Bitiruv malakaviy ish




Yüklə 260.84 Kb.
səhifə1/4
tarix29.04.2016
ölçüsü260.84 Kb.
  1   2   3   4








O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta

maxsus ta’lim vazirligi

Buxoro Davlat universiteti

Gumanitar fanlar fakulteti

O`zbekiston tarixi kafedrasi

BITIRUV MALAKAVIY ISH

Mavzu: «Mustaqillik yillarida Buxoroda turizmni rivojlanishi»

5220200 – Tarix ta’lim yo`nalishi bakalavr

darajasini olish uchun

Tarix ta’lim yo`nalishi

bitiruvchisi: A. Sabirov

Ilmiy rahbar:

Katta o`qituvchi B. Boltayev

Buxoro – 2014

Reja:


Kirish:

1. Turizmning vujudga kelishi va tarixi

2. Turizm dunyo xalqlarini bir-biriga bog‘lovchi muhim vosita

3. Qadimgi Xorazm, Qashqadaryo va Zarafshon (Buxoro, Samarqand) vohalari sayyohlik sohasini rivojlantirish imkoniyatlari.

4. Buxoro Turizm istiqbollari: Turizm sohasida yetuk kadrlar tayyorlash – taraqqiyot omili

Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Ilova


Mundarija

Mundarija

Kirish …………………………………………………………………… 2 – 8

1. Turizmning vujudga kelishi va tarixi …………………………........... 9 – 17

2. Turizm dunyo xalqlarini bir-biriga bog‘lovchi muhim vosita ………..18 – 28

3. Qadimgi Xorazm, Qashqadaryo va Zarafshon (Buxoro, Samarqand)

vohalari sayyohlik sohasini rivojlantirish imkoniyatlari…………… 29 – 43

4. Buxoro Turizm istiqbollari: Turizm sohasida yetuk kadrlar tayyorlash – taraqqiyot omili…………………………………………………………. 44 – 48

Xulosa ………………………………………………………………….. 49 – 55

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………56 – 59

5. Ilova



Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda turizm dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, turizm turistik tashkilotlar orqali turistik marshrutlar bo‘yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko‘p turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadida turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida iqtisdiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o‘sishga erishishdek dolzarb vazifa qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida, iqtosodiyotda erishilgan yutuqlarning asosi sifatida bozor munosabatlarining qaror topishi, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuilmaviy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi, servis va xizmat ko ‘rsatish sohalarini yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib brishi kabilar bilan baholanmoqda. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov “aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini yanada kengaytirish g ‘oyat muhim ahamiyatga ega…Ayni paytda bu xizmatlari o‘zimizda ishab chiqarilgan mahsulotlarining ko‘plab turlariga ichki talabni oshiradi, shuningdek, iste’mol bozorida mutanosiblikni saqlash muhim rol o‘ynaydi.”1, deb ta’kidlagani bejiz emas.

Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi iqtisodiyotdaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligiga qaramasdan O‘zbekistonda, 2009-yilda yalpi ichki mahsulot 8,1 foziga, sanoat mahsuloti hajmi 9 foizga jumladan,  iste’mol   tovarlari ishlab chiqarish 13,9 foziga, aholiga pullik xizmat ko ‘rsatish hajmi 12,9 foizga, jumladan, savdoda tovar aylanmasi 16,6 foizga o ‘sdi2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchiligi palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo ‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida Prezidentimiz bu masalaga alohida urg ‘u berdilar: «... bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish - ... xizmat ko ‘rsatish sektorini, infratuzilma ob’yektylarini rivojlantirishga, transport va kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir»3.

Shundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash jarayonida xizmat ko ‘rsatish korxonalarini doimiy – ravishda o ‘zgarib boruvchi bozor munosabatlari sharoitida barqaror iqtisodiy rivojlanishi, ularning xo ‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomilashtirish talab etilmoqda.

Chunki xizmat ko‘rsatish korxonalarini faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mezanizmi bilan bog ‘liq bo ‘lgan xizmat ko‘rsatish intensivligini ta’minlash, resurslardan foydalanishda tejamkorlikka erishish, xodimlar mehnatidan foydalanish samaradorligini va xizmat ko ‘rsatish sifati hamda uning natijadorligini oshirish, iste’molchilar talabini to ‘laroq qondirish masalalari sohaning o ‘ziga xos muammolaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy korxonalarning xalqaro bozordagi xizmatlari darajasi va sifatini oshirish, ushbu asosida xizmatlar eksportini ko ‘paytirish bugungi kunning asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, Prezidentimiz I. A. Karimov 2011 yil 22-yanvarda Vazirlar Мahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “O ‘tgan yili xizmat ko ‘rsatish va servis sohasida 13,4 foiz o ‘sishga erishildi, so ‘nggi o ‘n yilda esa ahliga ko ‘rsatilgan pullik xizmatlar hajmi aholi jon boshiga hisoblaganda, qariyb 20 barobar oshdi”4 deb ta’kidladi. Darhaqiqat, hozirgi kunda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan turizm sohasini jadal sur’atlarda rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo ‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida respublikamizda turizm samaradorligini oshirish va turizm bozorini rivojlantirishga qaratilgan bir qator me’yoriy hujjatlar, jumladan, “2005-yilgacha O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi” va “Turizm to‘g‘risida”gi qonun (1999-yil 20-avgust) qabul qilindi. 2006-yil 17-aprelda “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko ‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi

Insonlar hayot darajasi va sifatini yaxshilashda xizmat sohasini o‘rni beqiyosdir. Shu bois ham dunyo mamlakatlari miqyosida ushbu soha mutassil rivojlanib bormoqda. Xizmat sohasini rovijlantirishga mamlakatimizda ham katta ahamiyat berilmoqda. Chunonchi, 2010-yilga borib uning mamlakat YAIMdagi ulushi 49,0%ga yetishi ko ‘zda tutilgan5.

Respublikamizda xizmat ko ‘rsatish sohasi bozor munosabatlarining shakllanishi va chuqurlashib borishi bilan yanada rivojlantirish, unda raqobat muhitni vujudga keltirish, hozirgi murakkab sharoitda kun tartibiga turli yangi va o‘ta muhim masalalarni qo‘ymoqda. Bular safida turizm sohasidagi mehmonxonalar servisining sifati va samaradorligini oshirish masalasi o ‘ta muhim o ‘rin tutadi.

Prezidentimiz “Tarkibiy yangilanishdagi alohida e’tiborni talab etadigan muhim masala, bu – xizmatlar sohasinig jadal rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish bo ‘yicha 2010 – 2016-yillarga mo‘ljallangan dastur loyihasini tasdiqlash uchun kiritish, bunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida bu sohaning ulushi 54-56 foizga yetkazilishini nazarda tutish darkor”6 deb ta’kidladilar. Darhaqiqat jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’sirini O‘zbekiston sharoitida bartaraf etish va iqtisodiyotni diverfikatsiyalash, tarkibiy yangilanishlar jarayonida xizmat ko‘rsatish korxonalarining samarali faoliyat yuritish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning xo ‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish lozim bo‘lmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotni erkinlashtirish davrida hududlar darakasida xizmat ko ‘rsatish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy jihatdan ilmiy ishlarning kamligi va yetarlicha o ‘rnatilmaganligi mazkur mavzuning alohida dolzarbligini bildiradi.

Shuningdek, Prezidentimiz I. A. Karimov 2011-yil 22-yanvarda Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “O ‘tgan yili xizmat ko ‘rsatish va servis sohasida 13,4 foiz o‘sishga erishildi, so ‘nggi o ‘n yilda esa aholiga ko ‘rsatilgan pullik xizmatlar hajmi aholi jon boshiga hisoblaganda, qariyb 20 barobar oshdi”7 deb ta’kidladi. Darhaqiqat, hozirgi kunda xizmat ko ‘rsatish tarmog ‘ining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan turizm sohasini jadal sur’atlarda rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo ‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizning Quyi Amudaryo mintaqasidagi Xorazm viloyatida mavjud ekologik vaziyatni inobatga olgan holda, turizm samaradorligini oshirish yo`nalishlari va rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar ishlab chiqish respublikamiz turizm sohasi oldida turgan eng muhim muammolardan biridir. Ushbu muammolarning ilmiy-nazariy va amaliy echimlarini topish, o`z navbatida, tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Turizm sohasining nazariy masalalariga XX asrning oxirlari va XXI asr boshlarida katta ahamiyat berila boshlandi. Uning barqaror rivojlanishi, samaradorligini oshirish yo`nalishlari ko`pgina olimlar va tadqiqotchilar tomonidan o`rganildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan В.Г.Федцов8, В.В.Храбовченко9 kabilar shug`ullansa, mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan М.Қ.Пардаев, Р.Атабаев10, Н.Тухлиев, Т.Абдуллаева11, А.А.Эштаев12 lar ekologik vaziyatni inobatga olib turizmni rivojlantirish masalalari tomonini o‘rgangan bo‘lsalar, Е.Л.Шикова13, Р.А.Винокуров14, Д.Джоббер15, Г.А.Аванесова16, В.К.Романович17, Ж.А.Романов18, В.Л.Иноземцев19, В.Г.Федцов20, М.Д.Маркова21 kabi xorijiy va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi mamlakatlari olimlari Xizmat ko`rsatish sohasi iqtisodiyoti shakllanishining asosiy tendentsiyalari, nazariy-metodologik tadqiqotiga munosib hissa qo`shib qator ilmiy izlanishlar olib borishgan.

O`zbekistonlik olimlaridan К.Х.Абдурахмонов22 А.Ўлмасов23, А.Вахобов24, М.Қ.Пардаев25, kabilarning ilmiy ishlarida ham xizmat ko`rsatish sohasi rivojlanishi va samaradorligini oshirishning ayrim jihatlari atroflicha yoriltilgan.

Buxoroda turizmni rivojlantirish chora-tadbirlarini tadqiq qilishni bitiruv malakaviy ishda asosiy maqsad qilib olindi. Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib men o‘z oldimga quyidagicha vazifalarni belgilab oldim:

– O`zbekistonda mustaqillik yillarida turizmni rivojlantirish bosqichlarini o`rganish, ayni paytdagi holatiga izoh berish va sohaning zaif tomonlarini qiyosiy tahlil qilish;

– Buxoro viloyatida turizm samaradorligini oshirishda asosiy yo`nalishlarini ochib berish;

– turizm tarixi va uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beradigan imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun takliflar shlab chiqish

– ekologik vaziyatni inobatga olgan holda Buxoroda tabiiy zonalarini ko`paytirish va suv havzalarini shakllantirish, ulardan unumli foydalanish.

- Buxoroda turizmni rivojlantirish va taraqqiy qilish imkoniyatlaridan unumli foydalanish uchun kerakli hujjatlarni klassifikatsiya qilish.



1.Turizmning vujudga kelishi va tarixi

Turizm (fransuzcha tour-sayr,sayohat), sayyohlik - sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning istiqomat joyidan sog`lomlashtirish, ma`rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to`lanadigan faoliyat bilan shug`ullanmagan holda uzog`i bilan 1 yil muddatga jo`nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi26.

Tarixiy turizm – bu qadimiy odamlardan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, idish-tovoqlari, tanga pullar, harbiy qurol-yaroqlar, uy-joylar, qal`alar, shaharlar, qabrlar, rasmlar, madrasalar, masjidlar va moddiy tarixiy manbalar bilan qiziquvchi turistlarning faoliyati tushuniladi27.

Mustaqilligimizning dastlabki yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashqi iqtisodiy faoliyatimizni tubdan isloh qilish masalasiga e`tibor qaratib: “Eksport masalasida chuqur o`zgartirishlarni amalga oshirish lozim. Xom-ashyoni eksport qilishdan ko`ra, O`zbekiston uchun ko`proq naf keltiradigan yo`nalishlarga o`tish zarur. Bular jumlasiga ... xalqaro turizmni rivojlantirish kiradi”28, deb ta`kidlagan edi.

Turizm (sayohat) piyoda va ulovlarda yurish, tarixiy va boshqa diqqatga sazovor joylarda sayr-tomosha qilish, kuzatish xushmanzarali va oromgohlarda dam olish , sof havo, quyosh nurlari va zilol suvlarda chiniqish demakdir. Tabiiyki, kechadigan bunday ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayonlarda atrof-muhitni o`rganish, ma`lum maqsadlar yo`lida qo`yilgan vazifalarni bajarish, turli toifadagi kishilar bilan muloqotda bo`lishga to`g`ri keladi. SHu sababdan ham qadimgi ajdodlarimiz ov qilish hamda turli xil mashg`ulotlarni bajarib borishi barobarida eng muhimi, jismoniy sifatlarni (chaqqonlik, tezlik, epchillik, chidamlilik va h.k.) ham takomillashtirib borganlar. Bu haqda halq og`zaki ijodida ta`rif etilgan turli xil rivoyatlar, afsonalar va hikoyalardagi dalillar, mushohadalar ham guvohlik beradi.

Jahon mamlakatlari qatorida O`zbekiston ham o`zining uzoq va betakror boy tarixiga ega. Qadim zamonlardayoq Turon zamin deb e`tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko`ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatorida munosib o`rinni egallagan.

Ko`xna, madaniy va ma`naviy yodgorliklarga boy tarixi, qadimiy me`moriy hamda tasviriy san`ati jahon turistlarini o`ziga jalb etib kelgani hech kimga sir emas. Toshkent, Samarqand, Buhoro, Shahrisabz, Xiva va Urgench hamda respublikaning turli joylarida joylashgan tarixiy obidalar, ko`hna yodgorliklar mamlakatimiz turizmining asosiy poydevori vazifasini o`taydi29.

Chotqol, Nurota, Sariosiyo va Turkiston tizma tog`lari orasida yassi va silliq toshlarga o`yib chizilgan suratlar (shakllar) orasida ov jarayoni, turli xil yovvoyi hayvonlarni nayza bilan sanchish, yoy o`qi bilan otish, odamlarni yugurishi, hayvonlar bilan olishuvi, nayza, kamon va boshqa qurollarni ishlatish yo`llari aynan yorqin ifodalangan.

Surxon vohasidagi Dalvarzintepa, Samarqanddagi Afrosiyob va boshqa hududlarda olib borilgan arxeologik qazashmalarning topilma ashyolarida sayohat qilish, shaharlarda savdo uyushtirish, manzarali joylarda hordiq chiqarish, tuya, ot, xachirlarga yuk ortib, ularni piyoda etaklab borish, goho ularni minib yurish kabi amaliy harakatlar tasvirlangan. Bunday tasviriy dalillar O`zbekiston tarixi Davlat muzeyi, San`at muzeyi, Afrosiyob muzeyi va viloyatlardagi boshqa tarix muzeylarida ehtiyot bilan saqlanib va namoyish qilib kelinmoqda.

Buyuk ipak yo`li nomi bilan tarixga kirgan, qadimgi karvon yo`llarining yurtimiz sarhadlaridan eramizdan oldingi II asrda o`tganligi ham din, hunarmandchilik, madaniyat, o`ziga xos an`analar va urf-odatlarning o`zaro uyg`unlashuvi hamda rivojlanishiga xizmat qilganini alohida ta`kidlash joiz.

Birgina tarixiy-me`moriy obidalarimiz soni 900 dan ortiq. e`tiborli jihati shundaki, viloyatdagi madaniy meros ob`ektlarining ma`lum qismi YUNESKO tomonidan himoyaga olingan30.

Yuqorida zikr etilgan manbalarni o`rganish asosida qadimgi ajdodlarning ijtimoiy-madaniy hayotidagi sayohatlar haqida ba`zi bir mulohazalar yuritish mumkin. Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo va boshqa kichik daryolarning boshlanishi, o`rta qismi va ularning so`nggi irmoqlari atrofida o`tmish ajdodlarimiz hayot kechirganlar. Ular chorva bilan shug`ullanib, yilning fasllariga qarab doimo yaylovlarda ko`chib yurishgan. Bunda oila a`zolarining ham bevosita birgalikda yurishiga to`g`ri kelgan. Bu esa kishilar asosan sohillar, yaylovlar, tog`li joylarda piyoda, ulovlarda (ot, xachir, ho`kiz, eshak va h.k.) yurishini taqozo etgan. Katta-yu kichiklarni bunday sharoitlarda jismoniy jihatdan chiniqishiga to`g`ri kelgan. Tog`ma-tog`, yaylovma-yaylov ko`chib yurish, qishki paytlarda o`zlarining o`troqli manzillarida yashash sharoitlarida bo`ri, tulki, kiyik, arxar (yovvoyi qo`y), kaklik, tustovuq, bedana ovlash bilan shug`ullanib, epchillik, chaqqonlika ega bo`lishgan. Tabiiyki bunday ovlarda asosan o`rta yoshdagilar, yigitlar, o`smirlar va hatto yosh bolalar ham ishtirok etishgan.

Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda baland tepaliklar ustiga, goho tekis yaylovlarda ham toshlarni yig`ib mo`la (belgi) yasashgan. Mo`lani yasashdan asosiy maqsad, ov joylarini belgilab qo`yishdir. SHuningdek, kim birinchi bo`lib toqqa chiqsa - qadam tegmagan joylarga ilk bor etib borishsa, esdalik uchun mo`la yasashgan. Hatto mo`lalarga uni yasovchi yoki ulug` kishilarning nomini berishgan. ehtimol “Xontangri” (Xitoy), “Kazbek”, “Elburs’” (Kavkaz) kabi cho`qqilar ham shu tariqa atalgan.

Yurtimizda “Nurota”, “Turkiston”, “Olmaliq” kabi tog`lar ham balkim qadimda shu odatlar bo`yicha nomlangan ehtimol.

Buyuk bobokalonimiz, she`riyat mulki sultoni hazrat Alisher Navoiyning asarida31 ham sayohatlarga aloqador masalalar o`z ifodasini topganligining guvohi bo`lamiz. Dostonda “Dengiz safari, bo`ron va ayriliq” qismida Farhodning suvda suzishi, halokatga uchragan kemadagi kishilarni qutqarish kabi jasoratlari bilan bir qatorda YAman o`lkasidan Armanlar yurtiga (SHopur orqali) kelib qolishi, tog`larda sayr qilishi, SHirinning visolini ko`rish maqsadida harsang toshlarni o`yib ariq qazishi va boshqa juda ko`p sarguzashtlar o`z aksini topgan. Farhodning CHin (Xitoy) mamlakatidan Armanlar yurtiga sayohat qilib kelishi timsolida qadimgi ajdodlarimizning sayyohlik faoliyatlaridan darak beradi.

Diqqatga sazovor tomonlardan yana biri shundaki, jahonga mashhur bo`lgan yurtdoshlarimiz Abu Nasr Farobiy, Al Xorazmiy, Ibn Sino, Mahmud Pahlavon, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va boshqa buyuk allomalarning asarlari, ilmiy meroslarida qadimgi ajdodlari-mizning ijtimoiy-madaniy hayotida sayohatlarning tutgan o`rni haqida ham to`xtab o`tilgan. Navoiy, Bobur va boshqalarning asarlariga bitilgan suratlarda ovchilik, bog` va daryo, ko`l sohillarida hordiq chiqazish manzaralari tasviri berilgan. Sayohatlarning kishilar salomatligini yaxshilash, umrni uzaytirish, jismoniy va ijodiy mehnat qobiliyatini oshirishdagi o`rni tarannum etilgan. Mahmud Qoshg`ariy o`zining “Devonu lug`atit turk” kitobini yozish uchun Turkiston o`lkasini piyoda va ulovlarda kezib chiqqan. Uning sayyohlik faoliyatiga doir ilmiy-qidiruv ishlari nafaqat o`z davrida balki keyingi ming yillik davomida Turon o`lkasidaida qadrlanib keldi. Uning bu asari asosida ko`plab ilmiy tadqiqotlar bajarilgan. Ayniqsa talaba-yoshlar M.Qoshg`ariyning hayoti haqida hamda uning asarini yaxshi o`rgansalar foydadan xoli emas.

Turizm – sayohat ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo`lgan nazariy va amaliy fan sifatida o`qitiladi. Uning ijtimoiy tuzumlar (forma) bilan bog`liq bo`lgan o`z tarixi hamda rivojlanish jarayonlari bor32.

Turizm umumiy ma`noda sayr-sayohatlar, sarguzashtlarni ifoda etadi. SHu sababdan ijtimoiy-turmush va mehnat jarayonlarida tarkib topadi.

Eng qadimgi odamlar yashash uchun ov va mehnat qurollarini yaratishga harakat qilishgan. SHu tarzda tog`lar, yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar, ularni qo`lga o`rgatib mehnat bilan shug`ullanishgan. Ov manzillari va dam olishga qulay bo`lgan joylarda ma`lum bir belgilarni (tur) qo`yishgan. Zarur paytlarda ana shu joylarga kelib hordiq chiqarishgan, turli o`yinlar tashkil qilib musobaqalashishgan.

Ishlab chiqarish-mehnat jarayonining takomillashuvi, ov va jang qurollarini yaratishning yangi usullari odamlarning uzoq joylarga borib ov va mehnat qilishiga, shu asosda eng qulay va yaxshi joylarni tanlab, dam olishi, hatto o`troqlashib qolishiga olib kelgan. SHu tariqa daryolar, ko`llar, dengizlarda ov qilish, sayr o`tkazish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika qit`asiga borib qolishi (kashfiyoti), turli sayohatchilarning Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit`alar, mamlakatlarga borganligi tarixdan ma`lum.

Qadimgi O`zbekiston zaminining so`lim tabiati, ko`hna shaharlaridagi osori-atiqalar, dunyo tamadduni (sivilizatsiyasi)ga katta hissa qo`shgan allomalarni voyaga etkazgan maskanlar jahon ahlini, sayyohlarini o`ziga chorlab kelgan. Aleksandr Makduniy (mil.avv. IV asr) bilan kelgan yunon ma`rifatparvarlari o`lkaning tabiati va hayotiga oid qiziqarli esdaliklar yozishgan. Xitoylik sayyoh CHjan Szyan’ (mil.avv.II asr) Farg`ona vodiysidan Qizilqum cho`llarigacha bo`lgan xududlarni kezgan. SHuningdek, Xitoylik Syuan’ TSzan (VII asr), italiyalik Marko Polo (XIII asr), arabistonlik YOqut Hamaviy (XIII asr), marokashlik Abu Abdulloh ibn Battuta (XIV-asr), ispaniyalik Rui Gonsales de Klavixo (XIV asr), garmaniyalik Iogann fon SHilt’berger (XIV-XV asrlar), Buyuk Britaniyalik entoni Jenkinson (XVI asr), vengriyalik Arminiy Vamperi (XIX asr) kabi dunyo kezgan sayyohlar qo`hna yurtimizda bo`lishgan va ko`rgan- kechirganlari to`g`risida xotiralar yozib qoldirishgan.

SHuningdek, Turon zaminining mashhur kishilari ham dunyo kezib, safar taassurotlari asosida qimmatli asarlar yozishgan. Abu Rayhon Beruniyning hind eliga safaridan keyin yaratilgan “Hindiston” (1030 yil), Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” (1518/19-1530 yil) ,Abdurauf Fitratning Turkiyaga sayohati xotiralarini o`z ichiga olgan “Sayyohi hindi” (1912yil) kabi asarlar shular jumlasidandir. Umuman sharq badiiy adabiyotiga mansub sayohatnoma janrida ham qadim yurt hayotiga bag`ishlangan asarlar bor (Muqimiy, Nodim va boshqalar).

Mavoraunnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur Frantsuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada bo`lgan. Uning elchisi 1403 yil Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” kitobida Mavoraunnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.

Turizmning tarixiga nazar tashlanadigan bo`lsa, uning asosida mehmondo`stlik yotadi. Bu insoniyatning azaliy odati bo`lib kelgan. Oldin mehmonlarni o`z uyida, xonadaonida kutib olgan bo`lsa, hozir uning mazmuni o`zgardi. Odatda odamlar bir necha kun, xafta, oy mobaynida uyidan uzoqda yashashiga to`g`ri keladi. Unga «begona» kishilarning qo`llab-quvvatlashi va yordami kerak bo`ladi. Bu esa mehmondo`stlik orqali amalga oshiriladi.

O`zbek tilining izohli lug`atiga muvofiq mehmondo`stlik «mehmon-do`stga xos xislat, xatti-harakat, mehmon kutishni o`rniga qo`yish» demakdir33. Hozirgi kunda mehmondo`stlik bilan qilingan tashriflar ham kimningdir xonadonlarida emas, balki mehmonxonlarda tunash va dam olish bilan bog`liq ravishda amalga oshirilmoqda. SHu tufayli mehmondo`stlik va turizm atamalarini iqtisodiy adabiyotlarda34 bir-biri bilan bog`liq holda qo`llamoqdalar. Mamlakatimiz olimlari mehmondo`stlik o`rniga “mehmon-navozlik” iborasini ham ishlatmoqda35. Bulardan ham ko`rinib turibdiki, mehmondo`stlik tushunchasining tabiatini ochib berish turizmning nazariy masalalarini qarashda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun har bir tushunchaning ta`rifini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Mehmondo`stlik hozirgi paytda turizmda ko`rsatiladigan xizmatlarning turi bo`lib, ma`lum darajada tadbirkorlik alomatlariga ham ega. Uning shu mazmunidan kelib chiqib mehmondo`stlikka quyidagicha ta`rif berishni maqsadga muvofiq, deb topdik. Mehmondo`stlik deganda mehmonlarni joylashtirish, ovqat-lantirish, transportda tashish, ekskursiya qildirish, konferentsiya o`tkazish, ko`ngilochar kabi xizmatlarni amalga oshirish bilan bog`liq munosabatlar majmui tushuniladi.

Turizmning fan sifatidagi o‘rganish tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Frantsiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815 yil). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk36 o`zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866 yil dastlabki sayyohlik guruhlari AQSHga jo`natildi.

SHarqda arab sayyohi Ibn Battuta37 21 yoshida sayohatni boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.

Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda XIX asrning birinchi yarmida rus sayyohlari Markaziy Osiyoning tarixi, madaniyati, tabiiy boyligi va geografik muhitini o`rganishga ilk qadamlar qo`yishgan. Ayniqsa, bu jarayonlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida keng avj olgan. Bunga tarix, geografiya, botanika, etnografiya, arxeologiya va boshqa ko`p sohalar bo`yicha olimlar, harbiy mutaxassislar safarbar etilgan. Ularning tashriflaridan maqsad ko`p qirrali jarayonlar bilan bog`liq bo`lib, mohiyatan istilochilik bilan bog`liq manfaatlar asosiy o`rinda turgan. SHular qatorida geografik muhit va tabiiy boyliklarni o`rganish, ularni qidirib topish ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bunday murakkab va mashaqqatli tadbirlarni tashkil qilish hamda amalga oshirishda B. A. Fedchenko, P. P. Semenov, Tyan-Shan’skiy katta jasoratlar ko`rsatishgan, ya`ni ular Tyan`-Shan’, Pomir-Oloy tizma tog`lari, ularning quyi tarmoqlarini xaritaga olganlar. Bular o`z navbatida o`sha davrda va keyingi vaqtlarda tog`lar, daryolar, konlarni o`rganishda, shuningdek, guruh bo`lib sayohatlar tashkil qilishda ancha xizmat vazifalarini o`tagan.

O`zbekistonda mustaqillik qaror topgach turizm ishlari keng yo`lga qo`yila boshlandi. Uning huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi farmoni bilan turizm sohasida respublika yagona siyosatini amalga oshiruvchi davlat organi “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi tuzildi. Uning tarkibiga tarmoqqa aloqador davlat va jamoat tashkilotlari kiritildi, hududiy bo`limlari tashkil etildi.

Jahon Turizm Tashkiloti Bosh Assambleyasiga “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi to`la huquqli a`zo etib qabul qilindi38.

O`zbekistonda turistik faoliyat bilan shug`ullanuvchi 408 ta firma va korxona bor. 14 mingdan ortiq o`ringa ega bo`lgan 168 ta mehmonxona faoliyat ko`rsatadi (2006 yil). Respublikaga 2005 yilda dunyoning 117 mamlakatidan 241,9 ming xorijlik turist sayohatga keldi. O`zbekiston fuqarolaridan 380.9 ming kishi chet elga turistik sayohatga chiqdi. SHuningdek, mamlakat ichki turizmidan 334,1 ming kishi foydalandi.

Mamlakatda “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi muassisligida rus va ingliz tillarida “Turizm O`zbekistana” (Tourism of Uzbekistan) jurnali nashr etiladi va kompaniya o`zining www.Uzbektourism.uz veb saytiga ega.


  1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə