Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan




Yüklə 1.77 Mb.
səhifə29/32
tarix22.02.2016
ölçüsü1.77 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

Kommunistik ta'limotning ma’naviy sohaga halokatli ta’siri. Ma’lumki ,o’zbek xalqining tarixi azaldan yuksak ma’naviyati bilan ajralib turgan. Biroq insonparvarlik ,mehr-muruvvat,milliy mustaqillik,milliy va umuminsoniy ma'naviy qadriyatlarga, diniy qarashlarga tayangan bu tarix kommunistik ta'limot andozalariga mos kelmay qoldi. Milliy ma'naviyat mustahkamlanib borayotgan milliy birlik kuchini, dunyoqarash haqidagi o’ziga xos tasavvurlar tizimini, xalqning ming yillar mobaynida qaror topib kelgan ma'naviy o’ziga xosligini, noyob va muqaddas an'analari, orzu-umidlarini aks ettiradi. U ko’p asrlik o’tmish bilan hozirgi kunni uzviy ravishda bog’lab, xalq qudrati va g’ayrat-shijoatining manbai, yosh avlodni tarbiyalash asosi bo’lib xizmat qilib keldi. Shuning uchun ham, markscha aqidalarga muvofiq boshqacha fikrlashning barcha turlarini yo’q qilishga intilgan sovet hokimiyati uchun kommunistik mafkuraga muqobil bo’lgan tafakkur shakllari, ayniqsa, xavfli bo’lib tuyulgan. Ikkinchi tomondan, o’z tabiatiga ko’ra mus-tamlakachi tuzum bo’lgan sovet mustabid tizimi hukm-ron markazning imperiyacha niyatlari yo’lida xalqni ma'naviy jihatdan bo’ysundirishga, uni o’zining milliy o’ziga xosligini, ma'naviy-etnik ildizlarini, ozodlik tuyg’ularini va tarixiy Vataniga bo’lgan farzandlik mehr-muhabbatini unutgan, undan mahrum bo’lgan irodasiz, aql-hushsiz manqurtga aylantirishga intildi.Sovet «madaniy siyosati»ning mafkuraviy asosini lenincha «madaniy inqilob» nazariyasi tashkil etardi. U ijtimoiy ongni tubdan qayta o’zgartirishni, kommunistik dunyoqarash monopoliyasini o’rnatish, kommunistik mafkuraning ma'naviy ishlab chiqarishning barcha soha-lariga tarqalishini, proletariat tipidagi «sotsialistik madaniyat» ning vujudga kelishini, keng tarmoq yoygan madaniy-mafkuraviy muassasalar tizimining mus-tahkamlanishini belgilab berdiki, ular butunlay hukmron kommunistik partiya maqsadlariga xizmat qilishi lozim edi.

Kommunistik rahbariyat ma'naviy hayotni mustabid-lashtirish, milliy g’oyani sotsialistik g’oya bilan almash-tirish vazifalaridan kelib chiqib, o’n yillar mobaynida O’zbekistonning hamma joylarida milliy tafakkur tarziga zid bo’lgan xayoliy markscha dunyoqarashni singdirish-ga urindi, milliy o’zlikni va milliy tafakkurni bostirib keldi.

Avvalo, ko’p ming yillik ma'naviy-madaniy merosga halokatli zarbalar yog’ildi. Bolsheviklar hokimiyatni bosib olgan dastlabki davrlardan boshlab «madaniy inqilob»ni amalga oshirishga kirishdilar, axloq, adabiyot, san'atni samarali milliy zamindan ajratib qo’yishga, «proletar madaniyati»ning yaramas namunalarini joriy etishga intildilar. Keyinchalik ham sovet davlatining mustabid tizimi o’z mafkuraviy apparatining butun qudratini ishga solib, ommaviy axborot vositalaridan, butun ta'lim tizimidan foydalanib, tarixiy haqiqatni buzib ko’rsatishga, haqiqiy milliy an'analar va urf-odat-larni zo’r berib barbod qilishga, xalq xotirasidan jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo’shgan buyuk ajdodlari nomlarini chiqarib tashlashga urindi. Ayni vaqtda jadal baynalmilallashtirish maqsadini ko’zlab, milliy tafovut-larni barham toptirish, milliy madaniyatlarni birxil-lashtirish uchun qafiy kurash olib borildi. Milliy o’ziga xoslikni saqlab qolish zarurligini yoqlab chiqqan milliy ziyolilar vakillari millatchilikda ayblandi. Ular ta'qib qilinib, ko’plariga «xalq dushmani» yorliqlari tirkaldi.

Sovet hokimiyatining butun borishi mobaynida «din— xalq uchun afyundir» degan markscha shior niqo-bi ostida dahriylik esktremizmi avj oldirildi, u «sovet tur-mush tarzi»ning muhim tarkibiy qismiga aylantirildi, odamlarning diniy his-tuyg’ulari qo’pollik bilan oyoq-osti qilindi, muqaddas diniy qadriyatlar toptaldi, ruhoniylar ta'qib ostiga olindi.

Yana bir strategik yo’nalish zo’rlik bilan «rus-lashtirish» siyosati bo’lib, u siyosiy yuqori tabaqaning milliy masaladagi imperiyacha yo lini aks ettirdi. Uni davlat miqyosida amalga oshirish milliy hayotning bar-cha sohalarida, xususan, til to’g’risidagi siyosatda jiddiy nuqsonlar sodir bo’lishiga olib keldi. Ko’p millatli davlatda millatlararo aloqa tili bo’lgan rus tili avval boshdanoq buyruq yo’li bilan joriy etila boshlandi.

Shu bilan birga ommaviy axborot vositalarida, adabiyot, fan va san'atda O’zbek tilining faol amal qilish sohalari sun'iy ravishda toraytirilishi ko’zga tashlandi. Masalan, o’sha yillarda ilmiy dissertatsiyalarning 95% dan, ilmiy adabiyotlarning 80% dan ko’prog’i rus tilida yozilar va nashr etilardi. 1960-yildan 1982-yilgacha bo’lgan davrda O’zbek tilida kitoblar nashr etilishi 60% qisqargan, holbuki, bu davrda O’zbeklar soni 2 baravar ko’paygan edi.

Shunday qilib, yot kommunistik mafkuraning joriy etilishi O’zbek xalqining imperiyacha-mustabid tuzum-ning tahqirlovchi zanjirlari bilan kishanlanishini taqozo etdi. U munosib tarzda hayot kechirishdan mahrum etil-gan bo’lib, o’z yerida o’zini erkin his qilolmasdi, haqiqiy madaniyatidan, an'analaridan, tarixiy xotirasidan, chi-nakam ma'naviyatidan ko’p jihatdan mahrum bo’lgan edi. Ittifoq markazi O’zbekistonning tabiiy-xom ashyo va ma'naviy-madaniy resurslaridan vahshiyona foydala-nishni davom ettirib, xalqni kambag’allik va tarixiy bema'ni hayot kechirishga duchor qildi. Biroq kommu-nistik rahbariyat xalqni manqurtga aylantira olmadi. Kommunistik mafkura hukmronligining og’ir mashaq-qatlarini boshdan kechirgan O’zbek xalqi ozodlik ideal-lariga sodiq bo’lib qoldi. Buyuk mutafakkir Forobiy ayt-ganidek, «ozodlikni zo’rlik bilan bo’g’ib tashlash mumkin emas».

O’zbek xalqi asrlar mobaynida mustaqil yashash va fikrlash uchun o’zga yurt bosqinchilariga qarshi kurashib keldi. Bu vatanparvarlik an'anasi samarasiz ketmadi va endilikda O’zbek xalqi o’z Prezidenti rahnamoligida mil-liy istiqlol mevalaridan bahramand bo’lmoqda.



Savol va topshiriqlar

1. Kommunistik mafkuraning g'ayrimilliyligi nimalarda yaqqol namoyon bo’ldi?

2. Sovet mafkurasi O’zbek xalqining turmushiga qanday ta'sir ko’rsatdi?

3. Kommunistik mafkura nima uchun xalqimiz tomonidan qabul qilinmadi?

4. Kommunizm g'oyasi nima uchun mag'lubiyatga uchradi?

5. Kommunistik mafkuraning yashovchanligi xususida misol-lar keltiring.


61-§. «QAYTA QURISH» SIYOSATI VA IJTIMOIY-SIYOSIY INQIROZ

Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.

Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi.

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pa-sayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxi-ralarga ega bo’lishiga qaramasdan g’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish sama-radorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o’zlashtirish juda sust olib borildi.

Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyati-' dan nafratlanish, jiddiy, tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.

Ana shunday sharoitda 80-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining aprel (1985-yil) plenumi bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyat-ning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan bosh-landi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallashiga qaramas-dan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi.

Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985—1987-yil-lar) ma'muriy-tashkiliy tadbirlarning an'anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo’yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraq-qiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishdan iborat bo’ldi.

Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomil-lashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon bo’lib qoldi. Shuning uchun 1986-yilda qayta qu-rish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma'muriy-buyruqbozlik va byurokra-tizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi.

Natijada jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma'lum o’zgarishlar ro’y bera boshladi, kishi-larning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o’zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o’zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islo-hotlarni amalga oshirish yo’lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986-yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987-yil yanvaridan ishlab chiqarish sur'atlari keskin pasaya bordi, iqtisodi-yotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning bi-rinchi bosqichi shu tarzda mag’lub bo’ldi.

Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987— 1990-yil-lar) endi jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi. Xususan, bunday va-zifa sobiq siyosiy mafkura tomonidan 1987-yil yanvarda yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to’liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi.

Jamiyatda sodir bo’layotgan voqealar, hodisalarga o’sha davrda kun tartibiga qo’yilgan «ko'proq demokratiya» shiori ostida baho berish rasm bo'1-

di. To’g’ri, demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma'lum darajada uyg’otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o’zgartirish to’g’risidagi Qonun (1988-yil de-kabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a'zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma'lum ahamiyat kasb etdi.

Ammo mamlakatda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetka-zish mumkin boimadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo’q edi. Ikkinchidan, par-tiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar. Ma'lumki, qayta qurish «yuqoridan» boshlandi.

Sovet jamiyatini demo-kratlashtirish va uning amalda asossizligi. Mazkur jarayonning boshlanish paytida jamiyat a'zolari unga juda katta umid bog’ladilar. Ro’y berayotgan o’zgarishlar, ayrim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar kishilarda ertangi kunga, «porloq kelajak»ka ishonch ruhini yana uyg’otdi. Dastlabki davrda qayta qurish rah-namolari, ya'ni «yuqori»ning «quyi» bilan munosabatla-rida ma'lum kelishuvchilik, xayrixohlik sezildi.

Lekin keyinchalik vaziyat o’zgardi, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi uquvsizlik demokratik jara-yonlar va oshkoralikning yarim yo’lda qolib ketishi — bularning barisi jamiyat a'zolarida qayta qurishga bo’lgan munosabatni o’zgartirdi. Qayta qurishning uchinchi yilida uning to’liq mag’lub bo’lishi aniq ko’zga tashlanib qoldi. Amaliy ishlar, foydali tadbirlar o’rniga siyosiy jab-hadagi «musobaqalar»: siyosiy safsata, quruq va'dalar kishilarda loqaydlik holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o’rnini sustkashlik, davlat va firqa siyosatiga ishonmaslik, befarqlik egalladi.

Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma'lum ma'noda kuchayishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga, bunday jarayonlarni madaniy shaklda, xalqaro andozalar asosida olib borish imkoni bo’lmadi. Bunga ko’proq kommunistik-bolshevistik mafkuraviy yakkahokimlik, ma'muriy-buyruqbozlik tizi-mi asoratlari ta'sir qilar edi. Natijada tom ma'nodagi oshkoralikka erishib bo’lmadi, demokratiya esa amalda navbatdagi «siyosiy o'yin»lar ko’rinishini oldi. Fikrlar xilma-xilligining ayrim ko’rinishlari esa «yuqori»ning siyosat va nazariy masalalarda hur fikrlilikni ta'qib etishi asnosida yuz berdi.

O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning yanada keskinlashuvi. «O’zbek ishi»ning mohiyati

Tabiiyki, yuqoridagi kabi holatlar jamiyatda tom ma'-nodagi siyosiy-ijtimoiy islo-hotlarni amalga oshirishga imkon bermadi. Imkon beri-shi mumkin emas edi ham.

Chunki, bunday islohotlar aslida sobiq markazning siyosiy manfaatlari nuqtai nazaridan amalga oshirilishi lozim edi. Milliy respublikalar talab-ehtiyojlari nazar-pisand qilinmadi. Natijada ijtimoiy-siyosiy inqiroz yuza-ga keldi. Bunday holat, ayniqsa, O’zbekistonda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ldi. O’zbekistonda tobora kuchayib borayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz, boshboshdoqliklarning zudlik bilan oldini olish, pirovard natijada ijtimoiy adolatga erishish lozim edi.

Ana shunday sharoitda mavjud holatdan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mus-taqillik yo’lidagi harakatlarini bartaraf etish, Sobiq SSSRda vujudga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun Markaz turli nayranglar, «siyosiy o'yinlar» o’ylab chiqdilar.

Sobiq mamlakatning turli mintaqalarida «o'ylab topilgan» bunday «tadbirlar» ichida O’zbekistondagi holat o’ta achinarli tus oldi. Markaz nima qilib bo’lsada, O’zbekiston misolida uning rahbariyatini, xalqini uyushgan jinoyatchilikda ayblab, obro’sizlan-tirish yo’lini tutdi.

Buning natijasida «O’zbek ishi», keyin «Paxta ishi» paydo bo’ldi. «O’zbek ishi» aslida markazda o’ylab topilgan bo’lib, uning mohiyatini O’zbekiston misolida sobiq SSSRning taraqqiyot jihatidan umumjahon andozalaridan ajralib qolganligini xaspo’shlab ko’rsatish edi. «Paxta ishi» esa «O’zbek ishi»ning davomi bo’lib, nima qilib bo’lsa-da o’sha davrda barcha respublikalarda avj olgan qo’shib yozish, xizmat lavozimini suiiste'mol qilish, uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelganligini, ularni bartaraf etish orqali sobiq SSSRning davomiyligi-ni saqlashdan iborat edi.

Ta'kidlash kerakki, O’zbekistonning o’sha paytdagi ayrim rahbarlarida (Inomjon Usmonxo’jayev, Rafiq Nishonov va b.) ham qafiy jur'at, sobiq Ittifoq doirasi-da respublikaning real tutgan o’rnini ochiq-oydin aytish uchun mardlik yetishmadi. Aksincha, uning o’rniga bun-day rahbarlar Markaz vazifalarini tezroq «uddalash», respubikaning Ittifoqqa boqimanda ekanligi to’g’risidagi soxta fikrlarni tasdiqlashdan nariga o’tmadilar. Ijtimoiy- ma'naviy sohada esa milliylikning har bir ko’rinishi «internatsionalizm« mohiyatiga yot ekanligini isbotlash-ga harakat qilindi. Bu narsa O’zbek tili, din, milliy urf-odat, an'ana, marosimlar, ayniqsa, «Navro'z» bayramiga munosabatda yaqqol ko’rindi.

O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida o’zkompartiyaning XVI Plenumi (1984-yil 23-iyun) juda mash'um rol o’ynadi. Ushbu partiyaviy tadbir ham aslida «yuqori»ning talabi bilan o’tkazilgan bo’lib, uning maqsadi mahalliy rahbar kadrlarni obro’sizlan-tirish, ular «timsoli»da O’zbek xalqini kamsitish edi. 1984—1990-yillar ichida O’zbekistonda XX asr 30-50-yillarida sodir bo’lgan qatag’onlardan ko’lam jihatidan kam bo’lmagan bedodliklar yuz berdi. Eng avvalo qatag’on qilichi Sharof Rashidovga qarshi ko’tarildi. 80-yillar qatag’onidan sobiq Ittifoqdagi biror-bir xalq O’zbek millati kabi talafot ko’rmadi.

Markazning tazyiqi tufayli 1984-yildan respub-likamizga mamlakatning turli mintaqalaridan «desant-chilar» yog’ilib kela boshladi. «Desantchilar» aslida milliy-mahalliy urf-odat, an'analarni bilmagan, bilish-ni ham istamagan, aksincha, turli siyosiy iboralar bilan ularni inkor etuvchi, «yordam berish», «O'zbe-kistonni to’g’ri yo’lga solish» shiorlari orqali mam-lakatimizni obro’sizlantirishga harakat qilgan va markaz tomonidan rag’batlantirilgan hamda yuqori lavozimlarga tayinlanganlar edi. Gdlyan va Ivanov rahbarligidagi jazo otryadlari 1984—1989-yillarda turli bahonalar bilan o’n minglab rahbarlarni ishdan oldilar, kadrlarni almashtirish siyosati ommaviy tus oldi. Birgina 1984—1987-yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O’zbekistonning partiya, sovet, ma'muriy-xo’jalik organlariga ishga yuborilgan.

Markazdan yuborilgan amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy o’rinlarni egal-lab, qatag’on boshladilar. O’zbekistondagi kamchilik-larni ilma-teshik qilib tekshirdilar, yo’q xato va kamchi-liklarni atayin bor qildilar, siyosiy o’yinlar, makkor niyatlar natijasida jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy ta'sir etishlar ommaviy tus oldi. Eng yomoni O’zbekistonning milliy va hududiy o’ziga xosliklarini bilmagan «desant-chilar» O’zbek xalqining milliy g’ururini paymol qilishga urindilar.

Bu davrda totalitar-buyruqbozlik, mustabid tuzum yo'1 qo’ygan xato va kamchiliklarga mintaqaviy yoki mil-liy hodisa deb qarash yuzaga keldi. Bu, ayniqsa, Moskva matbuot organlarida juda avjga chiqdi. Biroq davlat va xalq mulkini talon-toroj qiUsh, poraxo’rlik, mansabga tayinlashda oshna-og’aynigarchilik va mahalliychilikka yo'l qo’yish faqat O’zbekistonga xosdir, deb baholash tarixiy haqiqatga batamom zid siyosat edi. Bunday xato va kamchiliklar turg’unlik yillarida sovet jamiyatining hamma yerida, birinchi navbatda Markazning o’zida chuqur ildiz otib ketgandi.

«Paxta ishi» keyinroq atay «O’zbek ishi»ga aylanti-rilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yo’liga o’tildi. Oqibatda butun respublikamizda parokandalik, lo-qaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. Odamlarning ko’ngli jamiyatdan ham, siyosatdan ham sovidi, sarosimada, tahlikada yashay-digan bo’ldi. «Paxta ishi», «O’zbek ishi» Moskvada to’qib chiqarilgan bo’lib, pirovard natijada millat sha'niga, uning asrlar mobaynida to’plangan obro’-e'tiboriga, milliy qadriyatlariga dog’ tushirdi. Bu esa O’zbek xalqining sovetlar tuzumi, kommunistik mafkuraga nisbatan nafratini oshirdi.



Qayta qurishning mag'-lub bo’lishi. Qayta qurish jamiyat ijti-moiy-siyosiy tuzilishida ham o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. KPSSning jamiyat hayotida tutgan o’rni bo’shashdi, uning rahbarlik va rahnamolik roliga putur yetdi. Bunday hol boshqa jamoat tashkilotlari, ayniqsa, yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalariga ham taalluqli edi.Qayta qurish oxir-oqibatda siyosiy jihatdan puch, natijasiz, besamara safsatabozlikdan boshqa narsa bo’lmay qoldi, tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxirigacha yetkazish mumkin bo’lmadi.Buning sabablari quyidagilardan iborat. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasi yo’q edi. Og’izda demokratiya, oshkoralik kabi shior-lardan foydalanilganiga qaramasdan, amalda partiya, siyosiy rahbariyat eski tasavvurlar girdobida edi, rah-barlikning demokratiyaga qarama-qarshi turuvchi buy-ruqbozlik-ma'muriyatchilik usullaridan foydalanishi davom etardi.

Ikkinchidan, mamlakatdagi partokratik rahbariyat «nomenklatura»ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma'muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi. Har qanday demokratiya, oshkoralik totalitar tuzumning kushandasi ekanligini ular anglar edilar.

Uchinchidan, M.Gorbachev g’oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish murakin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi.

Shunday sharoitda qayta qurish xalqni chalg’itishdan boshqa narsa emasligi ayon bo’ldi. Natijada qayta qurish xalqning tobora siyosiy faollashuvi tufayli mag’lubiyatga uchradi.



Savol va topshiriqlar

1. Qayta qurishning mohiyati nimadan iborat edi?

2. Qayta qurish qanday bosqichlardan iborat bo’ldi?

3. Sovet jamiyatini demokratlashtirish nima uchun amalga oshmadi?

4. Qayta qurish nima uchun g'alaba qozonmadi?

5. O’zbekistondagi qayta qurish oqibatlari haqida maxsus jadval tuzing.

6. «O’zbek ishi», «Paxta ishi»ning mohiyati nimada?

419


62-§. XALQ MILLIY ONGINING o’SISHI. DEMOKRATIYA VA IJTIMOIY FAOLLIK

Milliy o’zlikni anglash ning mohiyati. 1985—1990-yillar O’zbek xal- qining milliy o’zligini angla-

shi, milliy ongining o’sishida juda muhim ahamiyatga ega. Qayta qurish siyosati jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida jiddiy sifat o’zgarishlarini amalga oshirmagan, jamiyatning yangi mazmun jihatdan yangilanishini ta'minlamagan bo’lsa-da, biroq uning natijasida o’ziga xos milliy uyg’onish yuz berdi. Sovetlar davrida hukm surgan bolshevistik-kom-munistik ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sobiq Ittifoqdagi har bir millat kabi O’zbek millatining ham ijtimoiy faol-ligidan manfaatdor emas edi. O’zbek xalqining qadimiy, ko’hna madaniyati, urf-odati, an'analarining boyligi va uning chuqur, mustahkam ildizi mavjudligi Markazdagi g’oyaviy maddohlarni cho’chitardi. Shuning uchun ham ular doim O’zbek xalqi tarixi, madaniyatini kamsitish yo’lini tutdilar.

Biroq, qayta qurish O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalarga jon kiritdi, jamiyat uyg’ondi, milliy o’zlik ustiga tashlangan pardalar olib tashlandi. 1985-yil-dan boshlangan jarayonlar eng avvalo mustaqillik to’g’risidagi g’oyalarning yana tiklanishi, shakllanishi uchun zamin yaratdi.

80-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistondagi ijti-moiy-siyosiy voqelik, xalq milliy ongining keskin ravish-da o’sishi jamiyat a'zolarining ijtimoiy faolligini oshirib yubordi. Xususan, akademik Erkin Yusupov (1928— 2003) publisistik maqolalarida Markaz o’yinlarini ochib berdi. Mazkur davr ayni paytda jamiyat a'zolarining ruhiy biqiqlikdan milliy-an'anaviy asoslarga qaytish davri sifatida ham izohlanadi. Milliy o’zlik, milliy ongning o’sishi dastavval milliy tarix, ma'naviyatni o’rganishga bo’lgan qiziqishning kuchayishida ko’rindi. Qayta qurish tufayli sodir bo’lgan ayrim erkinliklar, «temir parda»ning ko’tarilishi xalqimizning o’z tarixi, madaniyatini biroz bo’lsa-da, erkin o’rganishiga imkon yaratdi.

Avvalo, milliy-tarixiy merosimizni o’rganishga bo’lgan qiziqish o’sdi, u ijtimoiy ehtiyojga aylandi. Buning sabablari mavjud edi. Birinchidan, sovetlar hukmronligi davrida O’zbek milliy madaniyatini o’rga-nish turli yo’llar, siyosiy nayranglar bilan mumkin bo’lmadi, bunday harakat esa millatchilik sifatida baholandi.

Ikkinchidan, xalq mafkuraviy yakkahokimlik va siyosiy qo’rqitishlar tufayli milliy o’zligini anglash, mil-liy ongini o’stirishdan hadiksirardi. Shu tufayli ham 80-yillarning o’rtalarigacha xalqning milliy-an'anaviy asoslariga qaytishi amalda mumkin bo’lmadi.

80-yillar o’rtalaridan esa vaziyat o’zgardi. Diniy, mil-latchilik yorliqlari yopishtirilgan va o’rganishi taqiqlan-gan milliy xarakterdagi ijtimoiy-siyosiy, falsafiy voqea, hodisalar, allomalar faoliyatini tadqiq etishga biroz erkinlik berildi. Natijada islom dini, uning ahamiyati, so’fiylik, tasavvuf masalalariga oydinlik kiritila bosbJan-di. O'rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi, jadidchilik harakati, oktabr to’ntarishi, «bosmachilik» (istiqlolchilik), «Hujum» harakati, sovet davrining boshqa masalalari yangicha tafakkur asosida talqin etila boshlandi.

Mazkur davrda Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Shayxzoda va boshqalarning millatchilik-da, panislomizm va panturkizmda ayblanib, qatag’on qilinganliklarining tub sabablari ochib tashlandi. 30—40-yillar va 50-yillar boshlarida siyosiy qatag’on qilinib qatl etilgan va qamoqlarga tashlangan xalqimizning asl farzandlari oqlandi. «Chig’atoy gurungi», «Milliy itti-hod», «Milliy istiqlol», «Botir gapchilar» singari «aksilin-qilobiy guruh»lar vakillari aslida madaniyatimiz va tari-ximizning yetuk ziyolilari, millat gullari ekanliklari, istiqlol uchun jon fido qilganliklari malum bo’ldi. Birgina 1937—1939-yillar orasida ichki ishlar xodimlari tomonidan qamoqqa olinib otib tashlangan 6920 ta ziyo-lining qatag’on qismati o’rganildi, keyinchalik mamlaka-timiz siyosiy rahbariyatining sa'y-harakatlari bilan ular oqlandilar.

O’zbekistonda 80-yillar o’rtalaridan boshlangan ijti-moiy-siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy uyg’onish sovetlar ma'muriy-buyruqbozlik tizimining salbiy, aksilinsoniy tomonlarini ochib tashladi.

Ayni paytda ta'kidlash lozimki, hech qanday real, ilmiy asosga ega bo’lmagan «qayta qurish» g’oyasi asosi-da amalga oshirishga harakat qilingan demokratiya siyosiy jihatdan cheklangan edi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, kommunistik mafkuraning yakkahokimligi sharoitida demokratik tartiblarni o’rnatish, qonun ustu-vorligiga erishish mumkin emasdi. Ma'muriy-buyruq-bozlik tizimi va demokratiya hech qachon bir-birini e'tirof etmaydigan tushunchalar edi.


1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə