Bu ilmiy ishni tanlashimdan asosiy maqsad ikki rivojlangan davlatning ya’ni, Fransiya va Germaniyaning ma’daniy ma’rifiy sohalardagi aloqalarni o’rganish va uni bir-biri bilan chog’ishtirishdan iborat




Yüklə 129.46 Kb.
səhifə1/3
tarix29.04.2016
ölçüsü129.46 Kb.
  1   2   3


Kirish


Bu ilmiy ishni tanlashimdan asosiy maqsad ikki rivojlangan davlatning ya’ni, Fransiya va Germaniyaning ma’daniy ma’rifiy sohalardagi aloqalarni o’rganish va uni bir-biri bilan chog’ishtirishdan iborat. Ayrim xalqlarning xalq og’zaki ijodidagi bir xil yoki bir biriga yaqin bo’lgan obrazlarning mavjudligi avvalo, ushbu xalqlarning tarixi, ma’daniy taraqqiyoti va shu xalqlar o’rtasida bo’ladigan turli xil sohalar borasidagi aloqalar bilan chambarchas bog’likdir.

Bunda qo’shiqlar u xalqdan bu xalqqa o’tib, o’zgarib,shu xalq muxitiga moslashib prozoik tarzda o’z yo’lini davom ettiraveradi.D.S.Lixochevning fikriga ko’ra epos-xalqning ko’zgusi bo’lib, unda she’riy tarzda xalqning tarixi gavdalanadi, shu sababli eposda begona sujetlar ham, qahramonlar ham o’zlashtirilmaydi.

Turli xalq qahramonlik eposlaridagi o’xshash belgilar asosan mashxur tarixiy shaxslarni ideallashtirish natijasida paydo bo’ladi. Folkloristik qo’shiqlar borasidagi fransuz- nemis adabiy aloqalariga kelsak u hali dunyo folkloristikasida ilmiy nuqtai nazardan chuqur o’rganilmagan. Umuman olganda Fransiya va u bilan bog’liq shimoldagi roman mamlakatlari-ning folkloristik nemis dunyosidan chegaralangan. Fransuz- cha asarlarni nemischa variantlariga toqqoslab o’ziga hos taraflarini o’rganishga ilk bora R. Kyoler kirishgan (1867). Uning fikriga ko’ra deyarli bir xil variantlar shubxasiz tar-jima qilingan.

Fransuz folkloristik qo’shiqlarini nemis qo’shiqlari bilan solishtirish, bu ikki davlatning bir-biri bilan qo’shni bo’lishiga qaramay, asosan salbiy natijalar beradi. Ba’zi olimlarning fikriga qaraganda Germaniya ko’plab Yevropa davlatlaridan o’zining taraqqiyot bosqichi bilan ajralib tur-gan. Germaniya va Fransiyaning adabiy aloqalari juda sust bo’l-ganligini biz yuqorida aytib o’tdik, kuyga solingan shunday qissalar borki, biz ularni birinchi tildan ikkinchi tilga bevosi-ta tarjima qilganlar desak adashmagan bo’lamiz.

Fransiya va Germaniyaning xalq qo’shiq folkloridagi adabiy aloqalarini o’rganishdan asosiy maqsad- bir tarfdan ikki qo’shiqni davlatning ma’daniy- ma’rifiy sohalaridagi aloqalari-ni gavdalantirish bo’lsa ikkinchi tarafdan o’rganilgan manbalarni xorijiy tillarga mo’ljallangan oily o’quv yurtlarida qiyosiy o’rganishni joriy qilishini ilgari surishdir.

Bu ishning o’rganilish darajasi va yangiligi deganda Fransiya va Germaniyaning adabiy aloqalari sust bo’lishiga qaramay folkloristik sohalarda ko’plab manbalar borligini ko’rsatishdir. Shunday qo’shiqlar borki, ular bir- biridan deyarli farq qil-maydi. Bunday toifadagi manbalarga qissalar va askarlar yurishlari chog’ida ijro etgan qo’shiqlar kiradi. Askarlar qo’-shiqlari fransuz tilidan nemis tiliga o’girilgani haqiqatga ya-qinroq, sababi XVII, XVIII, XIX asrlar davomida fransuzlar germanlarning Reynbo’yi hududini egallab turganlar bu payt-larda lashkar o’z kuychisi va jo’r bo’ladigan guruhlarga ega bo’lgan. Yana shunday qo’shiqlar borki, ularga quyidagilar kiradi: “Uchrashuv paytida ug’lab qolgan yigit”, “Kichkina er” “Qochoqning otib o’ldirilishi”, “To’qichuvchilar”, “Qushlarning to’yi”. Biroq bu qo’shiqlar bir-birini takrorlamaydi va bu holatni biz bir xalqning ikkinchisiga ta’siri deb belgilashimiz noto’g’ri. Olim Don Syoning fikriga qaraganda fransuzcha “Gera va Leandra” haqidagi qissada nemis tilidagi “Die Kon-igskinder” qissasidagi ba’zi joylari o’xshashiga qaramay bular bir –biri bilan umuman bog’liq emas.

Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Men bitiruv malakaviy ishimni ustida ishlash davomida ko’plab folklorshunos olimlar R. Kyoler, D.S. Lixochevning va Sazono-vich va Veseloviskiyning bu borada olib borgan ilmiy ishlari-dan, ularni kiritgan yangiliklaridan keng foydalanishga hara-kat qildim. Bu olimlarning ilmiy ishlari mening bitiruv mala-kaviy ishim uchun asosiy manba bo’lib xizmat qildi. Amaliy ahamiyati esa, shu o’rganilgan manbalardan kelib chiqib, xorijiy ta’lim yo’nalishlarida bu davlatlarning adabiy sohalar-ini qiyosiy o’rganishni joriy qilinishini ilgari surishdir.

Ilmiy ishimni yoritib berishda qo’llanigan asosiy metod qiyos lash metodidir. Bunda men Fransiya va Germaniyaning xalq qo’shiqlarini qiyoslab, ular o’rtasida kichik bo’lsa ham mav-jud bo’lgan farqlarni topish va ularni chog’ishtirishdir.

Bu ilmiy ishda men bu guruhga mansub bo’lgan 5 ta qo’sh-iqni qiyosiy tahlilini keltirib o’tamiz. Bularda XVII-XVIII asrlar-dagi fransuz-nemis ma’daniy aloqalari gavdalanadi. Bularga quyidagilar kiradi: 1. “Askarlarning qaytishi”, “Le retour du mari soldat”, “Des soldats Heimkehr”.

2. “Xushqomat dombirachi”, “Joli tambour”.

3. “Malbruk”.

4. “Jazolangan vaysaqi”, “La discretion des garcon”, “Der plauderhafte Knabe”.

5. “O’z og’lining qotili”, “La maitresse d’Auberge et son fils” “Die mordeltern”.

Yuqorida biz sanab o’tgan qo’shiqlarning barchasi askarlar qo’shig’dir. Ulardan ko’pchiligini tarqalishida bevosita askar-larning roli katta. Bu qo’shiqlarni o’rganish orqali biz Fran-siya va Germaniyaning siyosiy munosabatlarini tushinamiz. XVII-XVIII asrlarda Germaniya feodal tarqoqlik holatida bo’l-ganligi sababli qoloq davlat bo’lgan, aksincha Fransiya esa bu davrda G’arbiy Yevropaning “xo’jayni” edi va Fransiya Germaniyaning Elzas va Zotopingiya viloyatlarini ham o’z hududiga qo’shib olgan. Bu asrlarda fransuz ma’daniyat eng yuksak o’rinda turgan, masalan kiyinish uslubi bo’yicha ko’plab Yevropa xalqlari fransuzlarga taqlid qilganlar. Shu sababli fransuz tili bu davr-ga kelib juda keng tarqalgan. Biz yuqorida sanab o’tgan as-karlar qo’shiqlari oddiy fransuz sayyohlari tomonidan keltiril-gan va tarqatilgan. Bu aytib o’tilgan qo’shiqlarning tarjima-lari ya’ni fransuzchadan nemischaga juda aniq o’zgarishlarsiz tarjima qilingani fransuz tili ham Yevropa xalqlarida urf bo’l-ganligidan dalolat beradi. Ishning hajmi va tuzilishi quyidagicha. Bitiruv malakaviy ish-im kirish, o’rganish uchun ikkita bob, xulosa va foydalanil-gan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kirish qismida asosan bu ishni tanlashdan asosiy maqsad, dolzarbligi, vasifasi, nazariy va amaliy ahamiyati, metod va metoddogiyasini yoritib ber-ishga harakat qildim.

Men birinchi bobda xalqaro syujetli ertaklar va sayyoh syuj-etli ertaklar Yevropa va Osiyo miqyosida o’rganishga hara-kat qildim. Ikkinchi bobda fransuz va nemis tillaridagi besh-ta folkloristic manbani keltirib, ularni qiyoslab o’xshash va farq qiluvchi tomonlarini ko’rsatib o’tishga harakat qildim. Mening bitiruv malakaviy ishim foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan o’z nihoyasiga yetdi.

I.Bob. Fransuz va nemis xalqlari xalq og’zaki ijodiga hos adabiy aloqalar.

1.1. Xalqaro ertaklar syujetlari haqida. Nemis va fransuz folklorlariga oid.

O’xshash xalq og’zaki ijodlaridagi bir xil yoki bir-biriga yaqin obrazlarning mavjudligi, avvalo ushbu xalqlarning tarixi bilan bog’liq. Bu masalalarning o’zagi ushbu xalqlarning tarixi, ma’daniy taroqqiyoti va ushbu xalqlar o’rtasidagi turli sohalarga oid aloqalarga borib taqaladi. Tarixiy jarayonlardan, bosqichlar-dan kelib chiqib, ertaklar syujetlariga turlicha ta’sir qilishi mumkin.



Turli xalq qahramonlik eposlaridagi o’xshash belgilar asosan mashxur tarixiy shaxslarni ideallashtirish natijasida paydo bo’ladi. “Epos D.S.Lixochevning ta’kidlashicha xalqning tarixiy ko’zgusi bo’lib, unda she’riy tarzda xalqning tarixi gavdalana- di, shu sababli eposda begona syujetlar ham, qahramonlar ham o’zlashtirilmaydi. Xalq ertagiga kelsak, asarlarda milliy-tarixiy, geografik omillar yo’q bo’lganligi va syujet o’ziga hos bo’lganligi sababli u xalqdan bu xalqqa o’tib, o’zgarib, shakillantirilib, yo’lini “ davom ettiraveradi. U xalqdan bu xalq muhitiga moslashishda uning prozik tarzda ekanligi osonlik tug’diradi. Bizga ma’lum bo’lgan ko’plab Yevropa va Osiyo xalqlari ertaklari xalqaro xarakterga ega, bular sirasiga ko’plab hajviy, mo’jizaviy va boshqa ertaklar kiradi. Bu haq-da shubxasiz “Aorna tizimi” bo’yicha tuzilgan ko’plab xalq-aro ertaklar syujetlarining katologlari kiradi. Bunday syujetli ertaklarga misol qilib “Shaxzoda va tovus” haqidagi ertakni “Etik kiygan mushuk”, “Uyqudagi malika”, “Mitti bolakay”, “Kim birinchi so’z ochadi”, “Uch toxish”, “Bo’ri va tulki”, (tulki o’zini o’likka solib, baliqlarni o’g’irlagani haqida ertak) va boshqa ko’plab ertaklarni keltirishimiz mumkin. Shu joy-da yozuvchi A.M.Gorkiyning “Ming bir kecha” kitobiga muq-addima sifatida aytgan so’zlarni eslab o’tish o’rinlidir. Uning yozishicha: “Olimlarning so’zlariga qaraganda xitoyliklar o’z ertaklarini bundan 2200 yil oldin jamlab nashr qilishgan ekan… bu ertaklar syujetlari ko’plab Yevropa xalqlari ertak-lari syujetlariga o’xshash. Bu fikr menga ertaklar syujetlarini tarqalishini o’rgangan ko’plab olimlarimizning gipotezlari to’-g’riligini ta’kidlash imkon beradi.” Murakkab syujetli ertaklar haqida gap ketganda, masalan, rus tilidan olingan “Shaxzoda Ivan”, “Tovus va bo’ri”, haqidagi ertaklar va shunga o’x-shash nemis va o’zbek ertaklari syujetlarining ichki o’xshash-ligi, epizodlarning bir xiligi, syujet ketma-ketligining o’xshashligi haqida gap bo’lishi mumkin emas, sababi bu er-taklardagi epizodlarning paydo bo’lish va g’oyib bo’lishi ushbu xalqlarning stillistik sharoitlar bilan bog’liq. Bundan tash-qari ko’p olimlarning ta’kidlashicha bir xil syujetli yoki o’xshash ertaklar turli xalqlarda bir-biridan mustaqil holda “tug’ilishi” mumkin, bu esa ushbu xalqlarning tarixiy sharoitlari-dan kelib chiqib tushintiriladi. Aksi isbotlanmaganligi sababli bunday fikr nazariy jihatdan to’g’ri deb sanaladi. Keling shuni aksini isbotlashga urinib ko’ramiz.

Ko’p xalqlardagi sehrli ertaklarda bir-birini deyarli takrorlay-digan she’rlar uchraydi. Alyonushka haqidagi ertak shunday syujetga ega: Alyonushkani ko’rgani ukasi qo’zichoqqa ayla-nib qoladi va u bilan o’rmonda yashay boshlaydi, shaxzoda Alyonushkaga uylanadi, o’gay ona Alyonushkani suvga cho’k-tiradi va o’zini qizini shaxzodaga uzatadi; Qo’zichoqni so’y-ishmoqch bo’lganda hammasi oydinlashadi. Ushbu ertakda yana shunday epizod ham bor unob suv boyida Alyonushka va ukasi suhbatlashadi, she’riy tarzda yozilgan bo’lishiga qa-ramay uning o’zbek, rus, nemis italiyan tilidagi variantlari ju-da o’xshash. Bu suxbatning umuman bu ertakning ushbu til-lardagi variantlari bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’lgan. Bunga sabab ushbu xalqlarning ijtimoiy sharoiti,an’-ana va udumlarida bir-biriga o’xshash taraflar borligidir. Shunday qilib ertaklarning bir xalqdan ikkinchi xalqqa o’z-lashtirilishi natijasida ertaklarning yoyilishi haqida A.M.Gorkiy ning nuqtai nazari haqiqatga yaqinroq. Milliy ertaklar izlan-uvchilari bu fikrni inkor qilishi va xalqaro syujetli ertaklarni milliy meros sifatida e’tirof etishlari xalqaro syujetga ega er-tak mavjud emas degan fikrni paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday ertaklarni qiyosiy o’rganish “muallif” xalqning ijtimo-iy aloqalari, xalq mafkurasi, ma’daniy va milliy o’ziga hoslik-larni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi va ushbu san-ab o’tilgan omillarga ega bo’lgan ertakkina biron bir xalq-ning ma’daniy merosi sifatida e’tirof etilishi mumkin. Dunyo folkloristikasida xalqaro ertaklar syujetlarining paydo bo’lishi va tarqalishi haqida fin uslubiyati yaqin o’tmishga-cha asosiy o’rganish omili sifatida qarolar edi. Fin uslubiyati-ning asosiy ustunlikliklaridan biri- xalqaro syujetli ertaklarni o’rganish paytida bunday ertaklarning barcha ertaklari e’ti-bordan chetda qolmasdan o’rganilishidadir. Fin uslubiyati-ning yana bir o’ziga hos tarafi- ertakdagi epizodlar, jarayon-lar va syujetning alohida elementlari yordamida ertakning kelib chiqish vaqtini, qaysi hududda paydo bo’lganligi, tarqa-lish xususiyatlari va o’ziga xosligini aniqlashdir. Fin uslubiyat-ining asoschisi va eng yorqin nomoyondasi Karl Kron sanala-di. Boshqa fikrlarga e’tibor qiladigan bo’lsak turli xalqlardagi ertaklar syujetlari elementlarini bir-biri bilan taqqoslash no-to’g’ri yo’l, sababli bu elemenylar har bir xalqning o’ziga hos jihatlarini bayon etadi. Buning natijasida ertakning poe-tik asar sifatidagi funksional tuzilishi inkor etiladi. Shu sab-abli fin uslubiyati xalqaro ertaklarning kelib chiqishi haqida-gi nuqtai nazarlarini to’g’ri deb ularga tayanish ham o’rinsiz. Bu yetishmovchiliklarning asosiy sababi ma’lumotlar yetish-masligidandir. Sharq, aniqrog’i Hindiston, Eron, Arab mam-lakatlari, O’rta va Janubiy Osiyo xalqlari boy adabiy- tarixiy merosga (“Panchatatra”, “Ming bir kecha”, ”To’tiqushning kitobi” va boshqalar) ega bo’lishiga qaramay Yevropa folklor shunosligida yetarli darajada yoritilmagan va aksincha Yevro-pa xalqlarining tarjimalari Osiyo mamlakatlarida keng tarqal-gan. Ko’plab xalqaro syujetli ertaklarning kelib chiqishi haqi-dagi muommoning yechimi aynan sharq ertaklari va izlanuv-chilari natijalaridan topilishi mumkin. Shuni yoddan chiqar-masligimiz lozimki minglab ertaklar yaralishida XIV- XV asrlar-gacha sivilizatsiya marrasini qo’ldan boy bermay kelgan sha-rq fadlik ko’rsatgan. Yuqorida biz e’tirof etib o’tgan fin uslubiyatining kamchiligi bu- quyidagi masalalarning nazoratdan chetda qolganligidir: ertak qaysi ma’daniyat o’chog’ida dunyoga kelgan? Qachon va qanday yo’llar bilan tarqalgan? Yevropani Osiyo xalqlari bilan bog’lovchi jihatlar qachon paydo bo’lgan? Bu umumiy jihatlarning geografik jihatlari qanday? Va shu kabi savollar. Lekin bu savollarga ham olimlarning javoblari tayyor. Aytib o’tilgan umumiy jihatlarga quyidagi hodisalarni misol tariqa-sida keltirishimiz mumkin. Miloddan avvalgi 1-ming yilliklardagi Misr va Messopotomi-ya ma’daniy aloqalari, Kichik Osiyoning (hozirgi Turkiya) Yu-noniston tomonidan bosib olinishi, Old Osiyo va Misrda el-lenistik davlatlarning paydo bo’lishi (miloddan avvalgi IV.), Arab xalifaligining tashkil etilishi (ko’plab Osiyo va Yevropa hududlarini birlashtirgan). VI-VII – asrlar salb yurishlari, mo’g’il va turk bosqini (XI-XV asr) va boshqa vaziyatlar. Ba’-zi xronalogik va geografik ma’lumotlar bizga qadimgi yoz-ma manbalardan yetib kelgan: miloddan avvalgi XIII asrga aloqador qadimgi Misr popirusida 2 aka-uka to’g’risida er-tak, “Gerododda” epchil o’g’ri haqidagi Misr ertagi, “Pancha-tantrada” hayvonlar haqidagi ko’plab ertaklar saqlanib qol-gan. Boshqa tarafdan olib qaraganda olim Veselovskiyning “qadimgi ertaklarning faqat yozma manbalardan emas balki xalqlar folkloridagi syujetlar orqali tiklab olishimiz mumkin “ degan fikri aynan haqiqat kasb etadi. Yozma manbalardan saqlanib kelgan ertaklardan ko’ra xalq og’zaki ijodi orqali yetib kelgan ertaklarning xronologik manzarasini tiklash qiy-inroq. Asarlarning “latent” (yashirin) og’zaki tarzda mavjudli-gi haqida dunyo romonistikasining patrirxi Romon Menendes Pidol ko’plab haqqoniy fikrlar bildirgan. Shu sababli yozma manbalarda saqlanib qolgan ertaklarning “vatanini” aniqlash mushkul. Fin uslubiyatida foydalanilgan Aorna tizimi ertaklar-ni faqat ro’yxatga olishda qo’l kelgan.Ertaklar Yevropadan “uzoqlashgani” sayin ushbu tizim o’z ahamiyatini yo’qotgan, chunki bunday ertaklarda mahalliy o’ziga hosliklar ortib bor-gan. Shu yerda bir misol keltirshimiz o’rinlidir. Braziliya hin-dularning hayvonlar haqidagi ertaklarida kiyov obrazini yagu-ar orqali, kelin obrazi esa topir hayvoni orqali jonlantiriladi. Solishtirib ko’radigan bo’lsak Aorna tizimiga hos ertaklarda kiyov obrazini- ayiq, bo’ri yoki eshak, kelin obrazi esa qur-baqa, malika yoki ilon yordamida gavdalanadi. Bunday hay-vonlar ham mahalliy o’zlikni ifodalaydi desak adashmaymiz. Brazil ertaklarida yosh paytida o’rmonda yo’qolib qolgan og’il yoki qiz yillar o’tib o’z jamiyatiga jufti bilan ya’ni bir-on-bir hayvon bilan qaytadi. Ular bilan kelgan kopir ilgari ma’lum bo’lmagan izlarni topishga yoki yaguar odamlarni ov qilishga o’rgatadi, natijada hayvonlarga ko’nikaolmagan od-amlar ularni o’z jamiyatidan quvib chiqaradilar. Brazil ertak-larining Yevropa xalq ertaklaridan farqli tarafi shundaki ular-da o’z jufti bo’lgan hayvonni odam o’z sevgisi yoki ishonchi yordamida odamga aylanishiga erisholmaydi.

Afrika xalqlarining hayvonlar to’g’risidagi ertaklari haqida ni-ma deyishimiz mumkin?

Avvalambor, bu ertaklar yordamida biz o’z epchilligi va top-qirligi tufayli yirik va yirtqich hayvonni mag’lub qilganligi va bunda kichik hayvon g’olib bo’lganligini, shu bilan birga shunga o’xshash syujetlar ko’pligini bilib olishimiz mumkin. D.A. Olderoggenning ma’limotlariga qaraganda bantu xalq-larining ertaklarida bunday obraz ayyor quyon yordamida if-odalanadi, ba’zi ertaklarda esa toshbaqa yordamida. Yevropa va Osiyo ertaklarida bu rol tulkiga tegishli. Ko’plab xalqlar ertaklarida bu obrazlar bor bo’lgani bilan syujet chizig’i biri biridan yiroqdir, masalan Afrika va Yevropa xalqlari ertaklari-da. Natijada biz shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, tarix-iy sarhadlari biri-biri tutashgan xalqlarda ularning ma’daniy aloqalari natijasida bir xil yoki o’xshash obrazlar, biron bir hayvon obrazining o’ziga hos xarakteri paydo bp’ladi. Afrika xalqlari orasida esa arab ertaklari yoyilgan, lekin janubdagi xalqlarda esa bunday holat kuzatilmaydi. Arab ertaklari tar-qalgan Afrika xalqlarining barchasini Abu Navvos va Xorun-ar-Rashid haqidagi hajviyaviy ertaklar birlashtirib turadi.

Xitoy ertaklarini jamlash bilan shug’ullanadigan Volfrom Eber xord barcha ertaklarni umumlashtirib Xitoy ertaklari Aorna tizimiga hos emas degan xulosaga keladi.

Rus ertaklari jamlanmasi bilan shug’ullangan olimlar ushbu ertaklarni Aorna- Andruv tizimi asosida ko’chirganlar. Biz yu-qorida aytib o’tgan mashxur xalqaro syujetli ertaklarning, ular qaysi uslubda yozilganligidan qa’tiy nazar, biron bir xalqqa tegishli ekanligini ta’kidlashimiz o’rinsiz, aksincha xalq ertaklarini ularni yozilish uslubini yoki boshqa taraflarini chuqurroq, ma’daniy nuqtai nazardan o’rganishimiz maqsadga muofiqdir.

1.2. '' Sayyoh syujet '' lar haqida.

Folklorni qiyosiy o’rganish maqsadga muofiqligi haqida fikr-lar akademik A.N. Veselovskiy va uning izdoshlarini izlanish-larida ko’rib o’tgan. “Sayyoh syujet “ larni o’rganishdan tash-qari A.N. Veselovskiy “xalq ertaklari” syujetlarini boshqa er-taklar yoki alohida bir guruh tomonidan o’zlashtirilishi jara-yonlarini yoritib berish bilan shug’illangan. G’arbiy Yevropa xalqlari ertaklarini qiyosiy o’rganish paytida u emperistik (kuzatuv) uslubidan keng foydalangan. Yevropa xalqlarining folkloristik qo’shiqlarini o’rganishda bizga Amerikalik profes-ser Chayl’dning ingliz va shotland xalqlari xalq og’zaki ijodi-ga bag’ishlangan asari yordam beradi: biroq muallif biron bir syujet tarqalishining tarixiy shartlari haqida yetarlicha ma’lumot bermagan. Professer Don Syoning “Fransuz romonserosida” ta’kitlanganidek syujetlarning yaqinligi aynan bir syujetning variantlari paydo bo’lishi haqida va har bir variantni biron bir xalqning ertagi sifatida gavdalanishi haqida tasavvur uyg’otadi.

Masalan Ritser qotili haqidagi niderlandcha “Halewijn”asari nemischa “Olbert” va skandinavcha “Ulwer” asarlarining pay-do bo’lishiga nemis tilidagisi- slavyan va italyankhasini, ital-yanchasi- ispanchasini (Rico-Franco), inglizchasini (Elf- Knight) va fransuzchasi (Renaud), bular esa o’z navbatida vengrcha-sini (Mollnar Anna) larni paydo bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Bizning ushbu eslab o’tgan “zanjirimiz” qa’tiy emas, ya’ni qaysinisida qaysi o’zlashtirgani ham tasdiqlangan emas, bir-oq Skandinaviya- Fransiya ko’p olimlar tomonida katta baxs munozaraga aylangan. Fransuz va skandinov xalqlarining al-oqalarida dengiz muhim rol o’ynagan. Buni biz quyidagidan anglashimiz mumkin: “Et n’est ce point un merveilleux véhicule pour la chanson que les fleuves et la mer?”

Xalq qissalarining, aniqrog’i manzumalar o’zlashtirilishidaYev-ropa xalqlarining xarbiy, ma’daniy, savdo-sotiq aloqalari kerakli vazivani bajargani aniq, biroq buni sistematik tahlil qil-ishda ushbu aloqalarni chuqur o’rganishning o’zi kamlik qila-di. To’liq tushunchaga ega bo’lish uchun esa Yevropa xalqlarining adabiy ijodini qiyosiy tahlilini o’tkazish yoki ilgari o’tkazilgan bunday tahlillardan foydalanishimiz o’rinlidir. Biz yuqorida esga olib o’tgan xarbiy, ma’daniy, savdo-sotiq alo-qalari Germaniya va Skandinaviya mamlakatlari (asosan Daniya) Skandinaviya va Daniya, Angliya, Germaniya va G’arbiy slavyanlar, Fransiya va Shimoliy Italiya (Pyemont, Lombaroliya, Venetsiya), Ispaniya va Portugaliya va yana ko’plab bosh qa Yevropa davlatlari o’rtasida jadal sur’atda olib borilgan. Germaniya va Skandinov xlqlarining folkloristik qo’shiqlar borasidagi aloqalarini olim Bol’te o’rgangan. Ushbu olim nemis va shved qo’shiqlari jamlanmasidagi (xazinasidagi) qadimiy-tarixiy qo’shiqlarning parallelizmiga e’tibor qaratgan.

Bol’tening fikriga qaraganda Germaniyaning XVI-XVIII asrlar-da turli marosimlarda ijro etilib mashxur bo’lgan qo’shiqlari ushbu davrlarda Daniya va Shvetsiyaga kirib kelgan. Germa-niyaning Skadinaviyaga ma’daniy ta’siri asosan ganze sado aloqalarida rivojlanib XVI-XVII asrlardagi “o’ttiz yillik urish” paytida o’zining eng yuqori cho’qqisida bo’lgan, albatta Ger-maniya mafkuraviy, diniy va folklor sohalariga ham o’z ta’sirini o’tkazgan, til va adabiyot ham bundan mustasno em-as. Ba’zi olimlarning fikriga qaraganda Germaniya ko’plab Yevropa davlatlaridan o’zining taraqqiyot bosqichi yuksakligi bilan ajralib turgan. Folkloristik qo’shiqlarning o’zlashtirilishi va boshqa xalq folklorida uyg’unlashib ketishi uchun nafaqat alohida davlat, ba’lki uning har bir qismining o’ziga hosliklari va ushbu aloqalardagi o’rnini o;rganish lozim. Bunday izlan-ishlar natijasida qo’shiq yoki qissalar matnlarining aniq filologik tahlili va o’zlashtirilishining tarixiy va xronologik shar-oitlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim.

Albatta bunday ma’nolarning yechimini topish folkloristik manba bilan bog’liq qiyinchiliklar tug’diradi. Bu murakkabliklarning yechimiga, yuqorida aytib o’tganimizdek, bizgacha yetib kelgan yozma tarzdgi folkloristik manbalar orginalining aniq paydo bo’lgan vaqti va hududini aniqlash orqali erishi-shimiz mumkin. Bu sohada shug’ullangan olimlar mehnatining maxsuli, tarix sohasida izlaniyotganlarga katta yordam berishi mumkin. Folkloristik qo’shiqlar borasidagi fransuz-nemis adabiy aloqalari ilmiy nuqtai nazardan chuqur o’rganilmagan. Umuman olganda Fransiya va u bilan bog’liq shimoldagi romon mamlakatlarining folkloristik qo’shiqlari nemis “dunyosidan” chegaralangan (Skandinaviya, Angilya). Biroq qissalar to’plamidagi 7-8 asar fransuz- skandinav, fransuz-ingliz alo-qalari haqida bayon etadi. Styuortlar davrida (XV-XVIII) asr-lar Fransiya va Shatlandiyaning ma’daniy va siyosiy muno-sabatlari yaxshi rivojlangan edi.

Fransuz folkloristik qo’shiqlarini nemis qo’shiqlari bilan sol-ishtirish, bu ikki davlat bir-biri bilan qo’shni bo’lishiga qara-may, asosan salbiy natijalar beradi. Biroq ba’zi qo’shiqlarda o’xshashlik kuzatiladi, masalan: “Uchrashuv paytida uxlab qolgan yigit”, “Kichkina er”, “Qochoqning otib o’ldirilishi”, “To’quvchilar”, “Qushlarning to’yi”. Biroq bu syujetlar faqat-gina bir-birini to’liq takrorlamaydi. Bu holatni biz bir xalq-ning ikkinchisiga ta’siri deb belgilashimiz mantiqan noto’g’ridir.

Olim Don Syoning fikriga qaraganda fransuzcha “Gero va Leandra” haqidagi qissada nemis tilidagi “Die Kӧnigskinder” qissasi syujetidagi ba’zi joylari o’xshashiga qaramay bular bir-biri bilan umuman bog’liq emas. Fransuzch va inglizcha variantlari mavjud bo’lgan “Osishga mahkum qilingan o’quvchilar” (Les écoliers pendus) nemischa (Das schloss in Öster-reich) qissasiga o’quvchilarning nohaq qatl etilishiga qaror qilinganligi haqidagi syujeti bilan o’xshab ketadi. Fransuzcha “La porcheronne” qissasida ko’p vaqt uyida bo’lmagan er kelib o’z xotinini sinashi shu qissadagi boshqa bir mavzuga eri yo’q paytida ushbu kelin qaynonasining zulmiga duchor bo’lishiga bog’lanib ketadi va bu qissa nemis tilidagi variant-iga “Die Liebesprobe” umuman o’xshamaydi. Syujetlardagi nemis va fransuz shvanki ajralib turadi. (Le panier - Der Schreiber im Korb). Bularda makkor qiz oshig’ini savatga tushishga undaydi va bog’lab qo’yadi. Bu o’xshashliklar o’rta asrlarda ommabop bo’lgan Vergiley va Gippokratning omad-siz oshiq haqidagi qissalariga asoslanganligi bilan tushuntiriladi. Pyunmegrning qayd qilishicha “Suv va sharobning baxsi” asari nemis va fransuzcha versiyalardagi o’xshashlikni as-oslab bergan (L’eau et la vin. Wasser und Wein), unga qara ganda bu asarlarning o’xshashligi yagona lotincha manbadan kelib chiqqanligiga asoslanadi.

  1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə