Fakultet va gospital jarroxligi kafedrasi «tasdiqlayman»




Yüklə 95.23 Kb.
tarix30.04.2016
ölçüsü95.23 Kb.
TOSHKENT TIBBIET AKADEMIYASI
FAKULTET VA GOSPITAL

JARROXLIGI KAFEDRASI

«TASDIQLAYMAN»

Ukuv ishlari buyicha prorektor

professor Teshaev O.R.
_______________________

«27» avgust 2015 у.



Ma'ruza mavzusi:

KINDIK, QORIN OQ CHIZIQ CHURRALARI. KAM UCHRAYDIGAN CHURRALAR.

Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun



Toshkent - 2015

TOSHKENT TIBBIET AKADEMIYASI
FAKULTET VA GOSPITAL

JARROXLIGI KAFEDRASI

«TASDIQLAYMAN»

Davolash fakulteti dekani

professor Zufarov P.S.


_______________________

«27» avgust 2015 у


Ma'ruza mavzusi:

KINDIK, QORIN OQ CHIZIQ CHURRALARI. KAM UCHRAYDIGAN CHURRALAR.

Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun

Jarroxlik UMK yig‘inida

ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan

protokol №1

«27» avgust 2015 у dan



Toshkent - 2015

Kindik, qorin oq chiziq churralari. Kam uchraydigan churralar.
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI


Talabalar soni 60-120

Davomiyligi – 90 minut

O‘quv mashg‘uloti shakli

Ma'ruza – vizuallashtirish

Ma'ruza rejasi

  1. Kindik va qorin oq chiziq sohalari jarroxlik anatomiyasi.

  2. Kindik, qorin oq chiziq va kam uchraydigan churralar klinik manzara-sining o‘ziga xos tomonlari.

  3. Kindik, qorin oq chiziq va kam uchraydigan churralarda tashxislash va qiyosiy tashxislash tamoyillari.

  4. Konservativ davolash tamoyillari, jarroxlik usuli bilan davolashga ko‘rsatmalar.

  5. Kindik, qorin oq chiziq va kam uchraydigan churralar paydo bo‘lishini oldini olish.

O‘quv mashg‘uloti (ma'ruza) maqsadi: talabalarni kindik va qorin oq chiziq sohalari anatomiyasi, churralar hosil bo‘lishiga olib keluvchi omillar, kindik, qorin oq chiziq va kam uchraydigan churralar hamda ularning asoratlarini tashxislash va qiyosiy tashxislash, zamonaviy davolash tamoyillari xamda oldini olish usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchining vazifalari:

  • Kindik va qorin oq chiziq sohalari anatomik xususiyat-lari haqida talabalar bilimlarini mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish.

  • Kindik, qorin oq chiziq va kam uchraydigan churralar klinik manzarasi xususiyatlarini talabalarga tanishtirish.

  • Boshqa kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash o‘tkazish tamoyillarini talabalarga tushuntirish.

  • Talabalarda kindik, qorin oq chiziq va kam uchraydigan churralar mavjud bo‘lgan bemorlarni davolash taktika-sini tanlashda asosli qarorlarni mustaqil qabul qilish ko‘nikmalarini shakl-lantirish.

  • Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari tamoyillari bilan talabalarni tanishti-rish.

O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

  1. Qorin tashqi churralari rivojlanishiga olib keluvchi omillar.

  2. Kindik va qorin oq chiziq sohalari anatomik xususiyatlari.

  3. Kindik, qorin oq chiziq va kam uchraydigan churralarni tashxislash.

  4. Qiyosiy tashxislash o‘tkazishning xususiyatlari.

  5. Davolash tamoyillari.

  6. Reabilitatsiya va oldini olish o‘tkazish tamoyillari.

O‘quv metodlari va texnikasi

Ma'ruza – vizualizatsiya, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltiruvchi savollar, «ha-yo‘q» texnikasi.

O‘quv vositalari

Lazer proektor, vizual materiallar, informatsion ta'minot.

O‘quv shakllari

Kollektiv

O‘quv sharoitlari

TSO bilan ishlashga mo‘ljallangan auditoriya.


MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI


Bosqichlar, davomiyligi

Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish


(5 minut)

1. Mavzuning nomi, maqsadi, ma'ruzadan kutilayotgan natija-lar va uni o‘tkazish rejasini aytadi.

1. Tinglaydilar.

2 bosqich

Bilimlar dolzarblashtirish

(20 minut)


2.1. Talabalar bilimlarini dolzarblashtirish maqsadida yo‘naltiruvchi savollarni be-radi; anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanla-ridan bilimlarni takrorlaydi. Blits-so‘rov o‘tkazadi.

2.2. Slaydlarni ekranga chiqaradi va ularga ta'rif beradi.



2.1. Savollarga javob beradilar.
2.2. Slaydlarda ko‘rsa-tilgan ma'lumotlarni o‘rganadilar.

3 bosqich

Informatsion

(55 minut)


3.1. Ma'ruza materiallarini ketma-ketlik bilan rejadagi savollar bo‘yicha izohlaydi, vizual ma'lumotlar va yo‘nal-tiruvchi savollar tizimini qo‘llaydi.

Mavzuning muhim tomonlarini alohida e'tibor bilan yoritib beradi, ularni yozib olishni taklif qiladi.



3.1. Berilgan ma'lu-motlarni mazmunini muhokama qiladilar, aniqlik kiritadilar, savollar beradilar.
Asosiylarini yozib oladilar.

4 bosiq

Yakuniy


(10 minut)

4.1. O‘tilgan mavzuni mustah-kamlash maqsadida ma'lum bir klinik holatlarni qo‘llash orqali bir qator savollar beradi.

4.2. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi.



4.1. Savollarga javob beradilar.

4.2. Tinglaydilar, yozib oladilar.




Mavzuni asoslash: An'anaga asosan fakultet jarroxligi kursi bo‘yicha ma'ruzalar churralarni o‘rganishdan boshlanadi. Bu an'ana shunisi bilan diqqatga sazovor-ki ko‘plab taniqli jarroxlar churrani davolashda o‘z xissalarini qo‘shganlar. Xozirgi paytda gerniologiya aniq anatomik ma'lumotlarga va katta praktik tajribaga ega. Yil davomida mamlakatimizda minglab churra kesish operatsiyalari bajariladi. Xamma bajarilgan operatsiyalar xam yaxshi natijaga olib kelavermaydi. Yuqorida qayd qilib o‘tilganlar churralar klassifikatsiyasi, etiologiyasi, simptomlari, klinikasi va operativ davolash turlarini mukammal o‘zlashtirishni talab qiladi.
Ma'ruza maqsadi: talabalarni turli qorin churralar anatomiyasi, etiologiyasi va patogenezi bialn tanishtirish. Churralar diagnostikasi, simptomatikasi va turli churralarda bajariladigan operatsiya usullari bilan tanishtirish.
Ma'ruzaning tarbiyaviy maqsadlar: ma'ruza davomida talabalarda churra kasalligi bilan ogrigan bemorlar bilan muloqat qilish, to‘g‘ri diagnostika usullarini bajarish, davolash usullari bilan tanishish, etika va insoniy xurmat, e'tiborni shakillashtirish talab etiladi.
Ma'ruza masalalari: Talabalarni turli qorin churralari topografoanatomik ma'lumotlar bialn tanishtirish. Talabalarga turli qorin churralari etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi bialn tanishtirish. Talabalarga churra turiga qarab operatsiya turini tanlashni o‘rgatish. Churra bilan bemorlarni operatsiyadan oldingi va so‘ngi muolojalari bilan tanishtirish.

Ma'ruzada kurilapigan masalalar va ularga ajratila­digan vakt:

  1. Churralar bo‘yicha tushincha berish - 10 min

  2. Churralar etiologiyasi va patogenezi - 20 min

  3. Churralar klassifikatsiya - 10 min

  4. Churralar klinikasi va diagnostikasi - 20 min

  5. Churralar davolash - 30 min


Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:

  1. Kindik churrasi klinikasi va davolash usullari - 15 min.

  2. Qorin oq chizig‘i churrasini anatomo-topografik ma'lumotlari, klinikasi va davolash usullari - 20 min.

  3. Qorin to‘g‘ri muskullari diastazini davolash prinsiplari – 20 min.

  4. Jarroxlik amaliyotidan keyingi churra klinikasi va davolash usullari – 20 min


Kindik churralari

Kindik halqasi orqali o‘tadigan churralarga kindik churralari deyiladi. Kindik churralari hamma churralarning 6-8 foizini tashkil qiladi. Quyidagilar farq qilinadi: 1) kindik kanalchasining tug‘ma churralari; 2) go‘dak bolalardagi orttirilgan kindik churralari; 3) kattalarning kindik churralari.

Anatomik ma'lumotlar. Qorin oldingi devori strukturasida kindik sohasini bo‘sh joy deb hisoblash mumkin. Embrional davrda kindikning shakllanishi murakkab jarayondir. Normada antinatal davrning 6- oyidayoq kindik halqasi hosil bo‘ladi, uning o‘lchami asta-sekin kichrayib boradi va tug‘ilishdan bir necha kun o‘tgach tushgan kindik o‘rnida ichiga botgan yamoqcha xolida uzil-kesil bekilib qoladi. Bu sohada aksariyat qorin oldingi devorining tug‘ma rivojlanish nuqsonlari, shuningdek katta yoshdagi odamlarda churralar kuzatiladi.

Hatto normal sharoitlarda kindik sohasi bir muncha bekaror strukturalar - teri, kindik fassiyasi va qorin pardasi bilan bekilgan bo‘ladi.

Kindik halqasi serbar va fassiyasi sust rivojlangan bo‘lganda churralar paydo bo‘lishi uchun shart-sharoitlar vujudga keladi. Kindik halqasining muskul pardasi bo‘lmagan faqat kindik venasi o‘tadigan yuqori bo‘limi pastki bo‘limidan kuchsiz bo‘ladi. Kindik fassiyasining to‘rtta biriktiruvchi to‘qima tortmalari bilan mahkamlanganligini eslatib o‘tish lozim: bitib ketgan kindik venasi, kindik arteriyalari va obliteratsiyalangan siydik yo‘li. Biroq fassiya yaxshi rivojlangan qorin to‘g‘ri muskullari va uning kindik halqasi diametrini toraytiradigan qin aponevrozlari bo‘lgandagina pishiq bo‘ladi. Shuning uchun kindik churrasi, odatda, to‘g‘ri qorin muskullari sust ri­vojlangan ayollarda (80%) va bolalarda kuzatiladi.

Kindik tizimchasi churrasi yoki kindik churrasi (omphalocele) rivojlanish nuqsonidan iborat bo‘lib, bunda bola tug‘iladigan fursatda qorin bo‘shlig‘i qisman qorin pardasidan tashqarida - amnion, vartanov liqildog‘i va birlamchi oddiy qorin pardasidan tashqil topgan kindik pardalarida joylashadi (ichakning aylanish jarayoni buzilishi natijasida, qorin bo‘shlig‘ining o‘sib yetilmaganligi yoki qorin oldingi devorining yopilishi buzilishidan). Qorin oldingi devori rivojlanishining to‘xtash vaqtiga ko‘ra kindik churralarining 2 turi - embrional va fetal churralar tafovut qilinadi. Embrional churralarda jigarda Glisson kapsulasi bo‘lmaydi va u kindik pardalari bilan qo‘shilib ketadi.

Churra o‘lchamlariga ko‘ra kichiqroq - 5 sm gacha, o‘rtacha -10 sm gacha, kattalari - 10 sm dan katta bo‘ladi.

Churra pardalari holatiga ko‘ra: asoratlangan (pardalarining yirtilishi, ularning yiringli parchalanishi, ichak oqmalari), asoratlanmagan pardalari (o‘zgarmagan).

Kindik tizimchalarining churralari bo‘lgan bolalarning taxminan 65 foizida rivojlanish nuqsonlari (yurak, me'da-ichak yo‘li, siydik-tanosil sistemasining) birga uchraydi.

Tug‘ilishdan keyin dastlabki soatlarda churra xaltachasini hosil qiladigan kindik pardalari yaltiroq, tiniq, oqimtir rangli bo‘ladi. Biroq birinchi sutka oxirida ular quriydi, loyqa tortadi, so‘ngra infeksiyalanadi va fibrin qatlamlari bilan qoplanadi. Pardalar yupqalashganda va yirtilganda eventeratsiya yuz beradi.

Davolash operatsiya usulida va konservativ bo‘ladi.

Operatsiyaga mutloq monelik qiladigan xollarga tug‘ma yurak nuksoni, bolaning oy-kuni ancha to‘lmasdan tug‘ilishi va og‘ir kalla suyagi-miya shikasti kiradi.

Diametri 5-7 sm li churralarda qorin oraligi devori katlam-katlam qilib tikiladi.

Diametri 7-9 sm li churralarda faqat terini tikiladi.

Katta o‘lchamli churralar qorin ichi bosimining xayot uchun xavfli oshib ketishi sababli operatsiyaga nisbiy monelik qiladigan xol xisoblanadi. Bunday xollarda churraga steril bog‘lam qo‘yiladi va qorin devorini yopishkoq plastir tilishlari bilan tortib qo‘yiladi. Bunday chaqaloqlarning talaygina qismi perito­nit va sepsisdan nobud bo‘ladi.

Agar bu kasallar oyi-kuni to‘lib va qo‘shilib keladigan og‘ir rivojlanish nuqsonlarisiz tug‘ilgan bo‘lsalar Gross bo‘yicha 2 boskichli operatsiya qilish yoki nuqsonni alloplastik material bilan yopish mumkin.

Go‘daklarda kindik churralari xayotining dastlabki oylarida rivojlanadi yoki keyinchalik hosil bo‘ladi. Bolalarda kindik churralari ular yig‘laganda, qattiq yo‘talganda va fimozda doimiy kuchanganda, oriqlab ketganda vujudga keladi. Bolalarda kindik churralari odatda katta o‘lchamli bo‘lmaydi va oson joyiga tushadi. Qisilib qolish xollari kamdan-kam uchraydi.

Davolash. Taktikasi churra turiga va bolaning yoshiga bog‘lik. Chakaloq va yosh bolalarda qorin pressi o‘sishi va rivojlanishi jarayonida odatda bola 3-5 yoshga, ba'zan 5-6 yoshga yetganda churraning o‘z-o‘zidan tuzalib ketishi kuzatiladi. Bundan kechroq muddatlarda kindik halqasi o‘zicha yopilmaydi. Operatsiya kilib davolash kerak bo‘ladi.

Kengaygan kindik halqasi yopilishiga quyidagi tadbirlar imkon beradi:

1) kindik soxasiga paxtaga o‘ralgan yassi karton parchasini qo‘yib qo‘yish. Uning chekkalari churra teshigi chekkalarini yopib turishi lozim. Bog‘lamni 1 oycha qo‘yiladi, so‘ngra alishtiriladi;

2) qorin pressini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan massaj va gimnastika. Davoni bolaning 1 oyligidan boshlanadi;

3) qorin muskullarini doimiy tarang qilib turadigan asosiy kasallikni davolash;

4) to‘g‘ri rejim, vannalar, to‘g‘ri ovkatlanish. Konservativ davo yordam bermaganda (odatda 2-3 yildan keyin) va churra qisilganda operatsiya qilishga to‘g‘ri keladi.

Katta odamlardagi kindik churralari. Ko‘pincha to‘g‘ri muskullar diastazi bilan birga keladi va ko‘p tuqqan yoki juda semirib ketgan ayollarda uchraydi. Kindik churralari hosil bo‘lishiga, shuningdek assit va kindik oqmalari sabab bo‘ladi.

Churra teshigining o‘lchamlari xar xil - juda tor teshikdan serbar teshikkacha. Katta teshiklar ko‘ndalang yo‘nalishga ega. Churra xaltachasi noto‘g‘ri shaklda va to‘siqlar hamda divertikullar hosil qiladi.

Kindik churralari arang bilinadigan bo‘rtmachalardan tortib, katta xajmli o‘smalargacha bo‘lishi mumkin. Kindik churralari ko‘pincha joyiga tushmaydigan bo‘ladi, koprostaz va qisilib qolish bilan asoratlanadi.

Churralar og‘ir yuk ko‘targanda, shuningdek churra o‘zicha chiqkanda og‘riq, beradi. Aksariyat kindik churralari terining bichilishi yoki kiyim-kechak yupka tortgan badan terisini bosib turishi natijasida yalliglanishga uchraydi.

Shunday qayta yallig‘lanishlar natijasida churra xalta­chasi ichida bitishmalar hosil bo‘ladi va churra joyiga tushmaydigan, ya'ni to‘g‘rilanmaydigan bo‘lib qoladi.

Kindik churralari operatsiya qilib davolanadi. Kindik churralarida kindik churra xaltachasi bilan birga kesib tashlanadi. Churra ichidagi a'zolar churra xaltachasi bilan bitishmalari ajratilgandan keyin qorin bo‘shlig‘iga kiritiladi.

Churra xaltachasining ichida shishib qalinlashgan charvisi bo‘lgan to‘g‘rilanmaydigan kindik churralarida charvini rezeksiya qilish kerak. Churra xaltachasi darvozalari oldida uzluksiz chok bilan tikiladi.

Bolalardagi kichik churralarda churra darvozalari plastikasi Lekser bo‘yicha o‘tkaziladi: teshik atrofiga aponevrozga ipak ip bilan kiset choki solinadi, u tortilgandan keyin xalkani bekitadi. Keyinchalik aponevrozga ko‘nda­lang yo‘nalishda tugunli ipak choklar solinadi.

Meyo usuli churra darvozalarini yaxshi bekitish uchun katta kindik churralarida qo‘llaniladi.

Kindik halqasini ikkala tomonda 1 sm dan kesiladi. Aponevrozning pastki chekkasini bir necha P-simon choklar yordamida yuqori chekkasi ostiga tortiladi va o‘sha yerda duplikatura holida mahkamlanadi; aponevroz laxtagining yuqori chekkasini tugunli choklar qatori bilan aponevrozning pastki uchastkasi sathiga tikiladi.

Sapejko usuli - Meyo usulidan qorin devori aponevrozini churra teshigi ustidan vertikal yo‘nalishda ikki marta oshirish bilan farq qiladi. Sapejko usulida fakat tugunchali choklar solinadi.

Rasm 1. Kindik churralarida operatsiya kesmalari



  1. Sapejko usuli

  2. Lekser usuli

  3. Meyo usuli

Oq chiziq churralari (hernia liniae alba) yoshi ulg‘aygan va keksa odamlarda ko‘proq uchraydi.



Anatomiyasi. Qorinning oq chizig‘i o‘rta chiziq bo‘ylab ichki qiyshiq, va ko‘ndalang muskullar aponevrozlarining biriktiruvchi to‘qima tolalaridan hosil bo‘ladi.

Kindikdan yuqoridagi oq chiziq kindik oldida eni 2—3 sm ga yetadigan serbar biriktiruvchi to‘qima plastikasidan iborat.

Qorin to‘g‘ri muskullari qinini hosil qiladigan aponevrozlar oq chiziqqa o‘tayotganda qiya yo‘nalib, bir biri bilan kesishadi va ayrim kishilarda birmuncha kattalashib ketadigan va churra chiqadigan joy bo‘lib xizmat qiladigan yog‘li kletchatka bilan to‘lgan yoriqsimon bo‘shliqlar hosil qiladi.

Qorin to‘g‘ri muskullari kindikdan pastda deyarli tegib turadi. Bunday joylashgan churralarning nihoyatda kam uchrashi shu bilan izohlanadi.

Qorin usti sohasi anatomik strukturasida (epigast­rium) ham churra bo‘rtmalari hosil bo‘lishiga shart-sharoitlar mavjud. Bu sohada qorin to‘g‘ri muskullari dastalari orasidagi yoriqlarni nazarda tutish lozim. Bu dastalarning bir qismi V-VII qovurg‘alarga, boshqalari esa xanjarsimon o‘simtaga yopishadi.

Muskul-aponevrotik tuzilmalar tonusi buzilganda va qorin ichidagi bosim oshganda bu yoriqlarga qorin pardasi oldidagi yog‘, shuningdek qorin pardasi kirib qolishi mumkin: me'da kasalligi bularning qisilib qolishiga sabab bo‘lishi ehtimol.

Oq chiziq churralari joylashuviga ko‘ra kindikdan yuqorida joylashgan qorin usti churralari (herniae epigastricae), kindik oldida joylashgan kindik oldidagi (hernia paraumblicalis) va kindik pastida joylashgan qorin pastidagi (herniae hypogastricae) churralarga bo‘linadi.

Qorin ichidagi bosimning talaygina ko‘tarilishi ta'siri ostida aponevrozdagi yoriq orqali (normada undan tomirlar, nervlar o‘tadi) avvaliga qorin pardasi oldi­dagi yog‘ bo‘rtib chiqadi, u ba'zan qorin devori muskul­lari taranglashtirilganda yumaloq zichlashma (qorin parda­si oldidagi lipoma deb ataladigan) ko‘rinishida paypaslanadi. Keyinchalik lipomadan keyin qorin pardasi ham bo‘rtib chiqadi va xaqiqiy churra hosil bo‘ladi.



Simptomlari. Bemorlar jismoniy harakat paytida va qisilish bo‘lganda bo‘rtma sohasida og‘riq sezadilar. Yotishda odatda og‘riq bo‘lmaydi. Churra qisilganda bemorning ko‘ngli ayniydi va qusadi.

Me'da kasalliklari - gastrit, yara, rak bilan diffe­rensial diagnostika o‘tkaziladi. Me'da patologiyasida og‘riqlar ovqat yeyish bilan bog‘liq, vaxolanki churrada og‘riq jismoniy harakat qilinganda paydo bo‘ladi. Bemorlarda epigastriyda og‘riq bo‘lgan hamma hollarda me'da va o‘n ikki barmoq ichakni qo‘shimcha rentgenologik tekshirish zarur.

Davolash - operatsiya usulida.

Churra xaltachasi ajratilgandan va ishlov berilganda uni olib tashlangandan keyin yoriqni aponevrozda tugunli choklar, kiset chok bilan tikiladi yoki Sapejko bo‘yicha yoki Sapejko - Dyakonov bo‘yicha plastika qilinadi. Ikkinchi usul birinchisidan birinchi qatorda P- simon choklar solish bilan farq qiladi.



Qorinning yonbosh churralari. Kam uchraydi, ular shikastlardan, kesilgan abssesslardan keyin, mahalliy muskul falaji zaminida hosil bo‘lishi mumkin va odatda qorin ko‘ndalang muskulining muskul qismi aponevrozga o‘tayotganda spigeliy chizig‘ida hosil bo‘ladi. Aponevroz to‘g‘ri muskullar qini devorlari tarkibiga o‘tayotganda o‘yiq (chuqurcha) hosil bo‘ladi. Bu yerda aponevroz tolalari ikkiga bo‘linadi va qinga qon tomirlar va nervlar kiradi. Bu joylar churra chiqadigan bo‘sh joylar hisoblanadi. Churra ko‘pincha kesilgan holda aniqlanadi. Operatsiya churra teshigini ochish, churra ichidagini qorin bo‘shlig‘iga solish va qorin devorini qatlam-qatlam qilib tikishdan iborat. Martыnov bo‘yicha plastika Sapejko usulidan kesmaning o‘ng qorin to‘g‘ri muskuli chekkasi bo‘ylab joylashuvi bilangina farq qiladi.
Operatsiyadan keyingi churralar

Ko‘pincha qorinni kesib ochiladigan turli operatsiyalardan keyin uchraydi.

Operatsiyadan keyingi churralar asosan qorin bo‘shlig‘ini tamponada qilish va drenajlash, jaroxat yiringlab ketishi va operatsion jarohatning ikkilamchi tortilib bitishi bilan o‘tadigan operatsiyalardan keyin vujudga keladi.

Churra paydo bo‘lishining sabablaridan biri operatsiya vaqtida muskul nervlari va tomirlarining qirqilib ketishi hisoblanadi.

Operatsiyadan keyingi churralarning paydo bo‘lish sabablarini faqat tikilgan to‘qimalarning sust regeneratsiyasidan emas, balki operatsiya texnikasining noto‘g‘riligidan va operatsiyadan keyin bitmagan yamoqni yetarlicha ehtiyot qilmaslikdan izlash kerak. Operatsiyadan keyingi churralar ba'zan juda kattalashib ketib, qorin a'zolarining talay miqdordagi eventratsiyasi bilan o‘tadi.

Operatsiyadan keyingi yamoqli churralar churra xaltachasiga ega bo‘lishi, qator hollarda esa undan mahrum bo‘lishi mumkin va operatsiyadan keyingi teri osti chandiqli eventratsiyasidan iborat bo‘ladi.



Simptomlari — qorinda og‘riq, og‘irlik va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishga imkon yo‘qligi, ba'zan qabziyat va qorin dam bo‘lishi bemorlarning asosiy shikoyatlaridan hisoblanadi.

Ob'ektiv tekshiruvda qorin devorida yamoqli o‘zgargan yupqalashgan teri bilan qoplangan bo‘rtmacha aniqlanib, uning ostida qorin a'zolari paypaslab ko‘riladi.

Ularni joyiga solingandan keyin churra teshigining o‘tkir chekkalarini paypaslab ko‘rish mumkin, bu teshik operatsion yamoqning boshdan-oxirigacha katta o‘lchamlargacha yetishi mumkin.

Churra xaltachasi ichidagi a'zolar (charvi, ingichka va yo‘g‘on ichak qovuzloqlari) ko‘pincha bo‘rtib chiqqan joy sohasida yamoqli o‘zgargan teri bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Tushgan ichki a'zolarning churra xaltachasi bilan bitishmalar hosil qilganligi, shuningdek ko‘p sonli ichki a'zolarning churra xaltachasiga surilishi natijasida operatsiyadan keyingi churralar ko‘pincha to‘g‘rilab bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi.



Davolash. Operatsiyadan keyingi churralarni konservativ davolash qorinni mahkam tutib turadigan belbog‘-bandaj tayinlashdan iborat. Davolashning bu usuli ba'zan katta eventratsiyali semiz bemorlarni davolashning birdan bir yo‘li hisoblanadi, chunki yurak faoliyatida buzilishlar bo‘lgan bu bemorlarni operatsiya yo‘li bilan davolash katta xavf tug‘diradi.

Eventratsiyasi ko‘p bemorlarni operatsiyaga 1-2 xafta mobaynida tayyorlanadi, u o‘rinda yotishi kerak, chunki aks holda operatsiya vaqtida ichki a'zolarni to‘g‘rilash va ularning ustidagi qisqargan qorin devorlarini tortish qiyin. Operatsiya qilib davolash churra xaltachasini ajratishdan, yupqalashgan teri yamog‘i va unga yopishgan churra ichidagi a'zolar o‘rtasidagi bitishmalarni ajratishdan iborat, shundan keyin ajralib ketgan qorin devori aponevrozini ajratish va ularga choklar solish zarur.

O‘rtada joylashgan churra operatsiyalaridan keyin churra teshigini ikki marta ko‘paytirish prinsipi bo‘yicha, aponevrozning bir chekkasini ikkinchisiga qo‘yib yopiladi. Yon tomonlama operatsiyalardan keyingi churralarda devor nuqsoni odatda muskullarni qatlam-qatlam qilib tikib yopiladi.

Vreden usuli - qorin devori nuqsoni bo‘lgan joyda cho‘zilgan yamoq to‘qimalari va aponevrozidan qo‘shaloq hosil qilishdan iborat.

S. P. Shilovsev usuli - aponevrozdagi nuqsonni yamoqli teri laxtagi bilan uning epidermal qatlamini oldindan elektr koagulyasiya qilib plastik bekitishdan iborat. Chandiqli to‘qima va katta nuqsonlarda cutis- subcutis dan foydalaniladi, shuningdek qo‘shni muskullardan olingan oyoqchadagi plastinka, son serbar fassiyasidan olingan erkin fassial to‘qima yoki alloplastika ham qo‘llaniladi. Churra teshiklarini polivinilalkogol, poro­lon, polietilen kabi matolar bilan plastika qilishda ham yaxshi natijalar olingan.

Rasm 2. Amaliyotdan keyingi churralarda Voznesenskiy usulida plastika qilish


Amaliyotdan keyingi gigant churralarida, osilgan qorin bilan bo‘lgan bemorlarda jarrohlik amaliyoti churra darvozasini Voznesenskiy usulida plastika qilish va osilgan qorinni Zolton usulida bartaraf etish tavsiya qilinadi.
Ichki churralar va kam uchraydigan churralar

Ichki yoki intraabdominal churralarga qorin cho‘ntaklari churralari va diafragmal churralar, shuningdek joylashuviga ko‘ra kam uchraydigan: Qorinning yonbosh churra­lari (spigeliy chizig‘ining), Pti uchburchagining bel churra­lari va Lesgaft-Gryunfeld to‘rtburchagi churralari: yopqich, quymich va oraliq churralari kiradi.



Anatomik ma'lumotlar. Qorinning ichki churralari ichki a'zolar qorin bo‘shlig‘i a'zolarining teshiklaridan biriga (foramen epiploica Winslovi), boylam yoki qorin cho‘ntaklari recessus iliococalis, intersigmoideus; flexura duodenojejunalis dan biriga yoki diafragma teshiklariga kirganda vujudga keladi.

Ma'lumki, diafragma muskul va pay qismlardan tashkil topgan. Ko‘krak bo‘shlig‘i tomonidan u parietal plevra bilan, qorin bo‘shlig‘i tomonidan parietal qorin pardasi bilan qoplangan. Diafragmaning muskul qismida 3 bo‘lim: partes sternalis, aortalis, lumbalis farq qilinadi. Diafrag­maning bel qismi xar qaysi tomondan 3 ta oyokcha: medial, o‘rta va lateral oyoqcha hosil qiladi. Diafragma bel qismining medial oyoqchalari (o‘ng va chap) 8 raqami ko‘rinishidagi kesishma hosil qilib, ikkita teshik hiatus aortcus hiatus oesophagus ni chegaralab turadi. Keyingisi adashgan nervlar bilan qizilo‘ngachni o‘tkazadi. Qizilo‘ngachni o‘rab turgan muskul tolalari qizilungach sfinkteri m. sphincter oesophagi ni hosil qiladi. Sfinkter borligiga qaramay, qizilo‘ngach teshigi orqa ko‘ks oralig‘i diafragmal churralar chiqadigan joy bo‘lib xizmat qilishi mumkin, churra ichida odatda me'daning kardial qismi bo‘ladi. Diafragmada muskul tolalari bo‘lmaydigan va ko‘krak ichi va qorin ichi fassiyalari tegib turadigan uchastkalar bo‘ladi. Diafragmaning bu «kuchsiz uchastkalari» ba'zan diafragmal churralar chiqadigan joylar bo‘lib xizmat qiladi. Diafragmaning to‘sh va qovurg‘a qismi orasida, xanjarsimon o‘simtadan chapda uchburchak oraliq trigonum sternocostalis bo‘ladi, uni yana Larrey nishoni ham deb ataladi (shu joyda perikardni Larrey usulida teshiladi).

Oraliqda kletchatka bilan o‘ralgan vasa thoracica interna bo‘ladi, xanjarsimon o‘simtaning o‘ng tomonidagi xuddi shunday oraliq Ma'zoi yorig‘i deyiladi. Diafrag­maning qovurga qismi va bel qismining tashqi oyoqchasi o‘rtasida trigonum lumbocostalis bo‘ladi, ularni Boxdalek yoriqlari deb ataladi.

Bel sohasida kam joylashadigan churralar Pti uchburchagi yoki Lesgaft- Gryunfeld rombasimon bo‘shlig‘i orqali chiqadi:

1) orqaning serbar muskuli chekkasining yonbosh qirrasi va qorin tashqi qiyshiq muskuli yaqinida tarqaladi va uchburchak shaklidagi bo‘shliq, trigonum lumbale (Pti uchburchagi) hosil qiladi. Ba'zan shu joydan bel churralari chiqadi;

2) bel bo‘shlig‘i - spatium lumbale Lesgaft-Gryun­feld uchburchagi yoki rombasi.

Uchburchak tomonlari quyidagilar: yuqoridan - pastki tishsimon muskulning pastki chekkasi, pastdan - ichki qiyshiq muskulning orqa (erkin) chekkasi, medial - orqa yozuvchi muskulning lateral chekkasi. Ba'zan uning hosil bo‘lishida yuqoridan XII qovurga qatnashadi, bu holda bo‘shliq to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Bu oraliqning tubi qorin ko‘ndalang muskuli aponevrozidan hosil bo‘ladi. Ustki tomonidan faqat orqaning serbar muskuli bilan yopilgan va shunga ko‘ra qorin orqa devorining eng yumshoq sohasi sanaladi.

Ba'zan Lesgaft-Gryunfeld uchburchagi bel churralari chiqadigan joy bo‘lib xizmat qiladi.



Simptomatikasi va davolash. Ichki churralarning shun­day xususiyati borki, ular qisilmagan vaktda, diafrag­mal churralarni istisno qilganda muayyan klinik simptomlarga ega bo‘lmaydi va aniqlanmaydi. Ular qisilganda xronik (qisilishgacha) yoki o‘tkir strangulyasion ichak tutilib qolishi simptomlari bilan namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ichki churra diagnozi faqat operatsiya vaqtida qo‘yiladi.

Bel churralari kamdan-kam, keksa xolsizlangan ayollarda uchraydi va ko‘pincha katta o‘lchamli bo‘ladi. Katta bel churralarida churra teshigi qorin tashqi qiyshiq mukulidan olingan oyoqchadagi laxtak bilan yopiladi yoki alloplastika qilinadi.

Yopqich churra yopqich kanali orqali shu nomdagi nervlar va tomirlar bilan birga chiqib kanaldan o‘tadi va m. peelneum ostida joylashadi. Shuning uchun churra o‘smasi deyarli konturlanmaydi (ko‘rinmaydi) va yaxshi paypaslanmaydi. Kamdan kam, faqat kattalarda, deyarli faqat ayollarda, asosan yoshi ulg‘aygan (60-70 yoshdagi) odamlarda uchraydi.

Diagnostikasi qiyinchilik tug‘diradi. Xovship-Romberg simptomi xarakterli. Unda nevrologik xarakterdagi kuchli sanchiqli og‘riq bo‘lib, u yopqich nerv yo‘li bo‘ylab, sonning medial yuzasi bo‘yicha tizza bo‘g‘imigacha tarkaladi va paresteziya bo‘ladi.

Bemor oyog‘ini bukib va yon tomoniga burib o‘tiradi. Qin yoki to‘g‘ri ichagi orqali kiritilgan barmoq bilan ba'zan chanoq oldingi devoridagi tortmani paypaslab ko‘rilsa bo‘ladi. Davolash operatsiya usulida, chunki aksariyat qisilish manzarasida operatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Laparotomiya yoki son kesmasi yo‘li bilan, ba'zan kombinatsiya qilib - laparotomiya va son kesmasi ko‘rinishida (Trelat) operatsiya qilinadi.

Quymich churralari: a) noksimon muskul ustidan b) noksimon muskul ostidan (foramen intraperiforme ) orqali chiqishi mumkin.

Keksa ayollarda uchraydi. Quymich churralari ko‘p xollarda noksimon muskul ostidan o‘tadi va dumbaning katta muskuli ostiga yotadi. Shuning uchun o‘lchami katta bo‘lmagan churralar qiyinlik bilan aniqlanadi. Ba'zan quymich sohasida og‘riq paydo bo‘ladi va u yurish vaqtida kuchayadi. Qisilganda bosimdan mahalliy og‘riqlar va ishias simptomlari aniq ifodalangan bo‘ladi, ichak tutilishi manzarsi paydo bo‘ladi.



Davolash - faqat operatsiya usulida, aksariyat u qisilish vaqtida o‘tkaziladi. Ko‘pchilik xirurglar qorin orqali qilinadigan usuldan foydalanadilar.

Churra darvozalari fassiya yoki muskul bilan to‘ldirladi.

Oraliq churrasi teri ostiga chanoq tubining muskul qismi orqali m. levator ani, m. coecygeus yoki m. levator ani tolalari orasidagi bo‘shliqqa chiqadi. U chanoq fassiyasini bo‘rttirib, isheorektal chuqurgacha kiradi va oraliq yoki to‘g‘ri ichak oldingi devori, qin devori yoki katta lab pastki qismi terisini bo‘rttiradi. Aksariyat to‘g‘ri ichakning tushishi bilan birga keladi. Ko‘pincha ayollarda, to‘g‘ri ichak operatsiyasidan keyin uchraydi. Uning ichida qovuq yoki uning divertikuli, ayol tanosil a'zolari, ichak, charvi bo‘lishi mumkin.

Joylashuviga ko‘ra o‘rta, yon tomonlama, oraliq churralar farq kilinadi. Churra o‘smasining xarakatchanligi, uning yo‘talish va kuchanish vaqtida kattalashuvi, shuningdek quldirab joyiga kirishi xarakterli.



Davolash qorin bo‘shlig‘ini kesish yo‘li bilan yoki oraliq orqali operatsiya usulida bo‘ladi.

Joyiga kiritib bo‘lmaydigan yon tomonlama oraliq, churralarida operatsiyaga ruxsat etilmaydi.




ADABIYOTLAR

Adabiyotlar

I. Asossiy:

1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

8. Vorobev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva. Praktika 1998

10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.

11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.


II. Qo‘shimcha:

12. Osnovы operativnoy xirurgii. Pod red. S.A.Simbirseva, 2002.

13. Jebrovskiy V.V. Xirurgiya grыj jivota. 2005.

14. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

15. Atlas operativnoy xirurgii grыj – yegiev V.N.2003.

17. Neotlojnaya abdominalnaya xirurgiya – Maystrenko N.A.2002g



18. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g

19. Mavzu buyicha Internetdagi adreslar: http://www.tma.uz, http://medi.ru, http://www.rmj.net/index.htm, http://www.consilium-medicum.com


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə