Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan




Yüklə 1.77 Mb.
səhifə23/32
tarix22.02.2016
ölçüsü1.77 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32

Adabiyot va san'at. Urushdan keyingi davrda O’zbek adabiyotida urush aso-ratlarini tugatib, xalq xo’jali-gini tiklash va rivojlantirishga bel bog’lagan O’zbek xalqining fidokorona mehnati, tinchlik uchun kurashi kabi masalalar badiiy tahlil qilindi.

Urush yillari voyaga yetgan ko’plab ijodkorlar adabiyotga kirib keldilar. Said Ahmad, Asqad Muxtor, Hamid G’ulom, Mirmuhsin, Turob To’la, Shukrullo, Ramz Bobojon, Rahmat Fayziy, Mamarasul Boboyev, Ibrohim Rahim, Mirzakalon Ismoiliy, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Saida Zunnunova kabi yozuvchi va shoirlar adabiy jarayonni jonlantirib yubordilar. Oldingi yillarda bolalar adabiyotida oqsash sezilardi, bu soha namoyandalari oz edi. Urushdan keyingi yillarda bolalar adabiyotiga qator o’ziga xos yozuvchi va shoirlar kirib keldi. Quddus Muhammadiy, Shukur Sa'dulla, Ilyos Muslim, Qudrat Hikmat, Po’lat Mo’min kabi shoirlar, Hakim Nazir, Adham Rahmat kabi yozuvchilar shular jumlasidandir.

50—60-yilarda O’zbek adabiyotida proza janrida ko’plab asarlar yaratildi. Romanchilikda 20 dan ortiq asar, jumladan, Oybekning «Oltin vodiydan shabadalar», Parda Tursunning «O'qituvchi», Abdulla Qahhorning «Qo’shchinor cbiroqlari», A. Muxtorning «Opa-sin-gillar» kabi romanlari nashr etildi. Oybek o’z asarida urushdan keyingi yillardagi dehqonlar hayotini tahlil qildi. A. Qahhor O’zbek qishlog’ini kollektivlashtirish davridagi dehqonlar hayotini haqqoniy tasvirladi. Parda Tursun romanida O’zbek o’qituvchisining shakllanishi yozuvchining o’z boshidan kechirgan voqealar asosida yoritildi. «Opa-singillar» romanida O’zbek xotin-qizlari-ning katta ijtimoiy hayotga kirib borishi aks ettirildi.

Mirzacho’lni o’zlashtirish, O’zbek dehqonlarining faoliyatiga bag’ishlangan yirik prozaik asarlar yaratildi. Sh. Rashidovning «G'oliblar», «Bo’rondan kuchli» romanlari, S. Ahmadning «Ufq« trilogiyasi, R. Fayziy-ning «Cho'lga bahor keldi» qissasi shular jumlasidan.

Ayniqsa, she'riyat juda sermahsul bo’ldi. Bunda katta avlod vakiUari — G’afur G’ulom, Uyg’un, M. Shayx-zoda, Zulfiya, Habibiy, G’ayratiy va boshqalar yetakchi-lik qildilar. G’afur G'ulom ijodi markazida tinchlik uchun kurash masalalari, do’stlik motivi turdi. Uning «Vaqt», «Yashasin tinchlik» va boshqa she'rlari ma'no jihatdan chuqurligi, falsafiy teranligi bilan ajralib turadi.

Urushdan keyingi davrda shoirlar ijodiy izlanishda bo’ldilar. O’zbek she'riyatida turkum she'rlar, yangi poema va dostonlar yaratildi. M. Boboyevning «Eron osmoni ostida», Mirtemirning «Qoraqalpoq daftari» she'riy turkumlari e'lon qilindi va yuksak baholandi. Asqad Muxtorning «Po’lat quyuvchi», Oybekning «Qizlar», Mirmuhsinning «Usta G'iyos» dostonlarida yaratuvchi inson obrazi yaratildi.

Dramaturglar ham bir qancha mukammal pyesalar yozib, sahnaga chiqardilar. K.Yashinning «General Rahimov», N.Safarovning «Sharq tongi», S.Abdullaning «Muqimiy» dramalari O’zbek sahnasi repertuaridan munosib o’rin oldi. A.Qahhorning «Yangi yer», «0g’riq tishlar», «Tobutdan tovush» komediyalari katta shuhrat qozondi.

O’sha yillarda jamiyatda ro’y bergan salbiy jarayonlar O’zbek adabiyotini ham chetlab o’tmadi. Ko’pgina adabiyotshunoslik asarlarida milliy adabiyotning rivoj-lanishi «ulug’ g’alabalar»ga nisbatan berildi. Hayotga bunday yondashish adabiyotda xom asarlar yaratilishiga yo'1 ocbib berdi. Bu illat hayotdan yiroq balandparvoz she'rlarda, nasrda voqelikning murakkab tomonlarini chetlab o’tishda, dramaturgiyada esa konfliktning zaif-ligida ko’rindi.

Badiiy adabiyotga mafkuraviy ta'sir ko’rsatish vositasi deb qaralgan totalitar tartibot sharoitida adabiyot arboblari amalda hukmron doiralarning ijtimoiy buyurt-masini bajarishga majbur bo’ldilar. Bu buyurtma par-tiyaviylikni va sinfiylik nuqtai nazaridan turib, marks-cha-lenincha ta'limotga asoslangan asarlar yaratishni ko’zda tutardi. Ijod erkinligi deyarli cheklangan edi. Uning chegaralarini odatda partiya komitetlari, senzura belgilab berardi. Sovet voqeligini tanqidiy tahlil qilish, milliy an'analar, o’tmishni xolisona baholashga bo’lgan har qanday urinishlar ta'qibga olinardi.

O’zbekiston yozuvchilari teatr va musiqa arboblari bilan ijodiy hamkorlikda samarali ish olib bordilar. Bu davrda A.Hidoyatov, S.Eshonto'rayeva, H.Nosirova, L.Sarimsoqova, Sh.Burhonov, MTurg’unboyeva, Tamaraxonim, GJzmaylova singari O’zbek sahnasi usta-lari dong taratdilar.

Hamza nomidagi O’zbek drama teatri milliy tomoshabinni jahon dramaturgiyasining yuksak namu-nalari bilan tanishtiruvchi dargohga aylandi. Bu teatr Shekspirning «Otello», Shayxzodaning «Jaloliddin», FLOlimjonning «Muqanna», Uyg’un va LSultonning «Alisher Navoiy», Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek» sin-gari yorqin asarlarini sahnalashtirdi. Teatr o’z sahnasini milliy dramaturglar ixtiyoriga berib, O’zbek dra-maturgiyasi va teatr san'atining rivojlanishida katta rol o’ynadi.

Milliy opera va balet san'ati jiddiy rivojlandi. A. Navoiy nomidagi O’zbek davlat opera va balet teatri MAshrafiyning «Dilorom», S.Yudakovning «May-saraning ishi», S.Boboyevning «Hamza», A.Koz-lovskiyning «Ulug’bek» operalarini muvaffaqiyatli sah-nalashtirdi.

O’zbek musiqa madaniyati yiidan-yilga rivojlanib bordi. O’zbek davlat filarmoniyasi, Toshkent konserva-toriyasi va boshqalarida O’zbek musiqachilari o’z ijodiy faoliyatlarini o’stirdilar. O’zbek ashula va raqs ansambli, boshqa musiqiy jamoalar o’z ijodiy qiyofalariga ega bo’ldilar. Ular milliy va boshqa respublikalar bastakorlari hamda chet ei klassik asarlarini muvaffaqiyat bilan targ’ib qilib bordilar.

Kino O’zbekiston madaniy hayotining muhim qismi-ga aylandi. Respublikada iste'dodli kinematografchi kadrlar: rejissyorlar, operatorlar, stsenariychilar yetishib chiqdi. K.Yormatov, MQayumov, Y.A'zamov, Sh.Ab-bosov, L.Fayziyev, Z.Sobitov kabi kino arboblarining nomi respublikadan tashqarida ham mashhur bo’ldi.


Shunday qilib, O’zbekistonda san'at umuman rivoj-lanib bordi. Biroq ma'naviy madaniyatning barcha sohalari kabi, san'at ham hukmron mafkura tazyiqiga uchradi. San'atni mafkuralashtirish, baynalmilallash-tirishga urinish amalda ruslashtirishga olib keldi. Bu siyosat milliy madaniyat, san'atning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. San'atning barcha sohalarida milliy ruhga ega bo’lgan asarlar soni keskin kamaydi.

Savol va topshiriqlar

1. Xalq ta'limining ahamiyatini tushuntirib bering.

2. Sovetlar davrida umumta'lim maktablari va mustaqillik davridagi umumta'lim tizimini taqqoslang va farqini aytib bering.

3. Maktablardagi o’quv va tarbiya ishlarida ko’zga tash-langan nuqsonlar haqida gapirib bering.

4. O’zbek adabiyotidagi g'oyaviy kamchiliklarni tahlil qilib bering.

5. O’zbek sarTatining mashhur arboblari faoliyati haqida nimalami bilasiz?



47-§. FAN VA OLIY TA'LIM: SILJISHLAR VA QIYINCHILIKLAR

Fan. O’zbekiston fani ming yillik tarixga ega. O’zbekiston zaminida yashab ijod qilgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Ulug’bek, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband sin-gari buyuk mutafakkir va olimlar jahon madaniyati ta-rixidan abadiy o’rin oldilar.

Ilm-fan, ilmiy tadqiqotlarning natijalari ishlab chiqaruvchi kuchlarning tez sur'atlar bilan o’sishini, texnika taraqqiyotini tezlashtiruvchi muhim omildir. Urushdan keyingi yillarda respublikada ilmiy muassa-salar soni ko’paydi. 1940-yilda 90 ta maxsus ilmiy-tadqi-qot muassasalari, ularning filiallari, bo’limlari, tajriba stansiyalari, oliy o’quv yurtlari va boshqalar faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, ularning soni 1960-yilda 140 tadan, 1970-yilga kelib esa 180 tadan oshib ketdi. Ilmiy xodimlar soni 1960—1970-yillarda ikki yarim baravar o’sdi va 25 ming nafarga yetdi. Respublikada fan sohasida erishil-gan yutuqlar shu ko’p sonli ilmiy xodimlar ijodiy mehnatining natijasi bo’ldi.

Respublikada urushdan keyingi yillarda fan yutuqlari avvalo O’zbekiston Fanlar akademiyasining olimlari, ilmiy xodimlari faoliyati tufayli qo’lga kiritildi. Urush tugagan yili akademiya tarkibida geologiya, fizika-texni-ka, kimyo, tuproqshunoslik, matematika va mexanika, energetika, iqtisodiyot, tarix va arxeologiya, sharq-shunoslik, til va adabiyot institutlari hamda boshqa muassasalar bor edi. o’sha davrda akademiya olimlari-ning kuch-quvvati xalq xo’jaligini tiklash, respublika ish-lab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish, madaniy quri-lish sohasida olimlar hissasini oshirishga qaratildi. Urushdan keyingi dastlabki yillardayoq O’zbekiston Fanlar akademiyasining yangi institutlari: inshootlar, botanika, zoologiya va parazitologiya institutlari, shu-ningdek, O’zbekiston ishlab chiqarish kuchlarini o’rga-nish kengashi, turli laboratoriyalar tashkil qilindi.

Akademiya tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Yangi sohalar bo’yicha mutaxassislar soni ko’paydi, shunga muvofiq ravishda ilmiy jamoalarning tadqiqotchilik faoliyati istiqboli, ilmiy tadqiqotlar-ning yo’nalishlari kengaydi. 50—60-yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida yadro fizikasi, o’simlik moddalari kimyosi, kibemetika, seysmologiya, elektro-nika, biokimyo, fiziologiya va biofizika institutlari tash-kil qilindi.

Akademiya olimlari fizika-matematika, mexanika, boshqaruv jarayonlari va informatika, kimyo-texno-logiya, tuproqshunoslik, biologiya, ijtimoiy-gumanitar fan sohalarida katta yutuqlarni qo’lga kiritdilar. Bu yutuqlar akademiya laboratoriyalari va institutlari olim-larining ko’plab avlodlari fidokorona va yuqori kasbiy darajada olib borgan ilmiy tadiqiqotlari natijasi bo’ldi. Aynan ularning mehnati tufayli keng e'tirof etilgan ilmiy maktablar vujudga keldi, yangi ilmiy yo’nalishlar rivoj topdi, ilmiy xodimlar tayyorlandi, ilmiy ishiovlar amali-yotga tadbiq etildi. O’zbek olimlari: geologlar Habib Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev, biokimyogar Yolqin To’raqulov, kimyogarlar Obid Sodiqov, N.Nabiyev, Sobir Yunusov, fizik va matematiklar T.N. Qori Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Ubay Oripov, texnika fanlari sohasidagi olimlar Muhammad o’rozboyev, Vosit Qobulov, faylasuf Ibrohim Mo’minov, tarixchi Yahyo G’ulomov va boshqa ko’plab olimlarning nomlari O’zbekistondan tashqarida ham shuhrat qozondi.

Ibrohim Mo’minov (1908—1974) o’z asarlarida Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Bedilning falsafiy dun-yoqarashi mohiyatini ochib berdi, u kommunistik mafkura hukmronligi davrida Amir Temur shaxsini to’g’ri yoritgan yagona olim edi.

Yahyo G’ulomov (1908—1977) O’zbekistonda arxe-ologiya faniga asos solgan olim edi. U ko’pgina yodgor-liklarni paxta dalalariga aylantirishdan saqlab qolgan, qo’rqmay dadil o’z fikrini ayta oladigan inson ham edi.

Xususan, akademik Habib AbduIIayevning respublika fanini rivojlantirishdagi xizmati katta bo’ldi. Uning geologiya, jumladan, bu fanning petrologiya-metallo-genik tarmog’i sohasidagi tadqiqotlari O’zbekistondagina emas, chet mamlakatlarda ham e'tirof etildi. H. Ab-dullayev 1956— 1962-yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti lavozimida xizmat qilish bilan birga, yirik ilmiy tadqiqotlar olib bordi, yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlashga alohida e'tibor berdi. Uning tashabbusi va jonkuyarligi bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va doktorlari fanning yangi yo’nalishlariga asos soldilar.

Urushdan keyingi yillarda mamlakatda keng ildiz otgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi faoliyati o’zbe-kiston faniga, uning milliy ilmiy kadrlar tayyorlash ishi-ga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Respublikada O’zbeklar soni ruslarga nisbatan olti baravar ko’p bo’lishiga qaramay, 1963-yilgi ma'mulotlarga ko’ra, ilmiy xodimlar tarkibida O’zbeklar (5,5 mingdan sal ortiq) va ruslar (5,5 mingdan sal kam) nisbati deyarli teng edi. O’zbekistondan 97, ruslardan 96 nafar fan doktorlari ish olib borardi.

Yuqori malakali milliy ilmiy kadrlarni ko’paytirishga harakat qilgan O’zbekiston Fanlar akademiyasi rahbar-lari millatchilikda ayblandilar. Markazning o’zbe-kistondagi rus rahbar kadrlari Fanlar akademiyasi pre-zidenti HAbdullayevning O’zbeklardan fan nomzodlari, doktorlarini ko’paytirishga qaratilgan to’g’ri faoliyatini asossiz keskin tanqid qildilar. O’zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari totalitar tartibot sun'iy ravishda keskinlashtirgan sharoitlarda ishlashga majbur bo’ldilar. Shunga qaramay, olimlar o’z bilim va iqtidorlarini O’zbekiston iqtisodiyoti, madaniyati va ilmiy-texnik qudratini oshirish ishiga baxshida etdilar.



Oliy o’quv yurtiari. Oliy maktabning asosiy vazifasi xalq xo’jaligi va madaniyatning barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iborat. Urushdan keyingi yillarda respublika oliy o’quv yurtlari Markaz ko’rsatmasi, dasturlari asosi-da o’quv-tarbiya ishlarini olib bordi. Bu davrda oliy maktabda mutaxassis kadrlar tayyorlash son jihatdan o’sdi, lekin ularning sifati talab darajasida bo’lmay keldi.

Talabalar doirasi ancha kengaydi. 1960/61-o'quv yili-da O’zbekiston oliy maktablarida 100 ming nafar talaba ta'lim olgan bo’lsa, 1970/71-o'quv yilida ularning soni 230 mingga yetdi. Bu davr ichida oliy maktab respublika xalq xo’jaligi uchun yetkazib bergan diplomli mutaxassislar soni 2,5 baravar ortgan.

Oliy o’quv yurtlari soni 1940-yildagi 30 tadan 1970-yilda 38 taga ko’paydi. Xalq xo’jaligining rivojlanishi yangi oliy o’quv yurtlarini ochishni talab qildi. Urushdan keyingi yillarda Toshkent elektrotexnik aloqa instituti, Toshkent avtomobil yo’llari instituti, Andijon paxtachi-lik instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon tillar pe-dagogika instituti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti, Farg’ona politexnika instituti va boshqa oliy o’quv yurtlari malakali kadrlarga bo’lgan ta-labni qondirdi. Maorif, sanoat, qurilish, transport, iqti-sodiyot, qishloq xo’jaligi, sogiiqni saqlash, san'at va boshqa sohalarda mutaxassis kadrlar tayyorlandi.

Oliy o’quv yurtlaridagi professor va o’qituvchilar soni ham yildan-yilga oshib bordi. Oliy maktablarda 1958-yili 5 ming ilmiy-pedagog xodim ishlagan bo’lsa, 1965-yilda bu son 8 mingtaga yetdi. Oliy o’quv yurtlari olimlari O’zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ijodiy hamkorlikda fan, iqti-sodiyot va madaniyat taraqqiyoti uchun katta ahamiyat-ga ega bo’lgan talay ilmiy ishlar, salmoqli asarlar yaratdilar.

Biroq oliy maktab ham totalitar tartibot ta'siridan chetda qolmadi. Buning natijasida oliy maktabda qator salbiy hodisalar ro’y berdi. Miqdoriy, yalpi ko’rsatkich-lar ketidan quvish, xalq xo’jaligi talab-ehtiyojlariga mos kelmaydigan mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish shular jumlasidandir. Oliy maktabning moddiy-texnik bazasi ham juda zaif bo’lib qoldi.

Respublika oliy o’quv yurtlarida sirtqi va kechki ta'lim keng rivojlandi. Ayniqsa, 1959-yilgi maktabning hayot bilan bog’liqligini mustahkamlash to’g’risidagi qonun asosida ta'limning bu shakllari yanada kengaydi. Respublikaning barcha institutlarida sirtqi va kechki bo’limlar ochildi.

1940-yilda sirtqi va kechki ta'lim tizimida o’qiyotgan talabalar respublika oliy o’quv yurtlaridagi jami tala-balarning 20 foizini tashkil qilgan bo’lsa, 1966-yilda ularning salmog’i 62 foizga yetdi. o’sha vaqtda sirtqi va kechki bo’limlardagi talabalarning soni jihatidan mam-lakatimiz birinchi o’rinda deb maqtanish rasm bo’ldi. Lekin bu aslida achinarli hol edi. Sirtqi va kechki bo’limlarda ta'lim olgan talabalar ixtisosliklari bo’yicha yetarli nazariy bilimga ega bo’lmasdilar. Ular ko’proq bilim olish uchun emas, diplom uchun o’qirdilar. Bu yil-larda oliy o’quv yurtlari va ular tayyorlagan mutaxassis-lar soni ko’paydi, bixoq sifati pasaydi.

Respublika oliy o’quv yurtlarida ta'lim-tarbiya ishlari mafkuralashtirib yuborilganligi sababli kunduzgi bo’lim-larda o’qigan talabalarning ko’p vaqti mutlaqo keraksiz bo’lgan ilmiy kommunizm, KPSS tarixi, siyosiy iqtisod, markscha-lenincha falsafa, ilmiy ateizm kabi «fanlar»ni o’rganishga sarflanar edi. Bu hol talabalarning asosiy ixtisosligi bo’yicha fanlarni chuqur o’zlashtirishiga xalaqit berardi.

Oliy maktablarda milliy kadrlar tayyorlash talab dara-jasida emas edi. Ko’p fanlardan, ayniqsa, tabiiy fanlar-dan darsliklar rus tilida chiqarilgandi. Ularni O’zbek tili-ga tarjima qilishga ongli ravishda e'tibor berilmasdi. O’zbek talabalari rus tilidagi darslik va qo’llanmalardan foydalanishga majbur edilar. Ayniqsa, qishloqlardan kel-gan, rus tilini bilmaydigan talabalar qiynalardilar. Ular ko’pincha rus tilida o’qitiladigan fanlarni o’zlashtira olmay, o’qishni tashlab ketishga majbur bo’lardilar. Bir amallab institutni bitirib chiqqan mutaxassislarning bilim darajalari past bo’lardi. Institutlarda O’zbek guruhlarida rus tilida dars o’tish Markazning O’zbekistonda olib bor-gan ruslashtirish siyosati natijasi edi.

Savol va topshiriqlar

1. Fanni rivojlantirishda O’zbekiston Fanlar akademiyasining o’rni haqida gapirib bering.

2, Mashhur O’zbek olimi akademik H.Abdullayev haqida nimalami bilasiz?

3. Oliy ta'lim sohasidagi ziddiyatlar haqida so’zlab bering.

4. 60—80-yillarda ilmiy tadqiqotlar qaysi tilda olib borilgan?

5. Akademik Ibrohim Mo’minov va O’zbek falsafa maktabi to'g'risida ma'lumotlar to’plang.



48-§. O’zbekistonning XALQARO ALOQALARDA QATNASHUVI

Iqtisodiy aloqalar.Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlangan, xom ashyo yetishtirish va uni qayta ishlashga qaratilgan bo’lsa-da, iqtisodiy jihatdan boy respublika edi. O’zbek xalqi yetishtirgan paxta, ipak, qorako'1 teri, kanop va sanoat mahsulotlari yer kurrasi-ning barcha qit'alarida dong taratdi. O’zbekistonning iqtisodiyot mavqei uning xalqaro aloqalarda qatnashuvi-ni belgilab berdi.

Ko’zdan kechirilayotgan davrda O’zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq Ittifoq tarkibidagi respublika bilan aloqalarni mustaqil olib borishi mumkin bo’lgan suveren respublika hisoblanardi. Lekin bu huquq faqat rasman e'lon qilinib, amalda qog’ozda qolib ketdi. Ma'muriy-buyruqbozlik sharoitida boshqaruvni markazlashtirish respublikani xalqaro iqtisodiy va madaniy sohalarda mustaqil faoliyat ko’rsatish imkoniyatidan mahrum etdi. O’zbekiston o’z mahsulotlarini Markaz ko’rsatmasi bilan Ittifoq tashqi savdo idoralariga topshirardi. Ular respublika mahsulotlarini chet elga eksport qilardilar.

O’zbekistonga xalqaro miqyosda ham markaziy hokimiyat organlari belgilagan xom ashyo bazasi roli berilardi. Respublika asosan qishloq xo’jalik mahsulotla-ri — paxta tolasi, lint, qorako'1 teri, ipakni chetga chiqarib keldi.

O’zbekiston eksportining 90 foizini paxta va paxta mahsulotlari tashkil qildi. Shunisi xarakterliki, xalqaro aloqalar asosan o’sha yillarda sotsialistik lagerga kirgan mamlakatlar (Chexoslovakiya, Vengriya, Bolgariya, Ru-miniya, Polsha va boshqalar) bilan olib borildi.

O’zbekiston mahsulotlarini chetga chiqarish yildan-yilga ortib bordi. 1958—1967-yillar davomida eksport hajmi uch baravar ko’paydi. Respublika eksporti umu-miy hajmining 70 foizdan ortig’i yuqorida ko’rsatilgan davlatlarga yuborilardi. O’zbekistondan olib chiqib ketil-gan mahsulot turlari 100 xildan ortiq edi. Paxta tolasi-dan tashqari to’qimachilik mashinalari, kimyoviy uskunalar, ekskavatorlar, ko’prikli elektr kranlari, qishloq xo’jalik mashinalari, jumladan, paxta terish mashinalari, nasoslar, kabel mahsulotlari va boshqa ko’plab mahsu-lotlar chetga chiqariladigan bo’ldi. 1958-yiJi respublika o’z mahsulotlarini jahonning 32 mamlakatiga, 1970-yilga kelib esa 100 ga yaqin davlatlarga chiqarib turdi.

O’zbekiston chetdan keltiriladigan mollarning yirik iste'molchisi bo’lib qolaverdi. Shuni aytish kerakki, o’sha davrda kapitalistik davlatlar bilan aloqalar cheklangan edi. Shu sababli 1966—1970-yillarda o’zbe-kiston chetdan import qiladigan mahsulotlarning 75 foizga yaqinini sotsialistik mamlakatlardan keladigan mollar tashkil qilardi. Germaniya Demokratik Respublikasi, Chexoslovakiya, Vengriya, Rumuniyada ishlangan turli sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar, turli jihozlar Chirchiq elektr kimyo kombinati, Farg’ona azot o’g’it-lari zavodi, Oltintopgan metall kombinati va boshqa ko’plab korxonalarda keng qo’llanardi. Bundan tashqari respublikaga ko’plab iste'mol mollari, mebel, gazlama, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar keltirilardi.

Shunisi ajablanarliki, Polsha, Bolgariya, Chexoslo-vakiya bizdan eksport qilingan paxta tolasidan to’qilgan gazlama, kiyim-kechaklarni O’zbekistonga jo’natardi. Bunday kulgili ahvol O’zbekiston metropoliyaning xom ashyo bazasi ekani, bu yerda tayyor mahsulot chiqarish g’arazli niyatda yo’lga qo’yikrtagani natijasi edi.

Milliy kadrlar tayyorlashdagi hamkorlik. O’zbekistonning chet mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligining muhim yo’nalishi mutaxassis kadrlar almashish boldi. O’zbekiston zavod, fabrikalar, xo’jalik obyektlari qurish, asbob-uskunalarni montaj qilish, ishga tushirishni yo’lga qo’yish uchun shu mamlakatlarga mutaxassislar yubordi. Chunonchi, «Tashtekstilmash» zavodi 1958—1967-yillar mobaynida o’zining 44 nafar vakilini to’qimachilik uskunalarini montaj qilish uchun turli mamlakatlarga jo’natdi.

60-yillarda Kuba va Bolgariyada paxta terish mashi-nasidan keng foydalana boshlandi. Bu mashinani o’zlashtirishda O’zbekiston mutaxassislari ularga katta yordam berdi. Chet mamlakatlar ham o’z navbatida respublikaga keltirilgan sanoat uskunalarini montaj qilishda yordam berish, barpo etish va ularni ishga tushirishda texnik jihatdan ko’maklashish uchun o’z mutaxasislarini har yili O’zbekistonga jo’natib turdi.

60-yillarning boshlarida Andijon viloyati bilan Bolgariyaning Yambol okrugi, Toshkent viloyati bilan Xaskovo okrugi mehnatkashlari o’rtasidagi o’zaro yor-dam va hamkorlikka asoslangan aloqalar mustahkamlan-di. Paxtachilikni rivojlantirish, irrigatsiya-melioratsiya ko’rinishida sug’oriladigan yerlarni o’zlashtirishda O’zbekiston bilan Bolgariya dehqonlari o’zaro tajriba almashdilar.

Chet mamlakatlarga malakali muhandis-texnik kadr-lar va mutaxassislar tayyorlab berish O’zbekistonning sanoat korxonalari, sovxoz, kolxoz, va boshqa muassa-salarda o’sha mamlakatdan kelgan ishchi va muhandis-texnik xodimlarning ishlab chiqarish tajribasini o’tkazish yo’llari bilan ham amalga oshirilgan. 1968-yilda 40 dan ortiq arab agronom, tuproqshunos, irrigator va mexa-niklari Toshkent, Mirzacho'1 sovxozlarida, bir guruh Eron metallurglari Bekobod metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish tajribasini o’tadilar.

Malakali kadrlar almashishidagi hamkorlik oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash orqali ham amalga oshirildi. O’zbekiston rivqjlanayotgan mamlakatlar xalq xo’jaligi uchun zarur miliiy kadrlar tayyorlab berishga salmoqli hissa qo’shib keldi.

Respublikamizning oliy va o’rta maxsus o’quv yurt-larida ta'lim olgan xorijlik talabalarning soni yildan-yilga oshib bordi. Agar 1963/64-o'quv yilida Toshkentdagi oliy o’quv yurtlari va texnikumlarida 14 mamlakatdan kelgan 250 icishi ta'lim olgan bo’lsa, 1967/68-o'quv yili-da 27 mamlakatdan kelgan 340 kishi ta'lim oldi. 1964-yildan 1970-yilgacha respublikamiz o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlarida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi-ning 45 mamlakatidan kelgan 1500 ga yaqin talaba, sta-jor va aspirantlar ta'lim oldilar.

1961-yildan boshlab Toshkent davlat tibbiyot institu-ti xorijiy mamlakatlar uchun turli ixtisosdagi vrachlarni tayyorlashga kirishdi. 60-yillarda bir necha mamlakat-larga yuzlab vrach va tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlab berildi.

O’zbekiston xorijiy mamlakatlarga mutaxassis tayyor-lash bilan birga, ilmiy kadrlar tayyorlashda ham baholi qudrat yordam ko’rsatdi. Respublikaning talay oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida xorijiy mutaxas-sislar shogirdlikni o’tadilar, aspiranturada tahsil olib, turli fan sohalari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar.



llmiy va madaniy aloqalar.Zamonaviy fan va taraqqiyot turlari mamlakat olimlarining ijodiy hamkorlikda ishlashini talab qiladi. Tajriba bilan o’rtoqlashmaslik mablag’larning o’rinsiz sarflanishiga, allaqachon ma'lum bo’lgan ixtirolarni izlash yo’lida behuda vaqt ketkazish-ga, ilm-fan taraqqiyotining susayishiga olib keladi. Biroq totalitar tartibot yillari kapitalistik mamlakatlar bilan ilmiy aloqalarni rivojlantirish sun'iy ravishda to’xtatib turildi. Buning natijasida Ittifoqda, jumladan, o’zbe-kistonda ham fan va texnika beqiyos darajada orqada qolib ketdi.

Ammo bu shunday aloqalar umuman bo’lmadi degan gap emas. Urushdan keyingi yillarda olim va mutaxas-sislarimiz chet ellarga ilmiy safarlarga, xalqaro kongress, simpozium, seminarlarda ishtirok etishga, oliy o’quv yurtlarida ma'ruzalar o’qishga borib turdilar. Chet el olimlari ham O’zbekistonga shunday safarlar bilan kelib turdilar.

O’zbekistonning xalqaro ilmiy aloqalarini rivojlan-tirishda, dunyo olimlari bilan ilmiy aloqa o’matishda O’zbekiston Fanlar akademiyasi alohida rol o’ynadi. 1969-yilda O’zbekiston FA ilmiy-tadqiqot institutlariga tajriba almashish maqsadida xorijiy mamlakatlardan 174 olim va mutaxassis tashrif buyurdi. 1970-yilda akademiyaning turli institutlariga 135 nafar chet ellik olim keldi. Ular O’zbekiston Fanlar akdemiyasida olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan, O’zbek olimlarining jahon fani taraqqiyotiga qo’shayotgan hissalari bilan tanishdilar.

O’zbekitonga tashrif buyurgan chet el olimlari respublika olimlari erishgan yutuqlarga yuksak baho berdilar. «Men, — deb aytgan edi Xalqaro atom energiyasi agentligining direktori Zigvard Eklund, — bu yerda olimlar naqadar aniq metodlar bilan tadqiqotlar o’tkazish imkonyatiga ega ekanliklarini ko’rib hayratda qoldim. Atomchi olimlarning xalqaro hamkorligini rivoj-lantirishda O’zbekiston o’zining ilmiy muassasalari bilan muhim rol o’ynashi mumkin».

Chet mamlakatlarda o’tkazilgan turli xalqaro kongress va simpoziumlar ishida O’zbek olimlari faol qat-nashdilar. 60-yillarning birinchi yarmida O’zbekiston olimlarining 200 dan ziyod vakili jahonning qirqqa yaqin mamlakatlariga borib keldi. Ular 50 dan ortiq xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etdilar va ma'ruzalar qildilar. Ilmiy konferensiyalarda qatnashish maqsadida 1969-yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining 42 olimi xorijiy mamlakatlarda bo’ldilar. Ilmiy aloqalar bu mam-lakatlarning fanini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

O’zbekiston xalqaro madaniy hamkorlikda faol ishtirok etdi. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan adabiy aloqalarning rivojlanishida 1958-yilda chaqirilgan Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent konferensiyasi g’oyat muhim rol o’ynaydi.

Adabiy aloqalarni rivojlantirish borasida respublika yozuvchilari uyushmasi katta tadbirlarni amalga oshirdi. Uning tashabbusi bilan O’zbek yozuvchi va shoirlarning chet elga chiqishlari, xorijiy adiblarning O’zbekistonga kelishi keng yo’lga qo’yildi. 1969— 1970-yillarda Komil Yashin, Zulfiya, Hakim Nazir, o’lmas Umarbekov, Hamid G’ulom va boshqa yozuvchi, shoirlar Fransiya, Bolgariya, Kuba, Hindiston kabi mamlakatlarga do’stlik safarlari bilan chiqdilar. O’zbek yozuvchilari o’zlari borib ko’rgan mamlakatlar haqida ocherk, qissa va she'riy asarlar yozib, kitobxonlarga taqdim etdilar. Birgina 1970-yilda O’zbekistonga Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 32 mamlakatidan 50 dan ziyod adiblar mehmon bo’lib keldilar. Xorijiy yozuvchilarning O’zbekistonga kelishlari O’zbek adiblari dunyoqarashi-ning kengayishiga xizmat qildi.

Xalqaro adabiy aloqalarni rivojlantirishda chet el mualliflari asarlarini O’zbek tilida nashr etish muhim ahamiyat kasb etdi. 1964— 1970-yillarda respublikamizda xorijiy yozuvchi va shoirlarning 100 dan ortiq asarlari O’zbek tilida bosildi. Ko’zga ko’ringan O’zbek adiblari — Oybek, Zulfiya, Shayxzoda, Sh. Rashidov va boshqalarning asarlari Yevropa, Osiyo, Afrika xalqlari tillarida nashr etildi. O’zbekiston xalq shoiri G’afur G’ulom asarlari jahonning 25 tilida chop etildi.

San'at sohasidagi xalqaro hamkorlik ham ko’zga ko’rinarli o’rinni egalladi. O’zbekiston kinemotografchi-lari va kino artistlarining xorijiy mamlakatlaridagi hamkasblari bilan ijodiy hamkorliklari kengayishida Toshkentda o’tkazilgan Osiyo va Afrika mamlakatlari kinofestivallari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1962-yil-ning o’zida respublika kinoteatrlarida chet eldagi 25 kinostudiyada ishlab chiqarilgan 89 badiiy film namoyish etildi. 40 dan ortiq chet mamlakatlarning kinoteatrlarida O’zbek badiiy va hujjatli filmlari ko’rsatildi. «O’zbekfilm» tomonidan yaratilgan bir qator badiiy filmlar, jumladan, «Osiyo ustida bo'ron», «Toshkent — non shahri», «Mahallada duv-duv gap», «O'tgan kunlar» filmlari namoyish qilindi.

50—60-yillarda O’zbek san'atining aloqalariga Muhiddin Qori Yoqubov nomli O’zbekiston davlat filamomiyasi, A. Navoiy nomli O’zbek davlat akademik katta teatri artistlari, jumladan, Tamaraxonim, Halima Nosirova, Mukarrama Turg’unboyeva, Galiya Izmay-lova, Saodat Qobulova, Bemora Qoriyeva singari mash-hur san'atkorlar ulkan hissa qo’shdilar. «Bahor» ashula va raqs ansambli 60-yillarda 20 ga yaqin xorijiy mam-lakatga safar qildi. Mohir O’zbek raqqoslari nafis va go’zal san'atlari bilan minglab chet ellik tomoshabinlarni maftun etdilar.

O’zbekistonning chet el mamlakatlari bilan xalqaro aloqalari do’stona munosabatlarining rivojlanishiga yor-dam berdi. Partiya va sovet idoralarining siyosiy nazo-rati bo’lmaganida bu aloqalar va hamkorlik yanada keng va samarali kechishi mumkin edi.

1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə