Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan




Yüklə 1.77 Mb.
səhifə16/32
tarix22.02.2016
ölçüsü1.77 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32

Madaniy qurilish. 20—30-yillarda Qoraqalpog’iston madaniyatining rivoj-lanishi ziddiyatli kechdi.

1924-yili qoraqalpoq xalqi arab yozuvi asosida ishlab chiqilgan alifboga o’z tarixida birinchi marta ega bo’ldi. 1925-yilda esa birinchi qoraqalpoq alifbe kitobi bosib chiqarildi. Bu savodsizlikni tugatish tarmoqlari va maktablarning ishini ancha yengillashtirdi. 1924/25-o'quv yilida endi 53 ta shunday tarmoq va maktablar bor edi. O'qituvchilarning yetishmasligi, aksarining ma'lumoti pastligi savodsizlikni tugatishga doir ishga ancha halal berib keldi. 1928/29-o'quv yilida Qoraqalpog’iston viloyatida 3 ming nafarga yaqin kishi savodsizlikni tugatish tarmoqlarida o’qishni bitirib chiqdi va 4 ming nafar kishi o’qishni davom ettirib bordi. Viloyat rah-bariyati bunday sur'atlar bilan qoniqmay, 1937/38-o'quv yilining oxiriga kelib savodsizlikni butunlay tugatish va-zifasini qo’ydi. 30-yillarda savodsizlik uchun o’quv qo’llanmalarini chop etish ko’paydi.

Xotin-qizlar savodsizligini tugatishga alohida e'tibor berildi. Bu masalani hal qilish vaqtida bevosita ma'muriy choralar ham ko’rildi. Qoraqalpog’iston ASSR Markaziy Ijroiya Komitetining 1935-yil dekabrida qabul qilgan maxsus qaroriga muvofiq, xotin-qizlar savodsizligini tugatishga to’sqinlik qiluvchi har qanday shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak edi. Umuman olganda, bu harakat ijobiy natijalar bera boshladi. 1928-yili atigi 1815 nafar savodli xotin-qiz bo’lsa, 1935-yilda ularning soni 13644 nafarga yetdi. Juda ham to’la bo’lmagan ma'lu-motlarga qaraganda, Qoraqalpog’iston aholisining umu-miy savodxonligi 1937-yili 43 foizni, 1939-yilda esa 60 foizni tashkil etgan.

Savodsizlikni tugatishga oid qisqa muddatli kurslar maorif muammosini hal qila olmas edi. Qoraqalpoq xalqi shu qadar muhtoj bo’lib turgan mutaxassislarni keyinchalik tayyorlab berish uchun muntazam maktab talimigina mustahkam poydevor yaratib berishi mumkin edi. 1924/25-o'quv yilida viloyatda 49 ta maktab bor edi. 1927/28-o’quv yilida ularning soni 75 taga yetdi, ularda maktab yoshidagi bolalarning taxminan 16 foizi o’qidi. Maorifni rivojlantirishga dastlabki o’qituvchilar \ Esemuratov, RSeytmuratov, AAyteshev, H.Umarov va boshqalar ko’p kuch-quvvat sarfladilar.

30-yillarda umumiy boshlang’ich ta'lim joriy etildi. Yetti yillik maktablar soni ko’paydi. 1940-yil oxiriga lcelib bunday maktablar soni 108 taga yetdi. 1936/37-o’quv yilida birinchi o’n yillik maktab ham paydo bo’ldi. Mutaxassislar tayyorlash uchun Qoraqalpog’istonda pe-dagogika, moliya-reja, qishloq xo’jaligi texnikumlari va tibbiyot o’quv yurti ochildi. Mahalliy millat vakillari Toslikent, Samarqand va boshqa shaharlarning oliy o’quv yurtlari va texnikumlariga o’qishga yuborildi.

1934-yili To'rtko'1 pedagogika texnikumi bazasida Qoraqalpoq davlat o’qituvchilar instituti ochildi. Bu institut ikki bo’limdan: fizika-matematika va qoraqalpoq tili va adabiyoti bo’limlaridan tashkil topgan bo’lib, unda o’qish muddati ikki yil edi. Keyinchalik rus tili va adabiyoti hamda tarix fakultetlari ochildi.

1931-yili viloyatning dastlabki ilmiy markazi — ilmiy sohadagi muassasalarni birlashtirgan Qoraqalpoq keng tarmoqli ilmiy-tadqiqot instituti ish boshladi. Qoraqalpoq olimlari — L.Uruboyev, K.Alimbetov, T.Bekim-betov, N.Davkarayev, B.Yergaliyev, Ya.Do’sumov va boshqalarning oyoqqa turish davri xuddi shu yillarga to’g’ri keladi.

Qoraqalpog’iston adabiyoti va san'atining yangi janr va shakllar bilan zo’r berib boyib borish jarayoni 20-30-yillarga taalluqlidir. Adabiyotda she'riyatning keng tar-qalgan va chuqur ildiz otib ketgan an'anaviy turlari bilan bir qatorda, dramaturgiya, proza, tanqid mustahkam o’rin ola boshladi. Yangi qoraqalpoq adabiyotini boshlab berganlar orasida A.Musayev va S.Majitovlar bor edi. Iste'dodli shoir va yozuvcbilar guruhi yetishib cbiqdi.

Badiiy ijodiyotning musiqa, amaliy san'at va an anaviy bo’lgan boshqa turlari yanada rivojlanishi bi-lan bir qatorda, qoraqalpoqlar uchun san'atning yangi turi — teatr paydo bo’ldi va rivojlanib bordi. Oldiniga yoshlarning dramatik to’garaklari, kichikroq truppalar Paydo bo’ldi. 1930-yili «Tong nuri» degan dramatik truppa bazasida davlat musiqali drama teatri yaratildi.

T.Seytmuratov, M.Matchonov, B.Seitov, J.Seitova uning birinchi aktyorlari bo’ldilar. Keyinchalik boshqa teatrlar, shuningdek, musiqa o’quv yurtlari va konserva-toriya tashkil etildi.

Shu bilan bir vaqtda xalq oqinlari (jirau) va qo’shiqchi-mashshoqlar (baxshilar)ning an'anaviy mu-siqa san'ati rivojlanishda davom etdi. Og’izjirau, Japak-baxshi, Eshon-baxshi va boshqalarning zavq beradigan mahorati omma ichida juda mashhur bo’ldi.

20-30-yillar Qoraqalpog’iston uchun uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini tubdan o’zgartirib yuborgan muhim hodisalarga boy davr bo’ldi.

Qoraqalpog’iston respublikasi qardosh O’zbekistonda o’z o’rniga ega bo’lib olmaguncha Qozog’iston va Rossiyaga ma'muriy jihatdan bo’ysunib keldi. Ommaviy qatag’onlar Qoraqalpog’istonni ham chetlab o’tmadi. Respublikaning o’n mingdan ortiq mehnatkashlari, ijodiy ziyolilar vakillari, partiya-sovet xodimlari qatag’on qilindi. Shunday bo’lsa-da, xalq o’ziga xoslik jihatlarini va o’z qadr-qimmatini saqlab qoldi.

Savol va topshiriqlar

1. Qoraqalpog'iston muxtor viloyati qachon tuzildi?

2. Muxtor viloyat tuzilganidan keyin uning xo’jalik hayotida ro’y bergan o’zgarishlar to'g'risida so’zlab bering. Qoraqalpog'istonda sanoatlashtirish qay tariqa o’tdi?

3. Qoraqalpog'iston qishloq xo’jaligida 20-yillardagi qayta qurish to'g'risida so’zlab bering.

4. Qoraqalpog'iston muxtor viloyati qachon va qay tariqa Qoraqalpog'iston ASSRga aylantirildi?

5. Qoraqalpog'iston ASSR qachon O’zbekiston SSR tarkibi-ga kirdi?

6. QoraqalpogMston ASSRning 30-yillardagi iqtisodiy hayoti-ni ta'riflab bering.

7. Qoraqalpog'iston ASSRning 20-30-yillardagi madaniy hayoti to'g'risida so’zlab bering.



II bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring

1. «O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgani haqidagi deklaratsiya» qachon va qayerda qabul qilindi?

A. 1924-yil may oyida bo’lib o’tgan o’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (CpeдазЭКОСО) II konferensiyasida Toshkentda qabul qilindi.

B. 1925-yil 13-fevralda Buxorodagi Xalq uyida sovetlar-ning I umumO’zbek qurultoyida e'lon qilindi.

C. 1924-yil 27-oktabrda Moskvada Butuittifoq MIK chiqargan qarorda aytildi.

D. O’zbekiston SSR inqilobiy komiteti (revkom)ning 1924-yil 5-dekabrdagi buyrug'ida qabul qilindi.

E. To'g'ri javob yo’q.



2. O’zbekiston SSR qachon Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi — SSSR tarkibiga kirgan?

A. 1925-yil 13-fevralda. B. 1925-yil 1-martda.C. 1925-yil 13-mayda.D.1926-yil 5-yanvarda.

E. To'g'n javob yo’q.

3. O’zbekiston SSRning dastlabki poytaxti qaysi shahar edi?

A. Buxoro. B. Samarqand C. Buxoro va Samarqand.D. Toshkent.E. Xiva.



4. O’zbekiston SSRning poytaxfj qachon Buxorodan Samarqandga va Samarqanddan Toshkentga ko’chi-

rildi?

A. 1925-yil aprel va 1930-yil. B. 1925-yil fevral va 1929-yil. C 1926-yil sentabr va 1931-yil.

D. 1932-yil avgust va 1935-yil. E. 1932-yil noyabr va 1936-yil.

5. 1925-yilda O’zbekiston SSR tarkibiga qaysi avtonom respublika kirgan?

A. Qoraqalpog'iston avtonom respublikasi. B. Tojikiston avtonom respublikasi. C. Qozog'iston avtonom respublikasi. D. Qirg'iziston avtonom respublikasi. E. Qoraqalpog'iston avtonom viloyati.



6. QoraqalpogMston avtonom viloyati qachon avtonom respublikaga aylantirildi va Qoraqalpog'iston ASSRning O’zbekiston SSR tarkibiga kirganligi qanday qonuniy yo'1 bilan tasdiqlandi?

A. 1932-yil mayda va1937-yil martda. B. 1930-yil oktabrda va 1936-yil dekabrda. C. 1933-yil yanvarda va 1937-yil fevralda. D. 1934-yil martda va 1938-yil oktabrda. E. To'g'ri javob yo’q.



7. O’zbekistonda yer-suv islohoti dastlab qayerda boshlandi?

A. Farg'ona, Samarqand, Toshkent viloyatlarida. B. Zarafshon, Farg'ona, Qashqadaryo viloyatlarida.

C. Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida. D. Buxoro, Xorazm, Samarqand viloyatlarida.

E. To'g'ri javob yo’q.



8. «Yer va suvni musodara qilish to'g'risida», «Yer-suv islohoti o’tkazish to'g'risida»gi dekretlar qachon qabul qilingan?

A. O’zbekiston MIK tomonidan 1925-yil 2-dekabrda. B. O’zbekiston Sovetlarining II s'yezdi tomonidan 1925-yil 13-fevralda. C. SSSR Sovetlarining II s'yezdi tomonidan 1925-yil 13-fevralda. D. O’zbekiston Kompartiyasining III s'yezdi tomonidan 1927-yil 16-noyabrda. " E. To'g'ri javob A,B-



9. Yer-suv islohotini o’tkazishdan asosiy maqsad nima edi?

A. Katta yer egaligini tugatish. B. Kambag'allar sonini ko’paytirish. C. Xususiy mulkni rivojlantirish. 1 D. To'g'ri javob B,C. E. To'g'ri javob yo’q.



10. O’zbekiston hududida kollektivlashtirish va qu-xo’jaliklarini tugatish qachon amalga oshirildi?

A 1925-1926-yillarda.B.1926—1928-yillarda.C. 1930— 1932-yiliarda. D.1932— 1936-yillarda.E. 1933—1938-yillarda.



11. Jadal kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatishning oqibatlari.

A. Siyosiy vaziyatlarni keskinlashtirdi. B. Dehqonlarning noroziligi kuchaydi. C. Inson huquqlari qo’pol ravishda buzildi. D. Yer ilmidan xabardor dehqonlar quloq qilinib, yerdan begonalashtirildi. E. Yuqoridagilarning barchasi.



12. 20-yillaming II yarmida O’zbekistonda qanday «siyosiy ishlar» to’qildi?

A. «O'n sakkizlar guruhi» va «inog'omovchilik» ishlari. B. «Qosimovchilik» va «inog'omovchilik» ishlari.

C. «Qosimovchilik» va «badriddinovchilik» ishlari. D. «Badriddinovchilik» va «inog'omovchilik» ishlari.

E. «Milliy istiqlol» va «O'n sakkizlar guruhi» ishlari.



13. 30-yillar boshida huquq va maorif sohasida kim-lar qatag'on qilindi?

A. Munavvar Qori, S.Qosimov, Sh.Badriddinov, Botu va ularning tarafdorlari. B. Fayzulla Xo’jaev, Akmal Ikromov va ularning tarafdor-fari. C Rahim lnog'omov va uning tarafdorlari. D. «0'n sakkizlar guruhi» va «Milliy lttihod», «Milliy lstiq!ol» tashkilotlarining a'zolari. E. Barcha javoblar to'g'ri.



14. 1927-yil bahorida boshlangan «Hujum» kom-Paniyasida nimalar e'tiborga olinmadi?

A. Tub xalqlar psixologiyasi va turmushida islom omilining tutgan o’rni. B- Milliy qadriyatlar va urf-odatlar.

C. To’g'h javob B. D. To'g'ri javob faqat A. E. To'g'ri javob faqat B.

15. O’zbekiston MIK qoshida Fanlar Komiteti qachon tuzildi?

A. 1925-yilda. B. 1930-yilda . C. 1932-yilda. D. 1936-yilda. E. 1940-yilda.



16. Qoraqalpoq xalqi o’z tarixidagi birinchi alifbo-ga qachon ega bo’ldi?

A. 1924-yilda. B. 1925-yilda. C. 1927-yilda. D. 1932-yilda. E. 1936-yilda.



17. 30-yillardagi ommaviy qatag'onlarda sovet reji-mi kimlami yo’qotdi?

A. Milliy respublikalarning rahbar arboblarini. B. Taniqli shoirlar va yozuvchilarni. C. Partiya, xo’jalik va davlat qurilishi xodimlarini. D. Ishchilar, dehqonlar va xizmatchilarni. E. Barcha javoblar to'g'ri.



18. Totalitar rejim amalga oshirgan terror repressiyaning asl mohiyati nimadan iborat?

o’z fikrinigizni yozma bayon qiling.



III b o b. O’zbekiston fashizmga qarshi urush yillarida (1941-1945-yillar)

32-§. URUSHNING BOSHLANISHI. O’ZBEK XALQINING FASHIZMGA QARSHI KURASHGA

QO’SHGAN HISSASI

Reja.

1. O’zbekistonda moddiy va Ma'naviy kuchlarining safarbar etilishi.

1941-yil 22-iyun kuni gitlerchilar Germaniyasi o’zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma bo’lishiga qara-may, to’satdan SSSRga hujum qildi. Sovet ittifoqi deb atalmish hududga birlashtirilgan xalqlar uchun og’ir sinovlardan iborat urush boshlandi.

O’zbek xalqi urush boshlanishi bilan uning og’ir oqi-batlarini tushunib yetdi. Shu bois urushning dastlabki kunlaridan boshlab fashizmga qarshi miting va majlislar boshlanib ketdi. Jamoalarning majlislarida so’zga chiq-qan har bir O’zbek xalqining farzandi ona yurti, o’z xalqi ozodligini ko’kragini qalqon qilib himoya qilishga, kerak bo’lsa jonini ham fido qilishga tayyor ekanligini izhor qildi. Ular frontda va front orqasida fashizm ustidan g’alaba qozonish uchun fidokorona kurashajaklarini ayt-dilar.

23-iyun kuni Toshkentda ko’p ming kishilik miting bo’lib o’tdi. Turli korxona hamda muassasalaming ishchi va xizmatchilari, o’qituvchilar, talabalar o’z vatanlarini himoya qilishga, frontda va front orqasida dushman usti-dan g’alaba qozonishga tayyormiz, deb aytdilar.

Urush butun mamlakat xo’jaligi, uning hayotini tub-dan o’zgartirib yubordi, 1941-yil 30-iyunda davlat mu-dofaa komitetining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun hokimiyat uning qo’liga o’tdi. Ushbu komitetning raisi I.V. Stalin 8-avgustda SSSR qurolli kuchlari Bosh qo’mondoni lavozimini egalladi. Davlat mudofaa kornitetining qarorlari urush davri qonunlari kuchiga ega edi. Urushning dastlabki kunlarida qabul qilingan maxsus qarorlar, ko’rsatmalarda mamlakat katta xavf ostida qolgani, uni himoya qilish uchun shoshilinch ravishda barcha iqtisodiy-ma'naviy kuchlarni mudofaa manfaat-lariga bo’ysundixish, xalq xo’jaligini to’liq harbiy izga solish lozimligi qayd etildi. Uzoq davom etgan urush qiyinchiliklari O’zbekiston mehnatkashlarini ham og’ir ahvolga solib qo’ydi.

Harbiy vaziyat front orqasini O’zbekiston front uchun mustahkamlash yuzasidan shoshilinch choralar ko’rishni talab qildi. Xalq xo’jaligini qayta qurib, harbiy izga tushirish umumiy dasturning eng muhim tarkibiy qismi bo’ldi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham harbiy vaziyatdan kelib chiqib zudlik bilan front manfaatlariga bo’ysundirildi. Front orqasi rayonlari qatori O’zbekistonga juda katta ahamiyat berildi. Nemis qo’shinlari shiddat bilan Sharqqa tomon harakat qilmoqda edi. Front yaqinidagi shahar va qishloqlardan yuz minglab aholi, sanoat kor-xonalari, o’quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa moddiy boyliklarni Sharqqa ko’chirish boshlandi. Chunonchi, o’rta Osiyo respublikalari va Qozog’istonga evakuatsiya qilingan 308 korxonaning 100 dan ortig’i («Lentekstilmash», «Rostselmash», «Krasniy Aksay», Moskva «Elektrokabel», «Pod"emnik», «Elektrostanok» zavodlari, V.P. Chkalov nomli aviatsiya zavodi, Kiyev «Transsignal» zavodi va boshqalar) O’zbekistonga joy-lashtirildi. Ko’chirib keltirilgan korxonalarni o’matish va ishga tushirishda butun respublika aholisi g’oyat katta yordam ko’rsatdi. Keltirilgan korxonalar birgalikda qilin-gan qahramonona mehnat tufayli nihoyatda qisqa mud-datlarda ishga tushirildi. 1941-yil oxirigacha shunday korxonalardan 50 tasi ishga tushirildi. 1942-yil birinchi yarmida esa barcha keltirilgan sanoat korxonalari to’liq quvvatda ishlab, mudofaa uchun mahsulot chiqara boshladi.

Respublika sanoat korxonalari ham urush boshlanisbi bilanoq qayta qurilib, mudofaaga zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga o’tkazildi. «Tashselmash» zavodi, parovozlarni ta'mirlovchi zavod, Chirchiq elektr kimyo kombinati va boshqalar shular jumlasidandir. To’qimachilik va tikuvchilik sanoati front ehtiyojlarini aondirish uchun ishladi.

Xalq xo’jaligini qayia qurishga doir tashkiliy ishni respublika rahbarlari boshqardilar. Urush davrining juda mushkul, haddan tashqari keskin sharoitlarida ular javobgarlikdan qo’rqmay, eng murakkab vazifalarni tezkorlik bilan va mustaqil ravishda hal qilib bordilar. Respublika rahbarlari Markazning zo’rligini yengib, xalq komissarlari va korxona direktorlarining huquqlarini kengaytirdilar, boshqaruv apparatini qisqartirdilar.

Xalq xo’jaligini qayta qurish bilan bir vaqtda harakatdagi armiya uchun jangovar zaxira (rezervlar) yaratish, ommaviy-mudofaa ishlari bilan shug’ullanishga to’g’ri keldi. o’n minglab yoshlar Osoaviaxim (Oсоавиахим) ko’ngilli jamiyatida talim oldilar. o’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston aholisi moddiy resurslarini safarbar qilish va jangovar holga keltirish uchun jiddiy tadbirlar ko’rildi. o’rta Osiyo harbiy okrugida front uchun jangovar zaxiralar va komandirlar tayyorlandi. Urush boshlanishidan hisoblaganda bir yarim yil ichida bu okrug 109 ta harbiy qo’shilmalar tuzdi. Shulardan harakatdagi armiyaga va Bosh qo’mondonlik stavkasi rezerviga 86 diviziya va brigada jo’natildi.

Harbiy safarbarlik chora-tadbirlari majmuasida milliy qo’shilmalarni tuzish muhim o’ritrni egalladi. o’zbe-kiston mehnatkashlari milliy harbiy qo’shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. Davlat mudofaa komiteti 1941-yil 13-noyabrda bu tashabbusni qo’llab-quvvatladi. 1941-yil noyabridan to 1942-yil martigacha O’zbekiston-da 14 ta milliy brigada, jumladan, 9 ta alohida o’qchi brigada va 5 ta (otliq) diviziya tuzildi. Milliy qo’shilmalar tuzish O’zbekiston xalqlarining yovuz fashist kuchlardan o’z yurtini saqlab qolish his-tuyg’ularining ifodasi bo’ldi.

Urush yillarida bir yarim milliondan ortiq o’zbe-kistonlik fiiqaro fashizmga qarshi o’tli janglarda qatnash-di (1940-yilda respublika aholisi 6,5 mln. kishidan ibo-fat edi). Ularning ko’pchiligi mardlik namunalarini ko’rsatib, jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi.O’zbekistonda mudofaa jamg’armalari uchun mablag’ toplash tashkil etildi. Mudofa jamg’armasiga mehnatkashlarning bir kunlik ish haqi, shaxsiy jamg’armalari qimmatbaho yodgorlik buyumlari, davlat zayomlarining obligasiyalarini keltirib topshirish rag’batlantirildi. Urushning dastlabki kunlarida umuman respublika bo’yicha mudofaa jamg’armasiga 30 mln so’m tushdi. O’zbekistonda harbiy texnika, asosan tank kolonnalari va jangovar samolyotlar eskadrilyalari tuzish uchun mab-lag’lar yig’ish yuzasidan boshlangan vatanparvarlik harakati ancha kengaydi. Frontga yordam tariqasida kiyim-bosh va boshqa ko’pgina narsalar ham yuborib turildi.

Bu tadbirlar va tashabbuslar O’zbekiston urush yillarida jangovar armiyaning front orqasidagi mustahkam bazasi bo’lganligidan dalolat beradi.

Boshida mag’lubiyat alami bilan, qarindosh va yaqinlarining taqdiri, butun Vatan taqdiri uchun ko’ngilga tushgan qo’rquv va xavotirlik bilan insonlar dilini xun qilgan urush jamiyatdagi ma'naviy-ruhiy vaziyatni keskin o’zgartirib yubordi. Endi insonlarning butun hayoti, yurar-turari, ishi, o’y-fikrlari tamoman urushga bog’lanib qoldi. O’zbek xalqi, respublika aholisi barcha ijtimoiy qatlamlari vakillarining o’z manfaatidan kechishi, mardligi front yoni mintaqasidan ko’chirib kelingan korxonalar, bolalar, ayollar va keksa kishilardan iborat aholini qabul qilib olish hamda joylashtirish bilan bog’liq mas'uliyatli ishni og’ir sharoitlarda qisqa mud-datda amalga oshirishda muhim omil bo’ldi.

Xalq xo’jaligi harbiy izga o’tkazildi, milliondan ziyod kishi armiya safiga chaqirildi, yangi-yangi harbiy qismlar tuzilib, front uchun pul, oziq-ovqat va moddiy mablag’lar yig’ildi. butun xalq, jamiki moddiy va ma'naviy boy-liklar fashizmga qarshi kurashga safarbar qilingan edi.



Savol va topshiriqlar

1. Urush boshlanishini O’zbek xalqi qanday kutib oldi?

2. «Hamma narsa front uchun, hamma narsa g'alaba uchun!» shiorining mohiyatini misollar bilan ochib bering.

3. Urush sharoitida O’zbek xalqining qanday fazilatlari namoyon bo’ldi?

4. O’zbekiston frontga qanday harbiy texnika bilan yordam berdi?

5. O’zbekistonga ko’chinb keltirilgan sanoat korxonaian ro’yxatini tuzing.



33-§. O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINING G’ALABA UCHUN SAFARBARLiGI

Reja.

1.O’zbekiston sanoati front uchun.

Urushning dastlabki vaqtlarida iqtisodiy vaziyat keskin og’irlashdi. Ittifoq respub-likalaridagi ko’pgina sanoat va qishloq xo’jalik rayonlarining fashist bosqinchilari tomonidan bosib olingani xalq xo’jaligini og’ir ahvolga solib qo’ydi. Chunki bu hudud-larda sobiq SSSR aholisining 40%i yashar, bu yerlarda lco’mirning 63%i, bug’doyning 38%i yetishtirilar, qudratli mashinasozlik bazasi va ko’plab mudofaa kor-xonalari mavjud edi. Ana shunday sharoitda Sharq mintaqasi rayonlari bo’yicha 1941-yilning oxiri va 1942-yilga markaziy hukumatning harbiy-xo’jalik rejasi qabul qilindi. Bu rejada umumittifoq miqyosida mamlakat Sharqining ahamiyati keskin ortganligi qayd qilindi va shu yerda nihoyatda qisqa muddatda sanoat qurilishini avj oldirish, harbiy mahsulotni ishlab chiqarishni ko’paytirish, frontga umumxalq yordamini uyushtirish ko’zda tutildi. Urushning natijasi mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga ko’p jihatdan bog’liq edi.

Iqtisodiyotni jadal harbiy izga solish eng muhim va-zifa edi. Albatta, bu ish katta mashaqqat evaziga amalga oshirildi. Moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlarini urush manfaatlariga bo’ysundirish, harbiy mahsulot ishlab chiqarishni keskin oshirish kabi masalalar asosiy va kechiktirib bo’lmaydigan, juda qisqa muddatda bajari-ladigan vazifa hisoblanardi. Bunda front orqasining xiz-mati alohida edi. Shu sababli siyosiy rahbariyat, huku-mat unga asosiy e'tiborni qaratdi. 1941-yil 26-iyundan boshlab ishchi va xizmatchilar uchun ish vaqtidan tashqari majburiy ortiqcha ishlar joriy qilindi, haftasiga mavjud besh kunlik. o’rniga olti kunlik, bir kunda 11 so-atlik ish kuni joriy qilindi. Aslida ish kuni 12—14 soatga cho'zilardi. Mehnat ta'tili bekor qilindi. Bu ishchi va xodimlar sonini oshirmasdan, ishlab chiqarish quvvatini 1/3% ga ko’tarish imkonini berdi. Biroq ishchi kuchi baribir yetishmasdi. Idora xodimlari, uy bekalari va 0 smirlar ham ishlab chiqarishga jalb qilindi. Yoshlardan ishchilar tayyorlashga alohida e'tibor berildi. Urushning dastlabki 17 oyi mobaynida 14—17 yoshlilardan turli kasbdagi 23,3 ming ishchi tayyorlandi. Fabrika va zavod-lar qoshidagi maktablar ko’plab ishchilar yetishtirdi. 1942-yil oxirida bu yerda qo’shimcha 31 ta kasb maktabi ochildi. Bu vaqtda respublikada 14 ta kasb-hunar bilim yurti va 45 ta fabrika-zavod maktabi bor edi. Ishchi kadrlar bundan tashqari qisqa texnik kurslarda, korxona-larda shogirdlik usullari bilan ham tayyorlandi. Yuqoridagi tadbirlar tufayli urushning dastlabki ikki yili mobaynida O’zbekistonda turli kasbdagi 105 mingdan ziyod sanoat ishchisi tayyorlandi, ularning 73 mingtasi sanoat korxonalarining o’zida kasb o’rgandi.

1941-yil 14-dekabrdan harbiy korxonalar xodimlari urushga safarbar qilinganlar qatoriga qo’sbildi va shu korxonalarga biriktirildi. Mehnat intizomini buzganlar qattiq jazolanadigan bo’ldi. o’zboshimchalik bilan kor-xonadan ketib qolganlarga 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi belgilandi. Shunday bo’lsa-da, «yuqoridan turtki-ni» kutib o’tirmasdan O’zbekistondagi mehnatkash xalq erk va mustaqillikni saqlab qolish uchun halol va mar-donavor mehnat qildi.

1941-yil sentabr-dekabr oylarida respublika hukumati alq xo’jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon shga tushirilishi to’g’risida, ichki resurslarni to’la safarbar etish to’g’risida aniq vazifalami belgilab berdi. Kadr-lar sanoat xom ashyosi, yoqilg’i, stanoklar, uskunalar keskin yetishmasligiga qaramay, 1941-yil dekabriga kelib Toshkentdagi 63 ta, respublika hududidagi 230 ta sanoat lcorxonalari mudofaa mahsulotlari ishlab chiqara bosh-ladilar. Ko’chirib kelingan zavodlar ham o’z quvvatini oshirib bordilar.

Respublika sanoatining ko’pgina sohalarida zarbdorlar harakati kengaydi. Kuniga ikki normani bajarib kelayotgan ishchilar uch va undan ortiq norma beradi-gan bo’ldilar. Talaygina kishilar turdosh ixtisosliklarni egalladilar. Oshirib bajarilgan rejaning har bir qo’shimcha foizi endi shunchaki yaxshi mehnat mezoni bo’lmas-dan, balki dushmanga qarshi kurashga qo’shilgan shaxsiy hissaning o’lchovi, frontga berilgan tayinli yordam ko’rsatkichi bo’lib qoldi.

1941-yilning kuzida, dushman Moskvaga yopirilib kelayotgan dastlabki kunlarda mamlakatda front bri-gadalari tuzish avj oldi. Bu nom mahsulotni yuqori sifatli qilib chiqargani va namunali mehnat intizomiga rioya qilgani holda ishlab chiqarish rejalarini ketma-ket ikki oy davomida kamida 150 foizdan bajarib borgan komso-mol-yoshlar brigadalariga berilar edi. O’zbekistonda dastlabki ana shunday brigadalar 1941-yil oktabr oyida «Tashselmash» zavodida tashkil etildi. 1942-yil boshlari-ga kelib respublikada bunday brigadalar soni bir yarim mingtaga yetdi. Qattiq tejab-tergash uchun, mahalliy resurslardan keng va maqsadga muvofiq ravishda foy-dalanish uchun boshlangan harakat front brigadalari faoliyati bilan bog’liq edi. Dushman ustidan g’alabaga bo’lgan ishonch mehnat mashaqqatlarini yengib o’tishga chorladi. Sanoat korxonalarining ishchilari jahd bilan mehnat qilib, o’z kunlik normalarini 300—400, hattoki 500 foizga yetkazib bajarardilar.

1942-yilning o’rtalariga kelib xalq xo’jaligini qayta qurib, harbiy izga o’tkazish O’zbekistonda asosan oxiri-§a yetkazildi. 1942-yili yalpi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish ikki baravar ko’paydi, 1943-yilda esa sanoat-ning respublika xalq xo’jaligidagi salmog’i 75 foizgacha ortdi. Harbiy ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib borish zaruratlari sanoat qurilishini tobora ko’paytirishni talab qilar edi.

Shu yillardagi O’zbekiston industriyasi rivojlanishi-ning asosiy yo’nalishlari avvalo energetika tarmog’ini yuksaltirish, qora va rangli metallurgiya, ko’mir bazasini vujudga keltirish, kimyo sanoati tarmoqlarini yuk-saltirishdan iborat bo’ldi. Natijada respublika sanoat inshootlari qurilish maydonchasiga aylandi. Bu qurilish-larda shahar va qishloqlarning necha minglab mehnatkashlari hasharga chiqib ishladilar. Natijada yetti yirik elektr stansiyasi, jumladan Salor va Farhod GESlari quriidi. Yangi ko’mir va neft konlari ochildi, eskilaridan ko’proq foydalaniladigan bo’lindi (Angren, Sharg’un, Qizilqiya konlari va boshqalar). Bekobodda metallurgiya zavodi barpo etildi.

Urush yillari respublikada qidirib topilgan volfram, molibden, mis va oltin zaxiralari asosida rangli metallar sanoatini yaratishga kirishildi. Olmaliq mis koni ishga tushirildi. Langarda molibden fabrikasi qurildi. Kimyo sanoati sezilarli darajada rivojlandi. Chirchiq elektr kombinatining ikkinchi navbati ishga tushirildi. aralash mineral o’g’itlar zavodi qayta usku-ib, superfosfat zavodiga aylantirildi.

0'zbekistonda metallurgiya, energetika, yoqilg’i va jnashinasozlik sanoatlarini qaytadan yaratish Ittifoq har-hiy ishlab chiqarishi asoslarini mustahkamladi, respub-likamizning umumittifoq iqtisodiyotiga qo’shgan hissasi-ni oshirdi. Ittifoq harbiy salohiyatining boy berilgan quv-vatlari 1943-yili qayta tiklanib qolmay, balki avvalgidan ham oshdiki, bu asosiy turdagi qurol-yarog’lami ishlab chiqarish va sifatini ta'minlashda fashistlar Germaniyasi ustunligini tugatish imkonini berdi.

Urush yillarida O’zbekistonda industriyaning barcha sohalariga taalluqli bo’lgan 280 ta yangi sanoat korxonasi qurildi. Respublikaning sanoat quvvati 1945-yili 1940-yildagiga nisbatan 2 marta, neft ishlab chiqarish 4 marta, metallni qayta ishlash 4,5 marta, mashinasozlik 13,4 marta, ko’mir ishlab chiqarish 30 marta, po’lat va prokat ishlab chiqarish 2,5 marta oshdi, kimyo sanoati ishlab chiqaradigan yalpi mahsulotlar 5 baravar ko’paydi. Shu-lar qatorida yengil va oziq-ovqat kooperativ sanoatining ham ishlab chiqarish ko’lami ancha kengaydi.

Harbiy ishlab chiqarishni yanada o’stirish yangi texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, qo’shimcha resurslarni qidirib topish asosida amalga oshirildiki, bu ish g’oyat ulkan qiyinchiliklarni yengishga bog’liq edi.

Davlat organlarining ma'muriy-buyruqbozlik asosida ho’jalikni boshqarishi ayniqsa urush yUlarida avjga chiq-di. Hukumat organlari tomonidan o’rtaga qo’yiladigan vazifalarning aksari aniq-mavjud imkoniyatlar bilan hisoblashmasdan, resurslar, kishilarning jismoniy va vvhiy kuch-quvvatlari har qancha sarflansa ham, rejani albatta bajarishni talab qilardi. Bu obdon holdan toy-guncha ishlash degan gap edi. Og’ir mehnat yuki asosan ayollar va o’smirlar yelkasiga tushdi. Ammo bu hech to’xtatmadi. Frontni o’z vaqtida ta'minlash bo’lib qolaverdi.

Harakatdagi armiya zarur narsalarning hammasini: , qurol-yarog’, o’q-dori, oziq-ovqatlarni uzluksiz

olib turdi. O’zbekiston Ittifoqning asosiy jangovar asla-haxonalaridan biri sifatida 2 mingdan ortiq samolyot, 1,7 mingdan ziyod aviamotor, shuncha minomyot, 22 mln dona mina, 560 ming snaryad, 2 mln dona radiolampa, 1 mln dona granata, 330 ming parashyut, 5 bro-nepoyezd, 18 sanitar poyezdi, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming km dan ortiq turli simlar, millionlab gim-nastyorka, paxtali ust-bosh, soldatlar etigi va boshqa ko’pgina mahsulotlarni frontga yetkazib berdi.

Temir yo'l ham harbiy holat-ga o’tkazildi. Poezdlar hara-katining qo’shinlar va harbiy yuklarni birinchi navbatda o’tkazib yuborishni ko’zda tutadigan harbiy grafigi joriy etildi. Respublika trans-portchilari transportning uzluksiz ishlab turishini ta'min-ladilar. Toshkent temir yo’li ko’chirib kelinayotgan korxonalarning asbob-uskunalari G’arbdan Sharqqa yetkazib beriladigan asosiy yo’llardan biri bo’lib qoldi, Sharqdan G’arbga esa qurol-yarog’lar yuborilardi. O’zbekiston temiryo’lchilarining fidokorona mehnati tufayli faqat 1941—1942-yillar mobaynida ko’chirilgan sanoat korxonalarining asbob-uskunalari ortilgan 17,5 ming vagon tashib berildi. Temir yo'l transporti front orqasi bilan front o’rtasidagi asosiy aloqa vositasi bo’lib qoldi.

Urush davri talablari pochta va telegraf ishini ham qiymlashtirib qo’ydi. Barcha aloqa korxonalarida ish vaqti tig’izlashtirilib, ish hajmi oshirildi, pochta korxo-nalarining soni, telefon va telegraf tarmoqlarining uzunligi ortdi. Urush yillari davomida xalqlarning hamkorligi va o’zaro yordami mustahkamlandi. Ittifoqning mudofaaga tegishli qurilishlari va sanoat korxonalarida 155 mingdan ortiq O’zbekistonlik mehnat qildi. Ular RSFSRning turlj viloyatlari va avtonom respublikalarida, jumladan, Ural Sibirdagi zavodlar va boshqa obyektlarda ishladilar Safarbar qilingan kishilar mehnatidan harbiy iqtisodiyot-ning eng muhim joylarida, asosan toshko’mir, qora va rangli metallurgiya korxonalarida, shuningdek qurilishda foydalanildi. Ularning aksariyati yangi kasblarni egalla-dilar.

O’zbekistonliklar front orqasining nihoyatda qiyin sharoitlarida butun ittifoq xalqlari bilan birga dushman ustidan g’alabani fidokorona mehmatlari bilan ta'minlab bordilar va tarixda misli ko’rilmagan xalq jasoratini namoyon qildilar.

1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə