Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida




Yüklə 368.23 Kb.
səhifə1/8
tarix30.04.2016
ölçüsü368.23 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija 9 sinf jahon tarixi
1-dars Kirish. Jahon XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida. Industrial sivilizatsiyaning paydo bo'lishi……………………………………………………………………………..3

II bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida

2- dars. Fransiya – Prussiya urushi va uning oqibatlari…………………………………………4

3- dars. Fransiyada davlat to’ntarishi va uning oqibatlari………………………………………5

4- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot……………..6

5- dars. Fransiyaning ichki siyosati……………………………………………………………..7

6- dars. Fransiyaning tashqi siyosati…………………………………………………………….8

7- dars. Nazorat ishi – 1…………………………………………………………………………9

8- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Germaniya. Imperiyaning tashkil topishi………...10

9- dars. Imperiyaning ichki siyosati……………………………………………………………11

10- dars. Imperiyaning tashqi siyosati…………………………………………………………12

11- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Angliyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli………...13

12- dars. Angliyaning ichki siyosati…………………………………………………………...14

13- dars. Angliyaning tashqi siyosati…………………………………………………………..15

14- dars. Umumlashtiruvchi dars………………………………………………………………16



III bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amerika davlatlari

15-dars. Amerika Qo’shma Shtatlari…………………………………………………………..17

16-dars. AQSHning ichki siyosati……………………………………………………………..18

17-dars. AQSHning tashqi siyosati…………………………………………………………….19

18-dars. Nazorat ishi – 2…………………………………………………………………..20-21

19-dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari……………………….22

20- dars. Lotin Amerikasining boshqa davlatlari………………………………………………23
IV bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya va Janubi-Sharqiy Yevropa

21- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli.24

22- dars. Rossiyaning tashqi siyosati…………………………………………………………..25

23- dars. Rossiyada Davlat dumasining tashkil topishi………………………………………..26

24- dars. Nazorat ishi – 3…………………………………………………………………...27-28

25- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi…………………..29

26- dars. Imperiyaning ichki siyosati…………………………………………………………..30

27- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Italiya……………………………………………31

28- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Bolqon davlatlari………………………………..32

29- dars. Umumlashtiruvchi dars………………………………………………………………33

30- dars. Nazorat ishi – 4…………………………………………………………………...34-35
V bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Osiyo davlatlari

31- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Yaponiya………………………………………..36

32- dars. XIX asr oxirida Xitoy………………………………………………………………..37

33- dars. XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli…………………..38

34- dars. XIX asr oxirida Hindiston……………………………………………………………39

35- dars. XX asr boshlarida Hindiston…………………………………………………………40

36- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Eron……………………………………………..41

37- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Afg’oniston……………………………………...42

38- dars. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiya………………………………………….43

39- dars. Umumlashtiruvchi dars………………………………………………………………44

40- dars. Nazorat ishi – 5…………………………………………………………………...45-46


VI bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Afrika davlatlari

41- dars. Shimoliy Afrika davlatlari…………………………………………………………...47

42- dars Tropik va Markaziy Afrika davlatlari………………………………………………...48
VII bob. 1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushi

43- dars. Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi……………………………………49

44- dars. 1916-1917 yillardagi urush harakatlari………………………………………………50

45- dars. Birinchi jahon urushining yakunlari va oqibatlari…………………………………...51

46- dars. Takrorlash……………………………………………………………………………52
VIII bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida fan va madaniyatning rivojlanishi

47- dars. Moddiy va ishlab chiqarishda texnik va fan taraqqiyoti……………………………..53

48- dars. Aniq va tabiiy fanlar rivoji…………………………………………………………...54

49- dars. Xalq ta’limi, gumanitar fanlar, san’at, adabiyot, tanqidiy realism…………………..55

50- dars. Nazorat ishi – 6…………………………………………………………………...56-57

51- dars. Yakuniy dars…………………………………………………………………………58

Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Kirish. Jahon XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida. Industrial sivilizatsiyaning paydo bo'lishi

II.Maqsad:

Ta’limiy maqsad. Jahon tarixining XIX asrning 70 yillarigacha bo’lgan davrgacha chet davlatlardan qanday o’zgarishlar bo’lganligi haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad o’quvchilarga o’tilgan jahon tarixi voqealarini takrorlash qilish orqali ularning xotirasini sinovdan o’tkazish

Rivojlantiruvchi maqsad. O’quvchilarda tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirish va bu fannining boshqa fanlar bilan aloqasini ko’rsatib berish.



II.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.



IX.Yangi mavzu bayoni Monopolistik kapitalizm. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida kapitalizmtaraqqiyotida yangi bosqich-«monopolistik kapitalizm» deb ataluvchi bosqich qaror topdi. Mo­nopolistik kapitalizm bu-kapitalizmning iqtisodiy hayotida monopoliyalar vujudga kelgan, moliya oligarxiyasi shakllangan, siyosiy ha­yotida esa ularning davlat va xalq ustidagi hukmronligi o’rnatilgan bosqichi edi. Kapitalizmning bu bosqichi erkin kapitalizm bosqichidan quyidagi asosiy belgilari bilan ajralib turadi:

1) Ishlab chiqarish sohasida monopoliyalarning vujudga kelganligi.

2) Moliya oligarxiyasining vujudga kelganligi.

3) Chetga kapital chiqarishning muhim ahamiyat kasb etishi.

4) Xalqaro monopoliyalarning dunyoni bo’lib olishi.

5) Dunyoni industrial davlatlar tomonidan hududiy jihatdan taqsimlab olishning tugallanishi.

Industrial sivilizatsiya haqida. XIX asr G’arbiy Yevropa va AQShda industrial sivilizatsiya uzil-kesil qaror topdi. Bu sivilizatsiya-asosiy qadriyati texnika taraqqiyoti bo’lgan sivilizatsiya edi. «Industrial sivilizatsiya» atamasi o’rnida “industrial jamiyat» ata­masi ham ishlatiladi va ular qo’lingizdagi darslikda bir xil ma’noni anglatadi. Industrial sivilizatsiyaning belgilaridan biri-shaharlarning juda tez o’sishi bo’ldi. Bu, birinchidan, qishloq xo’jaligida texnikani qo’llash natijasida bir qism qishloq aholisining oshiqcha kuch bo’lib, ishsiz qolishi, ularning ish izlab shaharlarga kelishi hisobiga yuz berdi. Ikkinchidan, kichik shaharchalarda mayda savdogarlar va hunar­mandchilik ishlab chiqarishining pasayib ketishi, shuningdek, trans­portdagi o’zgarishlar, temir yo’llar qurilishi, sanoat markazlari­ning yirik shaharlarga ko’chishi hisobiga bo’ldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO’

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Fransiya – Prussiya urushi va uning oqibatlari

II.Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Fransiya Prussiya urushining boshlanishi va bu urushning har ikkala davlat uchun ahamiyatli tomonlarini tushuntirish

Tarbiyaviy maqsad; Fransiya-Prussiya urushining salbiy tomonlari va aholiga yetkazgan yomon oqbatlari haqida tushuncha berish, o’quvchilarni urushga nafrat ruhida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi maqsad; urushlarning xalqlar boshiga soladigan kulfatlari haqida o’quvchilarga tushuncha berish



II.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Fransiya-Prussiya urushining sabablari. XIX asrning 60-yillari 2-yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Buning asosiy saba­bi-Fransiyaning o’z qo’shnilari bo’lgan Angliya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo’ldi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Chunonchi, u Prussiyaning Germaniyani birlash­tirishiga to’sqinlik qila olmay qoldi. Germaniya yagona davlatga birlasha­digan bo’lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro’siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Fransiya hukmron doiralari esa buni aslo xohlamas edilar. Fransiya hukmron doiralari 1860-yildagi Angliya-Fransiya savdo shartnomasidan ham norozi edi. Chunki, ingliz tovarlarining Fran­siyaga ko’plab kiritilishi Fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytir­moqda edi. Bundan tashqari, mamlakatda ishsizlik, qashshoqlik, qim­matchilik mehnatkashlarning doimiy yo’ldoshi bo’lib qolgandi. Shu­ning uchun ham 1870-yil yanvar oyida Parijda o’tkazilgan 200 ming kishilik namoyishning dahshati bejiz emas edi. Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g’olibona urush zarur edi. Bu urush Fransiyaning, shuningdek Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo’lardi. Buning uchun esa urushda g’alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo’l qo’ymaslik va Germani­yaning ba’zi hududlarini bosib olishi zarur edi. Prussiya ham bir necha yillardan beri Fransiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi, Germaniyada Prussiya­ning hukmronligini mustahkamlashga to’siq bo’lgan Fransiyani yen­gish va Germaniyani birlashtirishni nihoyasiga yetkazish edi. Tomon­larga urushni boshlash uchun bir bahona zarur edi, xolos. Tez orada bunday bahona ham topildi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Fransiyada davlat to’ntarishi va uning oqibatlari

II.Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Fransiyada XIX asrning ikkinchi yarmida yuz began og’ir siyosiy vaziyat va aholining ahvoli haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; Fransiya-Prussiya urushining salbiy tomonlari va aholiga yetkazgan yomon oqbatlari haqida tushuncha berish, o’quvchilarni urushga nafrat ruhida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi maqsad; urushlarning xalqlar boshiga soladigan kulfatlari haqida o’quvchilarga tushuncha berish



II.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 4-sentabr inqilobi. Xalq talabi bilan 4-sentabr kuni Fransiyaning Qonun chiqaruvchi Korpusi imperator ag’darilganligini e’lon qilishga majbur bo’ldi. Ayni paytda, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi res­publika edi. Bu hodisa-tom ma’nodagi inqilob edi. Inqilob katta qiyinchi­liklar bilan bo’lsa-da, Fransiyada demokratiya qaror topa borishiga asos soldi.

Qonun chiqaruvchi Korpus general Trosyu boshchiligida Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatini tuzdi. Og’ir kunlarda Prussiya hukmron doiralari Fransiyani iloji bo­richa ko’proq holdan toydirishni xohlar edilar. Ular Fransiyadan katta tovon undirishga hamda uning foydali qazilmalarga boy viloyat­lari bo’lmish Elzas va Lotaringiyani tortib olishga intildilar. Endi urush Prussiya uchun bosqinchilik urushiga aylandi. 19-sentabr kuni Parij 320 ming kishilik Pruss armiyasi tomonidan qurshab olindi. 173 mingdan ortiq qo’shinga ega bo’lgan Muvaqqat hukumat noiloj taslim bo’ldi. Urushdagi g’alaba Prussiyaga o’z qo’l ostida butun Germaniyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871-yil 18-yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya imperiya, Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e’lon qilindi. Otto fon Bis­mark imperiya kansleri lavozimini egalladi. 1871-yil 8-fevralda Fransiyada Milliy majlisga shoshilinch saylov o’tkazildi. 73 yoshli Tyer boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 26-­fevralda Fransiya Germaniya bilan tinchlik shartnomasiga imzo chekdi. 1871-yil 18-mart Prussiyaga qarshi urushdagi mag’lubiyat va ayanchli voqealari shartlar asosida vaqtincha tinchlik shartnomasi­ning imzolanishi parijliklarni hukumatga qarshi qahr-g’azabini kuchaytirib yubordi. Buning ustiga Parijda muhtojlik, ish­sizlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishi yuz berdi. Hatto o’rta tabaqa vakillari ham xonavayron bo’la boshladi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar

.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot

II.Maqsad:

Ta’limiy maqsad. Fransiyada yuz bergan iqtisodiy hayot va siyosiy hayotdagi o’sishlar haqida o’quvchilarga tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; Fransiya iqtisodiyotining o’ziga xos tomonlari va Fransiyaning rivojlanishining o’ziga xos usuli haqida tushuncha beerish

Rivojlantiruvchi maqsad; Fransiya taraqqiyotining boshqa chet davlatlar rivojidan farqi jihatlarini tushuntirish



II.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Iqtisodiy ahvol. XIX asr so’nggi choragida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashdi. Chunonchi, dunyoda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha ikkinchi o’rindan to’rtinchi o’ringa tushib qoldi. Xo’sh, Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sa­bablari nimalardan iborat edi?

Avvalo, Fransiyaning hamon mayda tovar ishlab chiqaruvchilar davlati bo’lib qolayotganligi import hajmining eksportdan ortiq bo’lishiga olib kelgan. Ikkinchidan, ichki bozorning cheklanganligi va tabiiy boyliklarning kamligi uchun shunday bo’ldi. Uchinchidan, Prussiya bilan bo’lgan urush Fransiyaga juda katta moddiy talofat yet­kazdi. Urushda Fransiya 13 mlrd. frank zarar ko’rdi. Ayni paytda, Ger­maniyaga 5 mlrd. frank tovon to’lashga majbur bo’ldi. Shuningdek, sanoati taraqqiy etgan Elzas va Lotaringiya viloyatlari (ularda 2 mln. aholi yashardi)dan mahrum bo’ldi. To’rtinchidan, ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi mamlakat iqtisodiy ahvoliga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Beshinchidan, dehqonlar xarid quvvatining pastligi sanoat ishlab chiqarishi o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan edi. Buning oqibatida Fransiyada ekinlar hosildorligi pastligicha qoldi. Mamlakat aholisining 70 % i hamon qishloqda yashamoqda edi. Oltinchidan, Fransiya chetga ko’p kapital chiqarib yubordi. Bu sarmoyadorlarga katta foyda keltirardi. Shuning uchun ham sarmoya­dorlar (kapitalistlar) o’z sarmoyalarini (kapitalini) mamlakat ishlab chiqarishiga emas, balki chetga (katta foiz evaziga albatta) chiqarishni afzal ko’rganlar.

Fransiyada Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi 1875 yilning 30 yanvar kuni qabul qilingan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi

I.Mavzu Fransiyaning ichki siyosati

II.Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Fransiyaning XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ichki siyosati, ishchilarning ahvoli haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad; Ishchilar ahvoli va uning moddiy bazasida demokratik tizimning ahamiyati haqida tushuncha berish.

Rivojlantiruvchi maqsad; Fransiya ichki siyosatining boshqa davlatlar ichki siyosatidan farqlari haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy tajriba almashish

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Uchinchi Respublika ichki siyosati. Respublika hukumati ichki siyosatda bir qator muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 1881-1882-yillarda ta’lim to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Unga ko’ra maktab cherkovdan ajratildi. Ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi. 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi. Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo’ldi. Oliy pedagogik bilim yurtlarida o’qituvchi kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Majburiy ta’lim dasturida o’g’il bolalar uchun gimnastika maj­buriy deb belgilandi. Bundan o’smirlarni bo’lajak harbiy xizmatga jismo­nan yetuk qilib tayyorlash maqsadi ko’zda tutilgan edi. Qiz bolalar uchun litseylar ochildi. Maxsus oliy o’quv yurtlarida ayol o’qituvchilar tay­yorlana boshlandi. 1884-yilda kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun ham qabul qilindi. Ishchilar o’z kasaba uyushmalari va mehnat birjalarini tuzdilar. Ular ishsizlar va ish tashlovchilar haqida g’amxo’rlik qila boshladilar. Munitsipal kengashlarga o’z merlarini saylash huquqi berildi. Bungacha ular markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar edi. Siyosiy ahvol. Mamlakatda Respublikani mustahkamlash tobora chuqur qaror topa bordi. 1876-yilgi Senatga bo’lgan sayovlarda respublikachilar qo’li baland keldi. Mak Magon iste’fo berdi. Jyul Grevi prezident etib saylandi. Monarxiyani tiklashga urinishi behuda ketdi. Ichki siyosiy hayotning o’ziga xos bir xususiyati-bu, ­ko’pfirqalikning qaror topganligi bo’ldi. Ularning ichida Radikal, Sotsialistik va Respublikachilar firqasi yetakchi nufuzga ega edi. 1887-yilgi siyosiy tanglikdan keyin Jyul Grevi o’rniga Sadi Kar­no (1887-1894) prezident bo’ldi. Bu davrda Fransiya siyosiy hayotida ayni paytda demokratiyaga qarshi kuchlar ta’siri o’sib bora­yotgan edi. Chunonchi, mamlakatda millatchilik, shovinizm g’oyalari keng tarqala boshladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Fransiyaning tashqi siyosati.

II.Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Fransiyaning tashqi siyosatida Yevropada gegemonlik uchun kurash jarayonlarini o’rganish

Tarbiyaviy maqsad; Tashqi siyosatning mamlakat rivoji uchun naqadat ahamiyatli ekanligini Fransiya tashqi ishlari misolida tushuntirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Fransiya tashqi siyosatining kamchilik va yutuqlari haqida tushuncha berish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy tajriba almashish

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

  1   2   3   4   5   6   7   8


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə