Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha




Yüklə 1.37 Mb.
səhifə8/23
tarix22.02.2016
ölçüsü1.37 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
3. De Gollchilar Fransiyasining tashqi siyosati.
De Goll atlantik birdamlik g‘oyasidan voz kechdi va dunyoni ikkita markazga bo‘lib boshqarish tizimiga qat’iy tarzda qarshi chiqdi. Fransiya G‘arb va Sharq o‘rtasidagi muzokaralarda tayanch bo‘la oladigan mamlakat sifatida o‘zini namoyon qiloldi. Bu Fransiya - sobiq SSSR munosabatlarining yaxshilanishiga olib keldi. 1958-1959 yillarda hukumatlararo munosabatlar yangidan faollashdi va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada kengaydi. 1960 yilda N.Xrushevning Fransiyaga qilgan tashrifidan so‘ng, bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda keskin burilish yuzaga keldi.

1966 yilda de Gollning SSSRga uyushtirgan rasmiy tashrifi, Fransiyaning NATO harbiy strukturasidan chiqish vaqti bilan to‘g‘ri kelishi katta siyosiy shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. 1959 yilda tashkil etilgan “Fransiya-Sharqiy Yevropa” qo‘mitasi boshchiligida Fransiya va Sharqiy Yevropa sotsialistik mamlakatlari o‘rtasidagi birinchilardan bo‘lib, GDRning mavjudligini tan oldi. De Goll kommunistik rejim bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularda demokratiyalashtirishni amalga oshirish uchun eng samaradorli usul deb hisobladi.

60-yillarda Fransiyaning AQSH bilan munosabatlari ko‘zga ko‘rinarli darajada keskinlashdi. De Goll Fransiyaning milliy xavfsizligi sohasida to‘la mustaqillikka erishishini ta’minlash uchun qilayotgan sa’y-harakatlari eng muhim masalalardan hisoblanar edi. Dastlabki vaqtda de Goll NATO bo‘yicha ittifoqchilari bilan qarama-qarshiliklarga berishni istamagan edi. Fransuz diplomatiyasining NATO tarkibida “triumvirat” - AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning yetakchilik guruhini tashkil etish g‘oyasiga qiziqishi namoyon bo‘ldi. Parij amerikaliklardan NATO dagi yadroviy kuchlariga yagona nazorat o‘rnatish fikrlaridan voz kechishni talab qildi. 60-yillar boshlarida Karib va Berlin inqirozlari tufayli xalqaro vaziyatning keskinlashishi, siyosiy tashabbuslarning muvaffaqiyatsizliklarga uchrashi de Gollga mustaqil milliy xavfsizlikni tashkil etishni kuchaytirishga majbur qildi. 1962 yilda yadroviy qurollar tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan anglo-fransuz va anglo-amerika muzokaralari chegaraviy ahamiyatga ega bo‘ldi. Buyuk Britaniya fransiyaliklarning birgalikda milliy yadroviy kuchlarni tuzish haqidagi loyihani rad etdi va aksincha, NATO tarkibida “ko‘p tomonlama yadroviy kuchlarni tuzish masalasi bo‘yicha amerikaliklarning loyihasini qo‘llab quvvatladi. ”

1963 yilda Fransiya “atlantik birdamlik” yo‘nalishidan batamom voz kechdi va mustaqil “yadroviy kuchni” tuzish uchun harakat qila boshladi. Suvosti atom kemalari va 3 ming km radiusgacha harakat qila oladigan “yer-yer” tipidagi yadroviy raketalarni olib ucha oladigan “Mirast-1U-2” samolyotlarini qurish ishlari boshlanib ketdi. 1964 yil iyulda bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida de Goll Fransiyaning yadroviy mamlakatga aylanayotganligi haqida tantanali bayonot berdi. Keyingi yildan Fransiya AQSH nazorati ostida bo‘lgan harbiy siyosiy tizimlardan asta-sekinlik bilan chiqib keta boshladi. 1965 yilda Fransiya SEATO Kengashi yig‘ilishlarida qatnashishni to‘xtatdi. Bu esa o‘z navbatida Fransiyaning SEATOdan chiqqanligini anglatar edi. 1966 yil martida fransuz hukumati NATOning harbiy tashkilotidan chiqishi to‘g‘risida bayonot berdi. Bu qaror xalqaro vaziyatning o‘zgarganligi G‘arb uchun real xavf xatarning yo‘qligi, milliy yadroviy kuchlarning ko‘p millatli qurolli kuchlar bilan yaxlit holga keltirishning imkoniyati yo‘qligi kabi dalillar bilan asoslandi. NATO rahbariyatiga qisqa muddatlarda Fransiya hududlarida joylashtirilgan 40 minglik AQSH va Kanada harbiylarini Yevropaning boshqa mamlakatlari hududlariga joylashtirishni taklif qildi. Fransiya hududida NATOning infrastrukturasi uchun amerikaliklar so‘ragan 2,5 mlyard doll konsepsiyasini to‘lashdan bosh tortdi. Bu infrastruktura o‘z ichiga 46 ta aerodrom, 100 lab km neft quvurlari, telegraf va radioaloqa tizimini, shuningdek dengizdoklari va omborxonalarini ham kiritgan edi.

1967 yilda Fransiya qurolli kuchlari Bosh shtabining boshlig‘i general Sh.Ayyere tomonidan mamlakatning yangi harbiy doktrinasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra yadroviy kuchlar milliy xavfsizlikning tayanchi hisoblandi. Bu qurolni urush boshlash uchun emas, balki uni to‘xtatish uchun ishlatish ko‘zda tutildi. Bu doktrina “barcha azimutlar bo‘yicha mudofaa” degan nomni oldi, chunki dushman sifatida endi faqatgina sovet bloki ko‘zda tutilmayotgan edi. Suveren Fransiyadan tashqari, “uchinchi kuch”ga birlashgan Yevropa kiritilar edi. 60-yillarda Fransiya qat’iy ravishda integratsion jarayondagi yetakchi mavqeini qaytarib oldi.

De Goll YEIHning millatlarini boshqaruvchi tashkilotga aylanishiga qarshi chiqdi va “Yevropa yagona-Vatan ” shiorini ilgari surib, mustaqil davlatlar hamdo‘stligini tuzishni yoqladi, “Yevropa” tushunchasiga Atlantikadan Uralgacha bo‘lgan hududni kiritishni taklif etdi. “ Yevropa yagona-Vatan ” konsepsiyasini taraqqiy ettirish davomida fransuz diplomatiyasi 1960 yilda “Fushe plani” loyihasini ilgari surdi. Unga ko‘ra, Yevropadagi “oltilik” davlatlar NATOga bo‘ysunmagan holda Yevropaning xavfsizlik tizimini ishlab chiqishi, tashqi siyosatni koordinatsiya qilishi, iqtisodiy jihatdan rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish orqali integratsion jarayonlarni chuqurlashtirish ko‘zda tutilgan edi. “Fushe plani ”ga ko‘ra, kelgusida Yevropa davlatlarining Ittifoqini tuzish istiqboli bor edi. Bu ittifoqning a’zolari o‘z mustaqilliklarini saqlagani holda, jahon sahnasida yagona kuch sifatida namoyon bo‘lishlari lozim edi. Ammo, Fransiyaning YEH ligidagi sheriklari NATOga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bu loyihani rad etdilar.

“Fushe rejasi” barbod bo‘lgach, de Goll Yevropadagi tizimini davlatlar ustidan nazoratining kuchayishiga qarshi kurashdi. 1965 yilda de Goll Yevropa komissiyasining raisi V.Xolshteyning Yehning vakolatlarini oshirishi haqidagi rejasini qattiq qoralab chiqdi.

Yevropa hamdo‘stligidagi sheriklari ichida de Goll GFR kansleri K.Adenauerning tutgan pozitsiyasini yuqori baholar edi. Fransiya diplomatiyasi tomonidan “Parij-Bonn” o‘qi dunyo siyosatida, ayniqsa, yayevropada eng asosiy kuch sifatida qoralar edi. 1963 yilda fransuz-nemislar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikkala davlatning yaqinlashishi natijasi bo‘ldi. Ammo, GFRda kansler lavozimiga L.Erxardning kelishi va tashqi siyosatda atlantik yo‘nalishning kuchayishi oqibatida har ikkala davlat o‘rtasidagi aloqalar zaiflashib ketdi.

De Gollning hokimiyat tepasiga kelishida yuzaga kelgan vaziyatga qaramasdan, uning tashqi siyosatida mustamlakachilik masalasi birinchi o‘rinda turmas edi. Mustamlakachi imperiyasidagi boshqaruv yo‘llarining o‘zgarishi masalasi, mamlakat uchun katta ahamiyatga ega edi. Prezidentning ko‘pgina safdoshlari, unga Jazoir muammosiga barham bera oladigan, imperiyaning parchalanib ketishini to‘xtatib qoladigan qattiqqo‘l kishi sifatida qarardi. Ammo, de Goll,endi an’anaviy kalonializm davribarham topganiga ishonchi komil edi. U uchinchi dunyo mamlakatlari bilan bo‘ladigan aloqalarning asosida o‘zaro foydali iqtisodiy hamkorlik va Fransiyaning har qanday davlatning o‘z taqdirini o‘zi belgilashiga befarq qaramaydigan va yordam beradigan davlat sifatida obro‘-e’tibori oshishini istar edi. Gollizm fransuzlarga neokoalonial siyosatini ishlab chiqdi.

1958 yil konstitutsiyasiga ko‘ra Fransiya Ittifoqi Xamdo‘stlik deb qayta o‘zgartirildi. Hamdo‘stlik suveren davlatlardan tashkil topib unga ko‘ra, har bir a’zo davlat to‘la mustaqillik olishi va tashkilotdan erkin chiqib ketishi huquqiga ega bo‘ldi. Ittifoqqa a’zo hisoblangan davlatlar o‘tkazilgan referendumlar asosida o‘zlarining hamdo‘stlikdagi ishtiroki formulasini aniqlab olishga harakat qildilar. Faqatgina Gveniya unga a’zo bo‘lishdan voz kechdi va 1958 yil 1 oktabrida mustaqil davlat bo‘ldi. Tez orada, tashkilotga a’zo davlatlar hamdo‘stlik safidan birin-ketin chiqib keta boshladi. 1960 yil yanvarida Kamerun sal keyinroq, Gogo, G‘arbiy Afrika va Ekvatorial Fransiya tarkibiga kiruvchi boshqa davlatlar ham mustaqillikka erishdi. “Afrika yili” sifatida tarixga kirgan 1960 yilda, Fransiyaning Afrikdagi mustamlakalaridan 14 tasi mustaqil davlatlarga aylandi. Ammo, gollchilar hukumatining tabirkor va puxta siyosati tufayli, Fransiya bu hududlarda o‘zining iqtisodiy va siyosiy nufuzini nafaqat saqlab qoldi, balki yanada mustahkamladi. Konstitutsiyadagi “Hamdo‘stlik” to‘g‘risidagi nizom (qonun) 1995 yilga kelib tamomila bekor qilindi.

Fransiyaning uchinchi dunyo mamlakatlari bilan munosabatlarining shakllanishida Jazoirdagi nizoning barham topishi muhim ahamiyat kasb etdi. Goh Jazoir millatchilari, goh “ultra” tomonidan amalga oshirilayotgan har qanday ekstremistik harakatlarni tugatish uchun qattiqlik bilan kurashayotgan de Goll bu masalani huquqiy yo‘l bilan yechishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 1959 yilning oktabridayoq prezident “Jazoir muammosini” jazoirliklarning o‘z taqdirini o‘zlari belgilash yo‘li bilan yechishga erishmoqchi ekanligi to‘g‘risida bayonot berdi. Bunga qarshi “Ultra” yangi ekstremistik va zulmkorlik harakatlari bilan javob berdi. 1960 yil yanvar oyida Jazoir poytaxtida “barrikadalar haftasi” nomini olgan fitnaga urinish bo‘lib o‘tdi. Bu voqealar gollchilar harakatining zaiflashuviga va undan radikal qanotning ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi.

1961 yil 8 yanvarda Fransiya hukumati “Jazoir o‘z taqdirini o‘zi belgilash to‘g‘risidagi” huquqini berish haqida referendum tashkil etdi. Bu loyihani qo‘llab-quvvatlash 75% saylovchi ovoz berdi. Bu voqelar tufayli “ultra” davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinib ko‘rdi. Ular 22 aprelda Jazoirda dislokatsiya qilingan harbiy qo‘shilmalar yordamida, poytaxtdagi hokimiyatni egallab olishdi va Fransiya prezidentining ag‘darilganini e’lon qilishdi. Fitnaga Salan, Jou, Shal va Ziller kabi generallar boshchilik qildi. Hattoki, metrologiya aerodroilarida Jazoirdagi harbiy qismlardan parashyutchilar tashlash xavfi ham paydo bo‘lib qoldi. Bunday keskin harakatlar qilishga isyonchilarning yuragi dov bermadi. Hukumatga sodiq bo‘lgan harbiy kuchlarning Jazoirga qayta dislokatsiya qilganidan so‘ng fitna bostirildi. “Ultra”ning radikal guruhlari. Maxfiy armiya tashkiloti nomli terroristik tashkil etdilar va yashirin (neolegal) faoliyat ko‘rsata boshladilar.

Deyarli bir yil mobaynida olib borilgan muzokaralardan so‘ng, 1962 yil 18 martida fransuz hukumati va Jazoir Milliy Ozodlik harakati o‘rtasida Evian bitimi imzolandi. Unga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish, Jazoirning o‘z taqdirini o‘zi belgilash shartlari va kelajakda Fransiya-Jazoir o‘rtasidagi munosabatlarning qonun-qoidalari ishlab chiqildi. 1962 yil 1 iyulda Jazoirda o‘tkazilgan referendumdan so‘ng, fransuz hukumati bu mamlakatning mustaqilligini rasman tan olganligi haqida e’lon qildi. Jazoirdagi inqirozning barham topishi, Fransiyaning arab mamlakatlari bilan aloqalarining kengayishiga turtki bo‘ldi. 60-yillarning ikkinchi yarmida Fransiyaning uchinchi dunyo siyosatida bu yo‘nalish ustivor bo‘ldi.

NAZORAT TOPSHIRIQLARI:
1. Ikkinchi jahon urushining Fransiyaga keltirgan zararini ayting?.

2. Fransiyaning konstitutsiyaviy tuzilishini ta’riflang?

3. Jazoir inqiozi qanday kelib chiqdi?

4. Gollizm nima?

5. Beshinchi respublikaning kontitutsion–huquqiy tuzulishini ayting?

6. Fransiyaning Yevropa va dunyodagi o‘rnini tariflang?



MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI:
1. To‘rtinchi respublika bilan beshinchi respublika o‘rtasidagi farqni tushuntirib bering.

2. Hozirgi paytda Fransiyaning BMTdagi o‘rnini aytib bering.

3. Fransiyaning tashqi siyosatini qanday tushunasiz?
ADABIYOTLAR:


  1. Новейшая история стран Европы и Америки XX век. Частъ 2 (1945-2000) М., 2001.

  2. З.Р.Нуриддинов “Ғарб мамлакатларининг энг янги тарихи” (1939-1971). Т., 1976 й.

  3. Г.Ҳидоятов, Х.Ғуломов. Всемирная история стран Западной Европы и Америки. (1946-1995). Т., 1999 й.

  4. Новая и новейщая история. 1990 й. № 5.

  5. Криговуз И.М. Крушение “реального социализма” в Европе и судьбы освободнвшихся народов. М., 2001.

  6. Мосририр. Осень-93. Хроника противостаяния. М., 1995.

  7. Медведев В.А. Распад. Как он произошол в “мировой системе социализма”. М., 1994.

  8. Центрально-Восточная Европа во второй половине XX века, т.2. М., 2001.

  9. Чешко С. Распад Советского Союза. М., 2000.


MAVZU: BUYUK BRITANIYA 1945-2010 YILLARDA

Ko‘rib chiqiladigan masalalar:


1. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda.

2. Buyuk Britaniyada konservatorlar xukmronligi .

3. Buyuk Britaniya 60-70 yillarda .

4. Buyuk Britaniyada M.Tetcher xukmronligi.

5. Leyboristlar hokimiyatda.

Tayanch so‘zlar:

Angliyaning 2-chi jahon urushidan keyingi siyosiy tarixini o‘rganadigan manbalar va tarixshunosligi.

1945 yil Parlament saylovlari. K.Ettli boshchiligidagi hukumatning (1945-1951) ichki va tashqi siyosati. Leyboristlarning “Kelajakka boqish” dasturi “demokratik sotsializm” ta’limoti. U.Cherchill konservativ hukumatining (1951-1954) ichki va tashqi siyosati.

50-60 yillardagi ichki va tashqi siyosiy ahvol. 1964-1966 yillarda parlament saylovlarida leyboristlarning hokimiyat tepasiga kelishi. Vilson hukumatining ichki va tashqi siyosati (1964-1970).

1970 yilgi parlament saylovlari va konservatorlar g‘alabasi (1970-1974). Leyboristlar partiyasining 1974-1979 yilgi hukumati. 1978 yil saylovlarida konservatorlarning hokimiyat tepasiga kelishi. M.Tetcher. M.Tetcherning ichki va tashqi siyosati. J.Meyjor-M.Tetcherning vorisi. Angliya-O‘zbekiston munosabatlari.

Darsning maqsadi:

Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Angliyaning ijtimoiy-iqtisoiy taraqqiyotini, konstitutsyaviy davlat tuzulishini, konservatorlar va leyboristlar partiyalarining navbatma-navbat hokimiyatga kelishini, tashqi siyosatini, uning Yevropada, xalqaro tashkilotlarda va dunyoda tutgan mavqeini yoritib berishdir.




1945 yilda Britaniya inqilobi.

Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Ishlab chiqarish hajmi 10%ga kamayib ketdi. Urush vaqtida ingliz korxonalaridagi asbob-uskunalar batamom eskirdi, texnik taraqqiyot sekinlashdi. Xom ashyo zaxiralari tugadi, ayniqsa, sanoatning an’anaviy sohalarida ishlab chiqarishning o‘ta pasayishi kuzatildi (qog‘oz sanoatida - 50% ga, ko‘mir qazishda - 16 % ga, poyafzal ishlab chiqarishda- 13 % ga). Mamlakatdagi davlat qarzlari 7,2 funt sterlingdan (1939 y), 23,7 funt sterlinggacha (1946 yilda) oshib, shundan 3 mlrd funt sterlingi tashqi qarzni tashkil etdi. AQShning harbiy ta’minot xarajatlarini to‘lash uchun Buyuk Britaniya o‘zining xorijga qo‘ygan mablag‘lari hisobidan 1000 mln funt sterling mablag‘ini AQShga berishga majbur bo‘ldi. Urush yillarida Buyuk Britaniyaning savdo eksporti keskin kamaydi. 1938 yilda Buyuk Britaniyaning savdo eksporti hajmi 417 mln funt sterling miqdorida baholangan bo‘lsa, 1944 yilga kelib bu ko‘rsatkich 266 mln. funt sterlingni tashkil etdi. Savdo flotining katta qismi boy berilgan edi. Urush yillarida halok bo‘lgan fuqarolarning uchdan bir qismini baliqchilar va savdo-sotiq bilan mashg‘ul dengizchilar tashkil etdi. Mustamlakalar bilan munosabatlar Metropoliya1 bilan birgalikda urush qiyinchiliklarini baham ko‘rgan Britaniya dominionlari o‘zlarining iqtisodiy va siyosiy mustaqilliklarini talab qilish borasida tobora faollashib bormoqda edilar. Mustamlakalarda milliy ozodlik harakatlari keng yoyilib borayotgan edi. Arab Sharqi va Janubiy-Sharqiy Osiyo bozorlaridan foydalanish nihoyatda qiyinlashgani tufayli, uning jahon eksportidagi urushini 1937 yilda 11,3% dan 1947 yilda 9,8%ga kamayishiga olib keldi. Mamlakat savdo balansidagi tanqislik Buyuk Britaniya iqtisodiyotining surunkali muammosiga aylanib qoldi.

Umuman, Ikkinchi jahon urushi yillarida Buyuk Britaniya o‘z milliy boyligining 25% ini yo‘qotdi. Ammo G‘arbiy Yevropa mamlakatlari ichida u eng yomon holatda emas edi. Urush qurbonlari soni Birinchi jahon urushi yillaridagidan deyarli to‘rt marta kamroq edi-o‘ldirilganlar 245 ming kishi, yaradorlar 278 ming kishi bedarak yo‘qolgan 53 ming kishini tashkil etdi. Nemis bombardimonlaridan keyingi talofatlar qit’a mamlakatlaridagi yer bilan yakson qilingan joylarga nisbatan ancha kam edi. Buyuk Britaniya 30-yillarda tashqi siyosat sohasidagi xatolari asoratlarini bartaraf etib, urushdan keyingi dunyo taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan holda g‘olib mamlakatlar safiga qo‘shildi. matbuot vakillari tomonidan “Britan inqilobi” deb atalgan 1945 yildagi siyosiy holat kutilmagan hodisa bo‘ldi.

Hukumatning Uzoq Sharq frontining saqlanishi va urushdan keyingi davrda dunyo taqdiri borasidagi murakkab muzokoralarning olib borilayotganligiga qaramasdan jahon urushi to‘liq tugamasdan parlament saylovlarini o‘tkazishga urinish bir qancha sabablarga ega edi. Hukumat hali ham 1935 yildayoq saylangan parlament qo‘lida edi. Urush sharoiti hisobga olinib uning vakolati uzaytirilgan edi, ammo Yevropada urush tugagandan keyin saylovlarni kechiktirishga hojat yo‘q edi. Hukumatning o‘zi favqulodda xarakterga ega edi. Uning rahbari U.Cherchill, o‘zining shaxsiy shon-shuhrati va urush yillarida nasib etgan cheksiz hokimiyatga ega bo‘lishiga qaramasdan o‘zini millatning to‘la huquqli vakili deb hisoblay olmas edi. Uning rahbarligida tori hech qachon saylovlarda g‘olib bo‘lmagan va konservativ partiyasiga ega u hukumat boshlig‘iga aylanayotgandan keyin rahbarlik qila boshladi. Cherchill hukumati urush yillarida tayangan konservatorlar, leyboristlar va liberallar koalitsiyasi millatning birlashuvida muhim rol o‘ynadi. Ammo tinchlik qurilishi davriga o‘taverib partiyalararo ilgarigi qarama-qarshiliklar bu kaolitsiyaning parchalanishi tayin edi. Shuning uchun Cherchill qulay psixologik sharoitdan ustalik bilan foydalanib “g‘alaba cho‘qqisida” bo‘lgan vaqtda saylov o‘tkazishga harakat qilardi.

1945 yil 18 mayda u leyboristlar partiyasiga ultimatum xarakteriga ega taklifni jo‘natdi. Unda leyboristlarga Yaponiya bilan urush tugaguncha kaolitsiya tarkibida qolish (bu Cherchillning shaxsiy rahbarligini to‘la tan olishni bildirardi) yoki navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazish uchun hukumatni tark etish taklif qilingan edi. Leyboristlar partiyasi Ijroiya qo‘mitasi saylovlarni kuzda o‘tkazish va ungacha kaolitsiyaning oldingi tarkibini saqlab qolishni taklif qildi. Shunga qaramasdan, Cherchill 1945 yil 23 maydayoq iste’foga chiqishini ma’lum qildi va qiroldan parlamentning quyi palatasini tarqatib yuborishni so‘radi. qirolning topshirig‘iga ko‘ra u “o‘tish davri hukumati”ni tuzdi. Bu hukumat 5 iyulga mo‘ljallangan parlament saylovlarigacha faoliyat ko‘rsatdi. Konservatorlar saylovoldi harakatlari markazida o‘z rahbarlari shaxsini mashhurligidan foydalanish turar edi. Cherchill “urushda g‘alaba qilgan odam” va “ishni tugatish kerak bo‘lgan yagona odam” sifatida targ‘ib qilindi Saylovchilarga qaratilgan murojaatlar keskin anti leyboristik va antisovet shiorlar bilan boyitilgan edi. 4 iyuldagi Cherchillning radio orqali birinchi saylovoldi chiqishi shov-shuvli xarakterga ega bo‘ldi. “Biror sotsialistik tuzum siyosiy politsiyasiz barpo etilishi mumkin emas - uqtirardi Cherchill agar saylovda leyboristlar g‘alaba qilsa, Angliyada gestapo tashkil qilinadi ....”. Uning nutqlarida muxolifat rahbarlari to‘g‘risidagi shaxsga qaratilgan haqoratovuz ham kam emas edi.

Leyboristlar partiyasi saylovoldi xarakatlarni ancha faolroq olib bordi. Leyboristlarning ijroiya qo‘mitasi Britaniyada iqtisodiyot va ijtimoiy sohani qayta qurishga qaratilgan ko‘p sonli loyihalar tayyorladi. Bu loyihalarning leytmotivi (biror faoliyatning asosiy maqsadi) davlat boshqaruvini kuchaytirish va jamiyatning barcha vakillarining faravonligini barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat edi.

Leyboristlar dasturi o‘zining siyosiy radikalizmi (keskinligi) bilan ajralab turardi. Leyboristlar o‘zlarini “sotsialistik partiya” deb atashar va “bu bilan faxrlanishi” hamda asosiy maqsadlari “Buyuk Britaniya sotsialistik hamdo‘stligini” tashkil etishdan iboratligini bayon qilishardi. Ayni paytda “aralash iqtisodiyot”ni yaratishi davlat sektoriga xos urushini oshirish, eng muhim sohalarni milliylashtirish sinfiy siyosat emas, balki umumiy farovonlikning poydevori hisoblanardi. Leyboristlar dasturida barcha sohalarda, jumladan, uy-joy qurilishi, ijtimoiy sug‘urta, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash sohalarida faol ijtimoiy siyosat yuritish ko‘zda tutilgan edi. Dasturning tashqi siyosatga oid qismi leyboristlar partiyasining xalqaro sahnada tinchlikni saqlash tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashini targ‘ib qilardi.

5 iyul 1945 yildagi saylov natijalari juda kutilmagan hodisa edi. leyboristlar nafaqat g‘alaba qozonishdi, balki obshinalar palatasida ham ilk bor mutloq ko‘pchilikni tashkil etishdi (konservatorlar va ularning ittifoqchilari - natsional-liberallar, olstarnik yunionistlar va boshqalar egallagan 213 ta o‘ringa nisbatan 393 ta o‘rin). Liberallar partiyasi 12 mandatni, erkin siyosatchilar 14 mandatga ega bo‘lishib, 8 mandatni kichikroq partiyalar vakillari bo‘lib olishdi.


K.ETTLI HUKUMATINING ICHKI SIYOSATI.

Klement Ettli uchinchi bor hokimiyat tepasiga kelgan va ilkbor parlamentda ko‘pchilikni tashkil etgan leyboristlik hukumatni boshqardi. U “o‘nglar” va “so‘llar” o‘rtasidagi eng maqbul munosabatni o‘rnatib, partiyaning eng obro‘li kishilarini o‘z atrofida to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Hukumat tarkibiga juda tajribali va mahoratli siyosatchilar jalb qilindi.

Urushdan keyingi iqtisodiyotni tiklash va qayta qurish rejalarini amalga oshira turib, Ettli hukumati bir qancha eng murakkab muammolarga duch keldi. Xom ashyoning doimiy tanqisligi ishlab chiqarish turg‘unligiga (stansiyasiga) olib kedi. Oziq-ovqat zaxiralari tugash arafasida edi: 1954 yilgacha asosiy ozuqa mahsulotlari, benzin va eng zarur mollar kartochkalar yoki norma asosida tarqatildi. Extiyoj mollari bozori aholining xaridorlik qobiliyatining pasayishi ta’sirida qotib qolgan edi. Leyboristlar bu muammolarning ochishini iqtisodiyotda rejalashtirishni keng joriy etish va davlatning ijtimoiy dasturlarida deb hisoblashdi. Davlat boshqaruvining asosiy sohalari transport, ko‘mir, po‘lat quyish sanoati va energetika bo‘ldi. Oziqovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida 1947 yilda hukumat to‘rt yillik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturini qabul qildi. Bu dasturda minimal narxlarni muzlatish va maydonlarning hosildorligini hamda chorvachilik samaradorligini oshirishi uchun fermerlarga subsidiyalar (pul mablag‘lari) berish ko‘zda tutilgan edi. Hukumat iqtisodiy siyosatining asosiy qismi iqtisodiyotning eng muhim sohalarini milliylashtirishdan iborat bo‘ldi. Bu yo‘nalishdagi birinchi jiddiy qadam 1946 yil fevralida qo‘yildi - Ingliz banki milliylashtirildi. 1946 yildan 1948 yilgacha bo‘lgan davrda temir yo‘llar, fuqaro aviatsiyasi, transport, kabel va telegraf aloqasi, hamda ko‘mir qazish va elektrotexnika sanoati davlat mulkiga aylantirildi. 1948 yilda hukumat gazni, 1949 yilda temir va po‘lat ishlab chiqarishni milliylashtirishga sanksiya oladi. Bu siyosat natijasida davlat sektorida sanoatning 20%i birlashtirildi. Shu bilan birga Ettli hukumati bir necha marta “yoppasiga milliylashtirish” rejalari yo‘qligini ma’lum qilgandi. mulkchilik shaklini belgilovchi mezon eng avvalo iqtisodiy samaradorlik tamoyilidan iborat edi.

Leyboristlar hukumati ijtimoiy siyosat bobida katta faoliyat ko‘rsatdi. 1927 yildagi kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi va ularning norozilik namoyishlari va stachkalar o‘tkazishga bo‘lgan huquqlari tiklandi. 1946 yilda qonunlar paketi qabul qilindi va unga Milliy sug‘urta Akti, sanoat xodimlarini himoya qilish akti va milliy sog‘liqni saqlash akti kirardi. 1948 yilda paket milliy qo‘llab-quvvatlash vazirligini yaratish to‘g‘risidagi xujjat bilan to‘ldirildi. Bu qonunlarga ko‘ra barcha aholiga qarilik nafaqasini (erkaklarga 65, ayollarga 60 yoshdan keyin va ishsizlik nafaqasini to‘lash) kasallik, homiladorlik, o‘lish paytida moddiy yordam berish kafolatlangan edi. Sug‘urta fondlari sug‘urtalanganlarning, to‘lovlari (35 %), hamda tadbirkorlar to‘lovlari va davlat tomonidan moliyalash hisobidan shakllandi. Islohot natijasida jami davlatning ijtimoiy sug‘urta xarajatlari 2,5 marta ko‘paydi.

Milliy sihat salomatlik Aktiga ko‘ra aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish joriy qilindi, sohaning yagona boshqaruv tizimi tashkil qilindi. Aholiga dori-darmonlar, protez va ko‘zoynaklarni bepul tarqatish ko‘zda tutildi. So‘l leyboristlar rahbari Enyurin Biven tibbiyot sohasini to‘la milliylashtirish va xususiy doktorlik amaliyotini bekor qilishni talab qildi, ammo bu loyiha rad etildi.

Tibbiyot sohasidan tashqari qurilish sohasiga ham mas’ul bo‘lgan Biven tashabbusiga ko‘ra, mamlakatda 2 milliondan ortiq munitsipal (shahar) uylar qo‘rildi. Davlat uy-joy narxlarini urush davridagi qiymatini ushlab turish yo‘li bilan ijara to‘lovi hajmini qat’iy nazorat qilardi. 1947 yildagi shahar va qishloqni rejalashtirish to‘g‘risidagi Aktga ko‘ra shahar hokimiyat organlari ularga topshirilgan obyektlarni rivojlantirish rejalarini tuzishlari kerak edi.

Ta’limni isloh qilish loyihalarini keng muhokama qilinishiga qaramasdan leyboristlar 1944 yilda “Milliy hukumat” tomonidan qabul qilingan “Batler qonuni”ga biror o‘zgarish kiritishmadi. Unga ko‘ra Buyuk Britaniyada uch yo‘nalishli ta’lim tizimi joriy qilingan edi. (zamonaviy o‘rta maktablar, grammatik o‘rta maktablar va texnik o‘rta maktablar). Ta’lim tizimining bu bo‘limlarining hammasida ham davlat ham xususiy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatardi. “Batler qonuni” “ko‘ngilli maktablar”ni ham qonuniylashtirgan edi. Bu maktablar asosan ko‘ngilli to‘lovlarga tayanadigan diniy maktablardan iborat edi. 1944 yildagi Akt ijrochi hukumat va mehnat boshqaruv organlariga bu sohani boshqarishda katta vakolatlar berardi. “Batler qonuni”ga ko‘ra o‘quvchilarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish joriy qilingan edi. Uni to‘ldiruvchi yagona qonun 1947 yilda chiqdi. Unda maktabni tugatish yoshi uzaytirilgan edi - endi bolalar maktabni 15 yoshda tugatar edilar.

Leyboristlar hukumatining faoliyati 1948 yildayoq urushdan oldingi iqtisodiy rivojlanish darajasiga va mamlakatdagi ijtimoiy holatni ancha barqarorlashtirishga erishga imkon berdi. Sanoat mahsulotining yillik o‘sishi 6 %ni tashkil etdi. 50-yillarning boshiga kelib ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 1937 yilga nisbatan 1g‘3 marta o‘sdi. Lekin keng davlat boshqaruviga keskin o‘tilishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini qiyinlashtirdi va bu sohaga qilinayotgan investitsiyaning qisqarishiga olib keldi. Hukumatning o‘zi o‘z dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash borasida qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Passiv savdo balansi, importga bog‘liqligining oshishi, harbiy qarzlarning to‘lanishi valyuta zahirasining keskin kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga iste’mol mollari taklifining chegaralanishi o‘sayotgan pul massasi bilan birgalikda kuchli inflyatsiyaga moyillikni keltirib chiqardi. O‘z navbatida inflyatsiya investitsiya bozoriga qaqshatqich zarba berdi va sanoat ishlab chiqarilishi yo‘lidagi yengib bo‘lmas to‘miqqa aylanib qoldi.

1945 yildayoq Buyuk Britaniyada moliyaviy tizimning ishdan chiqish xavfi yaqqol bo‘lib qolgandi. Avgust oyida AQSH hech qanday ogohlantirishsiz lend-liz bo‘yicha mahsulot kiritishni to‘xtatib qo‘ydi. Endi Buyuk Britaniya import to‘lovlarni dollarda amalga oshirishi kerak edi. Buning uchun yetarli valyuta zaxiralari bo‘lmaganligi sababli Ettli hukumati funtni dollarga erkin almashtirishni joriy etish majburiyatini olgan holda AQShdan qarz so‘rashga majbur bo‘ldi.

Moliyaviy tizimning barqarorlashuvigi umidlar 1946 yildayoq puchga chiqdi. AQShda narxlarni tartibga solib turishning bekor qilinishi eksport mahsulotlarining keskin qimmatlashishiga olib keldi. Buyuk Britaniya olingan qarzni bir yil ichida sarflab bo‘ldi. 1947 yilning iyul oyida hukumat funtni dollarga erkin almashtirishni joriy qilgan paytda, buni ta’minlash uchun zaxiralar atigi bir oyga yetarli edi. Mamlakat o‘tkir moliyaviy krizisga yuz tutdi. Hukumat oziq-ovqat importini kamaytirishga majbur bo‘ldi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin oshishiga olib keldi. Iqtisodiyot vaziri Stafforda Krilis davlat tomonidan ijtimoiy harakatlarning keskin kamaytirishni ko‘zda tutuvchi qattiq iqtisodiy dasturni taqdim etdi. Ammo Buyuk Britaniyaning Marshall rejasiga qatnashishiga katta umid bog‘langan edi. Bu loyiha doirasida Buyuk Britaniya 2,3 milliard dollar olardi.

Moliyaviy barqarorlashtirishning yana bir yo‘li deb “sterling mintaqasini” tuzish hisoblanardi. Uni 1944-1945 yillarda milliy valyutalari kursi funtga “biriktirilgan” mamlakatlar tashkil qilishgan edi. Ammo 1949 yildagi iqtisodiy inqiroz davrida AQSH sterling mintaqasi mamlakatlaridan import qilishni qisqartirdi va u yerda dollar va oltinga bo‘lgan talab oshib ketdi va buning natijasida Britaniya g‘aznasi funt sterlingni katta xajmlarda almashtirish zaruratiga duch keldi. buyuk Britaniyaning o‘zida esa oltin va valyuta zaxiralari juda kam edi. Oltin va valyutaning chetga oqib ketishini to‘xtatish uchun leyboristlar hukumati 1949 yil sentabrida funt sterlingni 30,5 % devalvatsiya qildi. Funt kursi 4,03 dan 2,8 dollarga tushirildi. 1950 yilda hukumat Marshall rejasiga qatnashishni to‘xtatishga qaror qildi, chunki amerikalik yordamining sharti bo‘lgan ichki bozordagi erkin valyuta-moliya operatsiyalari milliy iqtisodiyot barqarorligiga jiddiy tahdid solardi. Albatta, funtning bu qadrsizlanishini faqat Ettli hukumatining xatosi deb bo‘lmaydi, ammo bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni og‘irlashtirdi. Moliyaviy inqiroz hukumat obro‘sining keskin pasayishiga olib keldi. Leyboristlarning tashqi siyosat sohasidagi xatolari ham xuddi shunday salbiy natijalarga olib keldi.
FULTON AKS SADOSI. BUYUK BRITANIYA VA “SOVUQ URUSH”NING BOSHLANISHI.

Buyuk Britaniyada oliy siyosiy rahbariyatning almashishi Potsdam konferensiyasi vaqtida ro‘y berdi. Ammo Cherchillning ketishi va konferensiyaga yangi bosh vazirning kelishi Britaniya delegatsiyasi mavqeini o‘zgartirmadi. Ettlining o‘zi ham, uning tashqi ishlar vaziri YE.Bevin ham G‘arb va Sharq o‘rtasidagi konstruktiv muloqotga emas, balki “atlantik hamjixatlik” siyosatiga moyil edi. Yevropa ustidan “temir parda” tusha boshladi. Yangi jahon tartiboti bashoratchisi roli Uinston Cherchill zimmasiga tushdi.

Cherchillning 1946 yil 5 martda Fultonda so‘zlagan nutqi juda mashhur bo‘ldi. Unga Eron krizisi bahona bo‘lgan edi. 1942 yildagi ittifoqchilik shartnomasiga ko‘ra, Sovet qo‘shinlari Eron hududida urush tugagandan so‘ng yana olti oy qolishi mumkin edi. Bu muddat 1946 yil 2 martda tugadi. Bu kun arafasida SSSR xalq-demokratik qo‘zg‘olon ko‘tarilgan Eron Ozarbayjondan boshqa hududlardan o‘z qo‘shinlarini chiqarishini ma’lum qildi. G‘arbiy mamlakatlar siyosiy doiralari bunga separatistlarni harbiy qo‘llab-quvvatlash va Eron hududining bir qismida prosovet rejimini o‘rnatishga urinish deb baholashdi. Bu kunlarda dam olish maqsadida Floridada bo‘lgan Cherchill bundan yangi psixologik xujum uyushtirish uchun foydalanishga ulgurdi. U Fultondagi Vesttinster kolleji talabalari oldida alohida shaxs sifatida chiqqaniga qaramay, sobiq bosh vazirni tinglash uchun qariyb 30 mingta odam yig‘ildi.

Cherchill namoyishkorona o‘z g‘oyalarini “umumjahon siyosatining o‘ta strategik konsepsiyasi” deb atardi. Yangi dunyoviy tuzum asosi deb “Amerika demokratiyasining tantanasi” deb hisoblanardi. Bunda Cherchill Amerika demokratiyasi deb ingliz dunyosining umumiy qadriyatlari va hattoki butun G‘arbning ma’naviy birligini tushunardi. Uning fikricha butun xristian sivilizatsiyasi boshiga “cheksiz ijtimoiy azob-uqubatlar” bilan tahdid soluvchi xavf xatar yog‘ilgan edi. “Barcha narsaning asosi bo‘lgan erkinlik tushunchalari”, “haqiqiy ozodlik va demokratiyaning” asosi - konstitutsion tartib, so‘z, fikr erkinligining hajmiy tantana qilishi bilan birga xalqning hukumat shakli va xarakterini o‘zgartirish huquqi, jamiyatning har qanday porti ta’siridan erkinligi xavf ostida qoldi. Dunyoga, Cherchill fikriga ko‘ra, zulm tahdid solmoqda va bu zulm aniq rejimda - sovet kommunizmida mujassamlashgan. Cherchill barcha demokratik xalqlarni o‘zlarining erkinlikka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish uchun birlashtirishga chaqirdi. Aslida gap kommunizm xavfi oldidan “temir parda”ni tushirishga xizmat qiluvchi AQSH va Buyuk Britaniyaning harbiy-siyosiy ittifoqini tuzish haqida borayotgan edi.

Keyinchalik ko‘p tarqalgan “temir parda” tushunchasi Cherchill tomonidan ilk bor 1945 yil 16 avgustda “Temir parda tushira boshlandi” deb nomlangan parlamentdagi nutqida ishlatilgan edi. Fulton nutqidan so‘ng bu tushuncha “sovuq urush” ramziga aylandi. Cherchill Fultonda SSSRning o‘z g‘arbiy chegaralari xavfsizligi kafolatini ta’minlash, uning eng ilg‘or mamlakatlar orasidan joy olishiga bo‘lgan huquqlari qonuniyligi haqida aniq va ravshan gapirdi. “Ammo mening burchim- Yevropada hozirgi vaziyatning ba’zi faktlari va jihatlarini o‘z tushunchasi asosida sharqlashdan iborat - davom ettirdi. Cherchill-Boltiq dengizidagi Shtottindan tortib Adrnatika dengizidagi Triyesgacha qit’a o‘rtasidan (eniga) temir parda tushirildi”.

Sobiq Britaniya rahbarining Fultondagi nutqi G‘arb siyosiy elitasi orasida keng tarqalgan yangi geosiyosiy falsafaning uyg‘unlashgan birinchi ifodasi bo‘ldi. Uning asosiy maqsadi dunyoning ochiq to‘qnashuvga tayyor bo‘lgan ikkita qarama-qarshi tuzumlarga bo‘linganligini tan olishdan iborat edi. Dunyoni saqlab qolish raqibni mahdudlash, dunyoning “issiq” urush domiga tushib qolishini bartaraf etish uchun tezda “sovuq urush”ni boshlashni talab qilardi. Bu AQShning harbiy-siyosiy gegemoniyasini so‘zsiz tan olishni bildirardi. Fulton nutqi G‘arb global strategiyasi kaliti sifatida o‘zaro bog‘langan ingliz-amerika tashqi siyosati asoslarini bayon qildi. AQSH bilan “maxsus munosabatlar”, atlantik hamjihatlik tamoyiliga so‘zsiz sodiqlik Buyuk Britaniya tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlariga aylandi. Bu mo‘ljalni, yo‘nalishni o‘zgartirish nafaqat Britaniya hukumati nishoni afzal ko‘rishishi, balki xalqaro munosabatlar rivojlanishining qonuniyatlarini aks ettirdi - “Pax Britannika” vayronalarida “Pax Americana” yuzaga kela boshladi va Buyuk Britaniya bu olamda o‘zining yangi o‘rnini egallashi kerak edi.

Cherchill tomonidan bayon qilingan “atlantik yo‘l” leyboristlar mahkamasi siyosatiga to‘la mos kelardi. AQSH bilan siyosiy Ittifoq Britaniya iqtisodiyoti kelajagi uchun o‘ta zarur bo‘lgan AQSH moliyaviy yordami to‘g‘risidagi murakkab muzokaralarni soddalashtirishi mumkin edi. Bundan tashqari leyboristlar Buyuk Britaniyaning Vashingtonni “kichik hamkor”iga aylanib qolishimumkinligiga yetarlicha xayrixoxlik bilan qarashardi. Ko‘pgina tori(lar)dan farqli o‘laroq ular o‘tmishdagi “Britaniyaning buyukligi”ni tarixning yopilgan sahifasi deb qarashar va bu buyuklik yo‘lida endigina shakllanayotgan ikki qutbli dunyoviy tuzum sharoitidagi mamlakat istiqbollarini qurbon qilmaslik kerak deb hisoblashardi. 1946 yildayoq Ettli hukumati to‘la loyiqlik bilan atlantin hamjihatlik siyosatiga o‘tib AQShdan Trumen ma’muriyati bilan birga “sovuq urush” tashabbuskoriga aylandi. Chuqurlashib borayotgan moliyaviy inqirozga qaramasdan, qurollanishni oshirishga qaratilgan qat’iy tadbirlar ko‘rildi. O‘sha 1946 yilning o‘zidayoq Britaniya atom bombasini ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 50-yillarning boshiga kelib, to‘g‘ri harbiy harakatlar milliy daromadning 10-11% ini tashkil etdi. (30-yillar o‘rtalarida esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 2,5% ni tashkil etardi. 1949 yilda AQSH va Buyuk Britaniya NATOni tuzish tashabbuskorlari sifatida chiqishdi.)

“Sovuq urush” Yevropani yana global qarama qarshilkilarning bosh sahnasiga aylantirdi. Bu “urush”ga tortilgan Britaniya diplomatiyasi qit’aning ikkita lager bo‘lishida katta rol o‘ynadi. Aynan Buyuk Britaniyaning aralashuvi 1946-1947 yildagi Gretsiya siyosiy inqirozining chuqurlashishiga olib keldi. Bunda Britaniya monarxiyani tiklash haqidagi referendumni o‘tkazishga majbur qildi va Maksimosning ijtimoiy (reaksion) hukamatini qo‘llab-quvvatladi. Germaniya masalasini hal qilishda AQSH tutgan siyosiy yo‘lning boshlovchisi ham Buyuk Britaniya bo‘ldi. Bunda katta burilish 1946 yil 2 dekabrida Germaniya hududidagi AQSH va Britaniyaga tegishli hududlarning birlashuvida yasaldi. Shundan so‘ng separat (ajrimli) G‘arbiy Germaniya davlatining shakllanishi to‘la AQSH tomonidan boshqarildi.

Germaniya masalasini hal qilish yo‘llarini muhokama qilishda Britaniya siyosatchilari chiqishlarida ilk bor Yevropaning integratsiyasi (birlashuvi) mavzusi yangradi. Tashabbusni yana Cherchill namoyon qildi. U urushdan keyingi davr siyosatchilari ichida birinchi bo‘lib, nafaqat Germaniyaning butunevropa integrallashuvida qatnashishi zarurligini ta’kidladi, balki Germaniyani “qit’a yuragi” deb ko‘rsatdi. Cherchill bir vaqtda Yevropa oilasini qayta barpo etishda Fransiya va Germaniyaning hamkorligi birinchi qadam bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi. Aynan shu ikki mamlakatlar ittifoqi Yevropa qo‘shma Shtatlarini tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Taklif qilinayotgan loyihaning asl mazmuni AQSH strategik hamkoriga aylana oladigan Yevropa harbiy-siyosiy blokini tuzishdan iborat edi. Buning natijasida Buyuk Britaniyani AQShning “maxsus ittifoqchisi” mavqeini saqlab qolar, G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan nufuzliroq rahbar mavqeiga ega bo‘lardi.

1948 yil bahorida Buyuk Britaniya G‘arbiy Ittifoqni tuzish to‘g‘risidagi Bryussel taktiga qo‘shildi. 1949 yilda Britaniya Yevropa Kengashiga kirdi. Ettlining atlantik siyosatiga qarshi bo‘lgan leyboristlar guruhi ham buyuk Britaniyaning integratsiya jarayoniga yanada faolroq qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi, ammo keyingi yillarda iqtisodiy integratsiyalashgan tuzilmalarni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishda qatnashishdan bosh tortdi. Bu masala Britaniya millatlar hamdo‘stligi bilan mustaqil aloqalarni saqlab qolish foydasiga hal qilindi.

Ettli hukumati tobora chuqurlashib borayotgan Britaniya imperiyasi inqiroziga duch kelishga to‘g‘ri keldi. Britaniya Hamdo‘stligining siyosiy va tashkiliy asoslarini qayta ko‘rib chiqish masalasini Hindiston muammosini tezlashtirdi. 1946 yil boshidan boshlab Britaniya hukumati Hindistondagi vaziyat boshqaruvini butunlay boy berdi. Millatlararo to‘qnashuvlarda yuzlab odamlar halok bo‘ldi. 1946 yil bahorida Ettli hukumati hech qanday boshlang‘ich shartlarsiz Hindistonga dominion mavqeini berishga majbur bo‘ldi. 1947 yil yodiga kelib vitse-shoh Lyuis Mautbatten Hindistonni ikkita Hindiston va Pokiston dominionlariga bo‘lish rejasini ishlab chiqdi. 1947 yil 15 avgustida Dehli va Karachi shaharlarida Britaniya Hamdo‘stligiga o‘z ixtiyori bilan kirgan ikki mustaqil davlat barpo qilinganligi to‘g‘risida rasman e’lon qilindi.

Hindiston mustaqilligining e’lon qilinishi Britaniya Hamdo‘stligi evolyutsiyasida yangi bosqichni boshlab berdi. “Britaniya fuqarosi” tushunchasi o‘rniga yangi “Hamdo‘stlik fuqarosi” iborasi paydo bo‘ladi. 1947 yildan boshlab “dominion” tushunchasi tez-tez “hamdo‘stlik a’zosi” tushunchasi bilan almashtirildi. (Rasmiy xujjatlardan “dominion” tushunchasi 1952 yilda olib tashlandi). 1948 yilda Seylon va Birma mustaqillikka erishdi. Britaniya tashkil qilinishi bu vaqtda eng muhim siyosiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ta’sis majlisi Biriyani mustaqil suveren respublika deb e’lon qilishga qaror qildi. Yangi davlat tomonidan respublika boshqaruv shaklining qabul qilinishi uning hamdo‘stlik a’zosi bo‘lishini inkor etardi. Shuning uchun Britaniya parlamenti 1947 yil dekabrida Birma mustaqilligi to‘g‘risidagi Aktni qabul qildi. Bu aktga ko‘ra Birma Hamdo‘stlikka kirmagan mustaqil respublikaga aylandi.

1949 yilda London shahrida Hamdo‘stlik mamlakatlari bosh vazirlari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ilgarigi “qirolga (tojga) umumiy sodiqlik” tomoyilidan voz kechishdan qaror qildi. Bundan buyon Angliya qiroli faqatgina mustaqil a’zo davlatning erkin assosatsiyasi ramzi va shu mavqeda Hamdo‘stlik rahbari sifatida chiqishi mumkin edi.

Sobiq imperiya ittifoqini huquqiy asosda qayta tashkil etish jarayonini amalga oshirishga qaratilgan urinishlarga qaramasdan, Ettli hukumati ba’zan ochiqchasiga fuqarolik urushlariga aylanib boruvchi yirik milliy- ozodlik harakatlariga duch kelishni davom ettirardi. Iqtisodiy qiyinchiliklar 1948 yilda Gakoda (Oltin qirg‘oq) xalq chiqishlari to‘lqinini keltirib chiqardi. Siyosiy faollik yorqini Markazi Afrikada, jumladan, Shimoliy Roderiya (Zambiya), Janubi Roderiya va Nyasalend (Malavi)da kuzatildi. Bu yerda to‘qnashuv irqiy xarakterga ega edi. Janubiy Afrikada 1948 yil 26 may saylovlari natijasiga ko‘ra, aportent, ya’ni irqlarni ajratish siyosatini hayotga tadbiq qilishni asosiy maqsad qilib olgan Millatchilar partiyasi hukumat tepasiga keldi. Malayyadagi millatchilik chiqishlari Britaniya hukumatining faol aralashuvini talab etdi. Asosan xitoyliklardan iborat bo‘lgan kommunistik qo‘zg‘olonchi-partizanlar kauchuk plantatsiyalari ishchilari va politsiyaga qurolli hujumlar uyushtirar, hukumat muassasalarini vayronaga aylantirishardi. 1948 yil 18 iyunda Malayya favqulodda holat rejimiga o‘tkazildi, Britaniya qo‘shinlari tezda qo‘zg‘olon o‘choqlarini bartaraf etishdi.

O‘rta va Yaqin Sharqdagi voqealar Buyuk Britaniyaning xalqaro obro‘siga qattiq zarbalar berdi. 1951 yilda Eron hukumati tomonidan neft sanoatini milliylashtirish qaroridan keyin Eron va Buyuk Britaniya o‘rtasida diplomatik aloqalar butunlay uzildi. Buyuk Britaniya Eronni iqtisodiy muhosari (blokada) qilish tashabbusi bilan chiqdi. Britaniya Harbiy-Dengiz floti Eronga tegishli suv hududlarida harbiy namoyish o‘tkazdi. Ammo AQSH buni qo‘llab-quvvatlamadi va Erondan neft konlarini ishlab chiqish bo‘yicha yangi xalqaro konsorsiumni yaratish bo‘yicha muzokaralar tashabbuskoriga aylandi. Buyuk Britaniyaga esa bor-yo‘g‘i a’zolardan biri bo‘lish vazifasini bajarish nasib etdi, xolos. Britaniya manfaatlarining muhim mintaqalaridan biri Falastin edi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi davrdayoq Buyuk Britaniya yahudiy emigrant (muhojir)larining o‘zlarining tarixiy vataniga ko‘chib o‘tishini boshqarish javobgarligini o‘z zimmasiga olgan edi. Ammo yahudiylarning ko‘chib o‘tishini boshqarishga qaratilgan Falastinning britan ma’muriyatining harakatlari hech qanday natija bermadi. Arab aholi yahudiy yashovchilarga oshkora dushmanlik (qarshilik) ko‘rsatardi. Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga Britaniya hukumati javoban Falastinni ikki alohida mustaqil davlatlarga bo‘lishni taklif qildi. “Morrisan plani” deb atalgan bo‘lish rejasi 31 iyul 1916 yilda hukumatga taqdim qilindi. Bu masaladagi kelishmovchilik leyboristlar partiyasini ikki qarama-qarshi bloklarga ajratdi. Britaniya hukumati Arab-Isroil kelishmovchiligini hal qilolmagach, 1947 yil 14 fevralda vositachilikni BMTga topshirishini e’lon qildi. 1948 yil 14 mayda kutilmagan voqea ro‘y berdi. Falastindagi Britaniya mandati muddatining tugashiga bir necha soat qolganda yahudiylar rahbari David Ben-Gurion Isroil respublikasi tashkil qilinajagini e’lon qildi.

50-yillar boshida Britaniyaning Koreya inqiroziga aralashuvi jamoat noroziligini yana qo‘zg‘atdi. Koreya urushida Britaniya kuchlari ishtirok etardi. Bu jangda o‘lganlar 686, yarador bo‘lganlar 2498 kishini tashkil etdi. Bu paytda Ettli AQShlik harbiylarning qat’iy qarorlarini bartaraf etish va vaziyatni yumshatishga harakat qilardi. Bunday tutilgan yo‘l ham patsifistik kayfiyatdagi London muxolifati tomonidan ham urush kayfiyatidagi guruhlar tomonidan tanqidga uchradi. Koreyadagi urush Buyuk Britaniyaning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mudofaa harakatlari budjet imkoniyatlaridan oshiq edi. Leyboristlar hukumatining ma’naviy-ahloqiy obro‘si juda pasayib ketdi.

2.Konservatorlar hukmronligi: “bekorga sarflangan o‘n uch yil”

yoki “o‘zgarishlar shamoli”


“Yangi konservatizm”ning tug‘ilishi. 1950-1951 yillardagi saylov.

1945 yil saylovlaridagi mag‘lubiyat Britaniya konservatizmining katta miqyosdagi tashkiliy va mafkuraviy yangilanishi, “yangi konservatizm”ning tug‘ilishini tezlashtirdi. 30-yillardanoq, N.Chemberlen va U.Cherchillarning ayovsiz kurashi davrida partiyada yangi, “texnokratik” qanot shakllana boshlagan edi. Uning asosini ham ishlab chiqarish, ham ijtimoiy sohani davlat tomonidan faol boshqarilishini ko‘zda tutuvchi “tashkiliy kapitalizm” barpo etish g‘oyasini ilgari suruvchi Gorsid Makmillan rahbarligida “yosh konservatorlar guruhi”ni tashkil etdi. “Yangi konservatorlar” Dizraeli davridagi “sotsial konservatizm” g‘oyalariga qaytishga, kasaba uyushmalar bilan o‘zaro konstruktiv muloqotga kirishga hamda ijtimoiy taraqqiyotning “aralash modeli”ni tan olishga da’vat etardi. 1940 yilda partiya rahbari U.Cherchilning kelishi bilan “yosh konservator”larning mavqei yanada kuchaydi. Ularning g‘oyalariga yon bosmasdan, Cherchill yangi islohotchilar faolligidan torilar “eski gvardiyasi”ga qarshi kurashishda foydalanishga harakat qilardi. 1945 yildagi siyosiy mag‘lubiyatdan so‘ng partiyaning ichki hayotini tartibga solish vazifasi partiyaning yangi rahbari, Lord Vultonga topshirildi. O‘z faoliyatida u siyosiy rahbariyat emas, balki partiya qilish salohiyatidan foydalanishga harakat qildi. Vulton, ayniqsa, konservativ siyosiy markaz va partiya markaziy byurosining Tadqiqotlar bo‘lishiga katta umid bog‘ladi. Kitob sotish do‘konlarining keng tarmog‘i, yaxshi nashriyotchilik bazasi, haftalik va oylik jurnal byulletenlarni o‘z vaqtida nashr qilish tufayli Markaz partiya faollari malakasini oshirish tarmoqlangan tizimga aylandi.

Prezident o‘sha paytda Antoni Iden bo‘lgan konservativ va yunionist yoshlar assotsiatsiyasi partiya rahbariyati tomonidan katta diqqat va e’tiborida bo‘ldi. Konservativ va yunionist talabalar assotsiatsiyasi federatsiyasiga birlashgan talabalarning konservator tashkilotlariga ham katta e’tibor berildi. “Eski tori”lar orasidagi noroziliklarga qaramasdan Vulton qat’iyat bilan partiya rahbariyatining barcha darajasida va partiya yillik anjumanlarida ayollar va erkaklar vakolatining tengligi prinsipiga amal qilishni taklif qilardi. 1947 yildan boshlab, u partiya tarixida birinchi marta Markaziy Kengash agentlari lavozimlariga ayollarni tayinlay boshladi.

Cherchill, partiya rahbariyatini qayta qurish tashabbusini topshirib, o‘z atrofida partiyaning istiqbolli ideologlarini birlashtirishga harakat qildi. Uning tanlovi G.Makmillan va R.Batlerda to‘xtadi. Konservatorlarning 1946 yildagi yillik anjumanining asosiy mavzusi partiya dasturini yangilash prinsiplaridan iborat bo‘ldi. Cherchill ta’siri ostida “yangi konservatizm” mo‘tadilroq xarakterga ega bo‘ldi. Cherchill zamonaviy jamiyatdagi real voqealarga asoslanib partiya strategiyasini ishlab chiqish tarafdori edi, ammo davlat boshqaruviga asoslangan leyboristik islohotchilik (reformizm) ga qarshi chiqdi. Umumiy farovonlik masalasini hal etish uchun “xususiy mulkchilik demokratiyasi” tizimi to‘la unumli deb taxmin qilinardi.

Keyingi ikki yilda “yangi konservatizm” mo‘tadil varianti g‘oyalari Konservatorlar partiyasining barcha dasturiy xujjatlari asosini tashkil qildi. “Sanoat xartiyasi” xususiy mulk va bozor munosabatlarining o‘zagrmas qiymatga ega ekanini tan olishga asoslangan edi. ammo iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi amaliyotini qisman saqlab qolish, jumladan, “konservativ rejalashtirish”, “undovchi choralar” (ya’ni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish), monopoliyalarining “adolatsiz imtiyozlarini” cheklash, maxsus holatlarda chakana narxlarning o‘sishi ustidan nazorat qilishni saqlab qolishning zarurligi ham ta’kidlangan edi. Xartiyaning fikricha bir qator korxona va sohalarni davlat ixtiyorida qoldirish, leyboristlar tomonidan amalga oshirilgan keng milliylashtirishni esa qayta ko‘rib chiqish kerak edi. Asosiy maqsad sifatida iqtisodiyotning milliylashtirilgan sohalari va xususiy firmalar o‘rtasidagi adolatli raqobatni ta’minlash qaralardi.

Partiya qiyofasini muvaffaqiyatli o‘zgarishi, barcha tashkiliy resurslarni harakatga keltirish va osoyishta, mafkuraviy asosni mohiyatan isloh qilish konservatorlarga 1950 yillardagi saylovlarda peshqadam bo‘lishga imkon berdi. 1950 yil 24 yanvarda “Mana to‘g‘ri yo‘l” nomi ostida saylov monifesti nashr qilindi. U ijtimoiy shiorlarga moyillik bilan “yangi konservatizm”ning asosiy postulatlarini o‘z ichiga olardi. Konservatorlarning 1950 yil saylovoldi kompaniyasidagi eng katta g‘alabasi liberallar bilan taktik yaqinlashish edi. 60 dan ortiq saylov okruglarida birlashgan konservativ liberal qo‘mitalar tashkil qilindi. Ular obshinalar palatasi uchun qo‘shimcha saylovlarda ikki partiyadan birortasi vakilining nomzodini ko‘rsatishdi. Leyboristlar partiyasi birlashgan muxolifotga biror narsani qarshi qo‘ya olmadi. 1945 yil saylovlarida konstruktiv pragmatizm bayrog‘i ostida g‘alaba qozongan Britaniya leyborizmi moddiy konseptual g‘oyalarning yetishmasligini his qilardi. Ettlining hukmronlik davrida leyboristlar qayta tiklash davri doirasidan chiquvchi va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini taklif etuvchi o‘z dasturlarini ishlab chiqa olishmadi. 1950 yil saylovlari arafasida leyboristlar partiyasining “Keling qiyinchiliklarga birgalikda barham beraylik” nomli manifnesti keng ommaga topishtirildi. Uning leytmativ davlat siyosatining umummiliiy afzalliklarini kuchaytirish, mulkchilikning turli shakllarini birlashtirishning samarali yo‘llarini izlash hamda sinfiy va etnik-diniy to‘qnashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini uqtirardi. Tashqi siyosatdagi xatolarning ayon bo‘lib qolganida o‘sayotgan moliyaviy muammolar davrida bunday siyosat yuritish ijobiy saylovni ta’minlay olmasdi. Leyboristlar saylovda hali muvaffaqiyat qozonishlari mumkin edi, ammo reytingi katta sur’atda tushayotgan edi.

1950 yil 23 fevralida bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyin obshinalar palatasida leyboristlar -315, konservatorlar - 278, liberallar o‘rniga ega bo‘lishdi. Boshqa partiyalar bor-yo‘g‘i 3 mandatga ega bo‘lishdi, mustaqil deputatlar ega partiya tarkibida umuman qolmadi. Shunday qilib leyboristlar yana hukumat tuzish huquqiga ega bo‘lishdi, ammo saylovlar natijasi konservatorlar g‘alabasi bilan yakunlandi deb baholandi. Konservatorlar yana 85 o‘ringa ega bo‘lishdi, leyboristlar ega 78 mandatni yo‘qotishdi. Hatto liberallar ham tantana qilishga haqli edi - parlamentda boy berilgan uchta o‘ringa qaramasdan, ular o‘z saylovchilari sonini 2,2 mln.dan 2,6 mln.gacha ko‘paytirishdi. Bunda leyboristlar palatadagi mutloq ko‘plikni qo‘ldan boy berishdi. Shuning uchun muddatdan ilgari saylovlarni o‘tkazish zarur bo‘lib qoldi.

To‘rtinchi leyboristlarning hukumati bir yarim yil davomida hokimiyat tepasida bo‘ldi. Bu hukumat davlat siyosati yo‘nalishiga biror o‘zgarish kiritishga erisha olmadi. Bundan tashqari, mamlakat Koreya urushiga aralashgan, Eron bilan keskin kelishmovchilik davom etardi. Tashqi siyosatdagi ahvol ichki siyosiy kurashishning ham asosiy predmeti bo‘lib qoldi. Paletoni tarqatib yuborish va muddatdan ilgari saylovlar o‘tkazishga qaror qilgan leyboristlar rahbariyati to‘la tashqi siyosatga bag‘ishlangan. “Bizning asosiy burchimiz-tinchlik” nomli manifestni nashr qildi. Leyboristlar yana ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning yangi kompleks dasturini taklif qila olishmadi. Bunga partiya ichidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘ldi. Mamlakatning keyingi rivojlanish yo‘llari to‘g‘risidagi bahslashuvlar leyboristlarning o‘ng va so‘l guruhlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘ta keskinlashtirdi. O‘nglar atlantik birdamlik doirasida faol va qat’iy tashqi siyosat yuritish bayrog‘i ostida birlashishdi. So‘llar esa mamlakat ichida ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish tarafdori edi. 1951 yilning aprel oyida so‘l leyboristlarning rahbari, sog‘liqni saqlash vaziri E.Bivenning namoyishkorona iste’foga ketishi partiya rahbariyatining inqirozidan darak berardi.

Yangi saylovlar arafasida konservatorlar ham o‘z mafkuraviy jamg‘armalarini yangillashmadi. 1951 yil oktabr oyida nashr qilingan “Britaniya - iqtidorli va ozod” nomli saylovoldi manifesti allaqachon ma’lum bo‘lgan “yangi konservatizm” ruhida tuzilgan edi. Unda tashkiliy tayyorgarlikka ko‘proq e’tibor berilgan edi.

1951 yil 25 oktabrdagi saylovlarda konservatorlar obshinalar palatasida bashorat qilingan 321 ta o‘ringa ega bo‘lishdi. Leyboristlar ixtiyoriga 295 ta o‘rin, liberanf-6, qolgan partiyalar-3 ta o‘ringa ega bo‘lishdi. Shunday qilib, konservatorlar mutlaq ko‘pchilikka erishib, barqaror hukumat tuzishga muvaffaq bo‘ldilar. Unga 77 yoshli Uinston Cherchill rahbarlik qildi.

“Gigantning oxirgi kunlari”

Bosh vazir lavozimiga qaytgan Cherchill hukumat tarkibiga oxirgi yillarda eng faol bo‘lgan siyosatchilarni jalb qildi. Lord Vulton lord-prezident, lavozimiga ega bo‘ldi. R.Batler g‘azna boshqaruvini qulga oldi. G.Makmillan esa uy-joy qurilishi va mahalliy boshqaruv vaziri lavozimiga ega bo‘ldi. Ammo, umuman olganda, mahkama torilar “eski gvardiyasi” vakillaridan iborat bo‘ldi. Cherchill rahbariyatning eski avtoritar usuliga qaytdi va hukumatni shakllantirishda o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanardi. Konservativlar partiyasidagi vaziyat ham ancha o‘zgardi. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan tashkiliy o‘rin almashtirishlar saylov kompaniyasi tugaganda ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi, ammo partiyadagi oldingi dinamizm va faollikni saqlab qolishga urinishlar kamroq sezilardi. Cherchill ham partiyaning mafkuraviy g‘oyalarining rivojlantirish yo‘llari haqidagi bahslashlarni ham boshqa ma’qullamasdi.

“Chidamlilik va konstruktivlik” yo‘lini tanlagan Cherchill o‘z oldingi rahbarlarning siyosatini tubdan o‘zgartirmadi. Bu konservatorlarning diqqat markazida turgan ijtimoiy sohada ham o‘z aksini topdi. Hukumatning bu sohadagi faoliyati yo‘nalishi uy-joy qurilishi, ta’lim va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish dasturlaridan iborat bo‘ldi. Hukumat uy-joy qurilishining barqaror o‘sishiga erishdi. Agar 1951 yilda 234 ming yangi uylar qurilgan bo‘lsa, 1952 yilda - 261 ming, 1953 yilda - 314 ming, 1954 yilda - 347 ming yangi uylar qurildi. qurilish ishlarida yangi texnologiyani joriy etish va mehnat sig‘imini kamaytirish orqali foydalanishga topshiriladigan uy-joylarning narxini biroz pasaytirishga erishildi. Leyboristlardan farqli o‘laroq konservatorlar nafaqat uy-joy fondi o‘sishi va uning narxlarining pasayishiga, balki xususiy mulkchilik sektorining rivojlanishiga ham katta ahamiyat bera boshlashdi.

Sog‘liqni saqlash ham katta qayta qurishlarni boshdan kechirmadi. Cherchill hukumati leyboristlar tomonidan yaratilgan Milliy sog‘liqni saqlash xizmati va uning tarmoqlangan ma’muriy apparti hamda yuksak davlat ixtiyoridagi sog‘liqni saqlash umassasalarini saqlab qoldi. Ayni paytda bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish tarqoqlashdi. Retseptlar yozib berish uchun pul to‘lash kengroq joriy etildi, dantistlar qabuliga pulli kirish tashkil qilindi, maxsus tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish pulli bo‘ldi. Fuqarolarning sog‘liqni saqlash fondiga haftalik to‘lovlari oshirildi. (8,5 dan 32,5 pens gacha). Shu bilan birga konservatorlar sog‘liqni saqlashga budjetdan ko‘proq mablag‘ ajrata boshlashdi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibga solingan edi, shifokor qabulida kutish vaqti qisqartirildi, shifoxonalarda bolalarning o‘z ota-onalari bilan kelishlari ruxsat etildi, nostatsioner muolajani talab qiluvchi bemorlarni ko‘chirish (transportirovka qilish) joriy qilindi.

Konservator va leyboristlarning ta’lim sohasini isloh qilishga bag‘ishlangan dasturlari umuman bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli Cherchill hukumati bu sohada biror katta xajmdagi islohot o‘tkazish uchun tashvishdan xoli bo‘ldi. Lekin unga xususiy o‘quv yurtlari mavqei to‘g‘risidagi bahs-munozaralarga duch kelishga to‘g‘ri keldi. Opponentlar konservatorlarni o‘quv muassasalarining norasmiy tuzilishini saqlab qolishga urinishda ayblashdi. Hukumat mavqeini ta’lim vaziri D.Ekkld quyidagicha bayon qildi: “Umumta’lim maktabni qo‘llab-quvvatlovchilar tenglik tarafdorlaridir. Janobi Oliyalarining hozirgi hukumati adolat tarafdoridir”. Shunga qaramasdan, Cherchill hukumati ommaviy maktabni rivojlantirish uchun ta’lim tizimiga budjet xarakatlarini ancha oshirdi.

O‘zining saylovoldi va’dalariga amal qilgan holda Cherchill hukumati davlat korxonalarining keng xususiylashtirishga kirishmadi. Faqatgina po‘lat quyish va avtomobil transportlari sohalari xususiylashtirildi xolos. Mulkchilik shaklini belgilashda ishlab chiqarish samaradorligi hal qiluvchi rol uynadi. Konservatorlar rahbarlari bu sohadagi har qanday siyosiy bahs-munozaralardan o‘zlarini chetga olishardi. Ayni paytda hukumat iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi, ishlab chiqarish rivojlanishining yangi strategiyasini ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymas edi.

50-yillarda Buyuk Britaniyada iqtisodiyotning o‘sish dinamikasiga ancha yaxshilandi. Shu o‘n yillik boshida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 1937 yildagi ko‘rsatkichlardan 1g‘3 hissa ko‘proq edi. Ilm-fan keng joriy etilgan bir qator sohalar, jumladan, elektroenergetika, mashinasozlik, kimyo sanoati sohalarida barqaror o‘sish kuzatildi. Ko‘mir sanoati va tekstil sohalarida ko‘rsatkichlar yaxshi emas edi. Umuman 50-yillarning birinchi yarmida yalpi milliy mahsulotning yillik o‘sishi o‘rtacha 2,7% ni, sanoat ishlab chiqarishida esa 3,3 % ni tashkil etdi. (30-yillar oxirida mos ravishda 1,75 % va 2,7 %). Ishsizlar soni ham barqaror kamayib bordi. 1953 yilda ular 0,5 million kishini 1955 yilda esa 298 ming kishini tashkil etdi. Buyuk Britaniya hali ham sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turardi.

Shunday qilib, Cherchill hukumati iqtisodiyotga aralashishning keskin zaruratidan qutulgan edi. To‘g‘ri, bu loqaydlik o‘zining salbiy natijalariga ham ega bo‘ldi. Ilmiy-texnikaviy inqilob davrida alohida mamlakatlarning iqtisodiy farovonligi mezonlari o‘zgarib boshladi. Keskin pasayish va inqirozlarning yo‘qligi ham jahon bozori egallangan mavqeining saqlab qolishini kafolatlab olmas edi. O‘sish sur’atlarini asta-sekin oshirib borish, ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirish, bozor infrastrukturasining eng yangi shakllarini rag‘batlantirish talab etilardi. Bu masalalarni xususiy sektorning o‘zi hal qila olmasdi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishidagi dunyo tajribasi krizisga qarshi siyosat doirasidan chiqa boshladi. Uning maqsadi butun iqtisodiy tuzumni tizimini boshqarishga aylandi. Faqatgina kuchli moliyaviy, intellektual va siyosiy salohiyatga ega bo‘lgan davlat rentabelligi past, ammo o‘ta muhim fundamental tadqiqotlar o‘tkazishni, katta investitsiyalarini jalb qiluvchi strategik ilmiy sohalarni rivojlantirishni, kadrlarni keng ko‘lamda qayta o‘qitish va malakasini oshirishni o‘z zimmasiga olishi mumkin edi. Konservatorlar boshqaruvchi davrida Buyuk Britaniya hukumati bu vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilmagan edi. Konservatorlarning iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishidagi bu loqaydligi muxolifotga ularning hukmronlik davrini “turg‘unlik davri”, “bekorga sarflangan yillar” deb baholashlariga asos bo‘ldi.

Konservatorlardan tashki siyosat sohasida ham biror prinsipial o‘zgartirish kiritish talab qilinmas edi. Muxolifat safida bo‘lgan yillardayoq Cherchill va Idenlar Buyuk Britaniyaning umumdunyoviy maqsadlarini urushdan keyingi real ahvolga moslashtirishga da’vat etuvchi “uch doira” konsepsiyasini ishlab chiqishdi. Bu konsepsiyaga ko‘ra Britaniya tashqi siyosati mamlakatning o‘ziga xos geografik joylashishi va tarixiy an’anani hisobga olib uchta asosiy javobgarlik mintaqalari doirasida tuzilishi kerak. Bu uch doira Atlantika hamjamiyati, Yevropa va Britaniya millatlar hamdo‘stligidan iborat edi. Cherchillning ta’kidlashicha, gap geografik joylashishida emas, balki mental (milliy), mafkuraviy va siyosiy birlik omillari nuqtai nazaridan tashkil qilingan maxsus mintaqalar haqida boryapti. “Men insoniyat taqdirini kuzatib kelajakka nazar solar ekanman - deydi u - Erkin xalqlar va demokratiya orasida uchta ulkan sferani (mintaqani) ko‘raman. Biz uchun birinchisi, albatta Britaniya Hamdo‘stligi va imperiya. Keyin anglosakslar dunyosi bo‘lib, u AQShga teng keladi va unda biz Kanada va Britaniya dominionlari katta rol uynaydi. Va nihoyat uchinchi, bu birlashgan Yevropa. Bu uchta sehrli doira birga mavjud, agar ular birlashishsa, ularni qulata oluvchi yoki ularga jiddiy tahdid soluvchi kuch bo‘lmaydi. Bizning mamlakatimiz bu doiralarning har birida muhim rol uynaydigan yagona mamlakatdir”.

Millatlar hamdo‘stligi va imperiya taqdiri konservatorlar uchun tashqi siyosat yo‘nalishida hal qiluvchi risola edi. 1952 yildagi hamdo‘stlik bosh vazirlarining maxsus chaqirilgan anjumani 1949 yil qarorlari, hamda ingliz qirolining hamdo‘stlik rahbari mavqeini tasdiqladi. Bu titul taxtga o‘tirgan Yelizaveta 11 ga topshirildi. 1952 yil anjumani “hamdo‘stlik fuqarosi” (“Britaniya fuqarosi” o‘rniga) tushunchasini butunlay qonuniylashtirdi. Mamlakatning uchinchi dunyo davlatlariga ta’sirini kuchaytirish maqsadida Cherchill hukumati Koreya urushini tinchlik bilan hal qilishni faollik bilan qo‘llab-quvvatlardi. Aynan Britaniyaning oldindan yarador va bemor harbiy asirlarni almashtirish bo‘yiga taklifi chigal vaziyatni bartaraf etdi. Buyuk Britaniya Hindixitoy masalasida yetarlicha qat’iy vaziyatni egalladi. Hindixitoydagi fransuz koloniyasini tashkil etish mag‘lubiyatga uchragani tabiiy edi, AQShning esa u yerda ham siyosatni Koreyadagidek yuritishiga urinishi Londonni qanoatlantirmasdi. Buyuk Britaniya Sovet Ittifoqining Hindixitoy masalasi bo‘yicha rahbarlar davrasida xalqaro yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu yig‘ilish 1954 yilda Jenevada o‘tkazildi va harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilishga erishildi. Shu yili Tehronda Eron hukumatining xalqaro konsorsium bilan Eron neft konlarini foydalanishga topshirish shartlari haqida kelishib olindi. Bu shartnoma xuddi oldingisidek Buyuk Britaniyaga biror foyda keltirmadi, ammo kelishmovchiliklar qisman barham berildi.

50-yillar boshida Misr atrofidagi vaziyat keskinlashdi. 1951 yilning oktabrida Misr hukumati 1936 yildan Sudan kondominioni va Suvaysh kanali to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Sudan mamlakati Misrning ajralmas qismi deb e’lon qilindi. Ammo, Misr qiroli Faruk Buyuk Britaniya bilan ochiqchasiga to‘qnanshishdan cho‘chib turardi. Uzoq davom etgan muzokoralar boshlandi. Bu muzokoralar davrida ingliz harbiylari Suvaysh kanali atrofidagi aholining norozilik chiqishlarini bostirardi. qohiradagi davlat to‘ntarishidan so‘ng 1952 yil iyulida G.Nosirning inqilobiy hukumati Sudanga to‘la erkinlik berish haqida ma’lum qildi va bu qaror 1953 yildagi ingliz-misr kelishuvida qayd etildi. 1954 yil 19 oktabrida Suvaysh kanali taqdirini ham hal qiluvchi shartnoma ham imzolandi. Unga ko‘ra ingliz qo‘shinlari 20 oy davomida evakuatsiya qilinishi kerak edi. Kanal fuqarolik xizmatchilar ixtiyorida bo‘lib, ular kanalni harbiy sohada ham ishlata olishga qodir edilar.

Cherchill hukumati Yevropa siyosati masalasida ma’lum faollikni namoyon qildi. ammo Britaniya siyosatchilari fransuzlarning nadnatsionalnaya boshqaruv organlari tuzish bilan iqtisodiyotni integratsiya qilish loyihalariga shubxa bilan qarashdi. “Shuman rejasi”ga xilofan rasmiy London Yevropa erkin savdo mintaqasini tuzish g‘oyasini ilgari surardi. Unga Yevropada iqtisodiy hamkorlik tashkilotining barcha 17 a’zosi kirishi kerak edi, hamda o‘zaro bojxona to‘lovlarini va import cheklashlarni bekor qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, keyinchalik, mablag‘ harakatining erkinlashishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni tashkil etishga erishish kerak edi. Bu loyihada nadnatsionalnaya tashkiliy tuzilmani yaratish, birlashgan iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va yagona qonunchilik tizimini barpo etish ko‘zda tutilmagan edi.

1952 yilda sohaviy birlashgan blok YEOXSning tashkil qilinishi Britaniya hukumati rejalariga mos kelmas edi. Siyosiy mag‘lubiyatni bartaraf etish ( kompensatsiya qilish) maqsadida Britaniya diplomatiyasi harbiy-siyosiy birlashuv loyihalarini faol qo‘llab-quvvatlardi. 1952 yilda “Pleven rejasi”ni muhokama qilishda Buyuk Britaniya G‘arbiy Germaniyaning okkupatsiya mavqeini bekor qilish va uning qismlarini “Yevropa qo‘shinlari” safiga qo‘shish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Yevropa mudofaa hamjamiyati loyihasi inqirozga uchragandan so‘ng Buyuk Britaniya AQSH bilan birgalikda NATO bayrog‘i ostida GDG ni Atlantika Xavfsizlik tizimiga kiritish tarafdori bo‘ldi.

1954 yil noyabr oyida konservatorlar rahbarining 80 yoshligi tantanali nishonlandi. Uning yoshi iste’foga chiqishni talab etardi. 1954 yil davomida rahbarlik qilayotgan partiya rahbarining chiqishlari ochiqchasiga hammaning g‘ashiga tegardi. Hal qiluvchi voqea obshinalar palatasida vodorod bombasining ishlab chiqarilishi haqidagi shov-shuvli munozaralarning boshlanishi bo‘ldi. Ketma-ketliksiz va ayni paytda urushqoqlik va murosasizlik mavqeini egallagan Cherchill. Konservativ partiyaning ham ko‘pchilik vakillari orasida norozilik uyg‘otdi. Cherchillning iste’fosi 1955 yil 5 aprelda sodir bo‘ldi. Konstutitsion rusumga ko‘ra Cherchill qirolichaga iste’fo haqida yozma iltimosnoma berdi, hamda hukumatning yangi tarkibini tuzish uchun “Iden izidan yuborish”ni iltimos qildi.

A.Iden hukumati. Suvaysh inqirozi.

Bosh vazir lavozimiga konservativ partiyaning sobiq rahbari Antoni Idenning kelishi ko‘pchilik tomonidan Cherchill davrining davomi sifatida qabul qilindi.

1955 yilda bosh vazir lavozimiga ega bo‘lgan va oldingi davlat siyosatini unchalik o‘zgartirmaslikka qaror qilgan Iden, baribir “o‘rta avlod” vakillarining partiyadagi mavqeini kuchaytirdi. Makmillan tashqi ishlar vaziri lavozimiga ega bo‘ldi. Batler moliya vaziri lavozimida qoldi. “Partiya yoshlari”ning eng yorqin vakillaridan biri Edvard Xit partiya “qamchisi” (parlament fraksiyasining bosh tashkil etuvchisi) qilib tayinlandi. Shu birlan birga Iden hukumat safida ko‘pgina “eski tori”lar va avlodi aristokrat bo‘lgan vakillarni ham saqlab qoldi.

O‘z shaxsiy mavqeining mustahkam emasligini bilgan holda Iden o‘ti kutilmagan ishga qo‘l urdi - u parlamentni tarqatib yubordi. Bu haqda 15 aprelda e’lon qilindi. qolgan uch hafta ichida quyi palata ishi davomida konservatorlar yangi budjetli qabul qilishga ulgurishdi. Unga ko‘ra daromad solig‘i kamaytirildi va bir qancha ommaviy choralar ko‘rildi. Bosh vazirning o‘zi saylovoldi kurashlarda birinchi marta televizion chiqish salohiyatidan hamda usti (professional) imojmeyner (qiyofa yaratuvchi)lar xizmatidan foydalandi. 1955 yil saylovlari konservatorlarga ishonchli g‘alaba keltirdi. Ular 345 deputatlik mandatiga, leyboristlar obshinalar palatasida 277 o‘ringa, liberallar 6 o‘ringa ega bo‘lishdi.

Ammo Iden hukumatining xatosiz faoliyati yarim yil ham davom etmadi. 1955 yil yozidan boshlab mamlakatda iqtisodiyot konpakturaning yomonlashuvi sezila boshladi. Hukumat bir qator ijtimoiy dasturlarni qisqartirishga, ba’zi kosvenniy soliqlarni oshirishga hamda pochta hukumati narxlarini oshirishga majbur bo‘ldi. Bu choralar juda o‘z vaqtida qo‘llanilgan edi, ammo konservatorlarning saylovoldi va’dalaridan keskin farq qilardi. Mamlakatda norozilik harakatlari kuchaydi, ilgari hukumatni to‘la qo‘llab-quvvatlab turgan matbuot mavqei o‘zgardi. Davlat siyosatini o‘zgartirish kerakligini tan olgan Iden hukumat a’zolari lavozimini o‘zgartirishga kirishdi. Moliya vaziri Batlerni Makmillan almashtirdi.

Tashqi siyosatdagi vaziyat ham tobora murakkablashayotgan edi. SSSRdagi siyosiy o‘zgarishlardan keyin xalqaro keskinlikni yumshatish imkoni tug‘ildi. Yangi vaziyatdan Buyuk Britaniya obro‘sini oshirish uchun foydalanishga uringan Iden global siyosatdagi dolzarb muammolar bo‘yicha muzokaralar jarayonini kengaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Britaniya diplomatiyasining urinishlari muvaffaqiyatli bo‘ldi. 1955 yil 18 iyulda Jenevada oliy maqomdagi AQSH, SSSR, Fransiya va Buyuk Britaniya delegatsiyasi ishtirokidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ammo anjuman davomida shu narsa ma’lum bo‘ldiki SSSR va G‘arb mamlakatlari bir-birlarining takliflariga sinchkovlik bilan munosabatda bo‘lishadi va hali aslida o‘z strategiyalarida biror-bir o‘zgartirish kiritishga shoshilmaydilar. Konferensiya natijasida bor-yo‘g‘i iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish kerakligi haqidagi fikrlargina bayon etilishiga erishildi, xolos.

1956 yil aprelda Xrushchev va Bulganin Londonda bo‘lishdi. Safarning siyosiy dasturi uchinchi dunyo mamlakatlari bilan o‘zaro munosabat muammolariga bag‘ishlangan edi. Xuddi Jenevadagidek tomonlar biror-bir jiddiy siyosiy kelishuvga kelishga erishilmadi. Bundan tashqari safar davomida mash’um diplomatik mojaro ro‘y berdi. 19 aprelda Portsmut qirg‘oqlarida suvga sho‘ng‘ish paytida ofitser-g‘avvos Layonel Krabb sirli halok bo‘ldi. Bu paytda esa Portsmut havzasida sovet delegatsiyasini olib kelgan “Odjonikidke” kreyseri turardi. Bu voqeaning maxsus uyushtirilganligi hech kimda shubha qoldirmadi. Iden palatalar obshinasida so‘zga chiqib Protsmutdagi voqealar hukumat ruxsatisiz ro‘y berganligi hamda ijtimoiy tinchlikni saqlash uchun tafsilotlarni maxfiy saqlash kerakligi haqida bayonot berishga majbur bo‘ldi.

Yaqin Sharq mintaqasi 50-yillarning o‘rtalariga kelib dunyoviy siyosatning eng muhim mintaqalaridan biriga aylandi. Londonda bu yerda eng yirik arab mamlakatlari ishtirokida ulkan harbiy-siyosiy blok yaratish loyihasi paydo bo‘ldi. Unda taxmin qilinishicha, uzoq muddatli tarixiy aloqalar mintaqadaBritaniyaning kuchli harbiy bazalari borligi va Buyuk Britaniyaning boshqaruvi ostida Suvaysh kanali atrofi tegishli bo‘lganligi tufayli bu blok urushdan keyingi yagona “ingliz” bloki bo‘ladi. 1955 yilda Britaniya hukumati qo‘llab-quvvatlashi ostida Turkiya va Iroq o‘zaro mudofaa majburiyatlar haqida kelishib olishdi. Buyuk Britaniya bu kelishuvga qo‘shilgan holda Iroq bilan xuddi shunday kelishuvga keldi. Keyinroq bu kelishuvga Eron va Pokiston qo‘shilishdi. Shunday qilib, 1978 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan Markaziy shartnoma tashkiloti (SENTO) yoki Bog‘dod pakti paydo bo‘ldi.

Britaniya siyosatchilari Misrni ham SENTO tarkibida ko‘rishni kutgandilar, ammo Nosir hukumati bu blokka a’zo bo‘lishga shoshilmasdi, balki sovet bloki bilan aloqalarni asta-sekin kengaytira bordi. Iden Iordaniyaning ham Bog‘dod paktiga qo‘shilishiga harakat qilish, tezroq uni rasmiylashtirishga urinardi. Bu mamlakat hududida general Glabb qo‘mondonligi ostidagi ingliz qo‘shinlari bor edi, qirol Husayn esa Londonga moyillikni namoyon qilardi. Iordaniyaga uning Bog‘dod paktiga qo‘shilgan mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishni tashkil etish uchun makmillan jo‘nab ketdi, general Glabb rahbarligidagi kuchlar esa aholining aksulingliz namoyishlarini bostirishga kirishdi. Ammo bu choralar teskari natija berdi - 1956 yil 2 martida qirol Husayn general Glabbni bosh qo‘mondon lavozimidan chetlashtirdi va ingliz ofitserlarining katta guruhini mamlakatdan chiqarilishini talab qildi. Iordaniya 1955 yil kuzida Nosir tashabbusi bilan tuzilgan Suriya va Misr birlashgan qo‘shinlariga qo‘shilish haqida qaror qabul qildi.

1956 yil 26 iyulida Nosir Suvaysh kanalining milliylashtirilishi haqida e’lon qildi. Bu London uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Buning bevosita sababi Buyuk Britaniya va AQShning Asuan plotinasi qurilishidan moliyalashtirishdan bosh tortganligi bo‘ldi. Bunday o‘ta keskin choraga qo‘l urgan Nosir SSSR tomonidan katta yordamga umid bog‘lagan edi. Suvaysh kanalining milliylashtirilishi Buyuk Britaniya iqtisodiy manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berdi bu kanal uning import va eksportining choragini ta’minlab turardi. Buyuk Britaniyaning Markaziy Sharqda qazib olgan neftining deyarli 40%-i shu kanal orqali o‘tardi. Iden hukumati qat’iy javob qaytardi. 26 iyuldayoq davlat g‘aznasi Misrning barcha sterling hisobidagi kapital aylanmasi va aktivlarini muzlatdi. Buyuk Britaniya Suvaysh kanali aksiyalarining bir qismiga egalik qiluvchi Fransiya bilan birgalikda Misr ustidan shikoyat bilan BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi. Ammo SSSR veto huquqidan foydalangan holda biror rezolyutsiya qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymadi. Iden kuch ishlatish borasida Eyzenxauer bilan maxfiy muzokaralar olib bordi, ammo saylovoldi kompaniyasining boshdan keirayotgan AQSH prezidenti yana bir harbiy to‘qnashuvdan manfaatdor emas edi. Shunga qaramasdan, Londonda harbiy xarakatlarga tayyorlanish haqida qaror qabul qilindi.

1956 yil avgustida Yaqin Sharq mintaqasida ingliz va fransuz harbiy qismlarining jalb etilishi boshlandi. Ikki g‘arb mamlakatlarining ittifoqchisi Isroil bo‘ldi. Avgust oxiridan boshlab Isroilning Misr va Iordaniya bilan chegarasida jiddiy to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, 15 oktabrda esa Iordaniya Isroilni rasman agressiya (bosqinchilik)da aybladi. 25 oktabrda Buyuk Britaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Isroil bosh vaziri Ben-burion bilan Misrga qarshi birgalikda harbiy harakat olib borish to‘g‘risida maxfiy bayonnomani imzoladilar. Maxsus operativ reja ishlab chiqardi. Unga ko‘ra birlashgan kuchlar Sinay yarim orolini egallab olishlari va butun kanal boshqaruvini o‘z qo‘llariga olishlari kerak edi. Bu operatsiyaning boshlanishiga Isroil armiyasining Sinay yarim oroliga xujumi (“Kadesh-tozalash”) operatsiyasi bahona bo‘lishi kerak edi. Buyuk Britaniya va Fransiya Misr va Isroil qo‘shinlariga 10 iyul masofaga orqaga surilish haqida ultimatum talab qo‘yishga tayyor edi. Bu talabni esa Misr qabul qilmasligi aniq edi. Butun operatsiya “Mushketyor” deb nomlandi, qo‘mondonlik esa ingliz generali Charlz Keytliga topshirildi. 50 mingdan ortiq Britaniya askarlari va 100 ga yaqin harbiy kema safarbar qilindi.

29 oktabr 1956 yil kechqurun soat 5 da 400 ta isroillik parashyutchilar polkovnik A.Sharon rahbarligida Sinay yarim orolining o‘rtasiga tushirildi, tank qismlari esa Sinay shimoli-sharqida xujumga o‘tishdi. 30 oktabr Isroil qo‘shinlarining hali Suvaysh kanaliga yetib borishganligiga qaramasdan Britaniya va Fransiya xukumatlari mintaqasidan butun qo‘shinini olib chiqish va kanaldan erkin foydalanish maqsadida uni vaqtinchalik egallab olishini taklif qildilar. Misr tomonining javobini kutmasdan ingliz-fransuz harbiy-dengiz kuchlari Maltadan chiqdi, 31 oktabrda Britaniya aviatsiyasi barcha Misr aviabazalariga xujum uyushtirildi. Prezident Nosir asta-sekin yarim-orol ichkarisiga chekinish haqida farmon berdi. Tezda Misr hukumati BMT dan urushni to‘xtatish haqida taklifni oldi. Shunga qaramasdan inglizlar bombardimon qilishni davom ettirdilar. 5 noyabrda mingdan ortiq ingliz-fransuz parashyutchilari Sinay yarim orolining strategik nuqtalariga tushirildi. Agressiyaga esa faqat SSSRning o‘ta maxfiy mavqei nuqtai qo‘ydi. O‘zining Idenga jo‘natgan ultimativ xatida Xrushchev SSSR hatto yadro qurolidan foydalanishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shunday qilib, Britaniya siyosiy doiralarining Suvaysh kanali atrofidagi siyosiy o‘yini mamlakatni yadro to‘qnashuvi yoqasiga olib keldi. London va Parij harbiy xarakatlarini tezda to‘xtatish haqida farmon berishga majbur bo‘lishdi. 22 dekabrda ingliz-fransuz qo‘shinlari Misr hududini tark etdi, 1957 yil 8 martga kelib esa Isroil qo‘shinlari Sinay yarim orolidan olib chiqildi. To‘qnashuv mintaqasiga BMT qo‘shinlari kiritildi. Suvaysh voqeasiga bog‘liq og‘ir siyosiy mag‘lubiyatdan so‘ng Iden hukumatining taqdiri hal bo‘lgan edi.

“O‘zgarishlar shamoli”.

Idenning o‘z ixtiyori bilan iste’foga ketishidan keyin Batler va Makmillan konservativ partiya rahbari lavozimini egallash uchun teng imkoniyatlarga ega edi. Partiyadagi obro‘li Makmillanni qo‘llab-quvvatlagan torilar fikri hal qiluvchi rol uynadi. Ammo yangi mahkama tarkibi partiya rahbariyatining tezda almashishi haqida guvohlik berardi. Vazirlarning ko‘pchilligi rahbardan 8-10 yosh kichik edi. “Eski gvardiya” va hatto “o‘rta avlod” vakillari safidan partiyaga juda kamchillik kirdi.

Garold Makmillan davlat siyosatini o‘zgartirish tarafdori edi. U “o‘zgarishlar shamoli ” shiorini elon qildi va o‘sha davr jamiyatidagi reallikni loqaydlik bilan tan tan olmasdan dinamik va progressiv milliy rivojlanish modelini yaratishga faol kirishishga da’vat etdi. Bunda Makmillan partiya safida bo‘linishlarga va o‘ta radikal islohotchilikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilardi. U oldingidek “yangi konservatizmga” yon bosar uni sinflar ustidan birlashish va ijtimoiy faollikning umummilliy mafkurasi deb bilardi. Yangi rahbar hamkasblarga davlat intizomiga, javobgarlikka va progmatizmga da’vat etardi.

Makmillan hukumati ijtimoiy siyosatni ancha faollashtirdi. Bu nafaqat mafkuraviy tamoyillarga balki yangi makroiqtisodiy strategiyaga asoslangan edi. G‘arbning ilg‘or mamlakatlarida barqaror iqtisodiy o‘sish, talab va taklifni keng rag‘batlantirishga asoslangan “faravon mamlakat” ijtimoiy modelining shakllanib borishi boshlandi. Bozor mexanizmi tenglashuvining asosiy omili bo‘lgan talabning o‘sishi mehnat munosabatlarini tartibga solish va davlat ijtimoiy infrastrukturasini kengaytirish orqali amalga oshirildi.

1957 yilda Britaniya hukumati faoliyatida ikki asosiy yo‘nalish ko‘zga tashlandi - ijtimoiy budjet dasturlari keng ko‘laminnig saqlab qolinishi va bank foizlari darajasini oshirish va g‘aznani to‘ldirish maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlari qiymatini keskin ko‘tarish. Ammo oxirgi bir yarim -ikki yil ichida iqtisodiy konyuktura ancha yomonlashdi. Oshgan talab narxlarning inflyatsion ko‘tarilishiga, import tovarlarning nisbatan arzonlashishi va ularning oshishi sababli mamlakat to‘lov balansida kamomad sezildi. Suvaysh inqirozidan keyin dunyo bozorida yomonlashgan vaziyat ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Makmillan hukumati “qimmat kredit” siyosatidan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Praknt stavkalar pasayishi bilan birga olib borilgan faol ijtimoiy siyosat 1950-1960 yillarda ishbilarmonlik faoliyatining keskin faollashishiga olib keldi. Bunday qulay vaziyatda konservatorlar 1959 yil saylovlarida ishonchli g‘alabani ko‘lga kiritdilar. 49,4% saylovchilar konservatorlarni, 43,8%-leyboristlarni, 2,7% esa liberallarni qo‘llab-quvvatlamadi. Obshinalar palatasida ham tori ixtiyoridagi mandatlar leyboristlarga qaraganda 100 taga ortiq edi. Hukumat to‘la ishonchni qo‘lga kiritdi, ammo 1960-1961 yillardayoq inflyatsiyaning yana keskin o‘sishi davrida uning ahvoli yana yomonlashdi.

Iqtisodiy ahvolning yomonlashuvining bevosita sababchisi funt sterling mavqeini pasaytirgan xalqaro valyuta-moliyaviy bozordagi keng ko‘lamli chayqovchilik bo‘ldi. Ammo bu o‘z navbatida, Britaniya iqtisodiyotidagi chuqur ichki nomutanosibliklarning natijasi edi. Urushdan keyingi davrdagi muvaffaqiyatlarga qaramasdan Buyuk Britaniya sanoati ixtisoslashish darajasi, texnologiya bilan ta’minlanish sohasida Amerika, Germaniya va Yaponiya sanoatidan keyingi o‘rinlarda edi. Unda tovarlar tonnarxi ham yuqori edi. Britaniya iqtisodiyotining oldingi yetakchilari-kolonial-xom ashyo monopoliyalari tez suratlarda o‘z mavqelarini boy bera boshlashdi. Ular xorijga, oldingi mustamlakalardagi qazib oluvchi korxonalarga investitsiya qo‘yishga kirishishdi. Bu esa Buyuk Britaniyaning o‘zidagi eng yangi sohalarga kapital qo‘yishga to‘sqinlik qilardi. Buning natijasida paradoks haloti yuzaga keldi. Britaniya sanoatining an’anaviy sohalaridagi har bir yangi siljish salbiy oqibatlarga olib kelardi. Bunday ishlab chiqarish hajmining o‘sishi import (asosan xom ashyo)ning o‘sishi bilan birga kechardi, ammo bu importga mos keluvchi Britaniya mahsulotlari eksporti ko‘lami ancha kam edi. Bu tashqi savdo balansining salbiy saldosiga olib keldi. Buning natijasida budjet tanqisligi va inflyatsiya kelib chiqdi.

60-yillar boshiga kelib ikkala eng yirik partiyalar iqtisodiyot bo‘yicha eksportlarining inqirozga qarshi strategiya borasidagi umumiy mavqei shakllandi. Bu konsepsus “batekellizm” (o‘sha paytdagi moliya vaziri R.Batler va leyboristlar rahbari X.Geytskell nomlaridan olingan) deb ataldi. Ularning taxminicha, iqtisodiyotning haddan tashqari “zo‘riqishi” (iqtisodiy o‘sish va mos ravishda inflyatsiyaning ham o‘sishi) sharoitida hukumat xo‘jalik faoliyatini cheklashi kerak edi. Bu choralar moliya tizimini tartibga solish bilan birga katta mablag‘ talab etuvchi sanoat ishlab chiqarishini qisqartirish hamda xorijdan keltirilgan xomashyoning iste’mol qilinishini kamaytirishi kerak edi. Importning kamayishi esa to‘lov balansi muvozanatining tiklanishi va inflyatsiyaning kamayishiga olib kelishi mumkin edi. Konyukturani “muzlatish” davrida esa hukumat, aksincha tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishi va iqtisodiy o‘sishning tezlashuviga olib kelishi kerak. Bunday rag‘batlantiruvchi va to‘xtatib qoluvchi iqtisodiy strategiya Buyuk Britaniyada “to‘xta-harakat qil” degan nom oldi.

1961-1962 yillarda “to‘xta-harakat qil” siyosati doirasida Makmillan hukumati iqtisodiy konyukturani “muzlatish” bo‘yicha qadam bosdi. Angliya bankidagi hisob stavkasi yana oshirildi, soliq va boshqa to‘lovlar ko‘paytirildi, kredit berish cheklandi, budjetning xarajat qismi qisqartirildi. Shu bilan bir vaqtda iqtisodiyotni “muzlatish” uchun “kuchaytirish”ga va aksincha o‘tishga imkon beruvchi iqtisodiyotning davlat tomonidan egiluvchan boshqarilishi mexanizmini ishlab chiqishga harakat qilindi. Britaniya hukumati tomonidan “to‘xta-harakat qil” taktikasining qo‘llanilishi dunyo bozorida raqobatga dosh beruvchi yirik ishlab chiqaruvchilarning soliq va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlari bilan birga kechardi. Bu masalaning yechilishini siyosiy jihati ham bor edi. Yangi iqtisodiy vaziyatda Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakalar bilan munosabati va uning Yevropa integratsiyasi jarayoniga qo‘shilishi katta rol uynardi.

50-yillardagi Britaniya mustamlakachilik imperiyasining parchalanish jarayoni qaytmasligi aniq bo‘ldi. Makmillan torilar partiyasi rahbarlaridan biri bo‘lib bu sohada o‘zgarishlar amalga oshirish kerakligini ta’kidladi. “O‘zgarishlar shamoli” shiorining o‘zi mustamlakachilikdan keyingi davridagi real vaziyatni tasvirlash uchun ishlatilardi. 1960 yildayoq Makmillan hukumati Afrika mamlakatlariga nisbatan “plavno‘y va liberal rivojlanish” siyosatini yuritishga bel bog‘laganini e’lon qildi. Bunda Buyuk Britaniyaning hukmronlikni qora tanlilarga topshirgan holda Sharqiy va Markaziy Afrikadan asta-sekin ketishi ko‘zda tutilgan edi.

Britaniya hukumatining harakatlari doni ham mustaqillikka erishgan mamlakatlarda yangi ijtimoiy tuzumning yuzaga kelishi bilan birga ro‘y beruvchi millatlararo va irqlararo to‘qnashuvlarni bartaraf etolmasdi. Masalan, Britaniya diplomatiyasi Nigeriyadagi fuqarolik urushining oldini ololmadi. 1962 yilda mustamlakachilar ma’muriyati ketgandan so‘ng qabilalararo to‘qnashuvlar natijasida qon to‘kishlar sodir bo‘ldi. Keniya uchun esa eng o‘tkir muammo partizanlar harakati va siyosiy terrorchilik bo‘ldi. Britaniya diplomatiyasi Markaziy Afrikada jiddiy mag‘lubiyatga uchradi. 1984 yilda London vositachiligida Molovi (sobiq Ayasalend), Zambiya (sobiq shimoliy Radeziya) va janubiy Radeziyalarni o‘z ichiga oluvchi federatsiya tuzish haqidagi loyiha tayyorlangan edi. Ammo janubiy Radeziyada oq tanli muhojirlar siyosiy hukmronlikni to‘la saqlab qolishdi. Mamlakatda ochiq irqiy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi. Shunga o‘xshash voqealar 1960 yilda o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan janubiy Afrikada ham rivojlanayotgan edi.

Afrika qit’asida milliy-ozodlik harakatining rivojlanishi Britaniya diplomatiyasini yana bir yangi muammoga duchor etdi. Hamdo‘stlikda Afrika “lobbi”si kuch to‘playotgan bo‘lib, uning mavqei har doim ham Britaniya manfaatlariga mos kelmas edi. Makmillan bor kuchi bilan hamdo‘stlikning iqtisodiy va siyosiy tizimini hayotga qaytarishga urinardi. O‘zining ko‘p sonli tashriflarida bosh vazir yosh mamlakatlar rahbarlari, obro‘li siyosatchilari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashardi. Aynan, Makmillan “ko‘p irqli assotsiatsiya” mafkuraviy konsepsiyasiga asos soldi.

Yangi millatlar hamdo‘stligi shakllanishi bilan birgalikda qiyinchiliklar Buyuk Biritaniyaning Yevropacha siyosati muhimligini oshirardi. 1957 yilda Yevropa hamjamiyatlari tizimining tuzilishi Buyuk Britaniyaning Yevropa bozoridan ajralib qolishi bilan tahdid solardi. Bunga javoban 1980 yilda London Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasini tuzdi. 1960 yildagi Stokgolm ta’sis shartnomasiga ko‘ra “erkin savdo mintaqasi” tashkil qilinib, uning doirasida bojxona ta’riflarini bekor qilish ko‘zda tutilmagan edi, so‘z bor yo‘g‘i tovar (mahsulot) almashinishidagi diskriminatsion chegaralashni bekor qilish va demping narxlaridan bosh tortish haqida borayotgan edi. Tez orada Britaniya diplomatiyasi mamlakatning Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga qo‘shilishi masalani ham o‘rtaga tashladi.

Buyuk Britaniyaning Yevropa Hamjamiyatlarida ishtirok etishi maxsus xarakterga ega bo‘ldi. Bir tomondan, London YEIH doirasida o‘zining Buyuk Britaniyaning uchinchi dunyo mamlakatlari bilan integratsion aloqalarini tan olishga asoslangan maxsus mavqega ega bo‘lishini talab etardi. So‘z eng avvalo hamdo‘stlik, hamda YEAST a’zolari haqida borayotgan edi. Ikkinchi tomondan Buyuk Britaniya o‘zining Yevropa masalasidagi manfaatlarini ko‘zlab AQSH bilan “maxsus munosabatlar”dan ham voz kechishni istamas edi. Muammoning aynan shu siyosiy jihati vaziyatni keskinlashtirdi. Yevropa hamjamiyatlariga Britaniya “troya oti”ning qabul qilinishining qat’iy raqibi Fransiya prezidenti Sh. de Goll bo‘ldi. 1962 yildagi Makmillan bilan shaxsan uchrashgan paytida u ma’lum qildiki, faqatgina Fransiya va Britaniyaning Yevropa yadro qurolini yaratish borasidagi hamkorligining boshlanishigina Buyuk Britaniyaning umumiy bozorga kirishiga asos bo‘la oladi. Britaniya diplomatiyasi “Atlantik hamjihatlik” siyosatini qo‘shilish rejalari yo‘lida qurbon qilishga tayyor emas edi. Bunga javoban Buyuk Britaniyaning YEIH (YEES)ga qo‘shilishi borasidagi har qanday muzokoralarga Fransiya veto huquqini qo‘lladi.

Makmillanning diplomatik mag‘lubiyati shu qadar xavfli ediki, u hukumatning iqtisodiy strategiyasi samaradorligini shubha ostida qoldirdi. Yangi tashqi bozorlarga qat’iy kirib borish va tashqi iqtisodiy saldo va dunyo moliyaviy bozorida funt sterling holatini tubdan o‘zgartirishsiz Britaniya iqtisodiyoti o‘sish sur’atlarining barqaror pasayishi va inflyatsiyaning davriy qo‘zg‘alib turishiga mahkum edi. 1963-1964 yillarda hukumatning ilgarigi “to‘xta harakat qil” siyosatiga qaytish esa yangi g‘oyalar va yechimlar yo‘qligini namoyish etardi, xolos. Partiya rahbariyatining reytingi tez tushayotgan edi. qaltis holat harbiy vazir Trefyumaning “porachayushiye” aloqalarda ayblanishidan yuzaga keldi.

Hukumat inqirozi Makmillanning qattiq kasal bo‘lib qolish vaqtiga mos keldi. Bunday vaziyatda u iste’foga chiqishga qaror qildi. 1961 yilda Alek Dugles Xyum yangi bosh vazir bo‘ldi.

A.Duglos Xyumning bosh vazir lavozimiga kelishi Britaniya davlatchiligining huquqiy bazasidagi muhit o‘zgarishlar bilan boy bo‘ldi. Unga 1958 yildayoq Makmillan hukumati tomonidan o‘tkazilgan Lordlar palatasining isloh qilinishi asos bo‘ldi. O‘shanda umrining oxirigacha “per”lik haqidagi Akt qabul qilingan edi. Unga ko‘ra Toj (qirol) Lordlar palatasida o‘tirish va ovoz berish huquqini beruvchi perlikni bera olish imtiyoziga ega bo‘ldi. Bu amaliyot aslida 1856 yildagi voqea (pretsedent)ga muvofiq paydo bo‘lgan edi. Ammo uzoq muddat bir umrlik perlik lordlar palatasida o‘tirish “faxriy lavozimi” bilan emas, balki yerga egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan unvon edi, xolos. 1958 yildagi Akt esa bir umrlik perlik institutni teng huquqligini tasdiqladi. Bu esa muhim siyosiy natijalarga ega bo‘ldi. Bunday unvonning berilishi shaxsiy xizmatlarning qadrlanishi deb qaralardi. Yuqori palata xizmat ko‘rsatgan siyosatchilar va mashhur jamoat arboblari hisobidan to‘ldirilardi. Shu bilan u o‘zining siyosiy qarashlariga muvofiq zamonaviylashayotgan, Britaniya jamiyati ko‘z oldida obro‘liroq bo‘layotgan edi.

Keyingi qadam 1963 yildagi perlar haqidagi Akt bo‘ldi - Makmillanning eng oxirgi tashabbuslaridan biri. Uning asosiy jihati shu ediki, unda merosiy per bo‘lganlarga o‘z ixtiyori bilan bu unvondan voz kechish huquqi berilishi ko‘zda tutilgan edi. Bunday qarorni amalga oshirishga shu narsa asos qilindiki, XX asrning boshidan obshina palatasidagi bosh vazirlikni nomzodning majburiyligi joriy qilingan edi, chunki an’anaga ko‘ra lord “obshinalar palatasiga aylanishi mumkin emas”. 1963 yildagi perlik haqida Akt tufayli per bo‘lgan tori partiyasining obro‘li siyosatchilari eng oliy siyosiy lavozimga o‘z nomzodlarini qo‘yishlari mumkin edi. Lord Xeylikm va Lord Duglos-Xyum birinchilardan bo‘lib bu huquqdan foydalanishdi. Perlik huquqidan voz kechganlaridan keyin ikki hafta o‘tgach Duglos-Xyum bosh vazir lavozimini egalladi.

Ikki sobiq lord va boshqa partiya rahbarligiga da’vogarlarning bellashuvi torilar partiyasidagi ichki o‘zgarishlar bilan bir vaqtda ro‘y berayotgan edi. Konservativ partiyaning an’analarida hech qachon rahbarni demokratik yo‘l bilan saylash ko‘zda tutilmagan edi. Torilarning parlamentdagi fraksiyasi a’zosi E.Tremenning 1921 yilda aytgan iborasi juda mashhur bo‘ldi: “partiyaning buyuk yetakchilari saylanmadi. Ular o‘z-o‘zidan tanlanadi. Menimcha, biz tantana bilan rahbarni saylash uchun to‘plangan kunimiz ayanchli bo‘ladi”. Ammo 60-chi yillar boshlarida torilar partiyasi ancha o‘zgardi. Siyosiy sahnadan uning “eski gvardiyasi”ning ketishi bilan partiya rahbariyati va uning parlamentdagi fraksiyasida jamiyatning o‘rta qatlamdagi vakillari o‘zlarini ko‘proq namoyish eta boshlashdi.

1961 yilda ro‘y bergan yangi bosh vazir nomzodligi borasidagi ichki partiyaviy bahs munozara konservativ partiyaning demokratiyalashuvida hal qiluvchi hodisa bo‘ldi. Birinchi marta tori-parlamentariylar orasida eng maqbul va nomaqbul nomzodlar to‘g‘risida so‘rov o‘tkazildi. Parlament fraksiyasi va partiya faollari orasida Duglos-Xyumning nomzodini ko‘pchilik quvvatlamadi. Ammo sobiq rahbar - Makmillanning fikri hal qiluvchi bo‘ldi. Partiya ichidagi keskin bahs munozaralar rahbariyat mahkamasi obro‘siga putur yetkazdi.

Konservativ partiyaning siyosiy inqirozi davlat strategiyasini ham chuqur o‘zgartirish, isloh qilish zaruratini aniqladi. “O‘zgarishlar shakli” siyosatining o‘z vaqtida mosligiga qaramasdan uning Britaniya sanoati tuzilmasini isloh qilish, ijtimoiy infratuzilmani zamonaviylashtirish, mintaqaviy siyosat nuqtai nazaridan juda yuzaki ekanligi yaqqol bo‘ldi. Britaniya iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari bo‘yicha tobora ko‘proq G‘arb mamlakatlaridan orqada qolayotgan edi. 50-60 yillarda sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi Britaniya yiliga atigi 3%-ni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich AQShda - 4 % ni, GFR va Italiyada 7,4 % dan, Paraugariyada - 6,2 %, Ispaniya va Gretsiyada - 7,5 %, Yaponiyada - 15,2 % ni ashkil etdi. G‘arbning yetakchi mamlakatlari ichida Buyuk Britaniya ta’lim darajasining eng past ko‘rsatkichini ham saqlab turardi. Mehnat bozorida ortiqcha palatasi past bo‘lgan ishchi xodimlar mavjud edi. Ixtisosliklar, mutaxasisliklar va sohalar bo‘yicha ishchi kuchga bo‘lgan talab va taklifning mos kelmasligi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida hududiy nomutanosiblikni yanada kuchaytirardi.

60-yillarda Britaniya jamiyatiga yangi psixologik muammolarni his etishga to‘g‘ri keldi. Bu muammolar asosan mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi bilan bog‘liq edi. Mustamlakachilikni bekor qilishning o‘zi ko‘pgina inglizlar tomonidan hatto ijobiy qabul qilindi. “Oq tanli odam og‘irligi” tobora yuqoriroq darajadagi og‘ir yuk hisoblanardi. Inglizlarni hayajonga soluvchi narsa ko‘proq vatanning xalqaro obro‘sining tushishi, buyuk mamlakat mavqeini boy berishi edi. O‘sish sur’atlarining pasayishi, G‘arb yetakchi mamlakatlarining ikkinchi qatoriga tushib qolishi ham shunday qabul qilindi. Yaqindagi raqib bo‘lgan mamlakatlar - Germaniya, Yaponiya, Italiyalarning muvaffaqiyati alamli edi. Britaniya hukumati milliy faravonligining asosiy mezoni sifatida erishilgan talab (ehtiyoj) darajasini qabul qilish bilan endi qoniqmas edi. Bu javobgarlik konservatorlar bo‘ynida edi. Ularni “bekorga sarflangan o‘n uch yil”da ayblayotgan leyboristlar da’vat (chaqiriq)ni qabul qilishlari kerak edi.

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə