oqibatida ommaviy axborot vositalarini haqiqiy “to`rtinchi hokimiyat”ga aylantirish jarayoni bir qadar murakkab kechgani sir emas. Keng ko`lamli o`zgarishlar, mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini demokratlashtirish sur`atlari qarshisida ommaviy axborot vositalari ishi talabga javob bermayotgani va shu bois ular faoliyatini tubdan isloh qilish zarurligi borgan sari ayon bo`la boshladi.

Shunday sharoitda jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalarining rolini faollashtirish borasida Prezident I.A.Karimov tomonidan istiqbolli yo`nalish aniq va puxta ishlab chiqildi.1 Mazkur dasturilamal yo`l-yo`riqlar ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishning buguni va istiqbolini belgilab berdi.

Bugun yurtimizning yaqin o`tmishda tamomila yagona mafkura quroliga aylantirilgan, o`z milliy zaminidan uzilgan, birlamchi manbalardan xolis va tezkor axborot to`plab tarqatish imkoniyatlari butunlay cheklab qo`yilgan matbuot, radio va televidenie, boshqa axborot vositalarining jamiyat hayoti va faoliyatidagi, demokratik taraqqiyot yo`lidagi ahamiyatini jiddiy oshirishga xizmat qiladigan tadrijiy islohotlarni joriy etishga kirishilganligi yaqqol sezilmoqda.

Istiqlol, yillari mobaynida bu borada bir necha yo`nalishda chuqur o`zgarishlar amalga oshirilayotganini kuzatish mumkin.

  1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə