Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha




Yüklə 1.37 Mb.
səhifə19/23
tarix22.02.2016
ölçüsü1.37 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

Imperiya merosini taqsimlash
Tanazzulga yuz tutgan ideokratik imperiyaning merosi mamlakat, jamiyat, mafkuralar «real sotsializm» iqtisodiyoti va davlatining xarobalaridan iborat bo‘ldi. Bu xarobalar Yevrosiyo shimoli-sharqidagi 22403,2 ming kvadrat kilometrga yoyilgan edi. Bu hududda qisman o‘zlashtirilgan dunyo tabiiy resurslarining 27%i joylashgan, ammo uning hududining 70%ini muzloq yerlar va ekologik ofat o‘choqlari qamrab olgan edi.

Aholisi 280 million, 130 millatni o‘z ichiga olgan va umuman yuqori darajadagi umumiy savodxonlikka ega bo‘lgan mamlakat edi. Ammo bu savodxonlikni sog‘lom edi deyish qiyin. Deyarli hamma joyda sanoat ishchilari yetarli bo‘lsada, ammo yuqori texnologiya xodimlari juda tanqis edi. Eng asosiysi ulardagi mehnatga munosabat axloqi past darajada edi: mehnat unumdorligi va mahsulot sifatiga javobgarlik yo‘q edi. Ko‘pchilik ongida o‘n yillab davomida tarbiyalangan «tekischilik», huquq va mulkka e’tibor bermaslikka moyillik ustunlik qilardi. Bu hokimiyatni ilohiylashtirish va ijtimoiy boqimandalik, mas’uliyatsizlik, bardoshsizlik va zo‘ravonlik bilan uyg‘unlashtirilgan edi. O‘zgarishdan keyin ham juda oz kishilar o‘z manfaatlarini anglab, vaziyatga to‘g‘ri baho bera olishdi. Fuqarolardagi ichki erkinlik allaqachon erishilgan tashqi erkinlikdan ancha orqada edi.

Respublikalardagi turli millat vakillari bo‘lgan fuqarolar o‘zlarini yagona xalq deb anglamay ular, qaysi millatga mansublikka ko‘proq e’tibor berishardi. Ko‘plab sondagi elatlar taraqqiyotning turli bosqichlarida turardi, ular turli ijtimoiy shaklda edilar. Ularning ba’zilari yo‘qolib borayotgan edi. Elatlararo munosabatlar oddiy masala emas edi va bir qator mintaqalarda to‘qnashuvlar oqibatida anchagina murakkablashgan edi.

Sovet mafkurasining tanazzulga yuz tutganidan so‘ng yuzaga kelgan va faollashgan turli xildagi mafkuraviy-siyosiy yo‘nalishlarning hech biri gegemonlik qilishga qodir emas edi. Omma «real sotsializm» kamchiliklari va tuzum jinoyatlarini, sovuq urushda va eng rivojlangan mamlakatlar bilan bellashuvda SSSRning mag‘lubiyatini to‘la tushunib yetmagan edi. Bunday holat imkoniyatlarga to‘g‘ri baho berish va noto‘g‘ri da’volardan voz kechishga xalaqit berdi. Ko‘pchilik oligarxiya va kompartiyalar o‘rtasidagi farqni, shuningdek, partiyalar va xalqlarning har birining javobgarligi nimadaligini tushunmas va parchalangan tuzum jinoyatlarini odil jazolashni eplay olmas edi. Sobiq sovet respublikalarida kommunistlar faoliyati davom etdi, ro‘znoma va teatrlarning «kommunistcha» nomlari, sobiq tuzum bayramlari (inqilob, birinchi may, komsamol, chekistlar va boshqalar), «sovet vatanparvarligi» yodgorliklari va tuyg‘ulari saqlandi. «Real sotsializm» davrida voyaga yetgan yoshlardan tortib keksalarning xotiralarida avlodlarda, yoshlikdan A.Chexov aytganidek, «o‘tmish qanday bo‘lgan bo‘lishidan qatiy nazar, xotiralarda faqat jonli, ta’sirli va shodli lahzalargina qoladi»...

Markazlashgan boshqaruvdan mahrum bo‘lgan barcha aylanma vositalar, strategik xom ashyoni qazib olish, qurol va harbiy materiallarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va yuqori texnologiyalar o‘choqlariga ega bo‘lgan qudratli sanoat butunlay to‘xtab qoldi va respublikalar hududlari bo‘ylab parchalanib qoldi. Biron bir respublikada yagona, yaxlit va yirik ishlab chiqaruvchi kompleks qolmadi. Faqatgina parchalanib ketgan harbiy-iqtisodiy obyektlar va fuqarolik ishlab chiqarish elementlari bor edi, xolos. O‘zaro kam bog‘langan yoki umuman bog‘lanmagan korxonalarni yagona milliy iqtisodiyotga birlashtirish uchun respublikalardan jiddiy sa’yi-harakat va vaqt talab qilinar edi. Bu sanoat dastgohlarining ko‘pchiligi eskirganligi, harbiy ishlab chiqarishni fuqarolik ishlab chiqarishiga o‘tkazish uchun vositalarning yo‘qligi bilan yanada og‘irlashdi. Qishloq xo‘jaligi hamma joyda samarasiz bo‘lib qolgan edi.

Respublika va muxtoriyatlar bo‘ylab parchalangan va yagona partiyaviy markazdan mahrum bo‘lgan sovetlar tizimi mazmunsiz sarqitga aylanib qoldi. Respublikalarda suverenitetga mos bo‘lgan davlat apparati o‘rnida ilgarigi idoralarning xarobalari bor edi.

1988-1991 yillardagi «real sotsializm» tanazzuli va SSSRning parchalanishi natijasida Yevrosiyoning shimoli-sharqidagi ulkan hududda 15 ta mustaqil davlat paydo bo‘ldi. SSSRning rang-barang hududi, aholisi va ishlab chiqarishini meros qilib olgan respublikalar o‘z yo‘llarini izlashni ularga meros sifatida berilgan muammolarni hal etishdan boshlashlari, «real sotsializm» xarobalari ustida o‘z kelajaklarini qurishlari kerak edi.

Har bir respublikaga o‘z hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari va turli darajadagi aholi jon boshiga YAIM ko‘rsatkichi nasib etdi.


SSSR merosida respublikalar ulushi



Mamlakatlar

hududi

%

aholisi

%

ishlab chiqarish

%

Aholi jon boshiga YAIM

%



Ozarboyjan

0,43

2,6

1,8

56



Armaniston

0,15

1,1

1,1

118



Belorussiya

0,93

3,5

3,8

106



Gruziya

0,35

2,0

1,8

90



Qozog‘iston

12,23

5,7

5,1

90



Qirg‘iziston

0,89

1,4

1,0

60



Latviya

0,28

0,9

0,7

133



Litva

0,29

1,2

1,1

133



Moldaviya

0,15

1,6

1,3

80



Rossiya

76,25

52,0

57,8

114



Tojikiston

0,63

1,5

1,0

50



Turkmaniston

2,21

1,4

0,9

75



O‘zbekiston

2,10

7,1

4,4

96



Ukraina

2,75

18,0

17,8

92



Estoniya

0,23

0,5

0,4

140

Zamonaviy «ajralish»-mustaqil davlatlar tomonidan SSSR merosini tinchlik yo‘li bilan taqsimlashga 1991 yil dekabrida MDHning tuzilishi va uning faoliyati yordam berdi. Unga asta-sekin 12 respublika a’zo bo‘lib kirdi. Faqatgina Boltiqbo‘yi davlatlari bundan mustasno.

Eng asosiysi, MDH a’zolari ba’zi ikkilanishlar bilan va Boltiqbo‘yi davlatlari respublikalararo ma’muriy chegaralarning davlat chegaralari ekanligini tan olishga va o‘zaro hududiy da’volardan voz kechishga rozi bo‘lishdi. Armaniston unga qo‘shilishga intilayotgan Tog‘li Qorabog‘ni qo‘shib olishdan bosh tortdi. Shunday bo‘lsada keskin to‘qnashuvlarning oldini olishga muvaffaq bo‘linmadi. Bunday mojaro va to‘qnashuvlar respublikalarning o‘zaro da’volari tufayli emas, balki, Tog‘li Qorabog‘, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Dnestr bo‘yi, Chechenistonning ayirmachiligi tufayli ro‘y berdi.

SSSR hududida va ko‘pgina respublikalarda hamda MDH hududidan tashqarida joylashgan qurolli kuchlarning, shuningdek, harbiy flot va yadro qurolining taqdirini hal qilish qiyin bo‘ldi. MDH a’zolarining sovet qurolli kuchlarini mustaqil davlatlarning birlashgan qurolli kuchlariga aylantirishga urinishlari zoye ketdi: har bir davlat o‘z qurolli kuchlariga muhtoj edi va qisman SSSR sobiq qo‘shinlaridan foydalanib o‘z qo‘shinlarini tuza boshladi. Faqatgina Boltiqbo‘yi davlatlari o‘z qurolli kuchlarini butunlay yangidan tuzishdi.

Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Belorussiya hududida joylashgan yadro qurollari taqdirini hal qilish oson kechmadi. Oxir-oqibatda barcha raketa-yadro qurollarini zararsizlantirish uchun Rossiyaga topshirildi va boshqa respublikalar zararsizlantirilgan yadro qurollari mahsulotlari va qoldiqlariga egalik qilish huquqini saqlagan holda o‘zlarini yadrodan xoli hudud deb e’lon qildilar va yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasiga qo‘shildilar.

Fuqarolik floti sobiq sovet respublikalarning ishlab chiqarish kuchiga mutanosib ravishda bo‘lingan bo‘lsa, harbiy flot to‘laligicha Rossiyaga nasib etdi. Uning qora Dengiz flotining katta qismiga da’vogarlik qilayotgan Ukraina bilan uzoq muddatli muzokoralari o‘zaro manfaatli kelishuvga olib keldi.

SSSR, boshqa mamlakatlar bilan jiddiy o‘zaro majburiyatlarni ko‘zda tutuvchi 16 ming shartnoma va kelishuvga ega edi. SSSR tashqi davlatlarning ba’zilaridan 80 mlrd. dollarga yaqin qarzdor bo‘lsa, uning ko‘p ittifoqchilari ham unga shuncha mablag‘ berishlari kerak edi. Ukraina bilan olib borilgan murakkab muzokoralar va boshqa respublikalar roziligi bilan Rossiya MDHdan tashqaridagi Sovet qurolli kuchlari, SSSRning boshqa mamlakatlar bilan shartnoma va kelishuvlardagi qarz va kreditlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Rossiya Federatsiyasi (1922 yildan keyin) xalqaro munosabatlar subyekti sifatida tiklandi va SSSRning asosiy merosxo‘r vorisiga aylandi, BMTdagi SSSR o‘rniga ega bo‘ldi, BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zosiga aylandi, ammo SSSRning dunyo hamjamiyatidagi mavqei va roliga ega bo‘la olmadi. Ukraina va Belorussiya BMTning ta’sis etuvchi a’zolari bo‘lishgan bo‘lsa endilikda boshqa barcha respublikalar BMT a’zolari bo‘lishdi. Mustaqillikka erishish davrida ularning har biridagi ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy-siyosiy vaziyat o‘ziga xos edi. Shuning uchun SSSR hududida paydo bo‘lgan 15 ta yangi mustaqil davlatlarning taraqqiyot yo‘li turlicha bo‘ldi. Avvaldan Estoniya, Latviya va Litvaning liberal yo‘nalishi ma’lum bo‘ldi. Ko‘pgina boshqa respublikalarda Rossiyadagi kabi liberal yo‘lni tanlash kuchli muxolifatni bartaraf etishni talab etdi. Ko‘pchiligida yangi yo‘nalishni ishlab chiqish qiyin bo‘ldi va ularda jamiyat va davlatchilikning shakllanishi yanada qiyinroq kechdi.

Ammo, deyarli hamma respublikalar uchun eng og‘ir muammolar SSSRdan meros bo‘lib qolgan ushbu holatlar edi: parchalangan jamiyat, kam ta’minlangan aholi, tayanch (markaz)ga ega bo‘lmagan boshqaruv, hech qanday bozor munosabatlariga ega bo‘lmagan tarqoq korxonalar, to‘xtab qolgan va konversiya qilishni, ya’ni o‘zgartirishni talab etgan qurollar va harbiy materiallarni ishlab chiqarish korxonalari, kollektivlashgan (jamoalashgan) qishloq xo‘jaligining past samaradorligi, milliy madaniyatning sustligi va elatlararo ziddiyatlar.

Bu muammolarni bartaraf etish ilgari taxmin qilinganidan ancha ko‘p kuch va vaqt talab qiladi. Ko‘pchilikning umumiy faravonlikka tezda erishishga bo‘lgan umidlari amalga oshmadi. Ko‘pchilik bunda sovet merosini emas, balki «real sotsializm» xarobalari ustida qiyinchiliklar bilan yo‘l topayotgan islohotchilarni ayblay boshlashdi.


Rossiyada yangi o‘zgarishlar jarayoni va

isloxatlarning borishi

1991 yil avgustida to‘satdan bo‘lgan inqilobning g‘alabasi B.Yelsin va «Demokratik Rossiya»ning yelkasiga kutilmaganda yuk bo‘lib tushdi. Rossiya hukumati tub o‘zgarishlar dasturi ishlab chiqilguncha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. «Demokratik Rossiya» harakatida bundan keyingi olib borilishi kerak bo‘lgan ishlarning usul va yo‘llarida qarama-qarshilik borligi ayon bo‘lib qoldi. Shu sababli Yelsin va uning tarafdorlari avgust-sentabrda radikal islohotlar uchun xalqning ko‘tarinki ruhidan foydalana olmadilar.

Ammo sustkashlik qilishga imkon yo‘q edi: 1991-1992 yil qishiga Rossiyada na oziq-ovqat, na ularni sotib olishga mablag‘ va na boshqarish tizimi bor edi. Rossiya xalq deputatlari syezdining ko‘pchilik a’zolariga tuzumning puchligi va uni qayta tiklashning iloji yo‘qligi, uning o‘rniga shoshilinch ravishda yangi hukumatni tuzish zarurligi ochiq-oydin ma’lum edi. Shunday bo‘lsada, turli xil takliflarning ko‘pligiga qaramay, SSSRning Rossiyadagi xarobalari o‘rnida faqat imkoni bor narsani qilish, faqat yangi rahbarlar va nochor aholi qo‘lidan keladigan ishlarni amalga oshirish mumkin edi.

Liberal-demokratik tub o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlarini oktabrning oxirida Yelsin syezdga taklif etdi va buni Rossiya deputatlari syezdi esa ma’qulladi. Liberal islohotchilik ishini amalga oshirishdan eng tajribali kadrlar bosh tortgandan keyin, eski rahbariyatning bir qismi bilan reformist hukumat ishga kirishdi. YE.Gaydar «komanda»sini qo‘llab-quvvatlash uchun bu ishni prezidentning o‘zi boshqardi, uning birinchi o‘rinbosari esa «Demokratik Rossiya» harakati rahbarlaridan biri bo‘lgan G.Burbulis edi.

Tub o‘zgarishlarning qiyin kechishini oldindan ko‘ra bilgan ministr-islohotchilar o‘zlarini «kamikadze» (o‘limga mahkum qilinganlar) deb hisobladilar va bu o‘zgarishlarni tatbiq etishni qisqa muddatlarda amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. Belgilangan islohotchilik tadbirlarini amalga oshirish uchun prezident va hukumatning huquqi yetarli deb o‘yladilar, «qaddini rostlagan» kishilarning mafkurasi esa o‘z-o‘zidan liberal mafkura bo‘lib qoladi deb ishondilar. Buning ustiga hokimiyatning boshqa tarmoqlaridan madad olish uchun qayg‘urishmadi. Bu harakat ham xuddi prezident o‘ylamasdan turib bir yildayoq ahvolni yaxshilayman deb bergan va’dasidek jiddiy xato bo‘lib chiqdi.

Hukumat o‘z ishini mehnat haqini va ijtimoiy ta’minotni birmuncha yaxshilash, hamda ma’muriy va moliyaviy tashkilotlarni yangi vazifalarga moslashtirish choralaridan boshladi. So‘ngra hukumat ba’zi sohalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy mulkchilikni tiklash hamda bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rejalarini ishlab chiqdi va amalga oshirishga intildi.

Liberallashtirishga qarshi turgan raqiblarning, hamda uni boshqacha usul bilan amalga oshirish tarafdori bo‘lganlarning shafqatsiz qarshiligi, shuningdek, ma’muriy organlarning past darajada ijrochiligi islohotlarni amalga oshirishni qiyinlashtirdi. 1992 yil bahorida mamlakat prezidenti va hukumat markazdan qochish harakatlarini bartaraf etish va Rossiyaning butunligini saqlab qolish uchun «mustaqil respublikalar», o‘lkalar, viloyatlar va avtonom okruglar bilan Federativ shartnoma tuzib, har bir subyektga (hududiy birlikka) ular «hazm qila olaolgunlaricha» vakolat berishga majbur bo‘ldilar. Tub o‘zgarishlar jarayoni parokanda bo‘lib tarqalib ketayotgan sovet boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirila boshlandi. Bu apparatning xodimlari yangi vazifalarni amalga oshirishning yo‘llarini eplay olmadilar, ba’zilari esa xohlamadilar. Buning ustiga apparatda islohotchilarning yangi oqimi yetarli emas edi. Islohotlarni amalga oshirishda sabotaj (ishdan bo‘yin tovlash) va har xil hokimiyat organlarining bir-biriga qarama-qarshi buyruqlari halaqit berar edi.

Ammo har xolda Oliy Sovetning bir qator qonunlari va prezidentning ko‘plab buyruqlari asosida 2-3 yil ichida xususiy mulkchilikka o‘n yilliklar mobaynida nafrat uyg‘otilgan bo‘lsada Rossiyada nafaqat bozor munosabatlari qayta tiklandi, balki u ustunlik ham qila boshladi.

1992 yilning o‘zida barcha mahsulotlarga narxlar erkinlashtirila boshlandi: ehtiyoj va talabdan kelib chiqqan holda ular bozor munosabatlari asosida shakllana boshladi. Yilning oxiriga kelib davlat nazorati ostida faqat davlat budjetidagi ishchi va xizmatchilarning ish haqini va narxlarni belgilash qoldi. Narxlarning bunday liberallashtirilishi rublning yagona to‘lov vositasi va xo‘jalikni boshqarish quroli bo‘lishiga yetarli asos bo‘ldi. Hukumat Xalqaro Valyuta Fondining milliardlab dollar kreditlari yordamida rublni mustahkamlashga, budjetni taqchilliksiz qilishga hamda mamlakat moliya tizimini mustahkamlashga intildi. Biroq, mablag‘ning yetishmasligi davlat buyurtmalarining qisqarishiga olib keldi. O‘z navbatida bu eng asosiy sanoat korxonalaridan tashqari barcha korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish ishining boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu korxonalar boshliqlarning va ishchi xodimlarning aksionerlik mulkiga aylandi. Ular boshqa fuqarolarga aksiyalarning katta qismini xususiylashtirish chekiga (vaucherga) sotish huquqiga ega edilar. Vaucherlar hammaga berilar edi - ularni aholining 90 foizidan ko‘prog‘i asosan fondlar va olib sotarlar orqali olishardi va sotishardi. Xususiylashtirish kerakli darajada qonuniy asosga ega emas edi. Xususiylashtirilayotgan korxonalarning narxlari baland emas edi ularning baholari, fondlarning abstrakt narxida emas, balki narxlar bozor ehtiyojlarining past darajadagi to‘lov imkoniyatlariga mos tarzda belgilanar edi.

Shunday qilib mamlakatda 24 ming korxona va 15% ko‘ngilli-fermerlar tashlandiq yerlarga ega bo‘ldilar. Turli xil xususiy sanoat va savdo korxonalari, hamda banklar qonuniy yo‘l bilan ishga tushdi va ularni tashkil etish tezlashdi. Ammo ko‘plab yangi xo‘jayinlar ular ichida anchagina ilgaritdan xo‘jalik yurituvchilar ham bor edi, ular bozor sharoitlarida ish olib borishni bilmas edilar. Shu sababli samarali ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi juda murakkab jarayon bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonining pasayib ketishiga olib keldi va jonlanishning ancha cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ldi.

Davlatda yetarli mablag‘ning yo‘qligi buyurtma va sarmoya kutayotgan hamda konversiya uchun resurslarga ega bo‘lmagan, shuningdek, bozorga kerakli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qodir bo‘lmagan sanoat korxonalarining katta qismini falaj qilib qo‘ygan edi. Korxonalarning bir-biriga qarzini to‘lamay yurishi xo‘jalikning izdan chiqishini kuchaytirdi. Natijada bir yilda ishlab chiqarish 20% tushdi va pasayish davom etdi. Juda qiyin ahvolda davlat dotatsiyasi bilan yashayotgan fond, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot kabi sohalar mablag‘siz qoldi.

Mulkchilikni va bozor munosabatlarining qonun tomonidan himoyalanishining yo‘qligi, huquqni himoya qilish organlari yangilanishining kechiktirilishi suiste’mol va jinoyatning o‘sishiga imkon berdi. Rubl missiyasi narxning 26 barobar o‘sishiga, pulning qadrsizlanishiga va rublning dollar tomonidan siqib chiqarilishiga olib keldi. Pulning qadrsizlanishi omonat pullarning, vaucherlarning va maoshning quvvatini tushurib, aholining katta qismini nochor ahvolga solib o‘ydi. Ishsizlik o‘sdi va maoshni o‘z vaqtida to‘lamaslik ommaviy tus oldi. Aholi daromadi 2 barobar pasaydi. Xalqning ta’minot va farovonlik haqidagi umidlari puchga chiqdi va bu aholining barcha qatlamlarini norozi qildi. Bu voqealar ko‘plarga - A.Soljenetsindan tortib to G.Zyuganovgacha, ya’ni barchaga liberallashtirish va xususiylashtirishni talonchilik va xalqqa qarshi harakat deb atashga asos bo‘ldi. Kommunistlar xalqning qiynalishining asosiy sababi «real sotsializm» o‘n yilliklarining halokatli oqibati emas, balki islohotlarni no‘noqlik bilan amalga oshirayotgan yangi hokimiyatdir deb, jar solishdi va shu yo‘l bilan mamlakatni yana sotsializm yo‘liga qaytarishga urindilar.

Mamlakatdagi qarama-qarshiliklar «Demokratik Rossiya» blokining parchalanishiga olib keldi. Islohotlar sababli bo‘layotgan katta sarf-xarajatlar noroziliklarni kuchaytirdi va ko‘plab oppozitsiyadagi partiya va harakatlarni ruhlantirib yubordi. Oliy Sovetda va Deputatlar Syezdida nafaqat liberal-demokratik tub o‘zgarishlarning raqiblari bo‘lmish-kommunistlar shu bilan birga monarxistlargacha bo‘lgan oppozitsiyadagi kuchlar ham faollashib qoldilar. Vitse prezident A.Rutskoyga o‘xshagan vaqtinchalik sheriklar, islohotlarning boshqacha variantlarini tavsiya etuvchi R.Xasbulatov va G.Yavlinskiy kabilar ham faollashib qoldilar. Ularning ta’nalari Yelsinni islohotlarning ba’zi bir sohalarini to‘xtatib turishga, hukumat tarkibiga «boshqarmachilarni» kiritishga, so‘ngra undan o‘zi chiqib, Gaydarga qoldirishga majbur qildi.

1992 yil dekabrida syezd ishini barbod qilishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, Yelsin Gaydarni «boshqarmachilar» va «direktor»lar orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan sobiq sovet vazirlaridan biri V.Chernomo‘rdin bilan almashtirishiga majbur bo‘ldi.

«Boshqarmachilar» ko‘pchilikni tashkil etgan V.Chernomo‘rdin hukumati xalqning ishonchini ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va aholi turmush darajasini biroz yengillashtirish kabi va’dalar bilan qozonmoqchi bo‘ldi. «Boshqarmachilar» tub o‘zgarishlarni o‘zlarining nazoratchilari ostida bo‘lgan xoldinglar tuzishga qaratmoqchi bo‘lgan bo‘lsalarda, hokimiyat liberal vazirlarning zo‘r berishi bilan Yelsin quvvatlayotgan islohotlar dasturini, ya’ni xususiylashtirishni hamma joyda, qayerda xususiy mulkchilik davlatnikidan samaraliroq bo‘lsa, o‘sha joyda amalga oshirishni davom ettirdi va inflyatsiya hamda budjet tanqisligini pasaytirishga intildi. Bu hol bir tomondan Yelsin va hukumat bilan ikkinchi tomondan Oliy Sovet va syezddagi ko‘pchilikni tashkil etuvchi oppozitsiya o‘rtasidagi nizoni kuchaytirib yubordi. Oppozitsiya Oliy Sovet syezdining Konstitutsiya bo‘yicha oliy hokimiyat bo‘lishligidan, hatto Konstitutsiyani o‘zgartira olishligidan, hukumat harakatlarini to‘xtata olishligidan va mamlakat resurslarini nazorat qila olishligidan foydalana bildi. Syezd vakolatlarini chegaralab qo‘yishga intilgan Yel’sin va hokimiyatdan Yelsinni chetlashtirishga intilgan oppozitsiya o‘rtasidagi keskin ixtilof 1993 yil 25 aprelda umumxalq referendumini o‘tkazishga olib keldi. Referendumda ko‘pchilik prezidentga ishonch bildirdi va uning ijtimoiy-siyosatini qo‘llab-quvvatladi, ammo na deputatlarni, va na prezidentni muddatidan oldin qayta saylashni istamadilar. Norozi bo‘lgan kommunistlar 1 mayda Moskvada katta namoyish o‘tkazish bilan hokimiyatni shturm qilib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Oppozitsiya syezdning mutloq hukmronligidan va islohotlarni so‘ndirish uchun sovetlarning mutaassib tizimidan foydalanganligi sababli, kommunistlar modernizatsiyalashgan Sovet Konstitutsiyasini saqlab qolish tarafdori edilar. Bu Konstitutsiyani parlamentar respublikasi ruhida yangilashga rozi bo‘ldilar, bu taklifni esa prezident tutgan yo‘lning liberal-demokratik muxoliflari berishgan edi. Yelsinning safdoshlari yangi Konstitutsiyaga muvofiq liberal-demokratik prezidentlik respublikasini tuzishga intildilar, uning loyihasi esa Yelsinchilar tomonidan chaqirilgan konstitutsion kengash tomonidan tayyorlangan edi.

Oliy Sovet raisi R.Xasbulatov boshqargan oppozitsiya kuchlarining safarbar etilishiga va prezident vakolatlarini cheklashga ko‘rilayotgan tayyorgarliklarga qarshi 1993 yil 21 sentabrda Yelsin davlat to‘ntarishini amalga oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chikdi. U o‘z farmoyishida, oppozitsiyani hokimiyatni falaj qilganlikda ayblab, bosqichma-bosqich konstitutsion islohotlarni boshlaganligini e’lon qildi. Xalq deputatlari syezdini va Oliy Sovetni tarqatib yuborganligini e’lon qilib, ularning a’zolariga prezident hamma fuqarolar qatori yangi konstitutsiya va yangi huquqiy organlarini saylash haqidagi referendumda qatnashishlarini taklif qildi.

Oliy Sovetning ko‘pchilik deputatlari buyruqqa buysunishdan bosh tortdilar. Oliy Sovet Oq uyda xalq deputatlari syezdini chaqirdi va Yelsinni ishdan olinganligini e’lon qildi. Vitse-prezident Rutskoyni vaqtinchalik prezident etib saylashganliklarini bildirdilar. Oq uy oppozitsiyaning tayanch qarorgohiga aylandi va bu yerga ularning tarafdorlari oqib kela boshladilar, ekstremistlar esa hoxlovchilarga qurol tarqata boshladilar va otryadlar tuzdilar. Yelsinni qo‘llab-quvvatlagan hukumat tomonidan Oq uyning qamal qilinishi oppozitsiya rahbarlarini Yelsin vakillari bilan muzokora olib borishga majbur etdi, bu vakillar esa nizoni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdorlari edilar. Patriarx yordami bilan bitim tuzildi. Ammo hamma mahalliy sovetlardan olingan qutlovlar va ekstremistlarning tashabbuslari Xasbulatov-Rutskoy bloki g‘alaba qilishiga ishonch uyg‘otdi. Shuning uchun tuzilgan bitim ular tomonidan ma’qullanmadi. Qurollangan ekstremistlar 3 oktabrda Moskva meri binosini ko‘lga oldilar va telemarkazga xujum uyushtirdilar, Xasbulatov esa kechasi Kremlni qo‘lga olishga chaqirdi.

Oppozitsiyaning bir qismi qurolli harakatlarga o‘tgani sababli ularga Yelsin qurolli kuch bilan javob berdi, bu kuch esa Yelsinda ko‘proq edi. 4 oktabrda Oq uy o‘qqa tutildi va oppozitsiya taslim bo‘ldi. Oppozitsiyaning boshliqlari esa qamoqqa olindi. Ikki tomondan jami bo‘lib 150 kishi halok bo‘ldi. Rossiyani radikal yangilash muxoliflarining o‘ziga ishonganligi va ular tomonidan qurol ishlatilganligi qonli to‘qnashuvga va qurbonlarga olib keldi. 21 sentabrda boshlanib 4 oktabrda tugagan to‘ntarish mamlakatning davlat tuzumini yangilagan Konstitutsiya haqidagi referendumga yo‘l ochdi. Referendum yo‘lini tozalash uchun oktabr oyida prezident o‘zining buyrug‘i bilan hamma qatlamdagi sovetlarni tarqatib yubordi. 1917 yilda barpo bo‘lgan Sovet tuzumi tugatildi. Aholi bundan hayajonga tushmadi, sababi omma bo‘layotgan voqealarni hali oxirigacha tushunib yetmagan edi. Ikkinchidan, sovetlar allaqachondan beri nomigagina ishlayotgan edilar. O‘lka-viloyatlarning vaqtinchalik rahbarlari prezident etib saylandilar. Yelsin oppozitsiyaning qurolli harakatiga qo‘shilgan shaxslarni va tashkilotlarni referendumda qatnashish huquqidan mahrum etdi. Tub o‘zgarishlarga dadil qadam tashlay turib, prezident yerni erkin oldi-sotdi qilish haqidagi buyrug‘ini chiqardi va yangi konstitutsiya loyihasini e’lon qildi.

Ammo rivojlanishning har xil yo‘nalishlari tarafdorlarining to‘qnashuvlari deb baholangan to‘ntarish, qon to‘kishlarning mohiyati aholiga qorong‘u edi va u ko‘pchilik tomonidan jizzaki rahnamolarning yoki hokimiyatdagi turli xil toifalarning to‘qnashuvi deb tushunildi. Ko‘pchilik ommaviy axborot vositalari ham shu haqda fikr bildirdilar. Bu tushunmovchilik juda qimmatga tushdi va Yelsin hamda uning tarafdorlariga bo‘lgan ishonch pasayib ketdi.

1993 yil 12 dekabrdagi Umumxalq referendumida saylovchilarning 54 foizidan ko‘prog‘i qatnashdi va (Tatariston va Checheniston respublikasidan tashqari), saylovchilarning 58 foizidan ko‘prog‘i taklif etilayotgan konstitutsiya uchun ovoz berdilar. Saylov natijalari xalq hokimiyatini, inson erkinliklari va huquqlarini ustun deb tasdiqlaydigan yangi konstitutsiya qonuniyligining asosi bo‘ldi. Rossiyaliklar sodir bo‘layotgan voqealarning aholi tomonidan tushunilish darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, yana bir marta o‘zlarining liberal-demokratik yo‘lining to‘g‘riligini tasdiqladilar, ammo bu yo‘ldan islohotlarni amalga oshirib borish juda qiyin kechdi.

Yangi konstitutsiya oldingi sovet davri konstitutsiyalaridan keskin farq qilar edi. Rossiya demokratik federativ respublika bo‘ldi, unda hokimiyat manbai sifatida ko‘p millatli xalq ommasi tan olindi, insonparvarlik g‘oyalari, inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklari, ko‘chib yurishlari, xususiy mulk va tadbirkorlik ustuvor va daxlsiz deb e’lon qilindi. Yangi konstitutsiya, federal tuzilishning xilma-xilligini saqlagan holda, federatsiya subyektlarining tengligini, (ular saylagan hukumatlar katta vakolatlarga ega edilar) Rossiya federatsiyasi hududlarining butunligi va buzilmasligini e’lon qildi. Rossiyada hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi prezidentning keng vakolatlari, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilashi, hukumatni tuzishi va buyruqlar chiqarish huquqlari bilan birga qo‘shib olib borildi. Federal majlisga ya’ni Davlat dumasi va Federal Sovetga bo‘lgan saylov natijalari xalq ommasi keng tabaqalarining erkinlik va demokratiya to‘g‘risidagi g‘ira-shira tasavvurlari, hamda ular katta qismining kommunistik va millatchilik kayfiyatdagi puch orzulari ta’sir ko‘rsatib turdi. Liberal-demokratik islohot tarafdorlari Davlat dumasida eng katta fraksiyani tuzishga erishgan bo‘lsalarda, biroq ular o‘rtasidagi o‘zaro nizolar va oppozitsiya kuchlari qonunchilik ishlarining bajarilishiga halal berib turdi.

Baxtga qarshi liberal-islohotchilar tashabbusi bilai boshlangan ko‘pgina muhim o‘zgarishlarni prezidentning farmonlari bilangina amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Buning ustiga keng vakolatlarga ega bo‘lgan prezident aholining katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi uchun farmonlar, qarorlarning amalga oshirilishi uchun yetarlicha hokimiyatga ega emas edi. Hatto u ta’qib ostiga olinardi. Islohotlardan o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilgan odamlar prezident atrofida haddan tashqari ko‘p to‘plangan bo‘lib katta ta’sir etuvchi kuchga ega edi. Natijada ular mamlakat xalq xo‘jaligi va aholini ijtimoiy himoya qilish uchun sarflanadigan mablag‘larning anchagina qismini keraksiz narsalarga: Kreml saroylarini ta’mirlashga va prezidentning yangi rezidensiyalarini qurishga sarfladilar.

V.Chernomerdinning hukumatida 1997 yilgacha «boshqarmachilar» ko‘pchilikni tashkil etardi. Ilgarigi sovetlarning boshqarish apparati o‘rniga yangi ma’muriy apparatni tuzish markazda ham va federatsiya subyektlarida ham juda sust borardi, federal hokimiyatning yuqori pog‘onasi zaifligicha qolmoqda edi. Ilgarigi partiya-sovet xo‘jaligi sohalarida ishlagan rahbarlar boshqarishning markaziy organlari xodimlarining 60 foizini, respublikalar, o‘lkalar va viloyatlar ma’muriyatlari xodimlarining 80%ni va kuch ishlatadigan, hamda huquqni himoya qilish tuzilmalarining 100%ni tashkil etardilar.

Ammo hukumatda va Prezident ma’muriyatida, shuningdek, Davlat dumasida hali liberal-reformatorlar mavjud edi (A.Chubays va boshqalar), ularning tashabbusi va prezident qo‘llab-quvvatlashi bilan tub o‘zgarishlar harna bo‘lsada davom etardi. Mamlakat ishlab chiqarishining 70% ga yaqini aksionerlar va xususiy kompaniyalar qo‘liga o‘tdi. Davlat dumasi tomonidan konstitutsiyaga mos keladigan fuqarolar kodeksi qabul qilindi, unda xususiy mulkchilik munosabatlari mustahkamlandi. Yagona sud sistemasi haqidagi qonun chuqur sud islohotlarini boshlab berdi. Asta-sekin konstitutsiyaga mos keladigan mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish sistemasi (tizimi) shakllana boshladi, shaharlarda va tumanlarda sovetlar va upravalar saylanib harakat qila boshladilar. SSSRdan meros qolgan qurolli kuchlar asta-sekinlik bilan uch barobarga qisqartirildi.

Ammo hukumat bozor iqtisodiyotiga hos bo‘lmagan munosabatlarni yengish uchun chora topolmadi. U davlat mulkidan keladigan daromadni ko‘paytira olmadi va soliq yig‘ishni ta’minlay olmadi. Ro‘yxatdan o‘tishni xohlamagan korxonalar -«xufyona iqtisodiyot» mamlakat yalpi ichki mahsulotining 25%dan 45% gacha berib turdi. Ko‘plab uddaburonlar katta mablag‘ni hatto chet elga ham o‘tkazib yuborish yo‘lini topdilar. Hukumat mayda va o‘rta biznesni hamda fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun juda oz mablag‘ ajratdi. Kolxoz va sovxozlarning yerga haqiqiy egaligisiz aksioner jamiyatlarga aylantirish nomigagina bo‘ldi va qishloq xo‘jaligini jonlantirolmadi. Hokimiyat tepasida turganlarning aholini ma’muriy yo‘l bilan kerakli tomonga yo‘naltirmoqchi bo‘lgan urinishlari korrupsiyaning rivojlanishiga imkon berdi. Xokimiyatdagilar mulkchilikning daxlsizligini nafaqat himoya qilaoldilar, balki o‘zlari fuqarolarning boshqa huquqlarini ham buzdilar, maosh va nafaqalarni o‘z vaqtida berolmadilar. Chernomirdin: «Yaxshi bo‘lishini istadik, ammo har doimgiday qolaverdi», - deb ochiqchasiga tan oldi.

Oppozidiya Davlat dumasida yerni erkin oldi-sotdi qilishga va garovga qo‘yishga halaqit berardi. «Tabiiy monopoliyalarning» mustahkamlanib olgan rahbarlari, ko‘p tarmoqli moliya-sanoat guruhlarining boyib ketgan xo‘jayinlari va kolxoz-sovxozlarning «agrariya» deb ataladigan soha rahbarlari hukumatdagilarga o‘z manfaatlarini bo‘yinturuq qildilar, moliyaviy firibgarlikda kuyib bankrot bo‘lgan banklar esa millionlab odamlarni aldadilar.

Hukumat tomonidan kam ta’minlangan qatlamlarga yordam berish, maoshni va nafaqalarni indeksatsiya qilish borasida choralar ko‘rildi. Ammo ishlab chiqarishning jiddiy tushib ketishi, ishsizlikning kupayishi va aholi turmush sharoitining yomonlashuvi davom etdi. Ijtimoiy keskin qarama-qarshilik, ayniqsa, «yangi ruslar», «shohona» yashash tarziga o‘rganib qolgan byurokratik yuqori tabaqalar va zo‘r-bazo‘r hayot kechirayotgan ko‘pchilikni tashkil etadigan aholi o‘rtasida kuchayib ketdi.

Kasaba uyushmalarida mehnatkashlar haq-huquqlarini himoya qilish tajribasi juda oz edi, qaytadan rekonstruksiya qilingan tog‘-kon sanoati va sanoatning boshqa tarmoqlarining ishchilari katta ish tashlashlar qilib, temir yo‘llarni bekitib qo‘ydilar, marsh yurishlari uyushtirdilar, qamal qildilar, piketlar uyushtirib, g‘alayonning boshqa turlarini o‘tkazdilar. Maosh ololmagan o‘qituvchilar va vrachlar ham g‘alayon ko‘tardilar. Axloq qoidalarining va hokimiyatning zaiflashib ketishi natijasida mulkni qayta bo‘lish va boyishning yangi imkoniyatlari tug‘ilgan bir vaqtda uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaning nihoyatda rivojlanib ketishiga imkon tug‘dirdi. Ko‘plar, ya’ni o‘zining faravonligini davlatning buyukligiga bog‘liq deb hisoblaydigan kishilar, (ular uchun teskari bo‘lishi mumkin ham emas edi) liberal-demokratik tub o‘zgarishlardan umidlarini ham uzdilar. Natijada turli xil «buyuk davlatchilar» faollashib ketdilar - bular Rossiya Federatsiyasi kompartiyasi va boshqa «murosasiz» partiyalar, sotsializmga qaytishga urinayotgan oppozitsiyachilar, shuningdek, millatchilar, buyuk davlatchilar va turli xil milliy separatistlar: chechen va tatarlardan tortib to tuvalik va yoqutlargacha faollashdilar.

Prezident siyosati natijalaridan aholining noroziligiga umid bog‘lagan kommunistlar 1995 yilda Davlat Dumasiga bo‘lgan saylovlarda g‘alaba qilishdi. Saylovda yadrosini Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi tashkil etgan oppozitsiya mutlaq ko‘pchilik ovozga ega bo‘ldi. Kompartiya mamlakatda tub iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni o‘tkazishga va Rossiya Federatsiyasining xalqaro majburiyatlarini bajarishga xalaqit berdi. Bu xol, ayniqsa, chet el kreditlari va sarmoyalarini jalb etishda yaqqol ko‘rindi.

Mamlakat tepasida turganlar asosan ilgarigi partiya va sovet organlari nomenklaturasida turganlarning qoldiqlaridan va liberal-demokratik oqimlarning rahbarlikka ko‘tarilgan vakillaridan iborat edi. Bular g‘oyaviy-siyosiy jihatdan o‘z manfaatlarini o‘ylaydigan raqiblardan iborat edilar. Ularni elita deb hurmat qilganlari bilan ularda na malaka, va na Rossiyaning yangi muammolarini hal etish uchun kerakli tajribalari bor edi. Jamiyatning jipslashishiga etnoslarning xilma-xilligi ham xalaqit berar edi. Ularning ichida eng buyugi ruslar bo‘lsa-da, biroq o‘zlarining milliy birligi zarurligini yetarli darajada anglay olmaganligi, hamda ko‘plab diniy oqimlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning mavjudligi, shuningdek, yaqin o‘tmishdagi yo‘qotishlardan o‘zini o‘nglab ololmagan pravoslaviya mazhabi o‘rtasidagi raqobatlar jamiyatning jipslashishini murakkablashtirib qo‘ygan edi. Ko‘pchilik respublikalar va okruglarda titulli etnoslar ozchilikni tashkil etardilar. Deyarli hamma okruglar oblast va o‘lkalar tarkibida edilar, oblastlar va o‘lkalarning esa, ta’minlay oladigan xo‘jaligi yo‘q edi va markaz dotatsiyasiga qaram edi (dotatsiya - beriladigan qo‘shimcha yordam). Federatsiyaning subyektlari o‘rtasida esa ilgarigidek, bevosita bozor aloqalari va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik yo‘q edi.

Federatsiyani jipslashtirish uchun hukumat Rossiya Federatsiyasining 50 tagacha subyektlari bilan ularning vakolatlariga o‘zgartirishlar kiritish uchun alohida shartnomalar tuzdi. Ammo markazdan qochma intilishlar kuchaydi, respublikalar, o‘lkalar, oblastlar va okruglar tomonidan Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi moddalarini va federal qopunlarini ko‘plab buzilishi odatiy hol bo‘lib koldi. Federal mamlakatda yaxshilikning «emaklab parchalanish» davri boshlandi, bunga esa faqat subyektlarning o‘zaro hayotiy bog‘liqligi to‘sqinlik qilishi mumkin edi.

Federal qo‘shinlarning o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Chechen respublikasiga (Ichkeriyaga) «konstitutsion tartibni» o‘rnatish uchun yuborilishi oqibatida 1994-96 yillarda 100 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. Vayronagarchilik keltiruvchi urushga sabab bo‘ldi. Bu urush mamlakat xom ashyosiga putur yetkazdi, xalqaro obro‘yning tushib ketishiga olib keldi va mag‘lubiyat bilan tugadi. Ichkeriyaning o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan statusning Rossiya tomonidan tan olinishi esa keyinga qoldirildi. B.Yelsin va Ichkeriya aholisi tomonidan saylangan prezident A.Maxadovning qo‘shma bayonotida Rossiya va Ichkeriyaning munosabatlari xalqaro huquq normalari asosida amalga oshiriladi,» - deb ta’kidlandi.

Aholining prezidentga va hukumatga bo‘lgan ishonchiga ancha putur yetgan edi. Ammo, Yelsindan bo‘lak islohotlar uchun kurashchilar orasida 1996 yilgi prezidentlik saylovlarida kommunistlarning nomzodi Zyuganovga qarshi turadigan boshqa nomzod topilmadi. Yelsinning g‘alabasiga ishonmagan uning atrofidagi bir qism kishilar to‘ntarish uyushtirishni, ya’ni Kompartiyani ta’qiqlab qo‘yish va saylovlarni orqaga surishni taklif qildilar. Ammo Chubays va boshqa islohotchilarning sa’yi-harakatlari bilan Yelsinning shuhratini oshirishga erishildi va xullas 1996 yilning yozida saylovlarning ikkinchi turida kommunist raqiblarining deyarli hammasi Yelsinga ovoz berdilar. Aldanganligiga, umidlari puchga chiqqanligiga qaramay, ko‘pchilik rossiyaliklar liberal tub o‘zgarishlar yo‘lidan chekinmadilar. Bu narsa Yelsinning g‘alabasini ta’minladi va shuningdek, uning atrofidan va hukumatdan to‘ntarish tarafdorlari bo‘lganlarni chetlashtirish imkonini ta’minladi. Ammo g‘alabadan so‘ng u yarim yilcha bemor yotdi, Chernomo‘rdinning hukumati esa Yelsinning muvaffaqiyatlaridan islohotlarni tezlashtirish uchun foydalana olmadi.

Faqat keyingi yilning bahorida Yelsinning tashabbusi bilan hukumatga Chubays va boshqa «yosh islohotchilar» kirgandan so‘ng xujumga o‘tish uchun urinish qilindi: yirik kompaniyalarning davlat aksiyalarini tanlov asosida sotish boshlandi, soliq kodeksi, ijtimoiy ta’minot, uy-joy xo‘jaligi, qurolli kuchlar va yerni oldi-sotdi qilish masalalarini qayta islohot qilish ko‘zda tutildi. Biroq tub o‘zgarishlar o‘tkazilishining raqiblari, ommaviy axborot vositalaridan va Dumadan keng foydalanib, yosh islohotchilarning obro‘yini tushirishga va ularning sa’yi-harakatlarini falaj qilishga erishdilar.

Davlat dumasida ko‘pchilik bo‘lgan kommunistlar va ular ittifoqchilari ijtimoiy sohalarga, sobiq kolxoz-sovxozlar va harbiy korxonalar uchun belgilangan xarajatlarni ko‘paytirishni xukumatdan talab qildi. Ortiqcha xarajatlar uchun mablag‘ bo‘lsa-da hukumat bularning talablarini rad etishga jur’at etolmadi.

Natijada 1998 yilning bahorida Davlat dumasi tomonidan ma’qullangan davlat budjetini amalda hayotga tatbiq etishning iloji bo‘lmadi va Yelsin Chernomo‘rdinni S.Kiriyenko bilan almashtirdi. Davlat dumasi tasdig‘idan qiyinchilik bilan o‘tgan yangi premyer ministr falaj bo‘lgan mamlakat xo‘jaligiga kerak bo‘lgan mablag‘ni topish imkonini beradigan bir nechta qonunlar paktini ishlab chiqdi. Ahvol jahon moliya-valyuta inqirozi tufayli yanada murakkablashdi. Buning ustiga Davlat dumasidagilarning ko‘pchiligi S.Kiriyenkoni xush ko‘rmaganligi tufayli uning takliflarini rad etishdi va shu yo‘l bilan ular budjetni oxirgi imkoniyatdan ham mahrum qilishdi. Xalqaro valyuta fondidan kredit olinishiga qaramay, ko‘plab bank va korxonalarning ahvoli og‘irlashdi. Ishchi va xizmatchilarga maosh to‘lamaganligi sababli mamlakat g‘alayon va qo‘zg‘olonlar olovida qolgan edi, g‘alayonchi-shaxtyorlar yo‘llarni to‘sib qo‘ygan edilar. Hukumat ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham, mablag‘ olish masalasida ham madad ololmadi. Shuning uchun 1998 yil 17 avgustda S.Kiriyenko davlat o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga qodir emas deb e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Rossiya hukumatiga nisbatan ishonchga zil ketdi, rubl tez orada 3 barobar qadrsizlandi, ko‘plab banklar sindi, narx-navo nihoyatda ko‘tarilib ketdi va aholi yashash sharoiti juda yomonlashdi. Davlat dumasi nafaqat hukumatni, balki prezidentning ham iste’foga chiqishini talab qila boshladi. Kommunistlar prezidentning vakolatlarini cheklashga va hukumatni Davlat dumasi nazorati ostiga olishga intildilar.

Bu chuqur siyosiy inqiroz edi. Prezident Yelsinda na hukumatga madad berishga, va na Chernomo‘rdinni joyiga qaytarishga iloj bor edi. 1998 yili sentabrda u ijro hokimiyatiga boshliq qilib kommunistlarga yoqadigan YE.Primakovni qo‘yishga qaror qildi. Primakovning hukumatiga anchagina kommunistlar ham jalb qilingan edi. Ammo ularga liberal islohotlar ruhi qat’iylik bilan qarshi turdi. Natijada bunday ahvol iqtisodiy siyosatni parokanda qildi. Inflyatsiya importning qisqarishiga olib keldi, bu xol o‘z navbatida importning ko‘payib ketishi sababli to‘xtab qolgan ba’zi sohalarda 1999 yildan ishlab chiqarishning jonlanishiga olib keldi. Biroq tub islohotchilik o‘zgarishlarini tugallash uchun yangi mulkchilikni mustahkamlash, yerlarni, ishchi kuchlarini va uy-joylardan foydalanishni bozor munosabatlariga kiritish bo‘yicha bir qadam ham bosilmadi. Kommunistlar mamlakatni rejali xo‘jalikka qaytara olmadilar, ammo shunga qaramay tez-tez kasal bo‘lib turgan prezidentga xujum qilib turdilar va bahor oyida uni hokimiyatdan chetlatilishini talab qildilar. Kommunistlar mamlakatda barqarorlikni e’lon qilishda taniqli siyosatchi Primakov bilan ittifoqlarining muvaffaqiyatiga umid qilar edilar. Bu esa o‘z navbatida liberal tub o‘zgarishlar taqdirini xavf ostiga qo‘ydi.

Shuning uchun 1999 yil may oyida kommunistlar alyansi bilan «gulobi» hukumat o‘rtasidagi ittifoqning yanada mustahkam bo‘lishining oldini olish uchun, prezident Primakovni ishdan oldi, Davlat dumasida esa, Yelsinni prezidentlik lavozimidan olish to‘g‘risida qo‘yilgan rezolyutsiya yetarli ovoz ololmadi. Bu xol kommunistlar pozitsiyasini (mavqeini) ancha zaiflashtirdi.

Botqoqqa botgan islohotlar yo‘lini asrash maqsadida Yelsin Davlat dumasidagilarning ko‘pchiligiga yoqadigan V.Stepashinni hukumat boshlig‘i qilib tayinladi. Bu qadam ilgari Kiriyenko tomonidan ko‘zda tutilgan moliyaviy-iqtisodiy tizimni mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunlarni qabul qilish imkonini berdi. Ammo yangi premyer liberal-demokratik ommani birlashtirib safarbar qila olmadi.

Shunday bir paytda Moskva shahar meri Y.Lujkov tomonidan yetaklangan «byurokratik kapitalizm» tarafdorlari maydonga chiqishdi, ularning shiori - ma’muriy yo‘l bilan «kapitalizmchasiga ishlash, ammo sotsializmchasiga taqsimlash» edi. Ular o‘zlarini vatan himoyachilari deb e’lon qilib, o‘z tomoniga ko‘plab gubernatorlarni og‘dirib oldilar va Primakov boshchiligida Vatan-Butun Rossiya (OVR) (Otechestvo - Vsya Rossiya) nomli blokni tuzdilar. Prezidentning tutgan yo‘liga qarshi hujumda ular hatto to‘hmat va uydirmalardan ham foydalanishda kommunistlardan ham o‘zib ketdilar. Ular shu bilan liberal-demokratik tub o‘zgarishlar yo‘liga jiddiy g‘ov bo‘lib qoldilar.

B.Yelsin 1999 yil avgustida hukumat boshlig‘i lavozimiga ko‘tarilgan V.Putinga Davlat dumasidagi saylovlarda g‘alaba qilishiga va o‘zi tutgan yo‘lni davom ettirishiga umid bog‘ladi. Mamlakatda hali uncha tanish bo‘lmagan yangi premyerning chechen jangarilarini Dog‘istonga bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni Moskva hamda boshqa shaharlardagi terroristik xujumlariga chek qo‘yishlikdagi qatityaligi uni mashhur qilib yubordi.

1996 yilning kuzidan boshlab Ichkeriya haqiqiy mustaqillikka erishgan edi. Ammo aholining partikulyarizmligi va dala komandirlarining beboshligi Ichkeriyada yagona jamiyatning shakllanishiga, davlatchilikning va qonunchilikning mustahkamlanishiga halaqit berdi. Vahobiylik bilan jamiyatni birlashtirishga bo‘lgan urinish g‘oyaviy tarqoqlikni kuchaytirdi. Chechen jangarilarining chet el terroristlari tomonidan gijgijlangan avantyurasi-ya’ni ularning Dog‘istonga bostirib kirishi va Rossiya shaharlaridagi qo‘poruvchilik harakatlari Ichkeriya aholisini Rossiya harbiylarining zarbasiga duchor qildi. O‘n minglab aholi nobud bo‘ldi, yuz minglab kishilar qochoq bo‘ldilar. Grozniy shahrini vayron qilinishiga, qishloqlarning toptalishiga olib keldi, ommaviy repressiyalarga qarshi aholining bir qismi qarshilik ko‘rsatish, partizanlar urushi olib borish bilan javob berdi. Vaziyatni jiddiy siyosiy yo‘l bilan, hamma tomonlarning qatnashuvidagi muzokoralar yo‘li bilan hal etish va tinchlik o‘rnatish mumkin edi. Ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar Chechenistondagi va ularni qo‘llab-quvvatlagan chet el terroristlarini qoraladilar. Chechenistonga gumanitar yordam yubordilar va shuning bilan birga Rossiya hukumati va harbiylari tomonidan inson huquqlarining buzishlariga qarshi noroziliklar bildirdilar.

1999 yil kuzida ma’muriyat «Yedinstvo» harakatini tashkil etdi. Bu harakat o‘zining terrorizm va korrupsiyaga chek qo‘yish, huquq tartibot va barqarorlikni ta’minlash kabi talablari bilan o‘zining safiga aholining ancha qismini jalb etdn. Bu tashkilot ham saylov kompaniyasiga qo‘shildi va yangi nomzodlarni ilgari surdi. Bu tashkilotning rivojlanishiga premyer ministr Putin hamnafas ekanligi ham ularga yordam berdi. Shafqatsiz saylovoldi kurashlarida bu tashkilot oson g‘alabaga ishongan kompartiya va OVRga (Otechestvo Vsya Rossiya) qarshi kuchli raqibga aylandi.

1999 yil dekabrida yangi Davlat dumasiga saylovlar natijasida kommunistlar va ularning ittifoqchilari zaiflashib qoldilar, natijada ular ko‘p ovoz ololmadilar. Lujkov-Primakov bloki OVR ham hal qiluvchi muvaffaqiyatga erisha olmadi. Dumada Kuchli fraksiyalar paydo bo‘ldi «Yedinstvo» fraksiyasi va «Soyuz pravax sil» (O‘ng kuchlar ittifoqi) fraksiyasi. Birinchi marta tub o‘zgarishlar o‘tkazishni davom ettirish tarafdorlari bo‘lgan har xil fraksiyalar va guruhlarning birgalikdagi harakatlari, «Yabloko» ham shu jumladan, ularga davlat dumasida ko‘pchilik ovoz olish imkonini berdi.

O‘zining tutgan yo‘liga qarshi turgan raqib kuchlarning navbatdagi prezident saylovlarida jipslashishning oldini olish uchun Yelsin muddatidan oldin - 2000 yilning boshida iste’foga chiqdi. Hukumat boshlig‘i V.Putin, «qonun diktaturasi» nomli ommabop shior va bozor iqtisodiyotini jonlantirish rejalari bilan chiqib, nafaqat prezident vazifasini bajaruvchi, balki shu bilan birga mart oyida muddatidan oldin bo‘ladigan prezident saylovlarida g‘alaba qilish uchun eng ommaviy nomzod ham bo‘lib qoldi. Uning ommalashishiga ishlab chiqarishning, neft eksporti va soliq yig‘imlaridan kelgan daromadlarning bir qadar o‘sishi ham sabab bo‘ldi. Putin nomzodi uchun islohotlar tarafdorlarining ko‘pchiligi va hokimiyatni kuchaytirishni xohlaydiganlar ovoz berishdi. Natijada 2000 yili Putin Prezidentlikka saylandi.

Davlat dumasida islohotlar tarafdorlarining ko‘pchiligi ishtirokida bo‘lgan Putinning g‘alabasi tub o‘zgarishlarni davom ettirishga qulay sharoit yaratdi, uning ommaviyligining va mashhurligining saqlanib turishi esa hokimiyatning samaradorligini oshishiga imkon yaratdi. U tomonidan liberal islohotlarni chuqurlashtirish dasturi belgilab olindi. Bu dasturni amalga oshirish uchun federal hukumat organlari kuchaytirildi va Federatsiya Soveti tarkibi o‘zgardi, federatsiya subyektlarining qonunlari Rossiya federatsiyasi konstitutsiyasi va qonunlariga moslashtirildi, iqtisoddagi byurokratizmdan qutulish loyihalari ilgari surildi, «tabiiy» monopoliyalar sudlov, suv, yer, nafaqa, uy-joy va boshqa islohotlar restrukturizatsiya qilindi.

Biroq, regionlarda bozor iqtisodiyotini barqaror o‘sishi uchun, sarmoyalar jalb etish uchun, ishlab chiqarishning eskirgan asbob-uskunalarini konversiya qilish va yangilash uchun sharoit hozircha yaratilmadi. Aholining xarid qilish qobiliyati o‘sib borayotgan inflyatsiya bilan susaytirildi. Shunday bo‘lsada, uy-joylarni issiqlik, yonilg‘i va suv bilan ta’minlashning eskicha tizimini buzish tezlashtirildi. Ma’muriy idoralarning inson huquqlari va erkinliklarini buzmasdan «tartib o‘rnatishni» eplay olmasliklari, har qanday tashabbusni falaj qilib tashlaydigan byurokratizm va o‘sib borayotgan korrupsiya, shuningdek, Chechenistondagi qonli urush, u yerda aholining bir qismi faqat tirik qolish uchungina federal hukumat bilan hamkorlik qilayotganligi, bularning hammasi jamiyatning jipslashuvini qiyinlashtirdi. Qiyinchiliklarga qaramasdan, liberal-bozor islohotlari va yangi konstitutsiya tufayli Rossiya federatsiyasi jahon hamjamiyatida liberal yo‘nalishdagi mamlakatlar sirasiga kirib oldi. Biroq u shu bilan birga SSSRdan ba’zi bir buyuk davlatchilik va militaristik xususiyatlarni ham meros qilib oldi. Bular jumlasiga urushda qo‘lga kiritilgan hududlarni ushlab turish, millatlarni o‘z taqdirini o‘zi belgilashi huquqini cheklash, ma’muriyatni militarizatsiyalash, taxdid qilish va siyosiy masalalarni hal etishda qurolli kuchlardan foydalanish, raketa-yadro va harbiy-dengizda buyuk bo‘lishga da’vo qilish, hududiy gegemonlikka intilish, chet elda «vatandoshlar» huhuqini himoya qilish, (bular qatoriga SSSRning barcha sobiq fuqarolarini yoki rusiyzabon fuqarolarni ham qo‘shadilar), kabi masalalar kiradi. Ammo ma’muriyat Rossiyaning o‘z ichida ham inson huquqlari buzilishini bartaraf etishga qodir emas edi. Bozor iqtisodiyoti bo‘yicha tub o‘zgarishlarning tugallanmaganligi, ishlab chiqarishning past darajadaligi Rossiyani «o‘tish davridagi iqtisodiyotli» mamlakatlar sirasiga kiritadilar. Uning xo‘jaligi «asosan erkin emas» deb hisoblanadi, chunki unda davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta va ma’muriy tarzda aralashadi. Rossiya jahon yalpi mahsulotining 2,67 foizini beradi - AQSH va Xitoydan bir necha barobar oz. Agar yoqilg‘ilar, qurollarning ba’zi turlarini va atom energiyasini eksport qilishni hisoblamasak, yetarli darajada bo‘lmagan raqobatbardoshligi va tashkiliy-moliyaviy zaifligi Rossiyani jahon savdosida qatnashuvining kengayishini qiyinlashtiradi. Jahon savdosida Rossiyaning ulushi jahon yalpi mahsulotidagi ulushidan ham past.

Bugungi Rossiya bundan 4-5 yil oldingi Rossiyaga mutlaqo o‘xshamaydi. Agar XX asrning oxirida kommunistlar, demokratlar hamda liberal-demokratlar mamlakatda katga kuch hisoblangan bo‘lsa, bugun ular o‘z mavqelarini yo‘qotdilar. Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarida «Yediniya Rossiya» (Yagona Rossiya)ning oshig‘i olchi. Davlat dumasida ham ilgarigi chaqiriqlar, fikrlar qarama-qarshiligi, ehtiroslar yo‘q. Bugungi duma asosan bitta siyosiy partiya vakillaridan yoki shu partiya dasturiga xayrixoh deputatlardan uyushgan parlament hisoblanadi. Bugungi kunda hukumat bilan parlament til topishib ishlamoqda. 2004 yilning mart oyida Rossiyada prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Vladimir Putin yana Rossiya prezidentligiga saylandi. Mana shu prezradent saylovi kompaniyasi ham Rossiyadagi siyosiy kuchlarning bir fikrga kelishib ishlayotganini bildirdi. Natijada, mamlakat iqtisodiyotida o‘sish yuz berdi, odamlarning turmush kechirishi ularni ish bilan ta’minlash yaxshilandi. Uning xalqaro miqyosdagi obro‘si oshdi.

Agar 2001 yili mamlakat aholisnning 30%i kambag‘all darajasida yashagan bo‘lsa, 2004 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 18%ga tushdi. Ishlab chiqarishning yillik o‘sishi 2005 yilda 6-7% ni tashkil etdi. Tashqi qarz uzib bo‘lindi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish yildan-yilga o‘smoqda. Agar 2002 yili u 4 mlrd, 2003 yili 6 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yidda bu ko‘rsatkich 10 mlrd AQSH dollaridan oshib ketdi.

Biroq, Checheniston masalasida, Gruziya va Ukraina davlatlari bilan munosabatlar masalasida Rossiya bilan Yevropa Itgifoqi, NATOga a’zo davlatlar hamda AQSH o‘rtasida fikrlar qarama-qarshiligi mavjud. Kurill orollari masalasida Yaponiya davlati bilan uzoq yillardan beri tortishuv davom etmoqda.

Rossiya-O‘zbekiston munosabatlariga kelsak, o‘tgan yillar ichida davlat va hukumat darajasida 150 dan ziyod shartnoma va kelishuvlar imzolanib, ularning eng muhimlari 1998 yilning oktabrida Toshkentda imzolangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda 2004 yilning 16 iyunida Toshkentda imzolangan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik haqidagi bitimdir.

Rossiya O‘zbekistonning ilgarigidek yirik savdo partnyori bo‘lib qolmoqda. Rossiyaning O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1999-2000 yillarda 13% dan 17% gacha o‘sganligi ham buning dalilidir. Faqat 2003 yilning o‘zida ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 26% ga o‘sib, 1 mlrd 150 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2005 yil bu ko‘rsatkich 2 mlrd. AQSH dollariga yaqinlashib qoldi.

Rossiya tashqi siyosatining g‘oyaviy asosi, sobiq SSSR tashqi siyosatidan farqli o‘laroq mamlakat resurslarini ko‘p millatli aholining ehtiyojlarini qondirish uchun samarali foydalanishdan iboratdir.

Rossiya ma’muriyati boshqa sobiq sovet davlatlari bilan hamkorlik qilgan xolda tinch yo‘l bilan SSSR merosini bo‘lishning murakkab masalalarnni hal qildi. MDHning samaradorligini oshirish va o‘zaro xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmoqda. AQSH bilan qurollanishni qisqartirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Kengaygan Yevropa ittifoqi bilan, AQSH, Yaponiya, Hindiston, Eron bilan keng moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xitoy bilan do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Rossiya Yevropa Kengashining a’zosi va ko‘plab xalqaro tashkilotlar qatnashchisi bo‘ldi, shuningdek, Xalqaro valyuta fondida ishtirok etmokda. Rossiya BMT faoliyatida turli regionlarda tinchlikni saqlab turish harakatida faol ishtirok etmoqda, gaz va neft mahsulotlarini, raqobatbardosh zamonaviy qurollarni va yadro reaktorlarini eksport qilishni kengaytirish borasida o‘zining o‘rniga ega.

Oxir oqibat Rossiyaning kelajak taqdiri uning hukumati va xalqi tomonidan «real sotsializmning» asoratlarini yengish qobiliyatiga, uning ulkan tabiiy resurslaridan foydalana olishiga, nihoyatda katta o‘lchamda va og‘ir bo‘lgan xo‘jalikning samaradorligini ko‘tarishga, mamlakatning tarixiy birligini ta’minlab, uning bozor infrastrukturasining zaifligini bartaraf qilib olishga, real manfaatlar bilan izzat-nafsi o‘rtasidagi nomutanosibliklarni yengib o‘tishga ham juda bog‘liqdir. Rossiyaning turmush qiyinchiliklarini yengib chiqishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari bilan jahon hamjamiyatida yetakchi o‘rin egallashi ko‘p jihatdan mana shularga bog‘liqdir.

1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə