Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan




Yüklə 1.77 Mb.
səhifə1/32
tarix22.02.2016
ölçüsü1.77 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Annotatsiya.

«O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan. Ma’ruza matnida har bir mavzu izchillik bilan yoritilgan.

Muallif: Abdulakimova Diljahon

Taqrizchi: Dot. E.Qobilov




Ma’ruza matni
Ijtimoiy gumanitar fanlari kafedrasining

2007 yil 30 avgust № 1- sonli yig’lishida

muhokama qilingan va o’quv jarayonida

foydalanish uchun tavsiya qilingan

Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyi ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tarix fani o`qituvchisi Abdulakimova Diljahonning III-kurslar uchun “O’zbekiston tarixi” fani bo`yicha tiayyorlagan ma’ruza matnlariga
TAQRIZ
Bugungi kunda tarix faniga voqealarga xolisona yondashish muhim vazifalardan biri bo`lib qolmoqda.chunki, XX asrning oxirlariga kelib tarixchilarga oid tarixiy jarayonlar ob`ektiv baholash ga undamoqda .O`tgan asr oxiriga qadar ichki siyosiy tuzim tarixiy jarayonlarni tuzilishidir.

Mamlakatimiz mustaqillika yerishganidan so`ng, barcha tarixchilar zimmasiga tarix fanini qayta ko`rib chiqish, masalasi yuklatildi.Shu maqsadda hozir kunda yangi darsliklar yaratilgan bo`lishiga qaramasdan tarix fani yanada mukammallashdi va o`quvchilarga tezroq yetkazib berish maqsadida respublikamizda har bir tarix fani o`qituvchisiga ma`ruza matinlari yozish vazifasi yuklatilgan

Aakademik litseyi tarix fani o`qituvchisi Abdulakimova Diljahonning «O’zbekiston tarixi» fanidan tayyorlagan ma`ruza matnlari uning ilk qadamlaridandir. O`qituvchi ma`ru za matnini tayyorlashda juda ko`plab keyingi nashrlarda chiqqan adabiyotlardan va vaqtli matbuotlardan yaxshi foydalangan. Har bir mavzu reja asosida,tayanch so’zlar bilan yoritilgan. Ma’ruza yakunida mundarijalar ham berilgan.

Shunga qaramasdan Abdulakimiva Diljahon tamonidan tayyorlangan ma`ruza matni juz`iy kamchiliklardan holi yemas ,Jumladan ,ma`ruza matnlari boshida yoki oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilmagan. Matnlarda orfografik xatoliklar uchraydi .

Tayyorlangan Ma`ruza matnlari kelgusida rivojlantirilib borilishini hisobga olsak, o`qituvchi Abdulakimova Diljahon tamonidan tayyorlangan ma`ruza matnlari kelajakda o`z ahamiyatini yo`qotmaydi va barcha dastur talablariga javob beradi deb o`ylayman .
Taqrizchi:Tarix fanlar nomzodi, dotsent E.Qobilov

Haq olinur, berilmas. Mahmudxo’ja Behbudiy .

K I R I SH

Qo’lingizdagi darslik Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli, og’ir yo’qotishlar va talafotlar, fojeali voqealarga boy, shuningdek, ajdodlarimizning yurt ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan qahra-monona kurashlari, mag’lubiyatlari va zafarlari, fidokorona mehnatlaridan iborat sovet davri tarixini o’z ichiga oladi.

1917-yili Turkistonda muhim siyosiy o’zgarishlar yuz berdi. Mintaqa xalqlari mustamlakachilikning 50 yillik zulmiga qarshi milliy-ozodlik kurashini avj oldirib yubordilar. Ma'rifatparvarlik harakati sifatida vujudga kelgan jadidchilik Turkiston taqdiri hal qilinayotgan paytda O’zbek xalqini g’oyaviy jihatdan birlashtiruvchi kuch sifatida maydonga chiqdi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev. (Ubaydulla Xo’jayev), Mustafo Cho’qayev, Ahmad Zaki Validiy To’g’on kabi jadid taraqqiyparvarlari Turkistonga muxtoriyat maqomi berish uchun kurashdilar va siyosiy jarayonlarga faol aralashdilar. o’lka xalqlarining dast-labki ijtimoiy-siyosiy jamiyati — «Sho'roi Islomiya» tuzilib, u muxtoriyatchilik harakatining tepasida turdi. Bu paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududida Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar partiyasi a'zolari demokratik islohotlar o’tkazish uchun o’z faoliyatlarini kuchaytirdilar. Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo’jayev, Polvonniyoz Hoji Yusupov ularning rahbarlari edi. Afsuski, 1917-yil noyabrda tashkil topgan Turkiston Muxtoriyati hukumati — xalqimiz tarixidagi dastlabki demokratik hukumat oradan ko’p o’tmay mustabid sovet tuzumi va bosqinchi qizil askarlar tomonidan qonga botirildi. Hukumat faoliyat ko’rsatgan Qo’qon shahri vayron qilindi, tinch aholi qirg’inga duchor etildi. 1918-

yil fevral oyida dastlab Qo’qon atroflarida boshlangan istiqlolchilik harakati tez orada butun Turkiston mintaqasiga tarqaldi. Farg’ona vodiysida Kichik va Katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom Pahlavon, Yormat Mahsum, Buxoroda Ibrohimbek, Anvar Posho, Mulla Abdulqahhor, Xorazmda Junaidxon kabi qo’rboshilar harakatga qo’mondonlik qilishdi. Biroq Turkistonning mustaqilligi va ozodligi uchun kurashgan istiqlolchilar sovet davrida «bosmachi» va «xalq dush-mani» sifatida ko’rsatilib, jamoatchilik fikri shu yo’na-lishda shakllantirildi. Aslini olganda, istiqlolchilik hara-katining boshidan oxirigacha bir buyuk g’oya ustunlik qilgan edi. Bu g’oya butun Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi g’oyasi bo’lib, u harakatning asosiy maqsadi bo’lib qolaverdi. Istiqlolchilik harakati tarixi O’zbek xalqining sovet davri tarixiga uning eng shonli va zafarli, shuningdek, qayg’uli va dard-alamli sahifalari bo’lib yozildi.

Mustabid sovet rejimi qaror topgan O’zbekiston iqti-sodiyoti Markaz manfaatlariga bo’ysundirildi. Hosildor O’zbek tuprog’ida ungan noz-ne'matlar, turli mevalar, paxta, pilla, qorako'1 teri va boshqa xom ashyo mahsu-lotlari, zaminimiz ostidan topilgan tabiiy boyliklar: oltin, uran, tabiiy gaz, neft va boshqalar doimiy ravishda Markazga tashib ketildi. SSSRning agrar respublikalari-dan biriga aylangan O’zbekiston SSRda paxta yakka-hokimligi o’rnatildi. 60-yillarga kelganda Orol dengizi-ning qurishi boshlandi va u mintaqadagi ekologik muhitga jiddiy zarar yetkazdi. Natijada xalq salomatligiga har tomonlama jiddiy putur yetdi, uning turmush darajasi pasaydi.

Sovet davrining eng katta fojeasi xalqimizning mustamlakachilik zulmi ostida azob chekkanligi bo'1-di. Kommunistik mafkuraning bahaybat mashinasi xalq ongiga «kommunizm jannati» haqidagi cho’p-chaklarni doimiy ravishda tiqishtirishga urindi. So’z bilan ish birligining yo’qligi, poraxo’rlik, sansalorlik, kommunistik manmansirash sovet rejimining eng katta illatlari edi.

Qariyb 75 yil davom etgan mustabid sovet tuzumi yillarida xalqimiz yuragida doimo bosqinchilarga nisbatan nafrat va qahr-g’azab jo’sh urdi.Sovet tuzumiga qarshi kurash goh oshkora, goh pin-hona shaklda davom etib, 1991-yil 31-avgustda vulqon kabi portladi. Yovuzlik imperiyasi bo’lgan qizil salta-nat — SSSR quladi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e'lon qilinishi o’tmishi kamida uch ming yilga borib taqaladigan O’zbek xalqi va davlatchili-gi tarixida muhim voqea bo’ldi.

Xalqimizning 125 yillik orzusi ushaldi, u o’z mustaqil milliy davlatchiligini qayta tikladi. O’zbekiston mus-tamlakachilik zanjirini uloqtirib tashlab, mustaqil taraqqiyot yo’lini tanladi. O’zbekiston Respublikasi mus-taqillikning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyati davlatlari qatoridan o’z munosib o’rnini egalladi.

Biz ushbu 10-sinf darsligini mutolaa qilish jarayonida sovet davrida yuz bergan murakkab voqealarning xilma-xil talqiniga duch kelasiz. Totalitar tuzum davrida O’zbek xalqi asl farzandlarining qatag’on qilinishi, yuz minglab kishilarning begunoh o’ldirilishi, muqaddas dinimiz islomning taqiqlanishi, mulkdorlar tabaqasining tugatilishi, ma'naviy qadriyat-larimizning toptalishi, O’zbek tilining kamsitilishi va tahqirlanishi, ulug’ davlatchilik shovinizmi va ruslash-tirish siyosati to’g’risidagi mavzularni o’qib, chuqur o’yga botamiz. Biroq, biz — millatning kenja bo’g’ini, O’zbekistonning XXI asrdagi bunyodkorlari, shuni unutmaymizki, Vatanimizning aynan sovet davri kechgan qariyb 75 yillik tarixi ham bizning tariximiz, ajdodlari-miz tarixidir. Bu davrda xalqimiz o’zining fidokorona mehnati bilan O’zbekistonni Sharqdagi zamonaviy qishloq xo’jalik respublikasiga aylantirgan edi. Ma-daniyat, maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot sohalarida ayrim yutuqlarga erishildi. Bu yillarni xalqimiz hayotidan o’chirib tashlash mutlaqo mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov haqli ravishda ta'kidlaganidek, «Bu yillar tarixi — bu bizning tariximiz, xalq tarixidir. Tarixdan esa voz kechib bo'lmaydi».

I b o b. O’zbekiston xalqining 1917— 1924-yillarda mustaqillik uchun kurashi.

Respublikaning tuzilishi

1-§. TURKISTONDA ISTIQLOL UCHUN KURASHNING G’OYAVIY ASOSLARI

Reja:

1.Turkiston jadidlarining milliy manfaat uchun kurash g'oya va mafkurasi to'g'risida.

2.Istiqlol uchun kurash-milliy g’oya asoslari

Milliy g’oya va milliy maf-kura tushunchalarini bir-biri-dan ajratish qiyin. Ular o’zaro yaxlit chirmashib ket-gan. Milliy mafkura tushunchasi keng qamrovli bo’lib, milliy g’oya uning o’zagi hisoblanadi. Milliy mafkura milliy g’oya tevaragida shakllanadi, u jamiyat va mam-lakat hayotining madaniy-ma'naviy yo’nalishlaridan tor-tib, to siyosiy qarashlargacha bo’lgan barcha sohalarni qamrab oladi. Milliy mafkura milliy g’oyani oziqlantiradi va uni mustahkamlaydi. Ular xalqning kelajakda qan-day qadriyatlar asosida o’z davlati va hayotini ko’rmoq-chi, buni qanday tasavvur etadi va o’z kurashida nimalarga tayanadi degan tushunchalarga javob beradi. Sovet totalitar tuzumi davrida Turkistonni mustamlaka etish mafkurasiga qaysi g’oyalar qarshi turgan va ular nimalarga asoslangan, degan savolga milliy taraqqiypar-varlar harakatlari g’oyalari deb javob berish mumkin.

Jadidlarning boy tarixiy merosida milliy g’oya va mil-liy mafkura alohida o’rin tutadi. Jadidchilik faqat ma-daniy hodisa bo’lib qolmasdan, u avvalo siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o’z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo’lgan barcha masalalarni qamrab olish-gandi.

Jadidlarning milliy g’oyasida quyidagi ikki masala asosiy maqsad qilib qo’yilgan edi: a) xalqimizni dunyo-ning ma'rifatli millatlari darajasiga ko’tarish; b) Turkis-tonda milliy-demokratik davlat qurish.

Jadidlarning davlat va jamiyat haqidagi qarashlarida bu ikki masala bir-biri bilan uzviy bog’lanib ketgan. Chunki millat ma'rifatli bo’lishi uchun o’z yo’li bilan o’zgalarga tobe bo’lmay rivojlanishi lozim. Buning uchun esa xalqimiz eng avvalo ilm-ma'rifatni puxta egal-lashi kerak edi.

Jadidlar, bir tomondan, Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkiston-da demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. Bu kurash jadidchilik mafkurasining asosini tashkil qiladi.

Ota yurt — Turkistonga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat tuyg’usi, uning kelajagi haqida o’ylar, Vatan-ning taraqqiyot yo’llari rejasini tuzish, Sharq va G’arb an'analarini birlashtirish jadidlarni bu yo’lga undagan muhim omillar hisoblanadi. Turkistondagi milliy hara-katning asoschisi Mahmudxo’ja Behbudiy «Oyna» jurnalida quyidagicha yozgan edi: «Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmayturg’onlarni «qul-marquq» derlar». Bu so’z keyinchalik mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov tomonidan «manqurt» nomi bilan qayta kashf etildi.

Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar ziyolilarning asarlarida milliy g’oya-ning asosiy bo’g’ini — Turkistondagi barcha mahalliy xalqlarni birlashtirish g’oyasi qizil ip bo’lib o’tganligini ko’ramiz. Bu holni Behbudiy quyidagicha ko’rsatgan edi: «Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga qadam qo’ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamo-imiz birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga qaram bo'lmaymiz».

Milliy taraqqiyparvarlar g’oyasining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri tarixiy ongni rivojlantirish, tarix-dan saboq chiqarish bo’lgan. Abdurauf Fitrat 1917-yilda bu haqda shunday yozgan edi: «Tarix millatlarning o’tmisVVni, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablari-ni o’rganaturg’on ilmdir».

Istiqlol uchun kurash — milliy g'oya asosi. Turkistonning bu ilg’or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug’ullandilar. Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar partiyalari, «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo», «Turon» va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida e'tibor berilgan edi. Bu jadidchilikning allaqachon ma'rifatdan siyosatga tomon yo'1 tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatni tubdan o’zgartirish, yurtimizda mustaqillikka erishish uchun kurash boshlanganligini ham anglatar edi.

Tarixiy tajriba shuni ko’r-satmoqdaki, bizning ota-bo-bolarimiz asrlar davomida o’z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e'tiqodlari, urf-odat-lari va an'analariga sodiq qolishni ulug’ ish deb hisob-lashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun xalqimizning ming-minglab sodiq o’g’lonlari o’z hayot-larini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo’lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to’xtamagan milliy-ozodlik harakati xalqning milliy o’zligini anglashida, o’z Vatani va millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta'sir ko’rsatdi.

Ma'lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo’li bilan, parlament orqali erishishni mo’ljal-lagan edilar. Ular O’zbek xalqining o’ziga xos milliy xususiyati (mentaliteti), uning samiymiyligi, bag’ri keng-ligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga olgan holda tinch yo'l bilan hokimiyatni qo’lga olishga intilgan edilar. Jadidlar faoliyatidagi bu o’ziga xos milliy g’oya keyinchalik jahoniy ahamiyatga molik hodisaga aylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari yo’lboshchilari tomonidan yanada rivoj-lantirildi.

Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, «Rusiyada bosh ko’targan yangi bir balo -bolshevik balosi» (Fitrat) kuchlar nisbatini butunlay o’zgartirib yubordi. Mah-mudxo’ja Behbudiy tomonidan o’rtaga tashlangan «Haq olinur, berilmas!» shiori butun millatning jangovar chaqirig’iga aylandi. Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o’rnatish uchun parlament yo’li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bol-sheviklar tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kom-munistik mafkuraga tayangan mustabid sovet rejimi qaror topdi.

Bolsheviklar tomonidan nafaqat Rossiyada, balki uning «chekka o’lkasi» hisoblangan Turkistonda ham mustabid tuzum o’rnatildi. Sovet rejimi o’nlab xalqlar ustidan o’z hukmronligini zo’ravonlik yo’li bilan joriy qildi. Biroq milliy mafkura va milliy g’oya yurtimizda sovet tuzumi davrida ham o’lmadi, u yashashda davom etdi. Kommunistlar xalqimiz yuragidan, uning qalbi va tafakkuridan mustaqillik tushunchasini, milliy g’oya va milliy birlik haqidagi fikrlarni butunlay ildizi bilan sug’urib tashlashga intildi. Bosqinchilar o’z rejalarini amalga oshirish uchun qanchalik intilmasinlar, ular bunga uzoq vaqt muvaffaq bo’la olmadilar. Xalqimizning milliy g’oya va mafkuraga sadoqati Turkiston mintaqasi-da mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qaratilgan qurolli harakatida ayniqsa yaqqol na-moyon bo’ldi. Sovet rejimi davrida qariyb 20 yil davom etgan bu harakat noto’g’ri talqin qilinib, unga «bosma-chilik« deb tamg’a bosildi. Aslini olganda bu harakat bosqinchi qizil armiyaga va uning manfaatlariga zid keladigan Sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi qaratil-gan edi.

Afsuski, uzoq davom etgan kurashlardan so’ng Tur-kistondagi bu harakat mag’lubiyatga uchradi. Kommu-nistik mafkura milliy g’oyaga qarshi kurashda, vaqtincha bo’lsa-da, muvaffaqiyatga erishdi. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari hukumatlarining boshliqlari (Fayzulla Xo’jayev, Polvonniyoz Yusupov va h.k.) tomonidan o’tkazilayotgan milliy murosa va kelishuvchilik siyosati ham bolshevik rahbarlarning kuchli tazyiqlari natijasida o’zgartirildi. Markazdan yuborilgan Turkkomissiya, Turkbyuro, o’rta Osiyo byurosi kabi turli komissiya va partiya tashkilotlari amalda mintaqaning mutloq hukm-dori bo’lishga intildilar va ko’pincha bunga muvaffaq ham bo’ldilar. Mustabid sovet rejimi tomonidan 20—30-yillarda O’zbekistonda o’tkazilgan dahshatli qatag’on millat gullarini, fidoyi va vatanparvar bobolarimizni vahshiyona qirib tashladi. Tarixan halokatga mahkum bo’lgan sovet rejimi mudhish qatag’on siyosatini keyin-chalik ham izchil ravishda davom ettirdi.

Tarix xalqqa saboq va ma'rifat beradi. Tarixni o’r-ganmasdan turib kelajakni anglab bo’lmaydi. Har bir inson, har bir xalq o’z o’tmishi va kechmishini ajdodlari tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarni sinchiklab o’qish, o’rganish va mutolaa qilish orqali bilib oladi. Tarix inson aql-idroki va tafakkurining shunday bir nodir va mo’jiza-kor mahsulidirki, uning ma'naviy qudrati va yordami bilan biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdam-u hamnafas bolamiz, o’tib ketgan asrlar silsi-lasini butun hayajonlari, kurashlari va ziddiyatlari bilan ko’z o’ngimizda gavdalantiramiz. Inson tarixdan ta'lim-tarbiya oladi. Tarix saboqlaridan o’ziga tegishli xulosa chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millat-ning kelgusi qismati o’z-o’zidan ravshan.

Tarix saboqlari bugungi kunda ham bizni hushyorlik-ka undaydi. Xususan, O’zbekistonda siyosiy barqaror-likni izdan chiqarmoqchi bo’lgan kuchlar mavjudligi kishini jiddiy o’ylantirmasdan qo’ymaydi. Shuning uchun ham mustaqillik in'om etgan ne'matlarni biz

10

avaylab asrashimiz, o’z ozodligimizni ko’z qorachig’idek himoya qilishimiz kerak.



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlaganidek, «Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirisbimiz zarur. Tarix bilan qurollan-tirish, yana bir bor qurollantirish zarur».

Savol va topshiriqlar

1. Milliy g'oya va mafkura deganda Siz nimani tushunasiz?

2. Jadidlarning milliy g'oya haqidagi qarashlari nimadan ibo-rat?

3. Milliy g'oya asosini nima tashkil qiladi?

4. Milliy g'oyaning mohiyati haqida yozma ma'lumot tayyor-lang.
2-§. 1917-YILDA O’zbekiston HUDUDIOAGI IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL. ROSSIYADA 1917-YIL

VOQEALARI VA UNING TURKISTONGA TA'SIRI

Reja:

1.O’zbekiston hududida ma'muriy-boshqaruv tizimlari

2. Xalq ommasining etnik va ijtimoiy tarkibi.

3. Iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik faoliyati.

4. Rossiyada 1917-yil voqealari

Hozirgi O’zbekiston yerlari 1917-yilda Rossiya lmperiyasining Turkiston o’lkasi,shuningdek, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi tarkibi-da bo’lgan. Turkiston o’lkasi Sirdaryo, Farg’ona, Sa-marqand viloyatlaridagi uyezdlar hamda volostlarning katta qismida, Buxoro amirligining markaziy va g’arbiy qismlarida, Xorazm vohasida aholining ko’pchiligini O’zbeklar tashkil qilgan. Bu yerlarda tarixan turli ma'-muriy va siyosiy tizimlar tarkib topib kelgan. Buxoro amirligi va Xivada hokimiyat va ma'muriy boshqaruv an'anaviy bo’lib, Buxoroda amir, Xivada xon hukmronlik qilardi. Buxoro ma'muriy jihatdan bekliklarga, bekliklar esa amloklarga bo’lingan. Mamlakat poytaxti atrofidagi hududlar tumanlarga bo’linib, ularni amir nomidan qushbegi boshqargan. Beklar, qozilar, raislar, tuman-lardagi amlokdorlar amir tomonidan tayinlangan. o’ttiz-ga yaqin bekliklardagi amlokdorlar va boshqa amaldorlarni bekning o’zi tayinlar edi. Mamlakatda byudjet yo’q bo’lib, bojxona va soliqlardan kelgan mablag’lar amir xazinasiga tushardi. Beklar, qozilar o’z daromadlarining bir qismini har yili amirga tortiq qilish uchun sarflar edi-lar. Mamlakatda yotqizilgan qariyb 600 km. temir yo'l bo’yida Rossiya tasarrufida bo’lgan 20 ga yaqin rus sha-har va qarorgohlari bor edi.Xiva xonligi 20 ta beklikka bo’lingan. Bundan tashqari Beshariq va Qiyot-Qo’ng’irot noibliklari va xon-ning o’ziga qarashli yerlar (Xiva shahri) ham bor edi. Qushbegi va devonbegilar oliy mansabdor kishilar hisoblanganlar. Qo’shinga yasavulboshi qo’mondonlik qilgan. Iqtisodiy-savdo aloqalari karvon yo’llari va Amudaryo suv vositalari orqali amalga oshirilgan.



Xalq ommasining etnik va ijtimoiy tarkibi. Turkistonning Sirdaryo, Far-g’ona, Samarqand viloyatlari-da aholi soni 5,5 mln. kishini tashkil etgan. Ularning 80 %dan ko’prog’i qishloq joylarida, qolgan qismi shaharlarda yashagan. Buxoro amirligining aholisi 3 mln.dan ortiq, Xiva xonligi aholisi 500—550 ming kishi bo’lgan. Bu ikki mamlakatda qishloq aholisi ko’pchilikni tashkil qilardi.

O’zbekiston hududida yerli aholining asosiy qismini O’zbeklar tashkil qilgan. Bu yerda, shuningdek, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, ruslar hamda chegaradosh yurtlardan kelgan turli millat vakil-lari ham yashardilar. Bunday sharoit uzoq davom etib kelgan mustamlakachilik siyosatining oqibati edi. Xiva xonligida O’zbeklar aholining 65 %ini, turkmanlar 27%ini tashkil qilganlar, shuningdek, aholi tarkibiga qozoqlar, qoraqalpoqlar kirganlar. 1917-yilga kelganda Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida 330 ta rus qarorgohi bo’lib, ulardagi xo’jaliklar soni 16257 tani tashkil qilardi.

O’lka aholisining ijtimoiy tarkibida dehqonlar va hunarmandlar ko’pchilikni tashkil qilgan, ulardan keyin-gi o’rinlarda savdo-tijorat ahli, ziyolilar, ishchilar, ruho-niylar, ma'muriy idoralar xodimlari, madrasa talabalari turganlar. Dehqonlar uch xil toifaga — yirik xo’jaliklar egalari, o’rtahollar va kambag’al-batraklar toifalariga mansub edilar. Masalan, 10 desyatinadan ortiq yeri bo’lgan baquvvat dehqonlar Samarqand viloyati va Toshkent uyezdida dehqonlar umumiy sonining 7 %ini, Farg’ona viloyatida esa 2,4 %ini tashkil qilganlar. Eng ko’p sonli o’rtahol va kambag’al dehqonlar bo’lgan.

Turkiston o’lkasining uch viloyatida 81241 nafar, Xiva xonligida 20 ming atrofida, Buxoro amirligida undan qariyb ikki baravar ko’p hunarmandlar faoliyat ko’rsatgan. Kasblariga qarab hunarmandlar guruhJar (sexlar)ga mansub bo’lib, har bir guruhni oqsoqol idora qilgan. Yollanma ishchilar soni Turkistonda 60 ming kishi atrofida bo’lib, Buxoro amirligida 3 mingga yaqin, Xiva xonligida 2 mingga yaqini yashar edi. Sanoat kor-xonalarida band bo’lgan ishchilar tarkibida O’zbeklar soni ancha ko’p, shuningdek, tojiklar va qirg’izlar ham bor edi. Ishchilar Turkistonning yirik shaharlarida, shu-ningdek, Yangi Buxoro (Kogon), Qiziltepa, Chorjo’y, Xivada joylashganlar. Savdo-tijorat ahli, tadbirkor sarmoyadorlar, boshqa-ruv mahkamalarining xodimlari, ruhoniylar, ziyolilar ham ko’p ming kishilik jamoani tashkil qilganlar. Chu-nonchi, Farg’ona viloyatidagi 160 ta paxta tozalash zavodidan 110 tasi, Samarqand viloyatidagi 37 zavoddan 27 tasi yerli millatlar vakillari qo’lida edi.



Iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik faoliyati. O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati oz davn talabi darajasida bo’lib, ko’p sonli savdo-sanoat jamiyatlari, banklar, firmalar, birjalar fao-liyati bilan qamrab olingan edi. Ular paxta xom ashyosi-ni sotib olish, uni tozalash, tolasini Rossiya to’qimachi-lik korxonalariga yetkazish bilan shug’ullanganlar. Xuddi shuningdek, pilla, jun, teri, qorako'1 terisi, quruq meva-lar tayyorlanib, Rossiyaga jo’natilgan. Neft, toshko’mir konlari, temir yo’lning faoliyati ham mana shunday jarayonga yo’naltirilgan edi. 1917-yili Turkiston o’lkasi-da 270 ta paxta tozalash zavodi bo’lib, ulardagi ishchilar soni 10849 kishini tashkil qilardi. Bularning ko’pchiligi Farg’ona viloyatida edi. Shuningdek, o’lkada tog’ sano-ati, pillakashlik, ko’nchilik, spirtli icbimliklar va pivo, sovun, cho’yan eritish korxonalari, g’isht zavodlari — jami 300 ga yaqin korxonalar bo’lgan.Qishloq aholisi paxtachilik, pillachilik, bog’dorchilik, chorvachilik bilan shug’ullangan. Buxoroning qorako'1 terilari jahonga mashhur bo’lgan. Turkistonning uchta viloyatida paxta maydoni 466 ming desyatinaga borib yetdi, buning eng ko’pi — 226 ming desyatina yer Farg’ona viloyatiga to’g’ri keldi.Turkistonda hunarmandchilik keng yoyilgan joylar Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo’qon, Namangan, Marg’ilon shaharlari, Chust va boshqa aholi yashaydigan markazlar edi. o’lkada, umuman, O’zbekiston hududida hunarmandchilik an'yanalari uzoq vaqtlardan davom etib kelgan, bunda ishlab chiqarilgan ko’pgina hunar-mandchilik buyumlari sifat va ko’rinish jihatidan san'at asarlari darajasida bo’lgan. Shuning uchun qator mahsu-lotlar, chunonchi, Chr qilich, xanjar, pichoqlari, Mar-g’ilon atlaslari, tilla baldoq va taqinchoqlar, zardo’zlik buyumlari chet ellarga olib ketilgan, ajnabiy tujjorlar uchun xaridorgir bo’lib kelgan.

O’zbekistonning ichki savdosi, uning tarkibiy qismlari o’rtasida iqtisodiy aloqalar ham avj oldi. Bunda temir yo’lning ahamiyati tobora kuchaydi. Hunar-mandchilik, joylarning muayyan mollar ishlab chiqarish-ga ixtisoslashuvi kengayib bordi. Hunarmand-kosiblar uy-ro’zg’or jig’ozlari, xo’jalik mollari, mehnat vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqatlar, bayramona mollar va zeb-ziynat taqinchoqlarini ishlab chiqib va yasab bozorga chiqarar edilar. Farg’ona vodiysida to’qilgan turli xil matolar, xususan, xonatlas, yasalgan asl pichoqlar, tikil-gan do’ppilar chiroyi va sifati bilan ajralib turardi. Buxoro yagona zardo’zlik markazi bo’lib dong taratdi.

Chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar jarayonida O’zbekiston hududida yangi raollar, ya'ni gazlamalar, metall, tikuv mashinalari, shuningdek, yog’och-taxta, g’alla keltirish yo’lga qo’yildi. Bu yerdan esa ba'zi hu-narmandchilik mahsulotlari, paxta tolasi, pilla, qorako'1 teri, quritilgan mevalar chet el bozorlariga olib borib sotilgan. O’zbek savdogarlari Eron, Afg’oniston, Qash-g’ar, Hindiston va boshqa davlatlar bilan aloqa qilganlar.Ammo chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati oqibatida O’zbekistonda yetishtirilgan xom ashyolarni asosan rus savdogar va sanoatchilari olib ketar edilar. Turkistonga g’alla, temir buyumlari esa Rossiyadan keltirilardi. Jahon urushining ta'siri natijasida Rossiya bilan aloqalar ancha qisqardi, bu esa muayyan qiyinchi-liklar tug’dirdi.

  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə