Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan




Yüklə 1.77 Mb.
səhifə22/32
tarix22.02.2016
ölçüsü1.77 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32

3. Qishloq xo’jalik kadrlari

Respublika dehqonchiligi qa-dimdan sun'iy sug’orishga asoslangan. O’zbek xalqi suv-ni obi hayot deb ardoqlaydi. Kanallar qurish, eskilarini ta'mirlash, ariqlarni tozalash ishlari doimo hashar yo’li bilan amalga oshirilgan. Bu an'ana hozirgacha davom etadi.

Urushdan keyingi ikki o’n yillikda respublika hudu-dida ko’pIab yirik kanallar, suv omborlari, kollektorlar qurildi. Ularning barchasi mehnatsevar O’zbek xalqining qo’li bilan bunyod etildi.

50-yillarning o’rtalariga qadar Sirdaryoda Boyovut kanali, Farg’ona va Namangan viloyatlari orqali o’tuvchi Oxunboboyev nomli kanal, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida Eski Angor kanali qurildi. 1954-yili Namangan viloyatida Kosonsoy suv ombori ishga tushirildi. Ittifoq hukumatining ko’rsatmasi bilan 1956-yili Paxta yetishtirishni ko’paytirish maqsadida Mirzacho'1dagi 300 ming gektar unumdor qo’riq yerlarni sug’orish o’zlashtirishga qaror qilindi. Shu munosabat bilan 1961-yili 127 km uzunlikdagi eng yirik Janubiy Mirza cho'1 kanali qurib bitkazildi. U 350 ming gektardan ortin yerni sug’orishga mo’ljallandi. Shuningdek, 1968-yiij 63 km uzunlikdagi Markaziy Mirzacho'1 kollektori qurildi Bu sug’orish inshootlari Mirzacho’lni o’zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Respublikaning boshqa mintaqalarida ham muhirn inshootlar barpo etildi. Jumladan, Amudaryodan Buxoro viloyatiga suv yetkazish maqsadida 1965-yili uzunligi 200 km bo’lgan Amu—Buxoro kanali qurildi. Uning suvini 67 m balandlikka tortib beruvchi yirik nasos stansiyalari bunyod etildi. Kanal ishga tushishi bilan Buxoro vilo-yatida 90 ming gektar yer, shu jumladan, 26 ming gek-tar yangi yerlar sug’oriladigan bo’ldi. Bundan tashqari, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq bo’lgan yaylovlar suv bilan ta'minlandi.

Qarshi dashti, Surxon-Sherobod vodiysini o’zlash-tirish boshlanishi munosabati bilan u joylarda ham katta sug’orish inshootlari qurilishi boshlandi. Janubiy Surxon suv ombori, Zang, Sherobod va Amu—Zang kanaUari-ning qurilishi Surxon-Sherobod vodiysini sug’orishga imkon berdi.

O’zbek xalqining qahramonona mehnati natijasida yangi yerlarni o’zlashtirish bilan birga, ularda yangi tumanlar, shaharlar, sovxoz va kolxozlar bunyod etildi. Mirzacho’lning yangi o’zlashtirilgan joylarida Guliston, Zarbdor, Zafarobod, Mehnatobod, Mirzacho'1, Mirza-obod, Oqoltin, Paxtakor, Sayxunobod, Sharof Rashidov tumanlari, Baxt, Guliston, Do’stlik, Paxtakor, Yangiyer shaharlari, yuzga yaqin sovxoz va kolxozlar, cho’lquvar-lar uchun turar joylar qurildi. Shuningdek, Surxon-She-robod, Qarshi dashtlarini o’zlashtirishda ham katta qurilish ishlari olib borildi, ko’plab tumanlar, shaharlar, sovxozlar tashkil qilindi.

Respublikada yirik suv omborlari ham bunyod etildi. Urushdan keyingi ikki o’n yillikda 10 ta suv ombori qurildi. Jumladan, Buxoro viloyatida Quyimozor, Qashqadaryo viloyatida Chimqo’rg’on, Toshkent vilo-yatida Toshkent suv omborlari ishga tushirildi. Paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida sovet hukurnati tomonidan sug’orish inshootlari tarmog’ining shiddat bilan kengaytirilishi respublika uchun katta sal-v>iy oqibatlarga olib keldi. Kanallar, suv omborlari va boshqa suv inshootlari qo’riq yerlarni o’zlashtirish imkonini berdi. Shu bilan birga, bu inshootlar yaqin atrofidagi joylarga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Bu irrigatsiya qurilishteri natijasida yer osti suvlari sathi yuqoriga ko’tarilib, haydaladigan yerlarni sho’r va botqoq bosdi, bog’-rog lar, tokzorlar qurib qoldi. Yangi paxta ekinzor-larini barpo etish maqsadida puxta o’ylanmagan sug’orish inshootlarini qurish, Sirdaryo va Amudaryodan ko'p suv olish Orol dengizining qurishiga sabab bo’ldi. Bu esa Orol fojiasini keltirib chiqardi, Orolbo’yi vaziyatni mushkullashtirib mintaqasidagi qo’ydi.



Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishning ahvoli. Markaz ko’rsatmasiga ko’ra respublika qishloq xo’jaligi-ning asosiy vazifasi paxtachi-likni har tomonlama rivojlan-tirishdan iborat edi. Undan kelib chiqib oziq-ovqat yetkazib beravchi tarmoqlarga yetarli e'tibor berilmasdi. G’alla, chorvachilik, poliz-sabzavot mahsulotlari, kar-toshka yetishtirish talab darajasida emas edi. 1970-yilga qadar qishloq xo’jaligining bu tarmoqlari past sur'atlar bilan rivojlanib keldi. 1970-yilda g’alla, kartoshka yetishtirish urushdan oldingi darajadan past edi.

Umuman olganda, 1970-yili oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish darajasi respublikada urushdan oldingi dara-jada edi. Holbuki, paxta yetishtirish uch baravardan ziyod (1,3 mln t dan 4,5 mln t ga) ko’paydi.

Oziq-ovqat yetishtiruvchi qishloq xo’jaligi tarmoqla-nni mexanizatsiyalashtirish darajasi juda past edi. Buning natijasida oziq-ovqat ekinlarini ekish va hosilni o'rib-terib olish muddatlari cho’zilib ketardi. Ularga so-ush uchun mineral o’g’itlar kam ajratilardi. Eng unum-d°r ekin maydonlari g’o’za ekish uchun berildi. G’o’za °ziq-ovqat ekinlarini yaroqsiz yerlarga, tog’ oldi joylari-°a> o’zlashtirish mushkul bo’lgan zarang yer va to’qaylarga siqib chiqardi.

Shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining cheklanishi qishlon xo’jalik ishlab chiqarishining pasayishiga, aholinine oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishi yomon-lasbishiga olib keldi. Tomorqa uchastkalari normalari 1950-yilgacha sug’oriladigan yerlarda 0,15 gektardati 0,25 gektargacha deb belgilangan bo’lsa, 1950-yilning yanvar oyidan boshlab tomorqa yerlari va chorva tu-yoqlari qisqartirildi. Tomorqa uchastkalarining maydoni qisqartirilib, 0,12—0,15 gektarga tushirildi. «Normadan yuqori» degan bahona bilan sug’oriladigan yerlar olib qo’yildi, bog’lar, tokzorlar kesib tashlandi, chorva tortib olindi.

Dehqonlarning tomorqa maydonlarini kamaytirish keyingi yillarda ham davom etdi. Chunonchi, 1956-yil-dayoq dehqon tomorqasining o’rtacha maydoni 0,1 gek-tarni tashkil qildi. Shaxsiy xo’jalikda, odatda, bitta ona-bola sigir, ikki yashargacha bo’lgan bir bosh qoramol, 4—6 bosh qo’y, echki boqishga ruxsat berilar edi. Shaxsiy tomorqa xo’jaligiga nisbatan bunday munosabat bu qishloqda sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlari-ning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, degan qoidadan kelib chiqqan edi. Shu sababli «jamoat chorvachiligining ziyoniga, aholida chorva ko'payishiga» yo'l qo’ygan xo’jaliklar tanqid ostiga olindi.

Qishloq xo’jaligi oziq-ovqat mahsulotlari bilan respublika aholisi ehtiyojini qondira olmadi. o’zbe-kistonda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ish-lab chiqarish belgilangan fiziologik normalardan ancha kam edi. O’zbekistonning iqlimi va tuproq sharoitlari oziq-ovqat mahsulotlarini zarur miqdorda ishlab chiqa-rish imkonini berardi. Lekin yalpi paxta hosilini oshirish ketidan quvish respublikada oziq-ovqat muammosini hal qilish imkoniyatlarini cheklab qo’ydi.



Qishloq xo’jalik kadrlari. Urush yillari respublikadagi erkaklarning katta qismi frontga jo’nab ketishi munosabati bilan qishloq xo’jaligida barcha toifadagi kadrlar soni keskin kamaydi. Qishloq xo’jalik mutaxassislarivv tayyorlash muhim vazifa bo’lib qoldi. Qishloqda asosiy xodimlar mexanizatorlar ecu-

mexanizator kadrlarni tayyorlash MTSlar qoshidagi qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash maktablari va kurslari orqali olib borildi. 1944-1950-yillarda turli ohalar bo’yicha 50 ming nafar mexanizatorlar tayyorlashga muvaffaq bo’lindi.

60-yillarda mexanizatorlar tayyorlashning eng sama-rali shakli qishloq hunar-texnika bilim yurtlari bo’lib noldi. Qishloq hunar-texnika bilim yurtlari qishloq x0'jaligining barcha sohalari uchun mexanizatorlar: tokarlar, elektrchilar, traktorchilar, kombaynchilar, mashinada sut sog’ish operatorlari, parrandaboqarlar va boshqalarni tayyorlab berardi. Ularda o’quvchilar kasb bilan birga o’rta ma'lumot ham olardilar. Qishloq hunar-texnika bilim yurtiga 8-sinfni tamomlagan yoshlar qabul qilinardi. Bunda noto’g’ri tartib belgilandi: o’zlashtiruvchi o’quvchilar o’qishni davom ettirish uchun maktabda qoldirilar, o’zlashtirishi past o’quvchi-lar majburiy ravishda qishloq hunar-texnika o’quv yurt-lariga yuborilar edilar. QisVVoq yoshlari bunday o’quv yurtlarida o’qishni istamasdilar, chunki xo’jaliklardagi mehnat rag’batlantirilmas edi. Buning natijasida qishloq hunar-texnika bilim yurtlaridan kasb-korni yetarlicha egallamagan mutaxassislar yetishib chiqardi.

Urushdan keyingi dastlabki yillarda respublikada qishloq xo’jalik oliy o’quv yurti va 12 ta texnikum ishlab turdi. Urushdan keyingi davr qiyinchiliklari ulaming faoliyatiga ham ta'sir qildi. Ularning moddiy ta'minot bazasi juda qashshoq edi. o’quv xonalari, amaliy mashg’ulotlar uchun qishloq xo’jalik texnikasi, labora-toriyalar, darsliklar, ayniqsa, O’zbek tilidagi darsliklar yetishmasdi. Shunga qaramay, respublikadagi qishloq xo’jalik o’rta maxsus o’quv yurtlari urushdan keyingi yil-larda 4 mingdan ortiq agronom, zooveterinar, texnik va boshqa mutaxassislami tayyorlab berdi. 1944—1953-yil-larda qishloq xo’jalik oliy o’quv yurtlari 4 ming nafarga yqin turli kasbdagi mutaxassislarni tayyorlab chiqardi.

Shunday bo’lsa-da, 50-yillar o’rtalarida qishloq

jlik rahbar xodimlari orasida oliy, o’rta va yetti yilllik ma'lumotga ega bo’lganlar 4 kishiga faqat bittadan to’g’ri kelardi. Xo’jaliklarning mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoji ortib bordi. 1953—1958-yillarda respublika texiiikumlarida mutaxassislar yetishtirish 3 baravar ortdi. 1965-yilda esa qishloq xo’jaligi mutaxassislari — agronomlar, zootexniklar va veterinarlar soni bir yarim baravar ko’paydi.

Lekin oliy va o’rta maxsus ma'lumotli mutaxassis-larni tayyorlash son va sifat jihatidan davr talablariga mos kelmas edi. Ayrim mutaxassisliklar bo’yicha va mahalliy xotin-qizlardan mutaxassislar kam tayyorlanar-di. Moddiy manfaatdorlik yo’qligidan o’quv yurtlarini bitirib chiqqanlar tayinlangan joylarga bormas, mutaxas-sisligi bo’yicha ishlamas edi. Buning natijasida xo’jalik-larda kadrlar masalasi dolzarb boiib qoldi.

Savol va topshiriqlar

1. Mirzacho’I, Qarshi dashtlari, Surxon-Sherobod vodiysini o’zlashtirish to'g'risida so’zlab bering.

2. Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishdagi og'ir ahvolning sabablarini tushuntirib bering.

3. Shaxsiy tomorqa xo’jaliklari faoliyatining cheklanganligi nimalarda ko’rindi?

4. Qishloq xo’jalik kadrlari tayyorlashdagi asosiy kamchilik-larni ochib bering.

45-§. AHOLI TURMUSH DARAJASIDAGI o’ZGARiSH VA MUAMMOLAR

Ijtimoiy soha

Urushdan keyingi yillarda Markaz asosiy e'tiborni mamlakat mudofaa qudratini

mustahkamlashga qaratdi. Aholining turmush darajasini yaxshilash masalalariga byudjet mablag’larini ajratishda qoldiq prinsipi qo’Uandi. Uning mohiyati shundan ibo-rat ediki, ishlab chiqarish uchun sarf qilinishi zarur bo’lgan xarajatlardan qolgan mablag’lar ijtimoiy das-turlarga ajratilardi. Bu siyosat ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tartibotning salbiy oqibati edi. Urushdan keyin-gi yillardan boshlab ijtimoiy o’sishda sustlashish yuz berdi, keladigan haqiqiy daromadlar, davlat va kooperativ savdosida chakana mol almashinuvi, maishiy xizmat ko’rsatish hajmining o’sish sur'atlari pasayib bordi.

Xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirish yillarida ijtimoiy sohaning rivojlanishiga qilinadigan sarf-xara-jatlar sezilarli darajada cheklangan edi. Chunki respublikaning iqtisodiy va mudofaa imkoniyatlarini mustahkamlash talab qilinardi. Rahbar organlar va xo’jalik xodimlarining asosan ishlab chiqarish vazi-falarini hal qilishga qaratilgan pozitsiyasi ijtimoiy muammolarni orqa o’ringa surib qo’ygan edi. Kapital mablag’larning asosiy qismi og’ir sanoatni rivojlan-tirishga va juda arzimas qismi yengil va oziq-ovqat sanoatini taraqqiy ettirishga berilardi.

o’sha yillarda respublikada aholini oziq-ovqat va sanoat mollari bilan ta'minlash og’ir ahvolda edi. Urushdan keyingi yillarda xalq xo’jaligining bu sohalari-ni rivojlantirishga yetarli e'tibor berilmadi. 1963-yili 1940-yilga nisbatan respublika sanoati 5 baravar, mashinasozlik 164 foiz o’sgan bo’lsa, oziq-ovqat sanoati ikki, sanoat ikki yarim baravar o’sdi, xolos. Hatto ayrim muhim iste'mol mollari ishlab chiqarish orqaga ketdi. 1960-yili 1940-yilga nisbatan davlatga g’alla topshiiish ikki baravar, sholi topshirish 4,5 baravar kamaydi. 1960— 1970-yillarda go’sht (97 mingtonnadan 94 ming tonnaga), mol yog’i ishlab chiqarish (8 mingdan 6 mingga) ozaydi. Respublika aholisining boshqa respub-likalar aholisiga nisbatan go’sht, sut, baliq, tuxum, kar-toshka va boshqa mahsulotlar iste'mol qilishi bir necha baravar kam bo’ldi.

Aholini ijtimoiy himoyalash cheklangan edi. 1956-yilga qadar kolxozchilar davlat pensiyasi va nafaqalari-dan foydalanish huquqidan mahruin bo’ldilar. Nafa-qaxo’r va faxriylarga beriladigan pensiya va nafaqalar miqdori juda kam edi. Shu bilan biiga, 50—60-yillarda inflyatsiya va narx-navoning oshishi tufayli pensiya va nafaqalar miqdori oylikka nisbatan kam ortdi. Faxriylar, nafaqaxo’rlar, nogironlar, bolali ayollarning moddiy ahvoli o’ta og’ir edi.

Ijtimoiy sohaga byudjetdan qilinadigan sarf-xarajatlar salmog’i kamayishda davom etdi. Ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarga respublika byudjetidan qilingan sarf-xarajatlar miqdori 1970-yili 1940-yildagiga nisbatan ancha kam edi. Shu bilan birga, dehqon va hunarmandlarga yakka mehnat faoliyati bilan shug’ullanib, qo’shimcha daro-mad olish taqiqlangan edi. Bu hol respublika aholisining qashshoqlashishiga olib keldi.

Ijtimoiy-maishiy infrastruktura sohalari — turar joy, kommunal xo’jaligi, maishiy xizmat ko’rsatish, sog’liqni saqlash mushkul ahvolga tushib qoldi.



Turar joy muammosi. O’zbekiston aholisi juda zich joylashgan, aholining yillik o’sishi yuqori (o’rtacha yarim million kishi) bo’lgan davlatlardan. Tabiiyki, turar joy muammosi bu yerda hamisha dolzarb bo’lib kelgan. Bu masalaga e'tibor berilmadi, deb bo’lmaydi. 1946-yildan 1955-yilgacha respublikada 17,5 mln m2 turar joy qurildi. Shu juraladan, davlat barpo etgan uylar faqat 2,5 mln m2 ni tashkil qildi xolos. Qolgan uylarni qishloq va sha-har aholisi o’zining shaxsiy mablag’iga qurdi. 60-yillarda respublikada turar joy qurilishi urushdan keyingi o’n yil-likka nisbatan ikki yarim baravar o’sdi. Biroq bu uylar-ning yarmidan ortig’i aholi tomonidan qurilgan bo’lib, davr talabiga javob bermasdi.

1966-yilda Toshkentda sodir bo’lgan zilzila oqibatida shahar uy-joy fondiga katta zarar yetdi. Ittifoq xalqlari yordami bilan Toshkentda uy-joy quriiishi gurklrab o’sdi. Chilonzor, Markaz, Qoraqamish va boshqa mas-sivlar qurildi. Yangi Toshkent bunyod etila boshlandi.

Yangi turar joylar qurilishi natijasida viloyatlarda-gi shaharlarda ko’p qavatli turar joy uylari bunyod etilgan butun-butun mikrorayonlar vujudga keldi. Biroq turar joy qurilishi ko’lami ancha kengayishiga qaramay, turar joy bilan o’rtacha ta'minlanganlik darajasi hatto shaharlarda ham juda sust o’sdi. Qishloqda turar joy masalasi yanada mushkul ahvol-da edi. Bu yerda xususiy imoratlarning asosiy qismi xom g’isht va paxsa urib bunyod etilar, ularda hech qanday qulaylik mavjud emasdi.

Kommunal xo’jalik. Turar joy binolarini talay chala ishlari bo’lgani holda foydalanishga topshirish ommaviy hodisaga aylandi. Bu binolarning tez eskirishi va ta'mirlash ishlariga qo’shim-cha xarajatlar sarflanishiga olib keldi.

Aholi turmush darajasining muhim ko’rsatkichi suv ta'minoti hisoblanadi. 50-yillarning boshlarida O’zbekistonning faqat 15 ta shaharida vodoprovod tizimi bor edi. Aholining ichimlik suviga bo’lgan ehtiyoji atigi 25-30 foiz atrofida ta'minlanardi. Tumanga bo’ysunadigan 11 ta shahar va 140 ta tuman markazida vodoprovod ti-zitni umuman yo’q edi.

1955—1960-yillarda respublikaning 7 shahar va 24 tuman markazlarida vodoprovod tizimlari bunyod etildi. Biroq bu O’zbekiston aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasini hal qilmadi. Yangi yerlarning yuk-sak sur'at bilan o’zlashtirilishi, yangi xo’jaliklarning barpo etilishi, aholining tez o’sib borishi ahvolni yanada keskinlashtirdi. Vodoprovodi bo’lgan shahar va tuman markazlari aholisining talay qismi suv beruvchi vodo-provod tarmoqlari sust rivojlangani tufayli suv ta'minoti-dan chetda qoldi. Qishloq aholisining yarmi xo’jalik ehtiyojlari va iste'mol qilish uchun suvni ariqiar, kanal-lar, hovuz va quduqlardan olardi. Bu aholi o’rtasida turli kasalliklarni keltirib chiqarar edi.

Maishiy xizmat ko’rsatish. Aholi turmush ehtiyojlariniqondirish sohasida maishiy xizmat e'tiborli o’rin egallaydi. Respublikada maishiy xizmat ko’rsatish 60-yillarda boshqa sohalarga nisbatan jadal rivojlandi. 1963-yili Toshkentda madaniy-maishiy buyumlar va ro’zg’or buyumlarini ijaraga berish, uy-xonadonlarni tozalab yig’ishtirish, bolalarga qarash va boshqa ko’pgina xiz-matlarni uyushtirish bilan shug’ullanuvchi «Sharq» kom-binati tashkil etildi. o’sha yilning o’zida sovutgichlarni ta'mirlaydigan «Sevar» fabrikasi, televizor va radio-apparatlarni ta'mirlashga ixtisoslashgan 20 ta qabul punktiga ega «Zangori ekran» fabrikasi ishga tushdi. Andijon, Samarqand, Urganch, Nukus, Namangan shaharlarida ham shunday atelyelar qurildi. Biroq maishiy xizmat korxonalari binolari sekin va sifatsiz qurilib, ko’p kamchiliklar bilan topshirilardi. Rahbar tashkilotlar bu qurilishlarni ikkinchi darajali deb hisoblab, moddiy va mehnat resurslari bilan yetarli miqdorda ta'minlamas edi.

Respublikada urushdan keyingi yillarda maishiy xiz-mat ko’rsatish sohasida erishilgan daraja aholi talabiga javob bermasdi. 1960-yili respublikadagi 5,4 ming maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarining faqat 2 ming-ga yaqini qishloqlarda joylashgan bo’lib, ularning aksariyatini 1—2 nafar usta ishlaydigan, maxsus bino va zarur sharoitga ega bo’lmagan poyafzal ta'mirlash usta-xonalari, sartaroshxonalar tashkil qilardi. Qishloq va po-syolkalarda xizmat ko’rsatish asosan ko’chma, sayyor usulda tashkil etilardi. Viloyat maishiy xizmat boshqar-malarida fan-texnika va ilg’or tajriba yutuqlari amalda qo’llanilmas edi.



Sog’iiqni saqlash.Urushdan keyingi yillarda respublikada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish og’ir ahvolda edi. Kasalxonalarda davolanish o’rinlari, malakali vrachlar yetishmasdi. Ko’pgina viioyat va rayonlarda shifoxonalar, statsionarlar, feldsher-akusherlik punktlari, ambulatoriya-poliklinika muassasalari yo’q edi. Toshkentdek poytaxt shaharda kasalxonalarda o’rinlar yo’qligi tufayli ko’pchilik bemorlar qabul qilinmas, ularga tibbiy yordam ko’rsatilmasdi. Birgina 1948-yilda tez yordam kasalxonalarda joy yo’qligi tufayli 3 mingdan ortiq bemorni yotqizishdan bosh tortdi.

Respublikada 1948-yilda o’pka kasallari davolanishi uchun shifoxonalarda atigi 2 mingga yaqin o’rin mavjud edi. Holbuki, bunday shifoxonalarga ehtiyoj 4 mingdan ortiq joyni tashkil qilardi.

50-yillarda respublikada tibbiyot muassasalarini ko’paytirishga oz-moz e'tibor berildi. 1953—1958-yillar-da 200 ga yaqin kasalxonalar ochildi, ulardagi o’rinlar soni 13 mingtaga ortdi. Shunga qaramay aholi sog’lig’ini saqlash xizmati boshqa respublikalarga qaraganda ancha orqada edi. Shuning uchun 1960-yili kasalxona shoxobchalarini kengaytirish maqsadida davolash o’rinlarini 20 mingtaga orttirish belgilandi. Buning uchun davolash muassasalariga 500 dan ortiq ma'muriy va boshqa bino-lar ajratildi. o’sha yili respublika bo’yicha 223 ta shifoxona muassasalari va 21 mingta davolanish o’rinlari ishga tushirildi. Son jihatdan ancha ishlar qilingan bo’lsa-da, respublikada sog’liqni saqlash saviyasi aholi talablarini qondirmay qolaverdi.

60-yillarda tibbiyot xizmatini yaxshilash borasida ko’pgina ishlar amalga oshirildi. Bir qancha yirik kasal-xonalar ishga tushirildi. Shu bilan birga, sog’liqni saqlashni rivojlantirishga ajratilgan kapital mablag’lar o’zlashtirilmay, talay obyektlarni ishga tushirish muddat-lari yildan-yilga surilib keldi.

1970-yilga kelib O’zbekistonda 1260 dan ortiq kasalxona, 1760 dan ziyod ambulatoriya-poliklinika muassasalari, 1035 feldsherlik punktlari, 4200 ta feld-sherlik-ambulatoriya yordami muassasalari bo’lishiga qaramay, aholini tibbiy yordam bilan ta'minlash darajasi juda past bo’lib qolaverdi.

Kasalxonalardagi o’rinlar sonini zo’raki ravishda oshirishga urinish natijasida davolash o’rinlari moslash-tirilmagan binolarga joylashtiriladigan bo’ldi. Bu hol sanitar-gigiyenik sharoitlarni keskin pasaytirib yubordi. o’rinlar sonini zo’raki ravishda oshirish kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalarning texnik jihatdan ta'min-lanishida zamondan ortda qolishiga olib keldi.

Shunga qaramay, 1946—1970-yillarda O’zbek xalqi-ning fidokorona mehnati tufayli aholining turar joy va maishiy sharoitlari, sog’lig’i muhofazasini yaxshilash borasida ayrim yutuqlarga erishildi. 60-yillarga kelib aholining turmush darajasi sezilarli ko’tarildi. Biroq totalitar tuzum, ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratishning qoldiq prinsipi O’zbekiston aholisining hayotiy muhim muammolarini hal qilishga to’sqinlik qilib keldi.

Savol va topshiriqlar

1. Ijtimoiy sohani qoldiq prinsipi asosida mablag' bilan ta'minlashning salbiy oqibatlarini aytib bering,

2. Aholining ijtimoiy muammolari nimalardan iborat bo’ldi?

3. Turar joy qurilishi muammolan haqida so’zlab bering.

4. Maishiy xizmat ko’rsatish sohasidagi ahvol nima uchun aholi talabiga javob bermas edi?

5. Urushdan keyingi yillarda sog'liqni saqlash muassa-salarining ahvoli haqida gapirib bering.



46-§. MA'NAVIY MADANIYATNING RIVOJLANISHIDAGI ZIDDIYATLAR

UmumtaMim maktablari

Respublika aholisi madaniya-tining o’sishida ta'lim niho-yatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyatini yuzaga chiqa-rish, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning bir-biriga payvas-ta bo’lib qo’shilishiga yordam beradi. Ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim vazifala-rini hal qilish aholining bilim darajasiga bog’liq.

O’zbekistonda urushdan keyingi yillarda O’zbek xalqining sa'y-harakatlari bilan ta'lim sohasida ma'lum yutuqlarga erishildi. 1940/41-o'quv yilidan 1970/71-o’quv yiligacha bo’lgan davrda umumta'lim maktabla-ridagi o’qituvchilar soni 2,5 baravar ortdi. Shunga yarasha umumta'lim maktablari tarmog’i ham kengayib bordi.

Biroq iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar, ma'naviy va madaniy sohani rivojlantirishdagi nuqsonlar ta'limga ham o’z ta'sirini o’tkazdi. Jumladan, ko’pgina mak-tablar, ayniqsa, qishloq joylarda namunaviy loyihalarsiz qurildi, ko’pgina chala ishlari bilan foydalanishga top-shirildi. Qishloq maktablarining 75 foizga yaqini vo-doprovod, kanalizatsiyaga, yarmidan ortig’i markazdan turib isitish moslamalariga ega emas edi.

Respublikadagi talay maktablar zarur jihoz, mebel, asbob-uskunalar bilan yaxshi ta'minlanmasdi. Buning sababi xalq ta'limiga qoldiq prinsipi asosida mablag’ ajratilishida ko’rinardi. Fan, madaniyat va xalq ta'limiga sarf-xarajatlar byudjet mablag’ining atigi 2,7 foizini tashkil etardi.

O’zbekiston maktabining turmush bilan bog’lanishini mustahkamlash to’g’risidagi 1959-yilda respublika hukumati qabul qilgan qonunga asosan o’qishni ishlab chiqa-rish bilan qo’shib olib borish talab etildi. Ushbu munosabat bilan o’n yillik o’rta maktablar qayta tashkil etilib, o’n bir yillik o’rta maktablarga aylantirildi, ularda o’quvchilar fan asoslari bilan birga ishlab chiqarish kasb-larini ham o’rgana boshladilar. o’quvchilarga kasb ta'li-mi berishga yuzlab korxonalar, xo’jaliklar jalb qilindi, maktablarda minglab o’quv kabinetlari, laboratoriyalar, ustaxonalar, o’quv-tajriba, yer uchastkalari tashkil etildi. Shunga qaramay, ishlab chiqarish ta'limini maktablarda joriy qilish katta qiyinchiliklarga duch keldi. Korxonalar, xo’jaliklar bu ishga tayyor emas edilar. Maktablarda ustaxonalarni zarur asbob-uskuna bilan jihozlashga mablag’ yo’q edi. Mehnat ta'limi o’qituvchllari yetish-masdi. Buning oqibatida islohot kutilgan natijani berma-di va majburiy kasb o’rganish bekor qilindi.

Bu davrda respublika maktablari o’qituvchi kadrlar bilan son jihatidan yetarlicha ta'minlandi. Biroq oliy ma'lumotli pedagog kadrlar 60-yillarda respublikadagi barcha o’qituvchilarning uchdan bir qismini tashkil qilardi, xolos. Ayniqsa, qishloqlarda ahvol og’ir edi. Qishloq maktablarida fizika, matematika, rus tili va chet tili o’qituvchilari yetishmasdi. Aksar hollarda o’qituvchi-lar o’z mutaxassisligiga kirmagan fanlardan dars berardi-lar.

Sovetlar davrida maktablarning o’quv-tarbiya ishlari-da katta nuqsonlar mavjud edi. O’zbek tiliga davlat maqomi berilmaganligi, davlat idoralarida ish yuritish asosan rus tilida olib borilganligi tufayli maktablarda ona tili chuqur o’rgatilmasdi. Ona tilini o’rganishga ajratilgan dars soatlari rus tiliga ajratilgan dars soatlarining yarmi-ni ham tashkil qilmas edi. Yoshlar maktabni O’zbek adabiy tilining yozma va og’zaki shakllarini puxta o’zlashtirmay, bitirib chiqib ketardilar. Shuningdek, O’zbekiston tarixi va ma'naviy madaniyati ham maktab-da chuqur o’rgatilmas edi. Sovetlar davrida «SSSR ta-rixi» deb nornlangan, aslida Rossiya tarixidan iborat fan o’qitilardi. Unga ilova sifatida «O’zbekiston SSR tarixi» bir necha soatgina o’qitilar, ko’p hollarda bu kurs o’tilmay qolib ketardi.

Maktablarda ulug’ allomalarimiz va ular qoldirgan ma'naviy meros, o’z ona tili, urf-odatlari bilan faxrlanish hissi shakllantirilmasdi. Maktablarda ayniqsa, ijtimoiy fanlarni o’qitish o’ta siyosatlashtirildi. Ko’zdan kechirilayotgan davrda maorif sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoshlarni milliy an'analar va ma'naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish an'anasi ko’zga tashlanib bordi. Ta'lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik prinsiplari asosida yondashish yoshlarning umumbashariy, milliy-madaniy qadriyatlarni, urf-odatlarni o’rganishiga to’sqinllk qildi.

1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə