Mavzu: Madaniy o'simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari. Darsning maqsadi




Yüklə 19.82 Kb.
tarix21.04.2016
ölçüsü19.82 Kb.


Mavzu: Madaniy o'simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari.

Darsning maqsadi: DTS asosida

Ta’limiyo’quvchilarga madaniy o'simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy mavzu orqali inson hayotidagi madaniy o’simliklarnig ahamiyatini o’rgatish va ekologik tarbiyani singdirish

Rivojlantiruvchi dars mobaynida o’quvchilar mustaqil fikrlashga, guruhlarda ishlash va xulosa chiqarish ko’nikmalarini rivojlantiradi

Dars jihozi: darslik, madaniy o’simliklar suratlari tushirilgan plakatlar, didaktik materiallar. Dars turi: noananaviy.

Dars metodi: o’g’zaki metodning suhbat usuli

Foydalanilgan ped texnologiya: Hamkorlikda ishlash texnologiyasining “kichik guruhlarda ishlash” metodi.

Darsning borishi

I Tashkiliy qism: a) salomlashish

b) davomadni aniqlash

d) siyosiy daqiqa

II O’tilgan mavzuni takrorlash:

  1. Tibbiyot genetikasining vazifasi nimalardan iborat?

  2. Jins genetikasi haqida umumiy ma’lumot bering.

  3. Odamdagi xromosomalarni soni nechta?

  4. Odamdagi xromosoma kasalliklari haqida ma'lumot bering.

  5. Odamdagi gen kasalliklarining sabablari nimadan iborat?

III Yangi mavzu bayoni:

Mavjud hayvon zotlari va madaniy o'simliklar navlarining genofondi, boshlang'ich yovvoyi turlarning genofondiga nisbatan kamroq bo'lishi tabiiydir. Shuning uchun ham seleksiya ishlarining yutuqlari asosan o'simlik yoki hayvonlarning boshlang'ich guruhlarining genetik xilma-xilligi bilan bog'liq. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratishda yovvoyi shakllarning foydali belgilarini qidirish va unlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy o'simliklarning xilma-xilligi va geografik tarqalishini o'rganish maqsadida rossiyalik mashhur genetik va seleksioner olim N.I. Vavilov 1920-1940- yillarda Rossiya va chet ellarga bir qator ekspeditsiyalarni uyushtirgan. Bu ekspeditsiyalar davomida dunyo o'simlik resurslari o'rganilgan va urug'chilik uchun g'oyat muhim kolleksiya to'plangan. Bular keyinchalik seleksiya islilarida, yangi navlarni yaratishda foydalanilgan.

N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazariyasi uchun muhim hisoblangan, umumiy xulosalarni ishlab chiqdi.


Madaniy o'simliklarning kelib chiqishini 7 markazga bo'ladi. Bu markazlar butun dunyo bo'ylab tarqalgan. Bularga Janubiy Osiyo tropik markazi (50% madaniy o'simliklar, shu jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari vatani), Sharqiy Osiyo markazi (bu yerlardan 20% dan ortiq madaniy o'simliklar tarqalgan, jumladan soya va tariq vatani hisoblanadi), Janubiy-G'arbiy Osiy markazi (14% madaniy o'simliklar, shu jumladan bug'doy, suli, dukkakli- lar, zig'ir, sabzi va boshqalar vatani), O'rta Yer dengizi markazi (11% mada¬niy o'simliklarning, karam, qand lavlagi, beda vatani), Abissiniya (Efiopiya) markazi (arpa, banan, kofe daraxti va boshqalar vatani), Markaziy Amerika (oshqovoq, loviya, makkajo'xori, qalampir,g'o'za, какао daraxti vatani), Janubiy Amerika markazi (kartoshka, ananas, tamaki vatani kiradi.




Hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha ko'paytirilgan. N.I.Vavilov kolleksiyasining tarixida qora kunlar ham bo'lgan. 1940 yili soxta ayblar asosida qamoqqa olinadi va 1943- yili Saratov qamoqxonasida holsizlanib (ochlikdan) hayotdan ko'z yumadi. N.I.Vavilov kolleksiyasi Sankt-Peter- burg shahridagi o'simlikshunoslik institutida saqlangan. Shahar fashistlar qurshovida qolgan vaqtda institut xodimlari butun shahar aholisi bilan birga ochlikni boshidan kechirishlariga qaramay, kolleksiyada saqlanayotgan urug'larning bittasiga ham xiyonat qilmadilar. N.Vavilov kolleksiyasining subtropik o'simliklariga tegislili juda katta qismi O'zbekiston O'simlikshunoslik institutida hozirgi kunda ham saqlanmoqda va unlardan yangi navlarni yara- tishda foydalanilmoqda.

Rossiyada saqlanayotgan kolleksiya 320 dan ortiq namunani o'z icliiga olib, 1041 o'simlik turiga mansub. Bularga yovvoyi tur madaniy o'simliklarning avlodlari, eski mahalliy navlar kiradi. Dunyo genofondidan olimlar xo'jalik jihatdan qimmatli hisoblangan belgilarning genetik manbalarini tanlab oladilar. Bularga hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va zararkunan- dalarga, qurg'oqchilik va boshqa ta'sirlarga cliidamlilik belgilarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Zamonaviy genetika uslublari, o'simliklar seleksiyasida misli ko'rilmagan yutuqlarga erisliishga imkoniyat yaratadi. Masalan, yowoyi g'o'za qimmatli genlari asosida yaratilgan «Toshkent» navlari o'z vaqtida vilt kasalligiga cliidamli eng yaxslii nav hisoblangan.



IV Mustahkamlash:

  1. Xonakilashtirilgan hayvonlar va madaniy o'simliklar qanday xususiyatlari bilan yovvoyilaridan farq qiladi?

  2. Seleksiya nima?

  3. Madaniy o'simliklaniing kelib chiqish markazlarini seleksiya uchun qanday ahamiyati bor?

  4. Madaniy o'simliklaniing kelib chiqish markazlarini ayting.

Madaniy o’simliklar

Vatani

Yashash sharoiti

Hayotiy shakli


















































V Baholash: Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.

VI Uyga vazifa: mavzuni o’qish, savollarga javob yozish, 5 tadan test tuzish.





Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə