Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan




Yüklə 1.77 Mb.
səhifə26/32
tarix22.02.2016
ölçüsü1.77 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32

Kadrlarni yetishtirish. Respublika xalq xo’jaligining ishchi va ilmiy-texnik kadr-larga bo’lgan talabi izchil tarzda o’rganilmadi. Natijada kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy kamchiliklarga yo'1 qo’yildi, ba'zi sohalarda keragidan ortiq ishchi kadr-lar tayyorlandi, boshqa sohalarda, ayniqsa, texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarda mahalliy millat vakillaridan ishchi kadrlar tanqisligi sezilib qoldi.

Shunday bo’lsa-da, qayd etish kerakki, bu davrda ham xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida kadrlarni tayyorlashda sezilarli ishlar qilindi. 1971—1985-yillar mobaynida O’zbekiston xalq xo’jaligida ishchi va xiz-matchilar soni 2,6 mln dan 4,8 mln nafarga ko’paydi. Biroq bu o’sish sun'iy ravishda, ya'ni respublikamizda ishsiz yurganlar soni ko’p bo’lishiga qaramasdan, tashqaridan ko’plab kishilarni ko’chirib keltirish hisobi-ga ro’y berdi. Bunday ishlar markazning ma'lum maqsadlarni amalga oshirish uchun olib borgan siyosati bilan qilindi. Mana shunday siyosat natijasida sanoatda asosan mehnatga layoqatli umumiy aholining 12 foizidan kamrog’ini tashkil etuvchi ruslar ishlar edilar. Shu bois-dan mahalliy aholi orasidan ishchilar tayyorlashning sifatini yaxshilash, miqyosini kengaytirish zarurati yetil-gan masalalardan biri bo’lib qoldi.

70-yillarda sanoatda mahalliy aholi miqdori bir-muncha ko’paygan bo’lsa-da, keyingi yillarda bu yo’nalish rivojlanmadi. Ayniqsa, stanokda ishlovchilar, masterlar, muhandislar guruhlari orasida milliy kadr-lar kamayib ketdi.

Milliv ishchilar. Aholi tarkibida ishchilar soni anchagina o’sganligiga qaramay, respublikamiz bu ko’rsatkich bo’yicha sovet respublikalari ichida 13-o'rinda turardi. O’zbekiston ayniqsa ishchilar safining milliy kadrlari salmog’i jihati-dan orqada qolmoqda edi. 70-yillarda ushbu muammoni oqilona hal qilish borasida anchagina qarorlar qabul qilindi, aslini olganda bu qarorlar markaz tomonidan tubdan ijobiy o’zgarishlar qilish uchun emas, balki nomigagina qabul qilinganligi uchun qog’ozda qolib ketdi.

Viloyat sanoat korxonalaridagi mahalliy millat ishchilari salmog’i ham turlicha edi. Masalan, Farg’ona vodiysiga O’zbek ishchilari 40—60 foizni tashkil qilsa, Toshkent viloyatida bu ko’rsatkich 20—23 foiz edi. Respublika sanoatini rivojlantirish sohasida yo'l qo’yil-gan kamchiliklar ham milliy ishchi kadrlar tayyorlash ishiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Azaliy sanoat hunarmand-chiligi va mehnatni tashkil qilish shakllaridan voz kechilib, xatoga yo'1 qo’yMi. Yirik shaharlarda ko’proq ulkan, aholi uchun mutlaqo yangi, respublika ehtiyoji uchun yaroqsiz bo’lgan korxonalar jadal sur'atlarda barpo qilindi. Jumladan, birgina Toshkent shahrining o’zida 70-yillarning oxirlarida 400 dan ortiq sanoat kor-xona va birlashmalari mavjud edi. Bu korxonalar o’zbe-kistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining to’rtdan birini yetkazib berardi. Umuman olganda, respublikadagi sanoat korxonalarining 50 foizi Toshkent shahri va viloyati hududida joylashgan bo’lib, ulardagi ishchilarning atigi uchdan bir qismi tub millat vakillari edi. Shu yillarda Farg’ona, Andijon, Qo’qon, Buxoro shaharlarida ham mashinasozlik, ximiya, yengil sanoat korxonalari ko’plab qurildi. Bu korxonalarda kimlar ish-lashi, qanday mutaxassislar kerakligi, ishchilarni qayer-dan olib kelish bilan bog’liq masalalar eng oxirida hal etilar edi. Bunday amaliyot «tayyor» ishchilar va muhan-dis-texnik xodimlarni chetdan qidirishga majbur etdi. Bu narsa markaz uchun juda ma'qul ish edi, chunki bu respublikaning markazga qaramligini bir necha karra oshirar, hukmronlik siyosatini yanada kuchliroq amalga oshirishga imkon yaratardi. Masalan, birgina Toshkent shahrida 1985—1986-yillarda ishsizlar soni 200 ming kishiga yetishiga qaramay, yangi ishlab chiqarish kor-xonalarining mehnat kollektivlarini shakllantirish uchun respublika tashqarisidan 125 mingga yaqin ishchi va mutaxassislar jalb etildi. Bu demografik vaziyat shundoq ham og’ir bo’lgan respublikamizda ishsizlar sonining yanada ortishiga, uy-joy masalasi va boshqa ijtimoiy muammolarning keskinlashishiga sabab bo’ldi.

Yildan-yilga markaziy mintaqalardan ko’chib keluv-chilar soni ortib bordi. Chirchiq, Olmaliq, Angren, Navoiy, Yangiyer, Bekobod kabi shaharlarda tub aholi kamchilikni tashkil etib, ko’pchiligi Rossiya shaharlari-dan yo’llanma bilan kelgan kishilar edi.

Ishchilar saflarini tub yerli millat kishilari hisobiga o’stirish yosh ishchi kadrlar tayyorlaydigan hunar-texni-ka bilim yurtlarida ham sust bordi. Bilim yurtlariga qabul qilinganlarning 45 foizi (Toshkent shahrida) boshqa respublikalardan kelgan kishilar edi. Shu bilan birga o’quvchilar umumiy sonida sanoat va qurilish ishchilari mutaxassisliklari bo’yicha tub millat vakillari 17 foizni tashkil etgan.

Qizil imperiya ayni kuchga to’lgan, jahonga dag’dag’a qilayotgan, o’zining eng yovuz maqsadlarini amalga oshirish uchun tinimsiz kurash olib borayotgan 70—80-yillarda milliy mutaxassislar tayyorlashdek muhim va dolzarb vazifaga munosabat mana shunday tarzda bo’lib, ularning sanoat tarmog’ida jamlanishiga, sonining ortishiga yo'1 qo’yilmadi.

Savo! va topshiriqlar

1. Aholining tabiiy o’sishi va uning omillari nimalardan iborat?



2. Yangi shaharchalar nima maqsadda va kimlar uchun quril-gan?

3. Aholi zich joylashgan shaharlami toping.

4. Mahalliy aholining ish bilan bandligi qanday ahvolda edi?

5. Sanoat korxonalarida milliy kadrlar tanqisligining sababi nimada edi? Respublikadagi sanoat korxonalarining hududiy joy-lashuvini ta'riflab bering.



55-§. EKOLOGIK VAZIYATNING OG’IRLASHISHI. OROL FOJIASI

Ekoiogik muvozanatning buzilishi. Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi, asosan inson faoliyati natijasida, ya'ni insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kengayib va chuqurlashib borishi sababli paydo bo’ldi. 1970—1985-yillarda bu muammo bashariyat uchun katta tashvish tug’dirdi. Insonning xo’jalik faoliyati yildan-yilga kuchayib bordi, qo’riq yer-lar o’zlashtirildi, elektr stansiyalari, zavod-fabrikalar qurildi, yangi shaharlar soni ko’paydi. Yangi yerlarning o’zlashtirilishi, sanoat va qishloq xo’jalik korxonalari, transport faoliyatining nazoratdan chetga chiqib ketishi esa tabiatda mavjud muvozanatni buzib, noxush ekologik vaziyatni vujudga keltirdi.

Butun dunyoda olimlar ekologik muvozanat buzil-gan, buning xavf-xatari yadro urushi xavfidan qolish-maydi, deb turgan bir paytda sovet hukumati, KPSS bizning mamlakatimizda ekologiya muammosi yo’q, deb bu tahdidning oldini olish uchun hech qanday chora ko’rmadi. O’zbekiston olimlariga bu xavf to’g’risida gapirishga yo'1 berilmadi.

Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida shunday deydi: «Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning g’oyat xavfli zonalari-dan biri vujudga kelganligini alam bilan ochiq aytish mumkin. Vaziyatning murakkabligi shundaki, u bir necha o’n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas, balki mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar osti-da qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Tabiatga qo’pol va takabburlarcha munosabatda bo’lishga yo'1 qo’yib bo’lmaydi. Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi. Inson—tabiat-ning xo’jayini, degan soxta sotsialistik mafkuraviy da'vo, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ko’plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojiaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondning yo’q bo’lib ketishi yoqasiga keltirib qo'ydi».

O’zbekistondagi barcha yirik og’ir sanoat tarmoqla-ri — metallurgiya, gaz-neft, energetika, kimyo korxo-nalari Ittifoq vazirliklari, mahkamalari qaramog’ida edi. Ekologiyani asosan o’sha tarmoqlar korxonalari buzib keldi. Lekin Markaz idoralari respublika aholisi salo-matligini emas, balki kam sarf qilib, ko’p daromad olish-ni o’ylardi. Shuning uchun bu korxonalarning rahbarlari atrof-muhitni ifloslantirishga qarshi zarur choralar ko’rmadi.

Shaharlarda sanoat korxonalari atrof-muhitni zaharli gazlar, chiqindilar bilan ifloslantirardi. Ayniqsa, kimyo zavodlari va kombinatlari ekologik vaziyatga juda katta salbiy ta'sir ko’rsatardi. Bu zavodlarning xavfli tomoni shunda ediki, O’zbekiston aslida aholi zich yashaydigan mintaqalardan hisoblanardi. Kimyo zavodlari asosan aholisi ko’p shaharlarda qurilgan edi. Masalan, ko’zdan kechirilayotgan yillarda Chirchiq shahrida Chirchiq elektr kimyo kombinati yoki SSSRda aholi eng zich joy-lashgan shahar hisoblangan Andijonning qoq o’rtasida gidroliz zavodi faoliyat ko’rsatardi. Respublikaning ko’pchilik yirik shaharlarida kimyo zavodlari ishlab turardi. Aholi zich bo’lgan shaharlarda joylashgan mazkur korxonalar xalq xo’jaligining u yoki bu tarmoq-larini zarur kimyoviy mahsulotlar bilan ta'minlab, ayni vaqtda atrof-muhitni ifloslantirib, respublika aholisiga, tabiatiga ekologik tahdid solardi. Atmosferaga chiqaril-gan zararli chiqindilardan o’simliklar va hayvonot dunyosi zarar ko’rdi, havo, suv, qishloq xo’jalik mahsu-lotlari zaharlandi. Kimyo sanoati korxonalarida o’sha yillari changlarni ushlab qoladigan va gazlarni tozalaydi-gan qurilmalar yetarli darajada o’matilmagan edi. Bular aholi istiqomat qiladigan punktlar va sanoat mintaqalari havosining ifloslanishiga sabab bo’lib keldi. Bu holat aholining salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatdi.

Sovet hukumati amalga oshirgan agrar siyosati tufayli yillar osha mustahkamlanib borgan paxta yakkahokimli-gi O’zbekiston tabiati muvozanatining buzilishiga sabab bo’ldi.

Paxta ekin maydonlarining beda va oziq-ovqat ekin yerlari hisobiga kengayishi almashlab ekishni cheklab qo’ydi. Monokultura g’o’zaning yoppasiga kasallanishiga olib keldi. G’o’za zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda Markaz ko’rsatmasi bilan o’ta zaharli kimyoviy moddalar ishlatildi. 80-yillar o’rtalarida respublikada 90 ming tonna pestitsidlar qishloq xo’jaligi-da qo’llanildi. Zaharli moddalar bilan ishdab berish may-donlarning taxminan yarmida samolyotlarda bajarildi. Zaharli moddalarning paxta dalalariga samolyotda sepi-lishi havoni, suvni zaharlab, aholi salomatligiga, tabiat-ga, hayvonot dunyosiga zarar yetkazdi.

Zaharlilik darajasi yuqori bo’lgan kimyoviy modda-butifos g’o’zani defolyatsiya qilish uchun 20 yilga yaqin ishlatildi. Defolyatsiya asosan samolyotlarda bajarilar edi. Ko’p hollarda butifos har gektar paxta maydoniga belgilangan me'yordan 2—3 baravar ko’p ishlatilardi. Zaharli butifosning defolyatsiyada keng qo’llanilishi atrof-muhitga va odamlar salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Respublika rahbar organlari 1981-yili bu zaharli kimyoviy moddadan foydalanishni taqiqladi. Biroq butifosdan g’o’zani defolyatsiya qilishda ayrim xo’jaliklar keyingi yillarda ham foydalandilar.

Pestitsidlarni tashish, saqlash qoidalariga xo’jaliklar yetarli e'tibor bermas edi. Respublika xo’jaliklarida pestitsidlar saqlanadigan omborlarning uchdan ikki qismi zaharli kimyoviy moddalar saqlash uchun belgilangan sanitariya normalariga mos kelmasdi. Ularning ko’plari aholi istiqomat qiladigan joylarga, transport yuradigan yo’Uarga, ariqlarga yaqin yerlarga qurilgan edi. Bu hol odamlarning va ichimlik suvlarining zaharlanishiga olib keldi. o’sha davrda qishloqlarda vodoprovodlar juda kam bo’lganligi tufayli ko’pchilik qishloq aholisi ariq va hovuzlardan suv ichar edi. Pestitsidlarni saqlash va qo’llash qoidalariga rioya qilmaslik ariq suvlarining zaharlanishiga, aholi orasida sariq, anemiya (kamqon-lik), sil, yurak-qon-tomir va boshqa og’ir kasalliklarning keng tarqalishiga olib keldi.

O’zbekistondagi irrigatsiya tarmoqlarining ko’p qismi zamonaviy texnik talablarga javob bermas edi. Ariqlar-ning suv shimilishiga qarshi qoplamalari yo’qligi natijasi-da suvning ko’pi yerga singib ketardi. 1978—1982-yillar-da respublikamizda har gektar yerga sarflangan suvning o’rtacha miqdori normadagidan ikki baravar ko’p bo’ldi. Markaziy idoralar aybi bilan Orol dengizi havzasida tashvishli va halokatli murakkab ekologik vaziyat yuzaga keldi. O’zbekistonda yuzlab, minglab gektar yerlarning meliorativ holati yomonlashdi. Natijada umumdavlat manfaatlariga ham, milliy manfaatlarga ham mos bo’lmagan ahvol vujudga keldi.

Ana shunday bir sharoitda qurilgan suv omborlari-ning ta'siri ahvolni og’irlashtirdi. Uzoq yillar qishloq xo’jalik muammolari bilan shug’ullangan akademik M. Muhammadjonovning ma'lumotlariga qaraganda, jamiyatimizda ekologik fojianing yuzaga kelishida, ya'ni atrof-muhitning yomonlashuvida suv omborlarining ham ulushi bor. Markaziy Osiyodagi eng yirik Tuyamo’yin suv ombori kuybishevlik loyihachilar taklifiga asosan Sulton Sanjar tuz koni va ko’m-ko’k o’rmonzorlar usti-ga qurildi. Oqibatda asrlar davomida Xorazm vohasini tuz bilan ta'minlab kelgan kon suv ombori tagida qolib ketdi. Ombordagi sho’r suv esa vohaning paxta dalalari tomon oqizildi. Bu esa Xorazm viloyatida ekologik vaziyatni juda og’irlashtirib yubordi.

1985-yilga kelib suv omborlari soni yana ham ko’paydi. Ularning ta'siri ostida daryolarning suvi tar-

kibida tuz va zaharli moddalar ko’payib ketdi. Natijada yerlarning sho’rlanishi milliy fojia sifatida har tomonla-ma xavf sola boshladi. Namangan yerlarining 48 foizi, Andijon yerlarining 23 foizi, Sirdaryo yerlarining 22 foizi kuchli sho’rlandi. Respublikamizda 1,5 mln gektardan ortiq yerlar sho’rlangan edi.

Suv inshootlarini kengaytirib borish respublika iqti-sodiyoti uchun muhim ahamiyatga ham ega bo’ldi. Qo’riq yerlar suv bilan ta'minlandi, yangi yerlar tashkil etildi. Biroq ular iqtisodiy samara berishdan tashqari sal-biy ta'sir ham ko’rsatdi, ularning natijasida yer osti suvlarining sathi yuqoriga ko’tarilib, haydaladigan yer-larni sho’r va botqoq bosdi, bog’-rog’lar va tokzorlar qurib qoldi.



Orolbo’yi mintaqasida og'ir vaziyatmng yuzaga kelishi. Orol dengizi fojiasi sovet hukumati va KPSSning atrof-muhit, tabuy resurslardan foydalanishda o’ylamasdan yuritgan siyosati natijasi bo’ldi. Buning bosh sababi Amudaryo va Sirdaryodan sug’orish uchun haddan tashqari ko’p suv olish edi. Bu holat Orol dengizining qurib borishiga olib keldi va Markaziy Osiyo mintaqasi hamda qo’shni davlatlar ekologiyasiga misli ko’rilmagan tarzda salbiy ta'sir ko’rsatdi.

Islom Karimov Orol fojiasi haqida shunday degan: «Markaziy Osiyoning hududi bo’ylab sug’orish tizimla-rini jadal sur'atda qurish ko’plab aholi punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish barobarida keng ko’lamdagi fojia — Orol halok bo’lishining sababiga ham aylandi. Yaqin-yaqinlargacha cho'1-u sahrolardan tortib olingan va sug’orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan so’zlanardi. Ayni chog’da ana shu suv Oroldan tortib olinganligi, uning «jonsizlantirib qo'yilganligi» xayolga kelmasdi. Endilikda Orolbo’yi ekologik kulfat hududiga aylandi».

Suvning tobora kamayib ketayotgani va sifatining yomonlashuvi tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosidagi o’zgarishlarga, baliqni qayta ishlash sohasining yo’qolib ketishiga, shuningdek, sug’oriladigan yerlar sama-radorligining pasayishiga olib keldi. Ekologik vaziyatning yomonlashuvi Orol dengizi havzasidagi 35 millionga yaqin aholining turmush sharoitiga, ularning salomatligi-ga bevosita va bilvosita salbiy ta'sir ko’rsatdi, xo’jalik faoliyatini buzib yubordi. Bularning barchasi mazkur mintaqadagi migratsion jarayonlarning kuchayishiga olib keldi.

Mustabid sovet tuzumining mudhish xatosi blgan Orol fojiasi kun sayin murakkablashib boraverdi. Orol dengizi suv rejimining buzilganligi, sathining halokatli darajada pasayganligi va 2,2 mln gektardan ortiq sho’rxok maydonning qurishi Qoraqalpog’iston uchun, butun O’zbekiston va qo’shni respublikalar uchun ekologik kulfat bo’ldi.

Orol dengizining chekinishi natijasida bu mintaqada tuz-qumli bo’ronlar soni bir necha baravar oshdiki, nati-jada har yili osmonga 70 mln t dan ziyod zaharli aralash-malar ko’tarildi. O’zbekistonning Qoraqalpog’iston, Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz vilo-yatining har gektar yeriga yiliga 600—700 kg dan tuz-qumli changlar yog’ilardi. Ko’zdan kechirilayotgan yil-larda Orol dengizining qurib borishi Orolbo’yi respub-likalari, shu jumladan, O’zbekiston uchun ham katta iqtisodiy zarar keltirdi. Amudaryo quyi oqimi mintaqasi-da baliqchilik, ondatrachilik, ovchilik xo’jaliklari deyarli yo’q bo’lib ketdi. Paxtachilik va chorvachilik 1980— 1985-yillarda har yili 30 mln so’mdan ortiqroq zarar ko’rdi.

Biroq pul bilan o’lchab bo’lmaydigan ijtimoiy ziyon-lar ham borki, ularni raqamlarda ifodalab bo’lmaydi. Bu inson salomatligidir. Orolbo’yi mintaqasida vujudga kel-gan og'ir vaziyat yerli xalq ahvolini nihoyatda tang qilib qo’ydi. Bu yerda turli xil kasalliklar ko’paydi. yosh bolalar o’limi ortib bordi. Nogiron tug’ilgan bolalar soni ham ortdi, bir yoshgacha bo’lgan bolalar orasida o’lim har ming bolaga nisbatan 1980-yildagi 46,5 nafardan 1986-yilda 72 nafarga yetdi. Ayollarning 60 foizi kamqonlik kasalligiga chalingan edi. Butun Orolbo’yida qorin tifi kasalligi o’ttiz baravar, yuqumli sariq kasalligi yetti baravar ortdi, ayniqsa, rak kasalligi ko’payib ketdi.

1981—1986-yillarda buyrakka tosh yig’ilish kasaliga chalinganlar o’n marta, surunkali oshqozon kasalligi uch baravar ko’paydi. Yuqumli kasalliklar bilan, ayniqsa, sil bilan og’riganlar soni oshdi. Orolbo’yi mintaqasida vujudga kelgan og’ir ekologik vaziyatda, ayniqsa, bu dengizga yaqin bo’lgan Mo’ynoq, Qo’ng’irot, Chimboy kabi sjiaharlar va ular atrofidagi qishloqlar ko’p aziyat chekdi. 70-yillar boshlarida ham baliqchilik bilan nom chiqargan mo’ynoqliklarning ko’p-chiligi oradan o’tgan o’n yil ichida ishsiz, nochor ahvol-ga tushib qoldi. Shahar rivoj topib turgan paytlarda boshqa joylardan kelib qolgan aholining 80—90 mingdan ortiqrog’i so’nggi vaqtdagi ekologik talafot tufayli yana ■ o’z yurtlariga qaytib ketdi. Qiyinchiliklarga qaramasdan o’z yerida qolgan bardoshli mahalliy xalq murakkab muammolar iskanjasida qoldi.

Orol fojiasi oqibatlariga to’xtalib, Islom Karitnov shunday degan: «Orol dengizining qurib borishi va shu jarayon tufayli Orolbo’yi mintaqasidagi tabiiy muhitning buzilishi ekologik fojia sifatida baholanmoqda. Chang va tuz bo’ronlarining paydo bo’lishi, faqat Orolbo’yida emas, balki dengizdan ancha naridagi bepoyon hudud-larda yerlarning cho’lga aylanishi, iqlim va landshaftning o’zgarishi — bular ana shu fojia oqibatlarining to’liq bo’lmagan ro'yxatidir».



Savol va topshiriqlar

1. Paxta ekin maydonlarini kengaytinsh qanday salbiy oqi-batlarga olib keldi?

2. Tabiat muvozanatining buzilishiga sabab bo’lgan qanday omillarni bilasiz?

3. Orolbo’yi mintaqasidagi ekologik vaziyatga baho bering.

4. Orol fojiasini misollar bilan ko’rsating.

56-§. MEHNATKASHLARNING TURMUSH DARAJASI. AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO’RSATISH

Aholining ijtimoiy- maishiy ahvoli.Respublika aholisining turmush darajasini yaxshilash

masalasi ham Ittifoq hukumati ajratadigan mablag’ga bog’liq edi. Ittifoq hukumati ijtimoiy sohaga ikkinchi darajali deb qarab, qoldiq prinsipi asosida mablag’ ajratadi. Shuning uchun sovet hukumatining ijtimoiy siyosati natijasida O’zbekistonda ijtimoiy sohada ijobiy o’zgarishlar bo’lmadi.

Aksincha, amaldagi ijtimoiy-iqtisodiy yondashuv, xo’jalik yuritish mexanizmi mavjud muainmolarni bar-taraf etishga qodir emasligini namoyon qildi. Yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar demograflk ahvol bilan qo’shilib, ijtimoiy ziddiyatlarni kuchaytirdi. Ittifoq markazidan turib, demografik vaziyatni e'tiborga olmas-dan, moddiy va moliyaviy resurslarni notekis taqsimlash natijasida respublikamizda aholi jon boshiga milliy daro-madning o’sishi Ittifoqdagi o’rtacha darajadan bir necha marta orqada qoldi. Milliy daromadning o’sishidagi turg’unlik, o’z navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy mahsu-lotni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish hamda aholining turmush darajasini oshirish imkoniyatlarini chekladi.

1971—1985-yillarda O’zbekiston aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo’yicha o’rtacha Ittifoq darajasidan 2 baravar orqada qoldi. Milliy daromadning o’sish sur'atlari esa respublikada 3 baravar kam edi. Bu esa, o’z navbatida, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlar darajasiga salbiy ta'sir qildi.

O’zbekistonda aholi jon boshiga 1980-yilda 873 so’m, 1985-yilda 917 so’m real daromadlar to’g’ri keldi. Bu ko’rsatkich Ittifoqdagi boshqa respublikalar orasida eng oxirgi o’rin edi. Aholining real daromadlari kabi oila daromadlari, mehnat haqlarining o’sishi ham pasayib ketdi.

80-yillar o’rtalarida ana shunday kam daromadlilik oqibatida O’zbekiston aholisining o’rta hisobda go’sht, sut mahsulotlari, tuxum iste'mol qilishi umumittifoqda-gi o’rtacha ko’rsatkichlardan ikki baravar past edi. Oyiga o’rta hisobda 75 so’mdan kamroq yalpi daromad oladi-gan aholining ulushi Ittifoqda 12 foizdan sal ko’proq bo’lsa, respublikamizda bu ko’rsatkich 45 foizga bordi.

O’zbekistonda 70-yillarga kelib ijtimoiy sohada kam-chilik va muammolar, adolatsizlik kuchayib ketdi. Buning asosiy sababi bu sohadagi muammolar bevosita hayot talablari bilan emas, balki ma'muriy-buyruqbozlik usulida hal etilganida edi. Kapital mablag’larning asosiy qismi gigant qurilishlarga, og’ir sanoatni rivojlantirishga va juda oz qismi aholi turmush darajasini belgilab bera-digan, uning kundalik mehnat qilish va yashash ehtiyoj-larini qondiradigan ijtimoiy sohaga ajratildi. Ijtimoiy sohani moddiy-texnik rusurslar va mablag’ bilan ta'min-lashga ikkincbi darajali vazifa deb qaraldi.

O’zbekistonda 1970-yilda xalq xo’jaligi uchun ajratil-gan 23,3 mlrd so’m umumiy mablag’ning 8,2 milliardi, 1985-yilda esa 77,8 mlrd so’mning 23,3 milliardi noish-lab chiqarish sohalari rivojiga yo’naltirildi. Mablag’lar-ning xalq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida bunday taqsim-lanishi natijasida ijtimoiy sohaning rivojlanishi qiyin ahvolda qoldi.

Ijtimoiy soha uchun resurslarni taqsimlash qoldiq prinsipining qo’llanilganligi uy-joy muammosining tobo-ra keskinlashuvida, ijtimoiy-maishiy binolarni qurishda, aholi uchun transport muammolarini hal qilishda, maishiy va kommunal xizmat sohalarida ham namoyon bo’ldi. Aholini uy-joy bilan ta'minlash nihoyatda sust-kashlik bilan amalga oshirildi.

Afsuski, respublikamizdagi yangi bunyod etilgan sha-harlarning aksariyati qishloqlardan birozgina farq qilardi, xolos. Turli xil qurilish ishlari olib borilayotgan bunday shaharlarda ijtimoiy soha darajasi ayniqsa past edi. Bunday shaharlarning kompleks rivojlanishiga e'tibor berilmadi, asosiy diqqat ularda sanoat korxonalarini vujudga keltirishga qaratildi. Aholining ijtimoiy sohadagi talab-ehtiyoji deyarli qondirilmadi.

Uzoq yillar bu sohada mavjud bo’lgan muammolarga ahamiyat berilmadi. Buning oqibatida respublikada qishloq aholisi eng kam ta'minlangan aholi qatlamiga aylanib qoldi. 1985-yilgi oilaviy jamg’armalar haqidagi ma'lumotlarga qaraganda, qishloq aholisining jon boshi-ga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadi kam ta'minlan-ganlik darajasiga ham yetmas edi. Jamoa xo’jaliklari a'zolarining beshdan bir qismi jon boshiga 50 so’mdan kamroq daromadga ega bo’lgan.

Iqtisodiy va ijtimoiy muammolar natijasida aholi tur-mush darajasi nihoyatda og’ir ahvolga tushib qoldi. Markazlashtirilgan iqtisodiyotning kun sayin inqirozga yuz tutayotganligi aholi turmush darajasiga va ijtimoiy ta'minot masalalarini hal etishga salbiy ta'sir qildi.



Sog’liqni saqlash.Ittifoq hukumati respublikaning ijtimoiy sohasiga shuningdek, sog’liqni saqlashga yetarli miqdorda mablag’ ajratmaganligi natijasida salbiy holatlar kuchaya bordi. Markazlashgan Ittifoqda iqtisodiy o’sish sur'atlarining pasayishi va sog’liqni saqlash masalalariga e'tiborning susayishi davlat byudjetida sog’liqni saqlash ulushining kamayishiga, uning moddiy-texnik bazasini yangilash, yangi dorilar va davolash metodlarini o’zlashtirish jara-yonlarining susayishiga olib keldi. Ko’pgina kasal-xonalar, tug’ruqxonalar, poliklinikalar, ambulatoriyalar va dorixonalar nobop binolarda joylashgan edi. Bu muassasalarning faqat ozgina qismi moslashgan binolar-da joylashgan bo’lib, asosiy qismida kanalizatsiya ham, issiq suv ham yo’q edi. Bu salbiy holatlar ayniqsa, qishloq joylarda yildan-yilga ko’payib bordi.

Orolbo’yi mintaqasida joylashgan Qoraqalpog’iston va unga qo’shni Xorazm viloyati aholisi keskin ekologik vaziyatning vujudga kelganligidan aziyat chekardi. Bu yerda 10 ming aholiga to’g’ri keladigan vrachiar soni Ittifoqdagi va O’zbekistondagi ko’rsatkichlardan ancha kam edi. Tibbiyot muassasalarining faqat 20 foizigina moslashgan binolarda joylashgan bo’lib, 80 foizi kana-lizatsiyaga ham, issiq suvga ham ega emasdi.

Go’daklarning sut-qatiq mahsulotiga bo’lgan ehtiyoji faqat 60 foizgacha qondirilar edi.

Respublikamizda sog’liqni saqlashga ajratilgan mablag’ning kamligi kasalxona va poliklinikalarni za-monaviy texnika va asbob-uskunalar bilan ta'minlash darajasiga ham salbiy ta'sir ko’rsatdi. 70-yillarda shifo-xonalardagi o’rinlar sonini oshirishga zo’r berilib, bu o’rinlarni texnika bilan ta'minlash oqsadi. Chunonchi, Ittifoq bo’yicha har bir o’rinni uskunalar bilan ta'min-lashga o’rta hisobda 80-yillar o’rtalarida 4 ming so’m sarflangan bo’lsa, bu ko’rsatkich O’zbekistonda 3 ming, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida esa 2 ming so’mni tashkil etdi. Germaniya va Chexoslovakiya kabi mamlakatlarda esa bu sarf-xarajatlar 10—15 ming so’mgacha borar edi.

Bu davrda sog’liqni saqlash vazirligi faoliyatida va umuman tarmoqda kasalxonadagi o’rinlar soni, yotqizil-gan bemorlar miqdori asosiy ko’rsatkich bo’lib keldi. Ya'ni shifoxonalarda o’rinlar soni qancha ko’p bo’lsa, davlatdan ajratiladigan mablag’, mehnat, moliya, mod-diy va boshqa resurslar ta'minoti shunga qarab hal eti-lardi. Ana shunday tarzda miqdor orasidan quvish nati-jasida tibbiyot xizmati ko’rsatish, uni kadrlar bilan ta'minlash muammosi kelib chiqdi. Respublikamizda bitta vrachga uchta o’rta meditsina xodimi to’g’ri kelgan bo’lsa, Ittifoqda bu ko’rsatkich 3,4, AQShda 8, Germaniyada 9, Shvetsiyada 12, Yaponiyada 19 tani tashkil etgan.

O’zbekistonda tabobatning ko’p sohalarida katta ish-lar qilindi. Ko’plab sog’liqni saqlash tashkilotlari — Toshkent davlat tibbiyot institutining bosh o’quv korpusi va bolalar kasalxonasi, Semashko notnidagi shifoxona, ko’p sohali bolalar kasalxonasi, mikroxirurgiya, buyrak, yurak, o’pka xirurgiyasi markazlari qurildi. Yuqori malakali shifokorlar va tabobat hamshiralari tayyorlandi. Ammo O’zbekistonning barcha aholi manzillari tabobat tashkilotlari bilan qoniqarli ta'minlanmagan, aholiga kerakli darajada tibbiy xizmat ko’rsatish yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi. Respublikamizda aholi manzillari tib-biyot tashkilotlari bilan faqat 66 foizga ta'minlangan edi, xolos.

Respublikamizda 80-yillar o’rtalarida paxta dalalariga sepilgan kimyoviy moddalardan zaharlanish natijasida turli xil yuqumli kasalliklar ko’payib ketdi, ayrim joylar-da aholining 80 foizigacha kasallandi.

Yildan-yilga sariq kasalga chalinganlar soni ortib bordi. Maktab o’quvchilarining 30 foizdan ko’prog’i surunkali kasalliklar bilan og’ridi, yana shuncha boialarning qaddi-qomatida, asab tuzilishida nuqsonlar

bor edi. Tabiat muvozanatining buzilishi, kimyoviy dori-larning ta'siri natijasida tug’ilgan va voyaga yetgan balog’at yoshidagi armiya safiga chaqiriladigan bolalar-ning o’rtacha vazni 46 kilogrammga tushib ketdi. Armiya safiga chaqirilgan yigitlar orasida sog’lig’i nochor bo'1ganlar ko’pligi tufayli ularning 20 foizdan ziyodi jango-var qismlarda emas, balki qurilish bo’linmalarida xizmat qilishdi.

Kasalmand onalardan zaif, kasalmand bolalar tug’ilardi. Xotin-qizlar salomatligiga yomon ta'sir ko’r-satgan asosiy omil mehnat va turmush sharoitining nihoyatda og’irligi, qishloqning ijtimoiy jihatdan qoloqli-gi, iqtisodiy qashshoqlik, ekologik va demografik falokat vujudga keltirgan vaziyat bo’ldi.

Respublika xalq xo’jaligining juda ko’p tarmoqlari xom ashyo yetishtirish va uni birlamchi qayta ishlash bilan mashg’ul bo’lganligi, dehqonlarning, ishchi va xiz-matchilarning ijtimoiy ishlab chiqarishdan olgan mehnat haqlari Ittifoqning boshqa mintaqalaridagidan ancha kam bo’lganligi, ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratish-ning qoldiq prinsipiga amal qilinganligi bois O’zbekiston aholisining turmush darajasi nihoyatda past edi.

1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə