Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan




Yüklə 1.77 Mb.
səhifə3/32
tarix22.02.2016
ölçüsü1.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

Savol va topshiriqlar

1. Turkistonda Muxtoriyat harakati uchun kurash jarayoni qanday kechdi?

2. Turkiston Muxtoriyati hukumati tarkibi va uning faoliyati to'g'risida gapirib bering.

3. Muxtoriyat Turkiston o’lkasi xalqlari tomonidan qay tarzda qo’llab-quvvatlandi?

4. Bolsheviklar nima uchun Turkiston Muxtoriyati hukumatini tan olmadilar?
4-§. TURKISTONDA O’RNATILGAN SOVET REJIMI VA BOLSHEVISTIK DIKTATURANING MOHIYATI

Reja:

1.Turkistondagi sovet reji-mining o’ziga xos xususiyatlari

2. O’lkaning «sovetcha andozadagi avtonomiya» asosida boshqarilishi va Turkiston sovet respub-

likasining tuzilishi

3. Milliy rahbar xodimlarning faoliyati
Zo’ravonlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet rejimi o’zining ilk kunlaridan bosh-lab Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachi-lik siyosatini yuritdi. Chor Rossiyasining mustamla-kachilik tizimi sovetlar davrida yanada takomillashtirildi. Turkiston Xalq Komissarlari Soveti o’zining tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan mutlaqo farqli huku-mat edi. Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta komissar-lik o’lkaning boshqaruv ishlarini butunlay qamrab olgan. o’lkada o’matilgan sovet boshqaruv tizimining o’ziga xos va farqli tomoni shundaki, u tashkil topgan zahoti-yoq Rossiyadagi markaziy hukumat—bolsheviklarni tan oldi. 1917-yil 23-noyabrda Turkiston o’lkasidagi yangi hukumat aholiga qilgan murojatida o’zining maqsadlari-ni yashirib o’tirmadi. Murojaatda quyidagi fikrga alohi-da urg’u berilgan edi: «Xalq Komissarlari Soveti mar-kaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og’ishmay amalga oshiradi va o’z faoliyatida butun Rossiya sovetlar s'yezdining qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni bajarish yo’lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomo-nidan keskin choralar ko’rish bilan kutib olinadi».

Demak, Turkiston XKS o’z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, Turkiston o’lkasida sovet rejimini mustahkamlashga jon-jahdi bilan kirishdi.

Barcha mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiya tuzishga kirishish taklif qilindi. o’lka komissarligi tar-kibida bo’lgan va boshqaruvda asosiy rol o’ynaydigan harbiy, tashqi savdo, shuningdek, pochta, telegraf va temir yo’llar boshqaruvi masalalari butunlay Rossiyadagi tegishli idoralar ixtiyoriga berib qo’yildiki, oqibatda Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Markaz-dan yuborilgan barcha mas'ul xodimlar, turli komissiya, byuro va tashkilotlar o’z siyosatlarini qo’g’irchoq organ-ga aylangan o’lka XKS orqali yuritdilar.

O’lkaning «sovetcha andozadagi avtonomiya» asosida boshqarilishi va Turkiston sovet respub-likasining

Tuzilishi.Turkistonda bolsheviklar asos solgan sovet rejimi chorizmning mustamlakachilik siyosatidan oshib tushdi. Turkiston o’lkasi ikkinchi marta Markaziy Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo’la boshladi.O’lkada hokimiyatning faqat ishchilar va yevropali unsurlar qo’lida bo’lib qolishi Turkistondagi barcha demokratik kuchlarning yangi hukumatga bo’lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bolsheviklar va so'1 eserlar Turkiston Muxtoriyati hukumatini ag’da-rib, mamlakat aholisining o’lkani boshqarishga bo'l-gan qonuniy huquqini inkor qilib, hokimiyat to’g’-risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatini yo’qqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy ha-yotidagi kuchlarning kelgusida muxolif turib qolishini oldindan muqarrar qilib qo’ydi.

Markazdagi bolsheviklar hukumati Turkistonda «so-vetcha andozadagi avtono-miya» o’rnatishga qattiq kirishdi. Bu ishni bajarish uchun Moskvadan ko’plab partiya va sovet xodimlari Turkiston o’lkasiga yuborildi. Leninning buyrug’i bilan bolshevik P.A.Kobozev Turkistonning favqulodda komis-sari qilib jo’natildi. 1918-yil 10-apreldan boshlab u Turkiston o’lkasining amaldagi xo’jayiniga aylanib, butun hokimiyat jilovini o’z qo’lida saqlashga harakat qildi. 1918-yil 20-aprel —1-mayda Toshkentda Turkiston sovetlarining V s'yezdi bo’lib o’tdi. Unda qatnashgan 300 ga yaqin delegatdan atigi 50 tasi mahalliy millat vakillari edi. S'yezd delegatlari Lenin va Stalinning ko’rsatmasi asosida 30-aprelda Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida Turkiston Sovet Respublikasi (TSR)ni tuzish to’g’risida qaror qabul qilishdi. Qarorda «Turkiston sovet respubiikasi avtonom tarzda boshqari-ladi, Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumatini tan oladi va o’z faoliyatini u bilan muvofiqlashtiradi», deb yozilgan edi. S'yezd respublikaning qonun chiqaruvchi oliy orga-ni—36 kishidan iborat (18 tadan bolshevik va so'1 eser-lar kirgan) Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK)ni sayladi. Turkiston MIK raisi qilib favqulodda komissar P.Kobozev, hamrais qilib A.Solkin saylandi. Mahalliy millat vakillaridan 4 kishi: SJo’raboyev, S.Yusupov, Sh.Ostonboyev, S.Azimboyev birinchi marta MIK a'zoligiga saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 bolshevik va 7 so'l eser) kiritildi. STursunxo’jayev (sog’liqni saqlash komissari) va S.Ashurxo'jayev (milliy ishlar komissari) tub millatlar-ning dastlabki vakillari sifatida hukumat tarkibiga kirish-di. Shuningdek, tatarlardan LGabitov ichki ishlar va H.Ibrohimov adliya komissarlari qilib saylandi.

Afsuski, «sovetcha andozadagi avtonomiya» tabiatan milliy muxtoriyat bo’lmay, balki hududiy bir avtonomiya edi. Buning ustiga ushbu «muxtoriyat» samaralaridan birinchi galda o’lkadagi yevropalik aholining asosan proletar qismi bahramand bo’ldi. 1918-yil 17—25-iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston bolsheviklarinnig o’lka konferensiyasi Turkis-ton kommunistlar (bolsheviklar) partiyasining 1-s'yezdi deb nomlandi. Unda o’lkadagi kommunistik guruhlar ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Turkiston Kompartiyasiga (RKP(b) tarkibida) birlashdilar. Kommunistlarning miqdori 2000 kishidan oshmas edi. S'yezdda LTobolin raisligida 7 kishidan iborat Markaziy Komitet saylandi, uning tarkibiga mahalliy kommunistlardan Nizomiddin Xo’jayev ham kiritildi.

«Temir qonun», «po'latdek kuchli intizom», «dikta-torlik vakolatlari» kabi sinfiy xislatlarni o’zida jamlagan Turkiston Kompartiyasi RKP(b)ga bo’ysunar edi. Markaz bolsheviklari bergan har qanday topshiriq so’zsiz ijro qilinishi oqibatida Turkiston mintaqasini Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramligi mustahkam asosda yo’lga qo’yildi.

Turkiston bolsheviklarining anjumanida qabul qilingan qarorlar o’lkaning keyingi taqdirida o’ta salbiy rol o’ynadi. Masalan, Turkiston Muxtoriyati hukumatini tor-mor qilishda faol qatnashgan arman dashnoqlari par-tiyasining yo’lboshchisi s'yezdda iliq kutib olindi. Tobolinning aytishicha, ular og’ir vaziyatlarda «Dash-noqsutyun» partiyasining yordamiga suyanishgan edi.

Bolsheviklar tomonidan «sovet Turkistoni»ga aylan-tirilayotgan mintaqada hokimiyatni siyosiy markaz-lashtirish borasidagi harakat kuchaydi. Turkistonda Markazning siyosiy hukmronligi boshqaruv tizimi orqali shakllandi va izchillik bilan amalga oshirishga kirishildi.

Shunday qilib, sovetlarning V s'yezdi Turkistonni Rossiya tarkibidagi o’lka sifatida e'lon qilib, davlat boshqaruvi va xalq xo’jaligi sohasidagi siyosatini markazdagi bolsheviklar hukumati belgilashini «qonuniy akt» bilan muhrlagan bo’lsa, o’lka bolsheviklarining I s'yezdi ham Rossiyaning partiyaviy, g’oyaviy va nazariy hukmronligini tan olib, shimoldagi bu davlat qo'l ostida bo’lishni yoqlab chiqdilar.

Milliy rahbar xodimlar ning faoliyati. 1918-yilning ikkinchi yarmida Turkistondagi sovet ho-

kimiyati, aslini aytganda, qil ustida turib qoldi. Farg’ona vodiysida boshlangan istiqlolchilik harakati butun Turkistonni qamrab olgan edi. Lekin bolsheviklar tashviqoti ro’y berayotgan ho-disalarning asl mohiyatini o’lka aholisiga buzib ko’rsa-tardi. Oqibatda mahalliy aholining bir qismi sovet hokimiyatini mustahkamlash uchun bo’layotgan kurash-ga tortildi. Sovet rejimi milliy o’lkalarda o’z siyosatini amalga oshiruvchi ijrochilarga muhtoj bo’lgan.

Tub aholining aksariyat qismi bolsheviklar va sovet tuzumini tan olmas edi. Bu holat sovet tuzumining kela-jagi uchun jiddiy xavf tug’dirgan. Shuning uchun boshe-viklar tub aholi vakillaridan bir qismini 1918-yil bahori-dan boshlab hokimiyat organlarida ishlashlariga yo'l qo’yib, ularga qisman yon berdilar. Milliy rahbar xodim-lar dastavval yangi tuzumning g’oyalaridan o’z xalqlari baxt-saodati yo’lida foydalanishga urindilar. Ular bu g’oyalarni Turkistonning o’ziga xos xususiyatlariga mos-lashtirishga harakat qilgan edilar.

1919-yil mart oyida Turor Risqulov (1894-1938) raisligida Turkiston o’lkasi Musulmonlar byurosi (a'zo-lari — Nizomiddin Xo’jayev, Abdulqodir Muhitdinov, YJbrohimov, Yusuf Aliyev, Afandizoda va boshqalar) tuzildi. Musulmonlar byurosi zimmasiga tub aholi o’rta-sida ish olib borishni tashkil etish vazifasi yuklatildi.



Turkistonda bolshevistik diktatura va uning mohiyati. Musbyuroga «Ishtirokiyun» (hozirgi «O’zbekiston ovozi») gazetasiga muhanirlik qilish vazifasi ham topshirildi. Musulmonlar byurosi atigi 10 oy davom etgan faoli-yati davrida o’lka miqyosida musulmon kommunistik tashkilotlari faoliyatini yo’lga qo’yishga, katta tashkiliy ishlarni amalga oshirishga erishdi. U Turkistondagi tub xalqlarning manfaatlarini himoya qilishga qattiq kirishgan edi. Turkiston respublikasidagi bolshevistik rahbariyat o’rta-sida hokimiyat uchun o’zaro kurash qizib ketdi. Guruh-bozliklar, mojarolar va janjallar avjga chiqdi. 1918-yil oktabr oyida F.Kolesov, LTobolin, A.Solkin va boshqa «eski kommunistlar» o’z vazifalaridan chetlashtirildi. 1918-yil oktabrda bo’lib o’tgan sovetlarning fav-qulodda VI s'yezdida RSFSR Konstitutsiyasi asosida Turkiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyaga ko’ra, mudofaa, tashqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo’llar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari kabi davlatchilikning muhim shakllari Rossiya federal hukumati boshqaruvida qoldirildi.

Shunday qilib, Turkistondagi siyosiy hukmronlik, birinchidan, o’lkada «sovetcha andozadagi avtono-miya»ning o’rnatilishi bilan yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bu jarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy fiinksiyalarining federal hukumatga topshirilishini kons-titutsiya yo’li bilan «qonuniy« rasmiylashtirilishi bo’ldi. 1919-yil 19-yanvarda harbiy komissar K.Osipov boshchiligida isyon ko’tarildi. Ular 14 komissarni otib tashlashdi. K.Osipovning xalqqa qilgan murojaatida ko’plab va'dalar berilganligiga qaramay, tub aholi betaraf qoldi. Biroq isyon tezda Toshkent temir yo'l ustaxonalari ishchilari va boshqa kuchlar tomonidan bostirildi. Osipov Farg’ona vodiysiga qochib ketdi. To’ntarishga bo’lgan urinish yangi qatag’on va terror usullarining paydo bo’lshiga olib keldi.

o’lka bolsheviklari 1919-yil mart oyi boshida so'1eserlarni hukumatdan siqib chiqardilar. Turkiston ^ va XKS tarkibi nuqul kommunistlardan iborat qilib tuzildi.

Markaz bolsheviklari Turkistonning siyosiy va iqti-sodiy qaramligini huquqiy yo'l bilan «qonuniy» mus-tahkamlagach, o’lkani boshqarish uchun Markaz man-faatlarining so’zsiz ijrochisi bo’lgan o’z emissarlarini jo’nata boshladi. Turkiston bilan Markaz vaqtinchalik bog’lanib turgan qisqa muddat ichida (1919-yil yanvar-aprel) Kreml hukumati bu yerga ana shunday emissarlar yuborishni muntazam yo’lga qo’ydi. 1919-yil 12-fevralda RKP(b) MK va RSFSR XKS-ning Turkiston ishlari bilan shug’ullanuvchi alohida muvaqqat komissiyasi (raisi — Sh.Z.Eliava) tuzildi. Ko-missiya a'zolaridan P.Kobozev boshchiligidagi bir guruh xodimlar 4-mart kuni Toshkentga yetib kelishdi. Kobozev sovetlarning favqulodda VII s'yezdida (1919-yil mart) shunday da'vo qilgan edi: «RSFSR hukumatining qabul qilgan har bir qonuni MIK tomonidan Turkis-tonda so’zsiz amalga oshirilishi shart».

Markazdan kelgan bolsheviklar bilan Turkistondagi sovet amaldorlari o’rtasida hokimiyat uchun kurash qay-tadan avj olib ketdi. Bu holat, xususan, sovetlarning VIII s'yezdida (1919-yil 6-sentabr — 3-oktabr) yaqqol namoyon bo’ldi. A.Kazakov boshchiligidagi Turkiston MIK raisi bilan Markaz vakili P.Kobozev o’rtasida hokimiyat uchun bo’lgan kurashda Kobozev zo’rg’a g’olib chiqdi. Tub xalqlarga nisbatan shovinistik muno-sabatini oshkora namoyish qilgan A.Kazakov va o’rin-bosari Uspenskiy, ularning hamtovoqlari o’z lavozimla-ridan olib tashlandi. A.Kobozev Turkiston MIK ning yangi raisi LApinga mustamlakachilik siyosatini o’ta noziklik bilan yuritish, tub xalqlarning manfaatlariga oshkora qarshi chiqmaslik xususida ko’rsatmalar berdi.

Turkiston o’t-olov ichida yonayotgan bir paytda— 1919-yil 8-oktabrda V.I.Lenin buyrug’i bilan butun Ros-siya MIK va RSFSR XKS ning Turkiston ishlari bo’yi-cha komissiyasi — Turkkomissiya (raisi — Sh.Z.Eliava) tuzildi. 1919-yil 4-noyabrda Eliava, V.Kuybishev, F.Goloshchekin, Ya.Rudzutakdan iborat tarkibdagi Turkkomissiya Toshkentga yetib keldi. MFrunze va CBokiy keyinchalik bu yerga kelishdi. Turkkomissiya amalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xo’jalik va harbiy tashkilotlarga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshe-vikcha siyosatni qat'iy ravishda amalga oshirishga kirish-di. Turkkomissiyaning tazyiqi bilan 1920-yil yanvar oyining oxirida Musbyuro o’z faoliyatini to’xtatdi.

Turkkomissiya o’lkamiz yangi tarixida o’ta mash'um rol o’ynadi. U bolsheviklar hukmronligini kuchaytirish va o’lkaning sovet Rossiyasiga qaramligini kengaytirish bilan jiddiy shug’ullandi. Turkkomissiyaning Toshkentga kelishi bilan Turkistonda bolshevistik diktaturani o’r-natish jarayoni muayyan marraga yetdi. Bolshevistik dik-taturaga asoslangan sovet rejimi tub aholining manfaat-lari va intilishlariga zid bo’lgan, faqat sinfiy kurashga asoslangan va xalqqa qarshi qaratilgan totalitar rejim edi.

Savol va topshiriqlar

1. Turkistondagi sovet rejimining o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat bo’lgan?

2. «Sovetcha andozadagi avtonomiya» bilan muxtoriyat harakati o’rtasida qanday farq bor?

3. Musulmonlar byurosining faoliyati qanday kechgan?

4. Turkistonda o’rnatilgan bolshevistik diktatura va sovet reji-mining asl mohiyati nimadan iborat bo’lgan?

5-§. TURKISTONDA BOSHQARUV TIZIMINING TUZILISHI VA IQTISOOIYOT SOHALARIDAGI

O’ZGARISHLAR

Reja:

1.Bolshevikcha boshqaruv-ma’muriy tizimining tashkil topishi.

2.Moliya,sanoat tarmoqlari, transport,hunarmandchlikdagi o’garishlar.

3.Qishloq xo’jaligiga nisbatan siyosat va o’tkazilgan chora tadbirlar.

So'1-bolshevistik guruhlar o’lkaning yevropaliklar yashagan joylarida o’z hokimiyatlarini o’rnatganlaridan so’ng inqilobiy aqidalar asosida boshqaruv-ma'muriy idoralar tizimini tashkil qilishga kirishdi. Oldingi amaldorlar hokimiyatdan mahrum qilinib, mahkamalar yopildi. Turkiston komissarlari soveti tuzilib, u inqilobiy dekret-lar — majburiy qoidalar chiqarib bordi. 1918-yil bahor-yozidan Turkiston sovet respublikasi e'lon qilinishi bilan hukumat tuzildi, qator komissarlik-lar, jumladan, ichki ishlar, yer ishlari, maorif, millatlar ishlari komissarliklari barpo qilindi. Sovet hokimiyati dushmanlari bilan kurash olib boruvchi ChK (Favqulodda komissiya) o’z faoliyatini amalga oshira boshladi. Siyosiy vaziyat keskinlashishi munosabati bilan tribunallar, siyosiy bo’limlar, uchliklar ham tuzilib, faoliyat ko’rsatdilar. Xo’jalikni boshqaruvchi idoralar tashkil etildi.

Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand viloyat boshqaruv idoralari, komissarliklar, boshqa markaziy ma'muriy idoralarning bo’limlari barpo qilindi, shuningdek, uyezdlar va volostlar ma'muriyatlari tashkil etildi. Aholi ijtimoiy hayoti tartib-intizomini yo’lga qo’yish tadbirlari joriy etib borildi.

Qator muddat davomida sovet boshqaruvi, uning siyosati barcha joylarni qamrab ololmay keldi. Asosan shaharlar va atroflardagi joylar bu jarayonga tortildi. Markazlardan olislardagi joylardan esa vaqti-vaqti bilan sovet hokimiyati amaldorlari qurolli kuch hamrohligida paydo bo’lib, oziq-ovqat, yem-xashak, otlar, boshqa dehqonchilik mahsulotlarini yig’ib olib qaytganlar.

Siyosiy vaziyat murakkablashgan joylarda, jumladan, Farg’ona viloyatida inqilobiy hokimiyatning favqulodda organi — inqilobiy qo’mita (revkom)lar harbiy sharoit qoidalari bo’yicha hokimiyatni boshqarganlar. Turkiston o’lkasi, viloyatlar va mahalliy ishchi, soldat sovetlariga saylovlar o’tkazilib, ularning qurultoylarida turli masalalar muhokama qilingan. Umumturkiston sovetlarining 12 ta qurultoyi o’tgan. o’lka bolsheviklari siyosiy muxoliflarini chetlashtirgandan so’ng Turkiston sovetlarining so’nggi oltita — VII—XII qurultoylari mut-tasil ular rahbarligida o’tdi. Sovetlar qurultoyidan oldin o’lka bolsheviklarining qurultoyi o’tkazilib, muhim siyosiy ko’rsatmalar tasdiqlab olingach, sovetlar qurul-toyiga ko’rsatma sifatida tavsiya etilgan. Turkiston kom-partiyasining sakkiz qurultoyi bo’lib o’tdi.

Sovetlar hukmronligi boshlanishi bilan vaqf mulkla-rining davlat ixtiyoriga olinishi e'lon qilindi. 1918— 1920-yillarda ko’plab joylarda bu narsa amalga oshirildi.1919-yil iyun oyida qoziliklar yopildi. Bular milliy an'analarga hujumning bir qismi edi va xalq ommasining noroziligiga sabab bo’ldi.

1919-yil kuzida Rossiya markazidan kelgan Turk-komissiya favqulodda va cheklanmagan, siyosiy-par-tiyaviy hamda davlat hokimiyati vakolatlarini amalga oshirdi. U Turkiston Kompartiyasi MK, Turkiston MIK va XKS ustidan qattiq nazorat o’rnatdi, lozim topganda ularni tarqatib yubordi, tarkibini o’zgartirdi. Ichki va tashqi siyosat, iqtisodiyot, armiya, kadrlar masalasini o’z qo’liga olib markazlashtirdi. Rossiyadan yuborilgan moddiy resurslar, harbiy qismlar, bolshevik kadrlar Turkkomissiya ixtiyoriga icelar edi.

Turkiston kompartiyasi a'zolarining soni kam bo’lib, tez-tez o’zgarib turardi. Masalan, 1920-yil oxirida 58 mingga yaqin a'zo bo’lsa, partiya faoliyatining oxirgi yili — 1924-yil o’rtalarida uning qatorlarida 6 ming a'zo bor edi. Chunki kommunistlar xalq o’rtasida obro'-e'ti-borga ega emasdilar.

Asossiz va real voqelikdan yiroq bo’lgan boshqaruv jarayoni uzluksiz siyosiy to’qnashuvlar va g’oyaviy muxoliflikni keltirib chiqarar edi. Bularga javoban bol-shevik rahbarlar sovet idoralarida, ijtimoiy tashkilotlarda, kompartiyaning o’zida ham tez-tez tozalash (chistka)lar o’tkazib bordilar.

Inqilobiy hokimiyat tub o’z-garishlar shiorlari va dab-dabali dasturni e'lon qilibgina qolmasdan, Turkistonda ular-ni amalda tadbiq qilishga ham kirishdi. Dastlab barcha bank muassasalari, ularda-gi mablag’ va boyliklar, shuningdek, temir yo'1, aloqa vositalari natsionalizatsiya qilindi. Sanoat va tog’-kon korxonalarida ishchilardan boshqaruvni, ishchi nazorati-ni amalga oshirish e'lon qilindi, lekin bundan natija chiqmadi. Ikkinchi bosqichda sanoat korxonalari, so’ngra boshqa ob'ektlar (mehmonxonalar, restoranlar, tamaddixonalar), hunarmandchilik ustaxonalari va shu kabilar musodara (natsionalizatsiya) qilindi.



Moliya, sanoat tarmoq-lari, transport, hunar-mandchilikdagi o’zga-rishlar. Sanoat bo’yicha sanoat, savdo, qishloq xo’jaligi va boshqa komissarliklar tuzilib, ish olib bordi. Turkiston respublikasining Xalq xo’jaligi Kengashi (1918-yil aprel), uning joylardagi tashkilotlari xo’jalik faoliyatiga rahbar-lik qildilar. Tadbirkorlik bilan shug’ullanib kelgan jami-yatlar tarqatib yuborildi, xususiy mulk egalari tekin-xo’rlar deb e'lon qilinib, fuqarolik huquqlaridan mahrum qilindi. Buning ustiga ularga tez-tez kontribut-siyalar (tovon, jarima) solindi, ular majburiy mehnatga jalb qilindilar.

Xususiy mulk yo’q qilinib, egasiz qolgan iqtisodiyot shiddat bilan talon-taroj bo’ldi. 1917-yilda o’lkada 326 ta paxta tozalash, yog’-sovun zavodlari bor edi. Ularning soni qisqarib borib, 1918-yilda 69 taga, 1919-yilda 43 taga, 1920-yilga kelib esa 37 taga tushib qoldi. Paxta yog’i, sovun ishlab chiqarish, toshko’mir va neft qazib olish nihoyat darajada pasayib ketdi. Temir yo’lda ishla-mayotgan parovozlar, vayron bo’lgan vagonlar soni tez ortib bordi. 1917-yilda Turkistonda 91242 hunarmand bo’lib, ulardan 52796 tasi shaharlarda, 38446 tasi qishloqlarda faoliyat ko’rsatgan. Farg’ona, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahri va atrofida 31353 ta hunarmandchilik korxonalari bo’lib, ular hunarmandlarning xususiy rnulki bo’lgan. Ular davlat mulki deb e'lon qilindi. Hunar-mandchilik ustidan qattiq nazorat o’rnatildi, mahsulotlar hokimiyat tomonidan taqsimlanadigan boldi. O’lkada savdo-sotiq buzildi, oziq-ovqat tanqisligi natijasida hamma bozorlar yopildi, non bilan ta'minlash, g’alla davlat idoralari ixtiyorida markazlashtirildi. Iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun Turkiston XKS pul emissiyasiga zo’r berish yo’lini tan-ladi. 1918-yil yoziga kelganda pul-moliya tangligi pul-ning o’ta qadrsizlanishiga olib keldi. o’lka hukumati o’z pul qiymati — Turkiston bonlarini1 chiqara boshladi, ba'zi joylarda o’z kredit biletlari chiqarildi.

Ishchilarning moddiy ta'minoti buzildi, ishlab turgan korxonalarga ishchilar yetishmay qoldi. 1919-yil yozidan 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan aholi yalpi majburiy mehnatga tortildi. 1920-yilda paxta tozalash sanoati, so’ngra irrigatsiya tarmoqlari ishchilari harbiy holatga ko’chirildilar. Shuningdek, ba'zi harbiy qismlar mehnat qismlariga aylantirildi.

Ko’rilgan chora-tadbirlar o’lka xalq xo’jaligini og’ir ahvoldan — jiddiy inqirozdan qutqara olmadi.



Qishloq xo’jaligiga nisbatan siyosat va o’tkazilgan chora-tadbirlar. Turkiston aholisining 80 %

dan ortig’ini dehqonlar tashkil qilardi. Shuning uchun yer- suv (agrar) munosabatlari va

ular bilan bog’liq bo’lgan sanoat uchun xom ashyo, oziq-ovqat muammolari jiddiy ahamiyat kasb etdi. Rossiyada oktabr to’ntarishi kuniyoq pomeshchik (yirik) yer egaligini yo’q qilish to’g’risida dekret e'lon qilindi, yerlar qashshoq dehqonlarga taqsimlab berildi. Bu tadbirni Turkistonda ham o’tkaz-moqchi bo’ldilar. Lekin bu yerda sharoit, ya'ni dehqon-lar ommasining urf-odati, kayfiyati boshqacha edi. Lekin sovet hokimiyati qishloqda o’z ta'sirini o’tkazishga qaror qildi.

1917-yil 9-dekabrda Turkiston XKS yerni sotish va sotib olishni man qiluvchi, yerni ijara berishni chek-

lovchi qaror qabul qildi. Ammo u qog’ozda qoldi. 1918-yil boshidan XKS hamda yer ishlari komissarligi o’zi mehnat qilmagan egalar ixtiyoridagi bog’ va uzumzor-larni natsionalizatsiya qilish hamda bunday shaxslarning yer-suv, uy-joy sharoitlari, qoramollarini ro’yxatga olish to’g’risida buyruq va ko’rsatma chiqardi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun yer-suv komitetlari tuzilib, ular tarkibiga kambag’al dehqonlar, batraklar kiritilishi ko’z-da tutildi. 1918-yil avgustida Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida 74 ta volost yer-suv komitetlari ish ko’rgan. Yil oxirida bular kambag’allar komiteti (K0Mbedi) va kambag’allar uyushmasi deb ataldi.

Lekin yirik dehqonlar yer egaligini surunkali tuga-tishga qaratilgan harakatlar natija bermadi. Dehqonlar ommasi bunga qafiy qarshi chiqdi. 1918-yil 11-yanvar-da Qo’yliqda Toshkent uyezdi vakillarining qurultoyi bo’ldi, unda 586 vakil qatnashdi. Qurultoy sovet hokimiyatiga, yer-suv komitetlarining tuzilishiga qarshi chiqdi, inqilobiy agrar tadbirlarni rad etdi. Shu yil sentabr oyida Farg’ona viloyatining Vodil qishlog’ida to’plangan dehqonlar majlislari kambag’allar uyushmasi-ni tuzish, yer maydonlarini natsionalizatsiya qilishga qarshi chiqdilar. Bu hol Asaka volostida, boshqa joylar-da ham bo’ldi. Tuzilgan yer-suv komitetlari esa inqilobiy choralarni amalga oshirmas edi.

Shunday qilib, yer to’g’risidagi dekret bajarilmadi, dehqonlar agrar masalaning Turkistonda inqilobiy zo’ra-vonlik bilan qayta ko’rilishiga yo'l qo’yrnadilar. Agrar tadbirlar asosan o’lkadagi yevropalik mulkdor-lar va dehqonlarga nisbatan amalga oshirildi. 1918-yil boshida ko’pchilik imeniye (yevropacha agrar maj-mua)lar, bog’lar va yirik xo’jaliklar natsionalizatsiya qilindi. Faqat natsionalizatsiya qilingan bog’lar va uzum-zorlar maydoni 13.361 desyatinadan iborat edi.

Bolsheviklar hokimiyatining buzg’unchilik tadbirlari-ni tobora avj oldirishi, ziroatchilikni talash, buning ustiga jahon urushi zug’umi Turkiston qishloq xo’jaligiga katta zarar yetkazdi. Chunonchi, 1915-yilda Turkistonda 3,5 mln (bundan 2,4 mln sug’oriladigan) desyatina ekin maydoni bo’lgan. Biroq u 1917-yil oxiriga kelib yarmiga, 1918-yilda uchdan ikki qismga qisqargan. o’lkaning uchta O’zbek viloyatlarida 1917-yilda 8440 ming bosh qoramol bo’lsa, 1920-yilda ular 3440 ming boshni tashkil qildi. Paxtachilikdagi inqiroz surunkali tus oldi. 1915-yili 542 ming desyatina yerda paxta yetishtirilib, uning yalpi hosili 831 ming tonnani tashkil etgan bo’lsa, 1921-yili bu raqamlar 76 ming desyatina va 15 ming tonnani tashkil etdi. Yung, pilla yetishtirish va qishloq xo’jaligining boshqa sohalarida ham mahsulot hajmi pasayib ketdi.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə